uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

12-oktyabr kuni O'ZDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi N.Djurayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova bilan birgalikda talaba-qizlar holidan xabar olish maqsadida 3-4-5-sonli talabalar turar joylarini o'rganishdi.

O'rganish jarayonida TTJ pedagoglari bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirishdi.

Shuningdek, talaba-qizlarga yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda vaqtdan unumli foydalanish uchun yotoqxona kutubxonalaridan foydalanib kitoblar o'qishi tavsiya etildi.

#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📚 Universitet saralash bosqichi gʻoliblari aniqlandi

🇺🇿 🇺🇿 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan 📚Zakovat: Rektor kubogi” kuzgi mavsum oʻyinlarining universitet saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

📊 Musobaqa natijalariga koʻra quyidagi jamoalar finalga yoʻl olishdi:

“Max” jamoasi (🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti, 16 ochko);
“Antigrob” jamoasi (🇺🇿 Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 14 ochko);
“Boylarga mazza” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 14 ochko);
“Last legend” jamoasi (🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti, 13 ochko);
“Diplomatlar” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 13 ochko);
“Zakiyalar” jamoasi (🇬🇧 Ingliz tili uchinchi fakulteti, 11 ochko);
“Fireflies” jamoasi (🇺🇿 Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 11 ochko);
“Terma” jamoasi (🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti, 11 ochko);
“Politics” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 11 ochko);
“Mon blan” jamoasi (🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti, 11 ochko).

🏆 Eslatib oʻtamiz, final musobaqasida gʻolib boʻlgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.

🤝 Barcha jamoalarga final oʻyinida omad tilaymiz!

#zakovat #rektor_kubogi #kuzgi_mavsum #universitet_bosqichi #yoshlar_ittifoqi


Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Talabalar turar joylarida tashkil etilgan toʻgaraklar oʻz faoliyatini davom ettirmoqda


12-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova hamda Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchisi, "Qo'li gul qizlar" to'garagi rahbari N.Nazarova tomonidan 6-talabalar turar joyida to‘garak o‘z ishini davom ettirib, talaba-qizlar bilan bejirim diademalar yasash mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.


Toʻgarak mashgʻulotlari doimgidek qiziqarli, manfaatli va yangi bilimlarga boy oʻtdi, qizlar esa yangicha qoʻl mehnati usullarini oʻrganganidan mamnun boʻldi.

Dastur yakunida talabalar o‘z qo‘l mehnati bilan yasalgan chiroyli diademalarini o‘z ustozlariga taqdim etishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#davra_suhbati

Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan 12-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Achilova, kafedra Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchilar va 6-TTJ talabalari bilan “Erta turmushni oldini olish va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari”, “Yoshlarni oilaga tayyorlash” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.


Dastur davomida mehmon sifatida universitetimizning ko'p yillik shifokori Zilola opa tashrif buyurdilar.

Soha mutaxassisi mavzu boʻyicha oʻz maslahatlarini berib oʻtdi. Uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida faoliyat yuritayotgan barcha guruh tyutorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.


Dasturda OʻzDJTU O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i Y.Azzamov, Talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi A.Namozov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi D.Xamdamov, fakultet dekan muovinlari, tyutorlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.


Yig‘ilish o‘quv-seminari tarzida tashkil etildi. Tyutorlarning oʻz faoliyati davomidagi vazifalari, ularning o‘quv jarayonidagi ishtiroki, talabalarning ma'naviy-ma'rifiy hayoti, ta'lim va tarbiya masalalari, Hemis platformasida tyutorlarning ro‘li va talabalar bilan ishlash jarayonida uchrayotgan kamchiliklar yuzasidan ma’lum masalalar ko‘rib chiqildi hamda bir qator vazifalar belgilab olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣1️⃣1️⃣

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 269-son buyrugʻining 3.6-bandida mahalla yoshlari oʻrtasida turli tadbir, koʻrik-tanlov, musobaqalar tashkil etish belgilangan. Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida

12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida sportning futbol turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

👟 Musobaqada Uchtepa tumanining “Davlatobod”, “Hamdoʻst”, “Katta Choʻponota”, “Katta Chilonzor”, “Paxtakor” hamda “Xuroson” MFY yoshlaridan tashkil topgan 6 ta jamoa ishtirok etdi. Oʻyin ko‘plab tomoshabinlarni jalb qildi va katta qiziqish uyg‘otdi.

Bellashuvning yarim final bosqichi “Xuroson” va “Davlatobod” MFY yoshlari oʻrtasida boʻlib, unda “Hamdoʻst” MFY yoshlari 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Final o‘yini esa “Davlatobod” va “Paxtakor” MFY yoshlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash oʻrinli, bu ikki jamoa musobaqaning eng kuchli jamoalari sifatida oʻzini namoyon etdi.


⚽️ O‘yin juda murosasiz va qizg‘in kechdi, ikkala jamoa ham g‘alaba qozonish uchun bor kuchini ishga soldi. Umumiy natijalar esa quyidagicha:
🥇oʻrin – “Davlatobod”
🥈oʻrin – “Paxtakor”
🥉oʻrin – “Hamdoʻst”

Bu kabi sport tadbirlari yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni jismoniy tarbiyaga jalb qilish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📊 2024-yil 9-oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings-2025 reyting natijalarini e’lon qildi.

☄️ Bu yilgi reytingda Oʻzbekistondan jami 48 ta oliy ta’lim muassasasi “Reporter” maqomida qayd etildi va undan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham yana bir bor munosib o'rin egalladi.

🖥 Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THE ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda Reyting agentligi ularga yaqindan yordam berdi. Reyting boʻyicha universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.


ℹ️ Ma’lumot uchun: joriy yil ushbu reytingda 2 857 ta universitet qayd etilgan boʻlib, bundan tashqari 750 ta universitet “Reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga loyiq koʻrildi.

🎯 Ta’kidlash joiz, 2024-yilda universitetimiz “Times Higher Education” agentligi tomonidan tuziladigan “THE Impact Rankings-2024”, “Young University Rankings-2024”, “Asia University Rankings-2024” xalqaro reytinglarida “Reporter” maqomini qayd etdi.

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasini ushbu ulkan natija bilan muborakbod etamiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 672F/14-sonli farmoyishiga muvofiq, 2024-yilning 11–14-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Qatar madaniyati haftaligi” tashkil etilmoqda.


11-oktyabr kuni “Tashkent City Park” (Yozgi amfiteatr yonida barpo etilgan Qatar milliy pavilionida) majmuasida o’zbekistonlik vazirlar va bir qancha arab davlatlari elchilari ishtirokida mazkur madaniyat haftaligining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Dasturda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi Umurzakova Oygul va Sharq filologiyasi fakulteti talabasi ham qatnashdi.

Qatar Davlatining boy madaniy merosi hamda uning etnografiyasi bilan tanishish va undan ilhomlanish, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda uni yanada mustahkamlash maqsadi tashkil etilgan “Qatar madaniyati haftaligi” doirasida Qatar milliy-musiqalaridan tashkil topgan konsert dasturi, Qatar hunarmandchiligi ko‘rgazmasi, milliy ovqatlar taqdimoti, hattotlik san’ati namoyishi va boshqa ko‘plab shoular taqdim etiladi.

Qatar madaniyati haftaligini OAVlarda yoritish maqsadida tashrif buyurgan Qatar davlati jurnalistlari OʻzDJTU talabasidan arab tilida intervyu olib, mazkur intervyuning, albatta, yangiliklar orasidan joy olashini ta’kidlagan.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Haftalik doirasidagi koʻrgazmalar va boshqa tadbir dasturlari 14-oktyabrga qadar davom etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣1️⃣1️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali atrofida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish davom etmoqda

Atoqli adiblarning haykallari poyida 2024-yil sentyabr-oktyabr oylarida oliy taʼlim muasssalari tomonidan ommaviy sport musobaqalari boʻyicha tadbirlarni tashkil etish reja-jadvaliga muvofiq

11-оktyabr kuni Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali oldida Tarjimonlik fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini S.Kadirov, S.Ibragimov, tyutorlar hamda faol talabalar ishtirokida “Sport va salomatlik — orzu-umidlarimiz, kuch-qudratimiz manbai” shiori ostida ommaviy sport tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, talaba-yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰Ingliz tili 2-fakulteti 3-bosqich talabalari bilan guruhiy trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

✅Trening 11-oktabr sanasida universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet tyutori Sh.Kadirova hamkorligida boʻldi.
Mashg‘ulot-trening - shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko‘nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgan, shuningdek, Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir.

⚡️“SALOMIMNI YO’LLAYMAN”,
“JOY ALMASHISH” o'yinlari, “MINNATDORMAN” usuli, “SO‘ZSIZ ALOQA”
meʼtodlari hamda psixogimnastikadan keng foydalanildi.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻 🏆

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining  2-sonli talabalar turar joyida 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, kitobxonlik, kompyuter texnologiyalari, hunarmandchilik va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida

Tarjimonlik fakulteti 2-bosqich talabasi Joniqulova Dinara va Rus filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi Madinaxon Soliyevalar tayyorlagan video roligi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

10-oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jog‘orqi Kengesi, xalq deputatlarining viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi saylov tadbirlariga tashrif buyuradigan xorijiy kuzatuvchilarga hamrohlik qiluvchi tarjimon o‘qituvchilar va talabalar uchun O‘zDJTUda tashkil etilgan seminar 11-oktabr kunida ham o‘z ishini davom ettirdi.

Tadbirning ikkinchi kunida kuzatuvchi sifatida tashrif buyuradigan xorijiy mamlakatlarning nufuzli tashkilotlari rahbarlari va vakillariga hamrohlik qilish uchun jalb etilgan, xorijiy tillarni mukammal biladigan, malakali professor-o‘qituvchilar va  iqtidorli talabalar, ingiz, nemis, fransuz, ispan, italyan, rus, arab, fors, xitoy, koreys, yapon va boshqa tillar bo‘yicha tarjimonlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda yana bir qator oliy ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislari va professorlari ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, saylov tizimi va jarayonlar, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida olib borayotgan ishlari, xalqaro kuzatuvchilarga hamrohlik qilishning o‘ziga xos jihatlari, tarjimonlik mahorati, muloqot va kiyinish madaniyati kabi masalalarda batafsil ma’lumotlar va tushuntirish berib o‘tdi.


Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Anjuman so‘ngida barcha ishtirokchilarga ushbu sharafli vazifani bajarishda muvaffaqiyatlar tilashdi.  

❗️Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli tadbir 10-11-oktyabr kunlari O‘zDJTUda tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor stipendiyasi” tanlovi talabgorlarining Davlat tilini bilish bo’yicha IMTIHON NATIJALARI

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻💻💻

11-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovining davlat tilini bilish bo’yicha imtihoni o’tkazildi.


O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti maxsus komissiyasi a'zosi, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V.Sadiyev tomonidan iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur imtihon sinovlari tantanali ravishda ochib berildi.


Tanlov jarayonlari O'zbek tili fani bo'yicha mutaxassislik kafedralari mas’ullari, dekan muovinlari, bo'lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan nazorat qilib borildi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Tanlovda barcha yo’nalish bo'yicha hujjatlari talablarga javob beradigan nomzodlar ishtirok etdi. 

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦👨‍🏫👩‍🏫

11-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi.

Unda Subhonova Anora Akmal qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha yoshdagi bolalarda ingliz tili og‘zaki nutqini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ilmiy dasturda oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

ZOOM onlayn dasturi orqali ham bo‘lib o‘tgan seminar davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga asosli javob berib o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📚 Universitet saralash bosqichidan lavhalar

#zakovat #rektor_kubogi #kuzgi_mavsum #universitet_bosqichi #yoshlar_ittifoqi

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

📊 2024-yil 10-11 oktyabr kunlari Paragvaydagi Autоnoma San Sebastian universiteti (UASS) tomonidan tashkil etilgan “CIMITIS-2024” Ilmiy-tadqiqot, texnologiya, innovatsiya va jamiyat bo‘yicha Ikkinchi Xalqaro multidisiplinar kongress bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kongressning asosiy maqsadi oliy ta'lim sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni targ’ib qilish va turli yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir.
Kongres, asosan, onlayn formatda sinxron sessiyalar orqali o‘tkazildi, shuningdek, ba’zi ma’ruzalar oflayn tarzda amalga oshirildi.


Kongress quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
✔️ Texnologiya va innovatsiyalar;
✔️ Lingvistika va ta’lim;
✔️ Barqaror rivojlanish va ekologiya;
✔️ Tibbiyot va sog‘liqni saqlash.

Kongress ikki kun davomida turli mavzulardagi ilmiy sessiyalarni o‘z ichiga oldi:
1️⃣-kun (2024-yil 10-oktyabr) rasmiy ochilish marosimi Autónoma San Sebastian universiteti vakillari – Dr. Igor Protsenko va Francisco Montori Arbués tomonidan amalga oshirildi. Sessiyalar davomida ishtirokchi davlatlar vakillari o‘z ilmiy tadqiqotlarini taqdim etdilar. O‘zbekiston vakillari, xususan, O’zDJTU Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mas’ullari tarjima va lingvistika sohalarida qator ma’ruzalar qilishdi.

2️⃣-kun (2024-yil 11-oktyabr) esa tibbiyot, sun’iy intellekt va barqaror rivojlanish bo‘yicha dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Kongressda O‘zbekiston,
Ispaniya, Germaniya, Ukraina, Boliviya, Argentina, Braziliya va boshqa davlatlardan kelgan ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va talabalarning ishtiroki kuzatildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#jarayon

Talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o‘qituvchilari F.Normaxmatova, S.Alikulova, N.Karimova, I.Jo‘rayeva, B.Xayitboyev va Q.Ro‘ziboyevlar tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Talabalarning bilimini sinash, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘yin davomida talabalar o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etishdi. Yakunda g‘oliblar aniqlandi va ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yuqorida qayd etilgan o‘qituvchilar 5-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlarini ham o‘rganishdi.

Suhbat davomida talabalarning ehtiyojlari, shuningdek, shaxsiy va o‘quv jarayonidagi qiyinchiliklari muhokama qilindi. Talabalar turar joyi ma'muriyati bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro Qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir – Qizlar forumi oʻtkazildi.


OʻzDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti va "Qizlarjon klubi" yetakchilari mas'ulligida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida tashkil qilindi.


Tadbirda universitetning stipendiant qizlari o'zlarining motivatsion ruhdagi chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, iqtidorli talaba-qizlar tomonidan turli badiiy chiqishlar, raqslar, kuy-qoʻshiqlar taqdim etildi.

Tadbir tomoshabinlarga birdek manzur boʻldi va barchaga bayramona ajoyib yuqori kayfiyat baxsh etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#trening

Talabalar turar joyi bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, 11-oktabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Dastur davomida talabalar bilan birgalikda qiziqarli tarzda "O‘z qo‘rquvingni yeng" nomli trening olib borildi. Shuningdek, kayfiyatni ko‘tarish uchun qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Mantiqiy savol-javoblar orqali talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyati yanada oshirildi.

Jarayon talabalarga pozitiv kayfiyat, ijobiy energiya berdi hamda ko‘tarinki ruhda mashg‘ulotlar qabul qilindi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🗣Tyutorlar malaka oshirish kursi davom etmoqda

🏛 Xabaringiz bor, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan. Mazkur kurs mashg‘ulotlarida tyutorlarga talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasbga yo‘naltirish, muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish, taʼlim muassasalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada yuksaltirish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berilmoqda.

☑️Dars mashg‘ulotlari bilan bir qatorda tinglovchilarni markaz faoliyati hamda talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan tanlovlar bilan tanishtirish maqsadida markaz bo‘lim boshliqlari tomonidan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Bugun kurs tinglovchilari uchun “21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi. Tadbirni markaz direktori Ravshonbek Xudayberganov ochib berib, tinglovchilarga talaba-yoshlar orasida davlat tiliga hurmat va o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini oshirish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berdi. Tadbir davomida kursning faol tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📹 📺📺

OʻzDJTU talabasi tomonidan tasvirga olingan “Qatar madaniyati haftaligi” tadbir dasturlaridan lavhalar

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

8-oktyabr kuni OʻzDJTU Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Tashniyozova Shoira Xolmuradovna tomonidan Ingliz tili 1-fakultetida ochiq dars o'tkazildi.


Dars davomida Ispaniya kuni, uning tashkil etilishi, ta'lim tizimiga oid turli ma'lumotlar berildi, ispancha kuy-qo'shiqlar, raqslar namoyish etildi.

Dars mavzusi "Día de la hispanidad” taqdimotlar bilan yoritib berildi. Mashg’ulot davomida mavzuga oid turli o’yinlar o’tkazildi, muammoli topshiriqlar bajarildi. Mavzu bo’yicha talabalar yetarlicha ma'lumotga ega bo’lishdi.


Ochiq darsning maqsadi talabalar o’g’zaki nutqini o’stirish, Ispaniya to’g’rida ma’lumotlar berish, fanga qiziqishini oshirishdan iborat boʻldi.

📍 Ingliz tili birinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixodiagnostika mashgʻulotlari o'tkazildi.


11-oktyabr kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Dastur universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet birinchi bosqich tyutorlari N.O'roqboyeva, Sh.Bo'stonova  va N.Mannonova hamkorligida psixodiagnostika mashgʻulotlari tashkil etildi.

Psixodiagnostika jarayonlarida aniqlangan muammolar yuzasidan talabalar bilan individual va jamoaviy tarzda suhbat olib borildi.

📍 Ingliz filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#volontyor_talabalar

O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Tarjimon-volontyorlar" guruhi faoliyat yuritmoqda.

Fakultet dekani G.Ergasheva tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur guruh a'zolari, yani volontyor-talabalar 1 oy vaqt mobaynida xalqaro konferensiyalar hamda turli tadbirlarda tarjimon sifatida faol ishtirok etib kelishmoqda.

Guruhda talabalar oliygohda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda ham sinab ko‘rishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda guruh a'zolarining tarjimonlik sohasiga oid bilimlarini yanada oshirish maqsadida turli davra suhbatlari, seminar-treninglar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi doirasida tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylandi.

Ushbu an’anani davom ettirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 9-oktyabr kuni universitetimizning barcha fakultetlarida “Milliy liboslar kuni" aksiyasi doirasida tadbir o‘tkazilmoqda.

Shu munosabati bilan, O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova hamda fakultet tutorlari boshchiligida oliygohimiz talabalari haftalikda faol ishtirok etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔵 REKTOR VA YOSHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.
Shunga ko‘ra, O‘zDJTU rahbariga ham “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj bo‘lgan, e’tibor talab etuvchi yoshlar biriktirilgan.


11-oktabr  kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, universitet rahbariyati vakillari rektorga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi “Katta Cho‘pon Ota” mahallasida istiqomat qilayotgan og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashdi.

Rektor ko‘makka muhtoj yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashdi. O‘tgan uchrashuvda noutbukka ehtiyoji borligini bildirgan yosh bilan mahalla binosida uchrashib, unga zarur bo‘lgan noutbukni taqdim etdi.

Shuningdek, har bir yoshga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yordam tariqasida taqdim etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor stipendiyasi” tanlovi talabgorlarining O‘zbekiston tarixi bo’yicha IMTIHON NATIJALARI

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Yuldashbekova Saida Sultonovna Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Юлдашбекова Саида Султановна назначена на должность заведующего отделом информационной службы и связей с общественностью Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Yuldashbekova Saida Sultanovna was appointed to the position of head of Information Service and Public Relations Department of Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦👨‍🏫👩‍🏫

11-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibidan Ismailova Ma’rifat Baxrambek qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tilini o‘qitishda B2 darajadagi talabalarning strategik kompetensiyasini muammoli texnologiya asosida takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi o‘rin oldi.

Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi. Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel