🟦🟦🟦🟦
Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
V.Gyugo
👨💻👩💻🧠
Talaba yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida OʻzDJTUda qatar tadbirlar tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishini ma’lum qiladi
Talabgorlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kurslarda tahsil olishlari mumkin:
🔹 Chet tili o‘qituvchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha:
- til mutaxassislari uchun 4 oylik (576 soat);
- nomutaxassislar uchun 8 oylik (1152 soat);
🔹 Rus tili bo‘yicha qayta tayyorlov kurslari 5 oylik (720 soat);
Mazkur kurslar OTMni tamomlaganlar uchun bo‘lib, maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda dars berish imkonini beradi. Kurslarni tugatgandan so‘ng chet tillari o'qituvchisi sifatida dars berish huquqini beruvchi diplom beriladi.
🔹 Gid-tarjimonlarni qayta tayyorlash kursi 5 oylik (630 soat);
Kurslarni tugatgandan so‘ng sertifikat beriladi hamda gid-tarjimon davlat reyestriga kiritiladi.
🔹 Aviabort kuzatuvchilari (styuardessa) boshlang’ich kursi - 1 oylik.
🗓 Boshlanish sanasi: 2024-yil 1-may
📌 Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun biz bilan bog’laning: @Jahon_tillari_malaka_oshirish
☎️ Telefon: 90-336-56-01
📍Manzil: Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik halqa yo‘li G9A mavzesi 21-uy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona.Ta’lim reklamasi
🤝🌏👨🏫👩🏫
24-aprel kuni O’zDJTU da Malayziyaning bir qator tashkilotlari, jumladan, Milliy qonunchilik palatasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mehmonlarga O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyati, oliygohda malay tilining o'qitilish tartibi haqida ma’lumot berilib, ushbu mamlakat oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari to'g'risida fikr almashildi.
Yakunda o’zaro hamkorlik masalalari va aloqalarni rivojlantirish bo’yicha umumiy fikr taqdim etildi va bir qancha kelishuvlar rejalashtirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 24-aprel kuni Germaniyaning Laybnis Nemis tili tadqiqot instituti vakillari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
Lobin instituti direktori prof. Xennig, institut Leksika boʻlimi boshligʻi prof. Shtefan Engelberg, Grammatika bo’limi dasturlashtirish boʻlimi boshligʻi Dr. Roman Shnayder, Tadqiqotlarni tashkillashtirish boʻlimi xodimi Dr. Katrina Dyuk va xodim Dr. Nofiza Voxidovadan iborat delegatsiya OʻzDJTU rahbariyati vakillari tomonidan kutib olindi.
✍️✍️✍️
Maktablarga bo’lgan tashrifdan soʻng, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida mehmonlar va talabalar oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Dastur davomida mehmonlar yozuvchilik sanʼati va maʼrifatning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni haqida talabalarga soʻzlab berishdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mehmonlarga murojaat qilib, zarur maʼlumotlarga ega boʻlishdi, sevimli yozuvchilaridan esdalik xatlari olishdi.
#marifat_ulashib
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✍️✍️✍️
“Ma’rifat ulashib” loyihasi asosida o’tkazilgan dastur avvalida, “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish marosimi boʻlib oʻtdi.
Taniqli yozuvchilar Erkin Aʼzam, Olimjon Davlatov va Xurshid Abdurashid, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rahbariyat vakillari va talabalar birgalikda universitet hududiga yangi koʻchatlar ekishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣ | 23-aprel kuni OʻzDJTUda “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi” aʼzolari Erkin Aʼzam, Olimjon Davlatov va Xurshid Abdurashid bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi.
BATAFSIL…
—————————
2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣ | 23 апреля в УзГУМЯ в рамках проекта “Разделяя просветление” была организована литературная встреча с членами Союза писателей Узбекистана Эркином Азамом, Олимджоном Давлетовым и Хуршидом Абдурашидом.
ПОДРОБНЕЕ…
—————————
2️⃣2️⃣2️⃣ | On April 23, as part of the "Sharing Enlightenment" project, a literary gathering was arranged featuring Erkin Azam, Olimjon Davlatov, and Khurshid Abdurashidlar, members of the Writers' Union of Uzbekistan.
MORE…
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
“Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" munosabati bilan 24-aprel kuni O’zDJTU Axborot-resurs markazi tomonidan seminar mashg'uloti tashkillashtirildi.
Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova va o'rinbosari M.Muxamedjonova hamda S.Mamatsoliyeva "Kitob — yuksak ma'naviyat, ma'rifat va tarbiya vositasi" hamda “Talabalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish" mavzusidagi targ'ibot ishlari haqida gapirib o'tishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida adabiy-maʼrifiy haftaligi davom etmoqda.
24-aprel, saylining 2-kunida OʻzDJTU “Yangi bolalar” QVZ jamoasining chiqishlarini namoyish etdi. Barchada yuqori kayfiyat bilan qarshi olingan qilingan chiqishlar talabalar tomonidan tayyorlangan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyishiga ulanib ketishi rejalashtirilgan.
Respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etish maqsadida tashkil etilgan mazkur “Milliy qadriyatlar sayli” ertaga 25-aprel kuni ham davom etadi.
Milliy qadriyatlar saylida birga boʻlaylik!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Hamkorlik
Joriy yilning 23-aprel kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida "Xitoy Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining hamkorlik kelishuvi" nomli taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston va Xitoy doʻstligi birdamligini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi, talaba-yoshlar tomonidan sahnaviy koʻrinishlar milliy raqslar namoyishi boʻlib oʻtdi. Shundan so'ng Xitoydan tashrif buyurgan universitet vakillari o'zlari faoliyat olib borayotgan universitetlarini tanishtirish bilan birgalikda o'zbek talabalari uchun bakalavriat va magistraturaga grant asosida o'qishlari mumkinligini ham taʼkidlab o'tishdi.
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
23-aprel kuni O’zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun "Badiiy asarning germenevtik tahlili" mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi.
Seminarni professor, filologiya fanlari doktori Musajon Tadjibayev olib bordi va unda mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar qatnashdi.
Dastur davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan mavzular bo'yicha barcha savollarga javob olishdi. Ilmiy-nazariy seminar yuksak saviyada o’tkazildi va zarur bilim-ko’nikmalarga boy bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
*Интернет тили билан газета тили бир-биридан мутлақо фарқ қилади.
*Бугунги авлоднинг саводхонлик даражаси газеталарга боғлиқ.
Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети халқаро журналистика факультети декани Амрулло Каримов
✅ Бизни кузатиб боринг
🚀Telegram 🎬YouTube 📷Instagram 🔵Facebook
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥
📣 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi va ta'lim texnoloyilari kafedrasi tomonidan 26-aprel kuni soat 14:00 da "Tillarni o'rgatishning ilg'or texnologiyalari va ularni qo'llash amaliyoti” mavzusidagi ilmiy-seminar tashkil etiladi.
🎤 Ma’ruzachi: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Axmedova Laylo Tolibjanovna
🇷🇺 Tadbir rus tilida olib boriladi.
ℹ️ Seminarda qatnashish narxi 100 ming so'm.
➕ Batafsil maʼlumot uchun @MadinaTukhtakhujaeva ga murojaat qiling.
📌Manzil: O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti binosi 2-qavat 4-ma’ruzalar zali.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦
24-aprel kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida davlat arbobi, olim Akmal Saidovning “Lev Tolstoy hikmatlari" kitobi taqdimoti o'tkazildi.
Dastur davomida O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva tadbirni ochib berdi. "Sharq yulduzi" va "Звезда востока" jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O'zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos, tarjimon Ibrohim G'afurov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid tomonidan davra suhbati olib borildi.
Mazkur tadbirda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi rahbari Saida Kayumova, Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari va tyutorlari ham faol ishtirok etishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi tomonidan “Mediakommunikatsiya: til siyosati va madaniyat” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.
Tadbir avvalida, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Otabek Yusupovlar so’zga chiqib, milliy kontent, o’zbek tili masalasi davlat siyosati darajasida e’tirof etilayotgani xususida gapirib o’tdi.
Anjumanda O’zbekiston, Rossiya, Polsha, Hindiston va boshqa davlatlarning professor o’qituvchilari va soha mutaxasislari ishtirok etdi.
⚖️👨💻👩💻💬
🤝🌏👨🏫👩🏫
24-aprel kuni O’zDJTU Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Raqamlashtirish davrida oʻzbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida oʻqitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.
Mazkur anjuman Oʻzbekistonda va xorijiy mamlakatlarda oʻzbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida oʻqitishni mahalliy va xorijiy ilgʻor tajribalar uygʻunligi asosida ommalashtirish, ijobiy yutuqlarini til taʼlimiga joriy etish, xorijiy tillarni oʻqitish metodikasidagi yangi innovatsion taʼlim texnologiyalarining ahamiyati, til oʻqitishni takomillashtirish yuzasidan mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalari mutaxassislarining fikrlarini oʻrganish, tillarni oʻqitishning zamonaviy, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida boyitilgan milliy metodikasini takomillashtirish kabi masalalarni koʻrib chiqish va fikr almashish maqsadida tashkil etildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
24-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va O’zbekiston Respublikasi Turizm Qo’mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik bo’yicha memorandum imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Y.Golsheva, Kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘limi boshlig’i B.Mammetova, O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, OTM pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori A.Abidjanov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i B.Odilov, OTM pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi mutaxassisi A.Kayumov ishtirokida o’tgan uchrashuvda tomonlar kadrlarni qayta tayyorlash sohasidagi hamkorlik bo’yicha manfaatli kelishuvga erishdi.
✍️✍️✍️
Adiblar bilan uchrashuv O’zDJTU ning talabalar turar joylarida davom ettirildi.
Yozuvchilar va talabalar gulxan atrofida suhbatlashishdi. Talabalar oʻzlarining ijod namunalarini ham oʻqib berishdi. Yozuvchilar talabalarning ijodiy ishlarini ham baholab, ularga yoʻnalish va tavsiyalar berib oʻtdi.
Maʼrifatparvarlar bilan tashkil etilgan uchrashuv qiziqarli taassurotlarga boy tarzda nihoyalandi.
#marifat_ulashib
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✍️✍️✍️
O’zDJTU hududida talabalar bilan koʻchat ekish jarayonlaridan soʻng, mehmonlar va universitet rahbariyati birgalikda Uchtepa tumanida joylashgan 12-sonli hamda 81-sonli maktablarga tashrif buyurishdi.
Taʼlim maskanida yozuvchilar, universitet vakillari hamda maktab oʻquvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Yozuvchilar hayot yoʻllari haqida soʻzlab berdi. Maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Qator sport turlari boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi.
#marifat_ulashib
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦
4⃣📚 O’zDJTU Yoshlar akademiyasi va iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini qo’llab-quvvatlash bo’limi tashabbusi bilan “Contribute to the science” nomi ostida Yoshlar akademiyasi forumi o’tkazildi.
Forumni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berib, yoshlarga yaratib berilayotgan qator imkoniyatlar va ilm-fanning bugungi hayotimizdagi o’rni va ahamiyati haqida to’xtalib o’tdi.
Konferensiya doirasida e’lon qilingan “Maqolalar tanlovi” g’oliblari taqdirlandi, startaplar va innovatsiyalar bo’yicha tajribali mutaxassis, Yoshlar akademiyasi lideri A.Urunov startaplar va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va turli xil xalqaro tanlovlarda ishtirok etish bo’yicha ma’ruza qildi.
Shuningdek, dastur davomida pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Sh.Ismatova tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
24-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limida ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi.
”Актуальные вопросы преподавания русского и английского языков в иноязычной аудитории” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori A.Nasirov, Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig’i N.Abdullayeva, Rus tili kafedrasi o’qituvchisi T.Uzbekov va bir qator faol talabalar ishtirok etdi.
Dastur davomida ishtirokchilar tomonidan chet tilida so’zlashuvchi auditoriyaga ingliz va rus tillarini o’qitishdagi ahamiyatli masalalar haqida ma’ruzalar taqdim etildi.
📍 QTD bo’limi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Tarjimonlik fakulteti
INGLIZ TILI TARJIMA NAZARIYASI KAFEDRASI
TALABALAR ILMIY-AMALIY ANJUMANI
⚡️Konferensiya nomi: «ZAMONAVIY TARJIMASHUNOSLIK VA TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI»
🌙Mamlakat: O‘zbekiston 🇺🇿
Qabul tili:
🇺🇿 o‘zbek
🇷🇺 rus
🇬🇧 ingliz
🇫🇷fransuz
🇮🇹italyan
🇦🇪arab
🇩🇪nemis
➡️ AXBOROT XATI
✅Qabul: Joriy yilning 4-may sanasiga qadar ⏰
👩💻Murojaat uchun: Meliqo‘ziyeva Zuhra : +998 94 551 03 06
Musabekova M.N.: +998 90 977 49 07
zuhraxonmeliqoziyeva@gmail.com
📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻
🔵Facebook
📷Instagram
🚀Telegram
🟦Rasmiy sayt
🔰Bugun O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosida ,, Balli qizlar!'' ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.Tanlovni fakultet dekani X.Xakimov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
🪐Mazkur tanlovda Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili yo'nalishi kechki taʼlim shakli 1-bosqich talabalari o'zaro bellashishdi. Unda 5 ta guruh aʼzolari ,, tanishtiruv, savol-javob, soch turmaklash, erkin mavzu, dasturxon bezash'' shartlari boʻyicha oʻz iqtidori va yetakchilik qobiliyatini hamda salohiyatini namoyon etishdi.Hakamlar hayati tomonidan ishtirokchilarga ballar qo'yildi.
4️⃣4️⃣4️⃣
📣 Talabalar diqqatiga!
O‘zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari 1-kafedrasi tomonidan "Start training today" nomli fitness club tashkillashtirilmoqda.
✅ Qatnashuvchilar bilan malakali trener Nigoraxon Alimova shug'ullanadi.
ℹ️ Mashg'ulotlar O'ZDJTU sport zalida dushanba, chorshanba va juma kunlari 14:00-16:00 gacha o'tkaziladi.
📍 Ingliz tili birinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
23-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti tyutorlariga Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan seminar trening tashkil etildi.
“Mahalla va oliy taʼlim muassasalari hamkorligini mustahkamlash omillari” mavzusida o’tkazilgan dars mashgʻulotlari davomida mutaxassislar tomonidan tyutorlarga zarur bilim va ma’lumotlar berildi.
Yakunda seminar ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga professor-o’qituvchilardan javob olishdi va kerakli ko’nikmalarga ega bo’lishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi joriy yilning 22-26-aprel kunlari “Kitobsevar millat shiori ostida IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ni oʻtkazishni rejalashtirilgan edi.
Shu munosabat bilan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 2024-yil 23-aprel kuni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Westminister universiteti bilan hamkorlikda Daron Ajem oʻgʻli, Jeyms A. Robinson “Mamlakatlar tanazzuli sabablari “ kitobiga bagʻishlangan muloqot oʻtkazildi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi talabalari va Axborot-resurs markazi xodimlari ham ushbu tadbirda ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
22-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tyutorlari uchun seminar trening tashkil etildi.
Dastur davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasining Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar boʻyicha eksperti, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar kengashi aʼzosi, Mirobod tumani kengashi raisi Mavlyanova Dildora Xaydarovna va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi boʻlim boshligʻi, Olmazor tuman partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Umarxonova Shaxzoda Maqsudovna, ishtirok etdi.
“Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori ostida o’tkazilgan treningda mutaxassislar tomonidan talabalarni ekologiyani asrashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga undash, tozalikka e’tibor qaratishga targ’ib qilish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt