#Tadbir_besh_tashabbus
💫Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus doirasida :
Joriy yilning 20-sentabr kuni 6-talabalar turar joyi majmuasida O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti dekan muovini, yotoqxona pedagogi tashabbusi bilan she’rxonlik va san’atkorlik kechasi tashkil
qilindi.
20-sentyabr kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabalari bilan tanishuv trening tashkil etildi.
Trening davomida talabalar uchun:
✅ « Мening xozirgi kayfiyatim»
✅ « Intervyu»
✅ «Мen»
✅ «Psixogimnastika” kabi mashg’ulotlar o’tkazildi. Psixologik treninglarda ishtirok etgan talabalardagi adaptatsiya jarayoni bilan bog’liq bo’lgan hayajon,havotirlik holatlari diagnostikasi amalga oshirilib kerakli tavsiyalar berildi.
Mashg’ulotlar universitet psixologi Zebiniso Xayrulloyeva tomonidan olib borildi. Tanishuv treningda fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha dekan muovini D. Xoshimova va Tyutor Sh. Xo’janiyozovalar ishtirok etdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olish, ular istiqomat qilayotgan hudud (uy, xonadon) shart-sharoitlarini o’rganish maqsadida universitet va fakultet ma’muriyati, shuningdek, tyutorlar tomonidan bir qancha amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
🎆 “Students' Ceremony” sizlarni chorlaydi!
🇺🇿 🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” ham yakunlanmoqda.
🤝 Jamoamiz bilan birgalikda ushbu haftalikni siz yoshlar bilan mazmunli, anchayin foydali tadbirlarga boy tarzda oʻtkazdik deb umid qilamiz.
🥳 Endi esa navbat haftalikning bayramona yopilishi — 🎆“Students’ Ceremony” ga!
✨ Marosimda sizlarni bir-biridan qiziqarli oʻyinlar☄️, iste’dodli talabalarimizning turli xil chiqishlari🎸, va albatta, ommaviy raqs🎶 kutmoqda.
🕰 O‘tkazilish vaqti:
21-sentyabr, shanba, 17:30
📍O‘tkazilish joyi:
Universitet talabalar joyi hovlisi (Literaturniy)
📍Xaritada.
🤝 Barchangizni marosimda kutib qolamiz!
🥳 Keling, maroqli hordiq oling!
😎 Axir bu sizning bayramingiz!
✈️ Kursdoshlarni ham xabardor qilib suyunchi olish esdan chiqmasin-a:))
#students_ceremony #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
🌟 Ittifoq — bu shunchaki tashkilot emas!
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasi tomonidan Xalqaro savodxonlik tadbiri tashkil etildi.
Xalqaro savodxonlik kuni Birlashgan millatlar tashkiloti doirasida nishonlanadigan muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.
Tadbirga 2206-2207- guruh talabalari jalb etildi. Tadbirda talabalar savodxonlikning dunyo va yurtimiz miqyosidagi ahamiyati, savodxonlikka erishish yo'lidagi qiyinchilik va yechimlar borasida fikr almashishdi.
Xalqaro savodxonlik kunining maqsadi – insoniy qadr-qimmat va inson huquqlarining uzviy qismi sifatida savodxonlik bashariyat uchun juda muhim ekanini muntazam eslatib turish hamda yanada savodli va barqaror jamiyatlar barpo etish borasidagi sa'y-harakatlarni faollashtirishdan iborat.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 20-sentabr ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarda filologiya fanlari doktori (DSc), Ingliz tilini o‘qitish metodikasi № 1 kafedrasi professori (v.b.) Kuldashev Akram Makhmudovich tomonidan “Lingvokulturologiyaning fanlar orasidagi o‘rni va asosiy tushunchalari” mavzusida ma’ruza qilindi va mavzu yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Seminarda bilimini mustahkamlash istagida bo‘lgan pedagogik xodimlar, tadqiqotchi va talabalar ishtirok etdi va mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
Barqaror rivojlanish maqsadlar yo‘lida Global sherikchilikni amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va hamkorlik ishlarni faollashtirish maqsadida O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasida 2024 yil 14-sentabrda Hindistonlik professor Muhammad Musavvir va 2024 yil 19-sentabrda Bangladesh davlatidan kelgan professor Kamrun Nahar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Xorijlik mutaxassislar Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasiga to‘liq ish shtatiga ishga taklif etildilar. Ular oldin Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A. Nasirov bilan uchrashdi. So‘ng, Tarjimonlik fakulteti dekani U.T.Yo‘ldoshev va Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi a’zolari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Mehmonlarga fakultet dekani va kafedra mudiri B.Odilov tomonidan oliy ta’lim muassasamiz to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, boshqa xorijiy nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan olib borilayotgan hamkorlik masalalari haqida fikr almashinildi.
Uchrashuv so‘ngida, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi xorijlik professor-o‘qituvchilarni hamkorlikka jalb etib, ular bilan ikki tomonlama shartnomalarini imzoladila
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
19-sentyabr kuni OʻzDJTU Kechki ta’lim Roman-german fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Dastur universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet tyutori hamkorligida tashkil etildi.
Psixologik uchrashuvda birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarga psixologik xizmat turlari tushuntirildi, psixogimnastika mashg’ulotlaridan foydalangan holda talabalarning moslashuv jarayonidagi holatlari haqida ma’lumot olindi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
#Talabaga_qulaylik
19-sentyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti mas’ullari 6-TTJ sharoiti bilan tanishdi.
Fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Z.P.Achilova hamda fakultet Хotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari talabalar turar joylaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarni, yotoqxonada talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish maqsadida 6-talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 💙💙💙
🤓 IttifoQ²uiz😀 taqdim etadi!
🏆 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “IttifoQ²uiz😀” musobaqasi o‘tkazilmoqda.
📝 Shartlarimiz oddiy:
• har bir jamoa oʻz nomiga ega boʻlishi kerak;
• har bir jamoada aʼzolar soni 5 kishidan kam, 6 kishidan koʻp boʻlmasligi kerak;
• jamoa aʼzolarining barchasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari boʻlishi kerak.
❗Roʻyxatdan oʻtish tartibi:
— Jamoa nomi;
— Jamoa aʼzolarining ism-familiyalari, fakulteti va guruhi;
— Jamoa sardorining ism-familiyasi;
— Bogʻlanish uchun telefon raqam.
✔️ Roʻyxatdan oʻtish uchun:
✈️ @f_adkhamjonovna_01
❗Joylar soni chegaralanganligini unutmang!
🕰 O‘tkazilish vaqti:
20-sentyabr, juma, 16:00
📍O‘tkazilish joyi:
Universitet fayesi (rektorat binosi)
#quiz #IttifoQuiz #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
📣📣📣📣📣
2024-2025 o’quv yilida akademik mobillik doirasida o’qishini o’zining yashash hududidagi oliy ta’lim muassasasida o’qimoqchi bo’lgan talabalar “Akademik mobillik” olish uchun 2024-yilning 25-avgustidan 25-sentyabrigacha murojaat etishlari mumkin.
📞 +99895 989 11 98 (Javohir)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚡️Talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o'tkazish, sog'lom turmush tarziga chorlash maqsadida turli amaliy ishlar olib borilmoqda.
⚽️ O'zDJTUning Ingliz tili uchinchi fakulteti dekan muovini Sh.Zokirov, tyutorlar L.Rahmatullayeva, Z.Islamova boshchiligidagi bir guruh talabalar o'zi muxlislik qilayotgan terma jamoani qo'llab quvvatlash uchun Toshkent shahrida joylashgan Humo arenasida oʻtkazilayotgan mini-futbol jahon chempionatida boʻldi.
@thirdEnglishfaculty
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
19-sentabr kuni Ingliz tili 1- fakulteti 1-bosqich talabalari uchun O‘zDJTU psixologi Z.Xayrullayeva tomonidan psixologning ijtimoiy-psixologik faoliyati hamda psixologik xizmat turlari haqida to‘liq ma’lumotlar berish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan F.Aahurova, tyutorlar M.Yuldosheva va M.O‘tbosarovalar ishtirok etishdi. Davra suhbatida kasbni to‘g‘ri tanlashning muhim ahamiyati va tanlagan sohasida muvaffaqiyatga erishish, shuningdek, to‘g‘ri tanlov zamirida kelajakda yutuqqa erishish borasida ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga talaba yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetining 1-kurs talabalarining salomatligini ta’minlash maqsadida tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.
Ko‘rikka bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik tekin tibbiy ko‘rigida tajribali stomatolog, lor, ortoped, pediatr, terapevt, jarroh, okulist, psixiatr, nevrolog, kardiolog, dermatolog, allergolog, ginekolog, urolog, nevropatolog, endokrinolog, onkologlar jalb etilgan.
Ma’lumot o‘rnida: Bu yil Ingliz tili birinchi fakultetiga 451 ta abituriyent talabalikka qabul qilingan.
📍#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
Butunjahon tozalik kuni: ommaviy plogging eko-aksiyasida faol qatnashing!
20-sentyabr kuni soat 11.00 da respublikamizning barcha hududlarida Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etiladi.
————
Всемирный день чистоты: примите активное участие в масштабной эко-акции
20 сентября по случаю Всемирного дня чистоты во всех регионах страны пройдет масштабная эко-акция – плоггинги «Освободите место для жизни».
Bizni kuzating
#Yozgi_kurslar_haqida_suhbat
🪐Joriy yilning 20-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti roman-german filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida ,, DAAD Lektori Johanna Mayer" bilan fakultetda uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda nemis tili amaliy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari ham ishtirok etishdi.
⭕️Uchrashuv davomida Mayer xonim talabalarga HSK (Yozgi kurslar) haqida to’liq ma’lumotlar berdi.
✅Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga to’liq javoblarini olishdi va Mayer xonim kelgusida talabalar bilan tez-tez uchrshuvlar tashkil qilib turishini ta’kidlab uchrashuvni yakunlab berdi.
Telegram
“IttifoQ²uiz😀” da bilimlar sinaldi
🏆 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “IttifoQ²uiz😀” musobaqasi o‘tkazildi.
🇺🇿 Musobaqada universitetimizning barcha fakultetlaridan jami 18 ta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib bordi.
🤝 Mehmon sifatida Alfraganus universiteti talabalaridan iborat jamoa ham ishtirok etgani, ayniqsa e’tiborli va bu universitetlarimiz oʻrtasidagi doʻstona hamkorlikning yana bir yorqin namunasidir.
0️⃣0️⃣0️⃣
Har yili 21-sentyabr kuni Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan anʼanaviy tarzda tinchlik qo‘ng‘irog‘i sadolari ostidagi tantanali marosim va tadbirlar o‘tkaziladi. Dasturlarni BMT Bosh kotibi o‘z nutqi bilan boshlab beradi va shundan so‘ng qo‘ng‘iroq chalinadi. Bir daqiqalik sukutdan so‘ng BMT Xavfsizlik Kengashi raisi nutq so‘zlaydi. Shu kuni davlat ro‘yxatidan o‘tmagan qurollarni topshirish, daraxt ekish va sog‘lomlashtirish harakatlari hamda sport tadbirlari tashkil etiladi.
Bugun O'ZDJTU Ingliz tili 1-fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovinlari N.Lapasov va G'.Atayev hamda tyutorlar tomonidan talabalarni sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Adiblar xiyobonida "Sport va salomatlik – orzu-umidlarimiz, kuch-qudratimiz manbai" shiori ostida ommaviy sport tadbiri tashkil etildi.
⚡️ Musobaqa davomida talabalar o'z mahoratlarini ko'rsatib, sport o'yinlari bo'yicha to'plagan ko'nikmalarini sinovdan o'tkazdilar.
✨️ Yakunda g'olib bo'lgan talabalar fakultet tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
🟦🟦🟦🟦🟦
20-sentabr kuni O‘zDJTUda dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy seminar muhokamasi kun tartibidan Xazratova Zuxra Mamaraimovnaning 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak jurnalistlarga ommaviy axborot vositalari terminlarini o‘qitishda leksik kompetensiyani shakllantirish (ingliz tili misolida)” mavzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning muhokamasi o‘rin oldi.
Zoom onlayn dasturi orqali tashkil etilgan ilmiy seminar muhokamasida universitet rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Jarayon davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar mohiyati, uning yangiligi va natijasi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
2024-yil 19-sentabr kuni O‘zDJTUda Finlyandilik mutaxassis, Toshkentdagi Nordik universiteti fin tili o‘qituvchisi Johanna Porkkala bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zDJTU faoliyati, chet tillarini o‘qitilishi haqida ma’lumot berdi hamda Johannaga universitetimizda fin tilini o‘qitishda amaliy yordam ko‘rsatishini aytib o‘tdi.
Fin tili mutaxassisi foydalaniladigan darslik va dasturlari bilan tanishtirdi. Uchrashuvdan so‘ng Johanna ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri A. Yuldashev hamrohligida dars jadvali va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Ingliz filologiyasi fakultetiga tashrif buyurdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🏆 Futbol boʻyicha “Ittifoq kubogi” oʻtkazildi
🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashabbusi bilan 🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida sportning futbol turi boʻyicha “Ittifoq kubogi🏆” oʻtkazildi.
⚽️ Unda universitetimizning barcha fakultetlari talabalaridan tashkil topgan jamoalar oʻzaro bahslashdilar.
🏆 Musobaqa gʻoliblari:
🥇-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti jamoasi — 1 million soʻm;
🥈-oʻrin — Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi — 700,000 soʻm;
🥉-oʻrin — Xalqaro jurnalistika fakulteti jamoasi — 500,000 soʻm pul mukofoti💰 va 🇺🇿 diplom bilan taqdirlandilar.
🎉 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!
🔥 Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi musobaqalarimizda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
#ittifoq_kubogi #futbol #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟨🟨🟨
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning Sankt-Peterburg davlat universitetining 300 yillik yubileyi tadbirlari doirasidagi Hamkor universitetlar rektorlari forumidagi ishtiroki davom etmoqda.
19-sentyabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Sankt-Peterburg davlat universiteti o’rtasida “Talabalar almashinuvi” hamda “Akademik va ilmiy almashinuv to’g’risida”gi protokollar imzolandi.
Rasmiy tadbirda ishtirok etgan har ikkala oliygoh rektorlari kelgusida ustuvor va istiqbolli yo’nalishlar, xususan, ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini tashkil qilish, shuningdek, almashinuv dasturlari ishtirokchilari uchun munosib sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o’tdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
19-sentyabr kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakultetida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi
Tadbir millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash, ichki va tashqi tahdidlar, jumladan, adovatning avj olishiga sabab bo‘ladigan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.
Dasturda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari A.Dadaxonov va X.Axmedov, universitet Profilaktika inspektori Sh.Bekmetov, tyutorlar S.Ochilova, Sh.Abdurahmonova va M.Yuldasheva hamda fakultet talabalari, jumladan xorijiy talabalar ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarga ekstremizm, radikalizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarning xavf-xatarlari haqida atroflicha tushuntirildi.
Ushbu ma’naviy-mafkuraviy tashviqot tadbiri talabalarda ongli ravishda xavf-xatarlardan ogoh bo‘lish va o‘zlarini himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
📍 Rus filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🎆 “Students' Ceremony” sizlarni chorlaydi!
🇺🇿 🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” ham yakunlanmoqda.
🤝 Jamoamiz bilan birgalikda ushbu haftalikni siz yoshlar bilan mazmunli, anchayin foydali tadbirlarga boy tarzda oʻtkazdik deb umid qilamiz.
🥳 Endi esa navbat haftalikning bayramona yopilishi — 🎆“Students’ Ceremony” ga!
✨ Marosimda sizlarni bir-biridan qiziqarli oʻyinlar☄️, iste’dodli talabalarimizning turli xil chiqishlari🎸, va albatta, ommaviy raqs🎶 kutmoqda.
🕰 O‘tkazilish vaqti:
21-sentyabr, shanba, 17:30
📍O‘tkazilish joyi:
Universitet talabalar joyi hovlisi (Literaturniy)
📍Xaritada.
🤝 Barchangizni marosimda kutib qolamiz!
🥳 Keling, maroqli hordiq oling!
😎 Axir bu sizning bayramingiz!
✈️ Kursdoshlarni ham xabardor qilib suyunchi olish esdan chiqmasin-a:))
#students_ceremony #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
🌟 Ittifoq — bu shunchaki tashkilot emas!
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟦🟦🟦 📣📣📣📣📣
📣 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi hamda “Sunnazulayho” MChJ tomonidan “Ustozlar, sizga ta’zim” nomli konsert dasturi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
🎤 Konsertda Gʻulomjon Yoqubov, Shukrullo Isroilov, Botir Qodirov, Hamdam Sobirov, Nilufar Usmonova, Ilhom Farmonov, Doston Ergashev, Malika Ravshanova, Dilfuza Ismoilova, Shoxruhxon, Umarjon Shamsiyev, Gʻaybulla Tursunov, Shahnoza Rustamaliyeva, Bekzod Joʻrayev, Hakimjon Gʻafforov, Asilbek Baxronov kabi elimiz ardogʻidagi san’atkorlar aziz ustoz va murabbiylar uchun oʻz san’atlarini namoyish etishadi.
🟦🟦🟦 #Talabaga_qulaylik
18-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi, rektor maslahatchisi N. Djurayeva, hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari bilan birgalikda talabalar turar joylaridagi mavjud joylar hamda bo‘sh o‘rinlarni va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida 4- Talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar.
4-sonli TTJ pedagogi bilan birgalikda talaba -qizlar holidan xabar olindi
Tadbirda talabalarga shaxsiy gigiyena, ozodalikka e’tibor, tartib-intizomga rioya qilish, mavjud sharoitlardan unumli foydalanish to‘g‘risida maslahatlar berildi.
Shuningdek, yotoqxona qonun-qoidalari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispaniyaning Xayen universiteti bilan hamkorligida shartnoma asosida bir qancha ilmiy-amaliy kelishuvlarni amalga oshirib kelmoqda.
Kelishuvlarga ko‘ra, professor-o‘qituvchi va talaba almashuvini yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2024-yilning 10- sentabr kuni Roman - German filologiyasi fakulteti Ispan tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Maftuna Farmonkulova Erasmus+ loyihasida ishtirok etib, grant asosida 5 oy muddatga (1-semestr) Ispaniyaning Xayen universitetiga o‘qishga yuborildi.
M.Farmonkulova hozirda Xayen universitetining Filologiya fakultetida tahsil olmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔰 18-sentabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti tadqiqotchisi Artikova Yulduz Akmalovnaning Jurnalistika ixtisosligi boʻyicha “Interaktiv telejurnalistikaning nazariy asoslari va tadqiqot tendensiyalari mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi.
✅ Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.
#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-sentyabr kuni Rus filologiyasi fakultetida "XON ATLAS" festivali bo‘lib o‘tdi!
Tadbir o‘zbek madaniyatining haqiqiy bayramiga aylandi, unda talabalar, o‘qituvchilar va tyutorlar nafaqat "xon-atlas" matosidan tikilgan milliy liboslar go‘zalligidan bahramand bo‘lishdi, balki ko‘plab boshqa madaniy chiqishlarga ham guvoh bo‘ldilar.
Talabalar milliy raqslarni ijro etib, harakatlar orqali o‘zbek xalqining an’analari va ruhini ifoda etdilar. Dasturga shuningdek, dutor va rubob kabi milliy cholg‘u asboblarida ijro etilgan kuylar kiritilib, festivalga o‘zgacha rang-baranglik berdi. Bundan tashqari, talabalar o‘zbek va rus tillarida she’rlar o‘qib, o‘zbek madaniyati va adabiyotiga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini ifodaladilar.
Ushbu festival nafaqat ishtirokchilarni O‘zbekistonning boy madaniyati bilan tanishtirdi, balki barchaga milliy an’ana va urf-odatlardan faxrlanish tuyg‘usini ulashdi!
📍 Факультет русской филологии 💙
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt