uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Ilmiy-tadqiqot institutlarining hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.


Yigʻilishda universitet qoshida faoliyat koʻrsatayotgan Nazariy va amaliy lingvistika ilmiy-tadqiqot instituti, Adabiyotshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti, Tarjimashunoslik ilmiy-tadqiqot instituti, Xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi ilmiy-tadqiqot instituti, Media va kommunikatsiya ilmiy-tadqiqot instituti, Ekololgiya ilmiy-tadqiqot instituti, Validatsiya ilmiy-tadqiqot instituti, Ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari ilmiy, uslubiy va innovatsiyalar boʻyicha oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.


Hisobot yigʻilishida universitet ilmiy salohiyatini oshirish, kafedralar ustuvor yoʻnalishlarini takomillashtirish, ilmiy sohada xalqaro aloqalar oʻrnatish, xorijiy olimlar ishtirokida seminarlar tashkil etish, hammualliflikda maqolalar, monografiyalar, darsliklar chop etish, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish, professor-oʻqituvchilarga Xalqaro ilmiy bazalarda (Scopus) maqolalar chop etishga koʻmaklashish, novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun xalqaro va mahalliy tanlovlarga tayyorlangan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yigʻilish soʻnggida Ilmiy-tadqiqot institutlari masʼullarining taklif va tavsiyalari asosida xulosalar qabul qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Fm 104.0 MHz "Yoshlar" radiokanalida efirga uzatilayotgan "Talabalar vaqti" dasturining - "Kutilmagan intervyu" sahifasida navbatdagi mehmon O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi, O'zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot kotibi Jasurbek Tursunov bo'ldi.

#talabalarijodi
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

“Uzbekistan airways” aviakompaniyasi huzuridagi Oʻquv mashq markazining taqdimotiga bagʻishlangan tadbirning ikkinchi qismi universitetning faollar zalida davom etdi.

Tadbir avvalida, talabalarga ishtirokchilar tanishtirildi. Oʻquv-mashgʻulot markazi direktori Ulugʻbek Abdushukurov yoshlarni barcha yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tabrikladi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi. Qatnashchilar meʼyoriy hujjatlar bilan tanishtirildi.

Tadbirni Oʻquv-mashgʻulot markazi direktori oʻrinbosari Dildora Xasanova taqdimot bilan davom ettirdi. “Uzbekistan Airways” AJ Bortkuzatuvchilar xizmati direktori Emine Аblayeva ishlash istagida boʻlgan talabalarni shartnomalar tuzish, ishga joylashish uchun kerak boʻladigan hujjatlar bilan tanishtirdi.


Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

5⃣🌳 2024-yil 22-aprel kuni respublikamizda “Xalqaro yer kuni” nishonlanishi belgilanib, sana munosabati bilan manfaatdor vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalar ishtirokida konferensiyalar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish, taʼlim muassasalarida “Yer sayyorasini asrash”ga qaratilgan turli ekologik tadbirlar va aksiyalar oʻtkazish va qator vazifalar belgilab qoʻyilgan.


19-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida davra suhbati tashkil etiladi. Unda Qishloq xoʻjalik fanlari doktori, professor Dilarom Yormatova “Xalqaro Yer kuni, atrof-muhit muammolarini hal qilish toʻgʻrisida oʻylab koʻradigan kun” mavzusida maʼruza qildi.

Seminar davomida ishtirokchilar oʻzlarining mavzuga oid mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻 OʻzDJTUda bo’lib o’tgan “Learner-Centered English in the Digital Age” mavzusidagi “English Access” dasturi yillik xalqaro konferensiyasining uchinchi kunidan videorolik.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 | 7⃣🎯

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qarorida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo’ldoshev, fakultet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha dekan muovini M.Musabekova, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri
J.Abduganiyeva hamda kafedra professor-o’qituvchilaridan A.Hamidov, A.To‘raev va K.Alimova, Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi volontyor-o'qituvchisi Liu Xuemeidan iborat universitet vakillari oliygohning Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasiga biriktirilgan Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi. 

Mehmonlar ijod maktabi rahbariyati hamrohligida maktabda tashkil etilgan Halima Xudoyberdiyeva muzeyi bilan shuningdek, ta’lim dargohida o'quvchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishishdi.

Maktabda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda tahsil olayotgan o’quvchilar bilan qizg'in suhbat va o'zaro savol-javoblar bo'lib o’tdi. Jumladan, rektor I.Tuxtasinov tomonidan universitet va ijod maktabi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga doir tashabbuslar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o’qituvchisi A.Hamidov tomonidan maktab o’quvchilari uchun mahorat darsi tashkillashtirildi.

Bundan tashqari, ijod maktabida O'zDJTU Tarjimonlik fakulteti qoshidagi Tarjimonlik kafedrasi filiali ochilish marosimi ham o'tkazildi.

Tashrif nihoyasida tomonlar hamkorlikni muntazam davom ettirishga kelishib olishdi, qolaversa, kelgusidagi rejalar, xususan, maktab o'quvchilari uchun xitoy tilini o'qitish bo'yicha mutaxassis ham ajratilishi haqida ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2024-yil 18-aprel kuni Tarjimonlik fakulteti professor-oʻqituvchilari Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida boʻlib oʻtgan “Language and Translation Issues” nomli xalqaro anjumanda ishtirok etdilar.


Anjumanda AQSH, Hindiston, Malta, Xitoy va shu kabi bir qator mamlakatlar universitetlari professor-oʻqituvchilari bilan bir qatorda universitetimiz vakillari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib, tarjima sohasiga oid foydali maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdilar.

Anjuman soʻngida barcha qatnashchilarga esdalik sovgʻalari va sertifikatlar topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

OʻzDJTU faxrli ustozlaridan biri, Filologiya fanlari doktori, professor Qulmamatov Doʻstmamat Sattorovichning Oʻzbekiston tarixi telekanalida “Elchilik tarixi” mavzusidagi ilmiy izlanishlari haqida intervyusi efirga uzatildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori Qulmamatov Dusmamat Sattarovichning “O’zbekiston tarixi” telekanaliga bergan intervyusi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bort kuzatuvchisi (styuardessa) kasbiga qiziquvchi talaba-qizlarni “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi huzuridagi O’quv mashq markazining taqdimotiga taklif etadi!

Sana: 19-aprel soat 11:30 da.
📌Manzil: O’zDJTU Faollar zali.

❗️Eslatma: Talabalardan rasmiy uslubdagi kiyimda bo’lish so’raladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirokida yurtimizning so‘lim go‘shasi bo’lgan Adiblar xiyobonida noan’anaviy tarzda "Emotsional holatlarning inson psixikasiga ta’siri" mavzusida psixologik trening tashkil qilindi.

Trening universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan oʻtkazilib, unda universitetning Ingliz tili 2-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi F.Ashurova, tyutor M.Yuldosheva hamda 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Psixologik trening davomida har bir ishtirokchining faolligini va psixologik bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida psixolog tomonidan turli interfaol usullardan, jumladan, o‘qish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli hayotiy vaziyatlarga asoslangan rolli o‘yinlardan foydalanildi. Tadbir davomida ishtirokchilar muammoli vaziyatlarga yechim topish koʻnikmalarini egalladi, turli xil psixologik usullardan foydalanishni oʻrgandi, oʻzini va his-tuygʻularini yaxshiroq tushuna boshladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O‘zDJTU professorlari Urganch davlat universiteti talabalari o'rtasida mahorat darsi tashkil etildi.


Urganch davlat universiteti va O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti o'rtasidagi hamkorlik shartnomasiga binoan, "Frazeologiyaning zamonaviy konsepsiyalari" fanidan maʼruza mashgʻulotlari olib borildi.

15-22 aprel kunlari O‘zDJTU "Fransuz tili nazariy fanlar” kafedrasi professori, falsafa fanlar nomzodi Jamoliddin Yoqubov Fransuz tili taʼlim
yoʻnalishi 4-bosqich talabalariga Qiyosiy tipologiya fanidan, shuningdek, Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Fatxiddin Nishonov “Lingvistika: fransuz tili” mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlarga ma'ruza o'tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tadbir

O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag'ishlangan" tadbir bo'lib o'tdi.

O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi o'qituvchilari G.B.Raximova va M.S.Xajiyevalar tomonidan "Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag'ishlangan tadbir" tashkil etildi.

Ushbu tadbirga chet ellik mehmonlar  Shri-Lanka Sharqiy universiteti professorlari Rifky Mohamed va Kasun Kumaralar tadbirga taklif etildi va tadbir so'nggida o'zlarining iliq fikrlarini aytishdi.

Tadbir 1-bosqich 2315 va 2326 - guruhlar o'rtasida musobaqa tarzida bo'lib o'tdi. Musobaqa bir nechta shartlardan iborat bo'lib, bular, tanishtiruv, milliy raqs, temuriylar davriga oid sahna ko'rinishi, qiziqarli savol javoblar hamda talabalar tayyorlab kelgan loyiha ishlaridan tushunchalar berdi. Sahna ko'rinishlari ingliz, rus, turk, nemis, ozarbayjon tillarida namoyish etildi.


Tadbir so'ngida g'olib bo'lgan guruh e'lon qilindi, ikkala guruh ham sertifikat va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi va har bir qatnashgan ishtirokchiga tashakkurnomalar berildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zDJTU rektori rahbariyat bilan birgalikda tunda talabalar yotoqxonasiga tashrif buyurdi.

Avvaliga,universitet rektori tomonidan nazorat tadbiri o'tkazilib,talablarning  yashash sharoitlari, ta'lim jarayonidagi muammolari hal etilishi yuzasidan rahbariyat bilan birgalikda fikr almashildi,talabalarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Uchrashuvdan so'ng, talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, professor o'qituvchilar,xodimlar va talaba yoshlar bilan birgalikda bir gulxan atrofida jam bo'lib,qo'shiqlar kuylandi,davrada samimiy muhit shakllandi va barchaga o'zgacha kayfiyat bag'sh etdi.


Uchrashuv talabalar va universitet rahbariyati o'rtasidagi o'zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi.Universitet rektori talabalar bilan muntazam tarzda shu kabi davralar tashkil etib turilishni ta'kidladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

7⃣🎯 17-mart kuni O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi o’qituvchisi Durdona Nurmatova kafedraga biriktirilgan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 205-sonli umumta’lim maktabida bo’ldi.

Tashrif davomida 7-“V” sinf o'quvchilari ishirokida “Shopping” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Savdo-sotiq va xarid sohasiga doir so'zlar, iboralar, ularni tarjima qilishning o'ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.


O'tkazilgan dars yakuniga ko'ra, o'qituvchi va o'quvchilar tarjima qilishda ikki tilning o'zaro ta'siri va tarjima sifatini oshirish borasida foydali bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishdi. Shuningdek, o'quvchilarda tarjima sohasiga qiziqish yanada ortgani kuzatildi.

Maktab va kafedra hamkorligi orqali kutilgan ijobiy natijalarga erishilayotgani barchani mamnun etdi.

📍 Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Tashrif

Joriy yilning 19-aprel kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetiga Sankt-Peterburg davlat universiteti xodimlari tashrif buyurdilar.

Mazkur uchrashuvda Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha dekan muovini J.Turobov hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti mas'ul xodimlari qatnashdilar.


Tashrifdan ko'zlangan maqsad mazkur universitet to'g'risida Xitoy filologiyasi yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga ma'lumotlar berish hamda u yerda yoʻlga qoʻyilgan taʼlim tizimi bilan tanishtirish.

Shuningdek tashrif davomida nutq soʻzlagan Sankt-Peterburg davlat universiteti mas'ul xodimlari talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

19-aprel kuni O’zDJTU Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida Shvetsariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv va shveytsariyalik yozuvchi Peter Shtammning o’zbek tiliga tarjima qilingan “Loqayd dunyo” asari taqdimoti bo’lib o’tdi.

Roman-german filologiyasi fakulteti hamda nemis tili amaliy fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvni universitet xalqaro ishlar bo’yicha prorektori A.Nosirov ochib berdi va mehmonlarni samimiy qutladi.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki Peter Shtamm – nemis tilida ijod qiladigan mashhur yozuchi. Uning „Loqayd dunyo“ asari universitetimizning nemis tili amaliy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi, adabiyotshunos va tarjimon Hafiza Qo’chqorova tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilindi. Yozuvchi asarlari dunyoning 40 ta tiliga tarjima qilingan bo’lib, o’zbek tili yozuvchi asarlari tarjima qilingan qirq birinchi til sifatida e’tirof etildi. Tadbir davomida muallif Peter Shtamm hamda tarjimon Hafiza Qo’chqorovalar talabalrga adabiyot va tarjima san’ati haqida talabalarga so’zlab berdilar.


Uchrashuvda talabalar muallif hamda tarjimonga o'zlarini qiziqtirgan savollarini berib, munosib javoblar olishdi. Tadbir so’ngida yozuvchi Peter Shtamm hamda tarjimon Hafiza Qo’chqorovaning dastxati tushirilgan kitoblar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

19-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi.

Unda OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yusupov, OTM pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Alisher Abidjanov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Baxodir Odilov, “Oʻquv-mashgʻulot markazi” direktori Ulugʻbek Abdushukurov, “Oʻquv-mashgʻulot markazi” direktori oʻrinbosari Dildora Xasanova, “Uzbekistan Airways” AJ Bortkuzatuvchilar xizmati direktori Emine Аblayevalar ishtirok etdi.


Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha muzokaralar olib borildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#KOICA

Joriy yilning 18-aprel kuni KOICA O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshchiligida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida "Ayollarning inson huquqlari, ta'lim va kasbiy faoliyati" mavzusi ostida tadbir tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda Koreyaning Yonsey universiteti bitiruvchisi Iroda Malikova maʼruzachi sifatida ishtirok etdi. Mehmon sifatida koordinator Yun Jinkyung, stajor Bae Hyein tashrif buyurdi.


I.Malikova Koreyadagi faoliyati davomida olgan tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Shuningdek, ishtirokchilarning ko'pchiligi talaba qizlar bo'lganligi sababli, ayollar hayotida martaba va ta'limning muhimligini taʼkidlab oʻtdilar.

Tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev ochib berdi va tadbirga katta qiziqish bildirdilar. Shu sababli kelgusida ham Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida fakultetda turli almashinuvlar doimiy ravishda o‘tkazilishi haqida aytib oʻtdilar.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasiga biriktirilgan Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabiga tashrifdan fotolavhalar

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

🇺🇿 18-aprel O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida "Filologiya masalalari" elektron ilmiy- metodik jurnali bosh muharriri, Turon akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Bakiyeva Gulandom Hisomovna bilan "Dissertatsiyani o'z vaqtida himoya qilish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbatida professor-o'qituvchilar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdilar. Gulandom Hisomovna suhbati davomida dissertatsiyani o'z vaqtida yozish hamda himoya qilish yuzasidan o'z maslahatlari bilan o'rtoqlashdilar.


Shuningdek, ishtirokchilar dissertatsiya himoyasida hisobga olinadigan maqolalarni yozish tartibi va tuzilishi, maqolalarga qo'yiladigan talablar haqida ham ma'lumot oldilar. Suhbat yakunida doktorantlar Gulandom Hisomovnaga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o'z dissertatsiyalarini vaqtidan avval tugatishlari uchun zarur bo'lgan tavsiyalarga ega bo'ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tashrif

18-aprel “Xalqaro madaniy meros” kuni munosabati bilan 2024-yil 18-aprel kuni Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov boshchiligida marketing va talabalar amaliyoti rahbari Baxodir Odilov Tarjimonlik fakulteti dekani Ulugʻbek Yoʻldoshev va Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi mudiri Muxtorjon Baxtiyarov hamda bir guruh talabalar Koʻkaldosh madrasasiga taklif etildilar.


Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Tursunali Kuziyev, Madaniy meros agentligi Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Dilobarxon Mirxusanova, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi boshligʻi Sapayev Shahruh Satimbekovich, Abdulla Qahhor uy-muzeyi direktori Sanobar Matlubova, Yunus Rajabiy uy-muzeyi ilmiiy xodimi Aziz Rajabiy, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi direktori Xondamir Qodiriy kabi masʼullar ishtirok etishdi.


Tadbir davomida universitet Tarjimonlik fakulteti 2, 3, 4 kurs talabalari tomonidan Koʻkaldosh madrasasi haqida olti tilda berilgan maʼlumotlar tadbir ishtirokchilarida juda yaxshi taassurot qoldirdi. Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Qoʻziyev Tursunali Karimdjanovich soʻzga chiqib, madaniy merosimizni dunyo arenasiga olib chiqishda bu kabi tadbirlarning juda muhimligi, ayniqsa, tashrif buyuruvchilarga va mehmonlarga milliy madaniyatimiz namunalari sanaladigan adabiy-tarixiy muzeylarning mazmuni, maqsadini toʻgʻri va aniq yetkazib berishda universitet talabalarining xizmati juda muhim ekanligini alohida taʼkidladi va soʻzining yakunida Madaniy meros agentliklari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👩‍💻Talabalar diqqatiga!

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi tomonidan shveysariyalik yozuvchi Peter Shtammning O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan 2024-yil 19-aprel kuni soat 11:00 da yozuvchi bilan uchrashuv bo'lib o'tadi.

Tadbirda Shveysariyaning O’zbekistondagi elchisi janob Konstantin Obolenskyning ham ishtirok etishi ko’zda tutilmoqda.


Peter Shtamm – nemis tilida ijod qiladigan mashhur yozuvchi. Uning “Loqayd dunyo” asari universitetimizning Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi, adabiyotshunos va tarjimon Hafiza Qo’chqorova tomonidan o’zbek tiliga o’girilgan.Yozuvchi asarlari dunyoning 40 ta tiliga tarjima qilingan.Bizning tilimiz 41-tildir.

🇺🇿🇩🇪Tadbir o'zbek va Nemis tillarida olib boriladi.

Seminar vaqti:
📆 19-aprel
⏰ 11:00 da

📍Manzil: O'zDJTU Ma'naviyat va ma’rifat markazi binosi, ma'ruzalar zali

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

18-aprel kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov bilan ijodiy uchrashuv o’tkazildi.


Tadbir avvalida fakultet dekani Amrullo Karimov jurnalistning Oliy Majlis deputati, xalqaro jurnalist, “Axborot” informatsion-tahliliy dasturining Farg’ona viloyati muxbiri sifatidagi faoliyatlari haqida to’xtalib o’tdi.


Ijodiy uchrashuv talabalar bilan muloqot tarzida o’tkazilib, unda xalqaro maydonda xabarlarni yetkazish, jurnalistik tahlil mahorati, kasb etikasi haqida gapirib o’tildi. Muhammadjon Obidov o’zining tajribalari, ijodiy ishlaridan misollar keltirdi. Talabalar ustozning ijodiy maktabiga taklif etildi.

Tadbir yakunida ijodkor tomonidan Xalqaro jurnalistika fakulteti kutubxonasi uchun “”Sadoyi Farg’ona”dan “Farg’ona haqiqati”gacha”, “Kusto orolida 10 kun”, “Farg’onaning fidoyi farzandi” nomli publitsistik asarlar taqdim etildi.

📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#uchrashuv

Uchtepa tumanidagi Bekobod MFYdagi 109-maktabda "El-yurt umidi" jamg'armasi tanlovi xususida seminar o'tkazildi.

Seminar O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o'qituvchisi F.Boymurodova, Y.Saydibragimova va D.Shamsiddinovalar tomonidan tashkil etildi.

Unda taqdimot asosida o'quvchilarga jamg'arma faoliyati, grantlar tanlovi, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijiy oliy ta'lim muassasalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.


O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga malakali o'qituvchilardan batafsil javob olishdi.

Shuningdek, O'zDJTU o'qituvchilari 15 nafar kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga haftada 1 marta bepul ingliz tili to'garagini tashkil qilishdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

17-aprel kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida “Internetda ekstremizm g’oyalari targ’ibotidan ehtiyot bo’ling!” hamda “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish” mavzularida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani X.Xakimov hamda soha mutaxasislari huquqbuzarlik va jinoyat o’rtasidagi farqlar, ularning huquqiy oqibatlari haqida gapirib o’tdi. Talabalar bilan mavzu yuzasidan ochiq muloqotlar o’tkazildi.

Dasturda Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyasi sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash Uchtepa tumani guruh rahbari, podpolkovnik D.A.Abdurahmonov hamda O'zDJTU profilaktika inspektori, kapitan Sh.N.Bekmetov, G.K.Jabborova, universitet psixologi Z.Xayrullayeva, fakultet dekan muovinlari, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan  maslahatchisi va tyutorlar ishtirok etdi. 

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

TALABALAR DIQQATIGA

⚡️ O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti, "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi tomonidan 2024-yilning 10-may kuni " XXI-asr intellektual salohiyat asri" mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.

🗓 Maqolalar 2024-yil 9-mayga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot axborot_xatida

👩‍💻 Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida murojaat uchun:

mjumaniyozova0505@gmail.com

📚 Ilmiy-amaliy konferensiyaga tezisi qabul qilingan mualliflarga xabarnoma jo'natiladi va mualliflarga SERTIFIKAT beriladi.

Bizni kuzatishda davom eting
@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

17-aprel kuni Toshkent shahar hokimligi hamda poytaxt OTM  Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari tomonidan Shayxontohur tumani Gulbozor mahallasida keng masshtabda “Xonatlas” festivali tashkil etildi.

Festival doirasida milliy libos modalar namoyishi,milliy qoʻshiqlar raqsi, turli koʻrgazma va chiqishlar namoyish qilindi.

Oʻzbek milliy liboslariga mehr uygʻotish va ommalashtirish, kiyim va kiyinish madaniyatini yuksaltirish, milliy moda sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan respublikamiz miqyosida “Xonatlas” festivali oʻtkazilmoqda.


Unda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar kengashi raislari, tyutorlar va talabalar faol ishtirok etdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

5⃣🟰 16-aprel kuni O’zDJTU Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o’qituvchisi G.A.Saidova va 4-bosqich TING-2013 guruh talabalari tomonidan “Gender tengligi: O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar” mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Ochiq darsda talabalar tomonidan “Gender tengligi” mavzusi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartirishlar, shuningdek, yurtimizda o‘tkazilayotgan forum va konferensiyalarga oid qiziqarli ma’lumotlar ulashildi.


Bundan tashqari, dunyoning rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlarida erkaklar va ayollar o‘rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutuvchi qonuniy munosabatlar, mamlakatimiz ijtimoiy imkoniyatlari tamoyillariga taqqoslangan holda ko‘rib chiqildi.

📍 Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#ekologiyani_asraymiz #ittifoq

Ekobloger "Urikguli" Moʻtabar Xushvaqtova bilan hamkorlikda “Ekologiyani asraymiz” nomli mavzuda tashkil etilgan seminardan lavha.

🇺🇿🇺🇿 OʻzDJTU Yoshlari
@yoshlarittifoqi_uzdjtu

Читать полностью…
Subscribe to a channel