uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#technoways_marafoni
#yoshlar_akademiyasi

⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o‘tkaziladi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 8–11-oktyabr kunlari Nukus shahrida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni tashkil etiladi.


Marafonda yoshlarning muhandislik yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion, texnologik va startap loyihalarini saralab olish hamda qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

30 yoshdan oshmagan va qoraqalpog‘istonlik iqtidorli yoshlar;

Muhandislik sohasida ilmiy-innovatsion loyiha prototipi yoki mahsuloti bo‘lishi;

Bir ishtirokchi bitta loyiha bilan ishtirok etishi lozim.

Loyihalarga qo‘yiladigan talablar:

marafonda ishtirok etayotgan loyihaning ilmiy-innovatsion yangiligi;

loyiha prototipining amaliyotga joriy etishga tayyorlik darajasi;

loyihaning mavjud analoglardan farqi;

loyihani joriy etishdan kutilayotgan natijaning muhimlilik darajasi.

🔖 MARAFON NIZOMI👈

Marafonda g‘olib deb topilgan yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📩 Ariza yuborish

Arizalar 29-sentyabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998912259000

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

19-20-sentabr kunlari Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tgan OTFIV hamda Erasmus+ning O‘zbekistondagi milliy vakolatxonasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi texnik yordam missiyasining maxsus seminarida  qatnashdilar.

Seminar  "OTMlar uchun strategiyalar: QS va THE xalqaro reytinglarda ustunlik qilish" mavzusida bo‘lib, uning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining sifat ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlarga moslashtirishda amaliy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi.

Seminarda, shuningdek, mahalliy OTMlar orasida xalqaro reytinglardan munosib o‘rin
egallagan universitetlar vakillari o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🏢 22- sentabr kuni, O’zDJTU Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining xodimi va talabalari - Respublika bolalar kutubxonasida...

🔷ADU, 1-bosqich 10 nafar talabalari tyutor bilan birgalikda, Respublika bolalar kutubxonasiga📚 tashrif buyurib, kutubxonaga a'zo bo'ldilar.

🔷 Ular mazkur kutubxonada yaratilgan barcha imkoniyatlar, o‘quv va badiiy hamda elekron adabiyotlar fondi haqida ma'lumotlar oldilar. Dunyo bo‘ylab nashr etilayotgan xorijiy tillardagi ilmiy, ta'lim tadqiqotlariga oid maqolalar va turli sohalardagi elektron nashrlardan foydalandilar.

Shuningdek, Badiiy asarlar va boy adabiy merosimiz talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.

📍QDT matbuot xizmati

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xon_atlas

📸 O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida milliylikni targ‘ib qilish maqsadida ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan "Xon atlas" festivalidan videolavha.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o'tkazish, sog'lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida sport-sog'lomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.


Jumladan, Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori M.Allamova mas’ulligidagi 1-bosqich talabalari ishtirokida sogʻlomlashtiruvchi mashgʻulotlar oʻtildi.

Ushbu sport mashgʻulotlari talabalarning darslardan bo'sh vaqtidan unumli foydalanish, kursdoshlar oʻrtasidagi ózaro hamjihatlikni mustahkamlash va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishda katta yordam beradi.

📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Uchrashuv_talaba_yoshlar

🔰Joriy yilning 21-sentabr kuni Roman-german filologiyasi fakultetida  dekan va yoshlar masalari  bo'yicha dekan muovinlari, tyutorlar  tashabbusi bilan:

Talabalarni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi ortishi va bu boradagi bilimlarini kengaytirib, mustahkamlash maqsadida Muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion trening tashkil qilindi.


❇️ Treningda " Imkon school " o'quv markazini asoschisi Temur Maxmasalayev ,,Tadbirkorlik va biznes  boshqaruv " faoliyatida erishgan yutuqlari haqida talabalarga qiziqarli ma'lumotlar berib oʻtdi.

🌐Talaba yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga munosib tarzda javob oldilar. Eng yaxshi 3 ta savol egasiga   tadbirkor tomonidan kitoblar taqdim qilindi.


Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Tadbir_besh_tashabbus

💫Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus doirasida :

Joriy yilning 20-sentabr kuni 6-talabalar turar joyi majmuasida O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti dekan muovini, yotoqxona pedagogi tashabbusi bilan she’rxonlik va san’atkorlik kechasi tashkil
qilindi.


♻️ Tadbir davomida iqtidorli talabalar oʻzlarining ijodiy mahoratlari bilan sheʼrlar, g'azal, gitarada qo'shiqlar ijro etdi va muxlis talabalar e'tirofiga sazovor boʻldi.


Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

20-sentyabr kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabalari bilan tanishuv trening tashkil etildi.

Trening davomida talabalar uchun:
✅ « Мening xozirgi kayfiyatim»
✅ « Intervyu»
✅ «Мen»
✅ «Psixogimnastika” kabi mashg’ulotlar o’tkazildi. Psixologik treninglarda ishtirok etgan talabalardagi adaptatsiya jarayoni bilan bog’liq bo’lgan hayajon,havotirlik holatlari diagnostikasi amalga oshirilib kerakli tavsiyalar berildi.

Mashg’ulotlar universitet psixologi Zebiniso Xayrulloyeva tomonidan olib borildi. Tanishuv treningda fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha dekan muovini D. Xoshimova va Tyutor Sh. Xo’janiyozovalar ishtirok etdi.


#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olish, ular istiqomat qilayotgan hudud (uy, xonadon) shart-sharoitlarini o’rganish maqsadida universitet va fakultet ma’muriyati, shuningdek, tyutorlar tomonidan bir qancha amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Joriy yilning 20-sentyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti tyutori M.Allamova ijarada yashovchi 1-bosqich talabalari yashayotgan xonadonlarga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarining shart-sharoitlari o’rganildi. Shuningdek, talabalarga elektr, gaz va dazmoldan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ozodalikga hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligi haqida maslahat va tavsiyalar berildi.

📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🎆Students' Ceremony” sizlarni chorlaydi!

🇺🇿 🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” ham yakunlanmoqda.

🤝 Jamoamiz bilan birgalikda ushbu haftalikni siz yoshlar bilan mazmunli, anchayin foydali tadbirlarga boy tarzda oʻtkazdik deb umid qilamiz.

🥳 Endi esa navbat haftalikning bayramona yopilishi🎆“Students’ Ceremony” ga!

Marosimda sizlarni bir-biridan qiziqarli oʻyinlar☄️, iste’dodli talabalarimizning turli xil chiqishlari🎸, va albatta, ommaviy raqs🎶 kutmoqda.

🕰 O‘tkazilish vaqti:
21-sentyabr, shanba, 17:30
📍O‘tkazilish joyi:
Universitet talabalar joyi hovlisi (Literaturniy)
📍Xaritada.

🤝 Barchangizni marosimda kutib qolamiz!

🥳 Keling, maroqli hordiq oling!
😎 Axir bu sizning bayramingiz!

✈️ Kursdoshlarni ham xabardor qilib suyunchi olish esdan chiqmasin-a:))

#students_ceremony #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

🌟 Ittifoq — bu shunchaki tashkilot emas!

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasi tomonidan Xalqaro savodxonlik tadbiri tashkil etildi.

Xalqaro savodxonlik kuni Birlashgan millatlar tashkiloti doirasida nishonlanadigan muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.

Tadbirga 2206-2207- guruh talabalari jalb etildi. Tadbirda talabalar savodxonlikning dunyo va yurtimiz miqyosidagi ahamiyati, savodxonlikka erishish yo'lidagi qiyinchilik va yechimlar borasida fikr almashishdi.

Xalqaro savodxonlik kunining maqsadi – insoniy qadr-qimmat va inson huquqlarining uzviy qismi sifatida savodxonlik bashariyat uchun juda muhim ekanini muntazam eslatib turish hamda yanada savodli va barqaror jamiyatlar barpo etish borasidagi sa'y-harakatlarni faollashtirishdan iborat.

#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 20-sentabr ilmiy seminar tashkil etildi.


Seminarda filologiya fanlari doktori (DSc), Ingliz tilini o‘qitish metodikasi № 1 kafedrasi professori (v.b.) Kuldashev Akram Makhmudovich tomonidan “Lingvokulturologiyaning fanlar orasidagi o‘rni va asosiy tushunchalari” mavzusida ma’ruza qilindi va mavzu yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Seminarda bilimini mustahkamlash istagida bo‘lgan pedagogik xodimlar, tadqiqotchi va talabalar ishtirok etdi va mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

Barqaror rivojlanish maqsadlar yo‘lida Global sherikchilikni  amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va hamkorlik ishlarni faollashtirish maqsadida O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasida 2024 yil 14-sentabrda Hindistonlik professor Muhammad Musavvir va 2024 yil 19-sentabrda Bangladesh davlatidan kelgan professor  Kamrun Nahar  bilan uchrashuv tashkil etildi.


