🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
O'zDJTU Rus filologiyasi fakultetida talabalar o'rtasida mutolaa madaniyatini targ'ib qilishga bag'ishlangan navbatdagi tadbir bo'lib o'tdi.
Universitet Axborot-resurs markazi mutaxassisi S.Inogamova va tyutor D.Izzatullayeva tashabbusi bilan 1-va 2-bosqich talabalari uchun tashkillashtirilgan mazkur uchrashuv ilhomlantiruvchi adabiy davra suhbati tarzida oʻtdi.
2️⃣2️⃣2️⃣
12-sentabr kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining ma’ruzalar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etishda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Xasanov Otabek Abdurashidovich “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etishda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida ma’ruza qildi.
Qator oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lim boshliqlari, tyutorlar, yosh professor o‘qituvchi hamda magistrlar ishtirok etib, mavzuga oid chiqishlar qilgan mazkur tadbirda O‘zDJTUning Ingliz tili ikkinchi fakultetning Ingliz tilini o‘qitish metodikasi 2 kafedra professor o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🧠💡📚
12-sentabr kuni Rus filologiyasi fakultetida ustoz Sevara Ochilova talabalar bilan tushuntirish uchrashuvi o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Universitet etikasi va estetika qoidalari”ning mohiyati va mazmuniga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Suhbat chog‘ida mazkur standartlarga rioya qilish ta’lim jarayonining ajralmas qismi va o‘quvchining shaxsiy madaniyatini shakllantirishning muhim omili ekanligi ta’kidlandi. Ochilova mazkur qoidalar universitetda yuqori tartib-intizom va o‘zaro hurmatni saqlashga qanday yordam berishini batafsil tushuntirib berdi.
Talabalarga o‘rnatilgan kiyinish va o‘zini tutish qoidalariga rioya qilish, o‘qish va intizomga mas’uliyat bilan yondashish muhimligi eslatildi. Ushbu qoidalarga rioya qilish orqali talabalar nafaqat ijobiy akademik muhitga hissa qo‘shadilar, balki o‘zlarini professional hayotga tayyorlaydilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦 #Zakovat
12-sentabr kuni O‘ZDJTU Ingliz tili 1-fakultetida 2- bosqich talabalari o‘rtasida “ Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
8 ta jamoa ishtirok etgan bellashuv qizg‘in, bahs-munozaralarga boy o‘tdi.
Yakunda g‘olib jamoaga fakultet Zakovat kubogi hamda qimmatbaho kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
12-sentabr kuni O‘zDJTUda tashkil etilgan Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasining birinchi – test bosqichi NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#psixologik_trening
Joriy yilning 12-sentabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida tanishuv treninglari tashkil qilindi.
Tanishuv treningida universitet psixologi Z.T.Xayrullayeva hamda tyutorlar Sh.Boʻstonova, N.Sayfullayevna ishtirok etishdi.
Uchrashuvda "Psixologik xizmat" to‘g‘risida talaba yoshlarga kerakli ma’lumotlar berib oʻtildi. Yangi boshlangan talabalik davri muvaffaqiyatlarga to‘la baxtli davr bo‘lishi uchun psixologik tavsiyalar berildi.
🟦🟦🟦 #Talabaga_qulaylik
2024—2025-yilgi o‘quv yilida talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda, ijara xonadonlariga ehtiyoji bor talaba-yoshlar bilan individual tarzda xohishlariga mos bo‘lgan uylar topishga ko‘maklashish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yil sentyabr oyining ilk haftalarida Ingliz tili 3-fakulteti tyutor Sh.Hamdamova tomonidan talabalar ijaraga joylashtirildi. Ijara uy egasi bilan suhbat olib borilib, ularning sharoitlari bilan tanishib chiqildi. Ijara xonadoni egasi qizlarga oshpazlik mahoratlari tikuvchilik sirlarini o‘rgatmoqda talaba qizlar bu qulayliklardan xursand bo‘lishdi va o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdilar.
Xonadonlarni o‘rganish davomida, ularning universitet hududiga yaqinligi, qulay sharoit va muqobil narxda bo‘lishi kerakligiga alohida ahamiyat qaratildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-bosqich talabalari ishtirokidagi tadbirlar davom etmoqda.
11-sentyabr kuni Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Mavluda Allamova mas’ulligida unga biriktirilgan 1-bosqich talabalari bilan "Birinchi kurs maktabi" haftaligi doirasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
🟦🟦🟦
9- sentabr kuni O‘ZDJTU Ingliz tili birinchi fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish jarayoni o‘tkazildi.
Tadbirni fakultet dekani Akmal Yo‘ldoshev ochib berdi va yangi o‘quv yili bilan tabriklab, talabalarning o‘qishlariga omad tiladi.
Shundan so‘ng, talabalar eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari o‘qiyotganliklaridan va ularga barcha sharoitlar yaratilganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
9-sentabr kuni Roman-german filologiyasi fakultetiga birinchi kursga qabul qilingan talabalarni kutib olish jarayonidan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zDJTU Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi universitet brendi va marketingini namoyon qilishda davom etadi.
Shu munosabat bilan 11-sentabr kuni universitetga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari, pedagoglari bilan birgalikda O‘zDJTUga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrifning maqsadi – o‘quvchilarga universitetning ta’lim dasturlari, ularning qiziqishlariga mos keluvchi soha va mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratishdan iborat edi.
Ularni Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Alisher Abidjanov hamda bo‘lim xodimlari kutib oldilar.
O‘quvchi-yoshlar eng avvalo universitet kampusi bilan yaqindan tanishdilar. Ular universitetning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari, talabalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot ega bo‘ldilar. Axborot-resurs markazi, yaqinda tashkil etilgan muzey hamda undagi eksponatlar, Tarjimonlik fakulteti sinxron tarjima xonalarida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) kafedrasi va u yerdagi professor-o‘qituvchilarning faoliyati, sport majmuasi, yotoqxonalar, shuningdek, universitet oshxonasidagi talabalar uchun yaratilgan qulayliklarga guvoh bo‘ldilar.
0️⃣0️⃣0️⃣
10-sentyabr kuni O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.Nasirov 2023-2024 yillarda Yaponiyaning Tokyo,Tsukuba, Bunkyo Gakuin universitetlarida tahsil olib qaytgan talabalar bilan muloqot qildi.
Uchrashuv chog‘ida 1 yillik grand dasturi g‘oliblari Khakimov Jasurbek Rustamjon o‘g‘li - Yaponiya fan va ta’lim vazirligi tomonidan beriladigan grand g‘olibi (MEXT), Waseda universiteti; Hojiakbarova Munojatxon Rustamxo‘ja qizi- JASSO dasturi grandi sovrindori, Tsukuba universiteti; Rustamova Shirin Xamdamovna - JASSO dasturi grandi sovrindori, Tsukuba universiteti; Umaraliyev Umidjon Anvarjon o‘g‘li - JASSO dasturi grandi sovrindori, Bunkyo Gakuin universiteti; Usmanova Farangiz Tohir qizi - JASSO dasturi grandi sovrindori, Bunkyo Gakuin universiteti; Muhamadaliyev Nodirxon Muhammadqodirxon o‘g‘li - JASSO dasturi grandi sovrindori, Tokyo universiteti; Sodirjonova Shoxruza Shaxzodjon qizi - JASSO programmasi bo‘yicha grand asosida Yaponiyaning Tokyo universitetining g‘olibi Umaraliyeva Oqila Ishoqjon qizi - JASSO programmasi bo‘yicha grand asosida Yaponiyaning Tokyo universitetining g‘olibi. Grant dasturi g‘oliblari bilan o‘qish davomida orttirilgan bilimlari hamda kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Suhbat so‘ngida A.Nasirov talabalarga Yaponiyadagi ta’lim to‘g‘risida tajribalar almashish maqsadida ko‘rsatma berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#yangi_oʻquv_yili
⚡️ 9-sentyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida fakultet rahbariyati va 1-bosqichga qabul qilingan talaba yigit-qizlarning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
✔️ Suhbat avvalida dekan D.Djurayev talabalarni yangi o'quv yili bilan tabriklab, ularga yil davomida omad va muvaffaqiyat yor bo'lishini tiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasidagi shart-sharoitlar, imkoniyatlar haqida nutq so'zladi.
✔️ Yangi talabalarning ota-onalari, qolaversa, talabalarning o'ziga oliygohning yuqori bosqich talabalari hamda sobiq bitiruvchilari tomonidan erishilgan yutuqlar misolida fakultetda yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib o’tildi.
Bizni kuzating
2024-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi hamda Ingliz filologiyasi fakultetlarida unutilmas voqeaga ega 1-bosqichga tavsiya etilgan talabalarini tantanali kutib olish bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🟢 Dastur avvalida, universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Chutpulatov so‘zga chiqib, barcha talabalarga boshlangan o‘quv yilida omad tilab, yurtimiz kelajagi uchun yetuk va bilimli mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Shuningdek, fakultet dekanlari hamda talabalarning ota-onalari talabalikka tavsiya etilgan barcha yigit-qizlarni samimiy tabriklashdi.
Rahbariyat tomonidan Talabalikka yuqori ball asosida qabul qilingan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi. Tadbir tugagach, fakultet dekani, dekan muovinlari, professor-o'qituvchilar va ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
🟦🟦🟦
2024-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus filologiyasi fakultetida yorqin va ahamiyatli voqea – 1-kurs talabalarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yakubovich Yusupov so‘zga chiqib, zamonaviy dunyoda bilimga intilish, ilmiy izlanish va innovatsiyalar muhimligini ta’kidladi.
Rus filologiyasi fakulteti dekani Rahmonov Azizxon Bositxonovich 1-kurs talabalarini muvaffaqiyatli o‘qishga kirganlari bilan tabriklab, ularni bilim va madaniyat olamiga qiziqarli sayohat kutayotganini ta’kidladi.
Tantananing o‘ziga xos lahzasi o‘qishga qabul qilinganda eng yuqori ball to‘plagan olti nafar talabaga minnatdorchilik yorliqlari topshirilishi bo‘ldi.
Rus filologiyasi fakultetida o‘quv yilining boshlanishi nafaqat iliq kutib olindi, balki talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari ham nishonlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
12-sentyabr O'zDJTU Rus filologiyasi fakultetida Qizlar va ayollar ishlari bo'yicha dekan maslahatchisi G.Nishonova, tyutorlar I.Sadiyeva va N.Tanatarova tomonidan yotoqxonalarda istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida talabalarga universitetdagi etika va estetika qoidalari tarqatildi, shuningdek, universitet va yotoqxona hududida xulq-atvor normalari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, yotoqxonalarda yashashning ichki qoidalariga alohida e'tibor qaratildi: tartibni qanday saqlash, tartib-intizomiga rioya qilish va belgilangan me'yorlar buzilganidan keyin qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi alohida ta'kidlandi.
11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus filologiyasi fakultetida 1-kurs talabalari uchun qiziqarli ekskursiya bo‘lib o‘tdi. Talabalar D.Izzatullayeva va Sh.Abduraxmonovalar rahbarligida universitet binolari bo‘ylab qiziqarli sayohat qilib, uning infratuzilmasi va tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiya muhim bilim markazi bo‘lgan universitet kutubxonasiga tashrif bilan boshlandi, bu yerda talabalar o‘qishlari, izlanishlari va o‘z-o‘zini rivojlantirishlari uchun mavjud resurslar bilan tanishdilar. O‘qituvchilar kutubxona fondlari va elektron ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanish haqida atroflicha gapirib berishdi.
So‘ngra talabalar universitet muzeyiga tashrif buyurishdi, unda O‘zDJTUning boy tarixi va yutuqlari haqida hikoya qiluvchi qiziqarli ko‘rgazmalar namoyish etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Rus filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalarining boy adabiy meros bilan tanishuvi yorqin va esda qolarli voqealar bilan davom etmoqda. Bugun o‘quvchilar uchun ustoz D. Izzatullaeva rahbarligida "Adiblar xiyobon" iga borib, atoqli rus shoiri Aleksandr Faynberg ijodi olamiga sho‘ng‘ishdi.
Talabalar nafaqat Faynberg hayotining muhim bosqichlari bilan tanishdilar, balki uning asarlari tarjimalarining nozik tomonlarini ham o‘rganishdi.
Kunning diqqatga sazovor joyi "Adiblar xiyoboni"da joylashgan muzeyga tashrif buyurish bo‘lib, unda o‘quvchilar asarlari viloyat ma’daniy merosiga ta’sir ko‘rsatgan yozuvchilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar. Voqealarga boy ushbu kun birinchi kurs talabalari uchun yangi ufqlarni ochib, ularni adabiyot va madaniy merosni yanada chuqur o‘rganishga ilhomlantirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
12-sentabr kuni O‘zDJTUda tashkil etilgan Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasining ikkinchi – yozma bayon etish bosqichi NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 4-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olish maqsadida tashrif amalga oshirildi.
Universitet psixologi Zebiniso Toxirovna hamda 4-TTJ tarbiyachi-pedagog Z.Karimova boshchiligida talabalar bilan uchrashib, ularning adaptatsion holatlari bilan bog‘liq vaziyatlar haqida fikr mulohazalari tinglandi, talabalar holidan xabar olindi
Universitet Odob-axloq kodeksi bandlari, qizlarimizning farishtali, sarishtalik bo‘lib, yashashlari kerakligi, shuning bilan birgalikda psixologik muammolar tug‘ilganida murojaat qilishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi” 247-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektorining 2024-yil 2-avgustdagi 306-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 12-sentabr kuni O‘zDJTUda xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi xorijiy tillar bo‘yicha fan olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar o‘rtasida iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda tarjimonlik sohasida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan olimpiadada universitetning barcha fakultetlaridan saralangan talabalar xorijiy til bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Natijalarni tez orada bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡ 2024-yil 10-oktyabr kuni “CYBERKENT 2.0” respublika tanlovi doirasida “WORKSHOP” seminari bo‘lib o‘tadi
💬 Ushbu o‘quv seminarda Siz kiberxavfsizlik sohasidagi malakali mutaxassislar bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Seminardagi faol ishtirokingiz kiberxavfsizlik sohasidagi karyerangizning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Seminar quyidagi mavzularda bo‘ladi:
✅ UZCERT xizmati va uning eng yaxshi amaliyoti;
✅ Kiberdetektiv qanday ishlaydi?;
✅ Zararli fayllarni tahlil qilish: tahlil usullari va muhitlari;
✅ O‘zbekiston Internet foydalanuvchilari orasida eng keng tarqalgan zararli viruslar va ularning tahlili;
Xalqaro jurnalistika fakultetining talabalari “Adiblar hiyoboni”da bo’ldi.
Bugun fakultetning 1-bosqich talabalari poytaxtimizning “Adiblar hiyoboni” majmuasiga sayohat tashkil etishdi. O’rganish davomida, hiyobondagi yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zaro almashishdi.
Tadbir fakultet tyutorlar Sh. Ho’jiniyozova va K.Asqarova tashabbusi bilan tashkil etildi.
#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
👨💻👩💻🧠
11-sentabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda Ingliz tili 1- fakulteti tyutori Dinora Matyakubovalar hamkorligida "Birinchi kurs maktabi" tadbiri haftaligi doirasida talabalar bilan trening tashkil etildi.
Uchrashuv shiori "Baxtli talabalik sari olg‘a qadam" deb nomlanib, unda oltinga teng talabalik davri haqida suhbat qurishdi.
Interaktiv o‘yinlardan foydalangan holda talabalar pozitsiyalari ko‘rsatib o‘tildi. Uchrashuv so‘ngida talabalarga kerakli maslahatlar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
1-bosqich talabalari uchun tashkillashtirilgan tadbirlar davom etmoqda.
11-sentabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakultetida yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun fakultet dekani U.R.Yo'ldoshev, Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini Sh.R.Nazarov va fakultet tyutorlari tomonidan mustaqillik darslari tashkil qilindi.
#Olimpiada
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
9-sentabr kuni Roman-german filologiyasi fakultetida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Mustaqillik darsi hamda 1-kursga qabul qilingan talabalarni kutib olish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirni moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor, iqtisod fanlari doktori, professor S.Abdullayev ochib berdi hamda rektor tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tabrik uchun so‘z olgan fakultet dekani H.Hakimov barchani yangi o‘quv yili bilan tabriklab, talabalarning o‘qishlariga omad tiladi.
Shundan so‘ng, yuqori ball to‘plik talabalikka tavsiya etilgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi va so‘zga chiqqan talabalar a’lo baholarga o‘qishga va’da berishdi. Tadbir yakunida so‘z olgan ota-onalar farzandlari eng nufuzli oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotganidan xursand ekanliklarini, talabalarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganidan xursand ekanliklarini ta’kidlashdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Talabalar malakaviy amaliyot jarayonlariga jalb etildi
Joriy yilning 9-sentabr kunidan boshlab OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari tasdiqlangan o'quv rejasiga asosan malakaviy pedagogik amaliyot o‘tashni boshladi.
Amaliyot jarayoni talabalarning universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llash, o'quvchi-yoshlar bilan ishlash mahoratini yanada oshirish, kasbiy va malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o'rin egallaydi.
Bizni kuzating
#yangilik
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi 2024-2025-o‘quv yili boshlandi.
Shu munosabat bilan, Ingliz filologiyasi fakulteti hamda Sharq filologiyasi fakulteti hamkorligida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan bayramona tadbir tashkil etildi.
Dastur avvalida, universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Chutpulatov so‘zga chiqib, barcha talabalarga boshlangan o‘quv yilida omad tilab, yurtimiz kelajagi uchun yetuk va bilimli mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Shuningdek, fakultet dekanlari hamda talabalarning ota-onalari talabalikka tavsiya etilgan barcha yigit-qizlarni samimiy tabriklashdi.
Rahbariyat tomonidan Talabalikka yuqori ball asosida qabul qilingan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi. Tadbir tugagach, fakultet dekani, dekan muovinlari, professor-o'qituvchilar va ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.