🟦🟦🟦👨🏫👩🏫
11-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi tashkil etildi.
Ilmiy seminarda tadqiqotchi Tursunqulov Sanjar Dilmurod o‘g‘lining 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “XX asr birinchi yarmi ispan prozasining poetik xususiyatlari (Ramon Mariya del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessi asarlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Dasturda ishtirok etgan oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar himoyachiga mavzusi doirasidagi o‘z fikrlarini bildirdi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi. Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tadbir
OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida 11-oktabr "Xalqaro qizlar" kuni munosabati bilan “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tanlov fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova hamda tyutorlar M.Abdullayeva, N.Mannonova, N.O‘roqboyevalar tashabbusi bilan tashkil etildi.
Fakultetning 9 nafar uddaburon talaba-qizlari 3ta shart asosida oʻzaro bellashishdi. Shartlar esa quyidagicha;
1. Tanishtiruv,
2. Salat tayyorlash,
3. Erkin mavzu.
Tanlov ishtirokchilari oʻz iqtidori, mahorati, yetakchilik qobiliyati hamda salohiyatini toʻlaqonli namoyon eta olishdi.
Tanlov natijasiga koʻra, ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi, gʻoliblarga sertifikat va esdalik sovgʻalar topshirildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🏆Futbol va voleybol bo‘yicha Rektor kubogi oʻtkaziladi
⚽️🏐 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashabbusi bilan yigitlar o‘rtasida futbol va talaba-qizlar o‘rtasida voleybol boʻyicha “Rektor kubogi🏆” oʻtkazilmoqda.
⚽️ Musobaqa 2 bosqichda oʻtkaziladi:
— fakultetlararo saralash bosqichi (bunda har bir fakultetdan 2 ta sport turi bo‘yicha eng yaxshi 1 tadan jamoalar saralab olinadi);
— universitet bosqichi.
🗓 Fakultetlararo saralash bosqichi 30-oktyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
🇺🇿 Qatnashish istagidagi talabalar fakultetingiz Yoshlar Ittifoqi koordinatoriga jamoa tuzgan holda murojaat qiling:
🧡Ingliz tili birinchi fakulteti;
🧡Ingliz tili ikkinchi fakulteti;
🧡Ingliz tili uchinchi fakulteti;
🧡Sharq filologiyasi fakulteti;
🧡Rus filologiyasi fakulteti;
🧡Ingliz filologiyasi fakulteti;
🧡Roman-german filologiyasi fakulteti;
🧡Xalqaro jurnalistika fakulteti;
🧡Tarjimonlik fakulteti;
🧡Sirtqi va kechki ta’lim fakulteti.
🏆 Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.
🇺🇿 Sogʻlom inson sogʻlom millat zaminidir!
#sport #futbol #voleybol #rektor_kubogi
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣
🎭 Teatrchilar — oʻz isteʼdodingizni koʻrsatish vaqti keldi
🏆 Talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga qiziqishlarini yanada oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va isteʼdodli talabalarni kashf qilish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Universitet Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida “🏆Talabalar teatr studiyalari: Rektor kubogi” koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda.
🤔 Ko‘rik-tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
— fakultetlararo saralash bosqichi (bunda har bir fakultetdan eng yaxshi 1 ta jamoa saralab olinadi);
— universitet bosqichi.
🗓 Fakultetlararo saralash bosqichlari 30-oktyabrga qadar o‘tkaziladi.
🇺🇿 Qatnashish istagidagi talabalar fakultetingiz Yoshlar Ittifoqi kengashiga murojaat qiling:
🧡Ingliz tili birinchi fakulteti;
🧡Ingliz tili ikkinchi fakulteti;
🧡Ingliz tili uchinchi fakulteti;
🧡Sharq filologiyasi fakulteti;
🧡Rus filologiyasi fakulteti;
🧡Ingliz filologiyasi fakulteti;
🧡Roman-german filologiyasi fakulteti;
🧡Xalqaro jurnalistika fakulteti;
🧡Tarjimonlik fakulteti;
🧡Sirtqi va kechki ta’lim fakulteti.
🏆 Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.
🪄 Isteʼdodingizni koʻrsating!
🌟 Fakultetingiz sharafini munosib himoya qiling!
💸 Pul mukofotlariga ega boʻling!
#teatr #teatr_studiyalari #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
"Globallashuv jarayonlarining yoshlar tarbiyasiga taʼsiri" mavzusida talabalar anjumani boʻlib oʻtdi.
Dastur Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsentlari S.Yoʻldosheva va A.Jumaev tomonidan tashkil etildi. Unda Ingliz tili 2-fakulteti 2-bosqich talabalari va kafedraning boshqa professor-oʻqituvchilari qatnashdi.
💻💻💻
10-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovining O‘zbekiston tarixi fani bo’yicha imtihoni o’tkazildi.
Iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur bellashuvni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, Komissiya raisi I.Tuxtasinov hamda maxsus komissiya a'zosi, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov tantanali ravishda ochib berdi va nomzodlarga muvaffaqiyat tiladi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Tanlovda barcha yo’nalish bo'yicha hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar ishtirok etishdi. Dastur O‘zbekiston tarixi fani bo'yicha mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan o'tkazildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📹 📺📺
Xorijiy tillar fan olimpiasining Respublika bosqichini Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etishda faol ishtirok etgan mas’ullarni taqdirlash jarayonidan fotolavhalar (3-qism)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📹 📺📺
Xorijiy tillar fan olimpiasining Respublika bosqichini Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etishda faol ishtirok etgan mas’ullarni taqdirlash jarayonidan fotolavhalar (1-qism)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
10-oktyabrdan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Jogʼorqi Kengesi, xalq deputatlarining viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi saylov tadbirlariga tashrif buyuradigan xorijiy kuzatuvchilarga hamrohlik qiluvchi tarjimon o’qituvchilar va talabalar uchun seminar o’z ishini boshladi.
Tadbirga O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʼzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan saralab olingan ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, rus, arab, fors, xitoy, koreys, yapon va boshqa tillar boʼyicha tarjimonlar taklif etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innnovatsiyalar vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda yana bir qator oliy taʼlim muassasalarining malakali mutaxassislari va professorlari tomonidan Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, saylov tizimi va jarayonlari, Oʼzbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida olib borayotgan ishlari, xalqaro kuzatuvchilarga hamrohlik qilishning oʼziga xos jihatlari, tarjimonlik mahorati, muloqot va kiyinish madaniyati kabi masalalarda batafsil maʼlumot va tushuntirish berildi.
🟩🟩🟩🟩
Azzamov Yusufjon Radjaboyevich O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti O'quv uslubiy boshqarma boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Аззамов Юсуфжон Раджабоевич назначен на должность начальника учебно-методического управления Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Azzamov Yusufjon Radjaboyevich was appointed to the position of head of the Educational Methodological Department of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
CEFR va ATTANAL alarabiy o'quv kurslariga
QABUL BOSHLANDI !
1) A0 ➡️ A1 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’Z BOYLIGI
❗️Talablar: imtihonsiz qabul qilinadi.
2) A1 ➡️ A2 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatikadan umumiy xabari borlar uchun. Daraja testi orqali qabul qilinadi.
3) A2 ➡️ B1 (2 oy)
▪️SARF (Arabcha)
▫️NAHV (Arabcha)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatika o'rta darajadan yuqori bo'lishi shart. Daraja testi orqali qabul qilinadi
4) B1 ➡️ B2 (2 oy)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QISH
▪️MOCK TEST
▫️INSHO
▪️CEFR STRATEGIYALARI
❗️Talablar: grammatikadan umuman muammosi yo'qlar uchun.
5) B2 ➡️ C1 (3 oy)
▪️Test yechish va tahlil qilish
▫️Tinglash va o'qish mock testlar
▪️Og'zaki mock test
▫️Insho darslari
❗️Talablar: B2 sertifikatiga ega bo'lishi shart.
🗓 Darslar haftada 3 kun bo'ladi
🔹 To'lov miqdori oyiga: 399.000 so'm
Ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 +998977034402
📱Telegram guruh 👈
⚡️ 9-oktabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov, fakultetning yoshlar bilan ishlash masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari D. Xoshimova hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi D. Fayziyevalar tomonidan talabalar turar joylari oʻrganildi.
🔰 Tashrif jarayonida talabalarga TTJ ichki-tartib qoidalariga rioya qilishlari, tozalik va ozodalikka eʼtiborli boʻlish va TTJda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha kerakli maʼlumotlarni berib oʻtdilar.
✅ Talabalar uchun yotoqxonada yaratilgan shart-sharoitlar koʻzda kechirilib talab va takliflar oʻrganildi.
#fakultethayoti
@xalqarojurnalistika_fakulteti
👨⚖️👩⚖️
9-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 25-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Mazkur Ilmiy kengashda OʻzDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy oppotentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Dasturda Daliyeva Madina Xabibullayevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz, oʻzbek va rus tillari lingvistik terminlarida polisemiyaning kognitiv modellari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.
#Xalqaro_hamkorlik
#notiqlik_tanlovi
✔️ Shuningdek, OʻzDJTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Chutpoʻlatov soʻzlagan nutqlarida fakultetda oʻtkazilayotgan bunday notiqlik tanlovi talabalarda muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirishga katta xizmat qilishini aytib oʻtdilar.
🌐Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
8-oktabr kuni O‘zDJTUning Roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili amaliy fanlar kafedrasiga Dresden texnika universiteti professorlari Christel Matzke xonim va Christian Matzke janoblari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Germaniyalik mutaxassislar 1- va 2- bosqich nemis tili yo‘nalishi talabalariga 2- dars juftlikda "Germaniyada ta’lim tizimi" haqida 3-dars juftligida "Germaniyada talabalar hayoti" haqida mahorat darsi o‘tib berishib, ushbu mahorat darsi talabalar va mehmon professorlarning savol-javoblari bilan qizg‘in davom etdi.
Ushbu mahorat darsida nemis tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri Ziyayeva S.A., kafedra professor-o‘qituvchilari Sh. Xolmatov, F. Abdunazarov, O. Arabov, N. Shukurovalar ishtirok etib, kelgusida hamkorlik aloqalari istiqbollari kelishib olindi.
Mahorat darsidan keyin germaniyalik professorlar talabalarning faolligini qayd etib, fakultetdan ijobiy fikrlar bilan xayrlashishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 #Psixolog_va_Talaba
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida seminar trening tashkil etildi.
Ushbu seminar trening 11- oktyabr kuni universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet birinchi bosqich tyutorlari N.O‘roqboyeva, Sh.Bo‘stonova va N. Mannonova hamkorligida Psixodiagnostika jarayonlari orqali olib borildi.
Psixodiagnostika jarayonlarda ishtirok etgan talabalarda aniqlangan muammolar yuzasidan talabalar bilan individual va jamoaviy tarzda suhbat va mashg‘ulotlar olib borildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣1️⃣1️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining har bir talabalar turar joyida tonggi badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etilmoqda.
Talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tonggi mashgʻulotlar talabalar yotoqxonalari hovlisida har kuni ertalab soat 6:00 dan 7:00 gacha boʻlib oʻtmoqda.
Universitetimizning har bir talabasini sogʻlom hayot sari chorlab qolamiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🎭 “Quvnoqlar va Zukkolar: Rektor kubogi” ko'rik tanlovi o‘tkazilmoqda
🎭 Talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, isteʼdodli, quvnoq va zukko talabalarni kashf qilish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Universitet Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan “🏆Quvnoqlar va Zukkolar: Rektor kubogi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda.
🤔 Ko‘rik-tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
— fakultetlararo saralash bosqichi (bunda har bir fakultetdan eng yaxshi 1 ta jamoa saralab olinadi);
— universitet bosqichi.
🗓 Fakultetlararo saralash bosqichlari 25-oktyabrga qadar o‘tkaziladi.
🇺🇿 Qatnashish istagidagi talabalar fakultetingiz Yoshlar Ittifoqi kengashiga murojaat qiling:
🧡Ingliz tili birinchi fakulteti;
🧡Ingliz tili ikkinchi fakulteti;
🧡Ingliz tili uchinchi fakulteti;
🧡Sharq filologiyasi fakulteti;
🧡Rus filologiyasi fakulteti;
🧡Ingliz filologiyasi fakulteti;
🧡Roman-german filologiyasi fakulteti;
🧡Xalqaro jurnalistika fakulteti;
🧡Tarjimonlik fakulteti;
🧡Sirtqi va kechki ta’lim fakulteti.
🏆 Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.
🪄 Isteʼdodingizni koʻrsating!
🌟 Fakultetingiz sharafini munosib himoya qiling!
💸 Pul mukofotlariga ega boʻling!
#qvz #QuvnoqlarVaZukkolar #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🏆 Musobaqalar davom etadi:
shaxmat va shashka ustalarini stol atrofiga chorlaymiz!
♟ Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, talabalar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalarini ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan universitetimizning barcha talabalari oʻrtasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkillashtirilmoqda.
♟ Musobaqa 2 bosqichda oʻtkaziladi:
— fakultetlararo saralash bosqichi (bunda har bir fakultetdan 2 ta sport turi bo‘yicha eng yaxshi 1 tadan talaba saralab olinadi);
— universitet bosqichi.
🗓 Fakultetlararo saralash bosqichi 10-20-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
❗️Eslatma:
- qizlar va yigitlar o‘rtasida har bir tur bo‘yicha alohida-alohida musobaqalar tashkil qilinadi (ya’ni shashka bo‘yicha qizlar va yigitlar o‘rtasida alohida-alohida musobaqa, shaxmat bo‘yicha qizlar va yigitlar o‘rtasida alohida-alohida musobaqa);
- har bir talaba faqat bitta sport turi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib boradi (ya’ni bir talaba yo shaxmat musobaqasida yoki shashka musobaqasida qatnasha oladi).
🇺🇿 Qatnashish istagidagi talabalar fakultetingiz Yoshlar Ittifoqi kengashiga murojaat qiling:
🧡Ingliz tili birinchi fakulteti;
🧡Ingliz tili ikkinchi fakulteti;
🧡Ingliz tili uchinchi fakulteti;
🧡Sharq filologiyasi fakulteti;
🧡Rus filologiyasi fakulteti;
🧡Ingliz filologiyasi fakulteti;
🧡Roman-german filologiyasi fakulteti;
🧡Xalqaro jurnalistika fakulteti;
🧡Tarjimonlik fakulteti;
🧡Sirtqi va kechki ta’lim fakulteti;
🧡Qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘limi.
📝 Hoziroq roʻyxatdan oʻting!
⚡️ Mahoratingizni namoyon eting!
💰 Sovrinlarga ega bo‘ling!
#shaxmat #shashka #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟦🟦🟦👨💻👩💻🧠
Joriy yilning 10-oktabr kuni O‘zDJTU jahon adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun seminar- trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningda jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Gulnoz Iskandarovna va mustaqil izlanuvchi Feruza Mannonovaning AQSH ning eng nufuzli Garvard, Yel, Boston Konnektikut, Binhemton universitetlarining “Qiyosiy adabiyotshunoslik” markazlarida malaka oshirish natijasi bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzulari bo‘yicha barcha savollarga javob olishdi.
Ilmiy-nazariy seminar yuksak saviyada o‘tkazildi va zarur bilim-ko‘nikmalarga boy bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❗️🟦🟦🟦
10-oktyabr kuni oʻtkazilgan OʻzDJTU Kengashi davomida, an’anaga muvofiq, mukofot va ilmiy daraja olganlar ham taqdirlandi. Jumladan:
😲 Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor, iqtisod fanlari doktori (DSc), professor Abdullayev Suyun Ortiqovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-sentyabrdagi 352-sonli buyrugʻiga asosan, “Oliy ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan hamda Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon Fanlar Akademiyasi Prezidiumining 2024-yil 28-iyuldagi 1/07-24-bayonnomasiga asosan, “Akademik” ilmiy unvoni berilgani bilan;
😲
Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor
Ergasheva Guli Ismoilovna
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgani uchun “Shuhrat” medali bilan;
😲
Rus filologiyasi fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor v.b.
Rahmonov Azizxon Bositxonovich
2024-yil 17-sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Gumanitar hamkorlik kengashi va MDH davlatlarining Gumanitar Hamkorlik Davlatlararo fondi tomonidan taʼsis etilgan “Hamdoʻstlik debyutlari” Xalqaro mukofoti bilan
📹 📺📺
Xorijiy tillar fan olimpiasining Respublika bosqichini Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etishda faol ishtirok etgan mas’ullarni taqdirlash jarayonidan fotolavhalar (2-qism)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
10-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 2-son yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kengashda universitetda amalga oshirilgan ishlar, oldindagi rejalar, shuningdek, belgilangan boshqa masalalar muhokama qilindi, manfaatli fikr almashildi.
Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 15-iyuldagi 247-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 10-sentyabrdagi 363-son “Universitetda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining universitet bosqichini o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 19-sentyabrdagi 373-son “Universitetda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyruqlariga asosan,
🟩🟩🟩🟩
Odilov Baxodir Baxtiyarovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Адилов Бахадыр Бахтиярович назначен заведующим кафедрой теории перевода английского языка Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Odilov Bakhodir Bakhtiyarovich was appointed to the position of head of the Department of English translation theory of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🌐 Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvni fakultet dekani H.Hakimov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, ichki tartib-qoidalari, besh tashabbus doirasida yaratilgan qulayliklar, oʻquv jarayonlarining tartiblari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, korrupsiyaga yoʻl qoʻyilmasligi, diniy maʼlumotlarni qabul qilishda eʼtiborli boʻlish zarurligi borasida aytib oʻtildi.
📺📺
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 10-oktabr kunidagi 205-sonli nashrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinovning "Xorijiy tillarni bilish yoshlar uchun qanchalik muhim?" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
9-oktabr kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida milliy liboslar kuni oʻtkazildi.
Fakultet professor oʻqituvchilari va talabalari tomonidan oʻzbek qadriyatlarining koʻzgusi boʻlgan atlas, adras liboslari kiyildi. Liboslarning oʻziga xos dizayn va xususiyatlari haqida talabalar bilan suhbatlar olib borildi.
Tadbir fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Dilorom Fayziyeva tashabbusi bilan tashkil etildi.
#Xalqaro_hamkorlik
#notiqlik_tanlovi
🌐Bizni kuzating
❗️❗️❗️Приглашаем принять участие в Международной научно-практической конференции «РУССКИЙ ЯЗЫК: ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИИ В ИЗУЧЕНИИ И ПРЕПОДАВАНИИ»
📆Дата: 11 ноября 2024 г.
🌍Организаторы: Кафедра русского языка и методики преподавания факультета русской филологии УзГУМЯ.
✨Основные направления работы:
• Роль русского языка в современном мире.
• Актуальные проблемы изучения современного русского языка и литературы.
• Русский язык как язык научной и профессиональной коммуникации.
• Современные тенденции в методике преподавания русского языка и литературы.
• Проблемы сравнительной и сопоставительной лингвистики.
• Вопросы перевода и переводоведения.
• Методология создания учебников, учебных пособий нового поколения по русскому языку и литературе: содержание, структура, технологии.
📝Срок приёма материалов: до 10 ноября 2024 года на электронные почты khegava_l@rambler.ru; irina_che_07@mail.ru
• Telegram: +99890 324 07 34 (Хегай Валентина Михайловна); +99894 675 12 08 (Чергинская Ирина Александровна).
Ждем вас на конференции!
🟦🟦🟦🟦🟦
IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasida OʻzDJTU faol talabalari ishtirok etdi !
☑️Toshkent shahrida ijod va innovatsiya kuchiga ishongan har bir inson uchun muhim voqea — Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi bo’lib o’tdi.
📄80 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ziyod ishtirokchi kreativ sohalar kelajagini muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratish uchun bir joyga jam bo‘ldi.
🔥Ushbu xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faol talabalari ham ishtirok etdi.
📺 Jaroyonda faollik koʻrsatganligi uchun Media klubi jamoasiga tashakkurlar izxor etamiz
#konferensiya #media #ittifoq
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram