🔥 Hurmatli talaba-yoshlar!
📣 Sizlarni bugun, 5-oktyabr, soat 19:00 da “Milliy Party” loyihasi doirasida universitetimizda tashkil etilayotgan KONSERT DASTURIGA taklif etamiz!
🤩 Konsertda sizlarni:
— kino va teatr aktyorlari;
— bloger va vaynerlar;
— mashxur estrada yulduzlarining chiqishlari;
— lazer shou va DJ lar ishtiroki;
— qiziqarli loyihalar va koʻngilochar boshqa dasturlar namoyishi kutmoqda.
⏰ Oʻtkazilish vaqti:
5-oktyabr, bugun, soat 19:00
📍 Oʻtkazilish joyi:
Universitet hovlisi (rektorat)
⚡️ Oʻtkazib yubormang!
✨ Biz bilan birga bo'ling
#milliyparty #universitetda_konsert
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
3 – oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati hamkorligida O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi va Germaniya birligi kuni (nem. Tag der Deutschen Einheit) - milliy bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston OTMlarining nemis tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi PowerPoint taqdimoti” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda yurtimizning yetakchi universitetlari, JIDU, O‘zbekiston milliy universiteti, Nizomiy nomli TDPU, Chirchiq DPU hamda O‘zDJTU talabalari o‘zaro bellashdilar. Tadbir O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetining ma’naviyat markazida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni fakultet dekani H. Hakimov ochib berdi. H. Hakimov 16-17 sentyabr kunlaridagi Germaniya kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga ilk tashrifi ushbu tanlovning dolzarbligini yanada oshirganligini, O‘zbekiston – Germaniya o‘rtasida barcha sohalaridagi munosabatlarining buguni rivoji o‘zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyillariga asoslanganligini, strategik sheriklikni yanada muvaffaqiyatli rivojlantirishda “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati mustahkam poydevor bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra go‘liblik quyidagi OTM talabalariga nasib qildi:
1-o‘rin-Chirchiq DPU;
2-o‘rin-O‘zDJTU;
3-o‘rin JIDU.
🟦🟦🟦🟦🟦
4-oktabr kuni O‘zDJTUda “Ogoh bo‘ling, biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Hoshimov, universitet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosati darajasiga olib chiqilayotganligi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab o‘tdi.
Shuningdek, universitetning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, uning talaba-yoshlar uchun salbiy oqibatlari hamda bu kabi holatlar to‘g‘risida oldindan xabar berish uchun ishonch telefon raqamlarining mavjudligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Xodimlar va professor-o‘qituvchilar orasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Mazkur tadbir kunning ikkinchi qismida universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy hududida joylashgan manzilida ham bo‘lib o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣1️⃣1️⃣
Atoqli adiblarning haykallari poyida 2024-yil sentabr-oktyabr oylarida oliy taʼlim muasssalari tomonidan ommaviy sport musobaqalari boʻyicha tadbirlarni tashkil etish reja-jadvaliga muvofiq,
📣 DIQQAT E’LON:
🪩 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Jahon adabiyоti" kafedrasi mudiri, professor Gulnoz Iskandarovna va mustaqil izlanuvchi Feruza Mannonova tomonidan
👩🏼💻 2024 yilning 10- оktabr kuni AQSH ning eng nufuzli Garvard, Yel, Boston Konnektikut, Binhemton universitetlarining "Qiyosiy adabiyotshunoslik" markazlarida malaka oshirish natijalari bo‘yicha seminar- trening o‘tkazishini ma’lum qilamiz.
Barcha professor-o‘qituvchilarni taklif qilamiz.
⏰ Seminar vaqti:
➡️ 10.10.2024
➡️ Soat 10:00da
🕹 Joyi: O‘zDJTU asosiy binoning 7-qavatida
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Kuni kecha O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi mudiri V.R.Ochilova fakultetda tahsil olayotgan 1-bosqich talabalariga “Stipendiyalar” mavzusiga bag'ishlangan seminar o‘tkazdi.
Seminarda Prezident stipendiyasi, Prezident granti, Navoiy stipendiyasi, Islom Karimov stipendiyasi, Rektor stipendiyasi, Aleksandr Faynberg stipendiyasi va “Yil talabasi” haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Shuningdek, stipendiyalarni olish uchun tayyorlanadigan hujjatlar hamda stipendiya nizomlari bilan tanishtirildi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
1️⃣1️⃣1️⃣
3-oktabr kuni O‘zDJTU da 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.
Unda erkak o‘quvchilar sportning futbol, ayol o‘qituvchilar esa sportning voleybol turi bo‘yicha kuch sinashdilar.
Qizg‘in bellashuvlarga boy o‘tgan belashuv natijalari quyidagicha bo‘ldi:
Futbol bo‘yicha (professor-o‘qituvchilar):
1-o‘rin - Ingliz tili 2-fakulteti;
2-o‘rin - Roman-german filologiyasi fakulteti;
3-o‘rin - Xalqaro jurnalistika fakulteti.
Voleybol bo‘yicha ( ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar):
1-o‘rin - Ingliz tili 2-fakulteti;
2-o‘rin - Ingliz filologiyasi fakulteti;
3-o‘rin - Roman-german filologiyasi fakulteti.
#ttj_kafedra_hamkorlik
Talabalar turar joylarida Besh muhim tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 2-oktabr sanasida Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari Xaydarov I.T., Atayeva N.S, Murtazaeva A.B., Xaitqulov Z.X, O'ktamjonova D.,
Satishova F.Y., Salimova N.A.
Majidova F. va talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi Z.Karimovalar tomonidan 4-TTJ da tashkillashtirgan "BOOK LOVERS CLUB" nomli WORKSHOP I va II bosqich talabalar o'rtasida o'tkazildi.
Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad: talabalarda kitob mutolaa qilishda bo'lgan qiziqishni yanada oshirish, kitobxonlikni keng tarzda targ'ib qilish hamda jahon adabiyoti adiblarining sara durdonalari haqida talaba-yoshlarning bilimlarini mustahkamlashdir.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2024-yil 10-avgustdagi 166/xb buyrug’iga asosan
#talabalar_teatr_studiyasi
Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan spektakl namoyish etildi.
3-oktabr kuni Yoshlar masalalari bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Sh.Eshto‘xtarov hamda tyutorlar M.Abdullayeva, Sh.Bo‘stonovalar tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultet talabalari tomonidan "Kelinlar qo‘zg‘oloni" spektakli mahorat bilan sahnalashtirildi.
Ushbu sahna asarlari millatimizga xos go‘zal udumlar, o‘lmas qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, talabalarda hamda yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
#Ijara_xonadonlari
#Psixologik_uchrashuv
#Rus_filologiyasi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar turar joyi va ijarada istiqomat qilayotgan talabalar bilan psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 3-oktyabr sanasida universitet psixologi Z.Xayrullayeva, Rus tili filologiyasi fakulteti dekaning xotin qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi G.Nishonova hamda fakultet tyutorlari I.Sadiyeva, M.Yuldashevalar hamkorligi talabalarning yashash shart-shoroyitlarini o'rganish va talabalar bilan suhbat o'tkazish maqsadida ijara xonadorlariga tashrif buyurishdi.
Ijara xonadonlarga tashrif amalga oshirishdan maqsad talabalarning ijtimoiy-psixologik iqlimini o‘rganish ular bilan yakka tartibda suhbatlar amalga oshirib psixologik tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi
@UzSWLU_MMB
0️⃣0️⃣0️⃣
2024-yil 26-sentabrdan 29-sentabrigacha Belarussiyaning Minsk shahrida «Rossiya diasporasi. Haqiqiy holatlar va istiqbollar» xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti Rus adabiyoti va oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti v.b. Agata Viktorovna Osipova ishtirok etdi.
Anjumanda Abxaziya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Tojikiston, Belarussiya va boshqa davlatlardan kelgan rossiyadagi vatandoshlar tashkilotlari vakillari qatnashdi. Ular bir qator mahorat darslarida ishtirok etib, loyihalarni boshqarish asoslari, omma oldida chiqish san’ati, shuningdek, mamlakatlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda rus tili va madaniyatini targ‘ib qilish masalalarini muhokama qilishdi.
1️⃣1️⃣1️⃣#Talabalar_ligasi
2-oktabr kuni O‘zDJTU talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan "TALABALAR LIGASI" sport bellashuvining shaxmat turi bo‘yicha universitet birinchiligi o‘tkazildi.
Bellashuv natijalari quyidagicha:
Talaba yigitlar:
I - o‘rin Turdiyev Sobir Otajon o‘g‘li (Ingliz tili 1-fakulteti)
II - o‘rin Julmurodova Hojiakbar Sobirjonovich (Ingliz tili (kechki)
III - o‘rin Qarshiboyev Eldor Abduvohidvich ( Ingliz tili filologiyasi fakulteti)
Talaba qizlar:
I - o‘rin Qarjaubaeva Gulnur (Ingliz tili 3-fakulteti)
II - o‘rin Elamonova Venera (Ingliz tili 3-fakulteti)
III - o‘rin Obloqulova Ozoda (Ingliz tili 1-fakulteti)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣1️⃣1️⃣#Talabalar_ligasi
2-oktabr kuni O‘zDJTU talabalari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalarining universitet birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Bellashuv natijalari quyidagicha:
Talaba yigitlar:
I - o‘rin Nurpulatov Zafarjon (Ingliz tili 3-fakulteti)
II - o‘rin Mengaliyev Xudoyberdi (Ingliz tili 3-fakulteti)
III - o‘rin. Eshtemirov Akbar (Tarjimon fakulteti)
Talaba qizlar:
I - o‘rin Ulug‘bekova Shaxnoza (Tarjimon fakulteti)
II - o‘rin Sun Jayun (Rus filologiyasi fakulteti)
III - o‘rin. Safarova Sabrina (Rus filologiyasi fakulteti)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Toshkentda Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlararo tajriba almashinuv davrasi oʻz ishini boshladi
Unda Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari vakillari, davlat organlari rahbarlari, masʼullari, “ICBA”, “Fly Dubai”, Abu-Dabi taraqqiyot fondi kabi tashkilotlar rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Forumda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ham ishtirok etib, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan muhokamalarda qatnashdi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha loyiha va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadida 8 ta klaster, xususan Taʼlim va hududlarni rivojlantirish qoʻshma ishchi guruhi oʻz ishini boshladi.
Vazir Q. Sharipov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan muhandislik sohasida energetika, sun’iy intellekt, atrof-muhit muhofazasi, biotexnologiya, raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarni hamkorlikda rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22896
Bizni kuzating
#ttj_profilaktik_tadbir
4-oktabr kuni 5-TTJda "Psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari va Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirga IIB giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari taklif etildi.
Shuningdek, tadbirda fakultet dekani G.Ergasheva va xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova, Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi o‘qituvchilari I.Saydamatov, Sh.Sa’dullayeva, tyutorlar N.Mannonova, Sh.Bo‘stonovalar ishtirok etishdi.Dastur davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlikga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarga qarshi qo‘llaniladigan qonuniy choralar haqida qisqacha tushunchalar berib o‘tildi.
Fakt 24 | 2025-yilda Italiyadan O‘zbekistonga sinkotron laboratoriyasi olib kelinadi
#4oct #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
0️⃣0️⃣0️⃣
4-oktyabr kuni O‘zDJTUda 2024/2025-o‘quv yilida o‘quv jarayonining tashkil etilganlik holati, mavjud muammolar va yechimini hal qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Universitet talabalar bo‘limi boshlig‘i, ofis registrator xizmatlari bo‘limi xodimi, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovinlari, HEMIS axborot tizimi bo‘yicha yetakchi mutaxassislari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha hisobchi ishtirokida o‘tkazilgan majlis o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Yu.Azzamov tomonidan olib borildi.
Majlisda 2024/2025-o‘quv yili o‘quv jarayoning to‘g‘ri tashkil etilganligi, HEMIS axborot tizimidagi mavjud muammolar, akademik qarzdor talabalar uchun qayta o‘qishni tashkil etish jarayonlari, stipendiya va kursdan kursga o‘tkazish buyruqlari, talabalar davomati va boshqa o‘quv jarayoniga oid masalalar muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦
4-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda Israilova Ilona Xalitovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) “Tibbiyot OTM talabalarining ingliz tilida so‘zlashuvchi kommunikativ kompetentsiyalarini autentik seriallar asosida takomillashtirishning uslubiy modeli (“doktor Xaus” seriali misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ilmiy dasturda oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
ZOOM onlayn dasturi orqali bo‘lib o‘tgan seminar davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida qiziqtirgan savollarga asosli javob berib o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2-oktabr kuni O‘zDJTUda Koreyaning Keimyung universiteti prorektori Kim Son Jung xonim, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yu Mun-Ki va ushbu bo‘lim koordinatori Yu Mon-Shiklar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar talaba, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, O‘zDJTU qoshida Qirol Sejong markazini tashkil qilish, hamkorlikda 2+2 formatida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Keymyung universitetining e-school elektron ta’lim platformasidan foydalanish masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, Keymyung universiteti e-school elektron ta’lim platformasidan koreys tilini o‘rganishda bepul foydalanish, koreys tili darajasini aniqlash bo‘yicha Sejong instituti sertifikatlarini joriy qilish, qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari uchun yillik 5 000 AQSH dollari miqdoridagi kontrakt to‘lovi bo‘yicha 3-bosqichdan boshlab TOPIC 3 darajasiga ega talabalarga 50%, TOPIC 4 darajasiga ega talabalarga 70 foiz chegirma berish va TOPIC 5 darajasiga ega talabalarga bepul o‘qish imkonini yaratishga tayyorligini ma’lum qildi.
Shuningdek, ushbu dasturlarni amalga oshirish uchun alohida shartnoma imzolash hamda o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish lozimligini ta’kidladi. Barcha masalalar bo‘yicha Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev bilan aloqada bo‘lishlarini aytib o‘tdi.
Joriy yilning 3-oktyabr kuni O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirokida dunyo reytingida 500 talikka kirgan Rossiya Federal universiteti dotsenti, psixolog Elena Valer’evna bilan xalqaro hamkorlik ishlar doirasida "Giyohvandlikka qaramlik va addiktiv xulq-atvorning profilaktikasi va psixokorreksiyasi" mavzusida ilmiy seminar tashkillashtirildi.
Tashkil etilgan seminar ochiq muloqot ostida bo'lib, giyohvandlik moddalari va narkotik vositalarining g'ayriqonuniy aylanishi, zahri qotilni yoshlar orasida tarqalishi va o'ziga tobe qilishi borasidagi fikrlar o'rtaga tashlandi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis Elena Valer'evna tomonidan izohlar va batafsil tushunchalar berildi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
#talabalar_teatr_studiyasi
Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan spektakl namoyish etildi.
3-oktabr kuni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini Sh.Eshto‘xtarov hamda tyutorlar M.Abdullayeva, Sh.Bo‘stonovalar tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultet talabalari tomonidan "Kelinlar qo‘zg‘oloni" spektakli mahorat bilan sahnalashtirildi.
Ushbu sahna asarlari millatimizga xos go‘zal udumlar, o‘lmas qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, talabalarda hamda yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
🖥 🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil sentyabr oyidagi faoliyati hisoboti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🖥 🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil sentyabr oyidagi faoliyati hisoboti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
3-oktabr kuni O‘zDJUda “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Giyohvandlikka qarshi kurash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirsadikov Dilmurod Mirxamdamovich, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, tyutorlar va universitet profilaktika inspektori ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad giyohvandlikka qarshi kurash choralarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ularni sog‘lom muhitda tarbiyalash bo‘ldi.
“Dolzarb oylik” doirasida tashkil etilgan tadbir ochiq muloqot ostida bo‘lib, giyohvandlik moddalari va narkotik vositalarning g‘ayriqonuniy aylanishi, zahri qotilni yoshlar orasida tarqalishi va o‘ziga tobe qilishi borasidagi fikrlar o‘rtaga tashlandi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga polkovnik D.M.Mirsadikov tomonidan izohlar va batafsil tushunchalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣📣📣📣📣
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining birinchi, to‘rtinchi xatboshilariga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida markaziy devonga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash nazarda tutilgan.
2️⃣2️⃣2️⃣
2-oktabr kuni O‘zDJTUda “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish, diniy sohada amalga oshirilgan davlat siyosati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Shoxrux Jumayev, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, Fakultet dekanlari, dekan muovinlari, tyutorlar va universitet profilaktika inspektori ishtirok etdi.
Mutaxassislar tadbirga yig‘ilgan talabalarga mavzu yuzasidan ma’ruzalarni o‘qib, ularni ogohlikka chaqirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
QTD talabalari tabiat qo'ynida...
1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining 1-bosqich talabalari hamda tyutor A.Mirbabaeva boshchiligida Milliy bog' hududida picnik qilishdi.
📍 QTD bo’limi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Universitet huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun bitiruv loyiha ishlarining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
29 va 30-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi Filologiya va tillarni o‘qitish (rus va ingliz tillari) yo‘nalishidagi tinglovchilarining bitiruv loyiha ishlarining himoya jarayoni bo‘lib o‘tdi. BLI himoya attestatsiya raisi, O‘zDJTU rektori pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov himoya jarayonini ochib berib avval barcha tinglovchilarni 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan chin dildan qutladi va himoya jarayonida omad tiladi.
Barcha tinglovchilar komissiya a’zolari tomonidan xolisona baholandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Aziz ustoz va murabbiylar! Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Sizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlari va faxriylarini umumxalq bayram – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan o‘zim va universitet rahbariyati nomidan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Fidoyi, zahmatkash o‘qituvchilar talaba-yoshlarga bilim berish barobarida, ular qalbiga insonga xos eng go‘zal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuyg‘ularini singdirib boradi. Turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning muvaffaqiyatlari zamirida, avvalo, Siz, aziz ustozlarning mehnatlari mujassam. Ana shunday fidoyi ustozlarimizni bugun har qancha e’zozlasak kamlik qiladi.
Bugun men shuni faxr bilan aytolamanki, universitetimizning ilmiy salohiyati kundan-kunga o‘sib bormoqda. Ilmiy unvonga ega ustozlarimizning safi kengaymoqda. Shu bilan birga, davlatimiz rahbarining, vazirlikning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqdasizlar. Buning uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman. Ilm yo‘lida yangi marralarni zabt etishingizga tilakdoshman.
Qalbi ezguliklarga yo‘g‘rilgan aziz ustozlar, mehridaryo professor-o‘qituvchilar! Barchangizni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo‘lishini tilab qolaman.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt