4️⃣4️⃣4️⃣
📱“Huquq maktabi” mobil ilovasi yaratildi
⚡️Adliya vazirligi tomonidan tomonidan yaratilgan ushbu mobil ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanish mumkin.
❓ Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?
✅ Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
✅ Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
✅ Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar Adliya vazirligi va TDYUU tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
🔠 Huquqiy savodxonligini oshirmoqchi bo‘lgan barcha o‘quvchi va talabalarga tavsiya etiladi.
Yuklab olish:
App Store | Play Market
Bizni kuzating
⚖️👨💻👩💻💬 🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining hamkori Jazoir-2 universiteti rektori Said Raxmani hamda Korkit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti prorektori Buribayeva Maynura Abiltayevnalar bilan O‘zDJTUda tashkil etilgan uchrashuvidan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣📣📣📣📣
Yoshlarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ularni yangi marralar sari yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng faol talabasi” respublika tanloviga arizalar qabul qilish jarayoni uzaytirilganini ma'lum qilamiz!
🔜 Tanlovning universitet bosqichi uchun arizalar topshirish jarayoni 2024-yilning 1-noyabriga qadar davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha boʻlib oʻtadi:
✅Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi;
✅Yilning end faol targ’ibotchi talabasi;
✅Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
✅Yilning eng faol sportchi talabasi;
✅Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
✅Yilning eng faol ijodkor talabasi;
✅Yilning eng faol tadbirkor talabasi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Nominatsiyalar boʻyicha 1-2-3 oʻrinni egallagan gʻolib va sovrindorlar OʻzDJTU faxriy yorligʻi bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda 1-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 8 barobari miqdorida, 2-oʻrin sohibi BHMning 6 barobari miqdorida hamda 3-oʻrin sohibi BHMning 4 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.
23-oktabr kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasi o'qituvchisi Mardonova Mohinbonu tomonidan 1-Talabalar turar joyida "Diskriminatsiyaga qarshi kurash kuni" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalar diskriminatsiyaga qarshi kurashish, tenglik va adolatni ta'minlash borasida muhim fikrlar bildirishdi. Shuningdek, diskriminatsiyaning turlari, sabab, oqibatlari hamda yechimlari borasida keng fikr almashishdi.
Tadbir ishtirokchilar uchun yangi g‘oyalarni kashf etishga, bir-birlarini yaxshiroq tushunishga yordam berdi. Kelgusida bunday tadbirlarni yanada ko‘proq o‘tkazish zarurligi ta'kidlandi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
#tadbir
Ingliz filologiyasi fakultetida "Effective vocabulary teaching" mavzusiga oid ochiq muloqot (offline workshop) o'tkazildi.
Tadbir Xalqaro (IELTS) va milliy (CEFR)til sertifikatlarini qo'lga kiritishda eshitish, o'qish, yozish va gapirish til ko'nikmalarida lug'at boyligining o'rni va ahamiyati mavzusida olib borilib, chet ellik mutaxassislar va talabalar ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir O'zDJTU miqyosida KECHKI TA'LIM talabalari uchun ilk bora o'tkazilayotgan bo'lib, talabalarni ilmga va tilga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Talabalarda katta qiziqish bildirilganligi sababli, fakultet rahbariyati tomonidan bunday tadbirlarni kelgusida ham o'tkazish rejaga kiritildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1️⃣1️⃣1️⃣
🇺🇿 Bugun 22-oktyabr Ingliz tili birinchi fakultetida yigitlar oʻrtasida futbol hamda talaba-qizlar oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha “Dekan kubogi” boʻlib oʻtdi.
Musobaqada fakultetdagi ushbu sport turiga qiziquvchi yoshlardan tashkil topgan 6 ta jamoa voleybol boʻyicha, 8 ta jamoalar esa futbol boʻyicha bir-birlari bilan gʻoliblik uchun kurashishdi.
Oʻyin juda shiddatli hamda bahslarga boy boʻldi.
Futbol boʻyicha gʻoliblar:
🥇-o’rin “Fighters”
🥈-o’rin “united youth”
🥉-o’rin “Qalqon”
Voleybol boʻyicha gʻoliblar:
🥇-o’rin — “Lochinlar”
🥈-o’rin — “Chaqqonlar”
🥉-o’rin — “Liderlar”
📌 1-oʻrinni olgan jamoalar universitet bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
🤝 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!
Hamda yaqindan yordam bergani uchun Jismoniy tarbiya kafedrasiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
🔥 Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi musobaqalarimizda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
#fakultet #sport #yoshlarittifoqi
Bizni kuzating
Telegram | Instagram
#tadbir
Til – millatning boyligi va bebaho mulki!
Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan Ingliz filologiyasi fakultetida "Til – millatning boyligi va bebaho mulki" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni fakultet dekani Guli Ergasheva kirish so‘zi bilan ochdi va til hamda nutq masalasi qadimdan millat ma’naviyati va madaniyati takomilining bosh omillaridan biri bo‘lib kelganligini e’tirof etdi.
Bayram tadbirida iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan o‘zbek tilini madh etuvchi she’r va g‘azallar, sahna ko‘rinishlari, raqslar iliq taassurot qoldirdi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
👨⚖️👩⚖️
22-oktabr kuni OʻzDJTU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 26-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Dastur davomida Muxammedova Xulkar Eliboyevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Viktorian ingliz adabiyotida adibalar nasri tipologiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-oktabr kuni O‘ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari 1-kafedrasida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Anliyaning Portsmus universitetida malakalarini oshirib qaytgan katta o‘qituvchilar F.Adilova, H.O‘rinboyeva, N.Alimxanova, D.Boltayevalar fakultet o‘qituvchilariga tajribalarini bo‘lishishdi.
Ilmiy seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzulari bo‘yicha barcha savollarga javob olishdi.
@first_faculty_official
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tilbayrami
🌐 Bizni kuzating
👨💻👩💻🧠
21-oktabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi ustozlari hamda tyutorlar hamkorligida trening mashg'uloti tashkil etildi.
Jahon ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan tashkil etilgan trening mashg‘ulotida universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tayanch doktorantura, doktorantura, stajor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kiruvchilar uchun ixtisosliklar bo’yicha dasturlar
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligidan dastur
Читать полностью…13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan dastur
Читать полностью…Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/oliy-talim-sohasidagi-xalqaro-hamkorlik-rivozhlanmoqda_649364
⚖️👨💻👩💻💬 🤝🌏👨🏫👩🏫
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yiI 20 sentyabrdagi 03-RA 211-2654/37-son topshirig‘iga hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10-oktabrdagi 685-F-son Farmoyishiga muvofiq, O‘zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida joriy yil 21-26-oktabr kunlari "Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
🤝🌏👨🏫👩🏫
22-oktabr kuni Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R.U. Madjidova va kafedra professor-o‘qituvchilari Rossiyaning Ural davlat pedagogika universiteti mutaxassisi p.f.n., dotsent, Ingliz filologiyasi va ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Olga Pavlovna Kazakova bilan uchrashuv tashkil etishdi.
Davra suhbatida ikki oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari va istiqbollari ko‘rib chiqildi. “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” loyihasi doirasida olingan “Xorijiy tilda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilidan multimedia mahsulotlari majmuasi” (o‘zbek-rus) guvohnomasini aprobatsiya qilish va tijoratlashtirish maqsadidagi tashrifi masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida Kazakova O.P. Ingliz tili 1-fakulteti talabalari bilan “Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimi: an’analar va innovatsiyalar” («Система подготовки будущих учителей иностранных языков: традиции и инновации») mavzusida ochiq ma’ruza qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬 🤝🌏👨🏫👩🏫
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yiI 20-sentyabrdagi 03-РА 211-2654/37-son topshirig'iga hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktabrdagi 685-F-son Farmoyishiga muvofiq, O'zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida joriy yil 21-26 oktabr kunlari "Yangi O'zbekistonda ta'lim tizimini transformatsiya qilish, ta'lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.
👨🏫👩🏫
23-oktabr kuni OʻzDJTU Ilmiy kengashining 28-son majlisi oʻtkazildi.
Unda Shakurbanova Nadejda Emirovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Polipredikativ tuzilmalarning sotsiolingvistik informativligi (badiiy matndagi ayollar rollari materialida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.
#tanlov
4-Talabalar turar joyida "Ona sogʻinchi" nomli maktublar musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Tanlov Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari I.Xaydarov, B.Ashurov, A.Murtazayeva, U.Elova va N.Salimova tashabbusi bilan tashkil etildi.
Unda Sharq filologiyasi fakulteti talabalari Muxtorjonova Durdona, Vapoyeva Fotima, Narzullayeva Sevinch,
Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi Norqulova Mohinur,
Ingliz tili 3-fakulteti talabalari Inamjonova Mubina, Saparbayeva Sevara oʻzlarining chiroyli yozilgan monolog hamda maktublari bilan ishtirok etishdi.
2️⃣2️⃣2️⃣
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari (ro‘yxat bo‘yicha) Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 30-sentyabrdagi Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, jumladan, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida san’at va madaniyat sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining oliygohlar bilan hamkorlikda konsert dasturlarini tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan reja-jadval ijrosi yuzasidan O‘zDJTU da ma’daniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
👨🏫👩🏫
22-oktabr kuni OʻzDJTU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 27-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda Mannonova Saodat Artikovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Rasmiy muloqotning kommunikativ-pragmatik aspekti (ingliz va oʻzbek tillaridagi tijoriy yozishmalar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.
🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2024-yil 10-avgustdagi 166/xb buyrug’iga asosan oliygohning 11 nafar professor-o‘qituvchilari 2024-yil 30-sentabrdan 12-oktabrga qadar dunyo reytinglarida yuqori o‘rinlarda bo‘lgan Finlandiya va Shvetsiya ta’lim muassasalarida malaka oshirib qaytgani haqida xabar bergan edik.
🟦🟦🟦🟦🟦
21-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilida joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida 6-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan "Rektor va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rektori, universitet rahbariyati vakillari, yotoqxona xodimlari, talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va talabalarga universitet faoliyati, o‘quv dasturlari, yaratilgan qulayliklar, imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Talabalarni hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, giyohvand moddalar,diniy ekstremizm va turli xil oqimlarga aralashib qolmaslik uchun ogohlikka chaqirdi.
Ochiq muloqot asosida tashkil etilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini, talab va takliflarini berib, munosib tarzda javob oldilar.
Talabalarning muammolari o‘rganilib, yechimi borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida iqtidorli talabalar tomonidan qo‘shiqlar ijro etildi. Talabalar turar joyida eng namunali talaba, toza va ozoda xona, nominatsiyasi bo‘yicha bir guruh talabalar taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-oktabr kuni Tarjimonlik fakulteti tyutorlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan talabalar bilan 21- oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi kuni munosabati bilan "Til qalb - tarjimonidir" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida mavzuga oid mulohazalar, ma’lumotlar o‘rtaga tashlandi. Tadbir Adiblar xiyobonida davom etdi. U yerda talabalar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, shoirning ijodidan parchalar o‘qishdi.
Ushbu tadbir davomida yoshlar o‘rtasida milliy tilimizni yo‘qotmaslik, uni asrash va sevish, o‘zbek tili bizning ma’naviy boyligimiz ekanligi haqida fikr yuritildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
📍Tarjimonlik fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
21-oktabr kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan eʼlon qilingan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida g’olib bo’lgan bakalavr, magistr talabalari hamda doktorantlar bilan suhbat o’tkazildi.
Uchrashuvda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektor A.Nasirov, oliygoh mas’ullari hamda sovrindor talabalar ishtirok etdi.
23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligidan dastur
Читать полностью…13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariysi va metodikasi (chet tillari) ixtisosligidan dastur
Читать полностью…10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligidan dastur
Читать полностью…