🎦 26-aprel kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi va Ekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
“Mening inspektorim”mobil ilovasi bilan tanishing–bu sizning favqulodda vaziyatlarda qutqaruv yo'lingiz! Ushbu ilova yordamida siz:
🚨 SOS holatlarida vaziyatingizni hududiy profilaktika xodimiga bildirishingiz,
👮♂️ Hududingizdagi huquq-tartibot inspektori haqida ma'lumotga ega bo'lish va xodimlariga murojaat qilish,
📰Hududingizga yaqin joyda joylashgan mahalliy va yaqin IIB punkti haqida ma'lumotga ega bo'lish,
🚑 Shoshilinch tibbiy yordam, yong'in xavfsizligi, gaz, favqulodda holatlar va boshqa xizmatlardan foydalanish,
🔎IIB bo'limidan foydalanib esa,IIB tomonidan olib borilayotgan yangiliklardan boxabar bo'lish,
✉️ "Mening arizam" oynasi orqali ariza,shikoyat va qoʻshimcha takliflarni yuborish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
“Mening inspektorim”ni hoziroq yuklab oling va xavfsizligingiz bir urinishda ekanligiga ishonch hosil qiling!
➕ SOS102IIB
🟦🟦🟦🟦
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida shu yilning 29-mart kuni Zakovat klubi tomonidan mavsumning “Rektor kubogi” turniriga start berilgan edi.
1-turda jami 32ta jamoa qatnashgan boʻlib, ushbu turnir oʻyinlari haftaning har juma kuni boʻlib oʻtdi.
Bugun 26-aprel kuni Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan turnirning yakuniy “Final” bosqichi boʻlib oʻtdi. Finalga 15 ta saralangan jamoalar yetib keldi va bellashishdi. Finalda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Zakovat turnirining bu galgi final bosqichi har galgidan-da oʻzgacha tarzda tashkil etildi. Oʻyinda hal qiluvchi savol noodatiy tarzda universitet rektori I. Tuxtasinov tomonidan oʻqib eshittirildi.
Natijalarga koʻra:
🥇Ingliz tili 2-fakultetining “Tafakkur” jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, “Rektor kubogi”ga sazovor boʻldi.
🥈Ingliz filologiyasi fakultetining “Inyazda kechgan umrlar” jamoasi 2-oʻringa loyiq topildi.
🥉 Xalqaro jurnalistika fakultetining “Boylarga mazzada” jamoasi 3-oʻringa sazovor boʻldi.
ℹ️ Maʼlumot uchun:
1-oʻrin sohiblariga 9 million soʻm,
2-oʻrin sohiblariga 6 million soʻm,
3-oʻrin sohiblariga esa 3 million soʻm pul mukofoti taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashda Xaitqulov Zahriddin Xazratqul oʻgʻlining 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi boʻyicha “Tarjimani avtomatlashtirishda parallel korpus kontekstual qidiruv tizimining funksional mohiyati” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.
Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
"Mendan nima qolar ikki misra she'r,
Ikki sandiq kitob, bir uyum tuproq..."
Muhammad Yusuf
1️⃣1️⃣1️⃣
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan.
Shunga koʻra 22-apreldan 10-mayga qadar OʻzDJTU Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tomonidan talabalarning jismoniy tayyorgarliklari yosh toifasi va nizomda ko'rsatilgan shartlar bo'yicha sinovdan oʻtkazilib boriladi.
Talabalarni jismoniy faolligini oshirish, sog'lom turmush tarziga targ'ib qilish va sport to'garaklariga jalb qilish maqsadida o'tkazilayotgan ushbu mashg'ulotlarda oliygohimiz talabalari faol ishtirok etmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🇺🇿 O'zDJTU
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
⭕️Joriy yilning 25-aprel kuni O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan Ingliz tili 1-2-3-fakultet koordinatorlari hamkorligida talabalar o'rtasida ⚡️ ZAKOVAT intellektual o'yini o'tkazildi.
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 qizg'in bahs - munozaralarga boy o'tdi. Talabalar bunday hamkorlik bellashuvlarini tez - tez takrorlab turish kerakligini va bunday intellektual o'yinlar ularda doimo yuqori qiziqish uug'otishini ta'kidlab o'tishdi
🥇"Enlightenment" jamoasi
( 🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti)
🥈"Antigrob" jamoasi
(🇺🇿 Ingliz tili 2-fakulteti )
🥉"Dophamin" jamoasi
(🇺🇿 Ingliz tili 1-fakulteti)
👨🏫👩🏫
26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Mahmudova Maftuna Hamza qizining 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi boʻyicha “Mediasavodxonlik — Internet OAVdagi feyk va dezinformatsiyalardan himoya qilish vositasi sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi.
Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🌟 Yoshlar akademiyasi tomonidan "Contribute to the science" nomi ostida Yoshlar akademiyasi forumi davom etmoqda.
Ushbu forum doirasida 25-aprel kuni “Science innovation:problems and solutions” mavzusida MUN konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Ushbu konferensiyada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti hamda Westminster universiteti talabalari ishtirok etishdi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti , Ingliz tili 3 fakulteti, Ingliz tili o’qitish metodikasi -3 kafedrasi dotsenti Tuxtaxodjayeva Zulfiya Tuxtayevna o’zining tarjima sohasidagi 55 yillik tajribasini ‘’Interpreters union’’ klubi a’zolari va bitiruvchi kurs talabalari bilan bo’lishdi
Uchrashuv davomida talabalar tarjima sohasida o’zlariga kerakli, foydali ma’lumotlarga ega bo’ldilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi .
2️⃣2️⃣2️⃣
25-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 9-son yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Dastur avvalida Kengash raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan O’zbekiston Respubliksi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezident Farmonlari, Qaror, Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet tomonidan bajariladigan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati to’g’risida nutq so’zladi.
#ilm_fan
Magistr talabalar diqqatiga!
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “Language and Literature: Unveiling Connections and Expanding Horizons" mavzusida magistratura talabalari uchun 2024-yil 22-may kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy-amaliy anjuman tashkillashtirilmoqda.
🕒Maqolalarni qabul qilish 2024-yil 5-may sanasiga qadar davom etadi.
📩Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida to'liq ma'lumot: Axborot_xatida
👩💻 Anjuman to'plami va sertifikat mualliflarga elektron shaklda taqdim etiladi.
Bizni kuzatishda davom eting.
@first_faculty_official
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
26- aprel Oʻzbekiston xalq shoiri, noyob isteʼdod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson Muhammad Yusuf tavalludining 70- yilligi munosabati bilan bugun Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori D. Adilova, Axborot-resurs markazi direktor oʻrinbosari M. Muxamedjonova va 1- bosqich talabalari ishtirokida tadbir tashkil qildi.
Tadbirda tyutor D. Adilova shoirning hayoti, ijodi, yozgan sheʼrlari haqida, maʼlumot berib oʻtdi. Shundan soʻng, talabalar shoirning “Vatan”, “Oʻzbegim”, “Lolaqizgʻaldoq”, “Onamga”, “Jayron”, “Biz baxtli boʻlamiz” kabi sheʼrlarini yod olishdi.
Shoir Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoir. Unga mustaqil yurtni ozod xalqini koʻrish nasib etdi. Yurtning eng ulugʻ bayramlarida uning qoʻshiqlari baralla yangraydi. Shoirdan chinakam, betakror ijodiy meros qoldi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🌎🌍🪐💫⭐️ 12:30
Mediakommunikatsiya: til siyosati va madaniyat
25.04.2024
#Toshkent_shahri
Muxbir: Dovudxon G'ulomjonov
📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ⬇️
🌐 TELEGRAM | 🌐 INSTAGRAM
🌐 FACEBOOK | ▶️ renessanstv">YOU TUBE
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
👨💻👩💻🧠
25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Tarjimonlik fakulteti tyutori N.Masadikova va 3-bosqich talabalari uchun “Talabalarni shaxslar aro munosabatlardagi pozitsiyasi” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Ushbu psixologik trening doirasida talabalardagi “Tanishuv” “Guruhda emotsional-ijobiy munosabatni oʻrnatish”, “Shaxslararo munosabatdagi xatoliklar va ularga yechim” kabi mavzularga oid maʼlumotlar berildi.
Trening davomida psixogimnastika va faollashtiruvchi mashgʻulotlardan foydalanildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun 27-aprel sanasida O'zDJTU da profilaktik uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchtepa tumani IIOFMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlim boshligʻi podpolkovnik M.Shodmonov ,,Mening inspektorim,,mobil ilovasi toʻgʻrisida ma'lumot berib targʻibot ishlarini oʻtkazdi.Ushbu ilovaning afzalliklari,foydalanish qoidalari va qulayliklari bo'yicha talabalarga ko'rsatmalar berildi.
2024- yil 24- aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Anjumanning ochilishida universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor I.M.Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Ya.Yusupov, Qozon federal universiteti, Yelabujsk instituti (Rossiya) F.I.Gabidullina, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti dotsenti, f.f.n. Ya.Madaliyev, Yamagishi Hiromu (Yaponiya), Li Xuy Ting (Xitoy), Na Sahm Ii (Koreya) so‘zga chiqib, o‘zbek tilining xorijda o‘qitilishiga oid yutuqlar, erishilgan natijalar, muammolar va ularning yechimlari haqida gapirdilar.
#Ilmiy_seminar
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Tillarni o'rgatishning ilg'or texnologiyalari va ularni qo'llash amaliyoti" mavzusida ilmiy-seminar bo'lib o'tdi.
Seminar Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Axmedova Laylo Tolibjanovna tomonidan olib borilib, taqdimot asosida mavzu bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berib o'tildi.
Unda Professor-o'qituvchilar, metodistlar, amaliyotchi o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar ishtirok etishdi.
⚖️👨💻👩💻💬
🤝🌏👨🏫👩🏫
26-aprel kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi va Ekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
“Ekologiya va bugungi kunda ta’limdagi ekologik muammolar” mavzusida bo’lib o’tgan anjumanda O’zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori O.Yusupov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yoʻldoshev, dekan muovinlari M.Musabekova, S.Ibragimov, Sh.Nazarov, Tabiiy fanlar kafedrasi barcha professor-oʻqituvchilari qatnashdi.
Konferensiyada quyidagi mavzularda ma’ruzalar so’zlandi:
- “Ekologik ta’lim va ekologik muammolar”;
- “Chiqindilarning ijtimoiy xavfini baholash — ekologik xavfsizlikning garovi;
- “Ekologiyada GMO mahsukotlarining ahamiyati”;
- “Suv resurslaridan barqaror foydalanish muammolari”;
- “Использование хромосом-замещеных форм как генетических ресурсов у хлопчатника”;
- “Zamburug’lar ekologik bioindikator sifatida”;
- “Oliy ta’lim muassasalarida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o’qitishning metodik asoslarini takomillashtirish”.
2️⃣2️⃣2️⃣
Oʻzbekiston xalq shoiri, noyob isteʼdod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson Muhammad Yusuf tavalludining 70- yilligi munosabati bilan bugun OʻzDJTU fakultetlari tyotorlar tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida joylashgan shoirning haykali yonida bir qator badiiy tadbir tashkil etildi.
OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti tyutori , M.Yuldosheva tomonidan talabalar ishtirokida Andijonning asl farzandi, Vatan kuychisi Muhammad Yusuf ijodiga bagʻishlangan badiiy tadbirda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sheʼrlar yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.
Shuningdek, fakultetning tyutorlari A.Ilxomjonova, O.Artikovaniyam, Sh.Abramatova tashabbusida 2331-va 2324-guruhlarning iqtidorli talabalari tomonidan shoirning dilga yaqin sheʼrlari yod etildi.
Universitetda faoliyat olib borayotgan xodimlar va iqtidorli talabalar ham mazkur tadbirlarda faol ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5️⃣5️⃣5️⃣
26-aprel kuni OʻzDJTUda “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovining universitet bosqichi oʻtkazildi. Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va barchaga omad tiladi.
Joriy yilning mart-aprel oylarida barcha fakultetlarda mazkur tanlovning 1-bosqich oʻtkazilgan boʻlib, bugungi universitet bosqichida – “Fakultet malika”lari deb topilgan gʻoliblar oʻzaro bellashishdi.
Qizlarimizning oʻz iqtidori va yetakchilik qobiliyatini hamda salohiyatini namoyon etish, ularni mustaqil oilaga tayyorlashga qaratilgan tanlov shartlari ham ayni maqsadga yoʻnaltirildi.
#tyutorlar_faoliyati
Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab she'rxonlik kechasi o'tkazildi.
Tadbir Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori Mamatova Marhabo boshchiligida bir guruh talabalar hamda Axborot resurs markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
She'rxonlik bazmida talabalar M.Yusuf hayoti va ijodini yodga olib, buyuk o'zbek shoirining ijod namunalaridan she'rlar o'qib eshittirildi. Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Yomon she'r yozsang ham betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!
🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” tashkil etildi.
Adiblar xiyobonida O’zDJTU ga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali atrofidagi hududda uch kun davomida bo’lib o’tgan tadbir dasturlarida barcha fakultet dekan mudirlari, tyutorlar va stipendiant qizlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan A.Faynberg ijodi, hayoti bo’yicha ma’lumotlar berilib, talabalar yozgan, jumladan, Faynberg ijodiga tegishli she’rlar ifodali aytib berildi.
Shuningdek, “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida milliy qo’shiqlar kuylandi, milliy sport o’yinlari o’ynaldi, yozuvchi hayoti-ijodiga bag’ishlangan chiqishlar namoyish etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi elchixonasi ishtirokida “Xalqaro kitob kuni”ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tadbirni ochib berdi. Shundan soʻng, BAAning Oʻzbekistondagi elchixonasining iqtisodiy, siyosiy va ommaviy axborot vositalari boʻlimi boshligʻi Mohamed Alzaheriy soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik haqida maʼlumot berdi.
⚖️👨💻👩💻💬
🤝🌏👨🏫👩🏫
25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida “Ilm-fan va innovatsiya 2024” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirni OʻZDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Konferensiyaga respublikamizning barcha viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan maqolalar taqdim etildi.
Unda nafaqat respublika miqyosida, balki Rossiya, Xitoy, Belarussiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Ukraina kabi rivojlangan davlatlar olimlari onlayn tarzda ishtirok etib oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.
Maʼlumot uchun: jami 90 ta ilmiy maqolalar xalqaro konferensiya maqolalar toʻplamiga kiritiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5️⃣5️⃣5️⃣
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 24-aprel kuni O'zbekiston Yoshlar akademiyasi tomonidan "Contribution to the Science" nomli konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiya doirasida ilmiy maqolalar tanlovi oʻtkazildi va quyidagi talabalar gʻolib deb topildi:
🥇Normatova Solihabonu,
Ingliz tili 3-fakulteti 2201-bosqich talabasi.
🥈 Nematullayeva Muslimaxon,
Ingliz tili 3-fakulteti 2201-bosqich talabasi.
🥉 Azizova Dilfuza,
Rus filologiyasi fakulteti 2201-guruh talabasi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan.
Shunga koʻra 22-apreldan 10-mayga qadar OʻzdJTU da tahsil olayotgan barcha talabalarning jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan oʻtkazish rejalashtirilgan. Buning uchun fakultetlar kesimida grafik-jadval ishlab chiqib, tasdiqlandi va zaruriy sport inventarlarni shay holatga keltirilib, barcha shart-sharoitlarni tashkil etildi.
Qadrli talabalar siz ham sport kiyimlarida mazkur jarayonda faol ishtirok etib, jismoniy tayyorgarligingizni sinovdan oʻtkazing!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣ #milliy_qadriyatlar_sayli
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” festivali davom etmoqda.
Uch kundan buyon bo’lib o’tayoygan saylning 1-2-kunlari qizg’in taassurot va voqeliklarga boy tarzda tashkil etildi.
Festivalda O’zDJTU jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. “MILLIY QADRIYATLAR SAYLI” festivalining 1-2-kunlaridan lavhalarni e’tiboringizga taqdim etamiz!
Eslatib o’tamiz, bugun 25-aprel kuni mazkur festival nihoyasiga yetadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt