⚡️Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov talabalarning bugungi ijodiy yutuqlari, fakultetda ular uchun yaratilayotgan sharoitlar, talabalar studiyasi haqida gapirib o’tdi.
Uchrashuvda, hamkorlik memarandumi imzolanib talabalarni ish va amaliyot o’tash borasida “Toshkent viloyati” telekanaliga jalb etish yuzasidan qator tashabbuslar o’rtaga tashlandi.
#infografika #faoliyat_oktyabr
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil oktyabr oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari
Bizni kuzating
⭕️⭕️⭕️5️⃣5️⃣5️⃣
O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida boshlovchi va diktor bo'lib faoliyat yuritishni xohlovchilar diqqatiga!
2024-yil 7-noyabr kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida MTRK tomonidan Yangi O'zbekistonning yangi avlod tele va radio ijodkorlarini kashf etish maqsadida tanlov (kasting) bo'lib o'tadi.
Kasting o‘tkazish va saralanganlarni efirga tayorlash oliy toifali diktor, jurnalist Jamshid Umrzoqov tomonidan amalga oshiriladi.
Manzil: OʻzDJTU Xalqaro jurnalistik fakulteti (Chilonzor tumani, Lutfiy ko'chasi, 8-uy)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
5-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabalari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Mazkur koʻrik Uchtepa tumanidagi Sanitariya epidemiologik markazning analiz laboratoriyasida tashkil etildi.
Koʻrik davomida talabalar shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish jarayoni bilan tanishtirildi, shuningdek, talabalar oʻrtasida miningit tekshuruvi ham oʻtkazildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦
5-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig‘ilishida tadqiqotchi Ixtiyorov A’zamjon Avazbek o‘g‘lining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Turli tizimli tillarda subyektiv munosabat semantikasi va uning lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Joriy yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi "Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 316-son buyrug‘ining ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi va fakultet dekan maslahatchilarining reja asosida amalga oshirilayotgan ishlari Respublika Xotin-qizlar kengashi ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
4-noyabr kuni Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchixonasi Jazoirning 70 yillik milliy bayramini nishonladi.
Shu munosabat bilan Tashkent Citydagi Hilton mahmonxonasida maxsus bayram tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirga O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A.Nasirov, oliygohimiz professor-o’qituvchilari va Jazoirda tahsil olib kelgan talabalarimiz taklif etildi.
Bayram tadbiri qiziqarli, yorqin kayfiyatda, koʻtarinki ruhda oʻtdi. Dastur ishtirokchilari ikki davlat madaniyati, turli sohalardagi hamkorliklar va boshqa zarur ma’lumotlardan boxabar boʻlishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻📺📺
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 2350-guruh talabasi Alimova Sevinchning Barqaror rivojlanish maqsadlari 6-yo'nalishi bo'yicha tayyorlagan videoroligi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 🏆🏆🏆
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagog-xodimlari xorijiy davlatlarda oʻz malakasini oshirib kelishda davom etmoqda.
OʻzDJTU Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Shapsanova Feruza Muzaffarovna Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritib, hozirda Angliyaning Reading universitetida ilmiy stajirovka o'tamoqda.
Stajirovka dasturiga binoan, Feruza Shapsanova “Zamonaviy ingliz adabiyotida falsafiy tendensiyalar” mavzusida tadqiqot olib borib, bu boʻyicha “Faylasuf va romannavis Ayris Myordokning badiiy mahorati” deb nomlangan Phd dissertatsiyasini shakllantirilmoqda. Shuningdek, mazkur mavzu asosida “Zamonaviy adabiyotda falsafiy tendensiyalar evolutsiyasi” nomli o'quv-metodik qo'llanma ishlab chiqish ishlari boshlab yuborilgan.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
#talabalar_teatr_studiyasi
📖Mustaqillik yillarida Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini har tomonlama o‘rganish va ommalashtirish maqsadida yurtimizda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-323-sonli qaroriga ko’ra, buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash maqsadida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari tomonidan ham turli chiqishlar namoyish etildi.
🏆 Rektor kubogi sport musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
🤔 Xabaringiz bor, avvalroq 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan universitetimiz sportchi talabalari oʻrtasida futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha Rektor kubogi oʻtkazilinayotgani xabar qilingandi.
🔥 Bugun musobaqaning final — universitet bosqichi boʻlib oʻtdi!
⚡️ Finalda universitetimiz fakultetlaridan saralangan 10 ta eng kuchli jamoalar gʻoliblik uchun kurashdilar.
🏐 Voleybol bo‘yicha g‘olibalar:
🥇-oʻrin — 🇺🇿 Tarjimonlik fakulteti jamoasi;
🥈-oʻrin — 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi;
🥉-oʻrin — 🇺🇿 Ingliz tili birinchi fakulteti jamoasi.
🏆 Musobaqaning final bosqichi gʻolibalari quyidagicha taqdirlanishadi:
🥇-oʻrin — 5,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — 4,000,000 soʻm;
🥉-oʻrin — 3,000,000 soʻm.
🎉 Gʻolib jamoalarni yana bir bor muborakbod etamiz!
🤝 Ishtirok etgan barcha jamoalarga ham oʻz minnatdorchiligimizni bildirib, keyingi musobaqalar va tadbirlarda ham faollikka chorlab qolamiz.
📸 Musoboqadan shu va boshqa sifatli kadrlar bu yerga joylanadi👇
📱@ittifoq_HD
#final #voleybol #rektor_kubogi #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti, Funksional leksika kafedralari o‘qituvchilari Karimova N, Xayitboyev B, Alikulova S, Jo‘rayeva I, Ro‘ziboyev K, Normaxmatova F tomonidan 5-TTJ da talabalar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yiniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Sh. Usmonova ochib berdi. Fakultetning 2439, 2444 – guruhlar ishtirok etgan bellashuv davomida talabalar juda faol ishtirok etdilar, va bir biridan qiziqarli bo‘lgan ingliz tilidagi savollarga uddaburonlik bilan javob berdilar. Qiziqarli kechgan bu o‘yinda 2439-guruh talabalari g‘olib bo‘lib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
O‘yin so‘ngida uchastka noziri tomonidan turli notanish insonlar bilan muloqot qilmaslik va turli xildagi narkotik va psixotrop moddalar iste’mol qilmaslik, ularni tarqatmaslik to‘g‘risida tushuncha va ogohlantirish berib o‘tildi
O‘yindan so‘ng fakultet ustozlari yotoqxona talabalarining yashash sharoitlari bilan tanishdilar ular duch kelayotgan muammolarni muhokama qilishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨⚖️👩⚖️
2-noyabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 33-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash yig‘ilishida Xidirova Gulzoda Turdialiyevnaning10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Nemis va o‘zbek tillari agrar terminlarining leksikografik tavsifi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yusub Ismailov ilmiy rahbarlik qilgan dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Joriy yilning 2-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili ikkinchi fakultetida "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir korrupsiyaga qarshi kurash oyligi munosabati bilan Ingliz tili nazariy aspektlari 2-kafedrasi ustozlari Tursunova Gulchexra va Muratova Dilorom tomonidan tashkil etilib, unda 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tadbirni yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan muovini M.Jakbarov ochib berdi va yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashga chaqirdi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan maʼlumotlar,taqdimotlar, devoriy gazeta va videoroliklar tadbirni yanada tushunarli va qiziqarli boʻlishini taʼminladi. Shuningdek, talabalar oʻzlari qiziqqan savollarga ustozlar tomonidan munosib tarzda javob olishdi.
#fakultet_yangiliklari
@second_faculty_official
Voleybol musobaqasidan qaynoqqina lavhalar🔥
#futbol #rektor_kubogi #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
📸 Sifatli formatda:
📱 @ittifoq_HD
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
6-Noyabr kuni "Jahon adabiyoti’’ kafedrasi mudiri professor G. Xalliyeva va kafedra o‘qituvchisi M. G‘iyosov rektor, professor I.M.Tuxtasinov bilan uchrashishdi.
Uchrashuv davomida M. G‘iyosov AQSH davlatiga yutgan grant loyihasining mohiyati va bu grantning O‘zbekiston oliy ta’lim maskanlarida, jumladan universitetimizda o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga imkoniyatlari haqida axborot berdi.
Rektor I.M.Tuxtasinov "Jahon adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi M.G‘iyosovni AQSH davlatiga grant yutgani bilan tabrikladi va kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan rejalar muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tanlov
Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o'qituvchilari tomonidan "The role of language in shaping cultural identity" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazildi.
Tanlov shartlari belgilangan mavzuda sodda reja asosida insho yozish boʻlib, asosiy e’tibor fikrlar mavzuga mosligi, badiiyligi, savodxonlik darajasiga qaratildi.
Unda fakultet talabalari faol ishtirok etib, oʻz bilimini sinovdan oʻtkazishdi. 1 oy vaqt davomida 50ga yaqin insholar qabul qilindi. Ijodiy ishlar ekspertlar tomonidan belgilangan mezonlar asosida tekshirilib, baholandi.
Eng yaxshi insholar tanlovi natijalariga ko'ra;G'oliblar tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
1-o'rin — Izatullayeva Farangiz 2331-guruh talabasi,
2-o'rin — Muminova Sevinch 2303-guruh talabasi,
3-o'rin — Yusupova Ruhshona 2316-guruh talabasi qo'lga kiritdi.
Ҳудуд: #Тошкент #Юнусобод (метроси)
#компания
📌Сотув бўлими учун менежер-оператор керак.
(таълим соҳасидаги лойиҳаларни экспорт қилишда кўмаклашиш)
🧑💼 Биз сиз учун:
✅ ДАРОМАД ойида камида 1200$;
(изоҳ: ташкилот томонидан бир ой ўқитилади, амалиёт ўтказилади, талаблар қўйилади ва қонуний шартнома қилинади ҳамда ишга нисбатан пропорционал ҳақ тўланади)
✅ Қадриятларга асосланган жамоа;
✅ Малака ошириш ва мартаба ўсиш имконияти;
⏰ Иш вақтлари қуйидагича:
Иш жараёни: тўлиқ офлайн
1-смена: 8:00-8:30 дан 13:30-14:00 гача
2-смена: 14:00 дан 20:00 гача
Биз учун қуйидагилар муҳим:
1. Хушмуомалалик;✅
2. Ишга ўз вақтида келиш;✅
3. Таълимни тушуниш (бу асосийси);✅
4. Ўзбек тилида равон гапириш (шеваларсиз);✅
5. Хорижий тиллардан камида биттасини билишлик✅ (сертификати бўлса қўшимча имкониятлар берилади)
Сотув техникаси ва гаплашув жараёнлари ташкилот томонидан тўлиқ ўргатилади.
Мурожаат учун:
@ShohruxAdxam ёки +998900261972 шу номерга боғланишлигингиз мумкин.
🟦🟦🟦
5-noyabr kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich bitiruvchi talabalarining malakaviy amaliyot himoyasi bo'lib o'tdi.
Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi xodimlari ushbu jarayonda qatnashib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Amaliyotning muvaffaqiyatli yakunlanishi bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o'tagan talaba keyinchalik o'z kasbiy faoliyatida yuqori salohiyatli mutaxassis bo'lish imkoniga ega bo'ladi. Yakuniy natijalarga koʻra, himoya qizg'in baxs munozaralarga boy o'tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
5-noyabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talabalarining malakaviy amaliyot himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlar ushbu jarayonda qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Amaliyotning muvaffaqiyatli yakunlanishi bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tagan talaba keyinchalik o‘z kasbiy faoliyatida yuqori salohiyatli mutaxassis bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi. Himoya qizg‘in bahs munozaralarga boy o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦
5-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyat vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.T.Eraliyeva hamda talabalar ishtirok etdi. Mazkur davra suhbatini Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov ochib berdi.
Mutaxassislar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish zarurligi, ayniqsa, og‘ir turdagi mehnat jarayonlariga bolalarni majburan jalb etish holatlariga barham berish va bu borada yoshlar, ota-onalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etilayotganligi haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbirda mutaxassis sifatida ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.T.Eraliyeva talabalarga majburiy mehnatga jalb etilishning salbiy oqibatlari va bunday holatlarning oldini olish zarurligi to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berib o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi 415-sonli qarori bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil qilindi.
Ushbu tarmoq markazida “Filologiya va tillar o‘qitish”, “Xorijiy til va adabiyot (tillar bo‘yicha)” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti: tillar kesimida” yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
2024-yil 4-noyabr kuni Universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Muxammad Chorievich Chutpulatov va tarmoq markazi direktori Jamila Rustamovna Abduganiyevalar tomonidan tarmoq markaziga qabul qilingan xodimlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Ushbu suhbat samimiy va do‘stona munosabatda o‘tkazildi.
Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kelajak istiqbol rejalari haqida suhbatlashildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 🟦🟦🟦🟦
Rossiya media maktabi tomonidan tashkil qilingan "Интер Новости" loyihasi doirasidagi Moskva shahrida o'tgan amaliyotda O'zDJTU Ingliz tili va adabiyoti 3-fakulteti 4-bosqich talabasi Alisherova Dilshoda ishtirok etdi.
Treningga O'zbekiston bo'ylab 5ta jurnalist va bloggerlar saralanib, ularga televideniye va radio faoliyati ko'rsatildi. Soʻng rus tilida chet ellik jurnalistlar va u yerda faoliyat yuritadigan xodimlar tomonidan seminarlar tashkil qilindi.
Bu loyihaga qatnashish bepul va Rossiyada amaliyot o'tash tashkilotchilar tomonidan 100% qoplab berilgan. Loyiha davomida "Мир24," "BusinessFM," "Russian Radio," "RuTV" va boshqa ommaviy axborot vositlarida amaliyot o'tab, o'zlariga qiziq bo'lgan savollarga javob olishdi. Bundan tashqari, gid hamrohligida Moskva bo'ylab sayohat tashkillashtirildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinishi belgilangan.
#talabalar_teatr_studiyasi
🎭 Ingliz filologiyasi fakultetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida“ "Talabalar teatr studiyalari: Rektor kubogi” koʻrik-tanlovining fakultet saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda hakamlar hayʼati aʼzosi sifatida ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Muhammadjon Isomov ishtirok etdi.
Fakultetning kechki va kunduzgi taʼlim iqtidorli talabalaridan tarkib topgan jami 6 nafar jamoa qatnashdi. Ishtirokchilar oʻz aktyorlik mahoratlarini sahna ko'rinishlari orqali namoyish etib, gʻoliblik uchun oʻzaro bellashishdi.
Tanlov yakunida natijalar hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholandi.✔️ Mazkur tanlov talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga qiziqishlarini yanada oshirish va isteʼdodli talabalarni kashf qilish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.
🥇1-oʻrin — "Avangard jamoasi",
🥈2-oʻrin — "Sharq jamoasi",
🥉3-oʻrin — "Ma’rifat jamoasi".
🏆 Rektor kubogi sport musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
🤔 Xabaringiz bor, avvalroq 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan universitetimiz sportchi talabalari oʻrtasida futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha Rektor kubogi oʻtkazilinayotgani xabar qilingandi.
🔥 Bugun musobaqaning final — universitet bosqichi boʻlib oʻtdi!
⚡️ Finalda universitetimiz fakultetlaridan saralangan 10 ta eng kuchli jamoalar gʻoliblik uchun kurashdilar.
⚽️ Futbol bo‘yicha g‘oliblar:
🥇-oʻrin — 🇺🇿 Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti jamoasi;
🥈-oʻrin — 🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi;
🥉-oʻrin — 🇺🇿 Ingliz tili uchinchi fakulteti jamoasi.
🏆 Musobaqaning final bosqichi gʻoliblari quyidagicha taqdirlanishadi:
🥇-oʻrin — 5,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — 4,000,000 soʻm;
🥉-oʻrin — 3,000,000 soʻm.
🎉 Gʻolib jamoalarni yana bir bor muborakbod etamiz!
🤝 Ishtirok etgan barcha jamoalarga ham oʻz minnatdorchiligimizni bildirib, keyingi musobaqalar va tadbirlarda ham faollikka chorlab qolamiz.
📸 Musoboqadan shu va boshqa sifatli kadrlar bu yerga joylanadi👇
📱@ittifoq_HD
#final #futbol #rektor_kubogi #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
👨⚖️👩⚖️
2-noyabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 34-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Bazarbayeva Albina Mingaliyevnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Rangni ifodalovchi leksika olam haqidagi bilimlarni interpretatsiya qilish vositasi sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc)ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi tashkil etildi.
Dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun
#1nov #madaniyat
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#innoWeek_2024
“InnoWeek 2024” - Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya, Ispaniya, Malayziya kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatidan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.
14-16-noyabr kunlari O‘zEkspomarkazda o‘tadigan ”Innoweek 2024”da biz bilan bo‘ling!
Darvoqe, tadbirning rasmiy sayti www.innoweek.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!
Bizni kuzating
Futbol musobaqasidan qaynoqqina lavhalar🔥
#futbol #rektor_kubogi #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
📸 Sifatli formatda:
📱 @ittifoq_HD
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram