🟦🟦🟦
Xabar berganimizdek, 26-27-sentyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
👨🏫👩🏫
OʻzDJTUda filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga oid Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi.
Dasturda rektor I.Tuxtasinov, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Ilmiy kengashda Zakirova Nilufar Rustamovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz va rus yozuvchilarining badiiy asarlarida intertekst funksiyalari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦
24-sentyabr kuni OʻzDJTU psixologi Z.Xayrullaeva hamda Roman-german filologiyasi fakulteteti tyutorlari hamkorligida 6-TTJga tashrif amalga oshirildi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish, ularning ijtimoiy-psixologik holatidan xabardor bo’lish v kerakli tavsiyalarni berishdan iborat bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#psixologik_trening
24-sentabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti kechki ta’lim 1-bosqich talabalari uchun seminar-trening tashkil qilindi.
Seminarda universitet psixologi Z.Xayrullayeva, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova hamda tyutor S.Nurullayevalar ishtirok etishdi.
Talabalarga ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarashlar yuzasidan jamoaviy tarzda maslahat va tavsiyalar berildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib taqdirlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 247-sonli “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tashkil etilmoqda.
Mazkur fan olimpiadasi 26-27-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tadi. Olimpiadani o‘tkazish uchun universitetda tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Xorijiy tillar fan olimpiadasiga ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari bo‘yicha yetuk tajribaga ega xalqaro darajadagi mutaxassislar hakamlik uchun jalb etilgan bo‘lib, bugun 24-sentabr kuni malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati a’zolariFarg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatidan universitetga tashrif buyurdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#fakultet_yangiliklari
🪐 Bugun O'zDJTU Roman- german filogiyasi fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi professor- o’qituvchilari ishtirokida, 6- sonli Talabalar turar joyida ,,Men ham maqola yozaman” nomli to’garak o’z ishini boshladi.
Bugungi Master-klass oldiga, ta’lim va amaliyot integrasiyasini rivojlantirishga hamda barkamol avlodni tarbiyalashda salmoqli hissa qo`shish maqsad qilindi.
🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Italiya Respublikasi Universitet va tadqiqotlar vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Birinchi O‘zbekiston-Italiya Ta’lim forumi” bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda Vazirliklar rahbariyati, Italiyaning 40 ga yaqin va respublikamizning 60 ga yaqin universitetlari rektorlari hamda prorektorlari ishtirok etmoqda.
Forum dasturiga ko‘ra, ikki mamlakat ta’lim vazirlari ishtirokchilarni samimiy qutladilar hamda mazkur anjuman davlatlarimiz o‘rtasidagi ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarishda o‘ta muhim rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tdilar. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Italiya oliy talim muassasalari rektorlari tomonidan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va memorandumlarni imzolash marosimi tashkil etildi.
Forumda ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov Italiyaning Salento, Florensiya universitetlari va Peruja xorijliklar universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi. Shuningdek, ushbu universitetlar bilan ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqot sohalarida aloqalarni rivojlantirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va ularda ishtirok etish orqali malakali kadrlar tayyorlash hamda boshqa shu kabi yo‘nalishlardagi istiqboldagi rejalar batafsil muhokama qilindi.
Forum ishi davom etmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
23-sentabr kuni Janubiy federal universiteti rektori Shevchenko Inna Konstantinovna va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Ruben Arturovich Sutsiashvili O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida, Janubiy federal universitet rektori va prorektori Rus filologiyasi fakultetida Rus tili markazi faoliyatini bilan tanishdi va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng, mehmonlar bilan O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomon uchun manfaatli masalalar muhokama etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Talabaga_qulaylik
21-sentabr kunidan boshlab O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Z.P.Achilova hamda nemis tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, kafedraning xotin-qizlar kengashi rahbari N. Nazarova tomonidan 6-talabalar turar joyida "Qo‘li gul qizlar" nomli to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Dastlabki dars to‘garak rahbari N. Nazarovaning master klass darsi bilan boshlandi, unda qizlar olib kelingan buyumlardan turli xil ro‘zg‘or buyumlarini va chiroyli gul bezaklarini yasashni mashq qildilar.
To‘garak ishi oxirida talaba qizlar o‘rtasida qo‘l mehnatiga oid savol –javoblar o‘tkazildi. Talaba qizlarga tikish-bichish, chiroyli uy jihozlari yasash haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi hamda to‘garak ish rejasi bilan tanishtirildi. Chiroyli suhbat va qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘lgan to‘garakning birinchi darsi o‘z nihoyasiga etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#technoways_marafoni
#yoshlar_akademiyasi
⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o‘tkaziladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 8–11-oktyabr kunlari Nukus shahrida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni tashkil etiladi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
19-20-sentabr kunlari Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tgan OTFIV hamda Erasmus+ning O‘zbekistondagi milliy vakolatxonasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi texnik yordam missiyasining maxsus seminarida qatnashdilar.
Seminar "OTMlar uchun strategiyalar: QS va THE xalqaro reytinglarda ustunlik qilish" mavzusida bo‘lib, uning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining sifat ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlarga moslashtirishda amaliy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi.
Seminarda, shuningdek, mahalliy OTMlar orasida xalqaro reytinglardan munosib o‘rin
egallagan universitetlar vakillari o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🏢 22- sentabr kuni, O’zDJTU Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining xodimi va talabalari - Respublika bolalar kutubxonasida...
🔷ADU, 1-bosqich 10 nafar talabalari tyutor bilan birgalikda, Respublika bolalar kutubxonasiga📚 tashrif buyurib, kutubxonaga a'zo bo'ldilar.
🔷 Ular mazkur kutubxonada yaratilgan barcha imkoniyatlar, o‘quv va badiiy hamda elekron adabiyotlar fondi haqida ma'lumotlar oldilar. Dunyo bo‘ylab nashr etilayotgan xorijiy tillardagi ilmiy, ta'lim tadqiqotlariga oid maqolalar va turli sohalardagi elektron nashrlardan foydalandilar.
Shuningdek, Badiiy asarlar va boy adabiy merosimiz talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.
📍QDT matbuot xizmati
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#xon_atlas
📸 O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida milliylikni targ‘ib qilish maqsadida ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan "Xon atlas" festivalidan videolavha.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o'tkazish, sog'lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida sport-sog'lomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.
#Uchrashuv_talaba_yoshlar
🔰Joriy yilning 21-sentabr kuni Roman-german filologiyasi fakultetida dekan va yoshlar masalari bo'yicha dekan muovinlari, tyutorlar tashabbusi bilan:
Talabalarni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi ortishi va bu boradagi bilimlarini kengaytirib, mustahkamlash maqsadida Muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion trening tashkil qilindi.
🎼 Ingliz tili uchinchi fakulteti talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Besh muhim tashabbus doirasida adabiyot, musiqa, san’atga doir turli xil tadbirlar muntazam tarzda tashkil etib kelinmoqda.
🪗Joriy yilning 24-sentyabr sanasida Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Sh.Hamdamova va ingliz tili integrallashgan kursi o’qituvchisi M. Azimova o'zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda turli xil darsdan tashqari mashg'ulotlar olib bordilar.
Jumladan, talabalar o'zlari yod olgan monologlardan namunalar o'qishdi, iqtidorli yoshlar o’zbek, turk va ingliz tillarida qo’shiqlar kuylashdi. Bundan tashqari, "Qiziqarli savollarga qiziqarli javoblar" ruknida savol-javobda qatnashdilar.
❗️Firibgarlardan ogoh bo‘ling!
🚨👮🏽♂️Валижон Шамсиевни фирибгарлар чув туширди, 35 000 000 га алдаб кетишди.
❗️Фирибгарлардан огоҳ бўлинг!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 iibb_uz">Threads
0️⃣0️⃣0️⃣
24-sentyabr kuni OʻzDJTU Marketing va amaliyoti bo’limi boshlig’i Alisher Abidjanov boshchiligida fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari,kafedra mudirlari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Dastur “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yashkil etildi.
🟦🟦🟦
24-sentyabr kuni Marketing va amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Alisher Abidjanov tomonidan fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash bo‘yicha kelishib olindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-sentabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili amaliy fanlar kafedrasi professor o‘qituvchilari va kafedraning xotin-qizlar kengashi rahbari N. Nazarova tomonidan talabalar yotoqxonasida "Qo‘li gul qizlar" nomli to‘garak o‘z ishini boshladi.
Dastlabki dars N. Nazarovaning master klassi bilan boshlandi, unda qizlar olib kelingan buyumlardan turli xil ro‘zg‘or buyumlarini yasash bilan davom ettirildi.
To‘garak oxirida talaba qizlarning turli xil savol va javoblari muhokama qilindi va unda joriy yil 1-kursga qabul qilingan talabalarga ayniqsa ma’qul bo‘lgani ta’kidlandi va ularga o‘zlari qiziqqan savollariga javoblar va ma’lumotlar berish hamda to‘garak har oyda bo‘lib o‘tish haqida ta’kidlanib, to‘garakning birinchi darsi o‘z nihoyasiga yetdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
23-sentyabr kuni Ingliz tili 1 fakulteti dekanatining 1-kurs talabalari va ularning ota-onalari bilan “Ochiq muloqot” tashkil qilindi.
Tadbir davomida talaba va ularning ota-onalariga quyidagi masalalar atroflicha tushuntirildi:
1. Talabalarning davomati va fanlarni o‘zlashtirishi;
2. Salomlashishi odobiga rioya qilish;
3. Universitet odob-axloq qoidalari;
4. Kredit-modul tizimi;
5. Universitetda yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish;
6. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qoidalari, taqiqlangan saytlardan foydalanmaslik;
7. Murojaatlar tartibi;
8. Korrupsiyaga birgalikda kurashish.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
23-sentabr kuni Italiya Respublikasi OTMlari rahbarlari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Ka-Foskari universiteti rektori Lippello Titsiana, Salento universiteti rektori Pollicho Fabio Perudja chet elliklar universiteti rektori De Chezarsi Valerio, Florensiya universiteti Xalqaro munosabatlar bo‘yicha prorektori Djovanetti Djordja, Siyena chet elliklar uchun universiteti Xalqaro munosabatlar bo‘yicha prorektori Banya Karlalardan iborat Italiya Respublikasi OTMlari rahbarlari delegatsiya tashrif avvali O‘zDJTU rahbariyati vakillari tomonidan kutib olish bilan boshlandi.
Mehmonlarni universitetning asosiy binosi kirish qismida kutib olingach, O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev, Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B. Ergashova hamda Italiya Respublikasi OTMlari rahbarlari delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida, I. To‘xtasinovning O‘zDJTU faoliyati hamda italyan tilining o‘qitilishi, hamkorlik aloqalari haqidagi ma’lumoti va takliflar tinglandi. So‘ngra, Italiya universitetlari rahbarlarining ma’lumotlari va hamkorlik bo‘yicha takliflari bildirildi.
Uchrashuv so‘ngiga, o‘zaro fikr almashildi va esdalik sovg‘alari ulashildi.
Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama etildi:
1) Italyan tilini o‘qitishni takomillashtirish maqsadida Italiya OTMlaridan malakali professor-o‘qituvchilarni O‘zDJTUga jalb qilish;
2) Italyan va boshqa chet tillari o‘qituvchilarini malaka oshirish uchun Italiya OTMlariga yuborish;
3) O‘zDJTU yosh olimlari va ilmiy tadqiqotchilarining Italiya OTMlarida qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil qilish;
4) Italyan va boshqa chet tili guruhi talabalari uchun grantlar ajratish;
5) Xalqaro loyihalar, jumladan Yevropa Ittiffoqi Erasmus+ dasturi loyihalarini ishlab chiqish va ularda ishtirok etish;
6) Hammualliflikda italyan tili bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish;
7) Mamlakatlarimiz tarixi va boy madaniyati bilan tanishtirish maqsadida talabalar uchun yozgi va qishki lagerlar tashkil qilish;
8) Hamkorlik doirasidagi tadbirlarni tashkil qilish uchun xalqaro tashkilotlar, fondlar va jamg‘armalar mablag‘larini jalb qilish.
🟦🟦🟦
23-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazida “Jahon adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Kitob mo‘jizaga boshlaydi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni “Jahon adabiyoti” kafedrasi mudiri, professor G.Xalliyeva ochib berdi. shuningdek, kafedra professori F.Sapaeva, katta o‘qituvchi D.Rasulmuhammedova, o‘qituvchi M.G‘iyosovlar so‘zga chiqib, talaba yoshlarga ilmiy va badiiy asarlar, ularning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Tadbir davomida bugungi kunda talaba-yoshlarga berilgan imkoniyatlar, kitobning ular hayotidagi muhim ahamiyati xususida bahs-munozaralar olib borildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦👨💻👩💻🧠
2024-yil 23-24-sentyabr kunlari Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetlari talabalari uchun ommaviy axborot vositalarida sud jarayonlarini yoritish amaliyotiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, bugun 23-sentabr kuni mazkur dasturning birinchi kuni o‘z ishini boshladi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va “East-West Management Institute” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti hamkorlikda tashkil etgan seminar-treningda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 3-kurs talabalari hamda pedagog xodimlar ishtirok etdi.
Trening ishtirokchilari Oliy sud vakillari bilan birga sud jarayonlarini yoritishning axloqiy va huquqiy jihatlarini muhokama qilishdi. Axborot olish huquqi va shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi o‘rtasidagi muvozanatni saqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Trening davomida ishtirokchilarga jamoatchilik e’tiborini tortgan sud ishlari bo‘yicha ma’lumot to‘plash va materiallarni tayyorlash usullari, advokatlar va sud jarayoni ishtirokchilari bilan suhbat uchun savollar tayyorlash qoidalari, hujjatlar va sud qarorlarini tahlil qilish, sud ishlarini yoritishda ochiq ma’lumotlarni izlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar o‘rgatildi. Axborot va uning manbalarini tekshirishga alohida e’tibor qaratildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#OGOHLIK #bilasizmi
❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga “layk” bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bor
Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling! ⛔️Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!
©️ Manba
❗️Предусмотрена ответственность за "лайк" или "репост" в социальных сетях религиозных материалов: видео, аудио, текстовые и иные виды контента.
Остерегайтесь скачивания непроверенных аудио, фото и видео материалов из глобальной сети! ⛔️Не ставьте лайки и не делитесь непроверенным религиозным контентом в социальных сетях!
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
20- sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda tadqiqotchi Dadamirzayeva Mohidil G‘ulomjon qizi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Madaniyatlararo muloqotda nutqiy etiketning antropotsentrik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)" mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Jarayon davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar mohiyati, uning yangiligi va natijasi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#xon_atlas
21-sentabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Xon atlas" festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir fakultet dekani G.Ergasheva tashabbusi bilan o'tkazilib, fakultet binosining kirish zali milliy uslubda bezatildi.
Festival munosabati bilan, qo‘l mehnati asosida tayyorlangan buyumlar, milliy matolardan tikilgan kiyim-kechaklardan iborat burchak tashkil etildi.
Tadbir doirasida talaba-qizlar tomonidan milliy liboslar namoyishi hamda qizlar tomonidan ijro etilgan raqs va kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada chiroy bag‘ishladi.
🟦🟦 🟦🟦🟦
▶️ Ayni damda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Students' Ceremony” boʻlib o’tmoqda
☄️ “Yangi kurslar haftaligi”ning mazkur bayramona yopilish marosimida bir-biridan qiziqarli oʻyinlar, iste’dodli talabalarimizning turli chiqishlari va albatta, ommaviy raqs dasturlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣📣📣📣📣
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 26-bandiga muvofiq 20-sentyabr – “Xalqaro tozalik kuni” va 27-bandiga muvofiq 22-sentyabr – “Xalqaro avtomobilsiz kun” nishonlanishi belgilangan.