Xorijlik mutaxassislar Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasiga to‘liq ish shtatiga ishga taklif etildilar. Ular oldin Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A. Nasirov bilan uchrashdi. So‘ng, Tarjimonlik fakulteti dekani U.T.Yo‘ldoshev va  Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi a’zolari o‘rtasida  uchrashuv tashkil etildi.

Mehmonlarga fakultet dekani va kafedra mudiri B.Odilov tomonidan oliy ta’lim muassasamiz to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, boshqa xorijiy nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan olib borilayotgan hamkorlik masalalari haqida fikr almashinildi.

Uchrashuv so‘ngida, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi xorijlik professor-o‘qituvchilarni hamkorlikka jalb etib, ular bilan ikki tomonlama shartnomalarini imzoladila

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

19-sentyabr kuni OʻzDJTU Kechki ta’lim Roman-german fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Dastur universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet tyutori hamkorligida tashkil etildi.

Psixologik uchrashuvda birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarga psixologik xizmat turlari tushuntirildi, psixogimnastika mashg’ulotlaridan foydalangan holda talabalarning moslashuv jarayonidagi holatlari haqida ma’lumot olindi.


Uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg’otdi. Psixolog ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

#Talabaga_qulaylik
19-sentyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti mas’ullari 6-TTJ sharoiti bilan tanishdi.

Fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Z.P.Achilova hamda fakultet Хotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari talabalar turar joylaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarni, yotoqxonada talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish maqsadida 6-talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.


Uchrashuv davomida 6-son TTJ pedagogi Zulfiya Ibodulayeva bilan birgalikda talaba-qizlarning yashash sharoitlari oʻrganildi, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi, shuningdek, qizlarga ajratilayotgan davlat grantlari haqida kerakli ma’lumotlar taqdim etildi.

Dasturda talabalarga shaxsiy gigiyena va ozodalikka e’tibor berish, tartib-intizomga rioya qilish, mavjud sharoitlardan unumli foydalanish borasida ham alohida ta’kidlab oʻtildi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦👨‍💻👩‍💻🧠

2024-yil 23-24-sentyabr kunlari Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetlari talabalari uchun ommaviy axborot vositalarida sud jarayonlarini yoritish amaliyotiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, bugun 23-sentabr kuni mazkur dasturning birinchi kuni o‘z ishini boshladi.


Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va “East-West Management Institute” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti hamkorlikda tashkil etgan seminar-treningda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 3-kurs talabalari hamda pedagog xodimlar ishtirok etdi.

Trening ishtirokchilari Oliy sud vakillari bilan birga sud jarayonlarini yoritishning axloqiy va huquqiy jihatlarini muhokama qilishdi. Axborot olish huquqi va shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi o‘rtasidagi muvozanatni saqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Trening davomida ishtirokchilarga jamoatchilik e’tiborini tortgan sud ishlari bo‘yicha ma’lumot to‘plash va materiallarni tayyorlash usullari, advokatlar va sud jarayoni ishtirokchilari bilan suhbat uchun savollar tayyorlash qoidalari, hujjatlar va sud qarorlarini tahlil qilish, sud ishlarini yoritishda ochiq ma’lumotlarni izlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar o‘rgatildi. Axborot va uning manbalarini tekshirishga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#OGOHLIK #bilasizmi

❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga “layk” bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bor

Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling! ⛔️Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!

©️ Manba

❗️Предусмотрена ответственность за "лайк" или "репост" в социальных сетях религиозных материалов: видео, аудио, текстовые и иные виды контента.


Остерегайтесь скачивания непроверенных аудио, фото и видео материалов из глобальной сети! ⛔️Не ставьте лайки и не делитесь непроверенным религиозным контентом в социальных сетях!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

20- sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda tadqiqotchi Dadamirzayeva Mohidil G‘ulomjon qizi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Madaniyatlararo muloqotda nutqiy etiketning antropotsentrik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)" mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.

Jarayon davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar mohiyati, uning yangiligi va natijasi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xon_atlas

21-sentabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Xon atlas" festivali bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir fakultet dekani G.Ergasheva tashabbusi bilan o'tkazilib, fakultet binosining kirish zali milliy uslubda bezatildi.

Festival munosabati bilan, qo‘l mehnati asosida tayyorlangan buyumlar, milliy matolardan tikilgan kiyim-kechaklardan iborat burchak tashkil etildi.

Tadbir doirasida talaba-qizlar tomonidan milliy liboslar namoyishi hamda qizlar tomonidan ijro etilgan raqs va kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada chiroy bag‘ishladi.


Ta’kidlash joizki, bu kabi tadbirlar yoshlarning milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishda, an’analarni qadrlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦 🟦🟦🟦

▶️ Ayni damda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Students' Ceremony” boʻlib o’tmoqda

☄️ “Yangi kurslar haftaligi”ning mazkur bayramona yopilish marosimida bir-biridan qiziqarli oʻyinlar, iste’dodli talabalarimizning turli chiqishlari va albatta, ommaviy raqs dasturlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 26-bandiga muvofiq 20-sentyabr – “Xalqaro tozalik kuni” va 27-bandiga muvofiq 22-sentyabr – “Xalqaro avtomobilsiz kun” nishonlanishi belgilangan.


Shu munosabat bilan, joriy yilning 20-21 sentyabr kunlari respublikamizning barcha hududida “Hayot uchun joy ajrating” ommaviy plogging ekoaksiyasi va “Men bugun avtomobilsizman” videochelenji tashkil etiladi.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati vakillari, mas’ullari va barcha xodimlarini mazkur ekologik tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Yozgi_kurslar_haqida_suhbat

🪐Joriy yilning 20-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti roman-german filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida ,, DAAD Lektori Johanna Mayer" bilan fakultetda uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda nemis tili amaliy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari ham ishtirok etishdi.

⭕️Uchrashuv davomida Mayer xonim talabalarga HSK (Yozgi kurslar) haqida to’liq ma’lumotlar berdi.

✅Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga to’liq javoblarini olishdi va Mayer xonim kelgusida talabalar bilan tez-tez uchrshuvlar tashkil qilib turishini ta’kidlab uchrashuvni yakunlab berdi.

Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

“IttifoQ²uiz😀” da bilimlar sinaldi

🏆 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “IttifoQ²uiz😀 musobaqasi o‘tkazildi.

🇺🇿 Musobaqada universitetimizning barcha fakultetlaridan jami 18 ta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib bordi.

🤝 Mehmon sifatida Alfraganus universiteti talabalaridan iborat jamoa ham ishtirok etgani, ayniqsa e’tiborli va bu universitetlarimiz oʻrtasidagi doʻstona hamkorlikning yana bir yorqin namunasidir.


🏆 Gʻoliblar:

🥇-oʻrin — “Boylarga mazza” jamoasi (Xalqaro jurnalistika fakulteti) — 1,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — “Evrika” jamoasi (Sharq filologiyasi fakulteti) — 700,000 soʻm;
🥉-oʻrin — “Enigma” jamoasi (Ingliz tili birinchi fakulteti) — 500,000 soʻm pul mukofoti💰 va 🇺🇿 diplom bilan taqdirlandi.

🎉 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz.

🤝 Barcha ishtirok etgan talabalarga universitet 🇺🇿Yoshlar Ittifoqi jamoasi oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

📸 Barcha rasmlar:
📱 @ittifoq_HD

#quiz #IttifoQuiz #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

🌟 Ittifoq - bu shunchaki tashkilot emas!

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Har yili 21-sentyabr kuni Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan anʼanaviy tarzda tinchlik qo‘ng‘irog‘i sadolari ostidagi tantanali marosim va tadbirlar o‘tkaziladi. Dasturlarni BMT Bosh kotibi o‘z nutqi bilan boshlab beradi va shundan so‘ng qo‘ng‘iroq chalinadi. Bir daqiqalik sukutdan so‘ng BMT Xavfsizlik Kengashi raisi nutq so‘zlaydi. Shu kuni davlat ro‘yxatidan o‘tmagan qurollarni topshirish, daraxt ekish va sog‘lomlashtirish harakatlari hamda sport tadbirlari tashkil etiladi.


Shunga koʻra, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Akademik litseyida ham "Tinchlik - ulugʻ ne'mat" mavzusida kichik tadbir oʻtkazildi.

Dasturlar davomida har bir oʻquvchi koʻzida tinchligimizga shukronalik va kelgusi kunimizga kuchli umid bogʻlagani yaqqol sezilib turdi.

Tinchligimiz abadiy bo'lsin!

📍 OʻzDJTU Akademik litseyi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Bugun O'ZDJTU Ingliz tili 1-fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovinlari N.Lapasov va G'.Atayev hamda tyutorlar tomonidan talabalarni sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Adiblar xiyobonida "Sport va salomatlik – orzu-umidlarimiz, kuch-qudratimiz manbai" shiori ostida ommaviy sport tadbiri tashkil etildi.

⚡️ Musobaqa davomida talabalar o'z mahoratlarini ko'rsatib, sport o'yinlari bo'yicha to'plagan ko'nikmalarini sinovdan o'tkazdilar.

✨️ Yakunda g'olib bo'lgan talabalar fakultet tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

20-sentabr kuni O‘zDJTUda dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy seminar muhokamasi kun tartibidan Xazratova Zuxra Mamaraimovnaning 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak jurnalistlarga ommaviy axborot vositalari terminlarini o‘qitishda leksik kompetensiyani shakllantirish (ingliz tili misolida)” mavzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning muhokamasi o‘rin oldi.

Zoom onlayn dasturi orqali tashkil etilgan ilmiy seminar muhokamasida universitet rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Jarayon davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar mohiyati, uning yangiligi va natijasi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

2024-yil 19-sentabr kuni O‘zDJTUda Finlyandilik mutaxassis, Toshkentdagi Nordik universiteti fin tili o‘qituvchisi Johanna Porkkala bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zDJTU faoliyati, chet tillarini o‘qitilishi haqida ma’lumot berdi hamda Johannaga universitetimizda fin tilini o‘qitishda amaliy yordam ko‘rsatishini aytib o‘tdi.

Fin tili mutaxassisi foydalaniladigan darslik va dasturlari bilan tanishtirdi. Uchrashuvdan so‘ng Johanna ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri A. Yuldashev hamrohligida dars jadvali va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Ingliz filologiyasi fakultetiga tashrif buyurdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🏆 Futbol boʻyicha “Ittifoq kubogi” oʻtkazildi

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashabbusi bilan 🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida sportning futbol turi boʻyicha “Ittifoq kubogi🏆 oʻtkazildi.

⚽️ Unda universitetimizning barcha fakultetlari talabalaridan tashkil topgan jamoalar oʻzaro bahslashdilar.

🏆 Musobaqa gʻoliblari:

🥇-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti jamoasi — 1 million soʻm;
🥈-oʻrin — Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi — 700,000 soʻm;
🥉-oʻrin — Xalqaro jurnalistika fakulteti jamoasi — 500,000 soʻm pul mukofoti💰 va 🇺🇿 diplom bilan taqdirlandilar.

🎉 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!

🔥 Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi musobaqalarimizda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

#ittifoq_kubogi #futbol #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning Sankt-Peterburg davlat universitetining 300 yillik yubileyi tadbirlari doirasidagi Hamkor universitetlar rektorlari forumidagi ishtiroki davom etmoqda.


19-sentyabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Sankt-Peterburg davlat universiteti o’rtasida “Talabalar almashinuvi” hamda “Akademik va ilmiy almashinuv to’g’risida”gi protokollar imzolandi.

Rasmiy tadbirda ishtirok etgan har ikkala oliygoh rektorlari kelgusida ustuvor va istiqbolli yo’nalishlar, xususan, ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini tashkil qilish, shuningdek, almashinuv dasturlari ishtirokchilari uchun munosib sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o’tdi.


Shartnomalar imzolash marosimidan so’ng Ilxomjon Madaminovich Sankt-Peterburg davlat universitetida tahsil olayotgan talabalar, xususan, xorijiy talabalar uchun O’zDJTU faoliyati hamda mamlakatimizda rus tili bo’yicha kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi taqdimotini namoyish etdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Mazkur anjuman nafaqat Rossiyada, balki jahon miqyosida yetakchi o’rinlarni egallab turgan Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan o’zaro manfaatli va samarali hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va shu orqali Rossiya Federatsiyasi bilan strategik sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

19-sentyabr kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakultetida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi


Tadbir millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash, ichki va tashqi tahdidlar, jumladan, adovatning avj olishiga sabab bo‘ladigan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Dasturda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari A.Dadaxonov va X.Axmedov, universitet Profilaktika inspektori Sh.Bekmetov, tyutorlar S.Ochilova, Sh.Abdurahmonova va M.Yuldasheva hamda fakultet talabalari, jumladan xorijiy talabalar ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalarga ekstremizm, radikalizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarning xavf-xatarlari haqida atroflicha tushuntirildi.

Ushbu ma’naviy-mafkuraviy tashviqot tadbiri talabalarda ongli ravishda xavf-xatarlardan ogoh bo‘lish va o‘zlarini himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

📍 Rus filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel