🟦🟦🟦
8-noyabr kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshqa OTM rahbarlari bilan Nukus pedagogika institutiga xam tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Nukus pedagogika institutidagi shart sharoitlar, oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Talabalarga yaratilgan sharoitlar va qulayliklarni ko‘zdan kechirib, tajriba almashish maqsadida oliygoh rektorlari fikr almashishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasidagi “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish maqsad qilingan.
Mazkur tadbirda bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etishga o‘z hissasini qo‘shishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan bugun O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshqa OTM rahbarlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov O‘zDJTUga biriktirilgan Xo‘jayli ko‘p tarmoqli texnikumiga tashrif buyurib, mazkur Texnikumdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, taklif va muammolarni o‘rganishdi.
O‘zDJTU rahbarining yana boshqa hududlarga tashrif buyurishi kutilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣 Odamlar-u odamlar! Eshitmadim demanglar!
⚡️ "Registon" o'quv markazi butun O'zbekiston bo'ylab "Registon IELTS granti" tanlovining 4-mavsumiga start berdi!
⚡️ Tanlov doirasida Respublika bo'ylab 1000 nafar yoshlarga IELTS'ni bepul o'rgatish imkoniyatini taqdim etilmoqda!
📹 Batafsil videoda ma'lumot oling!
📌 Grantda ishtirok etib, bepul IELTS o'qish imkonini qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting:
👉 @Rgn_IELTS_Shirin_uchtepa_bot
0️⃣0️⃣0️⃣
🎥 “101” filmi namoyish qilindi
Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Uchtepa rltuman boʻlimi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan faollar zalida Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar tomonidan otib tashlangan 101 oʻzbek oʻgʻlonining qahramonligiga bagʻishlangan “101” filmi talaba-yoshlarga namoyish qilindi.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida Gollandiyadagi fashistlarning lagerlaridan birida Samarqand polkidan 101 askar boʻlgan. Gitlerchilar ular bilan gʻayriinsoniy tajriba oʻtkazishga kirishganlar. Maʼlumotlarga qaraganda, 1941-yilning sentyabrida 101 sovet askari Amersfortga olib kelingan, ularning barchasi oʻzbek millatiga mansub boʻlib, Samarqand eshelonidan boʻlgan. Boshqa mahbuslarning xotiralariga koʻra, ularga nisbatan hayvonlardek muomala qilishgan. Qahraton qishda ular tikanli sim bilan oʻralgan ochiq maydonda saqlanishadi. Deyarli ovqat berilmaydi. Kunlarning birida bir guruh kinematograflar lagerga kelishadi. Ularning maqsadi fashist armiyasi uchun askarlarining ruhini koʻtaradigan filmi tayyorlash edi. Natsistlarning rejasi boʻyicha charchagan va och oʻzbek mahbuslari oldilariga tashlangan bir boʻlak non uchun bir-birlarini urib oʻldirishlari kerak edi. Lekin natija aksincha boʻlib chiqqan, askarlardan biri nonni olib, yoshi kattasiga topshirgan, u esa nonni hammaga boʻlib bergan. Reja chippakka chiqqanidan gʻazablangan fashistlar mahbuslarning aksariyatini otib tashlashadi, qolganlari esa ochlikdan vafot etadi…
6-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ch.Chutpulatov, PKQTMO tarmoq markazi direktori J.R.Abduganiyeva, bo‘lim boshliqlari A.A.Kayumov, K.T.Alimova va ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
6-noyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan fotosuratlar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Ko’rgazmada Jazoirning tarixi, taraqqiyotiga oid suratlar namoyish etildi. Dastur doirasida tadbir tashkil etilib, unda Jazoir elchisi Mogamned Irki, elchi yordamchisi va ma’sul xodimlari, shuningdek, O'zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi oliygoh rahbariyati vakillari ishtirok etdi.
Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida MTRK tomonidan Yangi O'zbekistonning yangi avlod tele va radio ijodkorlarini kashf etish maqsadida tanlov (kasting) bo'lib o'tdi.
Kasting oliy toifali diktor, jurnalist Jamshid Umrzoqov tomonidan amalga oshirilib saralanganlar Milliy teleradiokompaniya tizimida diktor va boshlovchi bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida 4-bosqich talabalarining malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha himoya jarayonlari boshlandi.
6-noyabr kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (italyan tili) hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) kafedralarida 4-bosqich talabalarining malakaviy amaliyoti himoyasi o‘tkazildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi kurs talabalarining 2 oylik amaliyot jarayonlari o‘z yakuniga yetib, talabalarning amaliyot himoya jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
6-noyabr kunida Sharq filologiyasi fakulteti, Roman-german filologiyasi fakulteti va Ingliz filologiyasi fakultetlarida talabalarning amaliyot himoyasiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi va ushbu jarayonlarda Sharq filologiyasi fakultet dekani D.Djurayev va fakultet rahbariyati, mas’ul kafedra mudirlari, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limining mas’ul xodimlari, Roman-german filologiyasi fakultetidan fakultet rahbariyati va Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi kafedra mudiri G.Raximova hamda amaliyot rahbarlari, Ingliz filologiyasi fakultetidan fakultet rahbariyati, kafedra mudiri I. Xaydarov va amaliyotga mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
Bitiruvchi kurs talabalari o‘zlarining amaliyot davrida egallagan ko‘nikma va malakalarini namoyish etishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
6-Noyabr kuni "Jahon adabiyoti’’ kafedrasi mudiri professor G. Xalliyeva va kafedra o‘qituvchisi M. G‘iyosov rektor, professor I.M.Tuxtasinov bilan uchrashishdi.
Uchrashuv davomida M. G‘iyosov AQSH davlatiga yutgan grant loyihasining mohiyati va bu grantning O‘zbekiston oliy ta’lim maskanlarida, jumladan universitetimizda o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga imkoniyatlari haqida axborot berdi.
Rektor I.M.Tuxtasinov "Jahon adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi M.G‘iyosovni AQSH davlatiga grant yutgani bilan tabrikladi va kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan rejalar muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tanlov
Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o'qituvchilari tomonidan "The role of language in shaping cultural identity" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazildi.
Tanlov shartlari belgilangan mavzuda sodda reja asosida insho yozish boʻlib, asosiy e’tibor fikrlar mavzuga mosligi, badiiyligi, savodxonlik darajasiga qaratildi.
Unda fakultet talabalari faol ishtirok etib, oʻz bilimini sinovdan oʻtkazishdi. 1 oy vaqt davomida 50ga yaqin insholar qabul qilindi. Ijodiy ishlar ekspertlar tomonidan belgilangan mezonlar asosida tekshirilib, baholandi.
Eng yaxshi insholar tanlovi natijalariga ko'ra;G'oliblar tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
1-o'rin — Izatullayeva Farangiz 2331-guruh talabasi,
2-o'rin — Muminova Sevinch 2303-guruh talabasi,
3-o'rin — Yusupova Ruhshona 2316-guruh talabasi qo'lga kiritdi.
Ҳудуд: #Тошкент #Юнусобод (метроси)
#компания
📌Сотув бўлими учун менежер-оператор керак.
(таълим соҳасидаги лойиҳаларни экспорт қилишда кўмаклашиш)
🧑💼 Биз сиз учун:
✅ ДАРОМАД ойида камида 1200$;
(изоҳ: ташкилот томонидан бир ой ўқитилади, амалиёт ўтказилади, талаблар қўйилади ва қонуний шартнома қилинади ҳамда ишга нисбатан пропорционал ҳақ тўланади)
✅ Қадриятларга асосланган жамоа;
✅ Малака ошириш ва мартаба ўсиш имконияти;
⏰ Иш вақтлари қуйидагича:
Иш жараёни: тўлиқ офлайн
1-смена: 8:00-8:30 дан 13:30-14:00 гача
2-смена: 14:00 дан 20:00 гача
Биз учун қуйидагилар муҳим:
1. Хушмуомалалик;✅
2. Ишга ўз вақтида келиш;✅
3. Таълимни тушуниш (бу асосийси);✅
4. Ўзбек тилида равон гапириш (шеваларсиз);✅
5. Хорижий тиллардан камида биттасини билишлик✅ (сертификати бўлса қўшимча имкониятлар берилади)
Сотув техникаси ва гаплашув жараёнлари ташкилот томонидан тўлиқ ўргатилади.
Мурожаат учун:
@ShohruxAdxam ёки +998900261972 шу номерга боғланишлигингиз мумкин.
🟦🟦🟦
5-noyabr kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich bitiruvchi talabalarining malakaviy amaliyot himoyasi bo'lib o'tdi.
Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi xodimlari ushbu jarayonda qatnashib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Amaliyotning muvaffaqiyatli yakunlanishi bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o'tagan talaba keyinchalik o'z kasbiy faoliyatida yuqori salohiyatli mutaxassis bo'lish imkoniga ega bo'ladi. Yakuniy natijalarga koʻra, himoya qizg'in baxs munozaralarga boy o'tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
5-noyabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talabalarining malakaviy amaliyot himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlar ushbu jarayonda qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Amaliyotning muvaffaqiyatli yakunlanishi bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tagan talaba keyinchalik o‘z kasbiy faoliyatida yuqori salohiyatli mutaxassis bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi. Himoya qizg‘in bahs munozaralarga boy o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦
5-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyat vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.T.Eraliyeva hamda talabalar ishtirok etdi. Mazkur davra suhbatini Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov ochib berdi.
Mutaxassislar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish zarurligi, ayniqsa, og‘ir turdagi mehnat jarayonlariga bolalarni majburan jalb etish holatlariga barham berish va bu borada yoshlar, ota-onalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etilayotganligi haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbirda mutaxassis sifatida ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.T.Eraliyeva talabalarga majburiy mehnatga jalb etilishning salbiy oqibatlari va bunday holatlarning oldini olish zarurligi to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berib o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
7-noyabr kuni O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov universitetning profilaktika inspektori lavozimiga tayinlangan xodim bilan tanishdi.
Yaqinda o‘z vazifasiga kirishgan O‘zDJTU profilaktika inspektori kapitan Nurmuxamedova Madina Xasanovnaga universitet rahbari I. Tuxtasinov kelgusi ishlarida omad tiladi hamda faoliyatini olib borishda doim hamkorlikka tayyor ekanligini bildi.
Uchrashuvda shuningdek, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev hamda universitet profilaktika inspektori Sh.Bekmetov ham ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
😊 "Registon IELTS granti"ga ro'yxatdan o'tganlar uchun maxsus video!
✅ Ushbu videoni tomosha qilish orqali
— IELTS granti o'zi qanday tanlov?
— Tanlovdan maqsad nima?
— Tanlov qay tartibda o'tkazilishi;
— G'oliblarni qanday imkoniyatlar kutayotgani haqida muhim ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin.
📌 Tanlovga ro'yxatdan o'tishning oxirgi sanasi: 30-noyabr 00:00!
🏆 Grantda qatnashib, IELTS'ni mutlaqo bepul o'rganmoqchi bo'lsangiz, @Rgn_IELTS_Shirin_uchtepa_bot orqali ro'yxatdan o'ting.
📞 +998935362700
4️⃣4️⃣4️⃣
Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi ko‘zda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing:
✔️https://lex.uz/docs/7162473
✔️https://lex.uz/pdfs/7182193
6-noyabr kuni OʻzDJTU Axborot-resurs markazida "Besh tashabbus"ning 4-tashabbusi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirgan holda, bu kabi tashabbuslarning ularning hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar va mazkur sohada yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratishni taklif etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Navoiy shahrida yangi tashkil topgan "Farovon" mahallasidagi 22-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabning faol o‘quvchilaridan, o‘z maqsadini, kelajak uchun tuzgan aniq rejalari haqida so‘zlab bergan Mardonava Marjona Jasur qiziga maktabni tamomlagandan so‘ng O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining davlat granti asosida qabul qilinishiga tavsiya berganligi haqida ma’lumot bergan edik.
🟦🟦🟦
7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilarining an’anaviy 17-anjumani o‘z ishini boshladi.
Bu yilgi anjumanda Respublika umumta’lim maktablari, litsey, texnikum hamda OTM o‘qituvchilaridan tashqari Markaziy Osiyo davlatlarining Pasch hamkor maktablari direktorlari ishtirok etishmoqda.
Anjumanni tashkil qilishda Germaniya va Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixona vakillari, Toshkentdagi Gyote institutning filliali, ZdFa, Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD), Saksoniya federal o‘lka ta’lim vazirligi, shuningdek, Ernst Klett, Hueber va Cornelsen nashriyoti vakillari hamkorlik qilmoqda.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston bo‘ylab 250 dan ortiq nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.
Anjumanni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. O‘zDJTU rektori bugungi anjumanda mahalliy va qo‘shni Respublikalardan ham nemis tili o‘qituvchilarining ishtirok etishi bir qator vazifalarni muhokama qilish imkonini berishini, ushbu tadbirni o‘tkazishga O‘zDJTU hissa ham qo‘shayotganligini ta’kidladi va anjuman ishtirokchilariga omad tilab qoldi.
Anjuman ishi 8-noyabr kuni ham davom ettiradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
6-noyabr kuni O‘zDJTU universiteti rahbariyati vakillari bilan Eronning Alloma Tabotabai universiteti rahbarlari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Eronning Alloma Tabotabai universiteti prezidenti Dr. Shaja Axmadvand hamda Eronning O‘zbekiston bilan ilmiy sohada hamkorlik bo‘yicha kuratori Dr. Ilyasi hamda universitet vakillari O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, 2-chet tili kafedrasi mudiri A. Yuldashev va boshqalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama etildi:
✅Talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
✅ Fors tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
✅ O‘zDJTUga til sohiblari – fors tili o‘qituvchilarini taklif qilish;
✅ Fors tili bo‘yicha darslik va o‘quv adabiyotlari olish, hammualliflikda yangi darsliklar yaratish;
✅Jurnalistika va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✅ Ilmiy sohada hamkorlik qilish, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini tashkil qilish;
✅ Alloma Tabotabai universiteti rus tili guruhi talabalarining Rus filologiyasi fakultetida stajirovka va amaliyotini tashkil qilish;
✅ Yozgi maktablar tashkil qilish;
✅Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar.
🟦🟦
6-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 35 - son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Sheraliyeva Shaxnoza Irkinovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ingliz va fransuz tillarida avtomobil terminlarining strukturaviy-semantik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚡️Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov talabalarning bugungi ijodiy yutuqlari, fakultetda ular uchun yaratilayotgan sharoitlar, talabalar studiyasi haqida gapirib o’tdi.
Uchrashuvda, hamkorlik memarandumi imzolanib talabalarni ish va amaliyot o’tash borasida “Toshkent viloyati” telekanaliga jalb etish yuzasidan qator tashabbuslar o’rtaga tashlandi.
#infografika #faoliyat_oktyabr
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil oktyabr oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari
Bizni kuzating
⭕️⭕️⭕️5️⃣5️⃣5️⃣
O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida boshlovchi va diktor bo'lib faoliyat yuritishni xohlovchilar diqqatiga!
2024-yil 7-noyabr kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida MTRK tomonidan Yangi O'zbekistonning yangi avlod tele va radio ijodkorlarini kashf etish maqsadida tanlov (kasting) bo'lib o'tadi.
Kasting o‘tkazish va saralanganlarni efirga tayorlash oliy toifali diktor, jurnalist Jamshid Umrzoqov tomonidan amalga oshiriladi.
Manzil: OʻzDJTU Xalqaro jurnalistik fakulteti (Chilonzor tumani, Lutfiy ko'chasi, 8-uy)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
5-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabalari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Mazkur koʻrik Uchtepa tumanidagi Sanitariya epidemiologik markazning analiz laboratoriyasida tashkil etildi.
Koʻrik davomida talabalar shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish jarayoni bilan tanishtirildi, shuningdek, talabalar oʻrtasida miningit tekshuruvi ham oʻtkazildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦
5-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig‘ilishida tadqiqotchi Ixtiyorov A’zamjon Avazbek o‘g‘lining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Turli tizimli tillarda subyektiv munosabat semantikasi va uning lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Joriy yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi "Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 316-son buyrug‘ining ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi va fakultet dekan maslahatchilarining reja asosida amalga oshirilayotgan ishlari Respublika Xotin-qizlar kengashi ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
4-noyabr kuni Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchixonasi Jazoirning 70 yillik milliy bayramini nishonladi.
Shu munosabat bilan Tashkent Citydagi Hilton mahmonxonasida maxsus bayram tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirga O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A.Nasirov, oliygohimiz professor-o’qituvchilari va Jazoirda tahsil olib kelgan talabalarimiz taklif etildi.
Bayram tadbiri qiziqarli, yorqin kayfiyatda, koʻtarinki ruhda oʻtdi. Dastur ishtirokchilari ikki davlat madaniyati, turli sohalardagi hamkorliklar va boshqa zarur ma’lumotlardan boxabar boʻlishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt