📢🇷🇺 Анонс! 📝🌍
📆 Дата: 28-29 апреля 2024 года
🏫 Место: УзГУМЯ
📚 Тема: Проведение тестирования по русскому языку как иностранному (ТРКИ)
---
🔍 Уважаемые студенты и любители русского языка!
Приглашаем вас принять участие в Тестировании по русскому языку как иностранному (ТРКИ), которое состоится 28-29 апреля 2024 года на территории УзГУМЯ в партнерстве с Санкт-Петербургским государственным университетом(СПбГУ). Это отличная возможность проверить свои знания русского языка и получить официальные сертификаты уровня владения языком.
📌 Стоимость экзамена:
в зависимости от уровня тестирования (А1-С2)
🔗 Для регистрации пройдите по ссылке https://forms.gle/HL2mvq24hBkjPHqw6
Не упустите возможность проверить свой уровень владения русским языком и получить международно признанный сертификат!
Мы ждем вас на ТРКИ в УзГУМЯ!
📚 С любовью к русскому языку и образованию, факультет русской филологии УзГУМЯ 🌟
---
Если возникли дополнительные вопросы или требуется больше информации, обращайтесь в деканат нашего факультета.
🟨🟨🟨
OʻzDJTUning Uchtepa tumani “Zakovat” koʻchasida foydalanishga topshirilayotgan yangi oʻquv-binosida barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Maskanda nafaqat talabalar bilim olish, shu bilan birga madaniy hordiq chiqarishlari uchun ham imkoniyatlar yaratilmoqda. Olib borilayotgan barcha ishlarni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov nazorat qilib, oʻz takliflarini berib kelmoqda.
Shu kunlarda yangi binoda talabalarning ochiq havoda dam olishlari uchun qoʻshimcha joylar tayyorlandi. Universitet rektori bugun yaratilgan sharoitlarni oʻrganish maqsadida manzilda boʻldi va bu borada ham oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
6-aprel kuni O’zDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Z.Hasanov, tyutor A.Isokova hamda XT2-2228 guruh talabalari bilan Yashnobod tumanida joylashgan 30-sonli Nogironligi boʻlgan bolalar mehribonlik uyiga tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan tarbiyalanuvchilar, shuningdek, Mehribonlik uyi rahbariyati bilan suhbat qilinib, bolalar uchun turli oziq-ovqat va tozalik vositalari taqdim etildi.
Uchrashuv bolajonlar ruhiyatida juda yorqin taassurot qoldirdi va ularga olam-olam quvonch baxsh etdi.
📍 Ingliz tili ikkinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Hamkorlik
Joriy yilning 6-aprel kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetiga Koreya Respublikasining Ta’lim markazi direktori Pang Chu Man tashrif buyurdi.
Mehmonlarni fakultet dekani D.Djurayev kutib oldi. Mehmonlarga oliy ta’lim maskanining asosiy maqsad va vazifalari, moddiy texnik bazasi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, universitetda ilk marotaba TOPIK imtihoni o’tkaziladi. Shu munosabat bilan Koreya taʼlim markazi direktori Pan Chu Mang fakultetda imtihon o’tkazilishi koʻzlangan joy va sharoitlar bilan tanishdi.
Bizni kuzating
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
👍👍👍👍👍👍👍👍👍
🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺
5-aprel kuni Ingliz tili 3-fakulteti rahbariyati hamda fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi tashabbusida Ingliz tili nazariy aspektlari N3 kafedrasi o'qituvchisi Rashidova Gulshoda bilan hamkorlikda talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatga spiker sifatida bir necha xalqaro oliy o'quv yurtlarida malaka oshirgan xalqaro toifadagi angliyalik o'qituvchi-pedagog, poliglot va bioximik olim — Bassam El-Agez taklif qilindi.
🟨🟨🟨
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston- 2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.
🟩🟩🟩🟩
5-aprel kuni OʻzDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi-3 kafedrasi va “Hardwork” ELC oʻquv markazi hamkorligida “The key to success in IELTS and CEFR” mavzusida oʻquv-seminaroʻtkazildi.
Dasturni universitet Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M.Chutpulatov ochib berdi va oʻz nutqida bitiruvchi talabalarga IELTS va CEFR sertifikatlarini ahamiyati, ularning kelajakda taʼlim olish uchun muhimligi toʻgʻrisidagi fikrlarini bildirdi.
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Tarjimonlik fakulteti
INGLIZ TILI TARJIMA NAZARIYASI KAFEDRASI
Buyuk ajdodimiz, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Tarjimonlik fakulteti tomonidan “Sohibqiron Amir Temur-Sharq renessansi asoschisi” nomli tadbir o'tkazildi. Ushbu tadbirda Ingliz tili tarjima nazariyasi professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan “TEMUR TUZUKLARI” JAHON TILLARIDA” videofilmi namoyish etildi.
📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻
🔵Facebook
📷Instagram
🚀Telegram
🟦Rasmiy sayt
#XUSHXABAR
AOKA reytingida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 1-o‘rinda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining reytingi e’lon qilindi.
2023-yil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.
Baholash natijasiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbarining faoliyati vazirliklar orasida 1-o‘rinni egalladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#bellashuv
Talabalarning nazariy fanlar bo'yicha egallayotgan bilimlarini tekshirish va mustaqil ta'limga yo'naltirish maqsadida bellashuv tashkil etildi.
Ingliz filologiyasi fakulteti "Ingliz tili nazariy fanlar" kafedrasi professor o'qituvchilari M.P.Azimova, D.Zokirova va G.Nazarovalar tomonidan 4-bosqich talabalari o'rtasida "The world of Lexicology" mavzusida musobaqa o'tkazildi.
Mazkur bellashuvda quyidagi jamoalar leksikologiya fani bo'yicha 4-ta shart asosida bellashishdi:
• 2016-guruh "Super stars"
• 2044-guruh "Lexigenius"
• 2045-guruh "Morpheme Masters"
Talabalarning ishtiroki malakali mutaxassislar va adolatli hakamlar tomonidan ijobiy baholab borildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
4-aprel kuni O'zDJTU rahbariyatining Koreya Хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda, kelishuvga koʻra, Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O'zDJTU oʻrtasida oʻquv dasturlarini takomillashtirish, oʻqituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini kengaytirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish kabi masalalar boʻyicha rejalashtirilgan yo'nalishlar belgilab olindi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
4-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti TARB-2321 guruh talabalari Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi oʻqituvchisi Usmanova Nodira Xrajitdinovna boshchiligida Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo’lishdi.
Tashrif davomida oʻqituvchi va talabalar tomonidan maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi va ularga hadyalar taqdim qilindi. Muborak Ramazon oyida bunday uchrashuv bolalarga cheksiz quvonch bagʻishladi.
Ma’lumot uchun: Mirfayozova Raʼno Bahromovna rahbarlik qilib kelayotgan mazkur maktab 1966-yil qurilgan boʻlib, hozirgi kunda u yerda 221 nafardan ziyod oʻquvchilar taʼlim olmoqda.
📍 Roman-german filologiyasi fakulteti
📍 Tarjimonlik fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
4-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 8-son yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kengashni OʻzDJTU Kengashi raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Kengash avvalida mart oyida Ilmiy daraja olgan xodimlarga diplomlari va universitet tomonidan noutbuk taqdim etildi.
Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan eʼtirof etilgan universitet xodimlariga faxriy yorliqlar va gul, esdalik sovgʻalari berildi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Qaror, Farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaror, Farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarorlari va buyruqlari hamda universitet tomonidan bajariladigan vazifalar, fuqaro murojaatlari kabi bir qator masalalar muhokama etildi.
#talabalar_teatr_studiyasi
Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan spektakl namoyish etildi.
4-aprel kuni O'zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasi ustozi D.Rasulmuhammedova va Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori S.Nurullayevalar tashabbusi bilan adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda fakultetning 2313 va 2314-guruh talabalari ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asari hamda Hamza Hakimzoda Niyoziyning "Maysaraning ishi" asarlari mahorat bilan sahnalashtirildi.
Ushbu sahna asarlari millatimizga xos go'zal udumlar, o'lmas qadriyatlarni o'zida mujassam etgan bo'lib, talabalarda hamda yig'ilganlarda o'zgacha taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo'ldi.
Hamkorlik memorandumi imzolandi
📌Batafsil: https://mudofaa.uz/41250/
➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
7-aprel sanasida Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan adabiy tadbir bo'lib o'tdi.
Oʻzbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan Toshkent shahri Shayxontohur tumani Samarqand darvoza koʻchasi 35-uy manzilida joylashgan Abdulla Qodiriy uy-muzeyida adabiy tadbir boʻlib oʻtdi.Tadbirda "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
5-aprel kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti RKTBM kafedrasi hamkorligida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo’ldoshev, Fuqaro muhofazasi instituti RKTBM kafedrasi dotsentlari A.Boymirzayev, M.Tinibekov, S.Raximov, O‘zDJTU Mehnat muhofazasi boshlig‘i B.Qilichev, Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalari ishtirok etdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
5-aprel kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov boshchiligida Ispaniyaning Alikante universiteti Filologiya fakulteti Lingvistika va adabiyot nazariyasi kafedrasi filologiya fanlari doktori (DSc), professor-o’qituvchisi Alberto Rodrigez Lifante bilan uchrashuv tashkil etildi.
Fakultetning Ilmiy ishlar boʻyicha dekan muovini A.Xalillayev, Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri I.Turamuratova va Xalqaro ishlar bo’yicha ma’sul D.Xaydarova ham ishtirok etgan uchrashuvda kelajakda ikki tomonlama talaba va o'qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish, ispan tilli professor-oʻqituvchilari malakasini oshirish, grantlar ajratish, ilmiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha hamkorliklar o'rnatish rejalashtirib olindi.
Uchrashuv davomida ispaniyalik professor tomonidan ispan tili yo’nalishidagi professor-o’qituvchilar va talabalar uchun bir qancha o’quv darsliklarni taqdim etdi.
📍 Roman-german filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦
6-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov raisligida ishchi guruh yig’ilishi bo’lib o’tdi.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 25-martdagi 01-10-70-raqamli chora-tadbirlarda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, nomli davlat stipendiyalari va boshqa tanlovlarni yuqori saviyada va adolatli o’tkazilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan dasturda universitet prorektorlari, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari va dekan muovinlari ishtirok etdi.
Mazkur yig’ilishda o’tgan o’quv yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarini o’tkazishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil etildi va bunday holatlarni kelgusida takrorlanmasligini oldini olish bo’yicha ishchi guruh takliflari muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4⃣📚 5-aprel kuni O‘zDJTU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Chutpulatov tomonidan Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyati yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishda kafedra professor-oʻqituvchilarining o’quv-uslubiy faoliyati haqida so’z yurtildi, takliflar tinglandi, kafedraning kelgusidagi o’quv-rejalari, taskil etilishi kutilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalar tartibi haqida kelishib olindi.
Dastur yakunida prorektor tomonidan kafedra mudiri, professor-oʻqituvchilarga topshiriq va takliflar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#uchrashuv
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi Malayziyada amaliyot o'tab qaytdi.
Xabaringiz bor, О'zDJTU va Malayziyaning Sultan Idris nomidagi ta'lim universiteti (UPSI) hamkorligidagi "International mobility" talabalar almashinuv dasturi joriy etilgan.
5-aprel kuni ushbu dastur doirasida 4 haftalik amaliyotni o'tab qaytgan fakultetning 3-bosqich talabasi Sharopov Xurshid "Malayziya ta'limi va tajribasi: tahlil va munosabat" mavzusida taqdimot qildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
5-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va OʻzDJTU vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M.Cho’tpo’latov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo’ldoshev, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi rahbari B.Odilov, Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi mudiri M.Bahtiyarov hamda Madaniy meros agentligi direktor oʻrinbosari T.Qo’ziyev, muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Mirmuxsinovalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvning tashkil etishdan asosiy maqsad Tarjimonlik fakultetining 2,3,4-bosqich talabalari reja-grafik asosida doimiy ravishda Madaniy meros agentligiga qarashli Respublikaning turli hududlaridagi muzeylar, tarixiy obyektlar, xorijiy mehmonlar tashrif buyuruvchi qadimgi manzilgohlarda amaliyot oʻtash ishlarini tashkillashtirish, agentlik vakillari tomonidan universitetda turli xil seminar va davra suhbatlari olib borish, hamkorlikning ish dasturini yaratish kabilar hisoblanadi.
🟦🟦🟦
5-aprel kuni OʻzDJTUda buyuk ajdodimiz, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bagʻishlangan “Sohibqiron Amir Temur sharq renessansi asoschisi” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda universitet rektori I.Tuxtasinov ishtirok etdi va kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi. Shuningdek, tadbirda Harbiy orkestr jamoasi ham oʻzlarining chiqishlari bilan ishtirok etdi. Temur tuzuklarining turli tillarga tarjimalari haqida videorolik namoyishidan soʻng OʻzMU professori B. Aminov Amir Temur hayotiga oid qiziqarli maʼlumotlarni soʻzlab berdi. Aktyor- Maʼruf Otajonov esa Amir Temur rollarini ijrosi etganligi va u bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlarni soʻzlab berdi.
Shuningdek, dasturdan Temurbeklar maktabi oʻquvchilarining chiqishlari, talabalar ijrosida milliy raqs, sahna koʻrinishlari, “Ulugʻimsan Vatanim” qoʻshigʻi oʻrin oldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4-aprel kuni O'zDJTU rahbariyatining Koreya Хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda, kelishuvga koʻra, Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O'zDJTU oʻrtasida oʻquv dasturlarini takomillashtirish, oʻqituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini kengaytirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish kabi masalalar boʻyicha rejalashtirilgan yo'nalishlar belgilab olindi.
Bizni kuzating
Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish choralari muhokama qilindi
4-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ishlarni manzilli va samarali tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Unda vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish, buxgalteriya hisobi va hisoboti, ishlar boshqarmasi, axborot xizmati bo‘limi vakillari, barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hamda vazirlikning hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/8979
#korrupsiyagaqarshikurashish #seminar
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
4-aprel kuni O’zDJTU va Indoneziyaning Ta'lim akkreditatsiyasi kengashi rahbariyati bilan online muloqot tashkil etildi.
Muloqot chog'ida O'zDJTU ta'lim dasturlarini tashqi xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi va muddatlari haqida so'z yuritildi. Kengash mutaxassislari ilk bosqichda joriy yil avgust oyi yakuniga qadar "Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)" ta'lim dasturini bepul baholash va akkreditatsiyadan o'tkazishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
4 aprel kuni O'zDJTU rahbariyatining Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Oʻzbekistonda koreys tili va madaniyatini oʻqitish, universitetda 850 000 AQSh dollariga teng 2024-2027 yillarga moʻljallangan loyihani amalga oshirishning oʻquv-uslubiy, moliyaviy va tashkiliy jihatlari boʻyicha fikr almashdilar.
📷 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bilan hamkorlikda sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan tadbir dasturining badiiy qismidan fotolavhalar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bilan hamkorlikda sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.