📣📣📣📣📣
———————————
🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
21-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarning topshirgan imtihoni natijalari bilan tanishing!
——————
Oʻzbekiston tarixi fani NATIJALARI:
——————
——————
Informatika fani NATIJALARI:
——————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
15- iyunga qadar OʻzDJTUda barcha talabalardan yakuniy imtihonlar olib boʻlingani bois, koʻpchilik talabalar yozgi taʼtilga chiqib, oilasi bagʻriga qaytib ketishdi. Shu boisdan universitetga qarashli 7 ta talabalar turar joyidagi koʻplab oʻrinlar boʻshab qoldi.
Shu kunlarda yuz bergan mudhish hodisa sabab universitetda tahsil olayotgan talabalarni nazoratga olish, ularning havfsizligini taʼminlash niyatida talabalarni imkon qadar bir joyga jamlash maqsad qilindi.
Shu bois, hozirda oʻquv yili yakuniga qadar, talabalar turar-joyidan foydalanayotgan talabalarni xavfsizligini taʼminlash maqsadida universitetga qarashli, bitta hududda joylashgan ikkita TTJdagi talabalarni bittasiga koʻchirib oʻtkazish va ularni doimiy nazorat qilish ishlari yoʻlga qoʻyilmoqda.
Aziz talabalar vaziyatga toʻgʻri baho berishlaringizni, bu jarayonlarni notoʻgʻri talqin qilmasliklaringizni va jarayonlarda biror muammoga duch kelsangiz, avvalo, universitet rahbariyatiga murojaat qilishlarini soʻraymiz.
Murojaat uchun telefon raqami: (97) 777 99 26 Otabek Ibragimov Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Ахborot 24 | Bitiruvchilarga diplom topshirildi
#20june #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR!
🗓Календарь Taqvimni oching!
15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun!
Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda!
Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.
Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin!
Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling!
Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot
Bizni kuzating
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Ahmad Yassaviy universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda.
Joriy yilning 18-iyun kuni OʻzDJTUning xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori prof. A.Nasirov boshchiligida universitet vakillari Qozogʻistonning Turkiston shahridagi Xoʻja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universitetida uchrashuv oʻtqazishdi.
Uchrashuv OʻzDJTU rektori I.M.Toʻxtasinov hamda Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti rektori J.A.Temirbekova tomonidan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv qatnashchilari prof A.Nasirov, dos D.Muitovlar universitetlararo Ilmiy-tadqiqot, oʻquv, taʼlim va ijtimoiy-madaniy faoliyat sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator masalalar haqida fikrlashib oldilar.
Jumladan:
- bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar almashinuvi;
-professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarni qisqa va uzoq muddatli amaliyot oʻtash uchun almashish;
-professor-oʻqituvchilarni jalb qilgan holda qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish, Yerazmus loyihalarida birga ishtirok etish, maʼruzalar oʻqish uchun tomonlar vakillarini taklif etish;
-tomonlar professor-oʻqituvchilari orasidan doktorantlar uchun yordamchi rahbarlarni tayinlash;
-oʻzaro manfaatdor boʻlgan sohalarda yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar va mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qilish;
- oʻquv-uslubiy ishlar, oʻquv rejalari va dasturlari, oʻtkazilayotgan tadbirlar boʻyicha tajriba va axborot almashish;
- qoʻshma ilmiy va oʻquv nashrlarini tashkil etish;
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovichga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi muassisligida tashkil etilgan «Vatan» jurnalining 2-soni tuhfa qilindi.
Mazkur ijtimoiy-siyosiy ilmiy-ma’rifiy jurnalda millat va Vatan tuyg’usi yuragida jo‘sh urib turgan har bir ziyoli inson uchun muhim sanalgan mavzular ostida maqolalar chop etib boriladi.
✨Assalomu alaykum hurmatli universitetimizning professor oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari!
🇺🇿 OʻzDJTU Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
🇺🇿 Bizdan uzoqlashmang!
🇺🇿🧒 OʻzDJTU Iqtidorli talabalari
Jurnalist bo’lmoqchimisiz?
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti — eng to’g’ri tanlov.
Fakultetda 3 xil ta’lim shakli:
1.Kunduzgi
2.Kechki
3.Sirtqi
5 xil yo’nalish:
• 1. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar.
• 2. Sotsiologiya
• 3. Xalqaro jurnalistika
• 4. Xalqaro munosabatlar
• 5. Siyosatshunoslik
mavjud bo’lib, o’z sohasining yetuk va malakali ustozlaridan saboq olish imkoniyatiga ega bo’lasiz!
Qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qiling.
+998955104144
+998955094144
+998955034144
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
11-iyun, OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ilmiy ishlar boʻyicha dekan muovini I.Bazarov hamda Ingliz tili integrallashgan kursi N°2 kafedrasi oʻqituvchilari tashabbusida fakultet talabalari oʻrtasida fan olimpiadasi oʻtkazildi.
Ishtirokchilar 3 koʻnikma (listening, reading, speaking) boʻyicha saralandi.
Olimpiada yakunida:
3-bosqich 2123-guruh talabasi Sattorova Madina g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa, keyingi o'rinlarda 3-bosqich 2105-guruh talabasi Isomiddinova Sarafro'z, 4-bosqich 2027-guruh talabasi Turdaliyeva Mohlaroyim hamda 2-bosqich 2201-guruh talabasi Odiljonova Sarvinozlar e'tirof etildi.
Gʻoliblar Ingliz tili 2-fakulteti dekani B.Kulmatov tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟧🟧🟧🟧🟧
O’zbekiston davlat jahon tillari universitet qabul komissiyasi Call markazi o’z faoliyatini davom ettirmoqda.
Call markazga qo’ng’iroq qilayotgan barcha talabgorlarga 2024-yil uchun qabul masalalari, xususan, universitet haqida boshqa ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda. Shuningdek, oliygoh haqida batafsil bilmoqchi bo’lib, O’zDJTU asosiy binosiga tashrif buyurgan abituriyentlar bilan ham Qabul komissiyasi xodimlari tomonidan suhbatlar tashkil etilyapti.
Rossiya Federatsiyasi Кislovodsk shahridagi "O'zbekiston" sanatoriyasida "Dam olish – davolanish – bilim olish – malaka oshirish" loyihasi amalga oshirildi.
Mazkur loyihada O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti professori, pedagogika fanlari doktori Ahmedova Laylo Tolibjonovna ham ishtirok etdi.
2-iyundan 13-iyungacha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xo'jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi Shimoliy Kavkaz institutida "O'zbekiston – 2030 strategiyasi: maqsadlar, vazifalar va ustuvorliklar" dasturi bo'yicha malakasini oshirdi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
⚡️⚡️⚡️
14-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyida “Bitiruvchi-2024” bayrami boʻlib oʻtdi.
Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich hamda universitet rahbariyati vakillari, akademik litseyidagi barcha pedagogika sohasi vakillarini, fidoyi professor-oʻqituvchilarni va litsey bitiruvchi oʻquvchilari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida universitet rektori soʻzga chiqib, barcha bitiruvchilarni tabrikladi va eng faol bitiruvchilar va “Rektor stipendiyasi” gʻolibi boʻlgan oʻquvchilarni taqdirladi.
Maʼlumot uchun: Hozirda 508 nafar oʻquvchi tahsil olayotgan universitet qoshidagi akademik litseyning 259 nafari bitiruvchi bosqich oʻquvchilari boʻlib, ularning 10 nafari xorijlik oʻquvchilar hisoblanadi. Bitiruvchi bosqich oʻquvchilarining 157 nafari CEFR imtihonlarida ishtirok etib, natijada oʻquvchilarning 96%i til bilish sertifikatiga ega boʻlishdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ⚖️👨💻👩💻💬
13-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan “Qiyosiy filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
14 июня, преподаватели кафедры общее языкознание Мадаминова Н.Р. Алимарданова Ш.А, Галямова А.Р. совместно с СОП при УзГУМЯ провели мероприятие со студентами 1 курса на тему: "Информационная безопасность"
В ходе мероприятия была проведена беседа о важности соблюдения информационной безопасности в сети Интернет, а также продемонстрирована презентация на данную тему. Все студенты активно принимали участие в беседе.
🤝🌏👨🏫👩🏫
Ayni kunlarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oʻqituvchilari Turkiyaning Yildiz Technical Universitetida oʻquv kurslarida malaka oshirmoqda.
2024-yilning iyun oyida reja asosida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasining 2 nafar professor-oʻqituvchilari — Dilnoza Kholikova, Malokhat Sharipovalar dunyoning top 1000 taligiga kirgan Turkiyaning Yildiz Technical Universitetida malaka oshirishmoqda.
🟢🟢🟢
21-iyun kuni OʻzDJTUda Prezident va nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlish istagidagi iqtidorli talabalar bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Mazkur tanlovning universitet bosqichi avvalida rektor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, nomzod talabalarga omad tiladi.
Tanlovning universitet bosqichida talabalar informatika (test shaklida) va Oʻzbekiston tarixi (ogʻzaki savol-javob tarzida) fanlaridan imtihon topshirishdi.
Eslatib oʻtamiz, tanlovning universitet bosqichi 22-iyun kuni ham boʻlib oʻtadi. Unda talabalar ikkinchi til yoʻnalishi boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣📣📣📣📣
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, izlanuvchilar va talabalar!
O‘zDJTU Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi “ANTIPLAGIAT” dasturi ishga tushganligini ma’lum qiladi.
Murojaat uchun: /channel/IIITB714
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
20-iyun kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov Buyuk Britaniyaning Portsmouth universitetiga 150 soatlik malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun jo'nab ketayotgan universitet rahbar-xodimlari va professor-o'qituvchilarini qabul qildi.
Muloqot chog'ida xorijda bo'lish davrida O'zbekiston va universitetni munosib tarzda namoyish etish, o'qitishning ilg'or metodlarini, shuningdek, hamkor universitetning boy tajribasini o'rganish, ilmiy salohiyati bilan tanishish va undan samarali foydalanish, safardan qaytgandan so'ng orttirilgan tajribani ta'lim jarayoniga keng jalb qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Shu bilan birga, turli oqimlar va guruhlar ta'siriga tushib qolmaslik, mamlakatning ichki tartib qoidalariga qat'iy amal qilish lozimligi ta'kidlandi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
15-iyun kuni Xitoylik Li Du xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov OʻzDJTU faoliyati, xitoy tilining oʻqitilishi va hamkorlik aloqalari haqida maʼlumot berib oʻtdi.
Li xonim Xitoylik yoshlarni universitetimizga va litseyimizga jalb qilish, yozgi lagerlar tashkil qilish, talabalarimiz uchun grantlar ajratish, xitoylik mehnat migrantlari uchun til kurslarini tashkil qilish masalalarida hamkorlik qilish takliflarini berdi.
Shundan soʻng Li xonim universitet rektori I. Tuxtasinov bilan uchrashib, taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
19-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari hamda Fransiya delegatsiyasi a’zosi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastur Fransiyaning Lion-2 universiteti fransuz tili oʻqituvchisi Stefani Paliss, O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova, fransuz tili oʻqituvchisi Gʻ.Masharipov ishtirokida o‘tdi.
Uchrashuv avvalida rektor Ilxomjon Madaminovich Oʻzbekistonda Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan universitet malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim sifati va jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
📣📣📣📣📣
Jamiyatning har bir aʼzosi oʻziga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanishi hamda oʻz huquqlarini bilishi muhim omil hisoblanadi. Bunda xalq manfaatlari uchun xizmat qiluvchi qarorlar, qonunlar, Prezident Farmonlari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan doimiy tarzda tanishib borishi bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Siz, mazkur hujjatlar bilan www.lex.uz sayti orqali doimiy tarzda tanishib borish imkoniga egasiz.
Hurmatli professor-oʻqituvchilar va aziz talabalar quyidagi elektron havolalar orqali sizlar uchun muhim boʻlgan Normativ-Huquqiy Hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin:
2024-yil 05-iyundagi OʻRQ-931-sonli “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni;
2024-yil 24-maydagi PF-81-sonli “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi,
2024-yil 27-maydagi PF-82-son “Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi,
2024-yil 05-iyundagi PQ-210-son “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va qarorlari;
Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Adliya vazirligidan roʻyхatdan oʻtgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#qabul2024 #foydali #ovozli_chat
⚡️Joriy yil kollej yoki texnikumga kirish istagida bo‘lganlar ham 25-iyunga qadar OTM bakalavriati uchun talabgor abituriyentlar qatori bir vaqtda (5–25-iyun kunlari) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan bugunga qadar Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida 4 ta ovozli chat o‘tkazilib, mavzuga doir barcha savollarga javob berilgan.
1-OVOZLI CHAT: 2024-yil 4-iyun kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi
➖➖➖
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining qadrli jamoasi, professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari!
Barchangizga bagʻrikenglik, muruvvat, doʻstlik va hamjihatlik kabi olijanob fazilatlarni va ezgu qadriyatlarni o’zida mujassam etgan qutlugʻ ayyom — Qurbon hayiti muborak bo’lsin.
Mana shunday fayzli va barakotli kunlarda sizlarga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman.
Ilohim, barcha pok niyatlarimiz amalga oshsin!
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺 📺📺 📺📺
15 iyun kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va kafedra mudiri Ji Mon Gun Oʻzbekiston 24 telekanalining informatsion dasturi orqali “Oʻzbekiston – Koreya: innovatsiya va taʼlim sohasidagi hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda” mavzusida intervyu berdi.
#15june #uzbekiston24
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥
Barcha yurtdoshlarimizga Arafa muborak bo‘lsin!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyida 14-iyun kuni boʻlib oʻtgan “Bitiruvchi-2024” bayramidan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4⃣📚
14-iyun kuni OʻzDJTU huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashda tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini koʻrib chiqish, muhokama qilish, tahlil etish va tasdiqlash boʻyicha 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, professor Laylo Tolibjonovna Axmedova raisligida aʼzolar tomonidan tadqiqotchilarning mavzulari, ilmiy ishlarning dolzarblik darajasi, bugungi kundagi oʻziga xos ahamiyati haqida gapirilib, kerakli mulohazalar berildi.
Tadqiqotchilar Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashida oʻz mavzularini muhokamadan oʻtkazdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Talabalar turar joyidagi vaziyat oʻrganildi.
14-iyun kuni O'zDJTUning talabalar turar joyiga Oliy sud raisi oʻrinbosari Sh.T.Polvonov, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sud raisi E. G. Xojakulov, Uchtepa tumani jinoyat ishlari boʻyicha sud raisi D.T.Kamilov, Uchtepa tumani IIOFMB D.M. Mirsadikovlar talabalar holatini oʻrganish maqsadida tashrif buyurdi
Tashrif davomida universitet rektori Ilhomjon Toʻxtasinov talabalarga yaratilgan sharoitlarga toʻxtalib, besh muhim tashabbus doirasida foydalanishga topshirilgan IT, sport, qizlar uchun tikuv xonalari va jihozlari haqida gapirib oʻtdi. Universitetda tashkillashtirilgan “Qalqon” guruhi haqida maʼlumot berib, ular TTJ osoyishtaligiga masʼul ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, Uchtepa tumani bilan hamkorlikda qurilayotgan yangi talablar turar joyi haqida maʼlumot berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Ovozli_chat #qabul2024
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi
Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.
Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.
Chatga ulanish: 👉/channel/BaholashUz?livestream
❕ Eslatma: oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasligi so‘raladi.
Bizni kuzating
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ⚖️👨💻👩💻💬
13-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Qiyosiy filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Oʻzbekiston -Germaniya Ilmiy Jamiyati bilan birgalikda tashkil qilindi. Anjumanda respublikamiz oliy taʼlim muassasalaridan tashqari Germaniya Federativ respublikasi, Rossiya, Turmaniston, Ozarbayjon, Jazoir Xalq demokratik respublikalari oliy taʼlim massalaridan 100 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va doktorantlar qatnashdilar.
Konferensiya quyidagi shoʻbalar asosida boʻlib oʻtdi:
1. Qiyosiy tilshunoslik (fonologiya, grammatika, leksikologiya, frazeologiya va stilistika)ning dolzarb masalalari.
2. Qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari.
3. Tarjimashunoslikning dolzarb masalalari.
4. Leksikografiya va terminografiyaning dolzarb masalalari.
5. Madaniyatlararo muloqot va lingvokulturologiyaning dolzarb masalalari.