uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

5-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirda universitet rahbariyat vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.T.Eraliyeva hamda talabalar ishtirok etdi.  Mazkur davra suhbatini Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov ochib berdi.

Mutaxassislar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish zarurligi, ayniqsa, og‘ir turdagi mehnat jarayonlariga bolalarni majburan jalb etish holatlariga barham berish va bu borada yoshlar, ota-onalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etilayotganligi haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Tadbirda mutaxassis sifatida ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.T.Eraliyeva talabalarga majburiy mehnatga jalb etilishning salbiy oqibatlari va bunday holatlarning oldini olish zarurligi to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berib o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi 415-sonli qarori bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil qilindi.

Ushbu tarmoq markazida “Filologiya va tillar o‘qitish”, “Xorijiy til va adabiyot (tillar bo‘yicha)” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti: tillar kesimida” yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

2024-yil 4-noyabr kuni Universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Muxammad Chorievich Chutpulatov va tarmoq markazi direktori Jamila Rustamovna Abduganiyevalar tomonidan tarmoq markaziga qabul qilingan xodimlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Ushbu suhbat samimiy va do‘stona munosabatda o‘tkazildi.

Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kelajak istiqbol rejalari haqida suhbatlashildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 🟦🟦🟦🟦

Rossiya media maktabi tomonidan tashkil qilingan "Интер Новости" loyihasi doirasidagi Moskva shahrida o'tgan amaliyotda O'zDJTU Ingliz tili va adabiyoti 3-fakulteti 4-bosqich talabasi Alisherova Dilshoda ishtirok etdi.

Treningga O'zbekiston bo'ylab 5ta jurnalist va bloggerlar saralanib, ularga televideniye va radio faoliyati ko'rsatildi. Soʻng rus tilida chet ellik jurnalistlar va u yerda faoliyat yuritadigan xodimlar tomonidan seminarlar tashkil qilindi.

Bu loyihaga qatnashish bepul va Rossiyada amaliyot o'tash tashkilotchilar tomonidan 100% qoplab berilgan. Loyiha davomida "Мир24," "BusinessFM," "Russian Radio," "RuTV" va boshqa ommaviy axborot vositlarida amaliyot o'tab, o'zlariga qiziq bo'lgan savollarga javob olishdi. Bundan tashqari, gid hamrohligida Moskva bo'ylab sayohat tashkillashtirildi.


Loyihaga faqatgina o'zbekistonliklar emas, balki Belarus, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Maldova va Ozarbayjondan ishtirokchilar ham jalb qilingan.

Amaliyot davomida Dilshoda media sohasidagi zarur bilim-ko'nikmalarni o'zlashtirib, ularni amaliyotda tatbiq etish usullarini o'rgandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinishi belgilangan.


Shunga koʻra, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlarida professor-o’qituvchilar va tyutorlar ishtirokida “Siyosiy ma’rifat soati” oʻtkazilib kelmoqda.


Fakultetlararo boʻlib oʻtgan davra suhbatlari fakultet mas’ullarini mamlakatimizdagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklardan boxabar qilish maqsadida tashkil qilindi. Unda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo’lgan videoroliklar ham taqdim etildi.

Shuningdek, dasturlar davomida professor-o’qituvchilar tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati muhokama qilindi.

📍 OʻzDJTU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#talabalar_teatr_studiyasi

🎭 Ingliz filologiyasi fakultetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida“ "Talabalar teatr studiyalari: Rektor kubogi” koʻrik-tanlovining fakultet saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda hakamlar hayʼati aʼzosi sifatida ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Muhammadjon Isomov ishtirok etdi.

Fakultetning kechki va kunduzgi taʼlim iqtidorli talabalaridan tarkib topgan jami 6 nafar jamoa qatnashdi. Ishtirokchilar oʻz aktyorlik mahoratlarini sahna ko'rinishlari orqali namoyish etib, gʻoliblik uchun oʻzaro bellashishdi.

Tanlov yakunida natijalar hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholandi.
🥇1-oʻrin — "Avangard jamoasi",
🥈2-oʻrin — "Sharq jamoasi",
🥉3-oʻrin — "Ma’rifat jamoasi".
✔️ Mazkur tanlov talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga qiziqishlarini yanada oshirish va isteʼdodli talabalarni kashf qilish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🏆 Rektor kubogi sport musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

🤔 Xabaringiz bor, avvalroq 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan universitetimiz sportchi talabalari oʻrtasida futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha Rektor kubogi oʻtkazilinayotgani xabar qilingandi.

🔥 Bugun musobaqaning final — universitet bosqichi boʻlib oʻtdi!

⚡️ Finalda universitetimiz fakultetlaridan saralangan 10 ta eng kuchli jamoalar gʻoliblik uchun kurashdilar.

⚽️ Futbol bo‘yicha g‘oliblar:

🥇-oʻrin — 🇺🇿 Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti jamoasi;
🥈-oʻrin — 🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi;
🥉-oʻrin — 🇺🇿 Ingliz tili uchinchi fakulteti jamoasi.

🏆 Musobaqaning final bosqichi gʻoliblari quyidagicha taqdirlanishadi:

🥇-oʻrin — 5,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — 4,000,000 soʻm;
🥉-oʻrin — 3,000,000 soʻm.

🎉 Gʻolib jamoalarni yana bir bor muborakbod etamiz!

🤝 Ishtirok etgan barcha jamoalarga ham oʻz minnatdorchiligimizni bildirib, keyingi musobaqalar va tadbirlarda ham faollikka chorlab qolamiz.

📸 Musoboqadan shu va boshqa sifatli kadrlar bu yerga joylanadi👇
📱@ittifoq_HD

#final #futbol #rektor_kubogi #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍⚖️👩‍⚖️

2-noyabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 34-son majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Bazarbayeva Albina Mingaliyevnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Rangni ifodalovchi leksika olam haqidagi bilimlarni interpretatsiya qilish vositasi sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc)ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi tashkil etildi.

Dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi. 

Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi. 

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Bugun
#1nov #madaniyat

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#innoWeek_2024

“InnoWeek 2024” - Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya, Ispaniya, Malayziya kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatidan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

14-16-noyabr kunlari O‘zEkspomarkazda o‘tadigan ”Innoweek 2024”da biz bilan bo‘ling!

Darvoqe, tadbirning rasmiy sayti
www.innoweek.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | mininnovation">YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Futbol musobaqasidan qaynoqqina lavhalar🔥

#futbol #rektor_kubogi #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

📸 Sifatli formatda:
📱 @ittifoq_HD

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🎬 Hisobot-saylov yigʻilishidan qaynoqqina lavhalar

#hisobot_saylov_yigʻilishi #kengash #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🖥 🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil oktabr oyidagi faoliyati hisoboti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

2-noyabr O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg tavallud topgan kun munosabati bilan 1-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan shoirning Adiblar xiyobonida joylashgan haykali yonida xotira kechasi o‘tkazildi.


Aleksandr Faynberg hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirda shoirning yaqinlari, yozuvchi va shoirlar, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, universitet rahbariyati vakillari va talabalar ishtirok etdi. Tadbir avvalida shoir haykali poyiga universitet jamoasi tomonidan gul qo‘yildi.

Shuningdek, Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya sohiblari va iqtidorli talabalar tomonidan shoir ijodiga bag‘ishlangan chiqishlar namoyish etildi, shoir ijodidan eng go‘zal she’rlar o‘qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿 Президент Шавкат Мирзиёевнинг Навоий вилоятига икки кунлик ташрифи.

👉 @Uzbekistan24HD

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 🟦🟦🟦

31-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 3-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishni O‘zDJTU Kengashi raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Qaror, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaror, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet tomonidan bajariladigan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risida axborot berdi. Yig‘ilishda universitet faoliyatiga oid turli masallarda universitet rahbariyati vakillari tomonidan axborot berildi.


Yig‘ishning ikkinchi qismida ilmiy daraja olgan hamda e’tirof etilgan  xodimlar tabriklash  marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro jurnalistika fakulteti Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi o‘qituvchisi Zaripova Ra’nojon 10.00.09 – “Jurnalistika” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan, Xalqaro jurnalistika fakulteti Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi o‘qituvchisi Maftuna Maxmudova 10.00.09 – “Jurnalistika” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan tabriklandi hamda noutbuk bilan taqdirlandi. Shuningdek, Rus filologiyasi fakulteti “Rus tili va o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori v.b. Dusmamat Kulmamatovga  Professorlik  ilmiy unvonini topshirildi.


Yaponiya-O‘zbekiston Ipak yo‘li jamg‘armasi Xalqaro almashinuv uchun mas’ul, inson resurslarini rivojlantirish loyihasida "Yapon tilidagi xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari"ni targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shgani uchun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilhomjon Tuxtasinov, Yaponiya Bosh vaziri rafiqasi  Yuko Kishida Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy almashinuv hamda tarixiy aloqalarni o‘rnatishdagi hissasi uchun  O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Yapon kafedrasi mudiri Nargiza Hamidova, hamda harbiy xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichini o‘tkazishda  tashkiliy va ma’naviy bandlarini yuqori darajada bajarishda  katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar ishlari bo‘yicha prorektor  Otabek Yusupov,  Fan olimpiadaning Respublika bosqichini o‘tkazishda  tashkiliy va ma’naviy bandlarini bajarishda,  har bir shart bo‘yicha savollar bankini hamda baholash mezonlarini shakllantirishda, olimpiada jarayonini zarur jihozlar va texnik vositalar bilan ta’minlash hamda OAVlarda keng yoritishda faol ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti dekani Akmal Yuldoshev TAShAKKURNOMA bilan taqdirlanadi.

Davlat buyurtmasi asosida buyuk sarkardalar “Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi” nomli asarni tayyorlash hamda harbiy soha va harbiy ta’lim tizimi xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirishda  ko‘rsatgan xizmatlari uchun universitet rektori, Ilhomjon Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar ishlari bo‘yicha prorektor  Otabek Yusupov, Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Feruza Abdullaeva,  Rus filologiyasi fakulteti dekan Azizxon Raxmonov, Tarjimonlik fakulteti dekani Ulug‘bek Yuldoshev, Tarjimonlik fakulteti, Ingliz tili tarjima nazariyasi o‘qituvchisi Alisher Hamidov Mudofaa vazirining nishoni hamda TAShAKKURNOMAsi bilan taqdirlandi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

4-noyabr kuni Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchixonasi Jazoirning 70 yillik milliy bayramini nishonladi.


Shu munosabat bilan Tashkent Citydagi Hilton mahmonxonasida maxsus bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirga O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A.Nasirov, oliygohimiz professor-o’qituvchilari va Jazoirda tahsil olib kelgan talabalarimiz taklif etildi.

Bayram tadbiri qiziqarli, yorqin kayfiyatda, koʻtarinki ruhda oʻtdi. Dastur ishtirokchilari ikki davlat madaniyati, turli sohalardagi hamkorliklar va boshqa zarur ma’lumotlardan boxabar boʻlishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻📺📺

O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 2350-guruh talabasi Alimova Sevinchning Barqaror rivojlanish maqsadlari 6-yo'nalishi bo'yicha tayyorlagan videoroligi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 🏆🏆🏆

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagog-xodimlari xorijiy davlatlarda oʻz malakasini oshirib kelishda davom etmoqda.


OʻzDJTU Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Shapsanova Feruza Muzaffarovna Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritib, hozirda Angliyaning Reading universitetida ilmiy stajirovka o'tamoqda.

Stajirovka dasturiga binoan, Feruza Shapsanova “Zamonaviy ingliz adabiyotida falsafiy tendensiyalar” mavzusida tadqiqot olib borib, bu boʻyicha “Faylasuf va romannavis Ayris Myordokning badiiy mahorati” deb nomlangan Phd dissertatsiyasini shakllantirilmoqda. Shuningdek, mazkur mavzu asosida “Zamonaviy adabiyotda falsafiy tendensiyalar evolutsiyasi” nomli o'quv-metodik qo'llanma ishlab chiqish ishlari boshlab yuborilgan.


Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilishi belgilangan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
#talabalar_teatr_studiyasi

📖Mustaqillik yillarida Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini har tomonlama o‘rganish va ommalashtirish maqsadida yurtimizda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-323-sonli qaroriga ko’ra, buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash maqsadida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari tomonidan ham turli chiqishlar namoyish etildi.


❇️ Jumladan, kuni kecha Roman-german filologiyasi kechki ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar o’zlarining teatr studiyalarida olim va mashhur davlat arbobi hayotiga bag’ishlangan sahna ko’rinishini namoyish etishdi va Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi fakultet miqyosida keng nishonlandi.

Rasmiy sahifalarimiz

Telegram | Instagram | rgf_leaders?si=EpYgayJ0wELT5IXo">Youtube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🏆 Rektor kubogi sport musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

🤔 Xabaringiz bor, avvalroq 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan universitetimiz sportchi talabalari oʻrtasida futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha Rektor kubogi oʻtkazilinayotgani xabar qilingandi.

🔥 Bugun musobaqaning final — universitet bosqichi boʻlib oʻtdi!

⚡️ Finalda universitetimiz fakultetlaridan saralangan 10 ta eng kuchli jamoalar gʻoliblik uchun kurashdilar.

🏐 Voleybol bo‘yicha g‘olibalar:

🥇-oʻrin — 🇺🇿 Tarjimonlik fakulteti jamoasi;
🥈-oʻrin — 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi;
🥉-oʻrin — 🇺🇿 Ingliz tili birinchi fakulteti jamoasi.

🏆 Musobaqaning final bosqichi gʻolibalari quyidagicha taqdirlanishadi:

🥇-oʻrin — 5,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — 4,000,000 soʻm;
🥉-oʻrin — 3,000,000 soʻm.

🎉 Gʻolib jamoalarni yana bir bor muborakbod etamiz!

🤝 Ishtirok etgan barcha jamoalarga ham oʻz minnatdorchiligimizni bildirib, keyingi musobaqalar va tadbirlarda ham faollikka chorlab qolamiz.

📸 Musoboqadan shu va boshqa sifatli kadrlar bu yerga joylanadi👇
📱@ittifoq_HD

#final #voleybol #rektor_kubogi #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti, Funksional leksika kafedralari o‘qituvchilari Karimova N, Xayitboyev B, Alikulova S, Jo‘rayeva I, Ro‘ziboyev K, Normaxmatova F  tomonidan 5-TTJ da talabalar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yiniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Sh. Usmonova ochib berdi. Fakultetning 2439, 2444 – guruhlar ishtirok etgan bellashuv davomida talabalar juda faol ishtirok etdilar, va bir biridan qiziqarli bo‘lgan ingliz tilidagi savollarga uddaburonlik bilan javob berdilar. Qiziqarli kechgan bu o‘yinda 2439-guruh talabalari g‘olib bo‘lib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O‘yin so‘ngida uchastka noziri tomonidan turli notanish insonlar bilan muloqot qilmaslik va turli xildagi narkotik va psixotrop moddalar iste’mol qilmaslik, ularni tarqatmaslik to‘g‘risida tushuncha va ogohlantirish berib o‘tildi

O‘yindan so‘ng fakultet ustozlari yotoqxona talabalarining yashash sharoitlari bilan tanishdilar ular duch kelayotgan muammolarni muhokama qilishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍⚖️👩‍⚖️

2-noyabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 33-son majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengash yig‘ilishida Xidirova Gulzoda Turdialiyevnaning10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Nemis va o‘zbek tillari agrar terminlarining leksikografik tavsifi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yusub Ismailov ilmiy rahbarlik qilgan dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi. 

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 2-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili ikkinchi fakultetida "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbir korrupsiyaga qarshi kurash oyligi munosabati bilan Ingliz tili nazariy aspektlari 2-kafedrasi ustozlari Tursunova Gulchexra va Muratova Dilorom tomonidan tashkil etilib, unda 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan muovini M.Jakbarov ochib berdi va yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashga chaqirdi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan maʼlumotlar,taqdimotlar, devoriy gazeta va videoroliklar tadbirni yanada tushunarli va qiziqarli boʻlishini taʼminladi. Shuningdek, talabalar oʻzlari qiziqqan savollarga ustozlar tomonidan munosib tarzda javob olishdi.

#fakultet_yangiliklari
@second_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Voleybol musobaqasidan qaynoqqina lavhalar🔥

#futbol #rektor_kubogi #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

📸 Sifatli formatda:
📱 @ittifoq_HD

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Yangi Oʻzbekiston universiteti
Talabalar Kengashi tashrif buyurdi


1-noyabrda universitetimizga Yangi Oʻzbekiston universiteti Talabalar Kengashi raisi Muhammadali Qodirov va mehmon delegatlar tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet yoshlar yetakchisi Eldor Qoʻngʻirotov kutib oldi.

Tashrif boshida mehmonlarga universitet kutubxonasi, oʻquv zallari va “University Mall” tanishtirildi.


Tashrifning muzokara qismida ikki universitet oʻrtasida imzolangan memorandum doirasidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Yoshlar yetakchisi tomonidan boshlangʻich tashkilot faoliyati tanishtirildi. Kelgusida bajarilishi kerak boʻlgan loyihalar kelishib olindi.

#hamkorlik #ittifoq
#yetakchi #faoliyat

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

#tanlov #qizlarjonklubi #inglizfilologiyasi

🇺🇿 🇬🇧 O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida 1-noyabr kuni Aleksandr Faynberg tavalludining 85 yilligi munosabati bilan "Men Faynberg izdoshiman" nomli ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

🇺🇿Tanlov fakultetning "Qizlarjon" klubi sardori Shahzoda Meliqo'ziyeva hamda Faynberg stipendianti Ibrohimova Nozima tashabbusi bilan tashkil etildi.

🩶 Tanlovda jami 10 ta talaba-qizlar ishtirok etib, belgilangan 3 ta shart asosida bellashishdi. Dastur davomida shoirning hayoti va ijodi haqida informatsion videorolik namoyish etildi. Shuningdek, adib qalamiga mansub she'rlar ifodali tarzda yoddan aytilib, savol-javoblar bo'lib o'tdi.

Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov nizomi va baholash mezonlari asosida xolis va shaffof tarzda gʻoliblar aniqlandi.
🥇-o'rin — Insopaliyeva Qunduzxon
🇬🇧Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi,
🥇-o'rin — Madaminova Sarvinoz
🇬🇧Ingliz tili uchinchi fakulteti talabasi,
🥈-o'rin — Turg'unboyeva Arofat
🇺🇿Ingliz tili birinchi fakulteti talabasi,
🥉-o'rin — Shokirova Saodatoy
🇷🇺 Rus filologiyasi fakulteti talabasi.

🎁 Tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi. G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
😎 Telegram | 😎 Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#ogohlik

Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar jamiyatda sodir boʻladigan har qanday voqeliklarga oʻzgacha, ruhiy his kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar. Qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. Shuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala — yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashdir”, deb qayd etgan.


Darhaqiqat, globallashuv davrida tahdidlar va tazyiqlar xavf tugʻdirmasidan avval ogohlik, daxldorlik tuygʻularini qalblarimizda mujassam etib borishimiz lozim. Jamiyatning tinchligiga va xavfsizligiga raxna soladigan barcha xatti-harakatlar, maʼnaviy, mafkuraviy tahdidlar yoshlar ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan xalqimizni haq yoʻldan toydirish, ularni jaholat, buzgʻunchilik, nodonlikka boshlash bilan bor hunarini ishga solyapti.

Yoshlarimizni yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash orqali yurtimiz farovonlik va taraqqiyotimiz barqaror boʻladi. Shuning uchun ham yoshlarni maʼnaviyatli, komil inson qilib tarbiyalash, davlatimiz siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilinganligi bejiz emas.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 🟦🟦🟦

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Navoiy shahrida yangi tashkil topgan "Farovon" mahallasida bo‘lib, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Davlatimiz rahbari shu yerdagi 22-umumta’lim maktabida ham bo‘ldi.

Prezident maktabdagi maqsadlari yuksak o‘quvchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida maktabning faol o‘quvchilaridan, o‘z maqsadini, kelajak uchun tuzgan aniq rejalari haqida so‘zlab bergan Mardonava Marjona Jasur qiziga maktabni tamomlagandan so‘ng O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining davlat granti asosida qabul qilinishi uchun mutasaddilarga topshiriq berdi.


Berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 31-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich boshchiligidagi oliygoh rahbariyati vakillari  Navoiy viloyatidagi 22-umumta’lim maktabiga borib, universitetning bo‘lajak talabasiga maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Uchrashuvda shuningdek, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Jahongir Qalandarov, Navoiy viloyati umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi mutaxassisi Yunus Ne’matov, Navoiy shahar 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nilufar O‘roqova va Zafar Boltayevlar ishtirok etdi.

Rektor Marjona Mardonava kelgusidagi o‘qish va ishlarida omadlar tilab, baland marralarni zabt etishdan tolmaslikni, faqat ilm olib, izlanib, yurtimiz nomini butun dunyoga tanitishdek yuksak sharafga musharraf bo‘lishini tiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xushxabar


🇺🇿🇰🇷 OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetiga Koreyadagi Sejong koreys tili o'qitish markazi tomonidan darsliklar taqdim etildi

"Bugun universitetimizda talabalarning bilim olish jarayonini yanada boyitish maqsadida 200 ta Tarjima asoslari, 12 ta oʻqituvchi uchun qo'llanma va yangi darsliklar Koreyadagi Sejong koreys tili o'qitish markazi tomonidan fakultetimizga taqdim etildi. Ushbu darslik va qoʻllanmalar turli fanlar boʻyicha zamonaviy bilimlarni oʻz ichiga oladi va talabalarning oʻqish jarayonini yanada samarali qilishga yordam beradi"- dedi fakultet dekani D.Djurayev.


📖 Ushbu darslik va qoʻllanmalar Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan raqamlashtirilib, roʻyxatdan oʻtkazildi.

🌐 Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#profilaktik_tadbir

Ingliz filologiyasi fakultetida yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida talabalar o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Aynan shu xususida, 30-oktabr kuni fakultet tyutorlari N.Mannonova, N.O‘roqboyeva, M.Abdullayeva, Sh.Bo‘stonova va Z.Nazarovalar tashabbusi bilan "Favqulotda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakatlanish" mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Universitet Profilaktika inspektori, kapitan Sh.N.Bekmetov va Yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan is gazidan zaharlanish, yong‘inning paydo bo‘lish sabablari va zilzila vaqtida harakatlanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalar ishtirokida yong‘in o‘chirish vositalarining ishlatilish tartibi, yong‘in o‘chirish mashinasi va undagi jihozlar, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida tushuncha beruvchi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel