0️⃣0️⃣0️⃣
Talabalar turar joylarida tashkil etilgan toʻgaraklar oʻz faoliyatini davom ettirmoqda
12-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova hamda Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchisi, "Qo'li gul qizlar" to'garagi rahbari N.Nazarova tomonidan 6-talabalar turar joyida to‘garak o‘z ishini davom ettirib, talaba-qizlar bilan bejirim diademalar yasash mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
#davra_suhbati
Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan 12-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Achilova, kafedra Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchilar va 6-TTJ talabalari bilan “Erta turmushni oldini olish va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari”, “Yoshlarni oilaga tayyorlash” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida faoliyat yuritayotgan barcha guruh tyutorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Dasturda OʻzDJTU O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i Y.Azzamov, Talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi A.Namozov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi D.Xamdamov, fakultet dekan muovinlari, tyutorlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
1️⃣1️⃣1️⃣
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 269-son buyrugʻining 3.6-bandida mahalla yoshlari oʻrtasida turli tadbir, koʻrik-tanlov, musobaqalar tashkil etish belgilangan. Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida
Bellashuvning yarim final bosqichi “Xuroson” va “Davlatobod” MFY yoshlari oʻrtasida boʻlib, unda “Hamdoʻst” MFY yoshlari 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Final o‘yini esa “Davlatobod” va “Paxtakor” MFY yoshlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash oʻrinli, bu ikki jamoa musobaqaning eng kuchli jamoalari sifatida oʻzini namoyon etdi.
📊 2024-yil 9-oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings-2025 reyting natijalarini e’lon qildi.
☄️ Bu yilgi reytingda Oʻzbekistondan jami 48 ta oliy ta’lim muassasasi “Reporter” maqomida qayd etildi va undan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham yana bir bor munosib o'rin egalladi.
🖥 Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THE ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda Reyting agentligi ularga yaqindan yordam berdi. Reyting boʻyicha universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.
2️⃣2️⃣2️⃣ 🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 672F/14-sonli farmoyishiga muvofiq, 2024-yilning 11–14-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Qatar madaniyati haftaligi” tashkil etilmoqda.
1️⃣1️⃣1️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali atrofida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish davom etmoqda
Atoqli adiblarning haykallari poyida 2024-yil sentyabr-oktyabr oylarida oliy taʼlim muasssalari tomonidan ommaviy sport musobaqalari boʻyicha tadbirlarni tashkil etish reja-jadvaliga muvofiq
🔰Ingliz tili 2-fakulteti 3-bosqich talabalari bilan guruhiy trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
✅Trening 11-oktabr sanasida universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet tyutori Sh.Kadirova hamkorligida boʻldi.
Mashg‘ulot-trening - shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko‘nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgan, shuningdek, Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir.
⚡️“SALOMIMNI YO’LLAYMAN”,
“JOY ALMASHISH” o'yinlari, “MINNATDORMAN” usuli, “SO‘ZSIZ ALOQA” meʼtodlari hamda psixogimnastikadan keng foydalanildi.
💻 🏆
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-sonli talabalar turar joyida 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, kitobxonlik, kompyuter texnologiyalari, hunarmandchilik va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida
Tarjimonlik fakulteti 2-bosqich talabasi Joniqulova Dinara va Rus filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi Madinaxon Soliyevalar tayyorlagan video roligi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
10-oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jog‘orqi Kengesi, xalq deputatlarining viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi saylov tadbirlariga tashrif buyuradigan xorijiy kuzatuvchilarga hamrohlik qiluvchi tarjimon o‘qituvchilar va talabalar uchun O‘zDJTUda tashkil etilgan seminar 11-oktabr kunida ham o‘z ishini davom ettirdi.
Tadbirning ikkinchi kunida kuzatuvchi sifatida tashrif buyuradigan xorijiy mamlakatlarning nufuzli tashkilotlari rahbarlari va vakillariga hamrohlik qilish uchun jalb etilgan, xorijiy tillarni mukammal biladigan, malakali professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar, ingiz, nemis, fransuz, ispan, italyan, rus, arab, fors, xitoy, koreys, yapon va boshqa tillar bo‘yicha tarjimonlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda yana bir qator oliy ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislari va professorlari ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, saylov tizimi va jarayonlar, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida olib borayotgan ishlari, xalqaro kuzatuvchilarga hamrohlik qilishning o‘ziga xos jihatlari, tarjimonlik mahorati, muloqot va kiyinish madaniyati kabi masalalarda batafsil ma’lumotlar va tushuntirish berib o‘tdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor stipendiyasi” tanlovi talabgorlarining Davlat tilini bilish bo’yicha IMTIHON NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻💻💻
11-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovining davlat tilini bilish bo’yicha imtihoni o’tkazildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti maxsus komissiyasi a'zosi, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V.Sadiyev tomonidan iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur imtihon sinovlari tantanali ravishda ochib berildi.
🟦🟦🟦👨🏫👩🏫
11-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda Subhonova Anora Akmal qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha yoshdagi bolalarda ingliz tili og‘zaki nutqini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ilmiy dasturda oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
ZOOM onlayn dasturi orqali ham bo‘lib o‘tgan seminar davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga asosli javob berib o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦👨🏫👩🏫
11-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi tashkil etildi.
Ilmiy seminarda tadqiqotchi Tursunqulov Sanjar Dilmurod o‘g‘lining 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “XX asr birinchi yarmi ispan prozasining poetik xususiyatlari (Ramon Mariya del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessi asarlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Dasturda ishtirok etgan oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar himoyachiga mavzusi doirasidagi o‘z fikrlarini bildirdi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi. Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tadbir
OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida 11-oktabr "Xalqaro qizlar" kuni munosabati bilan “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tanlov fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova hamda tyutorlar M.Abdullayeva, N.Mannonova, N.O‘roqboyevalar tashabbusi bilan tashkil etildi.
Fakultetning 9 nafar uddaburon talaba-qizlari 3ta shart asosida oʻzaro bellashishdi. Shartlar esa quyidagicha;
1. Tanishtiruv,
2. Salat tayyorlash,
3. Erkin mavzu.
Tanlov ishtirokchilari oʻz iqtidori, mahorati, yetakchilik qobiliyati hamda salohiyatini toʻlaqonli namoyon eta olishdi.
Tanlov natijasiga koʻra, ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi, gʻoliblarga sertifikat va esdalik sovgʻalar topshirildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
#jarayon
Talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o‘qituvchilari F.Normaxmatova, S.Alikulova, N.Karimova, I.Jo‘rayeva, B.Xayitboyev va Q.Ro‘ziboyevlar tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Talabalarning bilimini sinash, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘yin davomida talabalar o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etishdi. Yakunda g‘oliblar aniqlandi va ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yuqorida qayd etilgan o‘qituvchilar 5-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlarini ham o‘rganishdi.
Suhbat davomida talabalarning ehtiyojlari, shuningdek, shaxsiy va o‘quv jarayonidagi qiyinchiliklari muhokama qilindi. Talabalar turar joyi ma'muriyati bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
2️⃣2️⃣2️⃣
12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro Qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir – Qizlar forumi oʻtkazildi.
OʻzDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti va "Qizlarjon klubi" yetakchilari mas'ulligida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida tashkil qilindi.
#trening
Talabalar turar joyi bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, 11-oktabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Dastur davomida talabalar bilan birgalikda qiziqarli tarzda "O‘z qo‘rquvingni yeng" nomli trening olib borildi. Shuningdek, kayfiyatni ko‘tarish uchun qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Mantiqiy savol-javoblar orqali talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyati yanada oshirildi.
🗣Tyutorlar malaka oshirish kursi davom etmoqda
🏛 Xabaringiz bor, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan. Mazkur kurs mashg‘ulotlarida tyutorlarga talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasbga yo‘naltirish, muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish, taʼlim muassasalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada yuksaltirish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berilmoqda.
☑️Dars mashg‘ulotlari bilan bir qatorda tinglovchilarni markaz faoliyati hamda talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan tanlovlar bilan tanishtirish maqsadida markaz bo‘lim boshliqlari tomonidan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
⏺Bugun kurs tinglovchilari uchun “21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi. Tadbirni markaz direktori Ravshonbek Xudayberganov ochib berib, tinglovchilarga talaba-yoshlar orasida davlat tiliga hurmat va o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini oshirish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berdi. Tadbir davomida kursning faol tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.
Bizni kuzating:
📹 📺📺
OʻzDJTU talabasi tomonidan tasvirga olingan “Qatar madaniyati haftaligi” tadbir dasturlaridan lavhalar
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
8-oktyabr kuni OʻzDJTU Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Tashniyozova Shoira Xolmuradovna tomonidan Ingliz tili 1-fakultetida ochiq dars o'tkazildi.
Dars davomida Ispaniya kuni, uning tashkil etilishi, ta'lim tizimiga oid turli ma'lumotlar berildi, ispancha kuy-qo'shiqlar, raqslar namoyish etildi.
Dars mavzusi "Día de la hispanidad” taqdimotlar bilan yoritib berildi. Mashg’ulot davomida mavzuga oid turli o’yinlar o’tkazildi, muammoli topshiriqlar bajarildi. Mavzu bo’yicha talabalar yetarlicha ma'lumotga ega bo’lishdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixodiagnostika mashgʻulotlari o'tkazildi.
11-oktyabr kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Dastur universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet birinchi bosqich tyutorlari N.O'roqboyeva, Sh.Bo'stonova va N.Mannonova hamkorligida psixodiagnostika mashgʻulotlari tashkil etildi.
Psixodiagnostika jarayonlarida aniqlangan muammolar yuzasidan talabalar bilan individual va jamoaviy tarzda suhbat olib borildi.
📍 Ingliz filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#volontyor_talabalar
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Tarjimon-volontyorlar" guruhi faoliyat yuritmoqda.
Fakultet dekani G.Ergasheva tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur guruh a'zolari, yani volontyor-talabalar 1 oy vaqt mobaynida xalqaro konferensiyalar hamda turli tadbirlarda tarjimon sifatida faol ishtirok etib kelishmoqda.
Guruhda talabalar oliygohda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda ham sinab ko‘rishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Endilikda guruh a'zolarining tarjimonlik sohasiga oid bilimlarini yanada oshirish maqsadida turli davra suhbatlari, seminar-treninglar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi doirasida tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylandi.
Ushbu an’anani davom ettirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 9-oktyabr kuni universitetimizning barcha fakultetlarida “Milliy liboslar kuni" aksiyasi doirasida tadbir o‘tkazilmoqda.
Shu munosabati bilan, O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova hamda fakultet tutorlari boshchiligida oliygohimiz talabalari haftalikda faol ishtirok etmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔵 REKTOR VA YOSHLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.
Shunga ko‘ra, O‘zDJTU rahbariga ham “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj bo‘lgan, e’tibor talab etuvchi yoshlar biriktirilgan.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor stipendiyasi” tanlovi talabgorlarining O‘zbekiston tarixi bo’yicha IMTIHON NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
Yuldashbekova Saida Sultonovna Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Юлдашбекова Саида Султановна назначена на должность заведующего отделом информационной службы и связей с общественностью Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Yuldashbekova Saida Sultanovna was appointed to the position of head of Information Service and Public Relations Department of Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦👨🏫👩🏫
11-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilish kun tartibidan Ismailova Ma’rifat Baxrambek qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tilini o‘qitishda B2 darajadagi talabalarning strategik kompetensiyasini muammoli texnologiya asosida takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi o‘rin oldi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi. Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 #Psixolog_va_Talaba
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida seminar trening tashkil etildi.
Ushbu seminar trening 11- oktyabr kuni universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet birinchi bosqich tyutorlari N.O‘roqboyeva, Sh.Bo‘stonova va N. Mannonova hamkorligida Psixodiagnostika jarayonlari orqali olib borildi.
Psixodiagnostika jarayonlarda ishtirok etgan talabalarda aniqlangan muammolar yuzasidan talabalar bilan individual va jamoaviy tarzda suhbat va mashg‘ulotlar olib borildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣1️⃣1️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining har bir talabalar turar joyida tonggi badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etilmoqda.
Talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tonggi mashgʻulotlar talabalar yotoqxonalari hovlisida har kuni ertalab soat 6:00 dan 7:00 gacha boʻlib oʻtmoqda.
Universitetimizning har bir talabasini sogʻlom hayot sari chorlab qolamiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt