🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
⁉️Jurnalist bo’lmoqchimisiz?!
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti — eng to’g’ri tanlov!
#talabalarijodi
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
3️⃣3️⃣3️⃣
📞 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining qabul komissiyasi abituriyentlarning barcha savollariga quyidagi telefon raqamlari (Call center) orqali javob berishmoqda:
+998955104144
+998955094144
+998955034144
🌐 OʻzDJTU rasmiy telegram kanali:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 5️⃣5️⃣5️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli bakalavr hamda magistrlari talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari (Alisher Navoiy, Islom Karimov) tanlovlari uchun hujjatlarni qabul qilish ishlari davom etmoqda.
12-iyun kuni Tarjimonlik fakulteti dekani U.R.Yo'ldoshev, Ilmiy va innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini M.N.Musabekova, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedra mudiri J.R.Abduganiyeva, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedra mudiri K.S.Qodirova va TING2109-guruh U.Abdushukurova, V.Shukurova, Sh.Sharofova hamda TARB2143-guruh talabalari Z.Meliqo‘ziyeva, F.Meliqo‘ziyevalar bilan birgalikda nomzod iqtidorli talabalarga hujjatlarini toʻgʻri shakllantirilishi uchun kerakli tavsiyalarni berib oʻtdi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir talabaga omad tilashdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨⚖️👩⚖️
12-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Kambarova Marjan Adil qizining 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Odam tayanch leksemali maqollarning semantik va lingvostatistik xususiyatlari (ingliz, rus, oʻzbek, qozoq tillari materiali boʻyicha)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetining Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchilari Nargiza Nuritdinova va Gulasal Sabirovalar boshchiligida 2024-yil 11-iyun kuni FFRA 2107 va 2108-guruh talabalari bilan “Toshkent shahri boʻylab sayohat” mavzusida ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalar Amir Temur xiyoboni, Broadwey alleyasi va Toshkent Politexnika muzeyiga olib borildi. Amir Temur tomonidan Oʻrta Osiyoda tashkil etilgan buyuk markazlashgan davlat, bu davrdagi Oʻrta Osiyoning gullab yashnaganligi haqida suhbatlashildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan muovini U.Karimov “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasiga nomzod iqtidorli talabalarga hujjatlarini to‘g‘ri shakllantirilishi uchun kerakli tavsiyalarni berdi.
⚡️ O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti iqtidorli talabalari hamda magistrlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari (Alisher Navoiy, Islom Karimov) tanlovlari uchun hujjatlarni qabul qilish ishlari boshlangani munosabati bilan Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev va ilmiy ishlar dekan muovini J.Turobov boshchiligida talabgorlarning hujjatlarini tekshirish jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.
Bizni kuzating
#qabul2024
Kasbiy-ijodiy imtihonlar bu yil qanday oʻtadi?
Bizni kuzating
0️⃣0️⃣0️⃣
Qirg’izistonda bo’lib o’tgan konferensiyada O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakili ishtirok etdi.
6-7 iyun kunlari I.Razzakova nomidagi Qirg‘iz davlat texnika universitetida "Библиотеки в цифровую эпоху: инновации, сервисы, ресурсы" mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Mazkur tadbirda O'zbekiston davlat jahon tillari universitetidan Axborot resurs markazi direktori Kayumova Saida Irgashevna ham ishtirok etdi.
Konferensiya davomida raqamli davrda kutubxonalar faoliyati, innovatsiyalar, yangi xizmatlar va resurslar haqidagi muhim masalalar muhokama qilinadi. But kabi tadbirlar kutubxona sohasi mutaxassislari uchun bilim va tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasida yakuniy imtihonlar yuqori darajada tashkillashtirilib o'tkazilmoqda.
Imtihonlar jarayoni talabalar bilimlarini to'liq baholash va ularning ingliz tilidagi malakalarini aniqlashga qaratilgan.
Har bir talaba imtihonlarni topshirishda qat'iy qoidalarga rioya qilishi, belgilangan vaqtda topshirish zarur. Kafedra o'qituvchilari imtihonlarning adolatli va shaffof o'tishini ta'minlash uchun barcha zaruriy choralarni ko'rmoqda.
Talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va sinovlar saviyasining yuqori darajada tashkil etilgani ularning o'z imkoniyatlarini to'liq namoyon etishiga yordam beradi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
10-iyun kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi o’qituvchilari va talabalari tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida ekskursiya va seminar -trening o’tkazildi.
Talabalar professor-o’qituvchilar bilan birga kutubxonada saqlanayotgan o'zbek va jahon adabiyotining nodir va qimmatbaho kitob va qo'lyozmalari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari talabalarda katta qiziqish uyg'otdi. Tadbir davomida talabalar o'zlari o'qigan va yaqindan bilgan asarlar to'g'risida o'zaro fikr almashishdi.
Ushbu tadbir kafedra o’qituvchilari Sultonov Temurbek va Abdumajidov Xurshid tashabbusi bilan tashkil etildi.
#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
8-iyun kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakultetida “Hayotning har lahzasi go‘zal!” nomli ijodiy ishlar tanlovi tashkil qilindi.
Fakultetning Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi katta o’qituvchisi O’rinboyeva Xayotxon hamda Adabiyotshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon ijodiy merosini targ‘ib qilish maqsadida o’tkazilgan tanlovda talabalar o’zlari tayyorlagan videoroliklari, she’rlari va boshqa ijodiy ishlari hamda shoir she’rlarini ifodali o’qish orqali ishtirok etdi.
Tanlovda 2134-guruh talabasi Ergashboyeva Shoxsanam va 2125-guruh talabasi Shermetova Oybibi g’olib deb topildi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
📍 Ingliz tili birinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#imtihon
✅ Jarayonda talabalar oʻzlari taʼlim olgan yoʻnalishlari boʻyicha bilim va ko'nikmalarini namoyish etishdi.
Bizni kuzating
🤝🌏👨🏫👩🏫 2️⃣2️⃣2️⃣
8-iyun kuni jahon reytingida ilk ikki yuztalik o’rinni egallab turgan AQShning Arizona universitetidan “Rus/O’zbek tili va Evroosiyo tadqiqotlari” loyihasi doirasidagi yozgi lager dasturining yakuniy tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda so’zga chiqqan O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov Arizona unversiteti talabalariga ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, dastur ularga boy madaniyatimiz va tariximiz, an’ana va urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishish hamda Samarqand, Buxoro va Farg’ona shaharlariga tashrifi davomida bebaho merosimiz namunalarini o’z ko’zlari bilan ko’rish va bahramand bo’lishganligiga amin ekanligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, 3 hafta davomida malakali o’qituvchilarimiz tomonidan rus va o’zbek tillari hamda madaniyati bo’yicha saboq olish imkoni yaratib beriganligini e’tirof etdi. Ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar va transkriptlar taqdim etildi. Guruh rahbari, Arizona universiteti Evroosiyo tadqiqotlari markazi direktori Luidmila Klimanova dasturning yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun O’zDJTU rahbariyati, tashkilotchilar hamda volontyor talabalarga chuqur minnatdorchilik bildirdi va kelgusida bu kabi dasturlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
#tavsiya #abituriyent2024
Oliy ta’lim muassasalarining Telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha oliy ta’lim muassasalari Telegram messenjerida o‘z sahifalarini yuritishmoqda. Unda OTM faoliyati, jumladan qabulga doir abituriyent va ularning ota-onalari uchun foydali ma’lumotlar berib boriladi.
Quyida OTMlarining rasmiy kanallari bilan tanishing.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 12-iyun kuni OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov Germaniyalik professor, Germaniya—Oʻzbekiston Ilmiy jamiyati ish boshqaruvchisi Johannes Keller-Xerder va jamiyat aʼzosi Viktoriya Keller-Xerderlarni qabul qildi.
Ular mashhur folklorshunos Gabriele Xerder farzandlari boʻlib, ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshganlar.
Muloqot chogʻida tomonlar nemis tilini oʻqitishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Professor Johannes Keller-Xerder universitetga 20 yillik mehnat mahsuli boʻlgan Germaniyada chop etilgan oʻzbek tilidagi 2 tomlik, mingga yaqin ertaklarni oʻz ichiga olgan “Oʻzbek sehrli ertaklari izohli katalogi”ni sovgʻa sifatida taqdim etdi.
Joriy yilning 12-iyun kuni, AQSHning Arizona universitetidan " Yozgi lager" dasturi doirasida tashrif buyurgan talabalar O'zJDTU, qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘lim talabalari bilan do'stona munosabat qurishdi.
Ko'rishuv jarayoni juda qiziqarli va mazmunli bo'ldi, jumladan sayr qilindi, undan so'ng mehmon talabalar mezboning uyiga kelib o'zbegimizning milliy taomi bo'lmish, "palov" ni birgalikda pishirishdi.
0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣
🏆2024-yil 12-iyunda Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan e’lon qilingan “THE Impact Rankings -2024” reytingida O‘zbekiston Respublikasining 53 ta oliy ta’lim muassasalari qayd etildi.
🤔Mazkur ro‘yxatda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti umumiy hisobda 1501+ natijani qayd etdi va BRM bo‘yicha qo‘yidagi ko‘rsatkichlarga erishdi:
👨👩👧👦 BRM 1 “Kambag‘allikni qisqartirish” maqsad bo‘yicha 801+ o‘rinni egalladi:
🟰 BRM 5 “Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” maqsad bo‘yicha 401+ o‘rinni egalladi:
🌊 BRM 6 “Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash” maqsad bo‘yicha 601+ ko‘rsatkichlariga erishdi:
🎯 BRM 17 “Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik ” maqsad bo‘yicha 1501+ ko‘rsatkichlariga erishdi.
✔️Bu universitet jamoasining hamjihatlikdagi mehnati natijasidir!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
6-18-iyun kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti doktorant, tayanch doktorant va stajyor tadqiqotchilarning “2024-yil yarim yilligi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini muhokamadan oʻtkazish maqsadida Doktorantlar uyushmasi” oʻz ish faoliyatini boshladi.
Uyushma yigʻilishini universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Yusupov Otabek Yakubovich ochib berib, uyushma nizomi, maqsadi, vazifalari, ish faoliyati va rejasi bilan tanishtirdi. Anʼanaga muvofiq doktorantlar uyushmasining bu galgi yigʻilishlarini oʻtkazish uchun uyushma raisi va kotibi aʼzolar tomonidan ochiq ovoz berishi yoʻli bilan saylandi.
Uyushma faoliyatining dastlabki kunini 3-bosqich tayanch doktorantlari oʻz ilmiy tadqiqotlari natijalari xususidagi taqdimotlari muhokamasi bilan boshlab berishdi. Taqdimotlar savol-javoblar va taklif-mulohazalar bayoni ketma-ketligida tashkil etilgan muhokamalar qizgʻin munozaralar, bilim va tajriba almashinuviga boy boʻldi.
#xalqaro_reyting
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglarga kirishining ahamiyati nimada?
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
Ayni damda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 2024-yil 6-iyundan 18-iyungacha doktorant, tayanch doktorant va stajyor tadqiqotchilarning «Doktorantlar uyushmasi»da hisobot taqdimoti bo’lib o'tmoqda.
Ushbu hisobot taqdimotida tadqiqotchilar o'z ilmiy faoliyatlari yuzasidan taqdimotlarini namoyish etib, o'zaro ilmiy munozara o'tkazishadi.
“Doktorantlar uyushmasi”da ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor O.Yusupov hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i K.Muradkasimova tadqiqotchilarga o'z taklif va tavsiyalarini berib o'tishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#100savolga_100javob
12-savol: Chet mamlakatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishda qanday yangi tartiblar belgilandi?
Bizni kuzating
#qabul2024
#uzbekiston24
“O‘zbekiston 24” telekanalida Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ullari 2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlaridagi muhim o‘zgarish va yangiliklar haqida ma’lumot berdilar.
Yuqoridagi video orqali quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin.
Bizni kuzating
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
11-iyun kuni Saudiya Arabistoni Qirol Salmon arab tili akademiyasi vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibi Akademiya bosh kotibi Prof. Abdullox bin Solix Al-Vashmi, Strategiya va korporativ rivojlanish departamenti direktori Sulton Al-Thunayan, Ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar departamenti direktori Abdul Xamid ben Abdel Aziz, Ijroiya idora kotibi Faxad Al-Nashvan, Saudiya Arabistoni elchixonasi xodimi- tarjimon Samariddinov Fatxiddinlardan iborat bo’ldi.
OʻzDJTU tomondan rektor I.M. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yoʻldoshev, Arab tili kafedrasi mudiri K. Qodirova, Arab tili oʻqituvchisi A. Zubaydi ishtirokida delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida, rektor Ilxomjon Madaminovich universitetda faoliyati va arab tilining oʻqitilish jarayonlari haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, Akademiya Bosh kotibi Prof. Abdullox bin Solix Al-Vashmining maʼlumoti va takliflari tinglandi.
Яқин Шарқ нега тинчимаяпти? (+видео)
Бугунги кунда Яқин Шарқ сиёсий, иқтисодий ва хавфсизлик муаммолари кесишадиган динамик ва мураккаб минтақа бўлиб қолмоқда.
🎥 https://youtu.be/svRICQaKqHg
Батафсил: https://uza.uz/posts/605869
Тelegram | Facebook | Instagram
📺📺 0️⃣0️⃣0️⃣
O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov “Zo’r” telekanalining “Bu kun” dasturida oliy ta’lim muassasalariga qabul haqida ma’lumot berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨🏫👩🏫
2024-yil 9-iyun kuni O’zDJTU va Attanal Al-Arabi Milliy ta’lim tarmog’i o’rtasida imzolangan shartnoma asosida universitetda arab tili bo’yicha online testlar tashkil etildi.
Testlarda O’zDJTU va respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan talabgorlar ishtirok etdi.
Tadbirni Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i X. Yuldashev va
Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo’ldoshevlar ochib berdi hamda talabgorlarga testlarda ishtirok etish tartibi va talablari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Jarayon Attanal tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimi va Arab tili tarjimashunoslik kafedrasi mudiri va o’qituvchilari tomonidan qat’iy nazorat qilindi.
Ma’lumot uchun: Attanal Al-Arabi test sertifikatlari Bilim va ko’nikmalarni baholash agentli ro’yhatiga kitirilgan bo’lib, abituriyentlar uchun arab tili bo’yicha testlardan ozod qilish va maksimal ball berish, arab tili o’qituvchilari uchun ustama olish hamda arab davlatlari oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
8-iyun kuni O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakultetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida talabalar bilan sayyor dars mashgʻulotlari tashkil etildi.
Ushbu dars mashgʻulotlarida pedagogika fanlari doktori, professor v.b. Murtozаyeva Mahfuza Murtozayevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent Jumaniyozova Muhayyo Tojiyevna, psixologiya fanlari doktori, dotsent Shamshetova Anjim Karamaddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovnalar O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining talabalariga ma'ruza qilishdi.
🟦🟦🟦
7-iyun kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasida “Yoshlarga oid davlat siyosati. Ta’lim sohasidagi islohotlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Unda O’zDJTU Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi M.Aripova hamda O’zbekiston tarixi kafedrasi dotsentlari N.Djurayeva, N.Babadjanova va M.Bazarova o’z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi.
Davra suhbati ko’rinishida o’tgan dastur mazmunli, qiziqarli va kerakli bilimlarga boy bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
7-iyun kuni kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich universitetning Zakovat koʻchasi 4-uy manzilidagi hududida bo’ldi.
Tashrif davomida rektor oʻquv binosidagi yangi qoʻyilgan sovitish tizimlarini koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, hududdagi foydalanishga topshirilishi kutilayotgan oshxona bilan ham tanishdi. Xususan, barcha zarur vositalar bilan jihozlangan mazkur oshxona ochilishidan avval amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar xususida oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt