uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

16-oktabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.


Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) vakillari Koreya xalqaro rivojlanish markazi loyihalar menejeri Bok-Hee Kim xonim, Koreya xalqaro rivojlanish markazi Hududiy menejer Juho Lee, Pyongtek universiteti Hududiy menejeri Yoon Mi No xonim, Ajou universiteti arxitektura sohasi mutaxassisi Jiho Park, O‘zbekistondagi KOIKA ofisi direktor o‘rinbosari So Wansu, KOIKA volontyorlar dasturi koordinatori Lee Yoobin, Volonterlar dasturi mutaxassisi Ilxomjon Ro‘ziboyevlardan iborat bo‘ldi.


O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev, Koreys tili kafedrasi mudiri Ji Mun Gun mehmonlarni qabul qildi va ikki tomon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida I. To‘xtasinovning O‘zDJTU faoliyati, xalqaro hamkorligi va koreys tilining o‘qitilishi haqidagi ma’lumoti, Bok-Hee Kim xonimning KOIKA faoliyati va loyiha bo‘yicha ma’lumoti tinglandi.

Uchrashuvda KOIKA tashkilotining 1,12 million dollarga teng “Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha volontyorlar loyihasi”ni amalga oshirish masalalari, Koreys tili markazi ishini takomillashtirish, jumladan o‘quv-uslubiy adabiyotlar, milliy libos va cholg‘u asboblari, koreya madaniyatiga oid attributlar bilan ta’minlash, Koreys tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish kabi masalalar muhokama etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

12-oktyabr kuni O‘ZDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi N.Djurayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova birgalikda talaba-qizlar holidan xabar olish maqsadida 3-4-5-sonli talabalar turar joylarini o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida TTJ pedagoglari bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirishdi.

Shuningdek, talaba-qizlarga yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda vaqtdan unumli foydalanish uchun yotoqxona kutubxonalaridan foydalanib kitoblar o‘qishi tavsiya etildi.

#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

15 oktyabr kuni Roman-german fakultetida Germaniyaning Freie Universität Berlin (Berlin Erkin Universiteti) Oliygohining eksperti Dr. Tobias Shtyudeman (Tobias Stüdemann) O‘zDJTU nemis tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "Germaniyada magistratura bosqichida tahsil olish uchun sabablar va imkoniyatlar" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Uchrqshuvda Germaniyada tahsil olish qaysi sabablarga ko‘ra foydali ekanligi va bu kelajakda qanday afzalliklar berishi mumkinligi, bakalavr bosqichidan so‘ng Germaniya oliygohlarida magistraturada o‘qish uchun nimalar qilish lozimligi haqida foydali ma’lumotlar berdi.

Taqdimotdan so‘ng ekspert va talabalar  o‘rtasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Dr. Shtyudeman tadbir yakunida O‘zDJTU nemis tili yo‘nalishi talablarining til bilimlarini yuqori baholadi va o‘z ijobiy taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Tadbir Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri Sevara Ziyayeva, v.b. dotsent Gulrux Raximova, katta o‘qituvchi Shokirjon Xolmatovlar tomonidan tashkillashtirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida rektor va  1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda universitet rahbariyati vakillari, profilaktika inspektori  talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib  berdi va universitet faoliyati, undagi yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv dasturlari, to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, turli xil oqimlar,diniy ekstremizm  g‘oyalaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarni muammolarini eshitib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.

Dastur ochiq muloqot tarzda davom etib, talabalar  tomonidan savollar takliflar berildi.

Muloqot davomida faollik ko‘rsatgan talabalar universitet rektori tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti vakili tashrif buyurdi.


15-oktyabr kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi oliygoh mas’ullari hamda Portsmut universiteti Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti ijrochi dekani prof. Stefen Korbett bilan uchrashuv tashkil etildi.


Dastur avvalida rektor mehmonga Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, universitetda ingliz tilini oʻqitishni takomillashtirish masalasida xalqaro konferensiya tashkil etish, koʻzi ojiz talabalar uchun dastur yoki loyiha ishlab chiqish va uni amalga oshirish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan muhokama olib borildi.
 
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📚 2024-yil 15-oktabr kuni Axborot-resurs markazida "Kitob targ'iboti" haftaligida Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori K. Mamadaliyeva va 1-bosqich talabalari ishtirokida "Ochiq muloqot" bo'lib o'tdi.

Ochiq muloqot ishtirokchilariga Axborot-resurs markazi direktor o'rinbosari M. Muxamedjonova kutubxonaning barcha bo'limlari, Scopus ilmiy maqolalar bazasi, IRBIS-64, ARM vebsayti, ARM telegram kanali hamda Axborot-resurs markazida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berdi.

Ochiq muloqot so'ngida talabalar kutubxona haqida o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi. 💬✨

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

OʻzDJTU Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi xodimlari Toshkent shahrida joylashgan bir qator maktablarga tashrif buyurdi.


Mazkur tashrif tadbiri talabalarning amaliyot jarayonini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan.

Dastur davomida amaliyot jarayoni mobaynida talabalarning universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llab, ularning o'quvchi-yoshlar bilan ishlash mahorati yana-da oshirildi, kasbiy va malakaviy ko‘nikmalari shakllantirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xush_xabar

O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Abdurahmonova Mohinur Bahromjon qizi Turkiyada bo'lib o'tgan konferensiyada maqolasi bilan ishtirok etdi.

Turkiyaning Alaniya shahrida "Baygench" nashriyoti tomonidan Oʻzbekistondagi "Shine" qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan, mamlakatimizdagi turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli, faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan "Oʻzbekistan’in umutlu çiçekleri" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Ushbu kitobdan Mohinurning "Samarali ta’lim berish usullarini muvofiqlashtirishning ilmiy-nazariy prinsiplari" mavzusida yozgan ilmiy maqolasi ham oʻrin olib, konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Talabamizni ilm yo'lidagi faoliyatiga omad tilaymiz.

Albatta bu kabi loyihalar, ikki millat o’rtasidagi adabiy, ilmiy, madaniy va doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Live #topik_imtihoni


⚡️ Ayni damda OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida Koreys tilidan 96 -TOPIK imtihoni boʻlib oʻtmoqda.

✔️ Universitetda toʻrtinchi marotaba boʻlib oʻtayotgan TOPIK imtihoniga nazoratchilar jalb etilgan boʻlib, talabalar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazmoqdalar.

✔️ Shuningdek, Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev imtihon jarayonlariga jalb etilgan nazoratchilarga oʻz maslahatlarini berib, tushuntirish ishlarini olib bordilar.

🌐 Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📚 Universitet saralash bosqichidan lavhalar

#zakovat #rektor_kubogi #kuzgi_mavsum #universitet_bosqichi #yoshlar_ittifoqi

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

📊 2024-yil 10-11 oktyabr kunlari Paragvaydagi Autоnoma San Sebastian universiteti (UASS) tomonidan tashkil etilgan “CIMITIS-2024” Ilmiy-tadqiqot, texnologiya, innovatsiya va jamiyat bo‘yicha Ikkinchi Xalqaro multidisiplinar kongress bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kongressning asosiy maqsadi oliy ta'lim sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni targ’ib qilish va turli yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir.
Kongres, asosan, onlayn formatda sinxron sessiyalar orqali o‘tkazildi, shuningdek, ba’zi ma’ruzalar oflayn tarzda amalga oshirildi.


Kongress quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
✔️ Texnologiya va innovatsiyalar;
✔️ Lingvistika va ta’lim;
✔️ Barqaror rivojlanish va ekologiya;
✔️ Tibbiyot va sog‘liqni saqlash.

Kongress ikki kun davomida turli mavzulardagi ilmiy sessiyalarni o‘z ichiga oldi:
1️⃣-kun (2024-yil 10-oktyabr) rasmiy ochilish marosimi Autónoma San Sebastian universiteti vakillari – Dr. Igor Protsenko va Francisco Montori Arbués tomonidan amalga oshirildi. Sessiyalar davomida ishtirokchi davlatlar vakillari o‘z ilmiy tadqiqotlarini taqdim etdilar. O‘zbekiston vakillari, xususan, O’zDJTU Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mas’ullari tarjima va lingvistika sohalarida qator ma’ruzalar qilishdi.

2️⃣-kun (2024-yil 11-oktyabr) esa tibbiyot, sun’iy intellekt va barqaror rivojlanish bo‘yicha dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Kongressda O‘zbekiston,
Ispaniya, Germaniya, Ukraina, Boliviya, Argentina, Braziliya va boshqa davlatlardan kelgan ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va talabalarning ishtiroki kuzatildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#jarayon

Talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o‘qituvchilari F.Normaxmatova, S.Alikulova, N.Karimova, I.Jo‘rayeva, B.Xayitboyev va Q.Ro‘ziboyevlar tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Talabalarning bilimini sinash, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘yin davomida talabalar o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etishdi. Yakunda g‘oliblar aniqlandi va ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yuqorida qayd etilgan o‘qituvchilar 5-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlarini ham o‘rganishdi.

Suhbat davomida talabalarning ehtiyojlari, shuningdek, shaxsiy va o‘quv jarayonidagi qiyinchiliklari muhokama qilindi. Talabalar turar joyi ma'muriyati bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro Qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir – Qizlar forumi oʻtkazildi.


OʻzDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti va "Qizlarjon klubi" yetakchilari mas'ulligida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida tashkil qilindi.


Tadbirda universitetning stipendiant qizlari o'zlarining motivatsion ruhdagi chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, iqtidorli talaba-qizlar tomonidan turli badiiy chiqishlar, raqslar, kuy-qoʻshiqlar taqdim etildi.

Tadbir tomoshabinlarga birdek manzur boʻldi va barchaga bayramona ajoyib yuqori kayfiyat baxsh etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#trening

Talabalar turar joyi bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, 11-oktabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Dastur davomida talabalar bilan birgalikda qiziqarli tarzda "O‘z qo‘rquvingni yeng" nomli trening olib borildi. Shuningdek, kayfiyatni ko‘tarish uchun qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Mantiqiy savol-javoblar orqali talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyati yanada oshirildi.

Jarayon talabalarga pozitiv kayfiyat, ijobiy energiya berdi hamda ko‘tarinki ruhda mashg‘ulotlar qabul qilindi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🗣Tyutorlar malaka oshirish kursi davom etmoqda

🏛 Xabaringiz bor, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan. Mazkur kurs mashg‘ulotlarida tyutorlarga talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasbga yo‘naltirish, muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish, taʼlim muassasalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada yuksaltirish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berilmoqda.

☑️Dars mashg‘ulotlari bilan bir qatorda tinglovchilarni markaz faoliyati hamda talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan tanlovlar bilan tanishtirish maqsadida markaz bo‘lim boshliqlari tomonidan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Bugun kurs tinglovchilari uchun “21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi. Tadbirni markaz direktori Ravshonbek Xudayberganov ochib berib, tinglovchilarga talaba-yoshlar orasida davlat tiliga hurmat va o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini oshirish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berdi. Tadbir davomida kursning faol tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida an’anaviy tarzda o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi yilga maqsad va vazifalar belgilab berildi.


Shu munosabat bilan Jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari bilan oliy ta’limda talabalarga yaratilib berilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan savol-javob qilinib video rolik tayyorlandi.

Videoda jahon tillari universiteti talabalaridan o‘zlari ta’lim olayotgan universitetdagi mavjud imkoniyatlar va ularga yaratilib berilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan suhbat qilindi va ular bu boradagi o‘z fikrlarini bildirishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#MirzoUlug‘bek_630
#taqdimot

“Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” – Mirzo Ulug‘bek tarixiy siymosini teran ochib beruvchi hujjatli film

😎YouTube'da ko‘rish 👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tadbir

O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari Ramazonova Muxayyo va Dilnoza Toshxujayeva tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Barhayot an’analar” shiori ostida "Milliy qadriyatlar sayli" tashkil etildi.

Adiblar xiyobonida universitetga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali atrofida tashkil etilgan dastur davomida 1-bosqich talabalari faol ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Milliy urf-odatlarimizni va qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan sayl doirasida milliy qo‘shiqlar kuylandi. Jumladan, talabalar tomonidan "Oq terakmi — ko‘k terak", "Kim oladiyo shuginaniyo" milliy sport o‘yinlari o‘ynalib, yuqori kayfiyat ulashildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

5️⃣5️⃣5️⃣

15-oktyabr kuni OʻzDJTU talabalari o'rtasida “Qonunda qo’riqlangan qo’rgonim — ona tilim" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazildi.


21-oktyabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tanlovda jami 9 ta fakultetdan 23 nafar talaba oʻz bilimini sinovdan oʻtkazdi.


Tanlov sharti erkin mavzuda, sodda reja asosida insho yozish boʻlib, asosiy e’tibor fikrlar mavzuga mosligi, badiiyligi, savodxonlik darajasiga qaratiladi.

Eslatib oʻtamiz, tanlov natijalari 21-oktyabr Oʻzbek tili bayrami kuni eʼlon qilinadi va gʻoliblar universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan taqdirlanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚠️

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi 5 oylik "GID-TARJIMON" kursini taklif etadi.

Afzalliklari:
🔴 Кurs harajatining 30% Turizm vazirligi tomonidan qoplanadi;
🔴Sayyor darslar-amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim tizimi;
🔴Beshta hudud;
🔴Kurs yakunida davlat namunasidagi diplom.

Shuningdek, tarmoq markazida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

G'arb tili (ingliz, fransuz, ispan, italyan va nemis tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari:
🔂4 oylik (mutaxassisliklar uchun);
🔂8 oylik (nomutaxassisliklar uchun).

Rus tili bo‘yicha o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari 5 oylik

Sharq tillari (arab, turk, xitoy va koreys tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari:
🔂4 oylik (mutaxassisliklar uchun);
🔂8 oylik (nomutaxassisliklar uchun).

🔖Ushbu kurslarni tugatgandan soʻng ta’lim tizimida uzluksiz dars berish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
🔂Avia-bort kuzatuvchi (styuardessa) 1 oylik.

Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun biz bilan bog’laning:

📱@Jahon_tillari_malaka_oshirish  
☎️ +99890 0470502

📍 Manzil: Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo‘li, G9A mavzesi, 21-uy. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona.  

📱 Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

🚀 Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

12-oktabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Ibrat farzandlari” va Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi hamkorligidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi va maqsadi xorijiy tillarni ommalashtirish hisoblangan “Ibrat farzandlari” loyihasi yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tinimsiz harakatdadirlar. “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida bugungi kunda 20 dan ortiq tilni nafaqat shahar, balki chekka hududlarda yashayotgan bolalar, yigit-qizlar ham o‘zlari xohlagan chet tilini o‘rganish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Shu tillardan biri ispan tilidir.

12-oktabr butun dunyoda ispan tili kuni nishonlanilib, bu tilga oshiqlar uchun turli tadbirlar tashkil etiladi.

“Ibrat farzandlari” loyihasi platformasi orqali bu tilni o‘rgatib kelayotgan, PhD dotsent Mahfuza Artikova bilan Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi Yoshlar ijod tashkillashtirgan bu bayramda loyiha asoschisi Rustam Qoriyev nutq so‘zladi va o‘zining eng kerakli maslahatlari bilan o‘rtoqlashar ekan, jumladan shunday dedi: “Oldizga qo‘ygan maqsadingiz tomon har kuni bitta qadam tashlang, bu siz uchun kundalik shart amalga aylansin; ham o‘zingizni qiynamay osonlik bilan marraga qarab borasiz, ham birdan ko‘p narsani reja qilib hammasiga ulguraman desangiz, nafsingiz yo‘l qo‘ymasligi, ishtiyoqingiz so‘nishi mumkin”.

Tadbir davomida “Let’s Animate” studiyasining mahsuloti bo‘lgan o‘zbek multfilmlarining bir nechta jahon tillariga, jumladan ispan tilida ham translyatsiya qilinayotgani ham ko‘pchilik uchun qiziqarli ma’lumot bo‘ldi. Tadbirga Ispaniyadan kelgan mehmonlar “Ibrat farzandlari”ning ispan va o‘zbek tilini o‘rgatayotgani haqidagi ma’lumotlarni hamda o‘zbekcha multfilm paltformasini o‘zlari uchun qayd etib qo‘ydilar.

“Ibrat farzandlari”ning shiori: Biz dunyo madaniyatlari o‘rtasida ko‘prik yaratamiz.

2023-yil yakunida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga loyihadan til o‘rganuvchilarni 2024-yil yakunigacha O‘zbekistondan va xorijdan 1 millionga yetkazilishi bo‘yicha axborot berilgan. Loyiha gullab-yashnashi, parvozi baland bo‘lishi tilakdoshimiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🗓 Joriy yilning 14-oktabr sanasida Universitet psixologi Z. Xayrullayeva hamda fakultet tyutori M. Safarova hamkorligida OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti 1-bosqich talabalari bilan psixologik trening tashkil etildi.

✅ Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar berildi.
Talabalar oʻzlari qiziqgan savollarga mutaxassis tomonidan munosib tarzda javob olishdi.

❇️ Treningda "ALOQA ULASHUVI"
"QOBILYATNI ANIQLASH"
"TEMPERAMENT TIP" nomli metodikakardan foydalanildi.

#fakuktet_yangiliklari
Second_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

“ICT Competition 2024-2025 ME&CA” uchun ro‘yxatga olish jarayoni ochiq!

Huawei tomonidan O‘zbekiston talabalari 80 mamlakat va mintaqalardan 750 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan AKT sohasida iqtidorlar almashinuvi bo‘yicha global tadbir hisoblanadigan “ICT Competition 2024/2025” tanlovida ishtirok etishga taklif etilmoqda.

Eng ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va AKT sohasida salohiyatingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 20-oktabr 2024-yil.

Batafsil: https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch

💠💠💠

Регистрация на конкурс ICT Competition 2024-2025 ME&CA открыта!

Компания Huawei приглашает студентов Узбекистана присоединиться к ICT Competition 2024-2025 - глобальному мероприятию по обмену талантами в сфере ИКТ, которое уже объединило более 750.000 студентов из 80 стран и регионов.

Не упустите возможность изучить передовые технологии и продемонстрировать свой потенциал в сфере ИКТ.

Крайний срок подачи заявок: 20 октября 2024 года.

Подробнее: https://www.huawei.com/uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch

#ICTacademy #ICTheFuture #Talent #HuaweiUzbekistan

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

12-oktyabr kuni O'ZDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi N.Djurayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova bilan birgalikda talaba-qizlar holidan xabar olish maqsadida 3-4-5-sonli talabalar turar joylarini o'rganishdi.

O'rganish jarayonida TTJ pedagoglari bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirishdi.

Shuningdek, talaba-qizlarga yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda vaqtdan unumli foydalanish uchun yotoqxona kutubxonalaridan foydalanib kitoblar o'qishi tavsiya etildi.

#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📚 Universitet saralash bosqichi gʻoliblari aniqlandi

🇺🇿 🇺🇿 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan 📚Zakovat: Rektor kubogi” kuzgi mavsum oʻyinlarining universitet saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

📊 Musobaqa natijalariga koʻra quyidagi jamoalar finalga yoʻl olishdi:

“Max” jamoasi (🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti, 16 ochko);
“Antigrob” jamoasi (🇺🇿 Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 14 ochko);
“Boylarga mazza” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 14 ochko);
“Last legend” jamoasi (🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti, 13 ochko);
“Diplomatlar” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 13 ochko);
“Zakiyalar” jamoasi (🇬🇧 Ingliz tili uchinchi fakulteti, 11 ochko);
“Fireflies” jamoasi (🇺🇿 Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 11 ochko);
“Terma” jamoasi (🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti, 11 ochko);
“Politics” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 11 ochko);
“Mon blan” jamoasi (🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti, 11 ochko).

🏆 Eslatib oʻtamiz, final musobaqasida gʻolib boʻlgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.

🤝 Barcha jamoalarga final oʻyinida omad tilaymiz!

#zakovat #rektor_kubogi #kuzgi_mavsum #universitet_bosqichi #yoshlar_ittifoqi


Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Talabalar turar joylarida tashkil etilgan toʻgaraklar oʻz faoliyatini davom ettirmoqda


12-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova hamda Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchisi, "Qo'li gul qizlar" to'garagi rahbari N.Nazarova tomonidan 6-talabalar turar joyida to‘garak o‘z ishini davom ettirib, talaba-qizlar bilan bejirim diademalar yasash mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.


Toʻgarak mashgʻulotlari doimgidek qiziqarli, manfaatli va yangi bilimlarga boy oʻtdi, qizlar esa yangicha qoʻl mehnati usullarini oʻrganganidan mamnun boʻldi.

Dastur yakunida talabalar o‘z qo‘l mehnati bilan yasalgan chiroyli diademalarini o‘z ustozlariga taqdim etishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#davra_suhbati

Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan 12-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Achilova, kafedra Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchilar va 6-TTJ talabalari bilan “Erta turmushni oldini olish va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari”, “Yoshlarni oilaga tayyorlash” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.


Dastur davomida mehmon sifatida universitetimizning ko'p yillik shifokori Zilola opa tashrif buyurdilar.

Soha mutaxassisi mavzu boʻyicha oʻz maslahatlarini berib oʻtdi. Uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida faoliyat yuritayotgan barcha guruh tyutorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.


Dasturda OʻzDJTU O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i Y.Azzamov, Talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi A.Namozov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi D.Xamdamov, fakultet dekan muovinlari, tyutorlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.


Yig‘ilish o‘quv-seminari tarzida tashkil etildi. Tyutorlarning oʻz faoliyati davomidagi vazifalari, ularning o‘quv jarayonidagi ishtiroki, talabalarning ma'naviy-ma'rifiy hayoti, ta'lim va tarbiya masalalari, Hemis platformasida tyutorlarning ro‘li va talabalar bilan ishlash jarayonida uchrayotgan kamchiliklar yuzasidan ma’lum masalalar ko‘rib chiqildi hamda bir qator vazifalar belgilab olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣1️⃣1️⃣

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 269-son buyrugʻining 3.6-bandida mahalla yoshlari oʻrtasida turli tadbir, koʻrik-tanlov, musobaqalar tashkil etish belgilangan. Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida

12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida sportning futbol turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

👟 Musobaqada Uchtepa tumanining “Davlatobod”, “Hamdoʻst”, “Katta Choʻponota”, “Katta Chilonzor”, “Paxtakor” hamda “Xuroson” MFY yoshlaridan tashkil topgan 6 ta jamoa ishtirok etdi. Oʻyin ko‘plab tomoshabinlarni jalb qildi va katta qiziqish uyg‘otdi.

Bellashuvning yarim final bosqichi “Xuroson” va “Davlatobod” MFY yoshlari oʻrtasida boʻlib, unda “Hamdoʻst” MFY yoshlari 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Final o‘yini esa “Davlatobod” va “Paxtakor” MFY yoshlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash oʻrinli, bu ikki jamoa musobaqaning eng kuchli jamoalari sifatida oʻzini namoyon etdi.


⚽️ O‘yin juda murosasiz va qizg‘in kechdi, ikkala jamoa ham g‘alaba qozonish uchun bor kuchini ishga soldi. Umumiy natijalar esa quyidagicha:
🥇oʻrin – “Davlatobod”
🥈oʻrin – “Paxtakor”
🥉oʻrin – “Hamdoʻst”

Bu kabi sport tadbirlari yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni jismoniy tarbiyaga jalb qilish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📊 2024-yil 9-oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings-2025 reyting natijalarini e’lon qildi.

☄️ Bu yilgi reytingda Oʻzbekistondan jami 48 ta oliy ta’lim muassasasi “Reporter” maqomida qayd etildi va undan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham yana bir bor munosib o'rin egalladi.

🖥 Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THE ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda Reyting agentligi ularga yaqindan yordam berdi. Reyting boʻyicha universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.


ℹ️ Ma’lumot uchun: joriy yil ushbu reytingda 2 857 ta universitet qayd etilgan boʻlib, bundan tashqari 750 ta universitet “Reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga loyiq koʻrildi.

🎯 Ta’kidlash joiz, 2024-yilda universitetimiz “Times Higher Education” agentligi tomonidan tuziladigan “THE Impact Rankings-2024”, “Young University Rankings-2024”, “Asia University Rankings-2024” xalqaro reytinglarida “Reporter” maqomini qayd etdi.

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasini ushbu ulkan natija bilan muborakbod etamiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel