10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi
bo‘yicha malakaviy imtihon dasturi.
🟥🟥🟥
Millat shamchirog’i bo’lgan hurmatli kutubxonachilar!
Sizlarni 21-may — Respublikamizda Kutubxonachilar kuni bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati nomidan chin yurakdan muborakbod etaman!
Yosh avlodning yorqin kelajagiga mustahkam poydevor qo’yishga hissa qo’shayotgan barcha zahmatkash va ziyokor kutubxonachilarga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va faqat muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilayman.
Jamiyat salohiyatini yuksaltirish, savodxonligini oshirish va ma’naviyat sari chorlashdek sharafli ishingizda doim zafarlar hamrohlik qilsin. Yuzingiz yorug’, martabangiz hamisha ulug’ bo’lsin!
Yana bir bor kasb bayramingiz bilan tabriklayman, aziz kutubxonachilar!
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Xotin-qizlar masalalar boʻyicha dekan maslahatchisi F.Ashurova hamda Ingliz tilini oʻqitish metodikasi N°2 kafedra professor-oʻqituvchilari hamkorligida 4-bosqich 2013-guruh talabalari bilan Halima Xudoyberdiyevani yodga olib, maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida barcha talabalar xorijiy tillarni mukammal oʻrganmoqda.
Talabalarning tilni oʻrganishlarida xorijiy davlatlardan kelib faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, ya’ni “native speakers” tomonidan olib borilayotgan darslar muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu oʻrinda, 20-may kuni Ingliz tili 2-fakultetida AQShdan tashrif buyurgan oʻrta ta’lim oʻqituvchisi Ebbi Morgan va Boshlangʻich ta’limda ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi Nasiba Salixova tomonidan “Bolaning hayotda yuksak choʻqqilarga erishishi uchun motivatsiyaning roli, ayniqsa, ta’limdagi ahamiyati” mavzusida talabalarga mahorat darslari oʻtildi.
Jarayonda erkin fikrlar bildirilib, qiziqarli, amaliy metodlardan foydalanildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
15-mayda O’zDJTU Oʻzbek tili vа аdabiyoti kаfеdrаsi tоmоnidаn oliygohning 75 yilligiga bagʻishlangan “Zamonaviy fan va taʼlimning rivojlanishida yoshlarning oʻrni. Izlanish va ijod masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.
Unda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan bir qatorda respublika oliy taim muassasalari talabalari ham ishtirok etdi.
Konferensiyada fanning barcha sohasidagi muammolarga bagʻishlangan ilmiy va publitsistik tezis hamda maqolalar, tarjimalar, shuningdek, ijodiy ishlar (hikoyalar va sheʼrlar) muhokama qilindi.
Anjumanning ochilishida universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, f.f.f.d. (PhD), dotsent O.Yusupov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani, p.f.f.d. (PhD), dotsent D.M.Djo‘rayev soʻzga chiqib, ilm-fan va texnologiyalar jadal rivojlanayotgan, global dunyoda raqobat ortib borayotgan bir sharoitda mamlakatlarning kelajak taqdiri yoshlarning intellektual salohiyati, isteʼdodiga bogʻliqligini taʼkidlab, barchaga omad tiladi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
20-may kuni Amerikaning New Haven universiteti Toskana filiali professori Piero Laniello Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga tashrif buyurdi.
1 oy muddatga Mamlakatshunoslik va Italyan adabiyoti bo'yicha amaliy seminar darslarini o’tish maqsadida tashrif buyurgan professor Piero Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo'ldoshev bilan kelgusi hamkorliklar hamda universitetda amalga oshirilayotgan istiqbolli rejalar to'g'risida suhbat olib bordi.
Shundan so'ng xorijlik mutaxassis Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi xodimlari hamda ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥 | ⚖️👨💻👩💻💬
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Language and literature: unveiling connections and expanding horizons” mavzusidagi ilmiy konferensiyaga taklif etadi.
Sana: 22-may 10:00
Manzil: Ingliz tili 2-fakulteti, 201-xona.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari bilan o’zbek adabiyoti namoyondalarining ingliz tilida nashr etilgan asarlari tahlil qilindi.
Davra suhbatida O’zDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan tarjima qilingan Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Oybekning “Navoiy”, Odil Yoqubovning “Ulug'bek xazinasi” asarlari haqida ma’lumotlar berilib, asarlarning xorijiy tillarga tarjima qilinishi vatanimiz tarixini, adabiyotini dunyoga tanitishda alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o’tildi.
Tadbir fakultet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovuni D.Xoshimova, 2-toifali kutubxonachi M.Akramova, katta o'qituvchi A.Abduvaitov, tyutor B.Mirsagatov tashabbusi bilan o’tkazildi.
📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
18-may kuni O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Jazoirning Al-Wadiy universitetida malaka oshirib qaytgan arab va fransuz tili o'qituvchilari bilan uchrashdi.
Suhbat davomida o'qituvchilar kurslar juda foydali bo'lganligini ta'kidlab, natijalari haqida so'zlab berdilar.
Rektor Ilxomjon Madaminovich o’qitivchilarga orttirilgan tajriba asosida fakultetlarda taqdimotlar, seminar-treninglar tashkil qilish hamda ulardan ta'lim jarayonini takomillashtirishda foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#bellashuv
Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyalari kafedrasi katta o'qituvchisi G.K.Elmuradova tomonidan 3-bosqich talabalari bilan Sotsiolingvistika fani yuzasidan "Young Sociolinguists" nomli bellashuv o'tkazildi.
Mazkur bellashuvda talabalar beshta shart bo'yicha o'zlarining mahoratlarini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldilar.
⚖️👨💻👩💻💬
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Inglizni tili o’qitish metodikasi 3-kafedrasi tomonidan “Topical issues of language training in globalized world” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.
Tadbir avvalida Ingliz tili 3-fakulteti dekani T.S.Ismailov va Ingliz tilini o‘qitish metodikasi 3-kafedrasi mudiri Z.T.Tuxtaxodjayeva “Topical issues of language training in globalized word” mavzusida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning ahamiyatiga to‘xtalib, yosh olimlarga muvaffaqiyat tiladi.
👨💻👩💻🧠
20-may kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakultetida psixologik-trening o'tkazildi.
Universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva va tyutor D.Matyakubova tashabbusi bilan tashkil etilgan trening davomida 3-4 bosqich talabalarining kasbiy yaroqliligini tahlil qilish, talabalarning shaxsiy xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuygʻulari, oʻzini-oʻzi boshqarish imkoniyati va intellektual darajasini tekshirish bo'yicha psixodiognostik ishlar tolib borildi.
Trening so'ngida talabalar psixologik mashg'ulotlardan olgan taasasurotlari bilan bo'lishib, dasturning manfaatli, kerakli ma'lumotlarga boy bo'lganini ta'kidlab o'tishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo'lida davra suhbati
muxbir: Mirzaolim Rustambekov
#Toshkent shahri
@hududtv
2️⃣2️⃣2️⃣ | 🤝🌏👨🏫👩🏫
18-may kuni Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida “汉语桥” — Xitoy tili ko’prigi” tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yu Jun janoblari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari, talabalar va boshqa mehmonlar qatnashdi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Hozirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov xizmat safari bilan Germaniya davlatida boʻlib turibdi.
Safar doirasida 21-may kuni mamlakatning Magdeburg Stendal oliy oʻquv yurtiga tashrif buyurdi. OʻzDJTU rahbarini Magdeburg -Stendal oliy oʻquv yurti rahbariyati vakillari kutib oldi.
Shundan soʻng, ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Magdeburg-Stendal oliy oʻquv yurti rektori Shvars xonim, Erasmus loyihasi koordinatori Karsten Bexrend janoblari va xalqaro boʻlim boshligi Krumm xonim ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet faoliyati haqida soʻzlab berdi va universitet faoliyatiga oid videolavha namoyish etildi.
Shu oʻrinda, Magdeburg -Stendal oliy oʻquv yurti faoliyati ham tanishtirib oʻtildi. Magdeburg-Stendal oliy oʻquv yurti professori Karsten Bexrend oliy oʻquv yurti tuzilishi, oʻquv tizimi. Fan modullari haqida taqdimot orqali ishtirokchilarga soʻzlab berdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Joriy yilning 20-may kuni, Fransiyaning Xalqaro Birdamlik va Taʼlim Assotsiatsiyasi (A. S. I. E) asoschisi janob Alen Payen va xalqaro taʼlimni rivojlantirish boʻyicha masʼuli Emmanuel Dyufur xonimlardan iborat delegatsiya Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ning OʻzDJTU miqyosida bajarilishi borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarni oʻrganish va Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlari misolida bu borada orttirgan tajribalari bilan oʻrtoqlashish maqsadida OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Abduraxim Nosirov bilan birgalikda Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri dotsent Gulsanam Raximova mehmonlarni kutib oldi va uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv chogʻida ular oʻzlarining BRMning barcha maqsadlari xususidagi boy tajribasi va takliflari bilan hamfikr boʻlishdi va hamkorlikda ushbu maqsadlarga erishishning samarali yoʻllarini amalga oshirishga kelishildi. Soʻng ular Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting boʻlimida suhbatni davom ettirishdi. Boʻlim boshligʻi va xodimi G. Narbayevalar universitetda bu borada amalga oshirilgan ishlar va xalqaro reytinglarda, xususan Times Higher Education reytingida 4 ta maqsadlar boʻyicha nufuzli oʻrinlarni egallagani haqida maʼlumot berishdi va ushbu mutaxassislardan oʻz oʻrnida xalqaro tajribalar haqida qiziqtirgan savollar orqali javob olishdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
Yangi o’quv yilidan boshlab O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida yana oltita xorijiy tillarni o’qitish yo’lga qo’yiladi. Ular fin, shved, venger, portugal, polyak va bengal tillari.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
OʻzDJTU talabalari xalqaro forumda!
2024-yil 17-18 may kunlari Moskva shahrida Moskva davlat lingvistika universitetining 95 yilligi, MDH ishtirokchi-davlatlar tili va madaniyati boʻyicha tayanch tashkilotning 25 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan II Yoshlar xalqaro xotira forumida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining tarjimonlik fakulteti 1-bosqich talabalari Sevara Madaminova, Alisher Tursunbayev, Anvar Kushmuratov (ilmiy rahbar Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Salisheva Zilola Ismailovna) “Подвиги узбекистанцев на фронте и в тылу (о деятельности агитбригады в составе поезда “Комсомолец Узбекистана”) maʼruzasi va taqdimoti bilan onlayn tarzda ishtirok etdi.
👨💻👩💻🧠
21-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan trening tashkil qilindi.
O’zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti Boshlang‘ich ta’limda ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi M.T.Djurayeva hamkorligida MT-2110 guruh talabalari ishtirokida tashkil etilgan seminar-treningda 3-4 bosqich talabalarining kasbiy yaroqliligi diagnostika qilindi.
Talabalarning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his tuygʻulari, oʻzini-oʻzi boshqarish imkoniyati va intellektual darajasini tekshirish ishlari amalga oshirildi. Kerakli tavsiyalar va psixologik bilimlar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬 | 🏆🏆🏆
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 72-maqsad ijrosini ta’minlash maqsadida:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan "Why do we need IELTS certificate and how to get ready" mavzusida seminar trening tashkil etildi.
Treningda IELTS imtihonining foydalari, uni topshirishdan asosiy maqsad va sertifikatning talabalar kelajagida tutgan o'rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar bilan fikr almashinib, ular bilan tayyorgarlik jarayonida yuz berishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar muhokama qilindi.
Talabalar o'zlari o'rgangan, ishlatib kelayotgan samarali texnikalar borasida fikr almashishdi va ustozlar bilan ushbu masalalar bo’yicha muhokama olib borishdi.
📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 18-may kuni O'zDJTU rektori AQShning yetakchi Arizona universitetidan "Yozgi lager" dasturi doirasida tashrif buyurgan talabalarni qabul qildi.
Mehmonlar rus va o'zbek tilini o'rganish hamda halqimiz madaniyati, madaniy merosi, urf-odatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib turibdi.
Uchrashuv davomida 9 nafar xorijiy talabaga boshchilik qilayotgan guruh rahbari Luidmila Kkimanova iliq kutib olingani, shuningdek, ularga yaratilgan sharoitlar uchun O’zDJTU rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, dastur yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidladi.
Rektor Ilxomjon Madaminovich Arizona universiteti vakillariga omad tilab, kelgusida boshqa yo'nalishlarda ham hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ma'lum qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga AQShning Arizona universitetidan 10 nafar vakil tashrif buyurdi.
2024-yil 24-apreldagi hamkorlik shartnomasiga asosan amalga oshirilgan tashrif doirasida 1 nafar o’qituvchi va 9 nafardan iborat mehmonlar jamoasi O’zDJTU hududi, ekologik zona, Ingliz tili 3-fakulteti faoliyati, Axborot-resurs markazi va ilmiy-texnik adabiyotlar, shuningdek, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Joriy yilning 18-may sanasida professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchi va tadqiqotchilar, shuningdek, iqtidorli talabalar uchun Ingliz filologiyasi fakulteti, ingliz tilini oʻqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari kafedrasi tomonidan xalqaro ilmiy anjuman oʻtkazildi.
Anjuman doirasida tilshunoslik va tarjimashunoslikning turli sohalariga oid qator muhim masalalar yoritildi. Xalqaro anjumanda Ingliz filologiyasi professor- oʻqituvchilari, jumladan, pedagogika fanlari doktori, professor L.T. Ahmedova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent V.I. Normuratova, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Sh.A. Qoʻldasheva, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori D.B.Mamatovalar oʻzlarining yosh olimlarga turtki beruvchi qiziqarli taqdimot va maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
5️⃣5️⃣5️⃣ 🏆🏆🏆
Joriy yilning 18-19-may kunlari Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida “Xitoy tili koʻprigi-23” butunjahon xalqaro talabalar musobaqasining Respublika bosqichi boʻlib oʻtganligi haqida xabar bergan edik.
Ushbu musobaqaning respublika bosqichida OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti talabalari Mashanlo Zaynab oliy oʻrin Gran-pri, Abenova Balnur 2-oʻrin va Yunusov Muxammadtoxir 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.
3 bosqichdan iborat boʻlgan tanlovda ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashishdi:
1. Tanishtiruv sharti;
2. Xitoy haqidagi test savollariga javob berish;
3. Talantlar shousi;
5️⃣5️⃣5️⃣ | 🏆🏆🏆
18-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida fakultеtlardagi "Talabalar tеatr studiyalari" tomonidan sahnalashtirilgan tеatrlar bo'yicha "Rеktor kubogi" musobaqasining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O’zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ham qatnashib, bu kabi tanlovlar talabalarning iqtidorini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Musobaqada quyidagi fakultetlar jamoalari o’z iqtidorini namoyish etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi:
1-o’rin — Roman-german filologiyasi fakultetining “Ko’zmunchoq” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan “Usmon nosir” spektakli uchun;
2-o’rin — Rus filologiyasi fakultetining “Chimildiq” spektakli uchun;
3-o’rin — Ingliz tili birinchi fakultetining “Qatag’on” spektakli va Sharq filologiyasi fakultetining “Sharqona” teatr studiyasi taqdim etgan spektakl uchun.
📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusidagi davra suhbati “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” axborot dasturida yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt