🟩🟩🟩🟩
Odilov Baxodir Baxtiyarovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Адилов Бахадыр Бахтиярович назначен заведующим кафедрой теории перевода английского языка Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Odilov Bakhodir Bakhtiyarovich was appointed to the position of head of the Department of English translation theory of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🌐 Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvni fakultet dekani H.Hakimov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, ichki tartib-qoidalari, besh tashabbus doirasida yaratilgan qulayliklar, oʻquv jarayonlarining tartiblari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, korrupsiyaga yoʻl qoʻyilmasligi, diniy maʼlumotlarni qabul qilishda eʼtiborli boʻlish zarurligi borasida aytib oʻtildi.
📺📺
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 10-oktabr kunidagi 205-sonli nashrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinovning "Xorijiy tillarni bilish yoshlar uchun qanchalik muhim?" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
9-oktabr kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida milliy liboslar kuni oʻtkazildi.
Fakultet professor oʻqituvchilari va talabalari tomonidan oʻzbek qadriyatlarining koʻzgusi boʻlgan atlas, adras liboslari kiyildi. Liboslarning oʻziga xos dizayn va xususiyatlari haqida talabalar bilan suhbatlar olib borildi.
Tadbir fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Dilorom Fayziyeva tashabbusi bilan tashkil etildi.
#Xalqaro_hamkorlik
#notiqlik_tanlovi
🌐Bizni kuzating
❗️❗️❗️Приглашаем принять участие в Международной научно-практической конференции «РУССКИЙ ЯЗЫК: ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИИ В ИЗУЧЕНИИ И ПРЕПОДАВАНИИ»
📆Дата: 11 ноября 2024 г.
🌍Организаторы: Кафедра русского языка и методики преподавания факультета русской филологии УзГУМЯ.
✨Основные направления работы:
• Роль русского языка в современном мире.
• Актуальные проблемы изучения современного русского языка и литературы.
• Русский язык как язык научной и профессиональной коммуникации.
• Современные тенденции в методике преподавания русского языка и литературы.
• Проблемы сравнительной и сопоставительной лингвистики.
• Вопросы перевода и переводоведения.
• Методология создания учебников, учебных пособий нового поколения по русскому языку и литературе: содержание, структура, технологии.
📝Срок приёма материалов: до 10 ноября 2024 года на электронные почты khegava_l@rambler.ru; irina_che_07@mail.ru
• Telegram: +99890 324 07 34 (Хегай Валентина Михайловна); +99894 675 12 08 (Чергинская Ирина Александровна).
Ждем вас на конференции!
🟦🟦🟦🟦🟦
IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasida OʻzDJTU faol talabalari ishtirok etdi !
☑️Toshkent shahrida ijod va innovatsiya kuchiga ishongan har bir inson uchun muhim voqea — Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi bo’lib o’tdi.
📄80 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ziyod ishtirokchi kreativ sohalar kelajagini muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratish uchun bir joyga jam bo‘ldi.
🔥Ushbu xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faol talabalari ham ishtirok etdi.
📺 Jaroyonda faollik koʻrsatganligi uchun Media klubi jamoasiga tashakkurlar izxor etamiz
#konferensiya #media #ittifoq
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
0️⃣0️⃣0️⃣
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi doirasida tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylandi.
#maqom_night
Talabalar turar joyida "Maqomchilik kechasi" tashkil etildi.
Joriy yilning 8-oktabr sanasida Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari tomonidan talabalarda nutq madaniyati va ularning sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish, asriy an'analar va qadriyatlarimizga bo'lgan hurmatni oshirish, mutolaa va kitobxonlik madaniyati, adabiyot hamda san'atga bo‘lgan qiziqish yanada orttirish maqsadida 5-TTJda maqomchilikka bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
📣📣📣📣📣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Fanlararo tadqiqotlar kontekstida pedagogika va psixologiya” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!
Anjuman 2024-yil 25-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Konferensiyaning ilmiy dasturi quyidagi asosiy yо‘nalishlarni о‘z ichiga oladi:
✅ Zamonaviy pedagogik va psixologik ta’limning dolzarb muammolari;
✅ Pedagogik, psixologik va filologik ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat;
✅ Ta’limda pedagogik faoliyatni psixologik modellashtirish;
✅ Ta’limni raqamlashtirishning pedagogik va psixologik asoslari;
✅ Psixolingvistikaning dolzarb masalalari.
✉️ Anjumanda ishtirok etish uchun mualliflar 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar mirzaxmedovsherzod1@gmail.com elektron pochtasi hamda @sherzod10000 havola orqali Telegram-guruhiga maqolalarni yuborishi mumkin.
📞 Murojaat uchun:+998935756567
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
CEFR va ATTANAL alarabiy o'quv kurslariga
QABUL BOSHLANDI !
1) A0 ➡️ A1 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’Z BOYLIGI
❗️Talablar: imtihonsiz qabul qilinadi.
2) A1 ➡️ A2 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatikadan umumiy xabari borlar uchun. Daraja testi orqali qabul qilinadi.
3) A2 ➡️ B1 (2 oy)
▪️SARF (Arabcha)
▫️NAHV (Arabcha)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatika o'rta darajadan yuqori bo'lishi shart. Daraja testi orqali qabul qilinadi
4) B1 ➡️ B2 (2 oy)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QISH
▪️MOCK TEST
▫️INSHO
▪️CEFR STRATEGIYALARI
❗️Talablar: grammatikadan umuman muammosi yo'qlar uchun.
5) B2 ➡️ C1 (3 oy)
▪️Test yechish va tahlil qilish
▫️Tinglash va o'qish mock testlar
▪️Og'zaki mock test
▫️Insho darslari
❗️Talablar: B2 sertifikatiga ega bo'lishi shart.
🗓 Darslar haftada 3 kun bo'ladi
🔹 To'lov miqdori oyiga: 399.000 so'm
Ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 +998957951935
📱Telegram guruh 👈
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
8-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili 1- fakulteti talabalari bilan Rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati xodimlari hamda 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, rahbariyati xodimlari o‘qitish tizimlari, yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzda tashkil etildi. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga munosib tarzda javob oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Rus filologiyasi fakultetida "Keksalar — oila chirog‘i" va "Ko‘zga surtgum ustoz bosgan tuproqlarni" mavzularida nuroniy ustozlar va mehnat faxriylari bilan samimiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida nuroniy ustozlar va mehnat faxriylari yosh avlod bilan o‘z hayotiy tajribalari, o‘gitlari va qadriyatlari bilan bo‘lishishdi.
Oila qadri, ustoz va shogird munosabatlarining muhimligi, hayotda mustahkam poydevor qurish uchun tarbiyaning ahamiyati kabi mavzular muhokama qilindi.
Keksalar o‘z hayotiy yo‘llaridan o‘tgan hikoyalar orqali yoshlarga saboq berdi, ularga oila va jamiyatda hurmatli bo‘lish, fidoyilik bilan ishlashning fazilatlarini tushuntirdi.
Ushbu davra suhbati nafaqat samimiy uchrashuv bo‘ldi, balki avlodlar o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlikni yodga soldi va yoshlarga chin dildan o‘rnak bo‘ldi.
Tadbirda fakultet dekanining muovini X. Ahmedov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G. Nishonova, hamda tyutorlar I. Sadiyeva va M. Yuldashevalar ishtirok etishdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
7-oktabr kuni Hindistonning Jaypur shahridagi Banasthali universiteti professori, xalqaro hamkorlik bo‘yicha mas’ul vakili doktor Manish Ranjan bilan O‘zDJU prorektori A.Nasirov hamda Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Ro‘ziboyeva Nazira bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv jarayonida OTMlar orasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Asosan xorijiy tillarni o‘qitish (fransuz, ingliz, nemis), jurnalistika va boshqa istiqbolli sohalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Banasthali universiteti qoshida o‘zbek tilini targ‘ib qilishga qaratilgan markaz tashkil etish va talabalarga o‘zbek tilini o‘qitish taklifi bildirildi. Qolaversa, ikki OTM professor-o‘qituvchilarining almashinuvi, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish va yoshlarga bir-birining madaniy va ma’rifiy boyliklarini kashf etish imkonini yaratish maqsadida talabalar almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
7-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “INNOWOMENWEEK-2024” ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida “Olima ayollarning ta’lim va fandagi yutuqlari” mavzusidagi muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Innovasion rivojlanish agentligi rahbari Sharof Rajabbayev ishtirok etdi.
Muloqot uchrashuvi davomida ilm-fandagi yutuqlari va innovasion faoliyatga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh olima ayollar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Jumladan, Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Guli Ismailovna Ergasheva o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, tashkilotchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. “IL – 662204405 raqamli “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish (xorijiy til misolida)” mavzusidagi innovasion loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma’ruza qildi.
Shuningdek, G.Ergasheva istiqboldagi 3ta loyihasi taqdimotini ham o‘tkazdi. Ushbu dolzarb mavzularga bag‘ishlangan loyihalarni amalga oshirish orqali ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish barobarida jamiyatdagi ba’zi ijtimoiy masalalarga yechim topishga imkon yaratiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
Azzamov Yusufjon Radjaboyevich O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti O'quv uslubiy boshqarma boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Аззамов Юсуфжон Раджабоевич назначен на должность начальника учебно-методического управления Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Azzamov Yusufjon Radjaboyevich was appointed to the position of head of the Educational Methodological Department of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
CEFR va ATTANAL alarabiy o'quv kurslariga
QABUL BOSHLANDI !
1) A0 ➡️ A1 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’Z BOYLIGI
❗️Talablar: imtihonsiz qabul qilinadi.
2) A1 ➡️ A2 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatikadan umumiy xabari borlar uchun. Daraja testi orqali qabul qilinadi.
3) A2 ➡️ B1 (2 oy)
▪️SARF (Arabcha)
▫️NAHV (Arabcha)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatika o'rta darajadan yuqori bo'lishi shart. Daraja testi orqali qabul qilinadi
4) B1 ➡️ B2 (2 oy)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QISH
▪️MOCK TEST
▫️INSHO
▪️CEFR STRATEGIYALARI
❗️Talablar: grammatikadan umuman muammosi yo'qlar uchun.
5) B2 ➡️ C1 (3 oy)
▪️Test yechish va tahlil qilish
▫️Tinglash va o'qish mock testlar
▪️Og'zaki mock test
▫️Insho darslari
❗️Talablar: B2 sertifikatiga ega bo'lishi shart.
🗓 Darslar haftada 3 kun bo'ladi
🔹 To'lov miqdori oyiga: 399.000 so'm
Ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 +998977034402
📱Telegram guruh 👈
⚡️ 9-oktabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov, fakultetning yoshlar bilan ishlash masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari D. Xoshimova hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi D. Fayziyevalar tomonidan talabalar turar joylari oʻrganildi.
🔰 Tashrif jarayonida talabalarga TTJ ichki-tartib qoidalariga rioya qilishlari, tozalik va ozodalikka eʼtiborli boʻlish va TTJda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha kerakli maʼlumotlarni berib oʻtdilar.
✅ Talabalar uchun yotoqxonada yaratilgan shart-sharoitlar koʻzda kechirilib talab va takliflar oʻrganildi.
#fakultethayoti
@xalqarojurnalistika_fakulteti
👨⚖️👩⚖️
9-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 25-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Mazkur Ilmiy kengashda OʻzDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy oppotentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Dasturda Daliyeva Madina Xabibullayevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz, oʻzbek va rus tillari lingvistik terminlarida polisemiyaning kognitiv modellari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.
#Xalqaro_hamkorlik
#notiqlik_tanlovi
✔️ Shuningdek, OʻzDJTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Chutpoʻlatov soʻzlagan nutqlarida fakultetda oʻtkazilayotgan bunday notiqlik tanlovi talabalarda muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirishga katta xizmat qilishini aytib oʻtdilar.
🌐Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
8-oktabr kuni O‘zDJTUning Roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili amaliy fanlar kafedrasiga Dresden texnika universiteti professorlari Christel Matzke xonim va Christian Matzke janoblari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Germaniyalik mutaxassislar 1- va 2- bosqich nemis tili yo‘nalishi talabalariga 2- dars juftlikda "Germaniyada ta’lim tizimi" haqida 3-dars juftligida "Germaniyada talabalar hayoti" haqida mahorat darsi o‘tib berishib, ushbu mahorat darsi talabalar va mehmon professorlarning savol-javoblari bilan qizg‘in davom etdi.
Ushbu mahorat darsida nemis tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri Ziyayeva S.A., kafedra professor-o‘qituvchilari Sh. Xolmatov, F. Abdunazarov, O. Arabov, N. Shukurovalar ishtirok etib, kelgusida hamkorlik aloqalari istiqbollari kelishib olindi.
Mahorat darsidan keyin germaniyalik professorlar talabalarning faolligini qayd etib, fakultetdan ijobiy fikrlar bilan xayrlashishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
9-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti talabalari bilan “Rektor va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.
Tadbirda universitet rektori, prorektorlar hamda 1-bosqichga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, besh tashabbus doirasida yaratilgan qulayliklar, oʻquv jarayonlarining tartiblari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, korrupsiyaga yoʻl qoʻyilmasligi, diniy maʼlumotlarni qabul qilishda eʼtiborli boʻlish zarurligi borasida aytib oʻtildi.
Bugun O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi o’qituvchilari Sh.A.Alimardanova, A.R.Galyamova va N.R.Madaminovalar tomonidan OʻzDJTU Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimida “Yosh filolog” lingvistik to‘garagi faoliyati doirasida “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari (sotsiolingvistika)” mavzusida tadbir tashkillashtirildi.
Tadbirga 3-4-kurs talabalari jalb etildi hamda ularga professor o‘qituvchilar mavzu doirasida ma'lumotlar berib o'tdi.Shuningdek, tilshunoslikda ushbu yo‘nalish bilan bog‘liq tushuncha va atamalar ochib berildi. Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
🟦🟦🟦
9-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasida tadbir bo'lib o'tdi.
Kafedra o’qituvchilari Sh.Alimardanova, A.Galyamova, N.Madaminova tomonidan OʻzDJTU Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimida tashkil etilgan dastur “Yosh filolog” lingvistik to‘garagi faoliyati doirasida “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari (sotsiolingvistika)” mavzusida olib borildi.
📣📣📣📣📣
O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligiga bag’ishlab OʻzDJTU talabalari o'rtasida “Qonunda qo’riqlangan qo’rgonim — ona tilim" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazilishini e'lon qilamiz.
📢 Tanlovda har bir fakultetdan 3 nafardan talaba ishtirok etadi.
🗂️ Mazkur insho erkin mavzuda bo’lib, u sodda reja asosida yoziladi. Asosiy e’tibor fikrlar insho mavzusiga mosligi, badiiyligi, savodxonlik darajasiga qaratiladi.
⏰ Tanlov 15-oktabr kuni soat 10:00 da Ingliz tili 2-fakulteti binosining ma’ruzalar zalida bo’lib o’tadi.
⭐️ Tanlov g'oliblari bayram tadbirida universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.
💬 Tanlovda ishtirok etishni istagan ishtirokchilar fakultet Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan movinlariga murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
8-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mohamed Irki, ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nabila Gazli xonim va tarjimon Madamin Razzoqov tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad – o‘zaro tanishuv va hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘ldi.
O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov universitet faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, universitetda arab tilining o‘qitilishi hamda xalqaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Mohamed Irki janoblari Jazoir va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinayotganligini ma’lum qildi. Suhbat chog‘ida tomonlar ta’lim sohasida hamkorlikni amalga oshirish mumkinligini e’tirof etdilar.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar universitet infratuzilmasi bilan tanishdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Ijara xonadonlarini o'rganish ishlari davom etmoqda
🔰 Bugun O'ZDJTU psixologi Z. Xayrullayeva va Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori S. Boboqulovalar tashabbusi bilan ijara xonadonlarida talabalarning ijtimoiy psixologik holati bilan tanishdi.
✅️ Tanishuv davomida psixolog Z.Hayrullayeva talabalar dildan suhbat qurib, ularning muammolariga yechim topish ularni qanday yengib o'tish to'g'risida maslahatlar berdi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Tarjimonlik fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan psixodiagnostik, psixoprofilaktik ishlar tashkil etildi.
7-oktyabr kuni universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda tyutor N.Masadikovalar ishtirokida "Temperament tip", "Xarakter xususiyati" nomli metodikalar sinaluvchilardan o‘tkazilib natijalari tahlil qilindi.
Metodikalarni o‘tkazishdan maqsad talabalar ijtimoiy-psixologik bazasini yaratish va ulardagi adaptatsiya bilan bog‘liq holatlar yuzasidan kerakli psixologik tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi. Psixodiagnostika ishlarini keng miqyosida amalga oshirish davom etadi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Kutganmidingiz? Tayyormisiz?
🚀 Siz ijodkor, izlanuvchan, stipendiantlikka qiziqayotgan va stipendiantlar kabi moddiy va ma’naviy yutuqlarga erishishni xohlagan, ijodiy ishingizni xalqaro darajaga olib chiqishga harakat qilgan, xalqaro grantlarni yutib olishni maqsad qilgan talabamisiz? Unda bu loyiha aynan siz uchun🫵
✅Iqtidorli talabalarimizni “Orol ijodkorlari” loyihasiga taklif qilamiz. Sizlar bu loyiha orqali maqola yozishni oʻrganishingiz, ijodiy ishlarni 0 dan boshlab rivojlantirishingiz va aynan xalqaro darajadagi yutuqlarga erishib stipendiant boʻlishingiz mumkin. Nafaqat sizga ijodiy bilimlar balki darslar davomida qoʻshimcha qiziqarli darslarni ham qoʻlga kiritishingiz va sovgʻalarni yutib olishingiz mumkin.
Sizdan faqatgina @orolijodkorlari profilga murojat qilishingiz soʻraladi. Qabul qilinsangiz marra sizniki ✅🫵
#iqtidorli_yoshlar #ijodkorlar #stipendiantlar
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
4️⃣4️⃣4️⃣
❗️ESLATMA! “Cyberkent 2.0” xakerlar musobaqasiga bir kun qoldi
Kiberxavfsizlik markazi tomonidan 2024-yilning 9–10-oktyabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Dastur doirasida sohaga doir o‘quv seminar, “Cyberkent 2.0” va “ROBBO-FEST” respublika musobaqalari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu tadbir va musobaqalarga oliy taʼlim muassasalarining IT va kiberxavfsizlik yo‘nalishida tahsil oluvchi hamda havaskor talabalar taklif etiladi.
G‘oliblar pul mukofotlari, sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
📱 Batafsil...
📍Manzil
Bizni kuzating