#qabul2024 #foydali #ovozli_chat
⚡️Joriy yil kollej yoki texnikumga kirish istagida bo‘lganlar ham 25-iyunga qadar OTM bakalavriati uchun talabgor abituriyentlar qatori bir vaqtda (5–25-iyun kunlari) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan bugunga qadar Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida 4 ta ovozli chat o‘tkazilib, mavzuga doir barcha savollarga javob berilgan.
1-OVOZLI CHAT: 2024-yil 4-iyun kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi
➖➖➖
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining qadrli jamoasi, professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari!
Barchangizga bagʻrikenglik, muruvvat, doʻstlik va hamjihatlik kabi olijanob fazilatlarni va ezgu qadriyatlarni o’zida mujassam etgan qutlugʻ ayyom — Qurbon hayiti muborak bo’lsin.
Mana shunday fayzli va barakotli kunlarda sizlarga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman.
Ilohim, barcha pok niyatlarimiz amalga oshsin!
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺 📺📺 📺📺
15 iyun kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va kafedra mudiri Ji Mon Gun Oʻzbekiston 24 telekanalining informatsion dasturi orqali “Oʻzbekiston – Koreya: innovatsiya va taʼlim sohasidagi hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda” mavzusida intervyu berdi.
#15june #uzbekiston24
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥
Barcha yurtdoshlarimizga Arafa muborak bo‘lsin!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyida 14-iyun kuni boʻlib oʻtgan “Bitiruvchi-2024” bayramidan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4⃣📚
14-iyun kuni OʻzDJTU huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashda tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini koʻrib chiqish, muhokama qilish, tahlil etish va tasdiqlash boʻyicha 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, professor Laylo Tolibjonovna Axmedova raisligida aʼzolar tomonidan tadqiqotchilarning mavzulari, ilmiy ishlarning dolzarblik darajasi, bugungi kundagi oʻziga xos ahamiyati haqida gapirilib, kerakli mulohazalar berildi.
Tadqiqotchilar Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashida oʻz mavzularini muhokamadan oʻtkazdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Talabalar turar joyidagi vaziyat oʻrganildi.
14-iyun kuni O'zDJTUning talabalar turar joyiga Oliy sud raisi oʻrinbosari Sh.T.Polvonov, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sud raisi E. G. Xojakulov, Uchtepa tumani jinoyat ishlari boʻyicha sud raisi D.T.Kamilov, Uchtepa tumani IIOFMB D.M. Mirsadikovlar talabalar holatini oʻrganish maqsadida tashrif buyurdi
Tashrif davomida universitet rektori Ilhomjon Toʻxtasinov talabalarga yaratilgan sharoitlarga toʻxtalib, besh muhim tashabbus doirasida foydalanishga topshirilgan IT, sport, qizlar uchun tikuv xonalari va jihozlari haqida gapirib oʻtdi. Universitetda tashkillashtirilgan “Qalqon” guruhi haqida maʼlumot berib, ular TTJ osoyishtaligiga masʼul ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, Uchtepa tumani bilan hamkorlikda qurilayotgan yangi talablar turar joyi haqida maʼlumot berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Ovozli_chat #qabul2024
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi
Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.
Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.
Chatga ulanish: 👉/channel/BaholashUz?livestream
❕ Eslatma: oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasligi so‘raladi.
Bizni kuzating
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ⚖️👨💻👩💻💬
13-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Qiyosiy filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Oʻzbekiston -Germaniya Ilmiy Jamiyati bilan birgalikda tashkil qilindi. Anjumanda respublikamiz oliy taʼlim muassasalaridan tashqari Germaniya Federativ respublikasi, Rossiya, Turmaniston, Ozarbayjon, Jazoir Xalq demokratik respublikalari oliy taʼlim massalaridan 100 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va doktorantlar qatnashdilar.
Konferensiya quyidagi shoʻbalar asosida boʻlib oʻtdi:
1. Qiyosiy tilshunoslik (fonologiya, grammatika, leksikologiya, frazeologiya va stilistika)ning dolzarb masalalari.
2. Qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari.
3. Tarjimashunoslikning dolzarb masalalari.
4. Leksikografiya va terminografiyaning dolzarb masalalari.
5. Madaniyatlararo muloqot va lingvokulturologiyaning dolzarb masalalari.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 12-iyun kuni OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov Germaniyalik professor, Germaniya—Oʻzbekiston Ilmiy jamiyati ish boshqaruvchisi Johannes Keller-Xerder va jamiyat aʼzosi Viktoriya Keller-Xerderlarni qabul qildi.
Ular mashhur folklorshunos Gabriele Xerder farzandlari boʻlib, ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshganlar.
Muloqot chogʻida tomonlar nemis tilini oʻqitishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Professor Johannes Keller-Xerder universitetga 20 yillik mehnat mahsuli boʻlgan Germaniyada chop etilgan oʻzbek tilidagi 2 tomlik, mingga yaqin ertaklarni oʻz ichiga olgan “Oʻzbek sehrli ertaklari izohli katalogi”ni sovgʻa sifatida taqdim etdi.
Joriy yilning 12-iyun kuni, AQSHning Arizona universitetidan " Yozgi lager" dasturi doirasida tashrif buyurgan talabalar O'zJDTU, qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘lim talabalari bilan do'stona munosabat qurishdi.
Ko'rishuv jarayoni juda qiziqarli va mazmunli bo'ldi, jumladan sayr qilindi, undan so'ng mehmon talabalar mezboning uyiga kelib o'zbegimizning milliy taomi bo'lmish, "palov" ni birgalikda pishirishdi.
0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣
🏆2024-yil 12-iyunda Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan e’lon qilingan “THE Impact Rankings -2024” reytingida O‘zbekiston Respublikasining 53 ta oliy ta’lim muassasalari qayd etildi.
🤔Mazkur ro‘yxatda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti umumiy hisobda 1501+ natijani qayd etdi va BRM bo‘yicha qo‘yidagi ko‘rsatkichlarga erishdi:
👨👩👧👦 BRM 1 “Kambag‘allikni qisqartirish” maqsad bo‘yicha 801+ o‘rinni egalladi:
🟰 BRM 5 “Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” maqsad bo‘yicha 401+ o‘rinni egalladi:
🌊 BRM 6 “Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash” maqsad bo‘yicha 601+ ko‘rsatkichlariga erishdi:
🎯 BRM 17 “Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik ” maqsad bo‘yicha 1501+ ko‘rsatkichlariga erishdi.
✔️Bu universitet jamoasining hamjihatlikdagi mehnati natijasidir!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
6-18-iyun kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti doktorant, tayanch doktorant va stajyor tadqiqotchilarning “2024-yil yarim yilligi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini muhokamadan oʻtkazish maqsadida Doktorantlar uyushmasi” oʻz ish faoliyatini boshladi.
Uyushma yigʻilishini universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Yusupov Otabek Yakubovich ochib berib, uyushma nizomi, maqsadi, vazifalari, ish faoliyati va rejasi bilan tanishtirdi. Anʼanaga muvofiq doktorantlar uyushmasining bu galgi yigʻilishlarini oʻtkazish uchun uyushma raisi va kotibi aʼzolar tomonidan ochiq ovoz berishi yoʻli bilan saylandi.
Uyushma faoliyatining dastlabki kunini 3-bosqich tayanch doktorantlari oʻz ilmiy tadqiqotlari natijalari xususidagi taqdimotlari muhokamasi bilan boshlab berishdi. Taqdimotlar savol-javoblar va taklif-mulohazalar bayoni ketma-ketligida tashkil etilgan muhokamalar qizgʻin munozaralar, bilim va tajriba almashinuviga boy boʻldi.
#xalqaro_reyting
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglarga kirishining ahamiyati nimada?
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
Ayni damda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 2024-yil 6-iyundan 18-iyungacha doktorant, tayanch doktorant va stajyor tadqiqotchilarning «Doktorantlar uyushmasi»da hisobot taqdimoti bo’lib o'tmoqda.
Ushbu hisobot taqdimotida tadqiqotchilar o'z ilmiy faoliyatlari yuzasidan taqdimotlarini namoyish etib, o'zaro ilmiy munozara o'tkazishadi.
“Doktorantlar uyushmasi”da ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor O.Yusupov hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i K.Muradkasimova tadqiqotchilarga o'z taklif va tavsiyalarini berib o'tishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Jurnalist bo’lmoqchimisiz?
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti — eng to’g’ri tanlov.
Fakultetda 3 xil ta’lim shakli:
1.Kunduzgi
2.Kechki
3.Sirtqi
5 xil yo’nalish:
• 1. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar.
• 2. Sotsiologiya
• 3. Xalqaro jurnalistika
• 4. Xalqaro munosabatlar
• 5. Siyosatshunoslik
mavjud bo’lib, o’z sohasining yetuk va malakali ustozlaridan saboq olish imkoniyatiga ega bo’lasiz!
Qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qiling.
+998955104144
+998955094144
+998955034144
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
11-iyun, OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ilmiy ishlar boʻyicha dekan muovini I.Bazarov hamda Ingliz tili integrallashgan kursi N°2 kafedrasi oʻqituvchilari tashabbusida fakultet talabalari oʻrtasida fan olimpiadasi oʻtkazildi.
Ishtirokchilar 3 koʻnikma (listening, reading, speaking) boʻyicha saralandi.
Olimpiada yakunida:
3-bosqich 2123-guruh talabasi Sattorova Madina g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa, keyingi o'rinlarda 3-bosqich 2105-guruh talabasi Isomiddinova Sarafro'z, 4-bosqich 2027-guruh talabasi Turdaliyeva Mohlaroyim hamda 2-bosqich 2201-guruh talabasi Odiljonova Sarvinozlar e'tirof etildi.
Gʻoliblar Ingliz tili 2-fakulteti dekani B.Kulmatov tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟧🟧🟧🟧🟧
O’zbekiston davlat jahon tillari universitet qabul komissiyasi Call markazi o’z faoliyatini davom ettirmoqda.
Call markazga qo’ng’iroq qilayotgan barcha talabgorlarga 2024-yil uchun qabul masalalari, xususan, universitet haqida boshqa ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda. Shuningdek, oliygoh haqida batafsil bilmoqchi bo’lib, O’zDJTU asosiy binosiga tashrif buyurgan abituriyentlar bilan ham Qabul komissiyasi xodimlari tomonidan suhbatlar tashkil etilyapti.
Rossiya Federatsiyasi Кislovodsk shahridagi "O'zbekiston" sanatoriyasida "Dam olish – davolanish – bilim olish – malaka oshirish" loyihasi amalga oshirildi.
Mazkur loyihada O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti professori, pedagogika fanlari doktori Ahmedova Laylo Tolibjonovna ham ishtirok etdi.
2-iyundan 13-iyungacha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xo'jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi Shimoliy Kavkaz institutida "O'zbekiston – 2030 strategiyasi: maqsadlar, vazifalar va ustuvorliklar" dasturi bo'yicha malakasini oshirdi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
⚡️⚡️⚡️
14-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyida “Bitiruvchi-2024” bayrami boʻlib oʻtdi.
Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich hamda universitet rahbariyati vakillari, akademik litseyidagi barcha pedagogika sohasi vakillarini, fidoyi professor-oʻqituvchilarni va litsey bitiruvchi oʻquvchilari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida universitet rektori soʻzga chiqib, barcha bitiruvchilarni tabrikladi va eng faol bitiruvchilar va “Rektor stipendiyasi” gʻolibi boʻlgan oʻquvchilarni taqdirladi.
Maʼlumot uchun: Hozirda 508 nafar oʻquvchi tahsil olayotgan universitet qoshidagi akademik litseyning 259 nafari bitiruvchi bosqich oʻquvchilari boʻlib, ularning 10 nafari xorijlik oʻquvchilar hisoblanadi. Bitiruvchi bosqich oʻquvchilarining 157 nafari CEFR imtihonlarida ishtirok etib, natijada oʻquvchilarning 96%i til bilish sertifikatiga ega boʻlishdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ⚖️👨💻👩💻💬
13-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan “Qiyosiy filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
14 июня, преподаватели кафедры общее языкознание Мадаминова Н.Р. Алимарданова Ш.А, Галямова А.Р. совместно с СОП при УзГУМЯ провели мероприятие со студентами 1 курса на тему: "Информационная безопасность"
В ходе мероприятия была проведена беседа о важности соблюдения информационной безопасности в сети Интернет, а также продемонстрирована презентация на данную тему. Все студенты активно принимали участие в беседе.
🤝🌏👨🏫👩🏫
Ayni kunlarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oʻqituvchilari Turkiyaning Yildiz Technical Universitetida oʻquv kurslarida malaka oshirmoqda.
2024-yilning iyun oyida reja asosida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasining 2 nafar professor-oʻqituvchilari — Dilnoza Kholikova, Malokhat Sharipovalar dunyoning top 1000 taligiga kirgan Turkiyaning Yildiz Technical Universitetida malaka oshirishmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
⁉️Jurnalist bo’lmoqchimisiz?!
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti — eng to’g’ri tanlov!
#talabalarijodi
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
3️⃣3️⃣3️⃣
📞 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining qabul komissiyasi abituriyentlarning barcha savollariga quyidagi telefon raqamlari (Call center) orqali javob berishmoqda:
+998955104144
+998955094144
+998955034144
🌐 OʻzDJTU rasmiy telegram kanali:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 5️⃣5️⃣5️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli bakalavr hamda magistrlari talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari (Alisher Navoiy, Islom Karimov) tanlovlari uchun hujjatlarni qabul qilish ishlari davom etmoqda.
12-iyun kuni Tarjimonlik fakulteti dekani U.R.Yo'ldoshev, Ilmiy va innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini M.N.Musabekova, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedra mudiri J.R.Abduganiyeva, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedra mudiri K.S.Qodirova va TING2109-guruh U.Abdushukurova, V.Shukurova, Sh.Sharofova hamda TARB2143-guruh talabalari Z.Meliqo‘ziyeva, F.Meliqo‘ziyevalar bilan birgalikda nomzod iqtidorli talabalarga hujjatlarini toʻgʻri shakllantirilishi uchun kerakli tavsiyalarni berib oʻtdi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir talabaga omad tilashdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨⚖️👩⚖️
12-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Kambarova Marjan Adil qizining 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Odam tayanch leksemali maqollarning semantik va lingvostatistik xususiyatlari (ingliz, rus, oʻzbek, qozoq tillari materiali boʻyicha)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetining Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchilari Nargiza Nuritdinova va Gulasal Sabirovalar boshchiligida 2024-yil 11-iyun kuni FFRA 2107 va 2108-guruh talabalari bilan “Toshkent shahri boʻylab sayohat” mavzusida ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalar Amir Temur xiyoboni, Broadwey alleyasi va Toshkent Politexnika muzeyiga olib borildi. Amir Temur tomonidan Oʻrta Osiyoda tashkil etilgan buyuk markazlashgan davlat, bu davrdagi Oʻrta Osiyoning gullab yashnaganligi haqida suhbatlashildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan muovini U.Karimov “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasiga nomzod iqtidorli talabalarga hujjatlarini to‘g‘ri shakllantirilishi uchun kerakli tavsiyalarni berdi.
⚡️ O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti iqtidorli talabalari hamda magistrlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari (Alisher Navoiy, Islom Karimov) tanlovlari uchun hujjatlarni qabul qilish ishlari boshlangani munosabati bilan Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev va ilmiy ishlar dekan muovini J.Turobov boshchiligida talabgorlarning hujjatlarini tekshirish jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.
Bizni kuzating