uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#anons

“Va’da” nomli ko‘p qismli milliy serial


Ushbu serial orqali yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, qatʼiyatli va shijoatli boʻlishga undash maqsad qilingan.

Serial yoshlarning Vatan posboni bo‘lishdek sharafli kasbni egallashga bo‘lgan intilishlarini oshiradi va ruhlantiradi. Serial tez kunlarda Renessans TV telekanali orqali efirga uzatiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

O‘zDJTUda “Yilning eng faol talabasi” respublika tanloviga yuborilgan ijodiy ishlarni o‘rganib chiqib, baholash jarayonlari davom etmoqda.

20-noyabr kuni Tanlov komissiyasi a’zolari ijodiy ishlarni o‘rganishning ikkinchi kunida tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan fanlarni o‘zlashtirish natijalari, jamoatchilik ishlari va erishilgan yutuqlar aks etgan hujjatlarni, talabalaring ilmiy va ijodiy ishlarini qabul qilish va o‘rganish asnosida tahlil etib, ularni baholadilar.

Eslatib o‘tamiz: Ijodiy ishlar 3 kun davomida o‘rganilib, baholanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tavsiya #anons

📹Uch qahramon

Ushbu film harbiy vatanparvarlik, mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, kinoasar yot g‘oyalarga qarshi kurash, vatanparvarlik, giyohvandlik zavoli, xalqimizning osuda hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yuksak sharafli ish ekanini targ‘ib qiladi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining ma’lumotiga ko‘ra, film 1-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

Ingliz tili 3- fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Sh.Zokirov universitet profilaktika katta inspektorlari kapitan M.Nurmuhamedova, Sh.Bekmetov hamda fakultet tyutorlari L.Raxmatullayeva, D.Tuxtamurodova va S.Muhiddinovalar o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida tadbir o‘tkazdi.

Ushbu profilaktik tadbirda mavzu yuzasidan talabalar bilan davra suhbati olib borildi.

Suhbat davomida mavzu doirasida kerakli tushunchalar berilib, talabalar o‘zlari qiziqqan har qanday savollariga javob oldi. Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚡️19-noyabr kuni , OʻzDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi X.Nishanova 1-TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olish maqsadida bordi va turli mavzular doirasida davra suhbati olib bordi.

📌Suhbat davomida talabalarga K
iber xavfsizlik va turar joyining ichki tartib qoidalariga amal qilish mavzularida tushuntirish olib borildi.

✔️ Shuningdek, talabalar ham o'z fikrini bildirdi va o'zlari qiziqqan savollarga javob oldi.


@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Yoshlarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ularni yangi marralar sari yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng faol talabasi” respublika tanloviga arizalar qabul qilish jarayonlarida saralangan talaba yoshlar universitet bosqichiga yetib keldi.

 19-noyabr kuni mazkur talabalarning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqish va baholash jarayonlariga start berildi.

Ijodiy ishlarni o‘rganib chiqish jarayonlari oldidan universitet rektori va Tanlov komissiyasi a’zolari bilan birgalikda uchrashuv tashkil etildi. Rektor Ilxomjon Tuxtasinov tanlovning universitet bosqichini talab darajasida o‘tkazilishini muvofiqlashtirish va zarur hollarda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish hamda shaffoflik ta’minlanishini nazoratga olish, har bir ijodiy ishlarni sinchkovlik bilan o‘rganish va odilona baholash zarurligini ta’kidladi.

Tanlovning Nizom talablari asosida ishlarni tashkil etilishi, yuqori saviyada, adolat, xolislik va oshkoralik mezonlari asosida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi ham mazkur baholash jarayonlarini nazoratga oldi.

Ijodiy ishlar 3 kun davomida o‘rganilib, baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar taqdirlanadi:

✅Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;

✅Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;

✅Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;

✅Yilning eng faol sportchi talabasi;

✅Yilning eng faol iqtidorli talabasi;

✅Yilning eng faol ijodkor talabasi;

✅Yilning eng faol tadbirkor talabasi.

Ma’lumot uchun: Nominatsiyalar bo‘yicha 1-2-3 o‘rinni egallagan g‘olib va sovrindorlar O‘zDJTU faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 8 barobari miqdorida, 2-o‘rin sohibi BHMning 6 barobari miqdorida hamda 3-o‘rin sohibi BHMning 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

19-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutining doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchilar uchun imtihonlar o‘tkazildi.

Imtihonlardan avval O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.M.Tuxtasinov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Yusupov imtihonning ahamiyati haqida so‘zlab, imtihon topshiruvchilarga omad tiladi. Imtihonlarga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilindi.

Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha 2024-2027-yillari uchun yo‘l xaritasining 21-bandiga asosan Tarjimonlik fakultetida Tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Tursunova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva, hamda fakultet tyutorlari bilan hamkorlikda "OITS/OIV infeksiyasi va uning oldini olish" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

🩺 Suhbat asnosida, OITS/OIV infeksiyasining sabab va oqibatlari,  infeksiyaning oldini olish usullari va muhim gigiyenik qoidalarning ahamiyati haqida ko‘rsatmalar berildi.

📎 Suhbat yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

/channel/TF_UZSWLU

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 03-1370-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 275-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida

O‘zDJTUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tadbir boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi mazkur tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Botirjon Ergashov, Muhiddin Omon va Ma’mura Zohidova bilan adabiy uchrashuv tashkil etilmoqda.

🔜 Sana: 2024-yil 22-noyabr soat 11:00
📍 Manzil: O‘zDJTU bosh bino, 2- qavat, Faollar zali

ℹ️ Ma’lumot uchun:
Tadbir doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Uchtepa tumanidagi 107-74-228-maktablarga ham tashrif buyuradi, maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etiladi.
Shuningdek, mehmonlar  Uchtepa tumanidagi “Bog‘obod”, “Shirin” va “Qo‘rg‘ontepa” mahallalarida bo‘lib, mahalla yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazilishi.
Soat 17:00-18:00 ga qadar universitet hududida "Gulxan" atrofida adiblar va talabalar suhbati boʻlib oʻtadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

18-noyabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi o'qituvchisi Muminova Durdonaning TING2325-guruhi talabalari bilan Og'zaki nutq amaliyoti fanidan "Environmental issues" (Atrof-muhit muammolari) mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi.


Dars tahlilida kafedraning katta o'qituvchilari S.Xodjayeva, D.Inamova, A.Saitxanova hamda V.Bozorova ishtirok etdi.

Ochiq dars talabalarning ona tabiat va uning bugungi kundagi holatini aks ettiruvchi devoriy gazetalarining namoyishi bilan boshlanib, mavzu doirasidagi turli xil o'yinlar bilan davom etdi. Dars yakunida talabalar guruhlarda ishlab, oʻzi tayyorlagan "Save the environment" (Atrof-muhitni asraylik) mavzusidagi video-lavhalarini namoyish etdi.


Bo'lajak tarjimonlarga ingliz tilida nutq ravonligini oshirish uchun turli xil mavzularda erkin nutq so'zlay olish qobiliyatini shakllantirish muhimdir. Bu kabi erkin va ijodiy ochiq darslar nutqni charxlashda bevosita katta yordam beradi.

📍 Tarjimonlik fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

✍️📺📺✍️

12-14 noyabr kunlari Italiyaning Neapol shahrida Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi (SUN)ning 9-Bosh Assambleyasida OʻzDJTU delegatsiyasi ishtirokidan fotoreportaj

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i

18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakultetida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni fakultet dekani Guli Ergasheva tabrik so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori, Shuhrat medali sohibi Po‘lat Normatov hamda O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi To‘lqin Eshbek davlat ramzlarining ahamiyati, istiqlol timsoli bo‘lgan bayrog‘imizning qadr-qimmati haqida so‘zladilar.

Fakultetning iqtidorli, faol talabalarining tyutorlar rahbarligida tayyorlagan videorolik, raqs sahnasi va kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿 Bayroq – hurlik, ezgulik, tinchlik, millatning buyukligi timsolidir.

🇺🇿 Bugun, 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.

Bundan 33 yil muqaddam, yaʼni 1991-yil 18-noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingan.


🇺🇿 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti yoshlari sizlarni ushbu tarixiy kun bilan qutlaydi.

#bayroq #18Noyabr #tarixiy_kun #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Shomuxammadov Xoliddin Abdulvoxobzoda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili birinchi fakulteti dekan muovini lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Shomuxammadov Xoliddin Abdulvoxobzoda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti dekan muovini lavozimida ishlab kelgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili Funksional leksikasi kafedrasi mudiri N.Kushiyeva rahbarligida va kafedra o‘qituvchisi Dilorom Raxmonova tomonidan tadbir tashkil etildi.


Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlandi. Davomda davlatimiz ramzi bo‘lgan bayrog‘imiz haqida she’r, milliy raqs, taqdimotlar, qo‘shiq va talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek, Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan talaba yoshlar tomonidan “Talabalik hayotim” mavzusidagi tanlovga yuborilgan ishlar komissiya a’zolari H. Jumanbetova, F. Normaxmatova, Sh. Sadiyeva, M.Xajiyevalar tomonidan baholanib, Saydamatov Ikromjon Nazirovich tomonida baholandi.

1-o‘rin 3-kurs Xolmirzayeva Marjona Ingliz filologiyasi.
2-o‘rin 2-kurs Ilhomberdiyeva Husnora Ingliz filologiyasi.
3-o‘rin 1-kurs Aliaxmatova Sarvinoz FKOR g‘olib deb topildi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

20-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutining doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchilar uchun imtihonlar o‘tkazildi.


Imtihonlardan avval Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Yusupov imtihonning ahamiyati haqida so‘zlab, imtihon topshiruvchilarga omad tiladi.

Imtihonlarga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilindi. Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.

✍️Imtihon natijalari bilan tanishing!

10.00.09-Jurnalistika ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI

10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha stajyor-tadqiqotchilikka kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha stajyor tadqiqotchilikka kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
10.00.11-Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

20-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi tomonidan “Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar 2” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjuman yalpi majlisi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov tadbirni ochib berdi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilarga Tarjimonlik fakultetining tarixi, yutuqlari hamda bugungi kundagi natijalarini aks ettirgan videolavha taqdim etilib, konferensiya mavzusi doirasida ma’ruzachilar fikri o‘rtaga tashlandi.

Diplomatiya universitetida tahsil berib kelayotgan Eron Islom Respublikasi professori Zaxra Zaratti, Tarjimonlik fakultetining Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Akhmad Al-Zubaydi, Yapon filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Noto Kuniyaki, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Schusler Ralph va boshqa ko‘plab universitet professorlari mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalarini taqdim etdi.

Anjuman bugun Xalqaro maydonda ketma-ket yutuqlarga erishib kelayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari, soha mutaxassislari uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🗓 Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "Yoshlarni ekstremizm g'oyalaridan asrash - barqarorlik omili!" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida universitet profilaktika inspektorlari Sh. Bekmetov va M. Nurmuhammedova ishtirok etishdi.

❇️Tadbir davomida inspektorlar tomonidan yoshlarni ekstremizm g'oyalaridan ogoh boʻlishlik, turli xil diniy oqimlarga aralashib qolmaslik , ta'qiqlangan saytlarga kirmaslik uning oqibatlari boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.Barcha talabalar ogohlikka chaqirildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib, munosib tarzda javob oldilar.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

19-noyabr kuni O‘zDJTU profilaktika inspektorlari — kapitan Sherzod Begmetov, O‘zDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi X.Nishanova 1-TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olish, suhbat qilish hamda muammolarni o‘rganish maqsadida bordi. Ular talabalar bilan turli mavzular doirasida davra suhbati olib bordi.

Suhbat davomida talabalarga Kiber xavfsizlik va turar joyining ichki tartib qoidalariga amal qilish mavzularida tushuntirish olib borildi.

Shuningdek, talabalar ham o‘z fikrini bildirdi va o‘zlari qiziqqan savollarga javob oldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___

10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___

10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha stajyor-tadqiqotchilikka kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___

10.00.07 – Adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___

23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___

23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___

07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistikasi fakulteti 4-bosqich talabalari O’zbekiston gimnastika federatsiyasida bo’ldi.

Tadbir Sport jurnalistikasi fani doirasida filologiya fanlari doktori Yulduz Ortiqova tashabbusi bilan tashkil etilib manzilda amaliy darslar o’tkazildi.


Dars davomida talabalar Olimpiya o’yinlari, Gimnastika federatsiyasi, hamda bir qator sport turlariga oid bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamladi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚡️ 18-19-noyabr kunlari O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari respublika ekologik treningida ishtirok etdi.

✅ Xalqaro jurnalistika fakultetida “Ekolog” jamoat birlashmasi va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan “Yoshlar uchun iqlim ta'limi: Barqaror kelajak sari qadamlar” mavzuida 2 kunlik trening o’tkazildi.

Unda fakultetning 40 ga yaqin talabalari ishtirok etib “Ekolog” jamoat birlashmasi vakillari Nargis Qosimova, Feruzbek Sayfullayev, xalqaro ekspert Natalya Idrisova tomonidan muhim ekologik bilimlar oldi.


✨ Enderjayzer, aqliy hujum, bahs-munozara, guruhlararo ishlash kabi metodlarda talabalar global iqlim o‘zgarishi, iqlim o‘zgarishiga moslashish, mavzuni OAVda yoritish kabi yo‘nalishlarda amaliy tajribalarini mustahkamladi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Ibragimov Baxromjon Ismoilovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Ибрагимов Бахромжан Исмаилович назначен заместителем декана факультета английской филологии Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Ibragimov Bakhromjon Ismailovich was appointed to the position of deputy dean of the Faculty of English Philology of the Uzbek State World Languages University.
—————————
More...
—————————

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tyutorlar_faoliyati

Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori Abdullayeva Matluba Abdullayevna tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida "5000 qadam" loyihasi tashkil etildi.

Talabalar sog'lomlashtirish maqsadida erta tongdan turli mashqlar bajarishdi, yugurishdi va 5000 qadam bosib o'tishdi. Bu, albatta, barcha talabalarga pozitiv kayfiyat ulashdi hamda kun bo'yi tetik yurishlarini ta'minladi. Sog'lig'iga e'tiborli bo'lgan har bir kishi uchun bunday loyihalar, shubhasiz, foydali bo'ladi degan umiddamiz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

OʻzDJTU vakillari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tayotgan "Учу великому" dasturida ishtirok etmoqda.


14-15 noyabr kunlari Sankt-Peterburgda bo'lib o'tayotgan "Учу великому" dasturining so'nggi kunlarida OʻzDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R.U.Madjidova boshchiligida kafedra o'qituvchilari N.R.Madaminova, M.O.Nosirova, Sh.A.Alimardanova va A.R.Galyamova "Chet elliklar uchun rus tili bo'yicha zamonaviy darsliklar" va "Chet el auditoriyasida lingvomadaniyatshunoslikni o'qitish" mahorat darslarida qatnashdilar.


🖥 Batafsil | Подробнее | More
———

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

2024-yil 12-14-noyabr kunlari Italiyaning Neapol shahrida Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi (SUN)ning 9-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtdi.


Mazkur tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi tarkibidan oliygoh professori Gʻ.Raximov hamda Tarjimonlik fakulteti talabasi ishtirok etdi.

🖥 Batafsil | Подробнее | More

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tadbir #bayroq

🇺🇿 18-noyabr kunida bayrog‘imizning 33 yilligiga bag‘ishlab Ingliz tili Funksional leksikasi kafedrasi mudiri Nodira Kushiyeva rahbarligida va kafedra o‘qituvchisi Raxmonova Dilorom tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda bayram munosabati bilan bayrog‘imiz haqida sher, milliy raqs, taqdimotlar, qo‘shiq va talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan talaba yoshlar uchun “Talabalik hayotim” mavzusidagi tanlov hay’at a’zolari I.Saydamatov, H.Jumanbetova, F.Normaxmatova, Sh.Sadiyeva, M.Xajiyevalar tomonidan baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin 3-kurs Xolmirzayeva Marjona Ingliz filologiyasi;
2-o‘rin 2-kurs Ilhomberdiyeva Husnora Ingliz filologiyasi;
3-o‘rin 1-kurs FKOR Aliaxmatova Sarvinoz g‘olib deb topildi.

Gʻoliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Abidjanov Alisher Saxibovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Abidjanov Alisher Saxibovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Abduvaitov Alimardon Shoymardon o‘g‘li O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Abduvaitov Alimardon Shoymardon O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik” kafedrasi ta’minoti stajyor-o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

2024-yil 18-noyabr kuni O‘zDJTU rahbariyatining El-umidi jamg‘armasi bitiruvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda universitet rektori, o‘quv ishlari hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, inson resurslarlarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i va huquqshunos ishtirok etdi.

Muloqot davomida bitiruvchilarni qiziqtirgan savollar, yuzaga kelgan masalalar va ularning takliflari eshitildi. O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov ishtirokchilarning fikrlarini o‘rganib chiqib, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirishda kerakli yordamni berish va ularni qo‘llab-quvvatlashga universitet rahbariyati tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, barcha rahbar-xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel