uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

4-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi tomonidan navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.

“O’zligingni angla” mavzusidagi mazkur treningda Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori Gulmira Abdullayeva o’ziga biriktirilgan 3-bosqich talabalari bilan ishtirok etdi.

Dastur davomida talabalar o’rtasida turli psixologik rivojlantiruvchi mashg’ulotlar bajarildi, shuningdek, o’zlikni anglash bo’yicha suhbat tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

O'zDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi X.Nishanova tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

”Besh muhim tashabbus” doirasida bo’lib o’tgan davra suhbatidan ko'zlangan maqsad kitobxonlikni keng targ'ib qilishdan iborat.

Dastur davomida talabalar bilan jahon adabiyoti bestsellerlari va turli xil badiiy kitoblar haqida suhbat olib borildi.

📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil oluvchi ilmiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi iqtidorli talabalar safini kengaytirish va ularni yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida "Contribute to the science" nomi ostida tashkil etilgan Yoshlar Akademiyasi forumi doirasida “The contribution of science and innovation to the development of Uzbekistan” mavzusidagi ilmiy konferensiya uchun maqolalar qabuli boshlandi.
😇 Talabalarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, ushbu to'plamga iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari (she'r, hikoya, va publitsistik maqolalar)ni ham qabul qilamiz!
Maqolangiz barcha talablarga munosib deb topilsa va to'plamga qabul qilinsa, nashr qilish uchun ma'lum miqdordagi to'lovni amalga oshirishingiz kerak bo'ladi.
Konferensiya uchun axborot xatini bilan quyodagi havola orqali tanishishingiz mumkun.
Axborot xati

🎓Barchangizni ushbu konferensiyada o'z maqolalaringiz bilan ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Har bir muallif to'plamning elektron nusxasi hamda maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi. Ilmiy maqolalar to'plami google scholarda indekslanadi.

⚡️ Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalarni Universitet Yoshlar akademiyasi lideri Abdurasulova Maftuna (@Ilkhomovna_M)ga topshirishingiz so'raladi.

🌟Yoshlar akademiyasi - Ilm-fanga o'z hissangni qo'sh!

🤩Bizni kuzatishda davom eting:
Yoshlar akademiyasi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi

Telegraph
Konferensiya uchun Axborot xati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-6097-son Farmoni va 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish Strategiyasida bayon qilingan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash, hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi iqtidorli talabalar safini kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash, universitetda Yoshlar akademiyasining faoliyatini…

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi hamda universitet 🌟Yoshlar Akademiyasi hamkorligida Ilmiy maqolalar tanloviga start berildi

📌Ushbu tanlov iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish hamda ularni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Ushbu ilmiy maqolalar tanlovida Universitetda tahsil olayotgan barcha bosqich talabalari, magistrantlar ishtirok etishlari mumkin.

🖌Maqolaga qo'yiladigan talablar:
⚡️ Plagiatdan xoli bo'lishi;
⚡️ Oldin hech qanday jurnallarda chop etilmagan bo'lishi;
⚡️Mavzuning keng yoritib berilgan bo'lishi.

🗓Maqolalar tanlovi uchun ilmiy maqola va tezislaringizni 2024-yil, 20-aprelga qadar Universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga taqdim etishingiz, yoki Universitet Yoshlar Akademiyasi lideri Abdurasulova Maftuna (@Ilkhomovna_M)ga telegramm orqali yuborishingiz so'raladi.

📝Tanlov natijalari shu yilning 25-aprel kuni e'lon qilinadi, hamda g'olib bo'lgan mualliflar maxsus sertifikat va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🌟 Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh

⚡️Bizni kuzatishda davom eting
Yoshlar akademiyasi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 💻

3-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ZOOM platformasi orqali yigʻilish oʻtkazildi.


Yigʻilishda yigirmadan ortiq universitetlar rahbariyati vakillari, oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlari, dekan va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Unda Nofilologik oliy taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishdagi mavjud muammolar va takliflar, nofilologik taʼlim yoʻnalishlarida magistratura kvotalarning toʻlmay qolishi bilan bogʻliq muammolar va takliflar, nofilologik taʼlim yoʻnalishlaridagi magistraturaga ajratilgan soatlar hamda chet tillarni faqat 1-bosqichda oʻqitilishi boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar, nofilologik taʼlim yoʻnalishlaridagi oʻquv dasturlari va adabiyotlarning xilma-xilligi, nofilologik taʼlim yoʻnalishlari oʻqituvchilarining mahalliy va xorijiy malaka oshirishi yuzasidan kelib chiqayotgan muammo va takliflar, respublikada chet tillarini oʻqitish, sifatli kadrlar tayyorlash masalalarini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq takliflar va masalalar muhokama etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📸👩‍🏫👨‍🏫

🌐 We are on social media:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩🟩🟩

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

3-aprel kuni O’zDJTUda “Shaxs-jamiyat-davlat tizimida o’zaro uyg’unlik va mutanosiblik” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.

Tadbirni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Valijon Sa’diyev ochib berdi.

Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari doktori, professor Mansur Bekmurodov mavzu yuzasidan ma’ruza so’zlab, sotsiologiya, ijtimoiy davlat, shaxs va jamiyat tushunchalari haqida gapirib o’tdi. Shuningdek, talabalarga soha doirasida o’qilishi lozim bo’lgan adabiyotlarni tavsiya qildi.


Siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo’rayev sotsiologiya fanlari doktori, professor Mansur Bekmurodov ilmiy izlanishlari, sotsiologiya fani taraqqiyotiga qo’shgan xizmati haqida gapirib o’tdi.

Uchrashuv Xalqaro jurnalistika fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilib, fakultet talabalari tadbir yakunida mutaxassisdan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟩🟩🟩

20-mart — Xalqaro baxt kuni munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan "Baxt formulasi" tanlovi e'lon qilinganligi haqida xabar bergan edik.

Tanlov ishtirokchilarining yuborgan ijodiy ishlari hakamlar hay'ati tomonidan ko'rib chiqilib, ijobiy baholandi.

Natijalarga ko’ra:

Zayniddinova Robiya Sabriddin qizi — Ingliz tili 1-fakulteti 2314-guruh talabasi,

Rashidova Ruxshonaxon Rustamjon qizi — Ingliz tili 2-fakulteti 2317-guruh talabasi,

Ilhomberdiyeva Husnora Bekzod qizi — Ingliz filologiyasi fakulteti 2328-guruh talabasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.


Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva tomonidan g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalarga esdalik sovg'alari topshirildi.

📍 Ingliz filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

0⃣🤝 O’zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi o’qituvchilari tomonidan “Diskriminatsiyaga qarshi kurash kuni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Fakultet talabalari ishtirokida o’tgan dastur davomida diskriminatsiya, odatda, davlatning, yuridik yoki jismoniy shaxslarning huquqlari (boshqa davlatlar, yuridik yoki jismoniy shaxslarga nisbatan) kamsitilishini anglatadigan umumhuquqiy atama ekanligi, demokratik davlatlarning milliy qonunchiligida va xalqaro huquqda diskriminatsiyaning barcha shakllari, jumladan, fuqarolarning huquqlarini milliy, irqiy, jinsiy, diniy sabablarga ko'ra amalda yoki yuridik jihatdan kamsitishga yo'l qo'yish ta’qiqlanishi haqida ma’lumot berildi.

Yakunda davra suhbati ishtirokchilariga mavzuga doir viderolik taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

3⃣🌏 O’zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi o’qituvchilari tomonidan “Butunjahon meteorologiya kuni” mavzusida davra suhbati bo’lib o`tdi.

Davra suhbati doirasida fakultet talabalari bilan meteorologiyaga oid ma’lumotlar almashildi, mavzuga doir kreativ o’yinlar namoyish etildi va maxsus videorolik tomosha qilindi.

Shu bilan birga, butun dunyo bo’ylab tashkil etilgan meteorologiya tashkilotlari va ularning olib borayotgan faoliyati haqida muhokama olib borildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

3⃣🌏 🌳 5⃣🌳

2-aprel kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat xodimlari, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan universitet hududiga manzarali daraxtlar o’tqazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan rejaga muvofiq, 360 tup manzarali daraxtlar va 460 tup butalar ekildi. Belgilangan reja 114 foizga ortig‘i bilan bajarildi.


Yakunda universitet rektori I.Tuxtasinov tashabbusni davom ettirish va universitet hududidagi yashil maydonlarni kengaytirish borasidagi rejalar haqida alohida to’xtalib o’tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

7⃣🎯 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimligi qoshidagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi vakillari, “Teach for Uzbekistan”, “Zuma pharm”, “Artel”kompaniyasi, Tashqi ishlar migratsiyasi, Toshkent shahar Uchtepa tuman mahalla faollari ishtirokida bitiruvchilar uchun tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi” da 50 nafardan ortiq talabalar ishlash uchun tegishli shartnomalar imzolashga erishdilar.

Ushbu yarmarka “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi tomonidan oʻtkazildi.

🔍Batafsil: Uz. Ru. Eng.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2-aprel kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H.Hakimov, dekan o’rinbosarlari va tyutorlar fakultetga biriktirilgan A.Qodiriy mahallasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mahalla faollari, profilaktika inspektori va yoshlar yetakchilari bilan mahalla hamda fakultet o’rtasidagi hamkorlikni davom ettirish, mahalla yoshlarining bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha kelishib olindi.

Shu bilan birga, A.Qodiriy mahallasidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, Ramazon tuhfalari taqdim etildi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tanlov

Ingliz filologiyasi fakultetida talabalar o'rtasida "YOUNG PHILOLOGISTS" mavzusida lug'atlar tanlovi o'tkazildi.

Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, mustaqil ta'limga yo'naltirish, talabalarda tanqidiy fikrlash va ilmiy nazariy qarashlarga bo'lgan ko'nikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida ko'plab sa'y-harakatlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan 2-aprel kuni Ingliz filologiya fakulteti Nazariy fanlar kafedrasi professor o'qituvchilari M.M.Abdullayeva va N.M.Arifjanovalar tomonidan talabalar o'rtasida "YOUNG PHILOLOGISTS" mavzusida 4-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan lug'atlar tanlovi o'tkazildi.


Unda turli mavzu va yo'nalishlarda 300dan ortiq talabalarning ishlari qabul qilindi. Talabalarning mustaqil ishlari malakali mutaxassislar va adolatli hakamlar tomonidan ijobiy baholandi.

G'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar "Eng samarali lug'at muallifi" nominatsiyasini qo'lga kiritishdi va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

4-aprel kuni O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida "Internet va axborotni filtrlash madaniyati" mavzusidagi talabalar konferensiyasi o'tkazildi.


Tadbir avvalida, universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i Shahnoza Ismatova hamda Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov so'zga chiqib, bugungi axborot maydonida ma’lumotlarni tahlil qilish, tekshirish nafaqat jurnalistika va siyosatshunoslik yo’nalishi talabalari, balki har bir shaxsning oldiga qo’yilgan talab ekanligini ta’kidlab o’tdi.


Konferensiya davomida:
• Internet va axborot xavfsizligi;
• Internet tili va uning o'ziga xos xususiyatlari;
• Milliy kontent va axborot madaniyati;
• Kiberxavfsizlik kabi dolzarb mavzularda talabalarning ilmiy-maqolalari tinglandi.
Mavzular yuzasidan o'zaro savol-javoblar, bahs-munozaralar o'tkazildi.

Tadbir yakunida fakultet dekani bu kabi konfrensiyalarni yanada ko’paytirish, talabalarning o’zaro fikr almashishi uchun klublar tashkil etish taklifini ilgari surdi.

📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Insonlar qalbiga yo'l saxovatdan boshlanadi.

Kеksa va bеmorlar, yordamga muhtoj oilalar xolidan xabar olish, ularga mеhr va muruvvat ko'rsatish, dardlariga malham bo'lish xalqimizga xos bo'lgan azaliy milliy qadriyatlarimizdan sanaladi.

Ayniqsa, muborak Ramazon oyida bu kabi xayrli ishlarning ko'lami yanada kеngayib bormoqda.

Ingliz filologiyasi fakultеti dеkani G.Ergashеva boshchiligidagi dеkan muovinlari, profеssor-o'qituvchilar, tyutorlardan tarkib topgan jamoa Uchtеpa tumanidagi "Bеkobod" mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand xonadonlarga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.


Tashrif asnosida, mahallaning moddiy ko'makka muhtoj oilalariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bu kabi saxovat tadbirlari davom etmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🌟Yoshlar Akademiyasi va universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limidan siz kutgan yangilik.

🎓Universitetda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi iqtidorli talabalar safini kengaytirish va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Contribute to the science" mavzusidagi Yoshlar Akademiyasi forumi tashkil etildi.

📆Ushbu forum 2024-yil 24-25-aprel kunlarida bo'lib o'tadi.
🤩 Forum doirasida sizni:
24-aprel kuni
⚡️ "Stipendiantlar va iqtidorli talabalar uchrashuvi"
⚡️"Ilmiy maqolalar yozish tartib-qoidalari" mavzusida seminar-trening
⚡️"The contribution of science and innovation to the development of Uzbekistan" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya
⚡️"Innovatsiya - Yangi O'zbekiston ustuni" mavzusida startaplar va innovatsiyalar bo'yicha seminar-trening

25-aprel
⚡️ "Science and innovation: problems and solutions" mavzusida MUN konferensiyasi kutmoqda.

🔥Barchangizni ushbu forumda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

🤩Bizni kuzatishda davom eting:
Yoshlar akademiyasi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

3-aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.


Tanlovda jami 5 ta kuchli jamoa 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari bo‘yicha bellashdi. Har bir shart uchun tayyorlangan ijodiy ishlar soha mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi.


Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o‘rinni O‘zbekiston davlat jahontillari universiteti, Ingliz tili 1 fakultet jamoasi qo’lga kiritdi.
 
Ma’lumot uchun: Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyobonini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2894-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish va adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 505-son buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻👩‍💻👨‍💻

2024-yil 3-aprel kuni Ispaniya va Oʻzbekiston OTMlari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida “Xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida vebinar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori rektori prof. Ilxomjon Tuxtasinov qisqa nutq soʻzladi hamda 2023-yil 23-24-noyabr kunlari Kadiz universitetida boʻlib oʻtgan “Ispaniya-Oʻzbekiston rektorlari forumi doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish vaqti kelganligini taʼkidlab oʻtdi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston OTMlari rahbarlari va masʼul xodimlari, Ispaniya oliy taʼlimini xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) tashkiloti direktori Dr. Alfonso Gentil, ushbu tashkilot direktor oʻrinbosari Fatima Terol hamda Ispaniya Qirolligining yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. 2 soatdan ortiq davom etgan vebinarda Ispaniyaning Alikante, Sevilla, Granada, Jaen, Salamanka, Valladolid, Almeria kabi nufuzli universitetlari hamda Evro-Arab jamgʻarmasi rahbarlari oʻz taʼlim muassasalari faoliyati haqida taqdimotlar tashkil etdilar va hamkorlik boʻyicha takliflarini ilgari surdilar.


Vebinar ishtirokchilari 2024-yil 15-16-aprel kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida boʻlib oʻtadigan uchrashuvlarda muloqotni davom ettirish va hamkorlik istiqbollarini belgilab olishga kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📸👩‍🏫👨‍🏫

🌐 Мы в социальных сетях:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣1️⃣1️⃣
🏆🏆🏆

3-aprel kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida basketbol boʻyicha talaba-qizlar oʻrtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.


Mazkur musobaqada OʻzDJTU qizlar jamoasi ham ishtirok etdi va Toshkent shahrida joylashgan barcha oliy taʼlim muassasalari jamoalari orasida faollik ko’rsatib, faxrli 1-oʻringa loyiq topildi.

Endilikda universitetimizning qizlar jamoasi respublika miqyosida oʻtkaziladigan basketbol sport turi boʻyicha “Talabalar ligasi” sport musobaqasining final bosqichida ishtirok etadi.

Talabalarimizga omad va muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

4⃣📚 2-aprel kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yig'ilishida tadqiqotchi Maxsudova Nilufar Abdurasulovnaning 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan "Ingliz va o‘zbek tillarining paremiologik fondida baholash kategoriyasi" dissertatsiya ishi muhokamasi bo'lib o'tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

2-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.


Tadbirni O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotgani, ularning umuminsoniy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishga da’vat etayotgani, ushbu tanlov yoshlarda ma’naviyatga, ma’rifatga mehr uyg‘otishi, ularni milliy va jahon adabiyoti asarlarini mutolaa qilishga undashi haqida so’zlab o’tdi.


Tanlovda jami 5 ta kuchli jamoa 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari bo‘yicha bellashdi.

Har bir shart uchun tayyorlangan ijodiy ishlar soha mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi.

Yakuniy natijalarga ko’ra:
🥇o‘rin – Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining “Hurriyat” jamoasi;
🥈o‘rin – Toshkent Iqtisodiyot va pedagogika institutining “Vorislar” jamoasi;
🥉o‘rin – Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetining “Mashriq” jamoasi qo’lga kiritdi.

Ma’lumot uchun: Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyobonini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2894-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish va adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 505-son buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

BATAFSIL…

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

0⃣🤝 O’zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi o’qituvchilari va guruh talabalari bilan hamkorlikda “Xalqaro irqiy kamsitishlarga barham berish kuni” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbati doirasida talabalar bilan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqliligi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik yo’lga qo’yilishi, millatlararo munosabatlar sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyatda do'stlik va bag'rikenglik muhitini mustahkamlashda fuqarolarning huquqlarini irqi yoki millati bo'yicha kamsitishlardan himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratilganligi kabi masalalar yuzasidan ma’lumot almashildi.

Yakunda “Xalqaro irqiy kamsitishlarga barham berish” mavzusiga doir videorolik talabalar va davra suhbati ishtirokchilariga taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4-aprel kuni soat 11:00da O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida talabalar ilmiy-amaliy konfrensiyasiga bo’lib o’tadi.

▪️“Internet va axborotni filtrlash madaniyati” mavzusidagi konfrensiyada:
• internet va axborot xavfsizligi
• internet tili va uning o’ziga xos xususiyatlari
• kiberxavfsizlik
• axborotni filtrlash madaniyati masalalarida ma’ruza va debatlar o’tkaziladi.

Barchangizni soat 11:00 da Xalqaro jurnalistika fakulteti binosida kutib qolamiz.


📍Manzil: Lutfiy ko’chasi, 8-uy

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟥🟥🟥

3-aprel kuni O’zDJTUda “Shaxs-jamiyat-davlat tizimida o’zaro uyg’unlik va mutanosiblik” mavzusida uchrashuv o’tkaziladi.


🎤Uchrashuv spikeri: Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari doktori, professor Bekmurodov Mansur Bobomurodovich.

Tadbir avvalida, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo’rayev sotsiologiya fanlari doktori, professor Mansur Bekmurodov hayot yo’li, ilmiy izlanishlari, sotsiologiya fani taraqqiyotiga qo’shgan xizmati haqida gapirib o’tadi.


Tadbir o’tkazilish vaqti: 10:00
📍 Manzil: O’zDJTU ma’ruzalar zali (2-qavat)

📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2-aprel kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida 2-bosqich kunduzgi va kechki ta’limning ispan hamda nemis tili yo'nalishida talabalar
i tanishuv amaliyoti yakuniga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Ispan tili amaliy fanlar va Nemis tili amaliy fanlar kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan anjumanni fakultet dekani X.Xakimov ochib berdi va barcha talabalarni tanishuv amaliyoti yakuni bilan tabriklab, tanishuv amaliyotida olgan bilimlari talabalarning kelajakdagi pedagogik faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishi haqida fikr bildirdi. Fakultetning ilmiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.Xalillayev hamda Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri D.Baxronova, Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri S.Ziyayeva ham talabalarni malakaviy amaliyot yakuni bilan tabrikladi va ularning kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.


Anjumanning ikkinchi qismida talabalar darslardan olgan amaliyot taassurotlari haqida so‘zlab berishdi. Shuningdek, amaliyot davrida talabalarga rahbarlik qilgan professor-o'qituvchilarga alohida minnatdorchilik bildirib o‘tildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4⃣📚 O'zDJTU Axborot-resurs markazida 1-bosqich tayanch doktorantlariga ARM elektron dasturlari va mavjud ilmiy maʼlumotlar bazalari bilan tanishtirish boʻyicha tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori O.Yusupov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi K.Muradkasimova va Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova ishtirok etdi.

Dastur davomida Ilmiy izlanuvchilarga moʻljallangan dissertatsiya va avtoreferatlar bazalari joylashtirilgan oʻquv zali, elektron kutubxona bilan tanishtirilib, ARM da IRBIS-64 dasturida mavjud 50000 nomda adabiyotlarning va yangi olingan nashrlarning bibliografik yozuvlari va Vazirlik tomonidan taqdim etilgan https://unilibrary.uz/ yagona elektron kutubxona tizimi orqali ARM dan va Respublika Oliy taʼlim muassasalari ARM larida mavjud adabiyotlarning bibliografik yozuvlari hamda ularning elektron nusxalardan foydalanish mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.


Shuningdek, ARM Elektron axborot-kutubxona resurslari boʻlimi mudiri S.Tuxtayev va AT boʻyicha yetakchi mutaxassis I.Tursunov tomonidan professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, stajyor -tadqiqotchi-izlanuvchilar va talabalarning salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda hamda dissertatsiyalarni tayyorlashda katta yordam beradigan jahon standartlariga mos keladigan maqolalar yozish va oʻz maqolalarini tahrir hayʼatiga yuborish imkoniyati darajasini oshirish maqsadida Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 3 yilga Web of Science, Science Direct ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tomonidan taqdim etilgan EBSSO_Host bazalari maʼlumotlaridan foydalanish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Spinger, E-library.ru Scopus va SciVal bazalarning ochiq tizimiga ulanganligi hamda ilmiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisida tushuntirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

5⃣🌳 1-aprel — Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan “Qushlar bizning do'stimiz” tadbiri doirasida Chilonzor tumani Gagarin koʻchasida joylashgan "Gagarin xiyoboni"ga tashrif buyurildi.

Dasturda OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti tyutorlari N.Masadikova, T.Ashirova, Sh.Tursunova hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.

Tashrif mobaynida talabalarni tabiatga, qushlarga bo'lgan mehrini oshirish to'g'risida davra suhbati o'tkazildi. Qushlarga zarar yetkazmaslik kerakligi haqida tushuntirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel