✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
13-sentabr kuni O‘zDJTUda tashkil etilgan Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasining birinchi – matnni chet tiliga tarjima qilish bosqichi natijalari NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
13-avgust kuni O‘zDJTUda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 247-son buyrug‘i asosida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, arab, xitoy, koreys, yapon) fan olimpiada tanlovining Respublika bosqichini o‘tkazishga tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning 1-yig‘ilishi Zoom orqali bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda olimpiada uchun mas’ul bo‘lgan barcha oliy ta’lim muassasalari tashkiliy qo‘mita a’zolari hamda hakamlar komissiyasi a’zolari qatnashdi.
Olimpiadani yuqori saviyada o‘tkazish, hakamlar tarkibi, o‘tkazish vaqti, o‘tkazilish tartibi, chora-tadbirlari hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Xalqaro_hamkorlik
🌐 Bizni kuzating
⭕️ AKADEMIK LITSEYDA “XON ATLAS” HAFTALIGI JARAYONIDAN
♻️ 2024-yilning 9-14-sentabr kunlari Respublikamizda "Xon atlas" haftaligi oʻtkazilayotganligi munosabati bilan O‘zDJTU akademik litseyida ham ushbu haftalik doirasida turli tadbirlar amalga oshirildi.
🌈 “Xon atlas” haftaligida akademik litseyning "O‘zbek tili va adabiyot" kafedrasi boshchiligida o’quvchi-qizlarga hayotiy maslahatlar, tavsiyalar berib o’tildi.
📚 Shuningdek, milliylikni tarannum etish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash unga munosib avlod bo’lish kerakligi badiiy asarlar orqali ta’kidlab o’tildi.
♻️Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
«Xon atlas» festivali - go‘zallik va qadriyatlar uyg‘unlashgan tadbir
Oʼzbek milliy liboslariga mehr uygʼotish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda oʼzbekona sharm-hayo meʼyorlarini targʼib qilish, milliy kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida Akademik litseyimizda "Xon atlas" haftaligi keng o'tkazilmoqda.
📸📺📺
OʻzDJTU Jahon adabiyоti kafedrasi mudiri, professor Gulnoz Iskandarovna va mustaqil izlanuvchi Feruza Mannonovaning shu kunlarda AQSHning eng nufuzli Garvard, Yel, Boston, Konnektikut, Binhemton universitetlaridagi Qiyosiy adabiyotshunoslik markazlarida malaka oshirish jarayonidan fotolavhalar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
O’zDJTUda uzoq yillar davomida faoliyat olib brogan faxriy ustozlarning tavallud ayyomini nishonlash an’anaga aylangan.
13- sentyabr kuni universitetda sharafli mehnat faoliyati davomida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan rahbar va o‘z sohasining yetuk bilimdoni bo‘lgan olim Abdul – Xadiy Abdullayevichning 70 yoshli yubileyi tantanavor nishonlandi.
Shuningdek, uzoq yillar davomida ta’lim sohasida faoliyat olib borgan hozirda kungacha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlayotgan faxriy ustoz Gusein Gadjiibragimovichning 67 yoshni qarshi olganligi munosabati bilan universitet jamoasi namidan tabriklandi.
Faxriy ustozlarning tavallud ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan tantanada universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi va universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinovning tabrigi o‘qib eshittirildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorati, professor – o‘qituvchilari va ishchi xizmatchilari, kasaba uyushmasi qo‘mita a’zolari shuningdek, ko‘p sonli talabalar nomidan tabriklanib, esdalik sovg‘alar topshirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
☄️ 🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi” 247-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektorining 2024-yil 2-avgustdagi 306-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
13-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti 1- bosqich talabalari hamda tyutor Rustamova M. Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lishdi.
Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ajdodlarimiz amalga oshirgan ishlar bilan tanishish maqsadida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdik.
Muzey barcha innovatsion texnologiyalar, jumladan, fotosuratlarni jonlantiradigan va videolarni namoyish qiluvchi elektron virtual platforma bilan jihozlangan. Har kim esa kodni skanerlashi va Amir Temur tarixi haqida batafsil ma’lumot olishi mumkin.
Muzey bilan tanishib olgandan so‘ng, Amir Temur haykali tomon yo‘l oldik. Talabalar bugungi ekskursiyadan mamnun bo‘lishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi. Yagona o’lchovi uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
V.Gyugo
Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti 1-bosqich talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida o‘zaro jamoaviylik va do‘stlik tushunchalarini yanada rivojlantirish, talabalarni kitob o'qishga undash maqsadida, fakultet tyutorlari D.Matyakubova va M.Asqarovalar o'zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasiga sayohat uyushtirishdi.
Talabalar sayohatdan unumli foydalanib kutubxonaga a’zo bo‘lishdi va kutubxona xodimlari tomonidan ekskursiya tashkil etilib, talabalar o’zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi.
#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
13-sentyabr kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti tyutori Ochilova Sevara ijarada yashovchi talabalar bilan uchrashdi.
Mas’ul tomonidan talabalarning yashash sharoitlari chuqur o‘rganildi, xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun muhim maslahatlar taqdim etildi. Shuningdek, noqonuniy va xavfli isitgichlardan foydalanmaslik zarurligi tushuntirildi.
Tushuntirish ishlarining talabalarning kundalik hayotida xavfsizlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
📍 Rus filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Adiblar xiyoboni va Toshkent muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
13-sentabr kuni Rus filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabalari, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan xalqaro talabalar adiblar xiyoboniga qiziqarli ekskursiya uyushtirishdi.
Tyutorlar I.Sadiyeva va N.Tanatarova talabalarni O‘zbekistoning atoqli adiblari bilan tanishtirib, boy madaniy meros haqida so‘zlab berdilar.
#tanishtiruv_haftaligi
Yakuniga yetayotgan tanishtiruv haftaligi doirasida universitet bo‘ylab ochiq muloqot, seminar-treninglar va qiziqarli interaktiv o‘yinlar tashkil etib kelinmoqda.
Kuni kecha Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari va yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan kechki ta’lim 2401-2409-guruhlari uchun noodatiy tarzda tadbir o'tkazildi.
Ochiq osmon ostida tashkil etilgan piknikda turli xil savol-javoblar va qiziqarli o‘yinlar orqali barchaga birdek yuqori kayfiyat ulashildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
⚡️UzDJTUda 12-sentyabrda universitet psixologi Z.Xayrullayeva xamda SHarq filologiya fakulteti tyutorlari ishtirokida "Birinchi kurs maktabi" doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
❇️ Uchrashuv davomida psixolog tomonidan “Maqsad sari ilk qadam” mavzularida psixologik treninglar o‘tkazildi. Bundan tashqari o‘zaro tanishish, fikr almashish, talabalik davriga psixologik adaptatsiya davrining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida suhbat o‘tkazildi.
⚜️ Bu kabi uchrashuvlar talabalarga yuqori kayfiyat ,o‘qishga bo‘lgan qiziqishining yanada ortishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
📺📺💻
9-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni kutib olish uchun tashkil etilgan bayram tadbiri “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#profilaktik_tadbir
13-sentabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kapitan Bekmetov Sherzod Nurmahamadovich, podpolkovnik Abdurahmonov Dilshod Abdumalikovich ishtirok etishdi.
Dastur davomida mas’ullar tomonidan 1-bosqich talabalari uchun universitet ichki tartib intizom qoidalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Mazkur tadbir Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Z.Bannopova, tyutorlar N.Mannonova, N.O‘roqboyevalar tashabbusi bilan tashkil etildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
#xonatlas
#chellenj
🏵O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyida "Xon atlas" festivali yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
💥03-24-guruh o'quvchilari
#Bizning shunday milligimizni aks ettiruvchi har jabhada aqlli,dono,ilgʻor bir biridan goʻzal shoira qizlarimiz bor !!!
O'zbek qizlari haqidaЧитать полностью…
Ibo-hayo sizdadir, go'zal o'zbek qizlari,
Malohatda tengi yo'q, yuzlari qirmizlari,
Kiysangiz yarashadi xoni atlas ko'ylaklar,
Boshingizda barq urar yoqut naqshiy do'ppilar.
Chorlagudek bo'lsangiz, chaqnab turar ko'zlari
Shirinsuhan so'zlari, soddagina o'zlari.
Mohi-oyim poshsholar, xonzodalar, sanamlar
Ko'z tegmasin husninggizga, qoshi qaro qalamlar.
Sodiq qalblar egasi, sevgingiz to'lib-toshar,
Porlab turgan quyoshdek mehringiz osmon oshar.
O'sma, surma sursangiz, barchani suydirasiz,
Bir qarashda rom aylab, yondirib-kuydurasiz.
Nozik, nafis nozlari dilni masrur aylaydi,
Ochiq, sofdil qalblari ko'ngillarni ovlaydi.
Olamda qizlar ko'pdir, lek sizlardur yagona,
Gavharmisiz yo zumrad, o'xshashi yo'q durdona.
Yusupova Zulfiya.
#xonatlas
#chellenj
🏵O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyida "Xon atlas" festivali yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
Go'zallarga qo'shib bersa go'zal hayo,
Turfa liboslardan o'zni tiyib yursa.
Jilosiga necha yurt bo'lgan mahliyo,
Maftunalar atlas ko'ylak kiyib yursa.
Nozi go'zal nozlansalar oyday to'lib,
Tovon o'pgan kokillarin qirqta o'rib.
Kimlar oshiq bo'lmas axir bitta ko'rib,
Madinalar atlas ko'ylak kiyib yursa.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Harvard universitetida!
OʻzDJTU Jahon adabiyоti kafedrasi mudiri, professor Gulnoz Iskandarovna va mustaqil izlanuvchi Feruza Mannonova shu kunlarda AQSHning eng nufuzli Garvard, Yel, Boston, Konnektikut, Binhemton universitetlarining Qiyosiy adabiyotshunoslik markazlarida malaka oshirmoqda.
Tashrif davomida prof. G.Xalliyeva rahbarligidagi "Komparativistika" elektron platformasini yaratish innovatsion loyihasi rejasi asosida mazkur universitetlarda ustozning oʻzbek, turk, rus, ingliz tillarida nashr etilgan "Qiyosiy adabiyotshunoslik" qòllanmalari, elektron platforma va yaqinda tashkil etilgan "Komparativistika" jurnali, universitetimizning ilmiy-pedagogik salohiyati borasidagi taqdimot oʻtkazilyapti. Shuningdek, prof. G.Xalliyeva "Qiyosiy adabiyotshunoslik " fani metodologiyasi boʻyicha ma’ruza oʻqib, oʻz bilim va koʻnikmalarini xorij universitetlari vakillari bilan boʻlishmoqda.
👨🏫👩🏫
13-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda O‘ktamova Navro‘za Botir qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bо‘lajak jurnalistlarga ingliz tilini о‘qitishda sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirish (siyosiy-ijtimoiy matnlar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Zoom onlayn platformasi orqali o‘tkazilgan ilmiy dastur davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida taqdimot namoyish etib, ilmiy seminar a’zolarining savollariga javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti miqyosida “Besh muhim tashabbus” doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
13-sentyabr kuni Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mamlakatimiz yoshlari ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha “Beshta muhim tashabbus” doirasida Ingliz tili uchinchi fakulteti tomonidan sportning shaxmat, voleybol, basketbol, qizlar futboli va stol tennisi turlari bo'yicha musobaqalar oʻtkazildi.
#xon_atlas
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Aynan ushbu an’anani davom ettirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 9-14-sentabr kuni universitetimizning barcha fakultetlarida “Xon Atlas” festivali o‘tkazilyapti.
Shu munosabati bilan, O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. Xabiyeva boshchiligida, hamda tyutor T.A.Ashirovaga biriktirilgan 1-kurs talabalari haftalikda faol ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTUda tanishtiruv dasturlari davom etmoqda.
Rus filologiyasi dekan muovinlari, tyutorlari hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Rus filologiyasi fakulteti koordinatori bilan universitetimizga qabul qilingan 1-bosqich talabalari oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Adiblar xiyoboniga ekskursiyalar qiziqarli tarzda davom etmoqda!
13-sentyabr OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti tyutorlari Sh.Abdurahmonova va Sh.Safiyeva ikkinchi bosqich talabalari bilan adiblar xiyoboniga yana bir marta ajoyib va bilimlarga boy ekskursiya uyushtirishdi.
Dastur davomida talabalar O‘zbekistonning atoqli yozuvchilari va shoirlarining hayoti va ijodiy merosi bilan yanada chuqurroq tanishishdi, mamlakatning madaniy va adabiy boyligi haqida qoʻshimcha bilimlarga ega boʻlishdi.
Bunday tadbirlar talabalarda adabiy didni shakllantirishda va milliy madaniyatga hurmat uyg‘otishda katta ahamiyatga ega. Bu nafaqat o‘qishga qiziqishni oshiradi, balki talabalarga milliy adabiyotimizning chuqurligi va boyligini tushunishda yordam beradi, ularning ta’lim jarayonini yanada mazmunli boʻlishiga koʻmaklashadi.
#tyutorlar_faoliyati
Bugun Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari N.Sayfullayevna, N.Alisherovna hamda Sh.Hasanboyevnalar boshchiligida O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ekskursiya tashkil qilindi.
U yerda talabalar kutubxona tarixi, faoliyati, resurslari hamda kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi o'quv yili boshlanganligi munosabati bilan talabalar turar joyiga joylashgan talabalarning holidan xabar olish va ichki tartib qoidalarni tushuntirish ishlari davom etmoqda.
🟦🟦🟦
2024-2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan O‘zDJTUning birinchi bosqich talabalari uchun bir qator tanishtiruv darslari tashkil etilmoqda.
Mazkur darslar orqali universitetga endi qadam qo‘ygan talabalar uchun barcha binolar, tevarak atrof bilan tanishtirilmoqda. 12- sentabr kuni 1-bosqich talabalari Axborot-resurs markazi bilan tanishib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar va ichki tartib-qoidalar bilan tanishdi.
Tanishtiruvda Axborot-resurs markazi direktori Saida Irgashevna, direktor o‘rinbosari Mashkura Mirsoatovna, bo‘lim mudiri Shaxnoza Sakijanovna Universitet muzeyi, Axborot-resurs markazi fondlari, ochiq o‘quv zallari, munozara xonalari, elektron resurslar o‘quv zallari, “Korea Corner” o‘quv zali, ИРБИС64 dasturidan foydalanish tartibi hamda axborot-resurs markazi web-sayti https://uzlib.uz/ va “Telegramm” rasmiy kanali, /channel/uzlibuz faoliyati haqida ma’lumotlar berishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
2024-2025 oʻquv yilida talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda, ijara xonadonlariga ehtiyoji bor talaba-yoshlar bilan individual tarzda xohishlariga mos boʻlgan uylar topishga koʻmaklashish ishlari olib borilmoqda.