"Yangi O'zbekiston" bogʻida tashkil etilgan "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasidan tayyorlangan videolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🏆🏆🏆👨🏫👩🏫4⃣📚
🇺🇿 28-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tadqiqotchisi Abdullayev Farxod Xabibullayevichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz va oʻzbek tergovchilari nutqidagi ritorikaning chogʻishtirma tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi.
Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.
Ilmiy rahbari filologiya fanlari doktori, professor Samigova Xushnuda Botirovnani ham muborakbod etamiz! 👏
28-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tadqiqotchisi
Avezov Elbek Toʻrayevichning dissertatsiya himoyasi bo'lib o'tdi.
10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Amerika va oʻzbek adabiyotida badiiy psixologizm tamoyillari” (O.Genri va Utkir Hoshimov hikoyalari misolida) mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo'ldi.Ilmiy rahbar filologiya fanlari doktori, dotsent Umarova Maxliyo Yunusovnani ham tabriklaymiz.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Joriy yil 26-27-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri rahbarligidagi turli vazirlik va idoralar, jumladan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari O.Maxkamov, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov, Qoʻqon Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti rektori R. Tojiev hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori N. Аbdullaevlardan iborat Hukumat delegatsiyasi aʼzolari Oʻmon Sultonligiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Oʻmon Sultonligi Oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar vazirligi, dunyo reytingida 362 oʻrinni egallab turgan Sulton Qobus universiteti, Oʻmon Sultonining Devoni huzuridagi Sulton Qobus nomli Madaniyat va taʼlim oliy markazi, Аrxiv va qoʻlyozmalar milliy agentligi va “Atyab Food Tech Investment” kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Muloqotlar natijasida quyidagilarga erishildi:
✅Oʻmon Sultonligi Oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar vazirligidagi muloqot chogʻida oʻzaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha ikki tomonlama shartnoma imzolanish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va ilmiy anjumanlarni tashkil qilish, talaba va oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
✅Oʻmon Sultonining Devoni huzuridagi Sulton Qobus nomli Madaniyat va taʼlim oliy markazi raisi Habib ar-Rayamiy bilan muzokaralarda 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab har yili kamida 20 nafar Oʻzbekistonlik arab tili oʻqituvchilariga malaka oshirish kurslariga grantlar ajratilishi, arab tilini masofaviy oʻqitish boʻyicha elektron platformadan bepul foydalanish va Oʻzbekistonlik olimlarning oʻquv va ilmiy ishlarini yuklash va boshqa takliflar muhokama qilindi.
✅Oʻmon Sultonligi Аrxiv va qoʻlyozmalar milliy agentligidagi uchrashuvda har ikki tomon mutaxassislari va professor-oʻqituvchilar ishtirokida qoʻlyozmalarni tadqiq etishga bagʻishlangan ilmiy loyihalarni amalga oshirish va qoʻlyozmalarni restavratsiya va konservatsiya qilish borasida tajriba almashishni yoʻlga qoʻyishga kelishildi.
✅Xalqaro reytingda 362-oʻrinni egallab turgan Sulton Qobus universiteti bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash, bunda qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, talabalar akademik almashinuvini amalga oshirish, hammualliflikda darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, lugʻatlar, jumladan, elektron lugʻatlar tayyorlash, tarjimashunoslik va boshqa sohalarda qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirishga kelishildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
27-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining navbatdagi 11-son yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastur avvalida O‘zDJTU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Qaror, Farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaror, Farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarorlari va buyruqlari, universitet tomonidan bajariladigan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati, Kengash qarorlarining bajarilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, A.Navoiy va Islom Karimov Davlat stipendiyasiga universitet talabalari tarkibidan nomzodlarni tavsiya etish masalalari to‘g‘risida hisobot berildi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Bugun 27-iyun kuni Samarqand shahridagi Hilton Samarkand Regency mehmonxonasida Butunjahon yoshlar festivali doirasida “Global taʼlim forumi” boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur forumda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari ham ishtirok etmoqda.
Forumda oliy taʼlimdagi islohotlar, muammomlar va yechimlarga qaratilgan boʻlib, turli mamlakatlarning yetakchi mutaxassislari va olimlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#mahalla_yangiliklari
Milliy jurnalistikamizning jonkuyar ijodkori.
🗓 26.06.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
Studiya 24 | Ommaviy axborot vositalari - jamiyat ko`zgusi
#27june #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Masofatalim™ kanali bilan faol hamkorlikda ishlaydigan oliy ta’lim muassasalarining matbuot kotiblari
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ushbu sohada faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni tabriklaymiz!
Shu o‘rinda, o‘zimizning yo‘nalishdan kelib chiqib, Masofatalim™ Telegram kanali bilan faol hamkorlik qilayotgan oliy ta’lim muassasalarining matbuot kotiblarini e’tirof etishni lozim topdik.
Bunda kanalimizga kelib tushgan talabalarning murojaatini befarq qoldirmay, OTM rahbariyatini xabardor qilib, ularga amaliy yordam berish, tanqidiy xabarlarni to‘g‘ri qabul qilib, munosabat bildirish, va eng asosiysi, ochiqlik hamda muloqot kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, oʻzlari ishlaydigan OTM faoliyatini yoritib borishdagi mehnatlari ham inobatga olindi.
Izoh: mazkur post boshqa oliy ta’lim muassasalarining matbuot kotiblari faoliyati qoniqarsiz ekanini anglatmaydi.
@masofatalim
Ustoz jurnalistlar yodga olindi
muxbir: Muxlisa Abdujalilova
#Toshkent shahri
@hududtv
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini 1988-1992 yillarda o'qib bitirgan talabasi Rustamova Elza Ingliz filologiyasi fakultetiga tashrif buyurdi.
Mehmon bilan talabalik davrining unutilmas xotiralari, universitetning yangi qiyofasi haqida suhbat qurildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
💻💻💻 | 60320200-Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun ijodiy (kasbiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni
Читать полностью…💻💻💻 | 60320100-Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi uchun ijodiy (kasbiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni
Читать полностью…1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Joriy yilning 25-iyun sanasida “Ruipan” xalqaro taʼlim texnologiyalari tashkiloti vakillari hamda OʻzDJTU Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A. Nasirov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Shanxay shahar qurilish kasb-hunar kolleji bilan oʻzaro madaniy almashinuv loyihasi doirasidagi xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda kelajakda turli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, talaba va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Shundan soʻng tashkilot vakillari Sharq filologiyasi fakultetining Xitoy filologiyasi kafedrasi 2 nafar oʻqituvchilari va 8 nafar talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Unda 2024-yil 26-iyundan 11 iyulga qadar Xitoydagi “ Shanxay shahar qurilish kasb-hunar kolleji Campus”ida boʻlib oʻtadigan yozgi oromgoh haqida toʻliq maʼlumot berildi va kerakli tavsiyalar aytib oʻtildi.
2️⃣2️⃣2️⃣
#xalqaro_ilmiy_anjuman
Konferensiyada
O’zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti “Koreys filologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi
Sobirov Elbek Davron o’g’li
“INFLUENCE OF AI TO EDUCATE KOREAN LANGUAGE TO YOUNG LEARNERS: AS A FOCUS TO INTERACTIVE TEACHING”
ma’vzusida ma’ruza qilib xalqaro konferensiyaning maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
2024-yil 29-iyun kuni soat 07:00 da "Yangi O'zbekiston" bogʻida "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi.
Unda O'zDJTU dan 50 nafarga yaqin talabalar musobaqada ishtirok etish uchun tavsiya etildi.Musobaqa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashining 2024-yil 21-iyundagi 18-sonli xatiga asosan tashkil etildi.
28-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tadqiqotchisi Abdullayev Farxod Xabibullayevichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz va oʻzbek tergovchilari nutqidagi ritorikaning chogʻishtirma tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi.
Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#hisobot_majlisi
⚡️ Joriy yilning 26 iyun kuni Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh.Xakimova, 27 iyun kuni Yapon tili filologiyasi kafedrasi mudiri N.Mirvahidovna, hamda 28 iyun kuni Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Ji.Mun.Gun tomonidan yil yakuni bo'yicha kafedra hisobot majlisi bo'lib o'tdi. Yigʻilish davomida kafedrani yutuq va kamchiliklar aytib o'tildi.
☑️ Shuningdek, kelgusi o'quv yiliga qanday tayyorgarlik ko'rish haqida fikrlar bildirildi.
☑️ Shu bilan birga Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar hamda xalqaro, maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari shuningdek, kafedrada faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarning o'quv yili so'ngida tayyorlangan hisobotlari qabul qilib olindi.
Bizni kuzating
📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining taqdirlash qismidan fotoreportaj
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Joriy yilning 27-iyun kuni Ingliz tili nazariy aspektlari 3 kafedrasi
mudiri Axmadaliyeva Xosiyatposhsho Abduxayotovna tomonidan yil yakuni bo'yicha kafedra hisoboti majlisi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida kafedrani o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy hamda ma'naviy ishlar bo'yicha yutuq va kamchiliklar aytib o'tildi.
Shuningdek, Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani T.S. Ismailov kelgusi o'quv yiliga qanday tayyorgarlik ko'rish haqida taklif va tavsiyalar berildi.
👨🏫👩🏫
27-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishida tayanch doktorant Komilova Gulmira Olimovnaning 10.00.06– Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Bilingual sheʼriyatda lingvopoetik vositalarning qiyosiy tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Kafedra muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, savollarga asosli javob berdi. Rasmiy va norasmiy taqrizchilar tadqiqotchiga oʻz tavsiyalarini berishdi.
Tayanch doktorant Murodova Dilnavoz Nizomovnaning 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi asosida yozgan “Fenimor Kuper romanlarida hindular obrazi poetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga berilgan taqrizlardagi taklif-mulohazalar yuzasidan amalga oshirgan tuzatishlari boʻyicha hisoboti tinglandi. Dissertatsiya keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#xush_xabar
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi mudiri Babaniyazova Nargiza Po'latovnaning Buyuk Britaniya xalqaro nashriyoti — Routledge tomonidan kitobi chop etildi.
Ma'lumot uchun: Routledge - yirik ilmiy nashriyot uyi hisoblanib, asosan, gumanitar va ijtimoiy fanlar bo'yicha akademik kitoblar, jurnallar va onlayn resurslarning global nashriyotchisi hisoblanadi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan Nargiza Po'latovnani chin dildan qutlaymiz. Ularning kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟥🟥🟥
Qadrli jurnalistlar, ustozlar va jurnalist talabalar!
Avvalo siz, azizlarni kasb bayramingiz, 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugungi davrning axborot asri deyilishi ham bejiz emas. Аxborot globallashuvi davrida mediamakonda oʻz oʻrniga ega mutaxassis boʻlish va toʻgʻri, xolis axborotni tezkorlik bilan auditoriyaga yetkazib berish eng masʼuliyatli vazifalardan hisoblanadi.
Yangi Oʻzbekistonimizda olib borilayotgan keng islohotlar, amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar toʻgʻrisida respublikamiz aholisini, jahon hamjamiyatini oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek, dunyo axborot maydoni globallashuvi sharoitida sodir boʻlayotgan voqealarga tez va xolis munosabat bildira olishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash eng asosiy vazifalarimizdandir. Bu vazifani ado etishda universitetimizda faoliyat olib borayotgan ustoz jurnalistlarning hissasi katta. Sizlarning mehnatlaringiz evaziga biz bugun anʼanaviy bilim va koʻnikmalar bilan birga, innovatsion tafakkur, sohaga oid texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan kadrlar tayyorlashga erishmoqdamiz. Buning uchun siz aziz ustozlarga oʻz minaddorchiligimni bildiraman!
2️⃣2️⃣2️⃣
25-iyun kuni OʻzDJTUning Xalqaro jurnalistika fakulteti tashabbusi bilan fakultetning ilk tamal toshini qoʻygan ustoz jurnalist xotirasiga bagʻishlab badiiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy qizmi ustoz jurnalist Boyboʻta Doʻstqorayev haqida uning zamondoshlari, shogirdlari tomonidan yozilgan kitob taqdimotiga bagʻishlandi.
Tadbirda ishtirok etganlar Boyboʻta Doʻstqorayevning ilmiy maqolalari, faoliyati davomida erishgan yutuqlari, jurnalistika rivojiga qoʻshgan hissasi haqida soʻzlab oʻtdi.
Shuningdek, tadbir davomida Boyboʻta Doʻstqorayev hayotiga bagʻishlab suratga olingan qisqa metrajli film namoyish etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Maykop shahrida joylashgan, Adigey Davlat universitetida 2023-2024 o‘quv yili uchun 20 nafar bitiruvchi kurs talabalariga yakuniy bitiruv malakaviy ishlar himoyasi 25-26-iyun kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Bitiruv malakaviy ishi himoyasida talabalar tomonidan tanlangan mavzular bo‘yicha qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘luvchi taklif va mulohazalar keltirildi. Shuningdek, ADUning komissiya a’zolari va O'zJDTU, QTD bo'lim nomidan borgan A.Abidjanov
tomonidan bitiruv malakaviy ishlar obyektiv baholanmoqda.
💻💻💻 | Программа творческих (профессиональных) экзаменов и критерий оценки для образовательному направлению бакалавриата 60320200-информационный службы и связи с общественностью
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻💻💻 | Программа творческих (профессиональных) экзаменов и критерий оценки для образовательному направлению бакалавриата 60320100-Журналистика (по видам деятельности)
Читать полностью…#qabul2024
#abituriyent
Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi
Bizni kuzating
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti rahbar-xodimlari va professor o’qituvchilari joriy yilning 24 iyun kuni Buyuk Britaniya Portsmut universitetida mutaxassislik bo’yicha malaka oshirish kursini boshladilar.
Shuningdek, Portsmut universitetining professor o’qituvchilari bilan yaqindan tanishib, ta’lim samaradorligini oshirish bo’yicha fikr almashmoqdalar.
Eslatma: Portsmut universiteti QS ranking bo’yicha 2024 yil holatiga 631 o’rimni egallab turibdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
25-iyun kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchilari N.Nuritdinova va G.Sabirovalar 2024-yil 15-apreldan 15-mayga qadar Jazoir davlati ,, El-Oued” Universitetida 1 oy davomida malaka oshirish kurslarini oʻtab qaytishgani munosabati bilan seminar tashkil qilindi.
Seminarda kafedra professor – oʻqituvchilari va Fransiyalik hamkorlar Xalqaro birdamlik va taʼlim assotsiatsiyasi (A.S.I.E) asoschisi janob Alen Payen va xalqaro taʼlim administratori Emmanuel Dufur xonimlar qatnashdilar.144 soatlik malaka oshirish kurslarini tinglab imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib shahodatnoma olib qaytgan kafedra oʻqituvchilari chet elda olgan malaka va koʻnikmalari, uslublari bilan oʻrtoqlashdi.