🟦🟦🟦
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Uchtepa tumani Ichki ishlar bo'limi bilan hamkorlikda bo'lib o'tgan dastur davomida mutaxassislar tomonidan "Jinoyatchilik va uni oldini olish" mavzusi doirasida davra suhbati o'tkazildi.
Talabalar mutaxassislarga o'z savollari bilan murojaat qilib, qoniqarli javoblar olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya Germaniya davlatidagi xizmat safarini 23-may kuni ham davom ettirdi.
Safarning navbatdagi manzili Mainz shahridagi Gyotenberg universiteti boʻldi. Tashrif avvalida OʻzDJTU rahbari hamda vakillari Gyotenberg universiteti rahbariyati tomonidan kutib olindi. Ikki universitet rahbariyati oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv avvalida, odatga koʻra, ikki universitet faoliyati va oʻqitish tizimi haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi va videolavha namoyish etildi.
Soʻng, ikki universitet rahbarlari kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan hamkorlik borasida oʻz takliflari bilan oʻrtoqlashdi. Talabalar va tajriba almashinish va bu borada sharoitlar yaratilishi haqida kelishib olindi. Kelishuvlar asosida memorandum imzolandi.
Samimiy ruhda boʻlib oʻtgan uchrashuv soʻngida tomonlar oʻzlarining esdalik sovgʻalarini ulashdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
Hozirda Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi P.Jo’rayev boshchiligidagi delegatsiya Ispaniya davlatida xizmat safarida bo’lib turibdi.
Ushbu delegatsiyaga Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda Xalqaro va ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini A.Xalillayev hamrohlik qilmoqda.
O’zDJTU vakillari bugungi kunga qadar Ispaniyaning Xaen universitetiga tashrif buyurib, oliygoh rahbariyati bilan muzokara olib bordi. Dastur davomida ikki universitet o’rtasida kelgusida professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, o’zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo’yicha kelishuvga erishilib, shartnoma imzolandi.
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 23-may kuni OʻzDJTUda AQSHning Lehigh Universiteti ilmiy tadqiqotchisi Stephen Deduck bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida AQShlik doktorantura talabasining Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda universitet talabalari uchun ilmiy ish mavzusi “Madaniyatlararo muloqot” fanidan mashgʻulotlar olib borishi masalasi muhokama qilindi.
Stephen Deduckning Oʻzbekistonda boʻlishi, darslar tashkil qilishi hamda tadqiqot ishlarini olib borishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar Lehigh Universiteti tomonidan qoplanadi. OʻzDJTU viza rasmiylashtirish va xorijliklar uchun yotoqxonadan bepul joy ajratishi boʻyicha kelishuvga erishildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun O'ZDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi ustozlari Z.Islamova va D.Muhitdinovlar tashabbusi bilan navbatdagi TED TALK UzSWLU tadbiri o'tkazildi.
✨️ Fakultet bosqichidan o'tgan 10 nafar talabalar o'zlarining nutq mahorati va bilimlarini tinglovchilar bilan bo'lishib, faxrli o'rinlar uchun kurashdi. Tadbir qizg'in ruhda o'tishi uchun turli o'yinlar va raqslar tashkillashtirildi.
💫 Yakuniy natijalarga ko'ra:
🥇- Abdurahmonova Muslima;
🥈-Shuhratova Shahina;
🥉- Zayniddinova Robiya deb topildi. Tadbir so'ngida faol ishtirok etgan talabalar Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
3⃣💚
Bugun mamlakatimizda begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish, bemorlarni xavfsiz qon komponentlari bilan taʼminlash hamda qon quyish markazlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida “Qon preparatlari” IICHK sayyor guruhi tomonidan “QON TOPSHIR HAYOT INʼOM ET!” shiori bir qator aksiyalar tashkil etilmoqda.
23-may kuni mazkur aksiyada OʻzDJTU rahbariyati vakillari, universitet jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etib, oʻz hissasini qoʻshishdi. Salomatligini koʻrikdan oʻtkazgan holda donorlikka munosib topilgan 20 dan ortiq talaba va universitet jamoasi aksiyada koʻngillilar sifatida ishtirok etdi.
Ezgulikning yorqin namunasi boʻlgan bu kabi qator tadbirlar universitetda birinchi marotaba oʻtkazilayotgani yoʻq. Topshirilgan qon preparatlari qaysidir bemorning ogʻirini engil qilib, dardiga shifo topishiga yordam berishi, shubhasiz.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ko‘p tillilik muhitida xorijiy tillarni rivojlantirishning innovatsion va integrativ muammolari” mavzusida bo’lib o’tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun 22-may sanasida O'zDJTU Yoshlar Ittifoqi tomonidan yil yakuni munosabati bilan “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar – 2024” festivali doirasida talabalar uchun “Talabalar shousi” madaniy koʻngilochar konsert dasturi tashkil etildi.
“Talabalar shousi” madaniy koʻngilochar konsert dasturi universitet hovlisida bo'lib o'tdi va yuzlab talabalar ishtirok etishdi. Ushbu marosimda universitetning turli fakultetlari tomonidan yil davomida erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi. Dastur davomida iste'dodli talabalar taqdirlandi, shuningdek, turli madaniy chiqishlar o'tkazildi. Talabalar orasida ko'tarinki kayfiyat muhitini ko'rish mumkin,bu esa yilni yaxshi kayfiyat bilan yakunlayotganidan darak beradi.
22-may sanasida Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili Integrallashgan kursi 3 va Ingliz tili nazariy aspektlari 3- kafedralari tomonidan “Ko‘p tillilik muhitida xorijiy tillarni rivojlantirishning innovatsion va integrativ muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Ushbu anjuman O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, AQSH elchixonasining Markaziy Osiyo Ingliz tili hududiy ofisi, AQSHning Indiana Univeristeti, Arizona Univeristeti, Indoneziyaning Muhammadiya Makkassar Universiteti, Serbiyaning Zamonaviy ta'lim instituti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
🟨🟨🟨🟨🟨
📚 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida o'tkazilgan "Toshkent kecha, bugun va ertaga" nomli "Eng yaxshi maqolalar tanlovi"ning Toshkent shaxar Oliy ta'lim muassasalari (shaxar) bosqichida:
🎓 Ingliz tili 2-fakulteti 1-bosqich talabasi Rashidova Ruxshona o'z maqolasi bilan faol ishtitok etib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi hamda 800 000 so'm miqdorida pul mukofotini qo'lga kiritdi
🤩 Talabamizning keyingi o'qish faoliyatlariga zafarlar tilab qolamiz!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-may kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakultetida “Save the Planet” — “Sayyoramizni asraylik” nomi ostida tadbir o’tkazildi.
Tadbir barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish, shaharlar va aholi yashash punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash maqsadli ko'rsatkichlari doirasida Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o`qituvchilari va talabalar hamkorligida tashkillashtirildi.
Tadbirni O'zDJTU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Sa’diyev Valijon Alijonovich ochib berdi.
Bir-biridan qiziqarli shartlar, kuy-qo’shiqlar dastur ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi. Yakunda g’oliblar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
3⃣🌏 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
22-may Xalqaro biologik xilma-xillik kuni sifatida nishonlanadi.
Ushbu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995 yilda eʼlon qilingan. Bizning sayyoramizdagi hayotning butun xilma-xilligi, bugungi kunda u tez pasayib bormoqda: oʻsimliklar nobud boʻlmoqda, hayvonlar yoʻqolib ketmoqda.
Xalqaro biologik xilma-xillik kuni munosabati bilan dekan muovinlari Lyamkina V.A., Axmedov X.I., Dadaxanov A.N. rahbarligida Rus filologiyasi fakulteti tyutorlari Ochilova S., Abduraxmonova Sh. va Toshxoʻjaeva D. talabalar uchun Namangan viloyatidagi 63-gul bayramiga ekskursiya tashkil etdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O'ZDJTU Ingliz tili uchinchi fakultetida mas’ullarga biriktirilgan talabalar bilan psixologik-trening o'tkazildi.
Fakultet Yoshlar maslalari bo'yicha dekan muovini Sh.Zokirov, Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi S.Ataxanova va tyutorlar Z.Islamova, S.Muxitdinova tashabbusi bilan tashkil etilgan trening davomida talabalarning bir-biriga bo'lgan munosabati, shaxs xususiyatlari, muloqotchanlik, stressga barqarorlik, agressivlikni bartaraf etish metodlari haqida ma’lumot berildi.
Trening, ayniqsa, talabalar tomonidan bajarilgan psixologik mashg’ulotlar barcha trening ishtirokchilari uchun qizqarli va manfaatli bo'ldi.
📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
21-may kuni amerikalik mutaxassis Ilene Giamanco va AQSh elchixonasi vakili Feruz Akobirov O’zDJTU huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markaziga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida amerikalik mutaxassis Ilene Giamanconi malaka oshirishda dars berishga jalb qilish maqsadida suhbat bo'lib o'tdi.
Ilene Giamanconing 2024-yil sentyabr oyidan ish faoliyatini boshlashi rejalashtirilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣 🟥🟥🟥
🎮 PUBG MOBILE TURNIRI
❗️Kibersport ishqibozlari❗️
Sizlarni "PUBG MOBILE" bo'yicha yirik kibersport musobaqasiga taklif etamiz.
Turnirda 16 ta jamoa (offline) rejimda ishtirok etadi. Har bir jamoada 4 ta kibersportchi bo‘ladi va o‘yin 5 ta kartada o‘tkaziladi: Erangel, Miramar, Erangel, Miramar, Erangel.
⚡️ Musobaqa shartlari:
1. Faqat mobil qurilmadan foydalanishga ruxsat etiladi.
2. Quyidagilar taqiqlanadi:
▶️ 35 darajadan past bo‘lgan profilda o‘ynash;
▶️ Emulyator (kompyuter), IPad va boshqa Pad turlari;
▶️ "Cheat" va "Configuration" kabi haqiqiy o‘yinga qarshi bo‘lgan fayllar.
📌 O‘yinda qaytadan o‘ynashni so‘ragan ishtirokchi turnirdan diskvalifikatsiya qilinadi.
🏆 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori tomonidan g’olib jamoalar umumiy qiymati 12 million so’m bo’lgan quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 o‘rin: 5 000 000 so‘m
🥈 o‘rin: 4 000 000 so‘m
🥉 o‘rin: 3 000 000 so‘m
❤️🔥 Ishtirokchilarga omad tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali boʻlib oʻtdi.
Bugun Toshkent shahridagi Navroʻz bogʻida ,,Toshkent bitiruvchilar va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida ,, Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali"
oʻtkazildi.
Bog'da barcha respublika hududlari va urf-odatlari jam boʻldi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi Andijon viloyati urf-odatlarini namoyish etishdi.Tadbir davomida qoraqalpoqcha kuy-qo'shiqlar, xorazmcha va surxoncha raqslar, vodiyning to'y-tomoshalari ishtirokchilarga, mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.Festivalga kelgan talabai yoshlar xursand boʻlishdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 3⃣🌏
BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari talabalar bilan birgalikda Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan Chotqol qoʻriqxonasi tarkibiga kiruvchi Boshqizilsoy togʻ daryosiga tashrif buyurib, “Boshqizilsoyning toza banki” aksiyasini oʻtkazdi.
Toza havo, qulay muhit tufayli bu yerga sayyohlar koʻp. Ammo dam olib, ularning koʻpchiligi oddiy qoidalarni buzishadi, yaʼni oʻzlaridan keyin axlatni qoldiradilar.
Aksiya davomida rus filologiyasi fakulteti oʻqituvchilari talabalar bilan birgalikda daryo boʻyidagi chiqindilarni tozalab, 5 km uzunlikdagi maydonni tozalashdi.
📍 Rus filologiyasi fakulteti.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 23-may kuni OʻzDJTUda AQSHning Lehigh Universiteti ilmiy tadqiqotchisi Stephen Deduck bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida AQShlik doktorantura talabasining Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda universitet talabalari uchun ilmiy ish mavzusi “Madaniyatlararo muloqot” fanidan mashgʻulotlar olib borishi masalasi muhokama qilindi.
Stephen Deduckning Oʻzbekistonda boʻlishi, darslar tashkil qilishi hamda tadqiqot ishlarini olib borishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar Lehigh Universiteti tomonidan qoplanadi. OʻzDJTU viza rasmiylashtirish va xorijliklar uchun yotoqxonadan bepul joy ajratishi boʻyicha kelishuvga erishildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Joriy yilning 22-may sanasida OʻZDJTU Ingliz tili birinchi fakultetida mutaxassis, Mariam Saeed Mohammad ESL, ESP instructor bilan “Classroom Management and Effective Feedback” mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi.
Seminarda fakultet oʻqituvchilari va 1-2-kurs talabalari ishtirok etdi. Trening barchaga foydali va manfaatli boʻldi. Mazkur xorijlik mutaxassis ingliz tili va adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasi, CELTA sertifikatiga ega. Hozirda Liverpul universiteti magistranti.Trening davomida talabalarga ingliz tilini oʻrgatish metodikasi haqida tushunchalar berdi.
📍 first_faculty_official
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
23-may kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti kafedrasi qoshidagi “Medialingvistika" markazida “Diplomatiyada madaniyatlararo kommunikatsiyaning oʻrni” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Treningda diplomatlar faoliyatida madaniyatlararo kommunikatsiyaning oʻrni haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, talabalar bilan fikr almashinib, ularning kelajakdagi diplomatlik faoliyati jarayonida zarur boʻlgan bilimlar va maʼlumotlar ulashildi.
O'zDJTU Ingliz tili 1-fakultetida
Til va adabiyot aloqalarini kengaytirish mavzusida ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi.
Konferensiya Adabiyot nazariyasi, tanqid va tarix,qiyosiy adabiyotda madaniyatlararo ta'sirlar,til va matnning kognitiv, madaniy va pragmatik jihatlari,matn va nutq tahlili,tilshunoslik, adabiyot va pedagogika kabi mavzularni o'z ichiga qamrab oldi.
Joriy yilning 22-may sanasida O'zDJTU talabalari Yog'och o'ymakorligi bo'yicha mahorat darsiga tashrif buyurishdi.
Tarjimonlik fakulteti tyutorlari N.Masadikova, Sh.Tursunova, T.Ashirovalar o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Yog'och o'ymakorlik yo'nalishi bo'yicha San'at festivali oltin medal sohibi Sirojiddinov Jaloliddin hamda uning shogirdlari bilan birgalikda "Yog'och o'ymakorligi" bo'yicha mahorat darsiga tashrif buyurishdi.
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovva universitet vakillarining Germaniya davlatida xizmat safari davom etmoqda. 21-may kunidagi galdagi manzil dunyo universitetlari reytingida 320-oʻrinda turuvchi, Boxumdagi nufuzli Rur universiteti boʻldi.
Tashrif doirasida ikki universitet vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet vakillari hamda Rur universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori prof Fraytag xonim, Germanistika boʻlimi boshligi prof. Karen Pittner janoblari ishtirok etdi
📺📺
O’zDJTU Tarjimonlik fakultetida o’tkazilgan “Save the Planet” — “Sayyoramizni asraylik” nomi ostidagi tadbir doirasida tashkil etilgan modalar namoyishidan FOTOREPORTAJ.
Ma’lumot uchun: Kolleksiyada taqdim etilgan har bir libos chiqindi materiallardan tayyorlangan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✨️Решением Генеральной Ассамблеи ООН 12 мая отмечается Международный день здоровья растений. В связи с этим декан факультета русской филологии А.Б. Рахмонов, заместители декана В.А. Лямкина, Х.И. Ахмедов, А.Н.Дадаханов, тьюторы и студенты провели совместную акцию «Высадка деревьев» на территории факультета.
🌿В ходе мероприятия участники акции приобщились к природе, высадили саженцы, увидели результат труда своими руками.
Подбором растений и разработкой схемы их посадки занимались сотрудники и студенты факультета русской филологии УЗГУМЯ. Территорию факультета пополнили саженцы различных видов, хорошо зарекомендовавших себя в условиях климата Узбекистана.
🌿🌲Международный день охраны здоровья растений 2024 призывает всех повысить уровень осведомленности и предпринять действия, направленные на сохранение здоровья растений.
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Germaniya davlatida xizmat safarida boʻlib turgan OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov 21-may kuni Humboldt universitetiga tashrif buyurdi. Samarali kelishuvlarga boy tarzda tashkil etilayotgan uchrashuvlar Humboldt universitetida ham boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Humboldt universiteti rahbariyati vakillari hamda Humboldt universiteti professori Ayfer Durck xonim va David Amiri, Oʻzbekistonning Germaniyadagi taʼlim masalalarida hamkorlik boʻyicha 2- kotib Sherzod Hasanov, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitetimiz vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet faoliyatiga oid videolavha bilan birgalikda universitet haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Shuningdek, xalqaro universitetlar bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik haqida soʻzlab oʻtdi.
Shuningdek, OʻzDJTU rektori onlayn konferensiya, talabalar almashinishni hamda dual taʼlimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarini bildirib, Humboldt universiteti talabalari uchun universitetimizda barcha sharoitlar yetarli ekanligini taʼkidladi.
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
O'zDJTU 3-talabalar turar joyida O'zbekiston xalq shoirasi Xalima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yiligiga bag'ishlangan “Oila va jamiyat, tarbiya, she'riyat” mavzusi doirasida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Dastur Ingliz tili uchinchi fakulteti Xotin-qizlar bo'yicha dekan maslahatchisi X.Nishanova, Ingliz tili birinchi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Aripova, TTJ pedagogi X.Ravshanov tomonidan tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalar tomonidan Xalima Xudoberdiyevaning she'rlari yoddan aytildi va shoiraning hayot yo'li, ijodi haqida so'z yuritildi. Bir qator mavzular haqida qizg’in muhokamalar olib borildi.
📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
10.00.04 - Yevropa, Avstraliya, Amerika xalqlari tili va adabiyoti fanidan maxsus imtihon dasturi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillar) fanidan
maxsus imtihon dasturi.