#bugun
Ayol — farzand tarbiyachisi va jamiyat kelajagi. Ayollarga zulm qilmang, zo‘ravonlikka yo‘q deng!
25-noyabr — Butunjahon xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni.
Ushbu sana har bir ayol eʼzozlanadigan, so‘zi tinglanadigan, orzulari kelajak sari yo‘lga aylanadigan dunyoda yashashga loyiq ekani haqidagi navbatdagi eslatmadir!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
25-noyabr kuni Rus filologiyasi fakultetida talabalarni jinoyatchilikdan asrash va ogohlikni oshirishga qaratilgan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv universitet profilaktika inspektorlari — kapitan Sh.Begmetov va M. Nurmuxammedovalar tomonidan tashkil etildi. Ular talabalar bilan muloqotda bo‘lib, kiber xavfsizlikning bugungi kundagi ahamiyati, internetda xavfsizlik choralarini ko‘rish va axborotlardan himoyalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbir davomida inspektorlar tomonidan yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan ogoh bo‘lishlik, turli xil diniy oqimlarga aralashib qolmaslik , taqiqlangan saytlarga kirmaslik uning oqibatlari bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.Barcha talabalar ogohlikka chaqirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, munosib tarzda javob oldilar.
📍Факультет русской филологии 💙
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#yangilik
OʻzDJTU vakili xalqaro ilmiy forumda qatnashdi
Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi dosenti N.M.Djusupov 8-12 oktabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida Tatarston Respublikasi Fanlar Akademiyasi G.Ibragimov nomidagi Til, adabiyot va san’at institutida “Языки, литературы и культуры народов России в современной академической науке” mavzusidagi xalqaro ilmiy forumda ishtirok etdi.
Xorijiy safar davomida universitetimiz vakili Maxsus yosh olimlar ilmiy maktabi «Национальные литературы и культуры в современных исследовательских парадигмах» seksiyasi ishida “Тюркский символ как объект интерпретации в художественном тексте” mavzusida ma’ruza qildi.
#zakovatoʻyinlari
OʻzDJTU Xotin-qizlar masalalari boʻyicha mas’ullar tomonidan “ZAKOVAT” intellektual oʻyini tashkil etildi.
23-noyabr kuni 3-TTJ da Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Joʻrayeva, Xorijiy til va adabiyoti 1-fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Aripova, 3-TTJ tarbiyachi pedagogi G.Zuxurova, “Lider qizlar” klubi koordinatori A.Gʻaniyeva, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha Xojiy til va adabiyoti 1-fakulteti dekan maslahatchisi Sh.Andaqulova mas'ulligida "ZAKOVAT" intellektual oʻyini oʻtkazildi.
#kechki_talimda_tadbir
📌Ingliz filologiyasi fakulteti kechki ta’lim 1-kurs kafedrasi hamda ustoz Dildora Abdukarimova, tyutor Sadoqat Nurullayevalar tomonidan "Millatlar hamdoʻstligi — davlat tinchligining ramzi" mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
👉uzswlu/mFPqsSy_-bO">Batafsil...
🌐Bizning rasmiy sahifalarimiz:
🌐Telegram | 🌐Instagram
#Rektor_kubogi
23-noyabr kuni O‘zDJTU da Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda fakultetlar orasidan saralab olingan jamoalar ishtirok etdi.
QVZ ko‘rik tanlovi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, hamda universitet rahbariyati vakillari, hakamlar jamoasi hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirni rektor ochib berdi, barcha jamoalarga omad tiladi.
Yakunda hakamlarning qaroriga ko‘ra:
🥇1-o‘rin — “Milliard” jamoasi (Ingliz tili filologiyasi fakulteti)
🥈2-o‘rin— “Kosmonavtlar” jamoasi (Sharq filologiyasi fakulteti)
🥉3-o‘rin — “Brothers” jamoasi(Ingliz tili 1-fakulteti) g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib jamoalar quyidagicha rag‘batlantirildi:
💵 1-o‘rin — 5.000.000 so‘m;
💵 2-o‘rin — 4.000.000 so‘m;
💵 3-o‘rin — 3.000.000 so‘m.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#xushxabar #yiltalabasi2024
🌟 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yilning eng faol talabasi-2024” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!
Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun barcha fakultetlardan 44 nafar iqtidorli talaba-yoshlar hujjat topshirishdi. Ular orasidan tanlov nizomi talablari asosida quyidagi talabalar fanlarni o‘zlashtirish natijalari, jamoatchilik ishlaridagi faolligi va erishgan yutuqlari, darslardagi ishtiroki, yetakchilik qobiliyatilariga koʻra, gʻolib deb e’tirof etildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
21-noyabr kuni Italiyaning Sapienza va Messina universitetlaridan kelgan professor-o'qituvchilar hamda Ingliz filologiyasi fakulteti va magistr talabalari bilan birgalikda davra suhbati boʻlib oʻtdi.
O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari N.Sadullayeva, F.Shapsanova va M.Tursunovalar tomonidan tashkil etilgan suhbat davomida Sapienza universitetining Xalqaro marketing bo'limi boshlig'i Andrea Corese universitet haqida qiziqarli va foydali ma'lumotlar berib o'tdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
2024-yil 22-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov, bo‘lim boshliqlari va talaba yoshlar bilan birgalikda Toshkent shahri Olmozor tumanida joylashgan 278-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 278-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, talabadalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan bir qator vazifalar hamda istiqboldagi rejalar kelishib olindi.
Universitet rektori I.Tuxtasinov va 278-maktab direktori G.Akbarova tomonidan hamkorlik shartnomasi imzolanib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Tashrif so‘nggida universitet rektori I.Tuxtasinov maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari va iqtidorli yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rektorimiz tomonidan maktab bitiruvchilari universitetimizga taklif etildi.
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, 278-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘quv-uslubiy tomondan ko‘maklashish maqsadida quyidagi ishlar rejalashtirildi:
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining tajribali professor-o‘qituvchilari hamda maktab o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv
- maktabda tillar markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- maktab o‘quvchilari uchun chet tili bo‘yicha to‘garaklar va o‘quv kurslar tashkil etish, tillar bo‘yicha musobaqa va olimpiyadalar o‘tkazish;
- maktab kutubxonasini xorijiy tillar bo‘yicha lug‘atlar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan xorijiy adabiyotlar, xorijiy tillardagi turli xil badiiy, ertak, hikoya, she’riy kitoblar bilan ta’minlash;
- maktabda xorijiy tillar bo‘yicha master-klasslar va fan olimpiadalarini o‘tkazish;
- bitiruvchi sinf o‘quvchilari orasidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj kambag‘al oila farzandlarini otaliqqa olib ingliz, fransuz va nemis tillaridan oliy ta’limga kirish imtihonlariga tayyorlash va boshqalar.
📺📺🟦🟦🟦
22-noyabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zDJTUda bo‘lib o‘tgan tadbirdan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
Olimpiada bilimlilarni kashf etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida tuzilgan memorondum doirasida oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, harbiy xizmatchilarning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini orttirish, ularda ilmiy-ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish va yuksaltirish, oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, MDHga a’zo davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Xalqaro fan olimpiadalarining final bosqichida ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni saralash maqsadida oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari jamoalari o‘rtasida Ingliz tili fan olimpiadasi tashkil etildi.
🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 03-1370-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 275-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 22-noyabr kuni O‘zDJTUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida. “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi mazkur tadbirda elimizning ardoqli va taniqli adiblari Botirjon Ergashov va Ma’mura Zohidovalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Universitetga tashrif buyurgan adiblar va talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda yozuvchilarga bugungi tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuvda universitetning adabiyotga qiziqqan, yozuvchi hamda shoir va shoira talabalari ishtirok etdi. Shuningdek, talabalar o‘zlarining ijod namunasidan parchalar o‘qib berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔰 Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun navbatdagi mahorat darsi o’tkazildi.
Tadbir avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov talabalarning amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlashda bu kabi mahorat darsi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi.
#fakultetyangiliklari
“Men o'zimni anglaganimda" mavzusida suhbat tashkil etildi.
22-noyabr kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakultetida psixolog Z.T.Xayrullaeva tomonidan talabalarning hayotdagi maqsadlarni belgilash va ular ongiga zararli g'oyalardan himoyalanish muhimligini singdirishga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦 🟦🟦
UNIVERSITET YETAKCHILIGA TANLOV E’LON QILINADI
❗️Tanlovda O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti talabalari hamda professor-o'qituvchilari ( 30 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
✅Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
✅ Tashabbus va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash;
✅ Yoshlarni yetaklay olish qobiliyati,
✅ Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi, liderlik va notiqlik
✅ Hujjatlar bilan ishlay olish ko‘nikmasi;
✅ Kamida 2 ta xorijiy tillarida erkin muloqot qila olish.
✅Imkoniyatlar nimalardan iborat?
Moliyaviy rag‘batlantirish – munosib oylik!
Yoshlar bilan ishlash orqali tajriba va hurmat qozonish!
Universitet hayotining markazida bo‘lish va yetakchilik qobiliyatingizni rivojlantirish!
📌Arizalarni topshirish muddati:
23-noyabrdan 27-noyabrga qadar.
28-29-30-noyabr kunlari suhbat va saralash bosqichi.
Suhbat jarayonida nomzodlar o‘z g‘oyalarini taqdimot shaklida ko‘rsatib berishlari zarur bo‘ladi.
📌Kerakli hujjatlar:
REZYUME (umumiy ma’lumot, 3x4 rasm, tel.raqam ko‘rsatilishi lozim)
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Doniyor Xamdamov (+998 97 711 58 53)ga murojaat qiling!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣
“Qizlar ibosi- millat libosi” koʻrik tanlovida ishtirok eting!
Tanlovda barcha oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari qatnashishlari mumkin. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Birinchi bosqichda ishtirokchilar bugungi zamonga mos milliy, zamonaviy, yoshlarga xos milliy libos obrazida 1 daqiqali qisqa video tayyorlab, Instagramdagi @uzbekligim_ va @eduuzofficial sahifalarini belgilagan holda oʻz sahifasiga joylashtirishi kerak.
Video materiallar 25-noyabrdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi.
Ikkinchi bosqichga saralab olingan tanlov ishtirokchilari tanishtiruv, viktorina, chuchvara tugish va adabiy-badiiy chiqish kabi shartlarda bellashadilar.
Tanlov gʻoliblariga qimmatbaho sovgʻalar diplom va sertifikatlar beriladi!
Tanlovning ikkinchi bosqichi 28-dekabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
💾 Tanlov nizomi
IJTIMOIY TARMOQLAR✅
📺uzbekligim?si=CD7key5zupq3zSjA">YouTube 📱Instagram
🕊Telegram 📱Facebook
😎Bizni kuzatishda davom eting!
#fakultetyangiliklari
10-19 oktabr kunlari OʻzDJTU Ingliz filologiyasi talabalari uchun teatr kuni tashkil etildi.
Ustozlar hamrohligida talabalar Oʻzbek davlat milliy akademik drama teatrida "Momo yer", "Abdulla Qodiriy" spektakllarini tomosha qilishdi va bir olam taassurot olishdi.
“Abdulla Qodiriy" spektakli o'zining tarixiy mohiyati va dramatik chuqurligi bilan tomoshabinlarni o'z davri va voqealari haqida chuqurroq o'ylashga undadi, spektakl tomoshabinlarga Abdulla Qodiriy siymosini qaytadan tanishtirdi va ijodkor hayoti, asarlariga yanada chuqur qiziqish uyg'otdi. "Momo yer" spektakli esa O'zbek teatr sahnasida Chingiz Aytmatov ijodiy chizgilarini betakror tarzda ifodalagan, qardosh qirg'iz xalqining ulug' yozuvchisi ijodiga talabalarda o'tli qiziqish uyg'otgan asar sifatida barchaning yodida qoldi.
#fakultetyangiliklari
25-noyabr kuni OʻzDJTU psixologi Z.Xayrullayeva Rus filologiyasi fakulteti tyutorlari bilan birgalikda talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar holidan xabar olish, yashash sharoitlari bilan tanishish, ushbu xonadonlardagi psixologik iqlim darajasini aniqlashdan iborat.
#xalqarokonferensiya
23-noyabr kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti Zamonaviy rus tili kafedrasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
“Til nazariyasi, lingvodidaktika va metodologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida boʻlib oʻtgan anjuman akademik V.V.Reshetov xotirasiga bagʻishlandi.
Dasturni Rus filologiyasi fakulteti dekani Azizxon Raxmonov ochib berdi. Shuningdek, Zamonaviy rus tili kafedrasi mudiri Nadejda Shakurbanova tomonidan anjuman haqida ma’lumot berilib, ishtirokchilarga iliq tilaklar bildirildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zDJTU delegatsiyasi Braziliyaga ketish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilib, tayyorgarliklar ko‘rayotganligi haqida xabar bergan edik.
23-noyabr kuni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda rahbariyat vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o’tdi.
Yig‘ilishda Braziliyaga xizmat safariga yuboriladigan delegatsiya xizmat safarini amalga oshirish va belgilangan tadbirlarni tashkil etish, tadbirlar davomida YUNESKO 43-sessiyasining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston tashabbuslari to‘g‘risida ma’lumot berish, tadbirlar davomida mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalar hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha targ‘ibot kampaniyalarini amalga oshirish va tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha maslahatlashib oldi.
24-noyabr kuni universitet rektori Ilxomjon Txtasinov boshchiligidagi delegatsiya safarga yo‘l olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#sport #marafon
23-noyabr kuni “Talaba — yugur” musobaqasi kuzgi nihoyalandi.
Koʻngilli yugurish musobaqasining kuzgi mavsumi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 22–23-noyabr kunlari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida oʻtkazildi.
Mazkur musobaqada Toshkent shahrining 40 dan ortiq oliy taʼlim muassasasining 4 284 nafar talaba-yoshlari qatorida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 500 nafarga yaqin talabalari ham ishtirok etdi.
Shungdek, mazkur marafonda Toshkent viloyatining 15 ta oliy taʼlim muassasasidan 2 650 nafar, ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
OʻzDJTU pedagog-xodimlari xorijiy davlatlarda oʻz malakasini oshirib kelishda davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2023-yilda tashkil etilgan Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari tanlovida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan OʻzDJTU Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi dotsenti, PhD Dilnoza Ruzmatova hozirda Angliyaning Aston universitetida ilmiy-pedagogik malaka oshirmoqda.
2️⃣2️⃣2️⃣
22 noyabr kuni 5-son talabalar turar joyida universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Djurayeva, ingliz tili 1-fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova, roman-german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Achilova mas’ulligida xotin-qizlar orasida oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, erta nikoh va uning salbiy oqibatlari, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olishga qaratilgan “Sog‘lom oila, sog‘lom turmush tarzi” mavzusida ma’naviy-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda universitet Tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, tibbiyot xodimi Sh.Saidova ma’ruza bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida, erta nikoh va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari haqida taqdimot asosida ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, tadbir davomida ingliz tili 1-fakulteti “Teatr studiyasi”ning iqtidorli talabalari ishtirokida sog‘lom, ma’naviy muhiti barqaror oila va notinch, nosog‘lom oiladagi farzand tarbiyasi bilan bog‘liq qiyosiy mazmundagi sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis javobini olishdi va tadbir talaba-qizlarda katta taassurot qoldirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tozalik #talaba #atrofmuhit #birgalikda
Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva tashabbusi bilan universitetda tozalikka bo‘lgan mas’uliyatni oshirish maqsadida tashkil etilgan eko-volontyor talabalar loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar boshqa talabalarga ham o‘rnak bo‘lmoqda.
Xususan, fakultetning Kechki ta’lim 1-bosqich 2410-guruh talabalari faollik ko‘rsatishib, targ‘ibot tariqasida birlashishdi.
❗️Hurmatli talabalar, tozalik – bu nafaqat muhitimiz, balki o‘zimiz uchun ham zarur. Universitetda tozalikni saqlash va atrof-muhitni himoya qilish har birimizning burchimizdir.
Sizdan faqatgina dars mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng, qog‘ozlarni va chiqindilarni belgilangan joylarga tashlashingiz so‘raladi. Zero, kichik harakatlar katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
💚 Keling, birgalikda chiroyli va sog‘lom muhit yaratamiz!
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI
Ayni paytda O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazining Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Kenjayeva Adolat Asrorovna Marmara universitetida 18-23 noyabr kunlari o'tkazilayotgan (Istanbul, Turkiya) "Oliy taʼlimda xilma-xillik va ijtimoiy inklyuziya" Erasmus+ xalqaro haftaligida ishtirok etmoqda. Tashrif davomida Marmara universiteti Erasmus+ KA131, KA 171 va KA1 loyihalarida ishtroki bo'yicha tarmoq markaz bilan istiqbolli rejalari tuzildi. Marmara universiteti, Turkiya Milliy Agentligi, hamkor institut va xalqaro ofis vakillari bilan kelgusida tarmoq markaz o'rtasida mutaxassislar almashuvi, malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslarida xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan onlayn va offlayn seminar-mashg‘ulotlar, master-klasslar va seminar-treninglar o‘tkazish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Ushbu haftalik davomida ko‘plab mamlakatlardan kelgan universitet vakillari bilan kelgusida hamkorlik memorandumlarini imzolash rejalashtirildi.
📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻
🚀 Telegram
🔵Facebook
📷Instagram
🟦🟦🟦
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida universitetga tashrif buyurgan adiblar universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududda manzarali va butasimon daraxtlar ekishdi.
Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, oliygoh rahbariyati vakillari bilan birgalikda universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ular ARM, universitetning madaniyat markazida bo‘lib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, O‘zDJTU tarixi, bugunga qadar faoliyati haqida ma’lumotlar va esdalik buyumlar jamlangan O‘zDJTU muzeyi, talabalar uchun yaratilgan kulolchilik markazining ish jarayonlari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasonov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet rektori yozuvchilar uyishmasi a’zolariga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Uchtepa tumanidagi maktablar hamda mahallalargatashrif buyurdi, maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 20/1-867-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan nazorat rejasida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida 22-noybar kuni O‘zDJTUda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Braziliyaga ketish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilib, tayyorgarliklar muhokama etildi.
Unda Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda rahbariyat vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Braziliya tomoni bilan tashrif muddatini kelishish, xizmat safariga yuboriladigan delegatsiya tarkibini shakllantirish, xizmat safarini amalga oshirish va belgilangan tadbirlarni tashkil etish, tadbirlar davomida YUNESKO 43-sessiyasining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston tashabbuslari to‘g‘risida ma’lumot berish, tadbirlar davomida mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalar hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha targ‘ibot kampaniyalarini amalga oshirish, xorij tomoniga O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berish kabi masalalar muhokama etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
20-22-noyabr kunlari O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida “Gender masalalarining OAVda yoritilishi” mavzuida seminar-trening o’tkazildi.
Trening davomida talabalar quyidagi savollarga javob oldi:
• Nega OAVda gender masalalari kam yoritiladi?
• Gender zo’ravonlikni oldini olishda OAVning roli qanday?
• Gender masalalarini OAVda qanday yoritish kerak?
• Stereotip nima?
🟦🟦
22-noyabr kuni Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining bu sonida Ashurova Nigina Alimdjanovna 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayorlangan «Ingliz tilida yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish mexanizmlari» mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Oflayn va onlayn tarzida tashkil etilgan seminarda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Shu kunlarda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi va Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi xodimlari tomonidan belgilangan rejaga muvofiq fakultetlarda keng ko‘lamli o‘rganish va monitoring ishlari olib borilmoqda.
Ushbu jarayonda fakultetlarning maqsadli ko‘rsatkichlarini yanada yuksaltirish, xalqaro reytinglardagi o‘rnimizni mustahkamlash borasida muhim qadamlar tashlandi. Monitoring jarayonida bo‘lim xodimlari barcha fakultet dekanlari va kafedra mudirlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazib, dolzarb masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvlarda fakultetlarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini yanada jonlantirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ayniqsa, Scopus va Web of Science kabi nufuzli bazalarda maqolalar sonini ko‘paytirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lim xodimlari tomonidan har bir fakultetga aniq ko‘rsatmalar berilib, zaruriy yo‘l-yo‘riqlar tushuntirildi. Bugungi monitoring natijalari universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Eslatib o‘tamiz, universitetimiz rahbariyati tomonidan xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishish ustuvor vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt