uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshqa OTM rahbarlarining Qoraqalpog‘iston respublikasi hududlari bo‘ylab safari davom etmoqda.

Ular Nukus pedagogika institutidan so‘ng Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lishdi. Tashrif doirasida universitetning shart sharoitlar, oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Talabalarga yaratilgan sharoitlar va qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. O‘zaro tajriba almashishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

7-noyabr kuni O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va Sankt-Peterburg davlat universitetiga stajirovka o‘tash va ma’ruzalar o‘qish uchun jo‘nab ketayotgan Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri va professor-o‘qituvchilarini qabul qildi. 

Yig‘ilishda Rossiyaning ko‘rsatilgan universitetlarida ta’lim muassasamiz haqida taqdimotlar o‘tkazish, kelgusidagi hamkorlik masalalarini, jumladan talaba va professor-o‘qituvichalar almashinuvi, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish kabi masalalar bo‘yicha hamkasblar bilan gaplashish, shuningdek safardan unumli foydalanish haqida ko‘rsatmalar berildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari berilgan imkoniyatdan samarali foydalanishi va aloqalarni yanada rivojlantirishga o‘z hissalarlarini qo‘shishlarini ma’lum qildilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

7-noyabr sanasida mashhur rus yozuvchisi Aleksandr Faynbergning tavalludiga 85 yil to'lishi munosabati bilan Axborot-resurs markazi kutubxonachisi Sh. Artikova, rus filologiyasi tyutori D. Izzatullayeva va 24-04-guruh talabalari bilan birgalikda shoirning hayoti va ijodiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi. Suhbatda yozuvchining "Olis ko'priklar", "Ibodat", "Soniya", "Qisqa to'lqin" kabi she'rlarida o'tmish bilan hozirgi kun namoyon etilganligi, Faynberg ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etishi haqida gapirildi. O'zbek she'riyatini mukammal bilgan shoir A. Navoiy g'azallari, E. Vohidov, A. Oripov, O. Matjon va boshqa o'zbek shoirlarining she'r va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan. Suhbatda talabalar uning "Ishq" she'rini o'zbek, rus va ingliz tillarida yod olishdi.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

7-noyabr kuni O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov universitetning profilaktika inspektori lavozimiga tayinlangan xodim bilan tanishdi.

Yaqinda o‘z vazifasiga kirishgan O‘zDJTU profilaktika inspektori kapitan Nurmuxamedova Madina Xasanovnaga  universitet rahbari I. Tuxtasinov kelgusi ishlarida omad tiladi hamda faoliyatini olib borishda doim hamkorlikka tayyor ekanligini bildi.

Uchrashuvda shuningdek, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev hamda universitet profilaktika inspektori Sh.Bekmetov ham ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

😊 "Registon IELTS granti"ga ro'yxatdan o'tganlar uchun maxsus video!

Ushbu videoni tomosha qilish orqali
— IELTS granti o'zi qanday tanlov?
— Tanlovdan maqsad nima?
— Tanlov qay tartibda o'tkazilishi;
— G'oliblarni qanday imkoniyatlar kutayotgani
haqida muhim ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin.

📌 Tanlovga ro'yxatdan o'tishning oxirgi sanasi: 30-noyabr 00:00!

🏆 Grantda qatnashib, IELTS'ni mutlaqo bepul o'rganmoqchi bo'lsangiz, @Rgn_IELTS_Shirin_uchtepa_bot orqali ro'yxatdan o'ting.

📞 +998935362700

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi ko‘zda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing:

✔️https://lex.uz/docs/7162473

✔️https://lex.uz/pdfs/7182193


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

6-noyabr kuni OʻzDJTU Axborot-resurs markazida "Besh tashabbus"ning 4-tashabbusi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirgan holda, bu kabi tashabbuslarning ularning hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar va mazkur sohada yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratishni taklif etdilar.


Ushbu tadbir, o‘z navbatida, yoshlar orasida ma'naviy yuksalish va ijtimoiy faollikni kuchaytirish, ularning kelajakda jamiyatda faol va mas'uliyatli fuqarolar sifatida yetishishiga yordam beradi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida  Navoiy shahrida yangi tashkil topgan "Farovon" mahallasidagi 22-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabning faol o‘quvchilaridan, o‘z maqsadini, kelajak uchun  tuzgan aniq rejalari haqida so‘zlab bergan Mardonava Marjona Jasur qiziga maktabni tamomlagandan so‘ng O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining davlat granti asosida qabul qilinishiga tavsiya berganligi haqida ma’lumot bergan edik.

Berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 31-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich boshchiligidagi oliygoh rahbariyati vakillari  Navoiy viloyatidagi 22-umumta’lim maktabiga borib, universitetning bo‘lajak talabasiga maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alarini topshirgan edi.

Bugun 7-noyabr kuni Marjona Mardonava va uning onasi O‘zDJTUga tashrif buyuri, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitet rektori universitetning bo‘lajak talabasi Marjonaga talabalar uchun yaratilgan shart sharoitlar va qulayliklar haqida ma’lumotlar berdi. shuningdek, esdalik sovg‘alarini topshirib, universitetda tahsil olishda barcha qulayliklar yaratilib berilishi haqida so‘zlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, Mardonava Marjona va uning onasi universitetni aylanib, universitet faoliyati, o‘quv binosi va talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan tanishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilarining an’anaviy 17-anjumani o‘z ishini boshladi.

Bu yilgi anjumanda Respublika umumta’lim maktablari, litsey, texnikum hamda OTM o‘qituvchilaridan tashqari Markaziy Osiyo davlatlarining Pasch hamkor maktablari direktorlari ishtirok etishmoqda.

Anjumanni tashkil qilishda Germaniya va Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixona vakillari, Toshkentdagi Gyote institutning filliali, ZdFa, Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD), Saksoniya federal o‘lka ta’lim vazirligi, shuningdek, Ernst Klett, Hueber va Cornelsen nashriyoti vakillari hamkorlik qilmoqda.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston bo‘ylab 250 dan ortiq nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Anjumanni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori  I.Tuxtasinov ochib berdi. O‘zDJTU rektori bugungi anjumanda mahalliy va qo‘shni Respublikalardan ham nemis tili o‘qituvchilarining ishtirok etishi bir qator vazifalarni muhokama qilish imkonini berishini, ushbu tadbirni o‘tkazishga O‘zDJTU hissa ham qo‘shayotganligini ta’kidladi va anjuman ishtirokchilariga omad tilab qoldi.

Anjuman ishi 8-noyabr kuni ham davom ettiradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

6-noyabr kuni O‘zDJTU universiteti rahbariyati vakillari bilan Eronning Alloma Tabotabai universiteti rahbarlari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda  Eronning Alloma Tabotabai universiteti prezidenti  Dr. Shaja Axmadvand hamda Eronning O‘zbekiston bilan ilmiy sohada hamkorlik bo‘yicha kuratori Dr. Ilyasi hamda universitet vakillari O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, 2-chet tili kafedrasi mudiri A. Yuldashev va boshqalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama etildi:

Talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
Fors tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
O‘zDJTUga til sohiblari – fors tili o‘qituvchilarini taklif qilish;
Fors tili bo‘yicha darslik va o‘quv adabiyotlari olish, hammualliflikda yangi darsliklar yaratish;
Jurnalistika va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Ilmiy sohada hamkorlik qilish, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini tashkil qilish;
Alloma Tabotabai universiteti rus tili guruhi talabalarining Rus filologiyasi fakultetida stajirovka va amaliyotini tashkil qilish;
Yozgi maktablar tashkil qilish;
Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦

6-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 35 - son majlisi bo‘lib o‘tdi.


Unda Sheraliyeva Shaxnoza Irkinovnaning  10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ingliz va fransuz tillarida avtomobil terminlarining strukturaviy-semantik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚡️Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov talabalarning bugungi ijodiy yutuqlari, fakultetda ular uchun yaratilayotgan sharoitlar, talabalar studiyasi haqida gapirib o’tdi.


🔰“Toshkent viloyati” teleradiokanali jamoasi va kanal direktori, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori G’ulomjon Samadov tomonidan telekanal faoliyati va kelajakdagi rejalar haqida so’z ochilib fakultetning ko’plab talabalari uchrashuvning o’zida telekanal tomonidan ishga qabul qilindi.

Uchrashuvda, hamkorlik memarandumi imzolanib talabalarni ish va amaliyot o’tash borasida “Toshkent viloyati” telekanaliga jalb etish yuzasidan qator tashabbuslar o’rtaga tashlandi.


#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#infografika #faoliyat_oktyabr

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil oktyabr oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⭕️⭕️⭕️5️⃣5️⃣5️⃣

O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida boshlovchi va diktor bo'lib faoliyat yuritishni xohlovchilar diqqatiga!


2024-yil 7-noyabr kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida MTRK tomonidan Yangi O'zbekistonning yangi avlod tele va radio ijodkorlarini kashf etish maqsadida tanlov (kasting) bo'lib o'tadi.

Kasting o‘tkazish va saralanganlarni efirga tayorlash oliy toifali diktor, jurnalist Jamshid Umrzoqov tomonidan amalga oshiriladi.

Manzil: OʻzDJTU Xalqaro jurnalistik fakulteti (Chilonzor tumani, Lutfiy ko'chasi, 8-uy)


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

5-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabalari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.


Mazkur koʻrik Uchtepa tumanidagi Sanitariya epidemiologik markazning analiz laboratoriyasida tashkil etildi.

Koʻrik davomida talabalar shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish jarayoni bilan tanishtirildi, shuningdek, talabalar oʻrtasida miningit tekshuruvi ham oʻtkazildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

8-noyabr kuni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov rahbarligida O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi direktor o‘rinbosari J. Gulyamova va Britaniyalik ekspert, Xalqaro rivojlanish guruhi dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha katta maslahatchi Sam Thompson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida Britaniyalik ekspertga O‘zbekistonda, xususan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro loyihalar hamda hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Britaniyaning Portsmut va Lankaster universitetlari bilan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha kordinatorlari S. Agzamxodjaeva va G. Muxamedovalar o‘z reja va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Sam Thompson ingliz tili mutaxassislarini tayyorlash borasida olib borilayotgan samarali islohotlar tahsinga sazovorligi, kelgusida ushbu yo‘nalish bo‘yicha turli loyihalar va tadbirlarni tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.

Tarjimonlik fakulteti tyutorlari  S.Tuxtasinova, E.Vohidova va A.Abdurahmonovlar o‘zlarining bir guruh  talabalari bilan birgalikda Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashriflar davomida talabalar Adiblar xiyobonida adiblarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi,hamda Aleksander Faynberg hayoti va ijodini o‘rganish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.

Besh muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha sportning turli xil o‘yinlarini o‘ynashdi va musiqa va san’atga doir kuy-qo‘shiqlar ijro etishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

8-noyabr kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshqa OTM rahbarlari bilan Nukus pedagogika institutiga xam tashrif buyurdi.


Tashrif doirasida Nukus pedagogika institutidagi shart sharoitlar, oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Talabalarga yaratilgan sharoitlar va qulayliklarni ko‘zdan kechirib, tajriba almashish maqsadida oliygoh rektorlari fikr almashishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasidagi “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish maqsad qilingan.


Mazkur tadbirda bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etishga o‘z hissasini qo‘shishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan bugun O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshqa OTM rahbarlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov O‘zDJTUga biriktirilgan  Xo‘jayli ko‘p tarmoqli texnikumiga tashrif buyurib, mazkur Texnikumdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, taklif va muammolarni o‘rganishdi.

O‘zDJTU rahbarining yana boshqa hududlarga tashrif buyurishi kutilmoqda.  

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣 Odamlar-u odamlar! Eshitmadim demanglar!

⚡️ "Registon" o'quv markazi butun O'zbekiston bo'ylab "Registon IELTS granti" tanlovining 4-mavsumiga start berdi!

⚡️ Tanlov doirasida Respublika bo'ylab 1000 nafar yoshlarga IELTS'ni bepul o'rgatish imkoniyatini taqdim etilmoqda!

📹 Batafsil videoda ma'lumot oling!

📌 Grantda ishtirok etib, bepul IELTS o'qish imkonini qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting:

👉 @Rgn_IELTS_Shirin_uchtepa_bot

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

🎥 “101” filmi namoyish qilindi

Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Uchtepa rltuman boʻlimi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan faollar zalida Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar tomonidan otib tashlangan 101 oʻzbek oʻgʻlonining qahramonligiga bagʻishlangan “101” filmi talaba-yoshlarga namoyish qilindi.

Ikkinchi Jahon urushi yillarida Gollandiyadagi fashistlarning lagerlaridan birida Samarqand polkidan 101 askar boʻlgan. Gitlerchilar ular bilan gʻayriinsoniy tajriba oʻtkazishga kirishganlar. Maʼlumotlarga qaraganda, 1941-yilning sentyabrida 101 sovet askari Amersfortga olib kelingan, ularning barchasi oʻzbek millatiga mansub boʻlib, Samarqand eshelonidan boʻlgan. Boshqa mahbuslarning xotiralariga koʻra, ularga nisbatan hayvonlardek muomala qilishgan. Qahraton qishda ular tikanli sim bilan oʻralgan ochiq maydonda saqlanishadi. Deyarli ovqat berilmaydi. Kunlarning birida bir guruh kinematograflar lagerga kelishadi. Ularning maqsadi fashist armiyasi uchun askarlarining ruhini koʻtaradigan filmi tayyorlash edi. Natsistlarning rejasi boʻyicha charchagan va och oʻzbek mahbuslari oldilariga tashlangan bir boʻlak non uchun bir-birlarini urib oʻldirishlari kerak edi. Lekin natija aksincha boʻlib chiqqan, askarlardan biri nonni olib, yoshi kattasiga topshirgan, u esa nonni hammaga boʻlib bergan. Reja chippakka chiqqanidan gʻazablangan fashistlar mahbuslarning aksariyatini otib tashlashadi, qolganlari esa ochlikdan vafot etadi…


✍️ Bu kabi badiiy filmlar namoyishi har hafta an’anaviy tarzda oʻtkazilib kelmoqda. Yoshlarimizning esa ham madaniy, ham ma’naviy hordiq olishi ta’minlanmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

6-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ch.Chutpulatov, PKQTMO tarmoq markazi direktori J.R.Abduganiyeva, bo‘lim boshliqlari A.A.Kayumov, K.T.Alimova va ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.


Kengaytirilgan yig'ilishda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining ta'lim jarayoni hamda ilmiy faoliyatini yuqori saviyada tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, oliygohning professor-o'qituvchilaridan iborat ishchi guruhi oldiga qoʻygan Malaka oshirish kurslarining yo'nalishlari kesimida zamon talabiga javob beradigan, xorijiy tajribani o'rgangan holda 2025-yil uchun tillar kesimidagi o‘quv reja va dasturlarini yangilash va takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilib, qator vazifalar belgilab olindi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

6-noyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan fotosuratlar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko’rgazmada Jazoirning tarixi, taraqqiyotiga oid suratlar namoyish etildi. Dastur doirasida tadbir tashkil etilib, unda Jazoir elchisi Mogamned Irki, elchi yordamchisi va ma’sul xodimlari, shuningdek, O'zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi oliygoh rahbariyati vakillari ishtirok etdi.


Elchi janoblari rektor Ilxomjon Madaminovichga har bir surat bo’yicha izoh va ma’lumotlar berdi. Ko’rgazma talaba va o’qituvchilarda ajoyib tassurot qoldirdi.

Tadbirdan so’ng Mohamed Irki janoblari arab tili o’qituvchi va talabalari uchun "Jazoir inqilobining 75 yilligi" mavzuda ma’ruza o’qidi. Mavzu yuzasidan eng qiziqarli savol bergan 3 nafar talabaga elchi tomonidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida MTRK tomonidan Yangi O'zbekistonning yangi avlod tele va radio ijodkorlarini kashf etish maqsadida tanlov (kasting) bo'lib o'tdi.

Kasting oliy toifali diktor, jurnalist Jamshid Umrzoqov tomonidan amalga oshirilib saralanganlar Milliy teleradiokompaniya tizimida diktor va boshlovchi bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadi.


Saralash so’nggida, Jamshid Umrzoqov Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalarining bilim salohiyati haqida o’zining iliq fikrlarini aytib o’tib fakultet dekani Amrullo Karimovga minnatdorchilik bildirdi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida 4-bosqich talabalarining malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha himoya jarayonlari boshlandi.

6-noyabr kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (italyan tili) hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) kafedralarida 4-bosqich talabalarining malakaviy amaliyoti himoyasi o‘tkazildi.


Ushbu jarayonda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari ham ishtirok etdi.

Malakaviy amaliyot himoyasi fakultet dekani 4-noyabrdagi №13-BM sonli farmoyishiga asosan, 4-bosqich talabalarining malakaviy amaliyoti himoyasini tashkil etish va qabul qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda davom etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi kurs talabalarining 2 oylik amaliyot jarayonlari o‘z  yakuniga yetib, talabalarning amaliyot himoya jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

6-noyabr kunida Sharq filologiyasi fakulteti, Roman-german filologiyasi fakulteti va Ingliz filologiyasi fakultetlarida talabalarning amaliyot himoyasiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi va ushbu jarayonlarda Sharq filologiyasi fakultet dekani D.Djurayev va fakultet rahbariyati, mas’ul kafedra mudirlari, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limining mas’ul xodimlari, Roman-german filologiyasi fakultetidan fakultet rahbariyati va Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi kafedra mudiri G.Raximova hamda amaliyot rahbarlari, Ingliz filologiyasi fakultetidan fakultet rahbariyati, kafedra mudiri I. Xaydarov va amaliyotga mas’ul xodimlar  ishtirok etishdi.

Bitiruvchi kurs talabalari o‘zlarining amaliyot davrida egallagan ko‘nikma va malakalarini namoyish etishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

6-Noyabr kuni "Jahon adabiyoti’’ kafedrasi mudiri professor G. Xalliyeva va kafedra o‘qituvchisi M. G‘iyosov rektor, professor I.M.Tuxtasinov  bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida M. G‘iyosov AQSH  davlatiga yutgan grant loyihasining mohiyati va  bu grantning O‘zbekiston oliy ta’lim maskanlarida, jumladan universitetimizda  o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga  imkoniyatlari haqida axborot berdi.

Rektor I.M.Tuxtasinov "Jahon adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi  M.G‘iyosovni AQSH davlatiga  grant yutgani bilan tabrikladi  va kelgusida  birgalikda  amalga oshiriladigan  rejalar muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tanlov

Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o'qituvchilari tomonidan "The role of language in shaping cultural identity" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazildi.

Tanlov shartlari belgilangan mavzuda sodda reja asosida insho yozish boʻlib, asosiy e’tibor fikrlar mavzuga mosligi, badiiyligi, savodxonlik darajasiga qaratildi.

Unda fakultet talabalari faol ishtirok etib, oʻz bilimini sinovdan oʻtkazishdi. 1 oy vaqt davomida 50ga yaqin insholar qabul qilindi. Ijodiy ishlar ekspertlar tomonidan belgilangan mezonlar asosida tekshirilib, baholandi.

Eng yaxshi insholar tanlovi natijalariga ko'ra;
1-o'rin — Izatullayeva Farangiz 2331-guruh talabasi,
2-o'rin — Muminova Sevinch 2303-guruh talabasi,
3-o'rin — Yusupova Ruhshona 2316-guruh talabasi qo'lga kiritdi.
G'oliblar tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Ҳудуд: #Тошкент #Юнусобод (метроси)
#компания

📌Сотув бўлими  учун менежер-оператор керак.
(таълим соҳасидаги лойиҳаларни экспорт қилишда кўмаклашиш)

🧑‍💼 Биз сиз учун:
ДАРОМАД ойида камида 1200$
(изоҳ: ташкилот томонидан бир ой ўқитилади, амалиёт ўтказилади, талаблар қўйилади ва қонуний шартнома қилинади ҳамда ишга нисбатан пропорционал ҳақ тўланади)
✅ Қадриятларга асосланган жамоа;
✅ Малака ошириш ва мартаба ўсиш имконияти;


⏰ Иш вақтлари  қуйидагича:
Иш жараёни: тўлиқ офлайн
1-смена: 8:00-8:30 дан 13:30-14:00 гача
2-смена: 14:00 дан 20:00 гача

Биз учун қуйидагилар муҳим:
1. Хушмуомалалик;
2. Ишга ўз вақтида келиш;
3. Таълимни тушуниш (бу асосийси);
4. Ўзбек тилида равон гапириш (шеваларсиз);✅
5. Хорижий тиллардан камида биттасини билишлик✅ (сертификати бўлса қўшимча имкониятлар берилади)

Сотув техникаси ва гаплашув жараёнлари ташкилот томонидан тўлиқ ўргатилади.

Мурожаат учун:
@ShohruxAdxam  ёки +998900261972 шу номерга боғланишлигингиз мумкин.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

5-noyabr kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich bitiruvchi talabalarining malakaviy amaliyot himoyasi bo'lib o'tdi.


Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi xodimlari ushbu jarayonda qatnashib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Amaliyotning muvaffaqiyatli yakunlanishi bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun muhim ahamiyatga egadir.

Malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o'tagan talaba keyinchalik o'z kasbiy faoliyatida yuqori salohiyatli mutaxassis bo'lish imkoniga ega bo'ladi. Yakuniy natijalarga koʻra, himoya qizg'in baxs munozaralarga boy o'tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel