🔵 REKTOR VA YOSHLAR
OʻzDJTU rahbariga “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj boʻlgan, eʼtibor talab etuvchi 25 nafar yoshlar biriktirilgan.
23-iyul kuni OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov va unga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qilayotgan koʻmakka muhtoj yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Shuningdek uchrashuvda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etdi.
Uchtepa tumanining Birlik mahallasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda tumanning Davlatobod, Katta Choʻponota, Katta Qani, Hamdoʻst, Birlik mahallasidan jami 25 nafar yoshlar ishtirok etdi.
Rektor Ilxomjon Madaminovich yashlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning ehtiyojini soʻradi. Til oʻrganish maqsadi boʻlgan 3 nafar yoshga universitetda ingliz va rus tillari oʻrgatiladigan boʻldi.
Qolgan yoshlarning ham ehtiyojiga yechim topish choralari koʻrilishi taʼkidlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣 🟥🟥🟥 📣
Jurnalistlar uchun xalqaro tanlov
⚡️2024 Thomson Foundation Young Journalist Award❤️🔥
✔️ Tanlov kim uchun: Rivojlanayotgan mamlakatlardan (jumladan, Rossiya, Qozog'iston, Gruziya, Turkiya, O'zbekiston, Belorussiya) 30 yoshgacha bo'lgan yosh jurnalistlar uchun.
💬 Tanlov shartlari:
Ishtirokchilar ariza topshirish muddati tugashidan 12 oy oldin yaratilgan uchta nashr etilgan ishlaridan portfolio yuborishlari kerak. Ular har qanday – bosma, audio, video yoki multimedia formatda taqdim etilishi mumkin.
🏆Tanlovning uchta g'olibi Londonda boʻlib oʻtadigan mukofotlash marosimiga taklifnomani qoʻlga kiritadi (sayohat to'liq qoplanadi).
🔜 Soʻnggi muddat: 2024-yil 9-avgust.
https://www.thomsonfoundation.org/competitions/young-journalist-award/Читать полностью…
#stipendiya #parlament #bundestag
✅ Germaniya Bundestagi universitetlarning yosh bitiruvchilari uchun xalqaro parlament stipendiyasini e’lon qildi.
📶Stipendiya g’oliblari Germaniya parlament tizimining nazariy va amaliy xususiyatlari bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
✅ 2025-yil 1-martdan 31-iyulga qadar dasturda ishtirok etish bilan bog’liq barcha harajatlar germaniya tomonidan qoplanadi.
✅ Nomzodlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
- o’z mamlakatlarida boshqaruv va multiplikatorlik sohalarida faol ishtirok etgan 30 yoshgacha bo’lgan O’zbekiston fuqarosi;
- tugallangan oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
- nemis tilini kamida B2 darajada bilishi;
- siyosat va jamiyat sohalarida o’zaro aloqalarni o’rnatish hamda Germaniya tarixiga katta qiziqishi bo’lishi;
- fuqarolik jamiyati rivojida faol ishtirok etishi.
🇺🇿
OʻzDJTU Grantlar
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Joriy yilning 19-iyul kuni Yaponiyaning Gifu prefekturasi gubernatori Furuta Hajime boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
#diqqat_tanlov
🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!
📣 Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.
🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.
✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni rivojlantiring!
@ilmiy_darajali_kadrlar
0️⃣0️⃣0️⃣ 3️⃣3️⃣3️⃣
Xabaringiz bor, ayni kunlarda oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test sinovlari boʻlib oʻtmoqda.
0️⃣0️⃣0️⃣
Joriy yilning 18-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov poytaxtimiz Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Yuksak martabali mehmon Oqsaroy Qarorgohida Yurtboshimiz tomonidan tantanali kutib olindi. Tashrif doirasida ikki davlat xalqlari uchun o'zaro manfaatli qator hujjatlar imzolandi. Shundan so'ng Anjumanlar saroyida qirg'iz-o'zbek san'at ustalarining katta konserti bo'lib o'tdi. Unda yurtimizda faoliyat olib borayotgan elchilar, davlat arboblari, olimlar, shoir va yozuvchilar qatnashdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
18-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich Moskva davlat lingvistika universiteti (MDLU) vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda MDLU o’quv ishlari bo’yicha prortektor o’rinbosari Grachov Georgiy Valeryevich, MDHga a’zo davlatlar tili va madaniyati direksiyasi rahbari Konev Vyacheslav Vladimirovich va O’quv-metodik boshqarma boshlig’i Axilgina Madina Yuryevna ishtirok etdi.
Muloqot chog’ida rektor tomonidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyati, unda amalga oshirilayotgan islohotlar, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, ta’lim tizimi bilan bogʻliq masalalar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tomonlar o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Faxr
⚡️ Turkiyada "Özbekistan'ın Lider Kadınları" kitobi taqdimoti oʻtkazildi
✅ Joriy yilning 24-25 iyun kunlari Alanya shahrida Turkiyaning "Baygench" nashriyoti Oʻzbekistondagi "Shine" qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan “Oʻzbekistan’ın lider kadınları” kitobining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
✅ Shuningdek, ushbu taqdimotda Sharq filologiyasi fakulteti FXIT2303 guruh 1-kurs talabasi Primova Shaxrizoda ushbu kitob tarjimoni sifatida ishtirok etdi.
✅ Yigʻilishda soʻz olgan "Baygench" nashriyoti rahbari Arslan Bayır bu kabi taqdimot marosimlari ikki millat oʻrtasidagi adabiy, madaniy va doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlashini taʼkidlab oʻtdi.
✨ Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi Shaxrizoda Primovani ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi ish-faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
👨🏫👩🏫
17-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi tashkil etildi.
O'zDJTU ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminarda tadqiqotchi Matenov Rashid Bekimbetovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan ”Формирование навыков употребления синтаксических вариативных единиц русского языка в речи студентов неязыковых вузов” mavzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev rahbarligidagi 9 nafar talabamiz hozirgi kunda Dalian texnologiya universiteti tomonidan tashkil etilgan yozgi maktab dasturi doirasida Xitoyda bo‘lib turibdi.
Universitetimiz vakillari iliq kutib olinib, ular uchun xitoy tili va madaniyatiga oid mashg'ulotlar tashkil etilgan. Bu esa talabalarimizga xitoy tili bo'yicha bilim va ko'nikmalarini yanada yaxshilash imkonini beradi.
Dastur talabalar uchun manfaatli oʻtmoqda va yuqori saviyada olib borilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#yangi_taraqqiyot_davri
Toshkent │Yangi taraqqiyot davri │15 Iyul
Facebook | Instagram | Telegram | Uztv.tv │ Youtube
0️⃣0️⃣0️⃣
2024-yil 16-iyul kuni “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 141-sonida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti, taniqli tarjimon Begoyim Xolbekovaning Ogahiy izdoshlari rukni ostida “Yosh isteʼdod chevurmalaridan maʼlum“ nomli suhbati eʼlon qilindi.
Ma’lumot uchun: Suhbatni “Yangi Oʻzbekiston” muhbiri M.Tojimamatova yozib olgan. Ushbu suhbat bilan gazetaning 6-sahifasida tanishishingiz mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Poytaxt | Qabul-2024: ijodiy imtihonlar
#11july
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
16-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 8-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, prorektorlar va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Dastur davomida Kaxarova Iroda Sidikovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Ingliz va oʻzbek tillarida emotiv, taqlid va modal soʻzlarning lingvopragmatik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, yigʻilishda Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilish masalasi, jumladan, Yoʻldosheva Mamura Baxtiyarovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik “Badiiy tarjimada portret tasvirlovchi til birliklarining lingvomadaniy va lingvostilisktik xususiyatlari” mavzusidagi hamda Xidirova Gulzoda Turdialiyevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Nemis va oʻzbek tillari agrar terminlarining leksikografik tavsifi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi koʻrib chiqildi.
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
26-iyul kuni soat 9:30 da Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yilgi bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi tashkil etiladi.
Tadbirda ishtirok etish ixtiyoriy tarzda boʻlib, ishtirokchilardan ichki tartib-intizom va xavfsizlik qoidalariga amal qilishi soʻraladi va bu nazorat qilinadi.
Tadbirda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan, viloyatda istiqomat qilayotgan talabalar oʻzlariga maʼqul vaqtda diplomlarini olib ketishlari ham mumkin.
📌Manzil: OʻzDJTU Bosh binosi.
💙 🟧🟧🟧🟧
Open Doors at Webster University in Tashkent for Undergraduate & Graduate programs
🤩 If you are passionate about leading your industry and pursuing a bachelor’s or master’s degree at the First American University in Uzbekistan, this event is right for you!
📆 Date: July 26
🕖 Time: 15:00
📍 Venue: Webster University in Tashkent
🔗 Click here to register
🤝 Share the post with your friends who might be interested
@websteruniversitytashkent
📺📺
Yaponiyaning Gifu prefekturasi gubernatori Furuta Hajime boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tashrifidan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Xalqaro_Hamkorlik
Bizni kuzating
Prezident bilan uchrashgan qiz grant asosida o'qishga qabul qilindi
muxbir: Muhammadsiddiq Usmonov
#Farg'ona viloyati
@hududtv
#qabul2024
#magistratura
⚡️ 2024/2025-oʻquv yili MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi
Bizni kuzating
0️⃣0️⃣0️⃣
18-iyul kuni MDLU va Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo’shma ta’lim dasturlari 2024-yil bitiruvchilariga O’zDJTU va hamkor universitetlar diplomlarini topshirish marosimi tashkil etildi.
O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov va MDLU vakili G.Grachovning tabrik so’zlaridan so’ng bitiruvchilarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.
Tadbirda bitiruvchilar bilan birga ularning ota-onalari ham ishtirok etdi. Tadbir yakunida ota-onalar va talabalar ikki universitet rahbarlari va professor-o’qituvchilariga samimiy minnatdorchiligini bildirdi.
Ta’kidlash joiz, OʻzDJTU va MDLU qoʻshma ta’lim dasturi taqdim etadigan diplom O‘zbekiston va Rossiya hududlarida nostrifikatsiyasiz ishlash huquqini beradi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Qoʻshma ta’lim dasturi 6 yil (2019-yil)dan buyon bakalavriat ta’lim yo'nalishida faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar AQSH, Yevropa, Osiyo va Rossiyaning nufuzli universitetlari magistratura yo‘nalishlariga qabul qilingan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
15-iyul kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan eʼlon qilingan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida bakalavr, magistr talabalari hamda doktorantlarning faol ishtirok etishini taʼminlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarni OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor O.Yusupov va Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.Nosirov ochib berdi. Soʻng “El-yurt umidi” jamg'armasi stipendiyasi 1-ochiq tanlovi haqida umimiy ma’lumot taqdim etildi.
Jamg'armaning asosiy maqsadini yoritish va o’z tajribasi bilan boʻlishish uchun seminarga stipendiya tanlovi g‘oliblari taklif etildi. Jumladan, Sh.Tagaev o’z taqdimotida tanlov qay tarzda o‘tkazilishi, tanlovda qatnashish uchun arizalarni topshirish jarayoni, arizalarni ko‘rib chiqish va baholash mezonlari haqida batafsil tushuntirish berib oʻtgan boʻlsa, A.Askarova tanlovda ishtirok etish uchun talab qilinadigan hujjatlar to‘ldirish hamda onlayn ariza topshirish jarayoni bo’yicha amaliy ko‘rsatmalar berdi. D.Karimova doktorantlarga dissertatsiya mavzusini tanlash, ilmiy rahbar topish, ilmiy tadqiqot ishini yozish, adabiyotlar sharhini rejalashtirishning asosiy tamoyillari va samaradorlikka erishish boʻyicha maslahatlar bilan boʻlishdi.
👨🏫👩🏫
17-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi dissertatsiya muhokamasi tashkil etildi.
Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminarda tayanch doktorant Abdurasulova Nilufar Abdusalim qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Формирование иноязычной дискурсивной компетенции в сфере устного общения у учащихся средних общеобразовательных школ” mavzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti vakillari ayni kunda Italiyada boʻlib turibdi.
Fakultetning Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi R.Abduzohirova va kafedra magistranti M.Otaxonova Italiyaning Perudja xorijliklar universitetida malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.
Shuningdek, italyan tili yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar D.Mirzaahmedova, Sh.Inagamova va M.Amriddinova ham mazkur universitetda grant asosida 3 oylik til va turizm kursida oʻqib kelyapti.
Mazkur hamkorlik dasturi universitetimiz vakillariga Perudja xorijliklar universiteti faoliyatini oʻrganish, unda amal qiladigan ta’lim tizimiga kiritilgan yangiliklar bilan tanishish, oʻz dunyoqarashi va bilim doirasini kengaytirish imkonini beradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📢 #innoweek
🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari, xodimlari va professor-o‘qituvchilari diqqatiga!
🗓 "InnoWeek.Uz-2024" doirasida ichki va tashqi bozorlarga chiqish maqsadida davlat hamda xususiy muassasalar tomonidan maket yoki prototip ko‘rinishida eng zo‘r mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalarni namoyish qilish ko‘rgazmasini o‘tkazish rejalashtirilgan.
🌐 Ushbu rejaga binoan Universitetning ilmiy va innovatsion ishlanmalar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
🇺🇿
🇺🇿
OʻzDJTU Yoshlari
3️⃣3️⃣3️⃣
Ayni kunlarda respublikamizdagi 73 ta katta sig‘imli yopiq binolarda oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test sinovlari boʻlib oʻtmoqda.
👨🏫👩🏫
16-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 9-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, prorektorlar va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Dastur davomida Bayjanova Oqila Iskandarovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Ingliz va oʻzbek diplomatlar nutqida ritorikaning chogʻishtirma tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi
himoyasi oʻtkazildi.
#brifing
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova shu mavzuda kelayotgan savollarga javob berdi:
00:27 O‘qishimni viloyatimga ko‘chirayotgan edim. Qaysi elektron tizim orqali o‘qishni ko‘chirish uchun ariza bersam bo‘ladi?
01:07 O‘qishni ko‘chirish uchun qanday hujjatlar tayyorlashim kerak?
01:57 Yaqinda turmush qurganman, turmush o‘rtog‘im viloyatda yashaydi. Shu sababli o‘qishimni viloyatimga ko‘chirsam bo‘ladimi?
02:55 2 yildan beri Qozog‘istonda tahsil olaman. O‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirsam bo‘ladimi?
04:02 Grantda o‘qiyman o‘qishni ko‘chirganimdan keyin "kontrakt" bo‘lib ko‘chmaymanmi?
04:52 Talaba xorijiy tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishida 1-kursni tamomladi. Shu yo‘nalishda sirtqi ta’lim mavjud bo‘lmagani sababli u o‘qishini boshqa universitetning ingliz filologiyasi yoki tarjima nazariyasi yo‘nalishining sirtqi ta’limiga ko‘chirmoqchi. Buning imkoni bormi?
05:33 Qachondan boshlab ta’lim shaklini sirtqiga ko‘chirish uchun ariza topshirsa bo‘ladi? Arizani onlayn topshirsa bo‘ladimi?
Bizni kuzating