🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✉️ 2024-yil 26-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichidagi ikkinchi shart – badiiy filmdan parcha ko‘rish va mazmunini yozma bayon etish boʻyicha natijalari:
✅ Arab tili boʻyicha natijalar
✅ Fransuz tili boʻyicha natijalar
✅ Ingliz tili boʻyicha natijalar
✅ Ispan tili boʻyicha natijalar
✅ Italyan tili boʻyicha natijalar
✅ Koreys tili boʻyicha natijalar
✅ Nemis tili boʻyicha natijalar
✅ Yapon tili boʻyicha natijalar
✅ Xitoy tili boʻyicha natijalar
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
2024-yil 26-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichidagi test sinovlari natijalari:
Arab tili boʻyicha test natijalari
Ingliz tili boʻyicha test natijalari
Fransuz tili boʻyicha test natijalari
Ispan tili boʻyicha test natijalari
Italyan tili boʻyicha test natijalari
Koreys tili boʻyicha test natijalari
Nemis tili boʻyicha test natijalari
Yapon tili boʻyicha test natijalari
Xitoy tili boʻyicha test natijalari
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻtkazilayotgan Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasidan fotolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida Misr Arab Respublikasining Qohira universitetidan taklif qilingan arab tili mutaxassisi doktor Sayed Korayem o’z faoliyatini boshladi.
Fakultet dekani U.Yoʻldoshev boshchiligidagi mas’ullar hamda xorijlik mutaxassis ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, unda xalqaro aloqalar, OʻzDJTU imkoniyatlari va istiqbolli masalalar boʻyicha suhbat olib borildi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Doktor Sayed Korayem 2024-2025 o’quv yili davomida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida faoliyat olib boradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🇫🇷 Joriy yilning 25-sentabr kuni, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o’qituvchilari Ro’ziboyeva N., Orexin-Rigina V., Xamidova N., Usmаnova N. talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida Toshkent Fransuz Alyansiga "Ochiq eshiklar" kuniga tashrif buyurishdi.
💠 Tashrif davomida Fransuz Alyansi kurslari, o’qituvchilarining ochiq darslari namoyishi va talabalar uchun o’yinlar, viktorinalar tashkil qilindi. G’oliblarga ajoyib sovg’alar ulashildi.
👨🎨 Bundan tashqari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, Yevropa va Osiyoda o‘tkazilgan ko‘plab ko‘rgazmalar ishtirokchisi taniqli rassom, miniatyurachi va vitraj ustasi Mariya Korovinaning "Uchar likopcha uchuvchisi yoki KOROVINAning 35 ta durdonalari" ko'rgazmasida ham ishtirok etildi.
🔤🔤🔤
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar dasturi gulxan atrofidagi suhbatdan soʻng oʻz yakuniga yetdi.
Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov va Mengnor Ollomuroddan tashkil topgan ijodkorlar guruhi OʻzDJTU vakillari hamrohligida 1-sonli va 2-sonli talabalar turar joylariga tashrif buyurdi.
🔤🔤🔤
Ma’rifat tadbirlari doirasida OʻzDJTU 4-son talabalar turar joyiga tashrif uyushtirildi.
Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov va Mengnor Ollomurod yoʻldoshligida amalga oshirilgan tashrif davomida yotoqxonada joylashgan “Besh tashabbus” xonalari boʻylab tur tashkil etildi.
Adabiy ijodkorlar texnik jihozlar bilan ta’minlangan maxsus xona, kutubxona, sport zal, tikuvchilik xonasi va musiqa xonasidan iborat boʻlgan “Besh tashabbus” xonalarida talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.
🔤🔤🔤
Ma’rifat tadbirlari maktablarda davom etdi
25-sentyabr kuni tashkil etilgan “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida "Adib bilan dildan suhbat" qismining davomi sifatida Uchtepa tumanidagi Ko'kcha-oqtepa mahallasi va 245-maktab bilan hamkorlikda yozuvchi Doniyor Begimqulov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
25-sentabr kuni Xitoyning Phoenix International Publishing and Media tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Ushbu tashkilot dunyodagi 12 ta yirik nashriyotlar qatoridan o‘rin olgan nufuzli tashkilot hisoblanadi. Asosiy faoliyati maktabgacha, maktab, oliy ta’lim va boshqa sohalar uchun sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish va chop etishdan iborat. Phoenix International Publishing and Media tashkiloti Xitoydagi minglab nashriyotlar orasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ish olib boruvchi muhim davlat muassasasidir.
Muloqqot chog‘ida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi samarali hamkorlik, O‘zDJTU faoliyati, xitoy tilini o‘qitilishi va XXR OTMlari bilan aloqalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdilar.
Nashriyot rahbari Hu janoblari va delegatsiya a’zolari O‘zDJTU xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Xakimova va xitoy tili o‘qituvchisi G. Ro‘zumova hammuallifligida yaratilgan “Xitoy tili” darsligi hamda mamlakatshunoslikka oid Xitoy va Jansu provinsiyasi haqidagi adabiyotlar, maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan xitoy tili bo‘yicha kitoblar taqdimotini o‘tkazdilar.
Tomonlar ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zDJTUda “Xitoy tili + kasbiy ko‘nikmalar markazi”ni tashkil qilish kabi masalalarni muhokama qildilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🏆 Voleybol boʻyicha “Ittifoq kubogi” oʻtkazildi
🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashabbusi bilan 🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida sportning futbol turi boʻyicha “Ittifoq kubogi🏆” oʻtkazildi.
🏐 Unda universitetimizning barcha fakultetlari talabalaridan tashkil topgan jamoalar oʻzaro bahslashdilar.
🏆 Yigitlar oʻrtasidagi musobaqa gʻoliblari:
🥇-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti jamoasi — 1,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — Sirtqi va kechki ta’lim fakulteti jamoasi — 700,000 soʻm;
🥉-oʻrin — Ingliz tili uchinchi fakulteti jamoasi — 500,000 soʻm pul mukofoti💰 va 🇺🇿 diplom bilan taqdirlandilar.
🏆 Qizlar oʻrtasidagi musobaqa gʻoliblari:
🥇-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti jamoasi — 1,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — Ingliz filologiyasi fakulteti jamoasi — 700,000 soʻm;
🥉-oʻrin — Ingliz tili ikkinchi fakulteti jamoasi — 500,000 soʻm pul mukofoti💰 va 🇺🇿 diplom bilan taqdirlandilar.
🎉 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!
🔥 Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi musobaqalarimizda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
#ittifoq_kubogi #futbol #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟦🟦
25-sentyabr kuni OʻzDJTUda navbatdagi dissertatsiya ishlari ilmiy muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Unda Ziyadullayev Ilxom Oblakulovichning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Nemis tilida fe’l-neologizmlarning verbotsentrik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiyasining ilmiy seminar muhokamasi oʻtkazildi.
🎼 Ingliz tili uchinchi fakulteti talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Besh muhim tashabbus doirasida adabiyot, musiqa, san’atga doir turli xil tadbirlar muntazam tarzda tashkil etib kelinmoqda.
🪗Joriy yilning 24-sentyabr sanasida Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Sh.Hamdamova va ingliz tili integrallashgan kursi o’qituvchisi M. Azimova o'zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda turli xil darsdan tashqari mashg'ulotlar olib bordilar.
Jumladan, talabalar o'zlari yod olgan monologlardan namunalar o'qishdi, iqtidorli yoshlar o’zbek, turk va ingliz tillarida qo’shiqlar kuylashdi. Bundan tashqari, "Qiziqarli savollarga qiziqarli javoblar" ruknida savol-javobda qatnashdilar.
❗️Firibgarlardan ogoh bo‘ling!
🚨👮🏽♂️Валижон Шамсиевни фирибгарлар чув туширди, 35 000 000 га алдаб кетишди.
❗️Фирибгарлардан огоҳ бўлинг!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 iibb_uz">Threads
0️⃣0️⃣0️⃣
24-sentyabr kuni OʻzDJTU Marketing va amaliyoti bo’limi boshlig’i Alisher Abidjanov boshchiligida fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari,kafedra mudirlari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Dastur “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yashkil etildi.
🟦🟦🟦
24-sentyabr kuni Marketing va amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Alisher Abidjanov tomonidan fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash bo‘yicha kelishib olindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
26-sentabr kuni O'zDJTU rektori I. Tuxtasinov Xitoyning Sichuan universiteti Vitse-Prezidenti Lee Yoo Bin xonim rahbarligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Mexmonlarga universitet faoliyati, xitoy tili va madaniyatini o'qitish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar, Xitoydagi oliygohlar bilan olib borilayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Muloqot chog'ida har ikkala tomon almashinuv dasturlari va qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish, lmiy tadqiqot sohasida hamkorlik qilish, professor-o'qituvchilar malakasini oshirish, qishki va yozgi maktablarni tashkil qilish kabi sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta'kidlab o'tdi.
Lee Yoo Bin xonim Qo'shma institut ochish va O'zDJTUning Pedagogik universitetlar assosiatsiyasiga a'zo bo'lishini taklif qildi. Ta'kidlanishicha, assosiatsiyaga a'zo bo'lish ko'plab imtiyozlarga erishish, grant va boshqa xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkonini beradi.
Ma'lumot uchun: Sichuan universiteti XXRning yetakchi universitetlaridan bo'lib, ushbu OTMda 47 000 nafar talaba va 3 000 dan ortiq professor-o'qituvchilari bor. U klassik universitet bilan 12 ta tarmoqlar orasida pedagogika sohasida kadrlar tayyorlash asosiy faoliyat yo'nalishidan biri hisoblanadi. Universitet biruvchilarining 60 foizi Sichuandagi maktablar rahbarlaridir. Muhandislik yo'nalishida ham muayyan yutuqlarga erishgan ushbu universitetda ko'plab akademiklar faoliyat olib boradi. Turizm va mehmonxona instituti mamlakat uchun sayyohlik sohasi uchun malakali kadrlar yetistirib beradi. Angliya va Italiya universitetlari bilan qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshiradi. 4 ta Konfusiy instituti va 2 ta Konfusiy maktabi ta'sischisi hisoblanadi. Sichuan universitetida 2500 nafar xorijiy talaba, shulardan 1500 nafari grant asosida tahsil oladi.
🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻtkazilayotgan Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi jarayonidan fotolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
26-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasiga start berildi.
Respublika xorijiy tillar fan olimpiadasining ochilish marosimi avvalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov so‘zga chiqib, mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib taqdirlash imkonini berishini ta’kidladi, barcha ishtirokchilarni respublika bosqichiga yetib kelganliklari bilan tabrikladi.
💻📺📺
25-sentyabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan tadbir dasturlaridan videolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🇺🇿 🇺🇿 🤝🌏👨🏫👩🏫
🖋 Hamkorlik memorandumi imzolandi
📄 25-sentyabr kuni Yangi Oʻzbekiston universitetida poytaxtimizda joylashgan nufuzli oliygohlar yoshlar yetakchilari tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
🤝 8 ta universitet yetakchilari imzolagan ushbu bitimga koʻra quyidagilarga kelishib olindi:
🤔 Ishtirokchilar o‘z vakolatlari doirasida va davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq quyidagi sohalarda hamkorlik qiladilar:
✍️ talabalarning ijtimoiy-madaniy faoliyatini oshirishga ko‘maklashish;
✍️ kelishilgan tadbirlarda ilmiy qiziqishlarni oshirish;
✍️ talabalarning sport hayotini yaxshilashga yordam berish;
✍️ o‘zaro manfaatli boshqa sohalar.
🤔 Hamkorlik yo‘nalishlari quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
🔺universitet klublari hamkorligida qo‘shma intellektual va ilmiy dasturlar yaratish;
🔺talabalar, talabalar kengashi va ma’muriyat o‘rtasida kelishilgan fikr, axborot va o‘quv adabiyotlari almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
🔺qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda yordam berish;
🔺ilmiy tadqiqotlar olib borish;
🔺turli universitetlardagi talabalar hayoti haqidagi ma’lumotlarni takomillashtirish, birlashtirish va almashish uchun yagona “USP” platformasini ilgari surishda yordam berish;
🔺mazkur memorandum ishtirokchilari uchun umumiy “Rekordlar kitobi”ni yaratish, shuningdek, kelgusida qayd etiladigan rekordlarni kuzatish uchun har bir universitetda vakillar guruhini shakllantirish;
🔺tajriba almashish uchun qo‘shma tadbirlar, xususan, konferensiyalar, seminarlar, treninglar, ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, davra suhbatlari va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkil etish;
🔺sport tadbirlarini tashkil etish, jumladan, memorandum ishtirokchilarini professional darajaga ko‘tarish uchun futbol turnirlarini o‘tkazish;
🔺madaniy tadbirlarda ishtirok etishdan tashqari milliy va an’anaviy musiqaga qiziqishni jonlantirish maqsadida universitetlararo mumtoz musiqa ansamblini tashkil etish;
🔺universitetlar “Feminine community” lari o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
🔺o‘zaro manfaatli hamkorlikning boshqa shakllari.
📺📺
Ma’rifat tadbirlari doirasida 4-TTJga buyurilgan tashrif dasturidan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
OʻzDJTU va Uchtepa tumanidagi Ko'kcha-oqtepa mahallasi hamda 245-maktab bilan hamkorlikda tashkil etilgan ma’naviyat tadbiridan fotolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
“Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🔔 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika xorijiy tillar fan olimpiadasi tashkil etilmoqda.
📌 Ushbu olimpiadada Respublikaning deyarli barcha oliy o'quv yurtlarida tahsil oluvchi talabalar:
🇺🇸 ingliz tili;
🇩🇪 nemis tili;
🇫🇷fransuz tili;
🇮🇹 italyan tili;
🇪🇸 ispan tili;
🇰🇷 koreys tili;
🇨🇳 xitoy tili;
🇯🇵 yapon tili;
🇸🇦 arab tili fanlari bo'yicha bellashishadi.
➡️ Olimpiada 4 bosqichda tashkil etiladi:
26-sentyabr kuni 1,2,3-bosqich;
27-sentyabr kuni 4-bosqich.
☄️ Olimpiadada ishtirok etuvchi barcha talabalarga omad tilaymiz!
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
25-sentyabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
KOIKA volontyorlar dasturi koordinatori Miss Li Yubin, dastur bo‘yicha mutaxassis Ilxomjon Ro‘ziboyevni O‘zDJTU mas’ullari kutib oldi.
Mehmonlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X.Yuldashev, Koreys tili kafedrasi mudiri Ji Mun Gun, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev ishtirok etdi.
🟦🟦🟦
Xabar berganimizdek, 26-27-sentyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
👨🏫👩🏫
OʻzDJTUda filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga oid Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi.
Dasturda rektor I.Tuxtasinov, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Ilmiy kengashda Zakirova Nilufar Rustamovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz va rus yozuvchilarining badiiy asarlarida intertekst funksiyalari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦
24-sentyabr kuni OʻzDJTU psixologi Z.Xayrullaeva hamda Roman-german filologiyasi fakulteteti tyutorlari hamkorligida 6-TTJga tashrif amalga oshirildi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish, ularning ijtimoiy-psixologik holatidan xabardor bo’lish v kerakli tavsiyalarni berishdan iborat bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#psixologik_trening
24-sentabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti kechki ta’lim 1-bosqich talabalari uchun seminar-trening tashkil qilindi.
Seminarda universitet psixologi Z.Xayrullayeva, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova hamda tyutor S.Nurullayevalar ishtirok etishdi.
Talabalarga ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarashlar yuzasidan jamoaviy tarzda maslahat va tavsiyalar berildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib taqdirlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 247-sonli “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tashkil etilmoqda.
Mazkur fan olimpiadasi 26-27-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tadi. Olimpiadani o‘tkazish uchun universitetda tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Xorijiy tillar fan olimpiadasiga ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari bo‘yicha yetuk tajribaga ega xalqaro darajadagi mutaxassislar hakamlik uchun jalb etilgan bo‘lib, bugun 24-sentabr kuni malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati a’zolariFarg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatidan universitetga tashrif buyurdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt