Yangi Oʻzbekiston universiteti
Talabalar Kengashi tashrif buyurdi
1-noyabrda universitetimizga Yangi Oʻzbekiston universiteti Talabalar Kengashi raisi Muhammadali Qodirov va mehmon delegatlar tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet yoshlar yetakchisi Eldor Qoʻngʻirotov kutib oldi.
Tashrif boshida mehmonlarga universitet kutubxonasi, oʻquv zallari va “University Mall” tanishtirildi.
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 💙💙💙
#tanlov #qizlarjonklubi #inglizfilologiyasi
🇺🇿 🇬🇧 O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida 1-noyabr kuni Aleksandr Faynberg tavalludining 85 yilligi munosabati bilan "Men Faynberg izdoshiman" nomli ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
🇺🇿Tanlov fakultetning "Qizlarjon" klubi sardori Shahzoda Meliqo'ziyeva hamda Faynberg stipendianti Ibrohimova Nozima tashabbusi bilan tashkil etildi.
🩶 Tanlovda jami 10 ta talaba-qizlar ishtirok etib, belgilangan 3 ta shart asosida bellashishdi. Dastur davomida shoirning hayoti va ijodi haqida informatsion videorolik namoyish etildi. Shuningdek, adib qalamiga mansub she'rlar ifodali tarzda yoddan aytilib, savol-javoblar bo'lib o'tdi.
✅ Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov nizomi va baholash mezonlari asosida xolis va shaffof tarzda gʻoliblar aniqlandi.
🥇-o'rin — Insopaliyeva Qunduzxon
🇬🇧Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi,
🥇-o'rin — Madaminova Sarvinoz
🇬🇧Ingliz tili uchinchi fakulteti talabasi,
🥈-o'rin — Turg'unboyeva Arofat
🇺🇿Ingliz tili birinchi fakulteti talabasi,
🥉-o'rin — Shokirova Saodatoy
🇷🇺 Rus filologiyasi fakulteti talabasi.
🎁 Tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi. G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
✅Bizning rasmiy sahifalarimiz:
😎 Telegram | 😎 Instagram
#ogohlik
Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar jamiyatda sodir boʻladigan har qanday voqeliklarga oʻzgacha, ruhiy his kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar. Qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. Shuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala — yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashdir”, deb qayd etgan.
Bizni kuzating
0️⃣0️⃣0️⃣ 🟦🟦🟦
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Navoiy shahrida yangi tashkil topgan "Farovon" mahallasida bo‘lib, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Davlatimiz rahbari shu yerdagi 22-umumta’lim maktabida ham bo‘ldi.
Prezident maktabdagi maqsadlari yuksak o‘quvchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida maktabning faol o‘quvchilaridan, o‘z maqsadini, kelajak uchun tuzgan aniq rejalari haqida so‘zlab bergan Mardonava Marjona Jasur qiziga maktabni tamomlagandan so‘ng O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining davlat granti asosida qabul qilinishi uchun mutasaddilarga topshiriq berdi.
#xushxabar
"Bugun universitetimizda talabalarning bilim olish jarayonini yanada boyitish maqsadida 200 ta Tarjima asoslari, 12 ta oʻqituvchi uchun qo'llanma va yangi darsliklar Koreyadagi Sejong koreys tili o'qitish markazi tomonidan fakultetimizga taqdim etildi. Ushbu darslik va qoʻllanmalar turli fanlar boʻyicha zamonaviy bilimlarni oʻz ichiga oladi va talabalarning oʻqish jarayonini yanada samarali qilishga yordam beradi"- dedi fakultet dekani D.Djurayev.
🌐 Bizni kuzating
#profilaktik_tadbir
Ingliz filologiyasi fakultetida yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida talabalar o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Aynan shu xususida, 30-oktabr kuni fakultet tyutorlari N.Mannonova, N.O‘roqboyeva, M.Abdullayeva, Sh.Bo‘stonova va Z.Nazarovalar tashabbusi bilan "Favqulotda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakatlanish" mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Universitet Profilaktika inspektori, kapitan Sh.N.Bekmetov va Yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan is gazidan zaharlanish, yong‘inning paydo bo‘lish sabablari va zilzila vaqtida harakatlanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalar ishtirokida yong‘in o‘chirish vositalarining ishlatilish tartibi, yong‘in o‘chirish mashinasi va undagi jihozlar, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida tushuncha beruvchi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🌐Bugun OʻzDJTU "Ma'naviyat va ma'rifat " markazi" da "Diniy ekstremizm va terrorizmning xavfli ko‘rinishlari hamda ularning yoshlar ongiga ta’siri” mavzusida uchrashuv-suhbat o‘tkazildi.
Tadbirda Uchtepa tumani IIOFMB TQKB katta tezkor vakili X.Yuldashev, tezkor vakil S.Boljonov, Toshkent shahar IIBB ATSJQK Uchtepa tumani xodimi B.Karimov, universitet profilaktika inspektori Sh.Bekmetov, dekan muovinlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
#profilaktik_tadbir
Ingliz filologiyasi fakultetida yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida talabalar o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Aynan shu xususida, 30-oktabr kuni fakultet tyutorlari tashabbusi bilan "Favqulotda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakatlanish" mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Universitet Profilaktika inspektori, kapitan Sh.N.Bekmetov tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan is gazidan zaharlanish, yong‘inning paydo bo‘lish sabablari va zilzila vaqtida harakatlanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalar ishtirokida yong‘in o‘chirish vositalarining ishlatilish tartibi, yong‘in o‘chirish mashinasi va undagi jihozlar, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida tushuncha beruvchi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
👨⚖️👩⚖️
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengash 32-son majlisi tashkil etildi.
Unda Xushmurodova Shahnoza Shaymonkulovna 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bilingval talabalarning ikkilamchi lisoniy identivligini shakllantirishning lingvokognitiv xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Vakansiya: RIKS o'quv markazi Iqtidorli va Jasur Talabalar uchun Yangi Loyihada Ish Imkoniyatini taklif etadi
Universitetning 2-3-4-kurs talabalari uchun ajoyib imkoniyat! Biz yangi “Upgrade 2.0” loyihamizda ishtirok etish uchun jasur va ijtimoiy faollikni sevuvchi talabalarni izlayapmiz. Ushbu loyiha doirasida siz turli maktablarga tashrif buyurib, ingliz tilini o'rganishning ahamiyatini targ'ib qilish bilan shug'ullanasiz.
Biz izlayotgan talabalar quyidagi qobiliyat va ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak:
- Jasorat va ishonch — ommaviy chiqishlar qilish va o'z fikrini ravon bayon etish.
- Sotuvchilik qobiliyati — o'quvchilar bilan muloqot qilib, ularni ingliz tilini o'rganishga qiziqtirish.
- Til bilimi — ingliz va rus tillarini bilish.
- Keng dunyoqarash va suhbatdosh bo'lish — turli mavzularda erkin suhbatlashish.
Loyihamiz sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Soft skill rivoji, jumladan, muloqot va sotuvchilik tajribasi.
- Rivojlantiruvchi muhitda tajriba orttirish.
- Oylik maosh 1,5 mln so'm va har bir yangi o'quvchi uchun bonus tizimi mavjud.
Ish vaqti: kuniga 5-6 soat.
RIKS O'quv Markazi haqida:
17 yillik tajribaga ega bo'lgan RIKS O'quv Markazi, ingliz tilini o'rganishda yuqori sifatli ta'lim berish va zamonaviy yondashuvni taklif etadi. Markazimiz chet el tashkilotlari tomonidan bir necha bor taqdirlangan bo'lib, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ham e'tirof etilgan. Minglab talabalarimizning yutuqlari va Markazimizning muvaffaqiyatli loyihalari bizning sifatli ta'lim berishdagi natijalarimizdan dalolat beradi.
Agar siz kelajakdagi karyerangiz uchun zaruriy tajribani qo'lga kiritishni istasangiz, biz bilan bog'laning!
Murojaat uchun quyidagi manzillarga rezyume yuborishingiz kerak boʻladi:
-🤙 712003833
-✈️ @inforiks
✅ Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida Sputnik sayti tomonidan mahorat darsi o’tkazildi.
⚡️Tadbirni Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov ochib berib bu kabi mahorat darslari bo’lajak jurnalistlar uchun amaliy va nazariy bilimlarni birlashtirishda alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdi.
🔰 Talabalarga “Samarali infografika: ma’no, dizayn va matn” mavzusida O’zbekistonning yetakchi infografik dizayneri Yaroslov Pronko tomonidan ma’ruza taqdim etildi.
Mahorat darsi ochiq muloqot tarzida tashkil etilib talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
⚡️ Bugun Xalqaro jurnalistika fakultetida “Associated Press Of Pakistan” (APP) axborot agentligining sharhlovchisi Shams Abbos bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov talabalarning ijodiy yutuqlari, fakultetdagi o’quv-ilmiy jarayon haqida ma’lumot berib o’tdi. Ijodiy studiyada talabalar uchun yaratilgan sharoitlarga to’xtalib o’tdi.
🟦🟦🟦
28-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi va pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovna tomonidan doktorantlar va barcha mustaqil izlanuvchilar uchun “Tadqiqotlarni o‘tkazish jarayonida axborot tizimlaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida master klass tashkil etildi.
🖥 BATAFSIL | ПОДРОБНЕЕ | MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Buyuk sarkardalar “Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi” nomli kitobini nashrga tayyorlashda yaqindan yordam bergani hamda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik o‘rnatganligi uchun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Madaminovichga Tashakkurnoma taqdim etdi.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi tomonidan mazkur Tashakkurnoma O‘zDJTUning Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Abdullayeva Feruza Suyunovna hamda O‘zDJTU Ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yusupov Otabek Yakubovichga ham taqdim etildi.
28-oktabr kuni O‘zDJTUda mazkur Tashakkurnomalar, nashrdan chiqarilgan yangi kitob hamda esdalik sovg‘alari vazirlik mas’ul shaxsi tomonidan o‘z egalariga topshirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#talabaga_yengillik
⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.
❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
🎬 Hisobot-saylov yigʻilishidan qaynoqqina lavhalar
#hisobot_saylov_yigʻilishi #kengash #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🖥 🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil oktabr oyidagi faoliyati hisoboti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
2-noyabr O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg tavallud topgan kun munosabati bilan 1-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan shoirning Adiblar xiyobonida joylashgan haykali yonida xotira kechasi o‘tkazildi.
Aleksandr Faynberg hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirda shoirning yaqinlari, yozuvchi va shoirlar, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, universitet rahbariyati vakillari va talabalar ishtirok etdi. Tadbir avvalida shoir haykali poyiga universitet jamoasi tomonidan gul qo‘yildi.
Shuningdek, Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya sohiblari va iqtidorli talabalar tomonidan shoir ijodiga bag‘ishlangan chiqishlar namoyish etildi, shoir ijodidan eng go‘zal she’rlar o‘qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🇺🇿 Президент Шавкат Мирзиёевнинг Навоий вилоятига икки кунлик ташрифи.
👉 @Uzbekistan24HD
0️⃣0️⃣0️⃣ 🟦🟦🟦
31-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 3-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni O‘zDJTU Kengashi raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Qaror, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaror, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet tomonidan bajariladigan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risida axborot berdi. Yig‘ilishda universitet faoliyatiga oid turli masallarda universitet rahbariyati vakillari tomonidan axborot berildi.
Xalqaro jurnalistika fakulteti Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi o‘qituvchisi Zaripova Ra’nojon 10.00.09 – “Jurnalistika” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan, Xalqaro jurnalistika fakulteti Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi o‘qituvchisi Maftuna Maxmudova 10.00.09 – “Jurnalistika” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan tabriklandi hamda noutbuk bilan taqdirlandi. Shuningdek, Rus filologiyasi fakulteti “Rus tili va o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori v.b. Dusmamat Kulmamatovga Professorlik ilmiy unvonini topshirildi.
Yaponiya-O‘zbekiston Ipak yo‘li jamg‘armasi Xalqaro almashinuv uchun mas’ul, inson resurslarini rivojlantirish loyihasida "Yapon tilidagi xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari"ni targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shgani uchun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilhomjon Tuxtasinov, Yaponiya Bosh vaziri rafiqasi Yuko Kishida Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy almashinuv hamda tarixiy aloqalarni o‘rnatishdagi hissasi uchun O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Yapon kafedrasi mudiri Nargiza Hamidova, hamda harbiy xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichini o‘tkazishda tashkiliy va ma’naviy bandlarini yuqori darajada bajarishda katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar ishlari bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov, Fan olimpiadaning Respublika bosqichini o‘tkazishda tashkiliy va ma’naviy bandlarini bajarishda, har bir shart bo‘yicha savollar bankini hamda baholash mezonlarini shakllantirishda, olimpiada jarayonini zarur jihozlar va texnik vositalar bilan ta’minlash hamda OAVlarda keng yoritishda faol ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti dekani Akmal Yuldoshev TAShAKKURNOMA bilan taqdirlanadi.
Davlat buyurtmasi asosida buyuk sarkardalar “Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi” nomli asarni tayyorlash hamda harbiy soha va harbiy ta’lim tizimi xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun universitet rektori, Ilhomjon Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar ishlari bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov, Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Feruza Abdullaeva, Rus filologiyasi fakulteti dekan Azizxon Raxmonov, Tarjimonlik fakulteti dekani Ulug‘bek Yuldoshev, Tarjimonlik fakulteti, Ingliz tili tarjima nazariyasi o‘qituvchisi Alisher Hamidov Mudofaa vazirining nishoni hamda TAShAKKURNOMAsi bilan taqdirlandi.
🟦🟦🟦
Bugun O‘zDJTUda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Universitet boshlang‘ich tashkilotining HISOBOT saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar hududiy kengashi Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Husnora Axadovalar ishtirok etdi.
Hisobot-tadbiri davlat madhiyasi bilan boshlanib, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori V.Sadiyev talabalarga ijtimoiy hayotda faol bo‘lish, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib o‘tdi. Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar hududiy kengashi Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Husnora Axadova kengash bayonnomasini o‘qib eshittirdi. Bayonnomaga asosan universitet Yoshlar yetakchiligi lavozimiga Eldor Qo‘ng‘irotov nomzodi tavsiya etildi.
Universitet O‘quv-uslubiy Kengash yig'ilishi o'tkazildi.
Universitetda o‘quv-uslubiy kengash doimiy ravishda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi kollegial organ hisoblanib, o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish, universitet bitiruvchilari tayyorgarligi sifatini oshirish, shuningdek universitet o‘quv jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish maqsadida tashkil etildi va yuqoridagi masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
2024-yil 30-oktabr kuni universitet o'quv-ishlari bo'yicha prorektor M.Chutpulatov raisligida o‘tkazilgan majlisda kun tartibidagi o'quv jarayon bilan bog'liq va uslubiy ishlarga doir masalalar muhokama qilindi hamda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar kelishib olindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫 🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Yusupov boshchiligida Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R.U. Madjidova tomonidan taklif etilgan Chexiya Respublikasining G‘arbiy Chexiya universiteti kafedrasi mudiri, f.f.d., dotsent Mihaela Peshkova bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ikki oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda o‘qituvchilar almashinuvi, doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish, hamkorlikda darslik va ilmiy maqolalar yozish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida M.Peshkova Umumiy tilshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish va chex tili imkoniyatlari haqida ma’ruza o‘qidi. Shuningdek, doktorlik dissertatsiyasini yozishda yangicha usullar haqida master-klass o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
30-oktabr kuni O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov Shanxay chet tillar universiteti professori Yan Chen janoblarini qabul qildi.
Muloqot chog‘ida tomonlar universitetlararo hamkorlikni jadallashtirish, jumladan almashinuv dasturlarini amalga oshirish, “Xitoy tili+mamlakatshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, mahalliy xitoy tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kabi masalalarni muhokama qildilar.
Rektor I.Tuxtasinov O‘zDJTU qoshida Konfutsiy instituti vazifalarni bajarishga qaratilgan Xitoy tili va madaniyati markazini tashkil qilish va uni tegishli o‘quv adabiyotlari, texnik vositalar bilan jihozlash orqali xitoy tili va madaniyatini o‘qitishni rivojlantirish taklifini berdi.
Yan Chen janoblari hamkorlik qilishga tayyorligi va ilgari surilgan takliflarni Shanxay chet tillar universiteti va Shanxay shahri rahbariyatiga yetkazish hamda amalga oshirish choralarini ko‘rishini ta’kidlab o‘tdi.
Tomonlar “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
30-oktabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 31-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash kun tartibidan Yo‘ldosheva Mamura Baxtiyarovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Badiiy tarjimada portret tasvirlovchi til birliklarining lingvomadaniy va lingvostilistik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 30 - son majlisi 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidan Abdullayeva Munojot Muxtorovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Turli tizimdagi tillarda gender munosabatlarni ifoda etuvchi maqollarning lisoniy tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘rin oldi.
Dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔰 29-oktabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari “London Post” onlayn nashri bosh muharriri Raza Sayid bilan o’tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi.
Uchrashuvni fakultet dekani Amrullo Karimov ochib berib “London Post” nashrining Yangi O’zbekistonga bag’ishlangan maxsus sonida Xalqaro jurnalistika fakulteti haqida chop etilgan maqola to’g’risida gapirib o’tdi.
🔰 Ijarada yashovchi talabalar holidan habar olish, ular istiqomat qilayotgan hudud (uy, xonadon) shart-sharoitlarini o’rganish maqsadida navbatdagi tashriflar amalga oshirildi.
📅 Jumladan, joriy yilning 29-oktabr sanasida Ingliz tili 3-fakulteti Xotin qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi X.Nishonova hamda tyutorlari Sh.Hamdamova. N.Xodjaeva.N.Ilyasova
o'ziga biriktirilgan talabalarining xonadonlariga yashash sharoitidan xabar olish maqsadida bordi.
👨🏫👩🏫
29-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 29-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash majlisi kun tartibidan Murodova Muqadas Ikromovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Satiraning XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos o‘rni (Ivlin Vo va Abdulla Qahhor ijodi misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘rin oldi.
Jamoamizga amaliyotchi sifatida qo‘shiling!
Uzbekistan Student Press (USP) - 8ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan loyiha. Ta’lim sohasidagi barcha yangiliklar uchun yagona platforma bo‘lib, ta’lim siyosatidagi yangilanishlardan tortib talabalar hayoti va tadbirlargacha bo‘lgan hamma ma’lumotlarni qamrab oladi.
Ariza topshirish: https://forms.gle/QFKXvwg3pfLgQXic8
Ariza topshirish muddati: 1-noyabr, soat 23:59 gacha.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar jurnalistika sohasidagi mutaxassislar bilan o’tkaziladigan trening sessiyasida qatnashish imkoniyati va sertifikatlarni qo’lga kiritishadi!
#loyiha #amaliyotchi #yoshlar_ittifoqi #imkoniyat
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram