uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

2024-yil 22-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ko‘p tillilik muhitida xorijiy tillarni rivojlantirishning innovatsion va integrativ muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

▶️ Konferensiya sho'balari:
Globallashuv sharoitida tillarni o‘qitishning innovatsion strategiyalari;
• Filologik va nofilologik yo‘nalishlarda tillarni o‘qitishning integrativ yondashuvlari: ilg‘or tajribalar;
• Inklyuziv ta’lim yo‘nalishida xorijiy tillarni o‘qitish muammolari;
• Ko‘p tillilik ta’lim sharoitida ikki tillilik va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish.

Ma’ruzachilarga elektron sertifikat beriladi.
Google scholar xalqaro tizimida indekslanadi.
Har bir maqola muallifi uchun alohida DOI raqami beriladi.

📌 Talablar:
Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
Konferensiya ishtirokchilari tezislarida sho’ba va maqola mavzusi, muallif (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, telefon raqami va e-mail) keltirilgan holda, maqolaning qisqacha annotatsiyasi (kamida 30 ta so‘z), kalit so‘zlar (5-6 ta) haqida ma’lumot berishlari kerak;
Maqolalar hajmi Word matn muharririda,12 o‘lchamli (Times New Roman) shriftda, qator orasidagi interval 1,5 oraliqda, yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 1,5 sm tashlangan holda tayyorlanishi shart;
Maqola hajmi 3 betdan kam bo‘lmagan va 8 betdan oshmagan bo‘lishi kerak.


💲To'lov 170.000 so'm.

✍️ Qabul 10-may 24:00 ga qadar davom etadi.

👩‍💻
Murojaat uchun:

📩@Guku_24
☎️
+998999993757
+998996967600

👫 Masʼul xodimlar:

Mohlaroyim Rahimova, Gulsum Soatova


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta'minoti kafedrasi tomonidan 2024-yil 29-may kuni “MEDIAMAKONDA TIL, TAHRIR VA TARJIMA MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.

Maqolalar 2024-yil 25-mayga qadar qabul qilinadi.

➡️ Batafsil maʼlumot Axborot xatida (information letter)

✍️ Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida murojaat uchun: eeldorshermatov@gmail.com

Xorijlik mualliflar uchun maqola chop etish mutlaqo bepul (Articles by foreign authors are accepted and published free of charge).

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

"GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR, CHO'LLANISH VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF QILAMIZ!

Maqolalar qabulining so'nggi kuni: 2024-yil 16-may.

Murojaat uchun: Yangiboyeva Ruxshona @Science_inno3 (+998881955525)

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#yangi_taraqqiyot_davri_koʻrsatuvi


🎬 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi Axmedov Oʻktam bilan intervyu.

Bizni kuzating.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalarining aprel oyida Xitoy Xalq Respublikasi Liaodong universitetiga bo'lgan ikki haftalik bahorgi lageridan video lavha. 🎥

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍⚖️👩‍⚖️

11-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Moydinova Elmira Kamariddinovnaning 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Maktabgacha taʼlimda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslari asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yillik yubileyidan videorolik.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍⚖️👩‍⚖️

10-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.


Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Samiyeva Sayyora Nematovnaning 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Boʻlajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍⚖️👩‍⚖️

Joriy yilning 10-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Yoʻldoshev Ulugʻbek Ravshanbekovichning 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Talabalarga badiiy tarjimani oʻqitishning lingvistik va metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.


Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#seminar

Ingliz filologiyasi fakultetida "Zo'ravonlik holatlarini oldini olish hamda gender tenglik tamoyillari" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Seminar fakultet tyutori Sh.Bo'stonova tashabbusi bilan tashkil etilib, unda universitet psixologi Z.Xayrullayeva, doktorant D.Eshbekov, universitet xotin-qizlar masalalari bo'yicha psixolog N.Sultonova hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi.

Mutaxassislar tomonidan taqdimot asosida talabalarga mavzu bo'yicha kerakli ma'lumotlar berilib o'tildi. Shuningdek, psixologik mashg'ulotlar o'tkazildi.


Seminar ayollarga nisbatan tazyiqlarning oldini olish, gender tenglikni ta'minlash borasidagi amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#ДеньПамятиПочестей 🕊🇺🇿

🎖Сегодня заместители декана Х. Ахмедов и А. Дадаханов, в сопровождении тьюторов И. Садиевой и Ш. Ортиковой, вместе со студентами, организовали встречу с ветеранами войны и труда, проживающими в махалле "Чупон Ота", в преддверии праздника дня Памяти и почестей.

🌹В этот знаменательный день они выразили глубокую благодарность и искренние поздравления ветеранам, пожелав им здоровья, долголетия и благополучия.

👴👵 Студенты внимательно слушали рассказы ветеранов, узнавая о их героических подвигах и трудовых достижениях, которые являются примером для нас всех. Это встреча напомнила нам о важности бережного отношения к нашим старшим поколениям и передачи их опыта и мудрости следующим поколениям.

💬 Пусть эта встреча станет символом нашего почтения и уважения к тем, кто создавал основы для нашего сегодняшнего дня.

_________

Факультет русской филологии💙

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xotira_va_qadrlash  #qizlarjon_klubi

🗣16 yoshida urushga ketib, 129 nafar fashistni otib o'ldirgan snayperchi qiz haqida eshitganmisiz?

🎗Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti "Qizlarjon" klubi koordinatorlari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Zebo G'aniyevani xotirlab, uning hayoti, Vatani uchun qo'shgan hissasi haqida suhbatlashishdi.

👍@qizlarjon_klubi_uzswlu

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan pedagog va talabalarga “Sharaf” lentalari tarqatilgani xabar bergan edik.


Jumladan, joriy yilning 8-may kuni Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo’ldashev, O’quv ishlar bo’yicha dekan muovini Y.Azzamov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini Sh.Nazarov, S.Ibragimov hamda fakultetning bir guruh tyutorlari va fakultet faol talabalari ishtirokida Bog‘obod mahallasida istiqomat qiluvchi front orti jangchisi Bergir Vitaliy Konstantinovich xonadoniga tashrif tashkil etildi.

Mas’ullar faxriyni bayram bilan tabriklab, “Sharaf” lentalari taqildi va sovg‘alar ulashib qaytildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Xalqaro jurnalistika fakulteti Xalqaro jurnalistika yo'nalishi 2301-guruh talabasi Sobirova Sug'diyonaning "Ma'rifat" gazetasida "Asrga teng qahramon" sarlavhali urush qatnashchisi N.P.Georgiyevich xonadoniga universitet mas'ullari va talabalar yo'qlab borishgani haqida yozgan maqolasi chop etildi.

#talabalarijodi
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xotira_va_qadrlash_kuni


9-may yurtimizda keng miqyosda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanib, urush yillarida va mehnat frontida tinchlik uchun kurashgan jasur va matonatli oʻgʻlonlar xotirasi yod etiladi. Shu bilan birga bu kunda front ortida xizmat koʻrsatgan faxriylar holidan xabar olinadi.


Anʼanaga muvofiq OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari ham poytaxtimizdagi Chilonzor tumanida boʻlib, mahalla raisi bilan hamrohlikda mahallada istiqomat qilayotgan front orti xizmatchilari holidan xabar oldi.

Tumanning “Xuroson” mahallasining Lutfiy koʻchasi 27-uy, 27-xonadonda istiqomat qilayotgan Tatyana Chistyakova hamda 27-uy, 28-xonadonda istiqomat qilayotgan Naziya Garayevalarning holidan xabar oldi.

Ular bilan suhbatlashib, front orti mashaqqatlari haqidagi hikoyalari tingladi. Ularni bayram bilan tabriklab, sovgʻalar ulashdi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

📣 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 10-may kuni “VINOGRADOV O'QISHLARI-2024” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda.

ℹ️ Batafsil Axborot xatida/ information letter: https://drive.google.com/drive/folders/1X1cVruRXFirArtzeiJ3zPjdU70ZYDp2H?usp=sharing

✈️ Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida ma’lumot uchun:
conference2020@bk.ru

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan 2024-yil 14-may kuni “O'qituvchilar ta'limining tadqiqotlarga asoslangan transformatsiyasi: an'ana-innovatsiya asosi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda.

Maqolalar 2024-yil 30-aprel 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

ℹ️ Batafsil Axborot xatida: https://drive.google.com/file/d/1FaoWufmh5aEejCgAnol0eF7aWil6gu2D/view?usp=drivesdk)

💬 Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida ma’lumot uchun:
practical.aspects.2@gmail.com

👍Jurnal indekslari:
• Google Scholar
• Doi
• OpenAire

▶️ Xorijlik mualliflar uchun maqola chop etish mutlaqo bepul (Articles by foreign authors are accepted and published free of charge).

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟨🟨🟨🟨🟨

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (16-q/q) hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining (01-32/01-15)-sonli 2023-yil 19-mayda hamkorlikda tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 15-fevral kunidan 29-mart kuniga qadar ushbu tanlovning 2-hududiy bosqichini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.


Shu munosabat bilan, 6-may kuni tanlovning yarim final bosqichidan respublika bosqichiga o'tish uchun 3 ta universitet teatr studiyalari o'z spektakllari bilan qatnashdi. Ular orasida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi ham ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, quyidagi ikki universitet respublika bosqichiga yo’llanma oldi:

1. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti — "Otamdan qolgan dalalar" spektakli bilan;
Badiiy rahbar — Shahlo Xamdamova.

2. Toshkent tibbiyot akademiyasi — “Jannatga yo’l” spektakli bilan.

Teatr jamoamizga respublika bosqichida ham omad va zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!

📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩
👨‍💻👩‍💻🧠

Oila jamiyatning alohida asosiy boʼgʼini bo’lib, insoniylik, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar, milliy mentalitet, etnik urf-odatlar, avlodlarning oʼzaro azaliy bogʼliqligi va tarixiy chambarchasligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili sifatida tan olingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssanbleyasining 1993-yil qabul qilingan rezolyutsiyasiga asosan, 15-may – Butunjahon oila kuni (International Day of Families) deb eʼtirof etilgan.


Sana munosabati bilan O’zDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi X.Nishanova boshchiligida tyutorlar Z.Islamova, I.Xasanova va G.Mamarasulova tomonidan fakultet talaba-qizlari bilan birgalikda "Oila — baxt-saodat maskani" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Dastur davomida mas’ullar talaba-qizlarga oilaning jamiyatdagi o’rni, oilaning mamlakat rivojlanishidagi ahamiyati, ayollarning oiladagi mas’uliyatlari haqida tushuntirish berildi.

Shuningdek, talabalar mutaxassislardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, qiziqarli o’yinlar o’ynab, mazmunli vaqt o’tkazishdi.

📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

11-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Yuldashova Nilufar Muxitdinovnaning 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda TBLT texnologiyasini qoʻllashning linvodidaktik xususiyatlari (jurnalistika yoʻnalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

11-may kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor I.Tuxtasinov ishtirokida fakultet dekan muovinlari va tyutorlar bilan davra suhbati tashkil etilgan.


Tadbir O'zDJTU da faoliyat olib borayotgan dekan muovinlari va tyutorlar faoliyati samaradorligini oshirish, ularni talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga chorlash maqsadida tashkil etildi.

Dastur davomida rektor tomonidan mas'ullarga o'z vazifasini bajarishda amal qilishi kerak bo'lgan ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yillik yubileyi nishonlandi.


Tadbirni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov samimiy tilaklari va bayram qutlovi bilan tadbirni ochib berdi.

Bayram tadbirini madaniy chiqishlar namoyish etildi. Oʻzbekiston xalq artisti Erkin Komilov, yozuvchi va shoira Nazira as-Salom kabi taniqli sanʼat vakillari oʻz ishtiroki bilan tadbirga koʻrk bagʻishladi.

Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining isteʼdodli ijrochilarining ishtiroki tadbirga maʼdaniy rang-baranglik, yuqori kayfiyat baxsh etib, bayram dasturini yanada boyitdi.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yillik yubiley tantanasi koʻtarinki kayfiyatda nishonlandi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

10-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili 1-fakulteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan “XXI-asr intellektual salohiyat asri” mavzusida talabalar uchun ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.


Konferensiyadan koʻzlangan maqsadi bosh maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash, universitetimizda yosh iqtidor sohiblarini ilm-fan sohasiga tizimli jalb qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni ishbilarmonlar va yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ish yuritish malakalarini shakllantirish va shu asosda ilm-fan sohasida yosh kadrlarni yetishtirish tizimining uzviyligini taʼminlash hisoblanadi.



Konferensiya yalpi majlisida ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Y.Yusupov, Ingliz tili 1-fakulteti dekani A.G. Yuldashev, ishtirok etdi.

Ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi toʻrtta yoʻnalishda:

1. Yangilanayotgan Oʻzbekiston taʼlim tizimida boshqaruv kadrlarini tanlash mexanizmini takomillashtirish.

2. Oliy taʼlim tizimi talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish muammolari.

3. Pedagogika va psixologiya fanlarining oʻqitilishida ilgʻor xalqaro tajribalardan foydalanish imkoniyatlari.

4. Oliy taʼlim bosqichida xorijiy tillarni oʻqitishda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish masalalari doirasida olib boriladi

Konferensiya ishida talabalar tomonidan 90 ga yaqin maqola va tezislar qizgʻin muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#bellashuv

10-may kuni Ingliz filologiyasi fakultetida "Bilimlar bellashuvi" tashkil etildi.

Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi o'qituvchisi Muxlisa Djurayeva tomonidan tashkil etilgan "I love Phonetics" deb nomlangan bellashuvda bilimli va iqtidorli talabalardan iborat jamoalar Amaliy Fonetika fani doirasida olgan bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

Ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashishdi:
• Interaktiv savol-javob,
• Spelling bee,
• Cartoon dubbing.

Yakuniy natijalarga ko'ra 2309-guruh eng yuqori ball to'plab g'olib deb topildi. Bellashuv yakunida barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.


Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B.Ergashova Italiyaning tarjima sohasida yetakchi universitetlaridan biri bo’lgan Milan IULM universitetida “Sinxron tarjima” kursida malaka oshirmoqda.


8-may kuni B.Ergashova Milan IULM universiteti magistrantlariga o’z ilmiy taqdiqot mavzusi bo’yicha seminar tashkillashtirdi va 3-bosqich bakalavr yo’nalishi talabalari uchun O’zDJTU haqida qiziqarli taqdimot namoyish qildi.

Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, shuningdek, o’zbek tili va madaniyatini o’rgatuvchi kurslarga katta qiziqish bildirishdi.

📍 Tarjimonlik fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💫9-may Xotira va qadrlash kuni

Bu kun Vatan va kelajak avlodlar ozodligi hamda himoyasi uchun o‘z hayotini qurbon qilganlarga chuqur hurmat va ehtirom bilan to‘lgan.

⚜️Yillar o‘tishi bilan o‘sha daxshatli urushga guvoh bo‘lganlar va bevosita qatnashganlar tobora kamayib bormoqda. Ularga vaqt ajratish, e’tibor berish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish shu sababli ham ahamiyatlidir.

🔰Jumladan, OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti dekani B.Kulmatov boshchiligida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muovinlari M.Jakbarov, Z.Hasanov hamda tyutorlar, talabalar Uchtepa tumanida joylashgan “Jurjoniy” va “Shirin” mahallalarida istiqomat qilib kelayotgan front qatnashchilari holidan xabar oldi.

🔆Ularni bayram munosabati bilan qutlab, front orti mashaqqatlari haqida suhbatlashib, sovgʻalar ulashildi.


📍
🟦 |Telegram| 🟦Instagram| 🟦Facebook|

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xayrli_ish

Ingliz filologiyasi fakultetida "Xotira — muqaddas, Inson qadri — aziz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan fakultet dekani G.Ergasheva tashabbusi bilan osh damlanib, talabalar uchun bayramona dasturxon yozildi.

Shuningdek, bayram dasturxoniga fakultetning imkoniyati cheklangan talabalari, "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan 4-6 may kunlari o'tkazilgan sportning voleybol hamda futbol turlari bo'yicha rektor kubogi g'olib va sovrindorlari taklif etildi.


Dasturxon atrofidagi fakultet rahbariyati bilan maroqli va mazmunli kechgan suhbat, fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi bilan davom ettirildi. Talabalarga ko'tarinki kayfiyat baxsh etildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xotira #YoshlarIttifoqi
#BitiruvchiVaTalabaYoshlarFestivali

Joriy yil 8-may kuni erta tongdan universitet Yoshlar Ittifoqi jamoasi va bir guruh iqtidorli talabalar tomonidan 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan "Bitiruvchi va talaba yoshlar" festivali doirasida xotira chellenji boʻlib oʻtdi.

Unda universitetning professor-oʻqituvchi va talabalariga sharaf lentalari taqildi


Bizni kuzating:
@yoshlarittifoqi_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport o‘yinlari bo‘yicha “Esports EduCup” turniri tashkil etiladi.


Turnirning 1-bosqichi oliygohlarning o‘zida 5-maydan 10-maygacha o‘tkaziladi. 1-bosqichda har bir o‘yin bo‘yicha 1-o‘rinni egallaganlar 2-bosqichga tavsiya etiladi.

2-bosqich Toshkent shahar bosqichi bo‘lib, 11-maydan 23-mayga qadar o‘tkaziladi.

🔺Ushbu qiziqarli turnirda ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Ammo shuni yodda tutingki, faqat universitet bosqichidagi g‘oliblar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Jamoani ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi muddati - 10-may soat 18:00.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolalar:
Dota 2 - https://forms.gle/YzMcYST1rHfHXaFv9

Counter Strike 2 - https://forms.gle/4QrUWDkkXZP1aUhk9

O‘z kuchlaringizni birlashtiring, jamoa to‘plang va oliygohimiz nafaqat akademik, balki kibersportda ham eng zo‘r ekanligini isbotlang!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 88-804-74-74

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 8-May kuni Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti Tarjimonlik fakulteti, fakultet dekanati hamda Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi hamkorlikda 1-kurs Tarjima nazariyasi va amaliyoti kechki taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun “Outdoor movie evening” tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad albatta, talabalarning taʼlim olish jarayonini yanada mazmunli tashkil qilish hamda ingliz tilida tinglab tushunish mahoratlarini noanʼanaviy tarzda oshirish.


Tadbir Tarjimonlik fakulteti dekanatiga hamda fan oʻqituvchilari Bozorova Vasila Ilhomovna, Muminova Durdona Shuxratovna, Turobiddinova Moxigul Akramjonovna va boshqa ustozlar tashabbusi bilan tashkil etildi.

🇺🇿 Biz telegram ijtimoiy tarmog'ida:
✈️ Tarjimonlik fakulteti

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel