OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti tyutori M.Allamova mas’ulligida 2420-guruh talabalarining “Ogoh bo‘ling, biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ishlagan videoroligi.
@thirdEnglishfaculty
#bizkorrupsiyagaqarshimiz #tanlov
OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 2405-guruh talabasi Belova Mariyaning "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida ishlagan videoroligi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti sizni "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" shiori ostida insholar tanlovi o‘tkazildi.
100 dan ortiq talabalar ishtirok etgan tanlovni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V.Sadiyev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov ochib berdi va ishtirok etayotgan barcha talabalarga omad tiladi.
Ishtirokchilardan korrupsiyaga qarshi kurash, uning zararlari va natijalari haqida fikrlar bayon qilish talab etildi. Tanlovda har bir fakultetdan talabalar ishtirok etdi.
Tanlov natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz: G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 2 million so‘m
2-o‘rin — 1,5 million so‘m
3-o‘rin — 1 million so‘m
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakultetida FVV akademiyasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, dotsent M.Badalbayeva hamda universitet iqtidorli talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkil qildi.
Podpolkovnik M.Badalbayeva universitetda iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgani haqida so‘z yuritdi.
Suhbat davomida o‘qish davrida turli xil yutuqlar, ijobiy natijalarga erishgan talabalar o‘zlarining tajribalari bilan bo‘lishdi.
Ularning bu yutuqlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiasi, universitet ichki stipendiyalarga erishib turli tanlovlarda qatnashib, universitet hayotida va tadbirlarda faol bo‘lganliklari hamda ilmiy -uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda qo‘yilgan ilk qadamlari ,stipendiyalar bilan taqdirlanganligini katta hayajon bilan gapirib berdi.
M.Badalbayeva iqtidorli talaba-yoshlarga kelgusi o‘quv hamda ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Psixolog yillik ish rejasining 10-chi bandiga muvofiq, "Zòravonlik va tazyiqqa qarshimiz!" mavzusida anonim soʻrovnoma o‘tkazildi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Joʻrayeva hamda psixolog Z.Xayrullayeva tashabbusiga bilan professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarga qarata bosim, zoʻravonlik holatlarini oldini olish va talabalarning ijtimoiy hayotdagi masʼuliyatini anglashi, davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga, ijtimoiy mutanosiblikni saqlashga, nozik xilqat vakillarining millat tarbiyasida o‘rni beqiyos ekanligini anglashiga xizmat qiladigan anonim so’rovnoma o‘tkazildi.
Natijalar bilan yuqoridagi rasmlar orqali tanishishingiz mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
Bo'stonova Shahzoda Hasanboyevna O'zbekison davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar psixologi lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Бостонова Шахзода Xасанбоевна назначена на должность женского психолога Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Bostonova Shahzoda Hasanboyevna was appointed to the position of women psychologist at the Uzbekison State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.Xayrullayeva tashabbusi bilan barcha fakultetlarda "Yashash go'zal chunki..." shiori ostida aksiyalar tashkil etildi.
26-noyabr kuni OʻzDJTUda “Baxt ulashish kuni” deb e’lon qilinib, har bir fakultet ma'sullari ko‘magida turli tadbirlar amalga oshirildi.
Dasturlarni tashkil qilishdan maqsad — har bir kun uchun shukronalik hissida yashash, bu olamda borlikning o‘zi oliy ne'matligi ekanini, qolaversa, o‘zlikni anglash, hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan har qanday holatga munosib javob qaytara olish zarurligini yana bir bor eslatishdan iborat bo‘ldi.
⚡️26-noyabr kuni Ingliz tili uchinchi fakultetida "Kiber xavfsizlik" hamda "Millatlararo totuvlik" mavzularida profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.
✔️Mazkur tadbirda talabalar uchun mavzu doirasida kerakli ma'lumotlar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
✔️Tadbirda Uchtepa tumani IIO FMB АТSJООB kapitan А.Rahimov, katta letenant D.O'rozqulova UzDJTU praflatika inspektorlari kapitan М.X.Nurmuhamedova, kapitan Sh. Bekmetov va fakultet tyutorlari A.Shodieva, N.Xadjayeva Sh.Hamdamova A.Yuldashovlar ishtirok etdi.
@thirdEnglishfaculty
🔰 26-noyabr kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasining o'qituvchisi Tursunova Feruza tomonidan BRMning 9-bandiga ko'ra "Sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilma " yo'nalishida ''Xalqaro internet kuni'' mavzusida 2121-guruh talabalari uchun ochiq muloqot o'tkazildi.
✳️ Suhbat davomida F.Tursunova talabalarga "Xalqaro internet kuni" va internet kuni qachon nishonlanishi haqida gapirib o'tdi.
✅️ Ushbu sana doirasida bunday tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – eng avvalo, internetdan unumli foydalanish va vaqtni behuda sarflamaslik, shuningdek, internetning ta'limdagi o'rni haqida talabalar bilan fikr almashishdir..Talabalar bilan Xalqaro internet kuni haqida qizg’in suhbat olib borildi va talabalar o’z savollariga javoblar oldilar.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
⚖️👨💻👩💻💬
2024-yil 15-17-noyabr kunlari Tailandning Chiang Rai Rajabhat universitetida “AsiaTEFL” Xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Anjumanda OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika va Ingliz tili 1-fakultetlarining professor-o‘qituvchilari N.A.Maxmudova, S.S.Xan, M.R.Fayzullayeva va talabalar Z.Sharipova, F.Asadullayeva “Equity, Diversity and Inclusion in ELT: Voices from the Global South” nomli taqdimot bilan ishtirok etishdi.
2021-2023 yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Angliyaning Britaniya Kengashi va Sterling universitetlari hamkorligida amalga oshirilgan "Ingliz tili maktab fani sifatida: boshlang‘ich maktab oʻqituvchilarining ilg‘or tajribalarini oʻrganish" xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasi («English as a school subject: learning effective practices from low level primary English language teachers») doirasida oʻqituvchilar uchun yaratilgan o‘quv materiallari tajriba-sinov va targ‘ibot qilinishi maqsad qilingan.
O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti 2417-guruh talabasi Mo'minova Ruxshona tomonidan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida tayyorlangan videorolik
@first_faculty_official
Ingliz tili 1-fakulteti 2304-guruh talabalari tomonidan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida tayyorlangan videorolik
@first_faculty_official
2308-guruh talabalari tomonidan
"Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida tayyorlangan videorolik
@first_faculty_official
Ingliz tili 1-fakulteti 2307-guruh talabalari Azizova Muslima va Eshpo'latova Farangizlar tomonidan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida tayyorlangan videorolik.
@first_faculty_official
🟦🟦🟦
20-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari N2 kafedrasida “Filologiya yo’nalishi talabalarining tanqidiy fikrlashini ingliz tilida o’qish strategiyalari orqali rivojlanitirish” mavzusida ilmiy seminar taqdimoti bo’lib o’tdi.
Dastur kafedra o’qituvchisi Muratova Nargiza Baxramovna tomonidan barcha kafedra a’zolari ishtirokida filologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ingliz tilida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha samarali o‘qitish strategiyalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
🟦🟦
27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 36-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash kun tartibidan Mansurova Nodira Anvarovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillaridagi marketing va menejment terminlarining struktur-semantik xususiyatlari va tarjima muammolari”mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘rin oldi
Dissertatsiyasi himoyasida Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2019-yil 2-sentabr kuni Davlatimiz rahbari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun imzolanib, yurtimizda gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga chiqqan.
⚡️O'zDJTU Ingliz tili uchinchi fakultetning “Ingliz tili amaliy fanlar-3” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda podpolkovnik M.Badalbayeva, mamlakatda soʻnggi yillarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlar tayziq va zoʻravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.
✔️Ma’ruza soʻngida talaba qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🎗️Hamda,dotsent Maloxat Badalbayevaga fakultet dekani minnatdorchilik yorligʻi topshirildi.
@thirdEnglishfaculty
#jarayon
Talabalar turar-joyidagi sharoitlar koʻzdan kechirildi.
👉 Batafsil...
🌐 Bizni kuzating
#ilmiy_burchak
📚 Ilm-fanga qiziquvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “Ilmiy burchak”da talabalar dunyo tillari oilasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Fakultet talabalari darsdan bo‘sh vaqtlarida “Ilmiy burchak”dagi manbalardan bahramand bo‘lishadi.
Bilimga chanqoq yigit-qizlar hattoki devoriy sur’atlardagi faktlardan ham o‘zlariga kerakli axborotlarni olishadi. Ularning bu harakatlarini fakultet dekani Guli Ergasheva har doim qo‘llab-quvvatlaydi.
4️⃣4️⃣4️⃣
0️⃣0️⃣0️⃣
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorliklarni amalga oshirishda davom etmoqda.
26-noyabr kuni hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida hamda OʻzDJTU professori D.S.Qulmamatovning M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy Arktika Federal universitetiga tashrifi yakunlari bo‘yicha Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov Rossiyaning markaziy va janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlari bilan ilmiy va ta'lim sohasidagi hamkorlik bo'yicha koordinatori P.S.Golomidov boshchiligidagi xalqaro hamkorlik bo'limi va bir guruh vakillar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
26-noyabr kuni Tarjimonlik fakultetida “Yashash uchun 1001 sabab…” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir asnosida, talabalar musiqa sadolari ostida, ko‘tarinki kayfiyatda yashashdan asosiy sabablarini stikerlarga yozib, muhrlashdi.
Tadbir o‘tkazishdan maqsad, talabalar orasida hayotning qadri, inson salomatligi, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijobiy fikrlashni shakllantirish hamda bu borada bilim va tushunchalarni oshirishdir.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
26-noyabr kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ulligida “Qizlarjon klubi” yetakchilari tashabbusi bilan “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan respublikamizda xotin-qizlarni turli tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, ayollarni e’zozlash sharqona qadriyat ekanligi, oilada sog‘lom ma’naviy muhit shakllanishida ayol ma’naviyatining o‘rni targ‘ib qilindi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida tashkil etildi, talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis javobini oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
OʻzDJTU vakili xalqaro dasturda ishtirok etdi
Jahon adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi M. G‘iyosov 2024-yilning 9-21-noyabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazilgan nogironlik huquqlari va ularning ijtimoiy integratsiyalashuvi mavzusida maxsus dasturda ishtirok etdi.
Ushbu dastur nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, inklyuziv ta'limni targ'ib qilish, ularga qulay infratuzilma yaratish va ijtimoiy hayotga integratsiya qilish bo‘yicha AQShning ilg‘or tajribasini o‘rganishga qaratilgan.
Xorijiy safar davomida universitetimiz vakili Vashington shahrida joylashgan Milliy Mustaqil Hayot Markazi (NCIL) va Golloudet universiteti, shuningdek, Filadelfiya shahridagi Temple universiteti qoshidagi Nogironlik bo‘yicha Institut (UCEDD), Filadelfiya Transport Boshqarmasi (SEPTA) va Pennsylvania Center for Adaptive Sports (PCAS) faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ingliz tili 1-fakulteti 2406-guruh talabasi Oltinbekova Nasiba tomonidan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida tayyorlangan videorolik.
@first_faculty_official
Ingliz tili 1-fakulteti 2412-guruh talabasi Maxanova Sevinch tomonidan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" videoroliklar tanloviga tayyorlangan videorolik.
@first_faculty_official
✅️ Ingliz tili 1-fakulteti 2303-guruh talabalari Ravshanova Farida va Xudoynazarova Maftunalar tomonidan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida tayyorlangan videorolik
@first_faculty_official
#biz_korrupsiyaga_qarshimiz
#tanlov
✔️ OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti tyutori S.Fozilova boshchiligidagi FKOR 2416 guruh talabalarining "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida ishlagan videoroligi
🌐 Bizni kuzating