🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
13-may kuni O’zDJTU, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining 3 nafar oliy toifali o‘qituvchilari 9-may "Xotira va qadrlash" bayramiga bag‘ishlangan taqdimot tadbirini o‘tqazishdi.
Tadbir davomida talabalar bayraming kelib chiqishi tarixi haqida batafsil bilib olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📢🎉🎓
🤝🌏👨🏫👩🏫
14-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Malayziya-Oʻzbekiston madaniyati” festivali boʻlib oʻtdi.
Festivalga Malayziyaning Sultan Idris taʼlim universiteti professori Sabariya Suleyman va professor Ravita mehmon sifatida tashrif buyurdi. Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi va kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.
Hech bir yosh eʼtibordan chetda qolmaydi. OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Sergeli tumanidagi Ittifoq, Joʻnariq, Qipchoq, Nilufar mahallasidan biriktirilgan yoshlardan xabar olish jarayonlaridan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨⚖️👩⚖️
14-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 5-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Ilmiy kengashda quyidagi masalalar muhokama etildi:
1.Yo‘ldoshev Ulugʻbek Ravshanbekovichning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Talabalarga badiiy tarjimani oʻqitishning lingvistik va metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.
2. Samiyeva Sayyora Nematovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Boʻlajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.
3. Yuldashova Nilufar Muxitdinovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda TBLT texnologiyasini qoʻllashning linvodidaktik xususiyatlari (jurnalistika yoʻnalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.
4. Moydinova Elmira Kamariddinovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Maktabgacha taʼlimda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslar asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥
📚O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan "Talaba bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida 🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universityetida "Talaba-fest" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi tashkil etiladi.
💚Ushbu ko'rgazmadan asosiy maqsad, talabalarni innovatsion sohaga yanada ko'proq jalb etish hamda ularni qo'llab quvvatlash va rag'batlantirishdan iborat.
🗓16-may
⏰14:00
📍O'zDJTU asosiy bino, 1-qavat
😇Barcha talabalarni ushbu ko'rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bugun Toshkent davlat transport universitetida “Maʼrifat maydoni” Respublika tanlovining 3-hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda Xalqaro innovatsion universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,
Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoalari 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari boʻyicha bellashdi. Har bir shart uchun tayyorlangan ijodiy ishlar soha mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi.
⚖️👨💻👩💻💬
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida 2024-yil 26-aprel kuni “Ekologiya va bugungi kun ta’limdagi ekologik muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan o’tkazilgan anjumanda quyidahilar muhokama qilindi:
• Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish:
• Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo`jaligi:
• Global ekologik muammolarni o‘rganishda chet tillarining ahamiyati.
Konferensiya qiziqarli va kerakli bilimlarga boy bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#biz_korrupsiyaga_qarshimiz
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tyutorlari uchun o‘quv-seminar tashkil qilindi.
Seminarni universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva olib bordi. Dasturdan ko’zlangan maqsad, talaba-yoshlarning psixologik ijtimoiy holatlarini diagnostika qilish, ulardagi turli hissiy buzilishlarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan psixologik bilimlarni etkazishdan iborat.
O‘quv-seminar davomida "Stress holatlaridan chiqish va pozitiv fikrlash" mavzusi doirasida kerakli manbaalar tavsiya qilindi. Seminar so‘ngida esa tyutorlar uchun amaliy mashg‘ulotlar taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
13-may kuni O’zDJTU Xotin-qizlar masalalari boyicha psixolog N.Sultanova va Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori H.Shosaidova hamkorligida psixologik-trening tashkil etildi.
Unda psixologik mashg'ulotlardan "Tanishuv" treningidan hamda kayfiyatni ko'taruvchi testlardan foydalanildi.
Ushbu trening talabalar bilan yaqindan tanishish, ularning ijtimoiy va psixologik holatlarini diagnostika qilish maqsadida o'tkazildi.
📺📺
📸 Buxoroi sharifga sayohatdan fotoreportaj
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
“Assalom, O'zbekiston" ko'rsatuvida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori L. Raxmatullayevaga biriktirilgan 2117-guruh talabalari bilan birgalikda "Biz korrupsiyaga qarshimiz " mavzusida tayyorlagan videoroligi
@thirdEnglishfaculty
⚖️👨💻👩💻💬 🤝🌏👨🏫👩🏫
2024-yil 24-aprel kuni O’zDJTU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro anjuman tashkil etildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Oltoy davlat universiteti, Qozon federal universiteti, Patrisa Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, AQSHning Indiana universiteti, Yaponiya Dokkyo universiteti, Pekin chet tillar universiteti, Italiyaning L.Bokkoni nomidagi tijorat universiteti, Milan davlat universiteti, Turkiyaning Ankara universiteti, Istanbul universiteti, Bartin universiteti, Nevshehir universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Cho‘qon Valixonov nomidagi Ko‘kshetau universiteti, Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining umumta’lim maktablari hamkorligida o’tkazilgan anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universitet Xotin-qizlar kengashi, universitet ijtimoiy psixologi va Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi hamkorligida OIV infeksiyasini oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi Yakubov Rustam Mahkamovich oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.
Maʼruzachi OIV infeksiyasini yuqtirib olish yoʻllari va bu boradagi chora- tadbirlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Dastur davomida mutaxassis tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar, shuningdek, qo’shimcha tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
O’zDJTU da bo’lib o’tgan “Malayziya-Oʻzbekiston madaniyati” festivalidan fotoreportaj
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
14-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti tomonidan“Zamonaviy tarjimashunoslik va tilshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor O.Yusupov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo'ldashev va fakultet talabalari ishtirok etdi.
Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. Zamonaviy tarjimaning morfologik va sintaktik aspektlari.
2. Tarjimaning leksik-semantik masalalari.
3. Soha terminologiyasi va tarjima muammolari.
4. Tarjimada axborot va innovatsion texnologiyalar.
5. Zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari.
6. Til va tarjimani oʻqitish metodologiyasi.
OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov oʻziga biriktirilgan “Qizil” toifadagi yoshlarning holidan xabar olish maqsadida bugun 14- may kuni Sergeli tumanida boʻldi.
Rektor Ittifoq, Joʻnariq, Qipchoq, Nilufar mahallalariga borib, mahallada istiqomat qilayotgan “Qizil” toifadagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Ularning holidan xabar olib, har biriga zarur oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi. Ehtiyojini soʻradi.
Mahallada istiqomat qilayotgan yoshlarning ota-onalari universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bugun Toshkent davlat transport universitetida “Maʼrifat maydoni” Respublika tanlovining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda Xalqaro innovatsion universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoalari 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari boʻyicha bellashdi. Har bir shart uchun tayyorlangan ijodiy ishlar soha mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi.
🌎🌍🪐💫⭐️ 12:45
O‘zbekiston davlat jahon tillari
universiteti ochilganiga 75 yil to‘ldi
14.05.2024
#Toshkent_shahri
Muxbir: Ozoda Fayzullayeva
📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ⬇️
🌐 TELEGRAM | 🌐 INSTAGRAM
🌐 FACEBOOK | ▶️ renessanstv">YOU TUBE
0️⃣0️⃣0️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va koʻngilochar muhitni tashkil etish maqsadida Wi-Fi internet aloqa tizimi ishga tushirildi.
14-may kuni poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida talabalarining internet aloqa tizimidan foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida universitetga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali oldida oʻrnatilgan Wi-Fi internet aloqa tizimi bugundan ish boshladi.
Endilikda talabalar mazkur hududda ham bepul internet aloqa tizimidan foydalanishlari mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#korrupsiyagaqarshikurash
Xalqaro jurnalistika fakulteti
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo’nalishi 2003-guruh talabasi Bobur Egamnazarovning “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida o’tkazilayotgan videoroliklar tanlovi uchun tayyorlagan ijodiy ishi.
#talabalarijodi
@xalqarojurnalistika_fakulteti
Korrupsiya - bugungi kunda keng ildiz yozib ketayotgan, jamiyatning siyosatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan yomon illatlardan biridir. Ushbu illat bilan kurashish uchun keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda, o'z navbatida, oliy ta'lim muassasalarida ham mavzuga oid chora tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O'zJTU Ingliz tili 3-fakulteti tutori Shahlo Hamdamova 2309-2310-2313-guruh talabalari bilan birgalikda "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida tadbir o'tkazdi. Tadbirda qobiliyatli talabalar tomonidan mavzuga doir plakatlar chizildi va davra suhbati tashkil etildi.
🟦🟦🟦
13-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jadidlar” klubi ochilishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi.
Shuningdek, tadbirda Abdulla Qodiriyning nevarasi Xondamir Qodirov ham ishtirok etib, jadidlar, jumladan, Abdulla Qodiriy haqida nutq so’zladi.
Dastur davomida jadidlar hayotiga bag’ishlab tayyorlangan videorolik taqdim etildi, jadidlarning Olmoniya davlatidan qaytishi sahna ko‘rinishi orqali namoyish qilindi, xususan, “Jadidlar” klubi a’zolari tomonidan tayyorlangan boshqa sahna ko’rinishlari qo’yib berildi.
Tadbir yuqori kayfiyatda, saviyali tarzda o’tdi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Ingliz tili birinchi fakulteti o’qituvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
Suhbat davomida rektor pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalari berdi.
Shuningdek, dastur davomida Ingliz tili birinchi fakulteti o’qituvchilari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O’zDJTUda ustozlar va xodimlar doimo e’tirof va e’tiborda!
10-11-12 may kunlari ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi tomonidan bir guruh professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar uchun qadimiy va boqiy Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.
Uch kunlik sayohat davomida 50 nafardan ziyod sayohatchilar gid hamrohligida Sitorai Mohi xossa saroy-bog’i, Buxoro arki, Labihovuz ansambli, Mir Arab madrasasi, Ulug’bek madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Bahouddin Naqshband hamda Buxoroning bir qancha me’moriy yodgorliklarida bo'lishdi.
Ularning yorqin taassurotlari bilan videolavha va suratlar orqali tanishishingiz mumkin!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori N.Xadjayevaga biriktirilgan 2306-guruh talabalari bilan birgalikda "Biz korrupsiyaga qarshimiz " mavzusida tayyorlagan videoroligi
@thirdEnglishfaculty
⚖️👨💻👩💻💬
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi tomonidan 2024-yilning 24-aprel kuni “Mediakommunikatsiya: til siyosati va madaniyati” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Anjumanda О‘zbekiston, Rossiya, Polsha, Hindiston va boshqa davlatlarda tadqiqotchilik, tarjimonlik, muharrirlik, jurnalistik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki mazkur sohalarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ma’ruza qildilar va bahs-munozarada ishtirok etdilar.
Muhokama qilingan masalalar:
• Mediamakonda kommunikatsiya: tendensiyalari va muammolar.
• Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning dolzarb muammolari.
• Medialingvistika: tarjima va tahrir masalalari.
• Xorijiy tillarga o‘qitishning yangi istiqbollari.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥 | 🟥🟥🟥
📣 17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida "Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shaklantirish", "Korrupsiyasiz soha" va "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzulari ostida tadbir tashkil etiladi.
⚡️ Mazkur ommaviy tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan kelib tushgan 2023-yil 19-dekabrdagi 01/05/101-sonli xati ijrosini ta'minlash hamda universitet huzuridagi litsey professor-o'qituvchi va talaba-o’quvchilar orasida korrupsiyaga qarshi targ'ibotni tadbiq etish maqsadida tashkil etilmoqda.
🤝🌏👨🏫👩🏫
Shu kunlarda Germaniyada safarda bo’lib turgan DAAD stipendiya sovrindorlari Mainz universiteti seminarlarida faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan, ular yaqinda bo'lib o'tgan Mation Greyn va Kristina Reschning darslarida ham qatnashishdi.
Mainz universitetining Turkologiya kafedrasi mudiri Julian Rench boshchiliga uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv davomida OʻzDJTU vakillari universitet haqida videorolik namoyish qilishdi va talabalar ishtirokida o’zbek milliy kuy-qo’shiqlari ijro etildi.
Bundan tashqari, talabalar Marion Greyn boshchiligida shahardagi diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishdi.
📍 Tarjimonlik fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt