👨💻👩💻🧠
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 4-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olish maqsadida tashrif amalga oshirildi.
Universitet psixologi Zebiniso Toxirovna hamda 4-TTJ tarbiyachi-pedagog Z.Karimova boshchiligida talabalar bilan uchrashib, ularning adaptatsion holatlari bilan bog‘liq vaziyatlar haqida fikr mulohazalari tinglandi, talabalar holidan xabar olindi
Universitet Odob-axloq kodeksi bandlari, qizlarimizning farishtali, sarishtalik bo‘lib, yashashlari kerakligi, shuning bilan birgalikda psixologik muammolar tug‘ilganida murojaat qilishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi” 247-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektorining 2024-yil 2-avgustdagi 306-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 12-sentabr kuni O‘zDJTUda xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi xorijiy tillar bo‘yicha fan olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar o‘rtasida iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda tarjimonlik sohasida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan olimpiadada universitetning barcha fakultetlaridan saralangan talabalar xorijiy til bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Natijalarni tez orada bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡ 2024-yil 10-oktyabr kuni “CYBERKENT 2.0” respublika tanlovi doirasida “WORKSHOP” seminari bo‘lib o‘tadi
💬 Ushbu o‘quv seminarda Siz kiberxavfsizlik sohasidagi malakali mutaxassislar bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Seminardagi faol ishtirokingiz kiberxavfsizlik sohasidagi karyerangizning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Seminar quyidagi mavzularda bo‘ladi:
✅ UZCERT xizmati va uning eng yaxshi amaliyoti;
✅ Kiberdetektiv qanday ishlaydi?;
✅ Zararli fayllarni tahlil qilish: tahlil usullari va muhitlari;
✅ O‘zbekiston Internet foydalanuvchilari orasida eng keng tarqalgan zararli viruslar va ularning tahlili;
Xalqaro jurnalistika fakultetining talabalari “Adiblar hiyoboni”da bo’ldi.
Bugun fakultetning 1-bosqich talabalari poytaxtimizning “Adiblar hiyoboni” majmuasiga sayohat tashkil etishdi. O’rganish davomida, hiyobondagi yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zaro almashishdi.
Tadbir fakultet tyutorlar Sh. Ho’jiniyozova va K.Asqarova tashabbusi bilan tashkil etildi.
#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
👨💻👩💻🧠
11-sentabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda Ingliz tili 1- fakulteti tyutori Dinora Matyakubovalar hamkorligida "Birinchi kurs maktabi" tadbiri haftaligi doirasida talabalar bilan trening tashkil etildi.
Uchrashuv shiori "Baxtli talabalik sari olg‘a qadam" deb nomlanib, unda oltinga teng talabalik davri haqida suhbat qurishdi.
Interaktiv o‘yinlardan foydalangan holda talabalar pozitsiyalari ko‘rsatib o‘tildi. Uchrashuv so‘ngida talabalarga kerakli maslahatlar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
1-bosqich talabalari uchun tashkillashtirilgan tadbirlar davom etmoqda.
11-sentabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakultetida yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun fakultet dekani U.R.Yo'ldoshev, Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini Sh.R.Nazarov va fakultet tyutorlari tomonidan mustaqillik darslari tashkil qilindi.
#Olimpiada
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
9-sentabr kuni Roman-german filologiyasi fakultetida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Mustaqillik darsi hamda 1-kursga qabul qilingan talabalarni kutib olish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirni moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor, iqtisod fanlari doktori, professor S.Abdullayev ochib berdi hamda rektor tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tabrik uchun so‘z olgan fakultet dekani H.Hakimov barchani yangi o‘quv yili bilan tabriklab, talabalarning o‘qishlariga omad tiladi.
Shundan so‘ng, yuqori ball to‘plik talabalikka tavsiya etilgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi va so‘zga chiqqan talabalar a’lo baholarga o‘qishga va’da berishdi. Tadbir yakunida so‘z olgan ota-onalar farzandlari eng nufuzli oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotganidan xursand ekanliklarini, talabalarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganidan xursand ekanliklarini ta’kidlashdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Talabalar malakaviy amaliyot jarayonlariga jalb etildi
Joriy yilning 9-sentabr kunidan boshlab OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari tasdiqlangan o'quv rejasiga asosan malakaviy pedagogik amaliyot o‘tashni boshladi.
Amaliyot jarayoni talabalarning universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llash, o'quvchi-yoshlar bilan ishlash mahoratini yanada oshirish, kasbiy va malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o'rin egallaydi.
Bizni kuzating
#yangilik
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi 2024-2025-o‘quv yili boshlandi.
Shu munosabat bilan, Ingliz filologiyasi fakulteti hamda Sharq filologiyasi fakulteti hamkorligida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan bayramona tadbir tashkil etildi.
Dastur avvalida, universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Chutpulatov so‘zga chiqib, barcha talabalarga boshlangan o‘quv yilida omad tilab, yurtimiz kelajagi uchun yetuk va bilimli mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Shuningdek, fakultet dekanlari hamda talabalarning ota-onalari talabalikka tavsiya etilgan barcha yigit-qizlarni samimiy tabriklashdi.
Rahbariyat tomonidan Talabalikka yuqori ball asosida qabul qilingan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi. Tadbir tugagach, fakultet dekani, dekan muovinlari, professor-o'qituvchilar va ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
OʻzDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari 2-son talabalar turar joyidagi qizlar holidan xabar olishdi.
Dasturda Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Djurayeva, universitet ijtimoiy psixologi Z.Xayrullayeva, Ingliz tili 1-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova va Ingliz tili 2-fakulteti dekan maslahatchisi F.Ashurova ishtirok etdi.
#yangi_oʻquv_yili
⚡️ 9-sentyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida fakultet rahbariyati va 1-bosqichga qabul qilingan talaba yigit-qizlarning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
✔️ Suhbat avvalida dekan D.Djurayev talabalarni yangi o'quv yili bilan tabriklab, ularga yil davomida omad va muvaffaqiyat yor bo'lishini tiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasidagi shart-sharoitlar, imkoniyatlar haqida nutq so'zladi.
✔️ Yangi talabalarning ota-onalari, qolaversa, talabalarning o'ziga oliygohning yuqori bosqich talabalari hamda sobiq bitiruvchilari tomonidan erishilgan yutuqlar misolida fakultetda yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib o’tildi.
Bizni kuzating
#xon_atlas
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Aynan ushbu an’anani davom ettirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 9-14 sentabr kuni universitetimizning barcha fakultetlarida “Xon Atlas” festivali o‘tkazilyapti.
Shu munosabati bilan, O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. Xabiyeva boshchiligida barcha professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar haftalikda faol ishtirok etishmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
✈️ Roman-german filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Roman-german filologiyasi fakulteti koordinatori tashabbusi bilan universitetimizga qabul qilingan 1-bosqich talabalariga Axborot-resurs markazi va “Kulolchilik markazi” tanishtirildi.
Talabalar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar koʻrsatib berildi. Universitet yetakchisi tomonidan Yoshlar ittifoqi faoliyati, uning maqsadi va vazifalari haqida tushuncha berildi. Talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
#tanishtiruv_haftaligi
🇺🇿🇺🇿 OʻzDJTU Yoshlari
#psixologik_trening
Joriy yilning 12-sentabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida tanishuv treninglari tashkil qilindi.
Tanishuv treningida universitet psixologi Z.T.Xayrullayeva hamda tyutorlar Sh.Boʻstonova, N.Sayfullayevna ishtirok etishdi.
Uchrashuvda "Psixologik xizmat" to‘g‘risida talaba yoshlarga kerakli ma’lumotlar berib oʻtildi. Yangi boshlangan talabalik davri muvaffaqiyatlarga to‘la baxtli davr bo‘lishi uchun psixologik tavsiyalar berildi.
🟦🟦🟦 #Talabaga_qulaylik
2024—2025-yilgi o‘quv yilida talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda, ijara xonadonlariga ehtiyoji bor talaba-yoshlar bilan individual tarzda xohishlariga mos bo‘lgan uylar topishga ko‘maklashish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yil sentyabr oyining ilk haftalarida Ingliz tili 3-fakulteti tyutor Sh.Hamdamova tomonidan talabalar ijaraga joylashtirildi. Ijara uy egasi bilan suhbat olib borilib, ularning sharoitlari bilan tanishib chiqildi. Ijara xonadoni egasi qizlarga oshpazlik mahoratlari tikuvchilik sirlarini o‘rgatmoqda talaba qizlar bu qulayliklardan xursand bo‘lishdi va o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdilar.
Xonadonlarni o‘rganish davomida, ularning universitet hududiga yaqinligi, qulay sharoit va muqobil narxda bo‘lishi kerakligiga alohida ahamiyat qaratildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-bosqich talabalari ishtirokidagi tadbirlar davom etmoqda.
11-sentyabr kuni Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Mavluda Allamova mas’ulligida unga biriktirilgan 1-bosqich talabalari bilan "Birinchi kurs maktabi" haftaligi doirasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
🟦🟦🟦
9- sentabr kuni O‘ZDJTU Ingliz tili birinchi fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish jarayoni o‘tkazildi.
Tadbirni fakultet dekani Akmal Yo‘ldoshev ochib berdi va yangi o‘quv yili bilan tabriklab, talabalarning o‘qishlariga omad tiladi.
Shundan so‘ng, talabalar eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari o‘qiyotganliklaridan va ularga barcha sharoitlar yaratilganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
9-sentabr kuni Roman-german filologiyasi fakultetiga birinchi kursga qabul qilingan talabalarni kutib olish jarayonidan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zDJTU Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi universitet brendi va marketingini namoyon qilishda davom etadi.
Shu munosabat bilan 11-sentabr kuni universitetga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari, pedagoglari bilan birgalikda O‘zDJTUga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrifning maqsadi – o‘quvchilarga universitetning ta’lim dasturlari, ularning qiziqishlariga mos keluvchi soha va mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratishdan iborat edi.
Ularni Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Alisher Abidjanov hamda bo‘lim xodimlari kutib oldilar.
O‘quvchi-yoshlar eng avvalo universitet kampusi bilan yaqindan tanishdilar. Ular universitetning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari, talabalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot ega bo‘ldilar. Axborot-resurs markazi, yaqinda tashkil etilgan muzey hamda undagi eksponatlar, Tarjimonlik fakulteti sinxron tarjima xonalarida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) kafedrasi va u yerdagi professor-o‘qituvchilarning faoliyati, sport majmuasi, yotoqxonalar, shuningdek, universitet oshxonasidagi talabalar uchun yaratilgan qulayliklarga guvoh bo‘ldilar.
0️⃣0️⃣0️⃣
10-sentyabr kuni O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.Nasirov 2023-2024 yillarda Yaponiyaning Tokyo,Tsukuba, Bunkyo Gakuin universitetlarida tahsil olib qaytgan talabalar bilan muloqot qildi.
Uchrashuv chog‘ida 1 yillik grand dasturi g‘oliblari Khakimov Jasurbek Rustamjon o‘g‘li - Yaponiya fan va ta’lim vazirligi tomonidan beriladigan grand g‘olibi (MEXT), Waseda universiteti; Hojiakbarova Munojatxon Rustamxo‘ja qizi- JASSO dasturi grandi sovrindori, Tsukuba universiteti; Rustamova Shirin Xamdamovna - JASSO dasturi grandi sovrindori, Tsukuba universiteti; Umaraliyev Umidjon Anvarjon o‘g‘li - JASSO dasturi grandi sovrindori, Bunkyo Gakuin universiteti; Usmanova Farangiz Tohir qizi - JASSO dasturi grandi sovrindori, Bunkyo Gakuin universiteti; Muhamadaliyev Nodirxon Muhammadqodirxon o‘g‘li - JASSO dasturi grandi sovrindori, Tokyo universiteti; Sodirjonova Shoxruza Shaxzodjon qizi - JASSO programmasi bo‘yicha grand asosida Yaponiyaning Tokyo universitetining g‘olibi Umaraliyeva Oqila Ishoqjon qizi - JASSO programmasi bo‘yicha grand asosida Yaponiyaning Tokyo universitetining g‘olibi. Grant dasturi g‘oliblari bilan o‘qish davomida orttirilgan bilimlari hamda kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Suhbat so‘ngida A.Nasirov talabalarga Yaponiyadagi ta’lim to‘g‘risida tajribalar almashish maqsadida ko‘rsatma berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#yangi_oʻquv_yili
⚡️ 9-sentyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida fakultet rahbariyati va 1-bosqichga qabul qilingan talaba yigit-qizlarning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
✔️ Suhbat avvalida dekan D.Djurayev talabalarni yangi o'quv yili bilan tabriklab, ularga yil davomida omad va muvaffaqiyat yor bo'lishini tiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasidagi shart-sharoitlar, imkoniyatlar haqida nutq so'zladi.
✔️ Yangi talabalarning ota-onalari, qolaversa, talabalarning o'ziga oliygohning yuqori bosqich talabalari hamda sobiq bitiruvchilari tomonidan erishilgan yutuqlar misolida fakultetda yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib o’tildi.
Bizni kuzating
2024-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi hamda Ingliz filologiyasi fakultetlarida unutilmas voqeaga ega 1-bosqichga tavsiya etilgan talabalarini tantanali kutib olish bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🟢 Dastur avvalida, universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Chutpulatov so‘zga chiqib, barcha talabalarga boshlangan o‘quv yilida omad tilab, yurtimiz kelajagi uchun yetuk va bilimli mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Shuningdek, fakultet dekanlari hamda talabalarning ota-onalari talabalikka tavsiya etilgan barcha yigit-qizlarni samimiy tabriklashdi.
Rahbariyat tomonidan Talabalikka yuqori ball asosida qabul qilingan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi. Tadbir tugagach, fakultet dekani, dekan muovinlari, professor-o'qituvchilar va ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
🟦🟦🟦
2024-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus filologiyasi fakultetida yorqin va ahamiyatli voqea – 1-kurs talabalarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yakubovich Yusupov so‘zga chiqib, zamonaviy dunyoda bilimga intilish, ilmiy izlanish va innovatsiyalar muhimligini ta’kidladi.
Rus filologiyasi fakulteti dekani Rahmonov Azizxon Bositxonovich 1-kurs talabalarini muvaffaqiyatli o‘qishga kirganlari bilan tabriklab, ularni bilim va madaniyat olamiga qiziqarli sayohat kutayotganini ta’kidladi.
Tantananing o‘ziga xos lahzasi o‘qishga qabul qilinganda eng yuqori ball to‘plagan olti nafar talabaga minnatdorchilik yorliqlari topshirilishi bo‘ldi.
Rus filologiyasi fakultetida o‘quv yilining boshlanishi nafaqat iliq kutib olindi, balki talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari ham nishonlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Talabalarda turar joy muammomi? Yo'llanmasi chiqmayotgan yoshlar
Barchamizga ma’lumki, yangi o’quv yili boshlanishi bilan barcha talaba bo’lgan yoshlarda turar joy masalasi tashvishi boshlanadi.
Bu yilgi o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlar uchun qanday shart-sharoitlar yaratilgani, talabalar turar joylardagi real ahvol bugungi Taftish.uz kamera obyektivida.
YouTube sahifamizdan to'liq videoni ko'rish orqali yotoqxonaga joylashish tartibi, unda yaratilgan qulay sharoitlar haqida, kimlarga ustuvorlik berilishi haqida batafsil ma'lumot ololasiz.
Batafsil:
https://taftish.uz/127843/
Talabalar malakaviy amaliyot jarayonlariga jalb etildi
Joriy yilning 9-sentabr kunidan boshlab OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari tasdiqlangan o'quv rejasiga asosan malakaviy pedagogik amaliyot o‘tashni boshladi.
Amaliyot jarayoni talabalarning universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llash, o'quvchi-yoshlar bilan ishlash mahoratini yanada oshirish, kasbiy va malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o'rin egallaydi.
Bizni kuzating
10-sentyabr kuni O‘zDJTU ning Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor A.Nasirov hamda Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i X.Yuldashevlar Malaysiyaning Lincoln University College vakillari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar chet tillari, jurnalistika, turizm va boshqa turdosh yo‘nalishlarda hamkorlik qilish, xususan almashinuv dasturlarini amalga oshirish, ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish, yosh tadqiqotchilar stajirovkasini tashkillashtirish hamda boshqa ta’lim va fan sohalarida birgalikda ish olib borish bo‘yicha kelishib oldilar.
Ma’lumot uchun: Lincoln University College QS Osiyo Universitetlari reytingida 199-o‘rinni va THE reytingida Ta’lim sifati bo‘yicha 32-o‘rinni, Malaysia oliygohlari orasida 6-o‘rinni egallab turibdi. Avstraliya va bir qator Afrika davlatlarida filiallariga ega. Mazkur universitet 200 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va doktorlik dasturlarini taklif qiladi.
0️⃣0️⃣0️⃣ 2️⃣2️⃣2️⃣
Toshkent shahar hokimining 2024-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g’risida”gi 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qarori ijrosi haqida”gi 511-14-0-Q/24-sonli qarori 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida
🟦🟦🟦🤝🌏👨🏫👩🏫
10-sentabr kuni O‘zDJTU ning Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor A.Nasirov hamda Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i X.Yuldashevlar Koreyaning Youngsan universiteti vakillari bilan onlayn muloqot olib bordilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, jumladan talaba, o‘qituvchi va yosh tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, turli ta’lim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Natijada, ilk bosqichda ikki universitet o‘rtasida almashinuv dasturlari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini tayyorlash hamda kelishilgan yakuniy hujjatni imzolash borasida kelishuvga erishildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt