🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
19-sentabr kuni Ingliz tili 1- fakulteti 1-bosqich talabalari uchun O‘zDJTU psixologi Z.Xayrullayeva tomonidan psixologning ijtimoiy-psixologik faoliyati hamda psixologik xizmat turlari haqida to‘liq ma’lumotlar berish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan F.Aahurova, tyutorlar M.Yuldosheva va M.O‘tbosarovalar ishtirok etishdi. Davra suhbatida kasbni to‘g‘ri tanlashning muhim ahamiyati va tanlagan sohasida muvaffaqiyatga erishish, shuningdek, to‘g‘ri tanlov zamirida kelajakda yutuqqa erishish borasida ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga talaba yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetining 1-kurs talabalarining salomatligini ta’minlash maqsadida tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.
Ko‘rikka bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik tekin tibbiy ko‘rigida tajribali stomatolog, lor, ortoped, pediatr, terapevt, jarroh, okulist, psixiatr, nevrolog, kardiolog, dermatolog, allergolog, ginekolog, urolog, nevropatolog, endokrinolog, onkologlar jalb etilgan.
Ma’lumot o‘rnida: Bu yil Ingliz tili birinchi fakultetiga 451 ta abituriyent talabalikka qabul qilingan.
📍#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
Butunjahon tozalik kuni: ommaviy plogging eko-aksiyasida faol qatnashing!
20-sentyabr kuni soat 11.00 da respublikamizning barcha hududlarida Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etiladi.
————
Всемирный день чистоты: примите активное участие в масштабной эко-акции
20 сентября по случаю Всемирного дня чистоты во всех регионах страны пройдет масштабная эко-акция – плоггинги «Освободите место для жизни».
Bizni kuzating
🎮 Kibersport musobaqasi oʻtkazildi
🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” haftaligi doirasida Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan universitetimiz talaba-yoshlari oʻrtasida kibersport musobaqasi tashkillashtirildi.
🎮 Talabalar jamoa tuzgan holda 🔫 CS GO boʻyicha bellashdilar.
🤩 Haftalik doirasida siz yoshlar uchun shu kabi musobaqalar va koʻngilochar tadbirlar tashkillashtirishda davom etamiz!
🤝 Sizlardan esa faqat bir narsa — faollikni kutib qolamiz!
#kibersport #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tanishtiruv dasturlari davom etmoqda
18-sentyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti dekani T.Ismailov boshchiligida dekan muovini N.Kadirova hamda tyutorlar L.Rahmatullayeva va D.Tuxtamurodova bilan birgalikda fakultetning 1-bosqich talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.
🟨🟨🟨
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Ayni kunlarda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi tarkibida Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universitetining 300 yillik yubileyi tadbirlari doirasidagi Hamkor universitetlar rektorlari forumida ishtirok etmoqda.
Ushbu anjumanda delegatsiya a’zolari mamlakatimiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlohotlar, O’zDJTU misolida respublika iqtisodiyotining turli sohalari va tarmoqlari uchun rus tili bo’yicha malakali kadrlar tayyorlash holati va istiqbollari to’g’risida taqdimotlar o’tkazadilar.
Anjuman doirasida “Universitetlar va oliy ta’lim transformatsiyasida sun’iy intellektning ahamiyati” mavzusi asosiy masalalardan biri sifatida tanlangan.
Axborot va kommunikatsiya texnologilari rivojlangan XXI asrda sun’iy intellekt muqim va muhim o’rinlarni egallab borayotgani barchaga ma’lum. Forum ishtirokchilari uchbu mavzu bo’yicha fikr almashadilar hamda yangi fikrlar, yondoshuvlar va g’oyalar bilan o’rtoqlashadilar. Bu universitetimizning yangi rivojlanish strategiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: 1724-yilda Pyotr I farmoyishi asosida tashkil etilgan Sankt-Peterburg davlat universiteti eng qadimiy, shu bilan birga hozirda eng yirik va xalqaro reytinglarda yuqori o’rinlarni egallab turgan nufuzli klassik universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet mahalliy va xorijiy talabalarga 500 dan ortiq bakalavriat ta’lim yo’nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, doktorantura dasturlarini taklif etadi. 30 000 dan ortiq talaba uchun 12 000 ga yaqin professor-o’qituvchilar mashg’ulotlar olib boradi. Sankt-Peterburg davlat universiteti dunyoning 71 mamlakatidagi 450 dan ortiq oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Oliygohga yiliga 3 000 dan ortiq xorijiy talabalar turli dasturlar asosida tahsil olish uchun qabul qilinadi.
#uchrashuv
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan universitet ma’naviyat va ma’rifat markazida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibasi Isaqova Ziyoda (Para taekvando), Professional boks bo‘yicha ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Abbosxon Yuldashev ishtirok etdi.
Tadbirda fakultet dekani G.Ergasheva so‘zga chiqib, o‘tkazilayotgan mazkur tadbir olib borilayotgan sa’y-harakatlarning amaliy natijasi ekanligini, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar va talaba-yoshlar uchrashuvi bevosita universitetda tahsil olayotgan talabalar orasida sportga bo‘lgan e’tibor va qarashlarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.
🟦🟦🟦 🟥🟥🟥
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Gumanitar Hamkorlik Davlatlararo Fondining "Hamdo‘stlik yulduzlari" davlatlararo mukofoti, "Hamdo‘stlik debyutlari" xalqaro mukofoti g‘oliblari aniqlanib, g‘oliblar 17-sentabr kuni taqdirlandi.
O‘zbekiston jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti dekani Raxmonov Azizxon Bositxonovich “Hamdo‘stlik debyutlari" xalqaro mukofotiga loyiq topilib, 17-sentabr kuni mukofot bilan taqdirlandi.
2008-yilda ta’sis etilgan mazkur mukofot 35 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislarni ijodiy va kasbiy yutuqlari uchun rag‘batlantirish maqsadida topshiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti, Usmonova Yulduz Ibragimovna "Hamdo‘stlik yulduzlari" davlatlararo mukofoti bilan taqdirlandi.
2009-yilda ta’sis etilgan mazkur mukofot MDX davlatlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan fan, ta’lim, madaniyat, san’at va gumanitar faoliyat sohasidagi yutuqlari uchun topshiriladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦
Barchangizni Ilmiy seminarga taklif qilamiz.
💯 Ushbu seminarda Kuldashev Akram Makhmudovich, filologiya fanlari doktori (DSc), Ingliz tilini o‘qitish metodikasi № 1 kafedrasi professori v.b. “Lingvokulturologiyaning fanlar orasidagi o‘rni va asosiy tushunchalari” mavzusida so‘z yuritadi.
✅ Seminar 20 - sentyabr kuni soat 11:00 da O‘zDJTU Rektorat 7-qavat 718-xonasida bo‘lib o‘tadi.
💥 Ushbu seminarda ishtirok eting va bilimingizni mustahkamlang!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🏆 CHEMPIONLAR BILAN UCHRASHUV
📣📣📣📣📣
📣 “Temiryoʻlekspress” Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda vakansiya e’lon qiladi
🖥"Temiryo'lekspress" aksiyadorlik jamiyati yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari mijozlari: respublikamiz aholisi va xorijiy sayyohlarga qulay sharoit yaratish maqsadida, 25 yoshgacha bo'lgan 2024-yil universitetni tamomlagan, ingliz va rus tillarida ravon gapira oladigan, xushmuomala yoshlarni ishga taklif qiladi.
💬 Murojaat uchun: +99871-230-13-60
✉️ Telegram chat orqali bog’lanish: @Bakhodirovaezoza
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✈️ Tanishtiruv tadbirlari davom etmoqda
🎓 Universitetga endigina qabul qilingan birinchi bosqich talabalarini ijtimoiy faollikka jalb qilish va 🇺🇿Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilotining faoliyati, uning maqsadi, vazifalari haqida tushunchalar berish hamda universitet va fakultetlararo tuzilgan kengashlar haqida ma’lumot berish maqsadida fakultetimiz Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan talabalar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.
🤝 Tadbirlar davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
#tanishtiruv_tadbirlari #ittifoq
✅Bizni kuzatib boring:
📱@second_faculty_official
🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2024-yil 13-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishgan edi.
Tashrifdan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 1-apreldagi PQ–147- son qarorining 5-qism “a” bandida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-iyun 3/15-52-989-sonli xati ijrosini amalga oshirish hamda mazkur ijod maktabi bilan tuzilgan hamkorlikni yanada yaxshilash uchun olimpiada o‘tkazish bo‘ldi.
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺
16-sentyabr kuni OʻzDJTUda talaba-yoshlar uchun Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan Yangi kurslar haftaligi doirasida stipendiantlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov va prorektorlar ishtirok etib, 1-boshqichga qabul qilgan talabalarni tabriklab, oʻqish va ishlarida omadlar tiladi. Dastlab seminarni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Otabek Yusupov ochib berdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
16-sentyabr kuni OʻzDJTU rahbariyati va Ispaniyaning Kadis universiteti Erasmus+ loyihasi mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Dasturda Kadis universiteti Erasmus+ loyihasi koordinatori Migel Gonsales, Kadis universiteti Erasmus+ loyihasi ishtirokchisi Alberto Karlos Oliva Vilches, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani oʻrinbosari A.Xalillayev ishtirok etdi.
Dastur yakunida:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispaniyaning Xayen universiteti bilan hamkorligida shartnoma asosida bir qancha ilmiy-amaliy kelishuvlarni amalga oshirib kelmoqda.
Kelishuvlarga ko‘ra, professor-o‘qituvchi va talaba almashuvini yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2024-yilning 10- sentabr kuni Roman - German filologiyasi fakulteti Ispan tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Maftuna Farmonkulova Erasmus+ loyihasida ishtirok etib, grant asosida 5 oy muddatga (1-semestr) Ispaniyaning Xayen universitetiga o‘qishga yuborildi.
M.Farmonkulova hozirda Xayen universitetining Filologiya fakultetida tahsil olmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔰 18-sentabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti tadqiqotchisi Artikova Yulduz Akmalovnaning Jurnalistika ixtisosligi boʻyicha “Interaktiv telejurnalistikaning nazariy asoslari va tadqiqot tendensiyalari mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi.
✅ Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.
#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-sentyabr kuni Rus filologiyasi fakultetida "XON ATLAS" festivali bo‘lib o‘tdi!
Tadbir o‘zbek madaniyatining haqiqiy bayramiga aylandi, unda talabalar, o‘qituvchilar va tyutorlar nafaqat "xon-atlas" matosidan tikilgan milliy liboslar go‘zalligidan bahramand bo‘lishdi, balki ko‘plab boshqa madaniy chiqishlarga ham guvoh bo‘ldilar.
Talabalar milliy raqslarni ijro etib, harakatlar orqali o‘zbek xalqining an’analari va ruhini ifoda etdilar. Dasturga shuningdek, dutor va rubob kabi milliy cholg‘u asboblarida ijro etilgan kuylar kiritilib, festivalga o‘zgacha rang-baranglik berdi. Bundan tashqari, talabalar o‘zbek va rus tillarida she’rlar o‘qib, o‘zbek madaniyati va adabiyotiga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini ifodaladilar.
Ushbu festival nafaqat ishtirokchilarni O‘zbekistonning boy madaniyati bilan tanishtirdi, balki barchaga milliy an’ana va urf-odatlardan faxrlanish tuyg‘usini ulashdi!
📍 Факультет русской филологии 💙
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🎙 “Qizlarjon“ klubi faoliyati bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi kengashi bilan hamkorlikda “Qizlarjon” klubi faoliyati, uning maqsadi va vazifalari haqida seminar-trening o‘tkazildi.
🎤Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N. Jo‘rayeva va universitet ota-onalar qo‘mitasi raisasi Z. Ibragimova so‘zga chiqib talaba-qizlarga hayotiy maslahatlar berib o‘tdilar.
Seminar davomida universitet psixologi Z. Xayrullayeva tomonidan trening ham o‘tkazildi.
🎬 So‘ng “Qizlarjon” klubi Ingliz filologiyasi fakulteti sardori tomonidan klub haqida ma’lumotlar berib o‘tilib, uning faoliyati haqida videorolik ham taqdim etildi.
#qizlarjon_klubi #yoshlar_ittifoqi
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
0️⃣0️⃣0️⃣
18-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida 1-bosqich talabalari va psixolog bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva, fakultet tyutorlari Sevara Ochilova va Madina Yuldasheva tomonidan tashkil qilindi. Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad yangi talabalarga psixologik xizmatlar va ruhiy qo‘llab-quvvatlash boʻyicha ma’lumotlar berishdan iborat.
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣
Iqtidorli talaba-yoshlarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ularni yangi marralar sari yo‘naltirish maqsadida “Yilning eng faol talabasi” va “Islohotlar bilimdoni” respublika tanlovlariga arizalar qabul qilish jarayoni boshlangan.
🖥 Tanlovlar nizomi bilan tanishish
ℹ️ Ma’lumot uchun: “Islohotlar bilimdoni” tanloviga ariza topshirish 2024-yilning 20-sentyabrigacha, “Yilning eng faol talabasi” tanlovi uchun esa 20-oktyabrgacha etib belgilangan.
📣📣📣📣📣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy seminar
Dasturda filologiya fanlari doktori (DSc), Ingliz tilini o’qitish metodikasi № 1 kafedrasi professori (v.b.) Kuldashev Akram Makhmudovich “Lingvokulturologiyaning fanlar orasidagi o‘rni va asosiy tushunchalari” mavzusida so'z yuritadi.
✅ Seminar 20-sentyabr kuni soat 11.00da O'zDJTU Rektorat 7-qavat 718-xonasida bo'lib o'tadi.
Seminarda ishtirok eting va bilmingizni mustahkamlang!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📚 Seminar-trening oʻtkaziladi
⚡️ Xabaringiz bor, hafta boshida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti boshlangʻich tashkiloti tomonidan “Yangi kurslar haftaligi” ga start berilgandi.
🎤 Haftalik doirasida “Qizlarjon👦” klubi faoliyati boʻyicha seminar-trening oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
🎙️ Marhamat, spikerlarimiz bilan tanishing:
🎤Nilufar Joʻrayeva — Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi;
🎤Zarifa Ibragimova — Universitet ota-onalar qoʻmitasi raisi;
🎤Zebiniso Xayrullayeva — Universitet psixologi.
📍Oʻtkazilish joyi:
Asosiy bino, faollar zali
🕰Boshlanish vaqti:
18-sentyabr, chorshanba, soat 13:30
🤝 Barcha talaba-qizlarimizni seminarda kutamiz!
#qizlarjon_klubi #seminar #trening
✅Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
🔹🟦🟦🟦 #uchrashuv
🇺🇿 Joriy yilning 16-sentabr kuni universitetda talaba-yoshlar uchun Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan Yangi kurslar haftaligi doirasida stipendiantlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
🗄Batafsil videoda.
📱Storieslarda bizni (instagram.com/yoshlarittifoqi_uzdjtu) ni belgilashni unutmang!
#seminar #yangi_kurslar_haftaligi
✅Bizni kuzatishda davom eting👇
📱Telegram | 📱Instagram
0️⃣0️⃣0️⃣
Kitob – eng odil do'st beminnat muallim, bebaho xazina.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
17-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Dasturda universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdi.
Uchrashuvni tashkil qilishdan maqsad, oliygohga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan tanishish hamda psixologik xizmat, shuningdek, adaptatsiya bilan bogʻliq vaziyatlar toʻgʻrisida psixologik maʼlumotlar yetkazishdan iborat.
✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi” 247-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektorining 2024-yil 2-avgustdagi 306-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar o‘rtasida iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda tarjimonlik sohasida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash borasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Olimpiadaning universitet bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ushbu olimpiada tanlovi ham iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimi va qo‘shimcha imkoniyatlari desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta.
Universitet bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi hamda yo‘llanma oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
16-sentabr kuni Rus filologiyasi fakulteti tyutori D. Izzatullayeva 1-bosqich talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ekskursiya tashkil etdi.
Ekskursiya davomida talabalar Toshkent shahri Amir Temur xiyoboni va Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
Ushbu tadbir talabalarga shahrimizning tarixiy joylari va Temuriylar davri va ularning merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Talabalar O‘zbekiston tarixining bir bo‘lagi bilan yaqindan tanishganidan mamnun bo‘lishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTU miqyosida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
0️⃣0️⃣0️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoriga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kitoblar taqdim etildi.
Joriy yilning 16-sentyabrida rektor Ilxomjon Tuxtasinovga 24 turdagi 50 dan ortiq kitoblar hadya qilindi.
Rektor Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga taqdim qilingan sovgʻalar uchun oʻz minnatdorchiligini bildiradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt