1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 17-oktabr kuni Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Ahmed Farooq janoblari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda elchi bilan birga elchixona 2-kotibi Tuba Asif xonim ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov universitet faoliyati, chet tillarini, jumladan urdu tilini o‘qitish borasida olib borilayotgan ishlar, xalqaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi.
Elchi Ahmed Farooq ikki mamlakat o‘rtasida savdo va investitsion faoliyat rivojlanib borayotganligini ta’kidlab, Panjob, Karachi va boshqa yetakchi universitetlar bilan aloqalarni o‘rnatishda yordam berishi, talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ilk bosqichda Urdu tili markazini ochib, uni darslik va o‘quv adabiyotlari hamda malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlashda ko‘maklashishi mumkinligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, urdu tilini o‘rganayotgan talabalar uchun davra suhbatlari, turli to‘garaklar tashkil qilish, Pokistonning mashhur yozuvchi va shoirlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish choralarini ko‘rishini aytib o‘tdi.
🪐Joriy yilning 16-oktabr kuni O‘zDJTU 5-TTJ Ma’naviyat va ma’rifat zalida 6- sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan navbatdagi majlis o‘tkazildi.
Ushbu yig‘ilishda yotoqxona tarbiyachi pedagogi Ibadullayeva Zulfiya Haydarovna hamda Roman-German filologiyasi fakultetining yoshlar ishlari bo‘yicha dekan muovini Mallayev Abdug‘ani Qayumovichlar tomonidan talabalarga bir qator tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Jumladan yig‘ilishda:
1.Universitet talabalari bilan ochiq suhbat bo‘lib, tashrif buyuruvchi tomonidan muhim mavzularda tushuntirish ishlari;
2.Talabalar turar joyida istiqomat qilish tartib-intizomi va qoidalari;
3.Salomlashish va odob axloq qoidalari,
4.Sport sog‘lik garovi,
5. 5 ta muhim tashabbusga talabalarni jalb qilish;
Va shunga o‘xshash qator mavzularda suhbat qilindi. Tadbir so‘ngida yoshlar uchun pianino chalish bo‘yicha master klass bo‘lib, kichik musiqiy namoyish taqdim qilindi. So‘ngra ushbu yig‘ilish davomida talabalarning bir qancha muammo va kamchiliklari tinglanib, ijobiy yechim berilishi ta’kidlandi.
/channel/rgffaculty
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
17 oktyabr kuni O‘zbekiston «Adolat» SDP Uchtepa tumani kengashi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida saylov oldi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga 71-okrugdan tavsiya etilayotgan Tashlanova Nazokat Rustamvona, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod Qosimov Shohujaxon Beshimboy o‘g‘li, Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputatligiga 19-Farxod saylov okrugidan ko‘rsatilgan nomzod, O‘zDJTU rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Nomzodlar saylov oldi dasturidan alohida o‘rin olgan yoshlar masalalariga katta e’tibor qaratishdi. Shuningdek, ishtirokchilar Adolat” partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan “ Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari!” shiori ostidagi muhim tashabbuslarga boy saylovoldi dasturining mazmun-mohiyati haqida batafsil so‘z yuritdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2-Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan Rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektori Suyun Abdullayev, universitet rahbariyatining boshqa vakillari, TTJlar muvofiqlashtiruvchi bo‘limi xodimlari, tarbiyachi-pedagoglar hamda 2-Talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va universitet faoliyati, undagi yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv dasturlari, to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, turli xil oqimlar, diniy ekstremizm g‘oyalaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarni muammolarini eshitib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Dastur ochiq muloqot tarzda davom etib, talabalar tomonidan savollar takliflar berildi.
Muloqot davomida universitet rektori 2-TTJda "Eng toza xona" bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovining 1-2-3-o‘rin g‘oliblarini tashakkurnoma bilan taqdirladi. Shuningdek, 2-sonli TTJ talaba-yoshlarining yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan tanlovlarda faollik ko‘rsatgan hamda eng yaxshi video roliklar tanlovida faol ishtirok etgan talabalarni tashakkurnoma bilan taqdirladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
OʻzDJTU Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi xodimlari Toshkent shahrida joylashgan bir qator maktablarga tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif tadbiri talabalarning amaliyot jarayonini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan.
Dastur davomida amaliyot jarayoni mobaynida talabalarning universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llab, ularning o'quvchi-yoshlar bilan ishlash mahorati yana-da oshirildi, kasbiy va malakaviy ko‘nikmalari shakllantirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
15-oktyabr kuni O‘ZDJTU Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva hamda fakultet tyutorlari N.Masadikova, Sh, Tursunova, Sh.Husanovalar birgalikda talaba-qizlar holidan xabar olish maqsadida 1-2-sonli talabalar turar joylarini o‘rganishdi.
O‘rganish jarayonida TTJ pedagoglari bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirishdi.
Shuningdek, talaba-qizlarga yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda vaqtdan unumli foydalanish uchun yotoqxona kutubxonalaridan foydalanib kitoblar o‘qishi tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💫 Ingliz tili uchinchi fakultetida tahsil olayotgan talabalar uchun 2024-yil 27-oktyabr sanasida bo'lib o'tadigan saylov bo'yicha tadbir tashkil etildi.📚
Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori Sh.Hamdamova L.Rahmatullaeva va Ingliz tili 3-fakulteti, Ikkinchi chet tili kafedrasi o’qituvchisi Yormatova Aziza talabalarga 27-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan deputatlik saylovlari haqida batafsil ma'lumot berdi.
Shuningdek, talabalarga siyosiy partiyalar haqida tushuntirib, saylov uchastkalari va saylov tizimi bo‘yicha kerakli ma'lumotlarni taqdim etdi.
⭐️Ushbu uchrashuv talabalar uchun nafaqat saylov jarayonlari haqida ko‘proq bilib olish imkonini berdi, balki ularni siyosiy faolliklarini oshirishga undadi.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi
UzSWLU_MMB
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti talabalari bilan Rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati xodimlari Tarjimonlik fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.
Tarjimonlik fakultetiga qabul qilingan 1-kurs talabalari bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, o‘qitish tizimlari, yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzda tashkil etildi. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga munosib tarzda javob oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida an’anaviy tarzda o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi yilga maqsad va vazifalar belgilab berildi.
#MirzoUlug‘bek_630
#taqdimot
“Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” – Mirzo Ulug‘bek tarixiy siymosini teran ochib beruvchi hujjatli film
😎YouTube'da ko‘rish 👈
Bizni kuzating
#tadbir
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari Ramazonova Muxayyo va Dilnoza Toshxujayeva tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Barhayot an’analar” shiori ostida "Milliy qadriyatlar sayli" tashkil etildi.
Adiblar xiyobonida universitetga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali atrofida tashkil etilgan dastur davomida 1-bosqich talabalari faol ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Milliy urf-odatlarimizni va qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan sayl doirasida milliy qo‘shiqlar kuylandi. Jumladan, talabalar tomonidan "Oq terakmi — ko‘k terak", "Kim oladiyo shuginaniyo" milliy sport o‘yinlari o‘ynalib, yuqori kayfiyat ulashildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
5️⃣5️⃣5️⃣
15-oktyabr kuni OʻzDJTU talabalari o'rtasida “Qonunda qo’riqlangan qo’rgonim — ona tilim" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazildi.
21-oktyabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tanlovda jami 9 ta fakultetdan 23 nafar talaba oʻz bilimini sinovdan oʻtkazdi.
⚠️✅✅✅✅✅
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi 5 oylik "GID-TARJIMON" kursini taklif etadi.
✅Afzalliklari:
🔴 Кurs harajatining 30% Turizm vazirligi tomonidan qoplanadi;
🔴Sayyor darslar-amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim tizimi;
🔴Beshta hudud;
🔴Kurs yakunida davlat namunasidagi diplom.
Shuningdek, tarmoq markazida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
✅G'arb tili (ingliz, fransuz, ispan, italyan va nemis tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari:
🔂4 oylik (mutaxassisliklar uchun);
🔂8 oylik (nomutaxassisliklar uchun).
✅Rus tili bo‘yicha o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari 5 oylik
✅Sharq tillari (arab, turk, xitoy va koreys tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari:
🔂4 oylik (mutaxassisliklar uchun);
🔂8 oylik (nomutaxassisliklar uchun).
🔖Ushbu kurslarni tugatgandan soʻng ta’lim tizimida uzluksiz dars berish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.🔂Avia-bort kuzatuvchi (styuardessa) 1 oylik.
Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun biz bilan bog’laning:
12-oktabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Ibrat farzandlari” va Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi hamkorligidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ishlari agentligi va maqsadi xorijiy tillarni ommalashtirish hisoblangan “Ibrat farzandlari” loyihasi yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tinimsiz harakatdadirlar. “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida bugungi kunda 20 dan ortiq tilni nafaqat shahar, balki chekka hududlarda yashayotgan bolalar, yigit-qizlar ham o‘zlari xohlagan chet tilini o‘rganish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Shu tillardan biri ispan tilidir.
12-oktabr butun dunyoda ispan tili kuni nishonlanilib, bu tilga oshiqlar uchun turli tadbirlar tashkil etiladi.
“Ibrat farzandlari” loyihasi platformasi orqali bu tilni o‘rgatib kelayotgan, PhD dotsent Mahfuza Artikova bilan Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi Yoshlar ijod tashkillashtirgan bu bayramda loyiha asoschisi Rustam Qoriyev nutq so‘zladi va o‘zining eng kerakli maslahatlari bilan o‘rtoqlashar ekan, jumladan shunday dedi: “Oldizga qo‘ygan maqsadingiz tomon har kuni bitta qadam tashlang, bu siz uchun kundalik shart amalga aylansin; ham o‘zingizni qiynamay osonlik bilan marraga qarab borasiz, ham birdan ko‘p narsani reja qilib hammasiga ulguraman desangiz, nafsingiz yo‘l qo‘ymasligi, ishtiyoqingiz so‘nishi mumkin”.
Tadbir davomida “Let’s Animate” studiyasining mahsuloti bo‘lgan o‘zbek multfilmlarining bir nechta jahon tillariga, jumladan ispan tilida ham translyatsiya qilinayotgani ham ko‘pchilik uchun qiziqarli ma’lumot bo‘ldi. Tadbirga Ispaniyadan kelgan mehmonlar “Ibrat farzandlari”ning ispan va o‘zbek tilini o‘rgatayotgani haqidagi ma’lumotlarni hamda o‘zbekcha multfilm paltformasini o‘zlari uchun qayd etib qo‘ydilar.
“Ibrat farzandlari”ning shiori: Biz dunyo madaniyatlari o‘rtasida ko‘prik yaratamiz.
2023-yil yakunida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga loyihadan til o‘rganuvchilarni 2024-yil yakunigacha O‘zbekistondan va xorijdan 1 millionga yetkazilishi bo‘yicha axborot berilgan. Loyiha gullab-yashnashi, parvozi baland bo‘lishi tilakdoshimiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🗓 Joriy yilning 14-oktabr sanasida Universitet psixologi Z. Xayrullayeva hamda fakultet tyutori M. Safarova hamkorligida OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti 1-bosqich talabalari bilan psixologik trening tashkil etildi.
✅ Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar berildi.
Talabalar oʻzlari qiziqgan savollarga mutaxassis tomonidan munosib tarzda javob olishdi.
❇️ Treningda "ALOQA ULASHUVI"
"QOBILYATNI ANIQLASH"
"TEMPERAMENT TIP" nomli metodikakardan foydalanildi.
#fakuktet_yangiliklari
Second_faculty_official
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
17-oktabr kuni Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktor o‘rinbosari Jamilya Gulyamova hamda Ingliz tili dasturlari direktori Maykl Konnolli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov mehmonlarga universitetni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan ingliz tili bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan samarali faoliyat hamda Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda bajarilayotgan muhim loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
O‘z navbatida, o‘tgan 20 yildan ortiq muddatda universitetni qo‘llab-quvvatlab kelayotganligi uchun Britaniya Kengashi rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, Britaniya OTMlarining boy tajribasidan foydalangan holda mustaqil ta’limni rivojlantirish, baholashning samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida turli loyihalar ishlab chiqish va ularni Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirish kabi takliflarni berdi.
Jamilya Gulyamova “Uzluksiz kasbiy malakani oshirish” (Contunuing Professional Development) va Inkluziv ta’limga alohida e’tibor qaratish, “Universitet Boshqaruvi” loyihasini amalga oshirish hozirda Britaniya Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan muhim loyihalar ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Maykl Konnolli ingliz tili o‘qituvchilarini malakasini oshirish jarayonida Britaniya Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan elektron resurslar, online platformalar va mobil ilovalardan bepul foydalanishlari mumkinligini ma’lum qildi. I. Tuxtasinov O‘zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun Maykl Konnolli va hamkasblari tomonidan tavsiya etilayotgan resurslar va materiallar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish orqali ularni xabardor qilish yaxshi natija berishini aytib o‘tdi.
Uchrashuv juda mazmunli va har tomon uchun manfaatli tarzda o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov
Biz oʻz kelajagimizga befarq emasmiz!
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan muntazam ravishda "Besh muhim tashabuss doirasida" turli xil ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
15-oktabr sanasida Ingliz tili 3-fakulteti tyutori M.Allamova biriktirilgan 1-kurs talabalari bilan birga mohir pazandachilik sirlari, jamoa bo‘lib ishlash va guruhda birdamlikni ta’minlashga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Talabalarda katta taassurot qoldirgan mazkur tadbirda ishtirokchilar tomonidan o’zbek milliy taomlari, salatlar va shirinliklar tayyorlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
15-oktyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti tomonidan “Jadidlar izidan” haftaligi doirasida britaniyalik shoir va tarjimon Endryu Staniland bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir Ingliz tili amaliy fanlar №3 va Ingliz tili integrallashgan kursi №3 kafedralari o’qituvchilari tomonidan “O‘tgan asrlar she’riyati zamondosh shoirlar qalamida” mavzusi doirasida oʻtkazildi. Dasturni universitetning Ilmiy va innovatsiyalar prorektori O.Yusupov rasman ochib berdi.
🏆🏆🏆
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 11 nafar talabasi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan oʻtkazilgan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida “Jamgʻarma stipendiati” deb e’tirof etildi:
⭐ Karimova Farangiz Sirojiddin qizi — Reading universiteti, Buyuk Britaniya;
⭐ Siddiqjonova O‘g‘iloy Ibrohimjon qizi — Lester universiteti, Buyuk Britaniya;
⭐ Axmatova Munisa Orif qizi — Reading universiteti, Buyuk Britaniya;
⭐ Rustamova Yulduz Sherzod qizi — Michigan davlat universiteti;
⭐ Sharipova Zukhra Rustam qizi — Reading universiteti, Buyuk Britaniya;
⭐ Xakimova Dilshoda Oybek qizi — Glazgo Universiteti, Shotlandiya;
⭐ Bobosherov Qodirbek Pardayevich — Birmingem universiteti, Buyuk Britaniya;
⭐ Ikromjonova Nazokatxon Baxodirjon qizi — Viskonsin-Madison universiteti, AQSh;
⭐ Xasanov Jahongir Bahodir o'g'li — Universtity of Еxeter;
⭐ Ergasheva Gulisarahon Ilhomovna;
⭐ Matmusayeva Fotimaxon Sirojiddin qizi.
🗣Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tashkil etilgan tyutorlar malaka oshirish kursi faoliyati Toshkent telekanali nigohida
Bizni kuzating:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida Rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Chutpulatov Muxammad, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori Otabek Yusupov, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektori Suyun Abdullayev hamda universitet rahbariyati vakillari, fakultet professor-o‘qituvchilari, tyotorlari hamda 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.
Ingliz tili 3-fakultetining 1-kursiga qabul qilingan talabalar bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, o‘qitish tizimlari, yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Uchrashuvda 27-oktabrda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muhim siyosiy jarayon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi jarayonlari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Ishtirokchilarni mazkur saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Ochiq muloqot tarzda tashkil etilgan uchrashuvda talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga munosib tarzda javob oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
16-oktabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) vakillari Koreya xalqaro rivojlanish markazi loyihalar menejeri Bok-Hee Kim xonim, Koreya xalqaro rivojlanish markazi Hududiy menejer Juho Lee, Pyongtek universiteti Hududiy menejeri Yoon Mi No xonim, Ajou universiteti arxitektura sohasi mutaxassisi Jiho Park, O‘zbekistondagi KOIKA ofisi direktor o‘rinbosari So Wansu, KOIKA volontyorlar dasturi koordinatori Lee Yoobin, Volonterlar dasturi mutaxassisi Ilxomjon Ro‘ziboyevlardan iborat bo‘ldi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
12-oktyabr kuni O‘ZDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi N.Djurayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova birgalikda talaba-qizlar holidan xabar olish maqsadida 3-4-5-sonli talabalar turar joylarini o‘rganishdi.
O‘rganish jarayonida TTJ pedagoglari bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirishdi.
Shuningdek, talaba-qizlarga yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda vaqtdan unumli foydalanish uchun yotoqxona kutubxonalaridan foydalanib kitoblar o‘qishi tavsiya etildi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
15 oktyabr kuni Roman-german fakultetida Germaniyaning Freie Universität Berlin (Berlin Erkin Universiteti) Oliygohining eksperti Dr. Tobias Shtyudeman (Tobias Stüdemann) O‘zDJTU nemis tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "Germaniyada magistratura bosqichida tahsil olish uchun sabablar va imkoniyatlar" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Uchrqshuvda Germaniyada tahsil olish qaysi sabablarga ko‘ra foydali ekanligi va bu kelajakda qanday afzalliklar berishi mumkinligi, bakalavr bosqichidan so‘ng Germaniya oliygohlarida magistraturada o‘qish uchun nimalar qilish lozimligi haqida foydali ma’lumotlar berdi.
Taqdimotdan so‘ng ekspert va talabalar o‘rtasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Dr. Shtyudeman tadbir yakunida O‘zDJTU nemis tili yo‘nalishi talablarining til bilimlarini yuqori baholadi va o‘z ijobiy taassurotlari bilan bo‘lishdi.
Tadbir Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri Sevara Ziyayeva, v.b. dotsent Gulrux Raximova, katta o‘qituvchi Shokirjon Xolmatovlar tomonidan tashkillashtirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida rektor va 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda universitet rahbariyati vakillari, profilaktika inspektori talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va universitet faoliyati, undagi yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv dasturlari, to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, turli xil oqimlar,diniy ekstremizm g‘oyalaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarni muammolarini eshitib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Dastur ochiq muloqot tarzda davom etib, talabalar tomonidan savollar takliflar berildi.
Muloqot davomida faollik ko‘rsatgan talabalar universitet rektori tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti vakili tashrif buyurdi.
15-oktyabr kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi oliygoh mas’ullari hamda Portsmut universiteti Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti ijrochi dekani prof. Stefen Korbett bilan uchrashuv tashkil etildi.
📚 2024-yil 15-oktabr kuni Axborot-resurs markazida "Kitob targ'iboti" haftaligida Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori K. Mamadaliyeva va 1-bosqich talabalari ishtirokida "Ochiq muloqot" bo'lib o'tdi.
Ochiq muloqot ishtirokchilariga Axborot-resurs markazi direktor o'rinbosari M. Muxamedjonova kutubxonaning barcha bo'limlari, Scopus ilmiy maqolalar bazasi, IRBIS-64, ARM vebsayti, ARM telegram kanali hamda Axborot-resurs markazida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berdi.
Ochiq muloqot so'ngida talabalar kutubxona haqida o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi. 💬✨
0️⃣0️⃣0️⃣
OʻzDJTU Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi xodimlari Toshkent shahrida joylashgan bir qator maktablarga tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif tadbiri talabalarning amaliyot jarayonini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan.
Dastur davomida amaliyot jarayoni mobaynida talabalarning universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llab, ularning o'quvchi-yoshlar bilan ishlash mahorati yana-da oshirildi, kasbiy va malakaviy ko‘nikmalari shakllantirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#xush_xabar
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Abdurahmonova Mohinur Bahromjon qizi Turkiyada bo'lib o'tgan konferensiyada maqolasi bilan ishtirok etdi.
Turkiyaning Alaniya shahrida "Baygench" nashriyoti tomonidan Oʻzbekistondagi "Shine" qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan, mamlakatimizdagi turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli, faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan "Oʻzbekistan’in umutlu çiçekleri" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.Ushbu kitobdan Mohinurning "Samarali ta’lim berish usullarini muvofiqlashtirishning ilmiy-nazariy prinsiplari" mavzusida yozgan ilmiy maqolasi ham oʻrin olib, konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.