🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida Misr Arab Respublikasining Qohira universitetidan taklif qilingan arab tili mutaxassisi doktor Sayed Korayem o’z faoliyatini boshladi.
Fakultet dekani U.Yoʻldoshev boshchiligidagi mas’ullar hamda xorijlik mutaxassis ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, unda xalqaro aloqalar, OʻzDJTU imkoniyatlari va istiqbolli masalalar boʻyicha suhbat olib borildi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Doktor Sayed Korayem 2024-2025 o’quv yili davomida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida faoliyat olib boradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🇫🇷 Joriy yilning 25-sentabr kuni, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o’qituvchilari Ro’ziboyeva N., Orexin-Rigina V., Xamidova N., Usmаnova N. talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida Toshkent Fransuz Alyansiga "Ochiq eshiklar" kuniga tashrif buyurishdi.
💠 Tashrif davomida Fransuz Alyansi kurslari, o’qituvchilarining ochiq darslari namoyishi va talabalar uchun o’yinlar, viktorinalar tashkil qilindi. G’oliblarga ajoyib sovg’alar ulashildi.
👨🎨 Bundan tashqari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, Yevropa va Osiyoda o‘tkazilgan ko‘plab ko‘rgazmalar ishtirokchisi taniqli rassom, miniatyurachi va vitraj ustasi Mariya Korovinaning "Uchar likopcha uchuvchisi yoki KOROVINAning 35 ta durdonalari" ko'rgazmasida ham ishtirok etildi.
🔤🔤🔤
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar dasturi gulxan atrofidagi suhbatdan soʻng oʻz yakuniga yetdi.
Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov va Mengnor Ollomuroddan tashkil topgan ijodkorlar guruhi OʻzDJTU vakillari hamrohligida 1-sonli va 2-sonli talabalar turar joylariga tashrif buyurdi.
🔤🔤🔤
Ma’rifat tadbirlari doirasida OʻzDJTU 4-son talabalar turar joyiga tashrif uyushtirildi.
Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov va Mengnor Ollomurod yoʻldoshligida amalga oshirilgan tashrif davomida yotoqxonada joylashgan “Besh tashabbus” xonalari boʻylab tur tashkil etildi.
Adabiy ijodkorlar texnik jihozlar bilan ta’minlangan maxsus xona, kutubxona, sport zal, tikuvchilik xonasi va musiqa xonasidan iborat boʻlgan “Besh tashabbus” xonalarida talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.
🔤🔤🔤
Ma’rifat tadbirlari maktablarda davom etdi
25-sentyabr kuni tashkil etilgan “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida "Adib bilan dildan suhbat" qismining davomi sifatida Uchtepa tumanidagi Ko'kcha-oqtepa mahallasi va 245-maktab bilan hamkorlikda yozuvchi Doniyor Begimqulov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
25-sentabr kuni Xitoyning Phoenix International Publishing and Media tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Ushbu tashkilot dunyodagi 12 ta yirik nashriyotlar qatoridan o‘rin olgan nufuzli tashkilot hisoblanadi. Asosiy faoliyati maktabgacha, maktab, oliy ta’lim va boshqa sohalar uchun sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish va chop etishdan iborat. Phoenix International Publishing and Media tashkiloti Xitoydagi minglab nashriyotlar orasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ish olib boruvchi muhim davlat muassasasidir.
Muloqqot chog‘ida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi samarali hamkorlik, O‘zDJTU faoliyati, xitoy tilini o‘qitilishi va XXR OTMlari bilan aloqalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdilar.
Nashriyot rahbari Hu janoblari va delegatsiya a’zolari O‘zDJTU xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Xakimova va xitoy tili o‘qituvchisi G. Ro‘zumova hammuallifligida yaratilgan “Xitoy tili” darsligi hamda mamlakatshunoslikka oid Xitoy va Jansu provinsiyasi haqidagi adabiyotlar, maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan xitoy tili bo‘yicha kitoblar taqdimotini o‘tkazdilar.
Tomonlar ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zDJTUda “Xitoy tili + kasbiy ko‘nikmalar markazi”ni tashkil qilish kabi masalalarni muhokama qildilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🏆 Voleybol boʻyicha “Ittifoq kubogi” oʻtkazildi
🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashabbusi bilan 🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida sportning futbol turi boʻyicha “Ittifoq kubogi🏆” oʻtkazildi.
🏐 Unda universitetimizning barcha fakultetlari talabalaridan tashkil topgan jamoalar oʻzaro bahslashdilar.
🏆 Yigitlar oʻrtasidagi musobaqa gʻoliblari:
🥇-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti jamoasi — 1,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — Sirtqi va kechki ta’lim fakulteti jamoasi — 700,000 soʻm;
🥉-oʻrin — Ingliz tili uchinchi fakulteti jamoasi — 500,000 soʻm pul mukofoti💰 va 🇺🇿 diplom bilan taqdirlandilar.
🏆 Qizlar oʻrtasidagi musobaqa gʻoliblari:
🥇-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti jamoasi — 1,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — Ingliz filologiyasi fakulteti jamoasi — 700,000 soʻm;
🥉-oʻrin — Ingliz tili ikkinchi fakulteti jamoasi — 500,000 soʻm pul mukofoti💰 va 🇺🇿 diplom bilan taqdirlandilar.
🎉 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!
🔥 Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi musobaqalarimizda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
#ittifoq_kubogi #futbol #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟦🟦
25-sentyabr kuni OʻzDJTUda navbatdagi dissertatsiya ishlari ilmiy muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Unda Ziyadullayev Ilxom Oblakulovichning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Nemis tilida fe’l-neologizmlarning verbotsentrik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiyasining ilmiy seminar muhokamasi oʻtkazildi.
🎼 Ingliz tili uchinchi fakulteti talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Besh muhim tashabbus doirasida adabiyot, musiqa, san’atga doir turli xil tadbirlar muntazam tarzda tashkil etib kelinmoqda.
🪗Joriy yilning 24-sentyabr sanasida Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Sh.Hamdamova va ingliz tili integrallashgan kursi o’qituvchisi M. Azimova o'zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda turli xil darsdan tashqari mashg'ulotlar olib bordilar.
Jumladan, talabalar o'zlari yod olgan monologlardan namunalar o'qishdi, iqtidorli yoshlar o’zbek, turk va ingliz tillarida qo’shiqlar kuylashdi. Bundan tashqari, "Qiziqarli savollarga qiziqarli javoblar" ruknida savol-javobda qatnashdilar.
❗️Firibgarlardan ogoh bo‘ling!
🚨👮🏽♂️Валижон Шамсиевни фирибгарлар чув туширди, 35 000 000 га алдаб кетишди.
❗️Фирибгарлардан огоҳ бўлинг!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 iibb_uz">Threads
0️⃣0️⃣0️⃣
24-sentyabr kuni OʻzDJTU Marketing va amaliyoti bo’limi boshlig’i Alisher Abidjanov boshchiligida fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari,kafedra mudirlari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Dastur “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yashkil etildi.
🟦🟦🟦
24-sentyabr kuni Marketing va amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Alisher Abidjanov tomonidan fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash bo‘yicha kelishib olindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-sentabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili amaliy fanlar kafedrasi professor o‘qituvchilari va kafedraning xotin-qizlar kengashi rahbari N. Nazarova tomonidan talabalar yotoqxonasida "Qo‘li gul qizlar" nomli to‘garak o‘z ishini boshladi.
Dastlabki dars N. Nazarovaning master klassi bilan boshlandi, unda qizlar olib kelingan buyumlardan turli xil ro‘zg‘or buyumlarini yasash bilan davom ettirildi.
To‘garak oxirida talaba qizlarning turli xil savol va javoblari muhokama qilindi va unda joriy yil 1-kursga qabul qilingan talabalarga ayniqsa ma’qul bo‘lgani ta’kidlandi va ularga o‘zlari qiziqqan savollariga javoblar va ma’lumotlar berish hamda to‘garak har oyda bo‘lib o‘tish haqida ta’kidlanib, to‘garakning birinchi darsi o‘z nihoyasiga yetdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
23-sentyabr kuni Ingliz tili 1 fakulteti dekanatining 1-kurs talabalari va ularning ota-onalari bilan “Ochiq muloqot” tashkil qilindi.
Tadbir davomida talaba va ularning ota-onalariga quyidagi masalalar atroflicha tushuntirildi:
1. Talabalarning davomati va fanlarni o‘zlashtirishi;
2. Salomlashishi odobiga rioya qilish;
3. Universitet odob-axloq qoidalari;
4. Kredit-modul tizimi;
5. Universitetda yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish;
6. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qoidalari, taqiqlangan saytlardan foydalanmaslik;
7. Murojaatlar tartibi;
8. Korrupsiyaga birgalikda kurashish.
💻📺📺
25-sentyabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan tadbir dasturlaridan videolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🇺🇿 🇺🇿 🤝🌏👨🏫👩🏫
🖋 Hamkorlik memorandumi imzolandi
📄 25-sentyabr kuni Yangi Oʻzbekiston universitetida poytaxtimizda joylashgan nufuzli oliygohlar yoshlar yetakchilari tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
🤝 8 ta universitet yetakchilari imzolagan ushbu bitimga koʻra quyidagilarga kelishib olindi:
🤔 Ishtirokchilar o‘z vakolatlari doirasida va davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq quyidagi sohalarda hamkorlik qiladilar:
✍️ talabalarning ijtimoiy-madaniy faoliyatini oshirishga ko‘maklashish;
✍️ kelishilgan tadbirlarda ilmiy qiziqishlarni oshirish;
✍️ talabalarning sport hayotini yaxshilashga yordam berish;
✍️ o‘zaro manfaatli boshqa sohalar.
🤔 Hamkorlik yo‘nalishlari quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
🔺universitet klublari hamkorligida qo‘shma intellektual va ilmiy dasturlar yaratish;
🔺talabalar, talabalar kengashi va ma’muriyat o‘rtasida kelishilgan fikr, axborot va o‘quv adabiyotlari almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
🔺qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda yordam berish;
🔺ilmiy tadqiqotlar olib borish;
🔺turli universitetlardagi talabalar hayoti haqidagi ma’lumotlarni takomillashtirish, birlashtirish va almashish uchun yagona “USP” platformasini ilgari surishda yordam berish;
🔺mazkur memorandum ishtirokchilari uchun umumiy “Rekordlar kitobi”ni yaratish, shuningdek, kelgusida qayd etiladigan rekordlarni kuzatish uchun har bir universitetda vakillar guruhini shakllantirish;
🔺tajriba almashish uchun qo‘shma tadbirlar, xususan, konferensiyalar, seminarlar, treninglar, ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, davra suhbatlari va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkil etish;
🔺sport tadbirlarini tashkil etish, jumladan, memorandum ishtirokchilarini professional darajaga ko‘tarish uchun futbol turnirlarini o‘tkazish;
🔺madaniy tadbirlarda ishtirok etishdan tashqari milliy va an’anaviy musiqaga qiziqishni jonlantirish maqsadida universitetlararo mumtoz musiqa ansamblini tashkil etish;
🔺universitetlar “Feminine community” lari o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
🔺o‘zaro manfaatli hamkorlikning boshqa shakllari.
📺📺
Ma’rifat tadbirlari doirasida 4-TTJga buyurilgan tashrif dasturidan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
OʻzDJTU va Uchtepa tumanidagi Ko'kcha-oqtepa mahallasi hamda 245-maktab bilan hamkorlikda tashkil etilgan ma’naviyat tadbiridan fotolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
“Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🔔 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika xorijiy tillar fan olimpiadasi tashkil etilmoqda.
📌 Ushbu olimpiadada Respublikaning deyarli barcha oliy o'quv yurtlarida tahsil oluvchi talabalar:
🇺🇸 ingliz tili;
🇩🇪 nemis tili;
🇫🇷fransuz tili;
🇮🇹 italyan tili;
🇪🇸 ispan tili;
🇰🇷 koreys tili;
🇨🇳 xitoy tili;
🇯🇵 yapon tili;
🇸🇦 arab tili fanlari bo'yicha bellashishadi.
➡️ Olimpiada 4 bosqichda tashkil etiladi:
26-sentyabr kuni 1,2,3-bosqich;
27-sentyabr kuni 4-bosqich.
☄️ Olimpiadada ishtirok etuvchi barcha talabalarga omad tilaymiz!
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
25-sentyabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
KOIKA volontyorlar dasturi koordinatori Miss Li Yubin, dastur bo‘yicha mutaxassis Ilxomjon Ro‘ziboyevni O‘zDJTU mas’ullari kutib oldi.
Mehmonlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X.Yuldashev, Koreys tili kafedrasi mudiri Ji Mun Gun, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev ishtirok etdi.
🟦🟦🟦
Xabar berganimizdek, 26-27-sentyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
👨🏫👩🏫
OʻzDJTUda filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga oid Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi.
Dasturda rektor I.Tuxtasinov, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Ilmiy kengashda Zakirova Nilufar Rustamovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz va rus yozuvchilarining badiiy asarlarida intertekst funksiyalari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦
24-sentyabr kuni OʻzDJTU psixologi Z.Xayrullaeva hamda Roman-german filologiyasi fakulteteti tyutorlari hamkorligida 6-TTJga tashrif amalga oshirildi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish, ularning ijtimoiy-psixologik holatidan xabardor bo’lish v kerakli tavsiyalarni berishdan iborat bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#psixologik_trening
24-sentabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti kechki ta’lim 1-bosqich talabalari uchun seminar-trening tashkil qilindi.
Seminarda universitet psixologi Z.Xayrullayeva, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova hamda tyutor S.Nurullayevalar ishtirok etishdi.
Talabalarga ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarashlar yuzasidan jamoaviy tarzda maslahat va tavsiyalar berildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib taqdirlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 247-sonli “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tashkil etilmoqda.
Mazkur fan olimpiadasi 26-27-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tadi. Olimpiadani o‘tkazish uchun universitetda tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Xorijiy tillar fan olimpiadasiga ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari bo‘yicha yetuk tajribaga ega xalqaro darajadagi mutaxassislar hakamlik uchun jalb etilgan bo‘lib, bugun 24-sentabr kuni malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati a’zolariFarg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatidan universitetga tashrif buyurdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#fakultet_yangiliklari
🪐 Bugun O'zDJTU Roman- german filogiyasi fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi professor- o’qituvchilari ishtirokida, 6- sonli Talabalar turar joyida ,,Men ham maqola yozaman” nomli to’garak o’z ishini boshladi.
Bugungi Master-klass oldiga, ta’lim va amaliyot integrasiyasini rivojlantirishga hamda barkamol avlodni tarbiyalashda salmoqli hissa qo`shish maqsad qilindi.
🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Italiya Respublikasi Universitet va tadqiqotlar vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Birinchi O‘zbekiston-Italiya Ta’lim forumi” bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda Vazirliklar rahbariyati, Italiyaning 40 ga yaqin va respublikamizning 60 ga yaqin universitetlari rektorlari hamda prorektorlari ishtirok etmoqda.
Forum dasturiga ko‘ra, ikki mamlakat ta’lim vazirlari ishtirokchilarni samimiy qutladilar hamda mazkur anjuman davlatlarimiz o‘rtasidagi ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarishda o‘ta muhim rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tdilar. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Italiya oliy talim muassasalari rektorlari tomonidan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va memorandumlarni imzolash marosimi tashkil etildi.
Forumda ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov Italiyaning Salento, Florensiya universitetlari va Peruja xorijliklar universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi. Shuningdek, ushbu universitetlar bilan ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqot sohalarida aloqalarni rivojlantirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va ularda ishtirok etish orqali malakali kadrlar tayyorlash hamda boshqa shu kabi yo‘nalishlardagi istiqboldagi rejalar batafsil muhokama qilindi.
Forum ishi davom etmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
23-sentabr kuni Janubiy federal universiteti rektori Shevchenko Inna Konstantinovna va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Ruben Arturovich Sutsiashvili O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida, Janubiy federal universitet rektori va prorektori Rus filologiyasi fakultetida Rus tili markazi faoliyatini bilan tanishdi va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng, mehmonlar bilan O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomon uchun manfaatli masalalar muhokama etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt