#ekologiyani_asraymiz #ittifoq
Joriy yil 17-aprelda Yoshlar Ittifoqi OʻzDJTU boshlangʻich tashkiloti Ingliz tili 1-2-3-fakultetlarining koordinatorlari tomonidan ekobloger "Urikguli" Moʻtabar Xushvaqtova bilan hamkorlikda “Ekologiyani asraymiz” nomli mavzuda seminar tashkil etildi.
Seminar energiyaga boy, foydali va qiziqarli tarzda o'tdi. Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olishdi.
🇺🇿🇺🇿 OʻzDJTU Yoshlari
@yoshlarittifoqi_uzdjtu
⚡️Joriy yilning 17-kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani Turg'un Ismailov hamda barcha yo'nalishdagi dekan muovinlari fakultet sardorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Suhbat asosan, fakultetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, HEMIS tizimi, ma'naviy-marifiy ishlar, hamda Prezidentimiz 511-qaroriga ko'ra "Talabalarning 2-kurs oxirigacha B2, 4-kurs oxirigacha C1 darajasidagi milliy sertifikat yoki unga tenglashtirilgan xorijiy til sertifikatlarga ega bo'lishi, sardorlar va ularning vazifalari kabi mavzularda muhokamalar olib borildi.
16:00 16.04.2024
Oʻzbekiston - Tojikiston rektorlarining II forumi
#Toshkent
muxbir: Sohiba Akromova
/channel/zamon_lavhalar
👨💻👩💻🧠
17-aprel kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida universitet psixologi Z.Xayrullayeva, fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida talabalar uchun “Shaxsning kasbiy kamoloti” mavzusida psixologik trening tashkil qilindi.
Treningda kasbiy mahoratni yuksaltirish, ruhiy zo‘riqishlarni oldini olish maqsadida amaliy va nazariy mashg‘ulotlar tashkillashtirildi. O‘quv-amaliy mashg‘ulotida talabalarning kasbga moslashish jarayoni, psixologik qo‘llab-quvvatlanishi, mutaxassis dunyoqarashi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga sadoqat va yuqori mas’uliyat hislarini oshirish bilan bog‘liq psixologik maslahatlar berib o‘tildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
2024 yilning 15-aprel sanasida Tarjimonlik fakulteti, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi fransuz tili oʻqituvchilari Roʻziboyeva Nazira,Yunusova Sohiba, arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasidan Usmonjon Ermatov va yana uch nafar oʻqituvchilar hamrohligida Al-Wadi universitetiga tashrif buyurishdi.
OʻzDJTU maʼmuriyati tomonidan imzolangan memorandum doirasida.Delagatsiya vakillarini Al-Wadiy universiteti rektori qabul qildi.Tashrif davomida delegatsiya vakillari universitetning bir qator fakultetlari, axborot resurs markazi bilan yaqindan tanishishdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 16-aprel kuni Buyuk Britaniyaning “Really English” va “Easy English” tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor M.Chutpulatov va Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev ishtirok etdi.
💻 O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan Ispaniya Qirolligi va O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishchi uchrashuviga bag’ishlangan tadbirdan O’zDJTU matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 16-aprel kuni OʻzDJTUda Ispaniya Qirolligi va Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishchi uchrashuvi tashkil etildi.
Dastur avvalida mehmonlar universitet rahbariyati vakillari tomonidan kutib olindi. Tadbirning rasmiy ochilish marosimidan soʻng OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinovning kirish soʻzi tinglandi va universitet faoliyati haqida videorolik namoyish etildi.
Shundan soʻng, Ispaniya Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligi huzuridagi Ispaniya oliy taʼlimini xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) tashkiloti direktori Alfonso Jentil janoblari va SEPIE tashkiloti direktor oʻrinbosari Fatima Terollarning maʼruzalari tinglandi.
🚪🙋♂️🙋♀️
Kelajak avlodning barkamol voyaga yetishi, mamalakatning ravnaqi bardavom ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasida amalga oshiralayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlarning chek-chegarasi yo’qligi insonni quvontiradi. Ana shunday amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni yaqindan tanishtirib borish, ularni ham kelajakda yurtimiz ravnaqi, mamlakatimiz rivoji yo’lida o’z hissasini qo’sha oladigan kadr bo’lib yetishishlari uchun ko’prik vazifasini barajib beradi.
🤝🌏🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 O’zDJTU Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi o’qituvchilari 2024-yilning 15-aprelida Jazoir davlatidagi Universite Eshahid Hamma Lakhdar El-Ouedga malaka oshirish maqsadida jo’nab ketishdi.
N.Nuritdinova hamda G.Sabirovadan iborat O’zDJTU vakillari 15-aprel kuni universitet rektori, professor Omar Ferhati qabulida bo’lishdi. Rektor ularni universitet jamoasi bilan tanishtirdi va ikki davlat universitetlari haqida o’zaro ma’lumot almashinildi.
Fakultet dekani Dalal Ouchan o’qituvchilarimizni fransuz tili mutaxassislari va malaka oshirish dasturi, shuningdek, oliygoh kutubxonasi va o’quv xonalari bilan tanishtirdi.
Ma’lumot uchun: Mazkur malaka oshirish jarayoni joriy yilning 15-mayiga qadar davom etadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
15-aprel kuni Germaniyaning Senior Expert Service (SES) tashkiloti xodimi Professor Reinhilde Schwede Roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili amaliy fanlar kafedra mudiri Ziyayeva Sevara Anvarovna tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Soʻngra, fakultet dekani X.Xakimov Reinhilde Schwede xonim bilan uchrashib, fakultetdagi 1 oylik faoliyati davomida talabalar, professor-o'qituvchilar uchun samarali bo'lishiga umid bildirdi. Shuningdek, martabali mehmon universitet Xalqaro bo'limi hamda Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'yicha bo'lim xodimlari bilan uchrashdi.
Endilikda Professor Reinhilde Schwede Roman-german filologiyasi fakultetida 1-oy davomida o'z faoliyatini olib boradi.
Ma'lumot uchun: Senior Expert Service– Germaniyaning yetakchi tashkiloti bo'lib, nafaqaga yoki ishdan tanaffusga chiqqan mutaxassislarni ixtiyoriy ravishda boshqa mamlakatlardagi loyihalarga yuboradi.1983-yildan xizmat butun dunyo bo'ylab barcha sektorlarda o'z vakolatlarini rivojlantirishga hissa qo'shmoqda.
Axborot 24 | Toshkentda O`zbekiston Tojikiston oliy ta`lim muassasalari rektorlari forumi
#15apr #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Tojikiston Respublikasining bir qator nufuzli universitetlari o’rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.
15-aprel kuni Oʻzbekiston–Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi doirasida O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov va quyidagi 5 ta Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan ta'lim, fan va madaniyat sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bo’yicha uchrashuvlar tashkil etildi:
✅ Tojikiston xalqaro chet tillari universiteti;
✅ S.Ayniy nomidagio Tojikiston davlat pedagogika universiteti;
✅ Ho'janda davlat universiteti;
✅ Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti;
✅ Abuabdullo Rudakiy nomidagi Koʻlob davlat universiteti.
Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad, ikki qardosh mamlakat xalqlari o'rtasida do'stona aloqalarni mustahkamlash, ta'lim va fanning turli sohalarida o’zaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Tadbir davomida ta'lim, fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish maqsadida o'qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvi, amaliyot, stajirovka, kutubxona fondlarida va tomonlarning axborot-resurs markazlarida mavjud bo'lgan ilmiy nashrlar, o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar, audiovizual va boshqa materiallar almashinuvi kabi sohalarda hamkorlik qilish masalalari bo’yicha manfaatli kelishuvlarga erishildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫 #RektorForum2024
15-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston – Tojikiston Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi oʻz ishini boshladi.
Ayni paytda mazkur forumda, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etmoqda.
“2030-yil: Oʻzbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etmoqda.
Forum yakunida 50 dan ziyod anglashuv memorandumi, bitim va yoʻl xaritalari imzolanishi kutilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ #Topik_imtihoni
Joriy yilning 14-aprel kuni OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov tashabbusi va Sharq filologiyasi fakulteti rahbariyati hamda, koreys tili ustozlarining saʼy-harakati bilan ilk bor Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Koreys tilidan TOPIK imtihoni boʻlib oʻtdi.
Talabalar Koreys tilini bilish darajasini baholash hamda, koreys taʼlim maskanlariga oʻqishga kirish va ish izlashda TOPIK imtihoni natijalaridan foydalanish maqsadida imtihonda qatnashib oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.
🤝🌏👨🏫👩🏫
17-aprel kuni Koreya Respublikasining Keymyung universiteti vakillari O’zDJTU ga tashrif buyurdi.
Keymyung universiteti Xalqaro hamkorlik boʻyicha vitse-prezidenti Son Jung Kim, Xalqaro aloqalar boʻlimi mutaxassisi Pyojong Kim hamda Park Sunjin janoblaridan iborat mehmonlar Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev va Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev tomonidan kutib olindi.
Uchrashuv avvalida rektor I. Toʻxtasinovning OʻzDJTU faoliyati, xalqaro hamkorligi va koreys tilining oʻqitilishi haqidagi maʼlumoti, shuningdek, Son Jung Kimning Keymyun universiteti haqidagi maʼlumoti, taqdimoti va takliflari tinglandi.
🤝🌏👨🏫👩🏫 | 🇺🇿🇪🇸
17-aprel kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti va “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol maktabi bilan hamkorlikda navbatdagi mahorat darslari tashkillashtirildi.
Ispan tili amaliy fanlar va Ispan tili nazariy fanlar kafedralarining professor-o’qituvchilari hamda iqtidorli va faol talabalari tomonidan "Ocio, tiempo libre. Deporte" mavzusida o’tkazilgan mashg‘ulotlar davomida o'quvchilar ispan tilidan bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdilar, mazkur tilda muloqot qilishni o‘rganibgina qolmay, balki interfaol usullar va o'ziga xos yondashuvdagi qiziqarli darslardan ham bahramand bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🚪🙋♂️🙋♀️
17-aprel kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanidagi 68-umumiy o'rta ta'lim maktabining bitiruvchilari tashrif buyurdi.
Ularga Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi marketologi E'zoza Baxodirova hamrohlik qildi.
Universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlari, Axborot-resurs markazi faoliyati, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida amalga oshirilayotgan ishlar, universitet sport majmuasi, oshxona, oliygohning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalari, undagi professor-o'qituvchilarning salmog'i bitiruvchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#seminar
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Raqamli iqtisodiyot savodxonligi" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar-treningda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filiali professori, iqtisodiy fanlar nomzodi S.A.Voronin boshchiligidagi jamoa talabalarga mavzu bo'yicha taqdimot qilishdi.
Taqdimotda ma'ruzachilar tomonidan qanday qilib kiberjinoyatchilarning hiyla-nayranglariga aldanib qolmaslik haqida ma'lumotlar ham berib o'tildi.
📊4⃣📚
📊7⃣🎯
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Tarjimonlik fakulteti
INGLIZ TILI TARJIMA NAZARIYASI KAFEDRASI
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasiga biriktirilgan Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik rejasiga muvofiq haftaning har seshanba va juma kunlari ushbu ijod maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darslari tashkillashtirilishi rejalashtirilgan bo'lib, bugun 16-aprel kuni mazkur darslarning dastlabkisi tashkil etildi.
Shu munosabat bilan Tarjimonlik fakulteti dekani, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent U.R.Yo’ldoshev tomonidan ZOOM orqali "Differences between British and American English" mavzusida birinchi onlayn interaktiv mahorat darsi o'tkazildi.
⚖️👨💻👩💻💬
OʻzDJTUda 15-17-aprel kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Learner-Centered English in the Digital Age” mavzusidagi “English Access” dasturining yillik xalqaro konferensiyasi bugun ikkinchi kunini boshladi.
Oʻrta Osiyo boʻyicha Oliy taʼlim muassasalarida joylashgan “English Access” dasturining ishtirokchilari oʻrtasida tajriba almashinish maqsadida tashkil etilgan konferensiyaning ikkinchi kuni ham qizgʻin tajribalarga boy tarzda tashkil etildi.
Konferensiyaning ikkinchi kunida oʻqitish amaliyotini yaxshilash, koʻproq oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan muhit yaratish maqsadida mazmunli taqdimotlar va interfaol darslar o’tkazildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
Uchrashuvda tomonlar Ispaniya va Oʻzbekiston OTMlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum va shartnomalarni imzoladi.
Shuningdek, tadbir davomida OʻzDJTU talabalari tomonidan ispan va oʻzbek milliy raqslari, qoʻshiqlari va sahna koʻrinishlari namoyish etildi, bu esa madaniy almashinuvni yanada boyitdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 4-aprel kuni Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri Lutfulla Xoliyev tashabbusi bilan O’zDJTU ga Germaniyaning Yena shahridan SES-ekspert Dr. Petra Runge tashrif buyurdi.
Ekspert bir oy davomida belgilangan jadvalga ko‘ra, fakultetning nemis tili yo’nalishi talabalariga dars o’tadi. Shuningdek, Dr. Petra Runge bilan professor-o‘qituvchilarning og‘zaki nutq sohasida malakasini oshirish maqsadida mahorat darslari tashkil etish rejaga kiritilgan.
Ma’lumot uchun: DR. Petra Runge yuqori malakali mutaxassis bo‘lib, Yenadagi Fridrix Shiller nomidagi universitetda nemis va rus tillari bo‘yicha faoliyat olib borgan, jumladan, SES tashkilotiga tegishli 4 ta loyihani amalga oshirgan.
11-14 aprel kunlari Tarjimonlik fakulteti nemis tili yo’nalishi talabalari hamda kafedra ustozlari bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish maqsadida xorijlik mehmonni Toshkentdagi diqqatga sazovor joylarga taklif qilishdi. Suratlarda kichik sayohatdan lavhalar berilgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy maktabi 23-aprel kuni boʻlib oʻtadigan ilmiy-nazariy seminarga taklif etadi.
✅ Seminar mavzusi: Badiiy asarning germenevtik tahlili
🎤 Ma’ruzachi: Jahon adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Tadjibayev Musajon
⏰ Seminar vaqti: 24-aprel, 14:00 da
📍 Manzil: Rektorat binosi, 7-qavat
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🤝🌏👨🏫👩🏫
15-aprel kuni O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Yoshlar masalalari bo’yicha dekan muovini N.Kadirova, Ingliz tili amaliy fanlar-3 kafedrasi katta o’qituvchisi D.Kamalova, fakultet tyutori Sh.Xamdamova, FVV Akademiyasi Tillar kafedrasi katta oʻqituvchisi podpolkovnik M.Badalbayeva, FVV Akademiyasi kursantlari va O’zDJTU talabalari bilan birgalikda Fuqarolik muhofazasi institutiga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiyada “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish” bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-mashg‘ulot tadbiri bo’lib o’tdi. Tashrif jarayonida talabalar respublikamizning bosh o'quv uslubiy va ilmiy pedagogik markazining ish faoliyati bilan tanishishdi. Muassasada tashkil etilgan muzey faoliyati, undagi eksponatlarni o’rganish, ularning darajalari va tarixi haqida ma’lumot berildi.
15-aprel kuni universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda 3-ingliz fakulteti tyutorlari I.Hasanova,N.Xadjayevalar bilan ijara xonadonlarda istiqomat qilib kelayotgan talabalar holidan xabar olib psixoprofilaktik ishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 25-martdagi 6/12-son Qoʻshma qarori ijrosi yuzasidan
Bunday tashriflardan asosiy maqsad talabalar orasida “Huquqbuzarlik holatlari”ni oldini olish,ularning ijtimoiy ahvolidan xabardor boʻlishdan iborat.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
7⃣🎯 2024-yil 15-17-aprel kunlari OʻzDJTUda “Learner-Centered English in the Digital Age” mavzusidagi “English Access” dasturining yillik xalqaro konferensiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugun mazkur konferensiya birinchi ish kunini boshladi.
Oʻrta Osiyo boʻyicha Oliy taʼlim muassasalarida joylashgan “English Access” dasturining ishtirokchilari, yaʼni OTMlarning ingliz tili oʻqituvchilari (jami Oʻzbekistonda 55 nafar, Qozogʻistonda 10 nafar, Qirgʻizistonda 6 nafar, Tojikistonda 6 nafar) oʻrtasida davra suhbati, taqdimotlar oʻtkazish orqali tajriba almashinish konferensiyaning bosh maqsadi etib belgilandi.
Undan tashqari, konferensiyada oʻqitish amaliyotini yaxshilash, koʻproq oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan muhit yaratish, mazmunli taqdimotlar va interfaol dars yaratish usullar taqdim etildi.
#tadbir #yashil_makon_aksiyasi
15-aprel "Ekologik bilimlar kuni" munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari M.Abdullayeva hamda N.O'roqboevalar tashabbusi bilan tashkil etildi.
Unda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari N.Aminov, M.Tirkasheva, O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi S.Fayziyevalar ishtirok etishdi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan ekologik madaniyatni rivojlantirish, jamiyatning ekologik xavfsizligi haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish maqsadida "Eko-zakovat" intellektual o'yinlari tashkil etildi.
#bahor_tarovati
Talabalar turar joyida muntazam ravishda turli xil tanlovlar o'tkazib borilmoqda.
Xususan, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan kalendar rejasining 39-bandiga asosan:
SMM maktabda dars o‘tish uchun o‘qituvchilar qidirilmoqda. Oylik 10-15 mln so‘m!
Quyidagi asosiy talablar mavjud:
- Toshkent shahrida yashash va ofisga kelib ishlay olish;
- SMM sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Sohaning nazariyasi va amaliyotini chuqur tushunish;
- Xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi;
- Talabalar ham ishga olinadi, faqat bu yil o‘qishni tamomlaydigan, bitiruvchi kurs bo‘lishlari lozim.
Qanday imkoniyatlar taklif etiladi?
- Doimiy ish;
- O‘rtacha 10-15 mln so‘m oylik-maosh;
- Shinam ofis va ahil jamoa;
- O‘sish va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar.
Ish vaqti har kuni 8 soatni tashkil etadi (ertalabdan kechgacha). Shoshiling, vakant joylar soni cheklangan. Nomzodlar quyidagi link orqali ariza yuborishlari mumkin.
Ariza yuborish uchun: https://forms.gle/G31Dv6YwnCe8hJn47