uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

27-noyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti  xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Achilova boshchilida “Kitobxon ona - kitobxon bola” deb nomlangan  uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet tyutorlari va talaba qizlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad talaba qizlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishdan iborat.


📍Roman-german filologiyasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tabiiy fanlar  kafedrasi, Universitet mehnat muhofazasi bo‘limi, Uchtepa tuman FVB bilan hamkorlikda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha yong‘in xavfsizlik oyiligi doirasida Ingliz tili 2-fakultetida talabalar bilan profilaktik uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

Bunda talabalar Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va yong‘in xavfsizligi xodimlaridan yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanishga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. Shuningdek, yong‘inga qarshi choralar ko‘rish hamda uning xavfsizlik normalari tasvirlangan videorolik namoyish etildi. Bundan tashqari yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan talabalarga xavfsizlik choralarini qanday ko‘rish mumkinligi amaliy ko‘rinishda ham ko‘rsatildi.

Ushbu uchrashuv talabalar xavfsizligi manfaati uchun foydali davra suhbati bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida

28-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakultetida Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri q/x.f.d. professor D.Yormatova tashabbusi bilan “Bu mening yashil sayyoram” nomli eko-insholar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlovda Ingliz tili 1-fakultetining 300 dan ortiq talabalari ishtirok etishdi. Dastur yakunida saralab olingan 20 nafar talabalarning yozgan eko-insholari g‘olib deb topildi.

Talabalar o‘z ishlarida global isish, tabiatni asrash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda shaxsiy fikrlarini ko‘rsatib o‘tdilar. Insholar aniqlik, mazmundorlik va ijodiy yondashuv bo‘yicha baholandi.

Tanlov yakunida g‘oliblar va faol qatnashchilar maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi tanlovlar talabalarning ijodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#korrupsiyaga_qarshimiz

🔷 Sharq filologiyasi fakultetida "Biz Korrupsiyaga qarshimiz" nomli rasmlar tanlovining fakultet bosqichi boʻlib oʻtdi

👉 Batafsil...

🌐 Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida  tadbir tashkil etildi.


Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusi doirasida tashkil etilgan tadbirda universitet rahbariyati vakillari hamda  Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat  tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.

Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat  tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov tadbirni ochib berib, talabalarga har qanday korrupsion holatlarga qarshi turish va ularning oldini olish borasida fikr mulohazalarini bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Talabalar am mazkur mavzuda o‘z fikrlarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida  “Eng yaxshi rasmlar”  tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektor V.Sadiyev, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yusupov hamda Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat  tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov ochib berib, mahorat bilan tasvirlangan rasmlarni baholadi va  o‘z fikrlarini bildirdi.

Mazkur tanlovda 50 dan ortiq talabalar fakultet bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, universitet bosqichida ishtirok etishdi. Har bir talaba o‘zining  korrupsiyaga qarshi tasvirlangan rasmini tariflar bilan izohladi.

Ma’lumot uchun:  G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin — 3 million so‘m;

 2-o‘rin — 2 million so‘m;

 3-o‘rin — 1 million so‘m.

Natijalar tez orada e’lon qilinadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣

В Москве пройдёт 1ый Евразийский конгресс лингвистов


9-13 декабря 2024 года в Москве планируется крупное международное научное событие – Первый Евразийский конгресс лингвистов с участием более 500 ученых из 40 стран мира, включая участников, представляющих УзГУМЯ.


В рамках конгресса будут рассмотрены ключевые направления развития современной лингвистики, имеющие первостепенное значение в подготовке педагогических кадров, специалистов в области лингвистического образования, межъязыкового общения и межкультурной коммуникации.

🔗 К прямой трансляции конгресса можно подключиться, пройдя по ссылке: https://eacling.org/

🌐 Мы в социальных сетях:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, Xorijiy filologiya kafedrasi dotsenti, Ruzmetova Dildora Adilbekovna tomonidan doktorant va izlanuvchilar uchun “Chet tili o‘qitish metodikasi ixtisosligida ilmiy tadqiqotlar olib borish tartibi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda hozirgi kunda metodika sohasida mavjud dolzarb masalalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun e’tiborga olish zarur bo‘lgan jihatlar va muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Seminar so‘ngida tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachidan foydali taklif va tavsiyalar olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💟💟💟

🇺🇿 Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti

🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti

🇺🇿 "25-noyabr jahon hamjamiyatining xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurshish kuni " munosabati bilan

🇺🇿 Psixolog - Shahzoda Boʻstonova hamda fakultet talabalari:

🔻Zikriyoxonposhsha Sobirova
Ruhshona Nuriddinova
Bexruzbek Rasuljonov
Azamat Joʻraxonov
Bobur Farmonov


tomonidan tayyorlangan video rolik.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

27-noyabrda OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi oʻqituvchisi M.F.Polvonova tomonidan ilmiy seminar oʻtkazildi.


Dastur davomida “Pul birliklarini ifodalovchi komponentli frazeologizmlarning semantik va pragmatik xususiyatlari” mavzusida muhokama tashkil etildi.

Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi mudiri M.O.Abduvahobova soʻzga chiqib, frazeologiya ingliz tilida keng tarqalgan lingvistik hodisa ekani, uni har tomonlama chuqur egallashning ham nazariy, ham amaliy ahamiyati kattaligi, chunki bu hodisani yaxshi egallash frazeologik iboralarni toʻgʻri va joyida ishlatish koʻnikmalarini shakllantirishi toʻgʻrisida ma’lumot berdi.


Ilmiy seminar uchun tanlangan mazkur mavzu dolzarb, qiziqarli va ingliz tili amaliyoti bilan yaqindan bogʻliq boʻlib, ishtirokchilar ushbu dastur orqali zarur va qimmatli bilim-koʻnikmaga ega boʻlganini ta’kidlashdi.

Yakunda M.F.Polvonova tomonidan oʻtkazilgan ilmiy seminar ijobiy deb baholandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

22-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi Madina Shakirova tomonidan “Ingliz va oʻzbek idiomatik birliklarida rang konseptining ifodasi” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.


Talaba yoshlar va kafedra professor-oʻqituvchilari uchun oʻtkazilgan ilmiy seminarda mavzu yuzasidan kerakli tushunchalar berildi.

Dastur davomida talabalar uchun maxsus vazifalar tayyorlanib, ular a’lo darajada bajarildi. Shuningdek, seminar mohiyati doirasida ilmiy ish mavzusi va dolzarbligi yuzasidan ilmiy faoliyati yuqori va tajribaga ega ustozlar o’z fikrlarini bildirib o’tishdi.


Tadbirni tashkil etishda mavzuga oid boʻlgan oʻquv metodlari qoʻllanildi va matnlarni tarjima qilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni oson yoʻl bilan hal qilish texnikalarini tajribada sinab koʻrishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

📣 Uchinchi talabalar turar joyida bepul ingliz tili kurslari tashkil etilmoqda.

👨‍🏫 Darslar sizning ingliz tilini bilish darajangizdan kelib chiqib, C1 va IELTS 7+ holderlari tomonidan bepul olib boriladi. Shuningdek, darslarni mustahkamlash uchun til mutaxassisi boʻlgan oʻqituvchilar ham jalb qilinadi.

✈️ Savol va murojaat uchun: @jalilova006

❗️Shoshiling! Darslarga tez orada start beriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Bugun O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari 1-kafedrasi katta o’qituvchisi X.M.O’rinboyevaning “Writing for Impact: Scientific and Academic Articles” talabalarni ilmiy- tadqiqot ishlariga jalb qilish va ko’nikmalarini shakllantirish bo'yicha "Ilmiy ishda adabiyotlar tahlili" mavzusida fakultet talabalari uchun to'garak tashkil etildi.

To'garakda talabalarga:
-ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan adabiyotlarni tanlash va ularni tizimlashtirish;
-Adabiyotlarni tahlil qilishning asosiy yo’nalishlari;
-APA va GOST uslubida adabiyotlar ro'yhatini shakllantirish; -adabiyotlardan olingan ma'lumotlarga havola keltirish;
-Google Scholar, ResearchGate, Sci-hub, Sciencedirect platformalaridan ilmiy tadqiqot ishi uchun kerakli manbalarni qidirish va shunga o'shash ma’lumotlar berildi.


Yakunda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga kafedra katta o'qituvchisi X.M.O'rinboyeva tomonidan javob olishdi.

#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇮🇳 2024 yil 26 noyabr kuni Hindiston, Banasthali universitetida “International Seminar on Diversity of Languages and Cultures: Exploring Linguistic, Literary and Cultural Synergies across India, Central Asia and Europe” nomli xalqaro Ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

📑 Ushbu anjumanda O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L.Xoliyarov, katta o’qituvchi N.Ro’ziboyeva va o’qituvchi I.Xoliqulovlar O’zbekiston Respublikasi tarixi, ma’daniyati, tili va O’zDJTU tuzilishi, ta’lim yo’nalishi haqida anjuman ishtirokchilariga ma’ruza qildilar.


❇️ Shuningdek, Rossiya Skolkovskiy nomidagi fan va texnologiya instituti professorlari E.Xrameeva, A.Xaydarova va Aditya Shastri o’z maruzalari bilan qatnashdilar.

🔰 Anjuman so’ngida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg’alari ulashildi.


/channel/RGTT_TF

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇮🇳 2024 yil 23-27 noyabr kunlari hamkorlik doirasida Tarjimonlik fakulteti, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L.T.Xoliyarov, kafedra katta o’qituvchisi N.Ro’ziboyeva va kafedra o’qituvchisi I.Xoliqulov Hindistonning Rajastan shtati Vidyapith shahridagi Banasthali universitetiga tashrif buyurishdi.

♻️ Tashrifdan maqsad: Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish iborat bo’lib, ikki universitet professor-o’qituvchilarining almashinuvi, hamkorlikda ilmiy izlanish olib borish va talabalar bitiruv malakaviy ishlariga hamkorlikda rahbarlik qilish.


✍️ Shuningdek yoshlarga bir-birining madaniy va maʼrifiy boyliklarini kashf etish imkonini yaratish maqsadida talabalar almashinuv dasturini ishlab chiqish tog’risida memorandum imzolandi.

/channel/RGTT_TF

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" va yoshlarni yot g‘oyalarning ta'siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida "Jaholatga qarshi marifat bilan kurashish - davr talabi" mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Davra suhbatida Uchtepa tumani IIOFMB TQKB tezkor vakili S. Boljonov, katta leytenant D. Oʻrozqulova, universitet profilaktika inspektori M. Nurmuhamedova, dekan muovinlari, fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Achilova, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.


♻️Suhbat davomida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash, zoʻravonlikni oldini olish masalalari yuzasidan xodimlar tomonidan tushuntirishlar berib oʻtildi. Talabalar o‘z fikrlarini bildirib, dolzarb mavzular bo‘yicha savollar berdilar.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

25-noyabr kuni Tabiiy fanlar kafedrasi professori X. Xushvaktova va Ingliz tili birinchi fakulteti 3-kurs talabalari bilan ekologik muammolarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni zamonaviy ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va yechimlari haqida xabardor qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishda shaxsiy mas’uliyatni oshirishdan iborat edi.

Tadbir interaktiv savol-javoblar va jamoaviy muhokamalar shaklida o‘tdi, bu esa talabalarning ekologik savodxonligi va faolligini oshirishga hissa qo‘shdi. Tadbir yakunida talabalar o‘z ekologik madaniyatini yanada yuksaltirishga intilishini bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili o'qitish metodikasi №3 kafedrasida "Lingua Spectrum" jurnali tashkil qilindi.


Mazkur jurnalda darajaga ega boʻlgan professor-o'qituvchilar hech qanday to'lovsiz maqola nashr etish imkoniyatiga ega.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Jurnal yanvar oyidan OAK tasarrufiga kiritilishi rejalashtirilmoqda.

🔗 Jurnal havolasi: https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/issue/view/2

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 29-noyabr sanasida Xalqaro jurnalistika fakulteti huzuridagi 10.00.09-Jurnalistika ixtisosligi bo'yicha navbatdagi Ixtisoslik kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Kun tartibida 2 nafar tayanch doktorant va 15 nafar mustaqil izlanuvchilarning mavzulari muhokama qilindi.


⚡️Majlisni f.f.d (DSc), professor A.Karimov ochib berdi. Shuningdek, Ixtisoslik kengash kotibi f.f.d (DSc) D.Aminova, f.f.d (DSc) K.Ismailova, f.f.d (DSc) B.Alimov va f.f.d., professor F.Mo'minovlar taqdim etilgan mavzular yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirib, tanlangan mavzular ahamiyati va dolzarbligi yuzasidan fikr almashdilar.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida  “Eng yaxshi rasmlar”  tanlovidan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

29 noyabr kuni Yaponiyaning raqamli universiteti (JDU) vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.


Delegatsiya vakillari: Yaponiyaning raqamli universiteti (JDU) ta’sischisi va vasiylik kengashi raisi Xaga Xiroaki, Vasiylik kengashi a’zosi Kondo Toshiko, Toshkentdagi JDU rektori Mamajonov Ravshanbek, Toshkentdagi JDUning Ta’limni loyihalashtirish masalalari bo‘yicha prorektor Munojot Umarovalar tashrif buyurdi.

Mehmonlar, O‘zDJTU tomondan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nosirov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M.Xamroyev, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Abidjanov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi V.Amanov va Huquqshunos F.Mirzayevlar  tomonidan kutib olindi. 

Uchrashuvda, JDU bilan O‘zDJTU o‘rtasida 2020-yilda imzolangan shartnoma bandlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, 2024-yildagi 5 nafar JDU bitiruvchilariga diplomlar topshirish tadbirini o‘tkazish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

29-noyabr kuni Fransiyaning Shimoliy Sorbonna Universiteti va O‘zDJTU o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga binoan Sorbonna Universiteti doktoranti Catherine Ayme O‘zDJTUga tashrif buyurdi.


Tashrif Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor A.Nosirov va Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximovalar bilan uchrashuv bilan boshlanib, Shimoliy Sorbonna Universiteti va O‘zDJTU o‘rtasida Erasmus+ dasturi bo‘yicha o‘qituvchi, doktorant va talabalar almashinuvi loyihasini yakuniga yetkazish, Sorbonna universitetidan malakali professor-o‘qituvchilarning O‘zDJTUga kelib dars va master-klasslar o‘tishi, ushbu universitet talabalarini ham O‘zDJTUga kelib bir semestr davomida tahsil olishlarini tashkil etish imkoniyatlari haqida har ikki tomon muzokaralar olib borishdi hamda har ikki tomonning rahbariyati va mas’ullari tomonidan ma’qullangach yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishildi.

Shundan so‘ng Catherine Ayme Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦
29-noyabr kuni O‘zDJTUda “To‘maris izdoshlari” nomli milliy tanlovining fakultetlararo universitet bosqichi o‘tkazildi.


Unda talaba-qizlar 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. “Tanishtiruv”, “Vatanparvarlikni madh etuvchi sahna ko‘rinishi yoki videorolik”, 100 metrga yugurish bo‘yicha “Sport bilan hamnafasmiz”, “Erkin mavzu” shular jumlasidandir.

Tanlov shartlari bo‘yicha talaba-qizlarning chiqishlari Uchtepa tuman Ichki ishlar xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim mas’ullari tomonidan baholab borildi.

Tanlov yakunida ishtirokchilar 3 ta faxrli o‘rin hamda nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.
1-o‘ringa Tarjimonlik fakulteti;
2-o‘ringa Ingliz tili 3-fakulteti,
3-o‘ringa Rus filologiyasi fakulteti;
talaba qizlari sazovor bo‘ldi.


Tanlov talaba-qizlarning ongida tariximiz, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizga chuqur hurmat va ehtiromini yuksaltirish, doimo yurt uchun qayg‘urish, sadoqat, vafodorlik, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, hayotda doimo g‘alabaga intilish va yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, qat’iyat, iroda va shukronalik hamda o‘z Vataniga va ilm-fanga bo‘lgan mehr-sadoqat hissini oshirishga xizmat qildi. Bu esa talaba-qizlar tomonidan taqdim etilgan sahna ko‘rinishlar hamda videoroliklarda o‘z ifodasini topdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida “Siyosatchilar va diplomatlar bilan video intervyu tashkil etish” mavzusida Webster universiteti professori Abbas Muzaffar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

✨ Dars davomida talabalarga muvaffaqiyatli intervyu olish sirlari, suhbatga tayyorlanish shartlari, to’g’ri savol berish mahorati bo’yicha nazariy ma’lumotlar berildi. Intervyu jarayonida kamera va chiroqlarni to’g’ri o’rnatish, tasvir maydonchasini to’g’ri tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar ko’rsatilib talabalar bevosita ishtirok etdi.

Mahorat darslari Siyosiy fanlar kafedrasi professorlari Sanjar Saidov hamda Nivedita Das Kundu tashabbusi bilan o’tkazildi.


#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Joriy yilning 23-27 noyabr kunlari OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L.Xoliyarov, kafedra katta o’qituvchisi N.Ro’ziboyeva va o’qituvchi I.Xoliqulovdan iborat delegatsiya Hindistonning Banasthali universitetiga tashrifi davomida ikki oliy o’quv yurtlari o’rtasida memorandum imzolanishi va xalqaro ilmiy anjumanda ishtirokidan tashqari universitet kutubxonalari, o’quv zallariga ham tashrif buyurildi.


💬 Tashrif mobaynida universitet Til va adabiyot fakulteti uchinchi bosqich talabalariga Nazira Ro’ziboyeva tomonidan “Fransuz komikslari” mavzusida dars o‘tib berildi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

"Konstitutsiyamizni bilasizmi?" – Talabalar uchun intellektual musobaqa!

OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti O‘zbekiston tarixi hamda Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedralari tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida "Konstitutsiyamizni bilasizmi?" nomli qiziqarli quiz tashkil etilmoqda.

📌 Manzil: OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti
Sana: 11-dekabr
📌 Ishtirokchilar: 5 kishidan iborat jamoalar

Shartlar:
1️⃣shart: Konstitutsiya va qonunchilikga oid savollarga javob berish;
2️⃣shart: Amaliy topshiriqlar;
3️⃣shart: Tarjima.

G'olib guruhlar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

✉️ Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: @Baxor_Sayfullayevna

Konstitutsiyamiz – huquqlarimiz va majburiyatlarimiz asosi! Keling, uni yanada chuqurroq o‘rganamiz!


❗️Barcha ishtirokchilarni faol qatnashishga chorlab qolamiz!

#Konstitutsiya2024 #Quiz #TalabalarBilimi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro universitetlar bilan hamkorlikni amalga oshirishda davom etmoqda.


27-noyabr kuni O‘zDJTU da Toshkent shahridagi Webster universiteti bilan hamkorlik doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Webster universiteti vakillari T.Hicks, O.Imomov, Sh.Xamidova, S.Kuzimurodov, F.Abdullayeva, A.Yusupova hamda O‘zDJTU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov, Ilmiy ishlar bo‘yicha O.Yusupov ishtirok etdi.


Ikki tomonlama uchrashuv va kelishuvlardan so‘ng Webster universiteti vakillarining O‘zDJTU talabalari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov 2018-yilda Webster universitetining filiali dastlab O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetida tashkil qilinganini e’tirof etdi, so‘ngra mehmonlar tomonidan Webster universitetining yo‘nalishlari haqida taqdimot qilindi va bu universitetga qanday hujjat topshirish haqida ma’lumotlar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Uchrashuv so‘ngida Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Yusupov talabalar o‘z kelajaklarini to‘g‘ri tanlashlari uchun tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🎗 Joriy yilning 28 noyabrida Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Nodira Usmanova TFRA-2410 guruh talabalari bilan 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan "Biz sog'lom turmush tarafdorimiz" nomli tadbir tashkillashtirdi.

🎗Tadbir davomida talabalar tomonidan OITSga qarshi kurashish haqidagi sahna ko‘rinishi hamda o‘zimizni asrashimiz kerakligini targ‘ib qiluvchi qo‘shiq kuylandi.


✳️ Tadbirda Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo‘ldoshev sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilib yashashning mohiyati haqida so‘z yuritdi. Kafedra mudiri L. Xoliyarov sog‘lom hayotga qadam tashlash va xavflarni oldini olish har birimizning qo‘limizdaligini ta'kidlab o‘tdi.


✳️ Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, dekan muovinlari Sh.Nazarov, S.Qoqirov, S.Ibragimov hamda guruh tyutori S.Tuxtasinovalar ham ishtirok etishdi.

✅ Ushbu tadbirdan maqsad, talabalarning OITS kasalligi boʻyicha tibbiy bilimlarini oshirishdan iborat.


📍/channel/RGTT_TF

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

28-noyabr kuni O‘zDJTUda   O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-noyabrdagi 427-sonli buyrug‘I ijrosi yuzasidan Talaba va o‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” tanlovini tashkil etildi.


 25-30-noyabr kunlari “Eng yaxshi dasturchi” tanlovining ta’lim muassasalarida guruhlar va fakultetlararo saralash bosqichida g‘olib topilgan yosh dasturchalar bugun bugun o‘z bilimlarini yana bir bor namoyon etishdi.

Tanlovda Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Payazov Mirabbos, Kafedra katta o‘qituvchisi Umarova Nodira, Raqamli talim texnologiyalar markazi RTTM markazi boshlig‘I Sobir Tuychiyev, Raqamli talim texnologiyalarini joriy etish bo‘lim boshlig‘i Zarif Absaitov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifat bo‘limi xodimlari ishtirok etdi va tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishini kuzatib bordi.

Tanlov natijalari quyidagicha:

1-o‘rin:      Tileubaev Sultanbek Muratbay o‘g‘li (ingliz tili 1-fakulteti)

2-o‘rinlar: Yuldasheva Asel Yerbolat qizi (ingliz tili 1-fakulteti)
                   Ibadov Bobur Ravshanovich (Ingliz filologiyasi fakulteti)
                   Jamoliddinov Shaxriyor Jamoliddin o‘g‘li  (Ingliz filologiyasi fakulteti)

3-o‘rinlar: Jurabayeva Zuxra Sobirjon qizi  (ingliz tili 1-fakulteti)
                 Qosimova Shohzoda Umidjon qizi (ingliz tili 1-fakulteti)
                Ergasheva Zarnigor Farrux qizi (ingliz tili 1-fakulteti)

G‘olib bo‘lgan ishtirokchi keyingi bosqichda yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🪩 Tarjimonlik fakulteti Roman – german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Dilfuza Latipova tashabbusi bilan joriy yilning 28 noyabr sanasida mohir tarjimon, ijodkor, qolaversa Iqtisod fanlari nomzodi, Turizm fidoiysi, Shuhrat medali sovrindori - Oybek Ostonov bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

📚 Tarjimon bilan suhbat davomida talabalar tarjimaga oid o'zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Ayniqsa o'zbek tilidan nemis tiliga tarjima qilish jarayonlari haqidagi ma'lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda tarjimaga oid kerakli tavsiyalarga ega bo'lishdi.


🗞 Oybek Ostonov Gafur G'ulomning "Shum bola", Abdulla Qahhorning "Anor", O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" hamda "Sharq donishmandligi yohud Buyuk Ipak Yo'li bo'ylab hikoyalar" asarining tuzuvchi muallifi va tarjimonidir.


/channel/RGTT_TF

Читать полностью…
Subscribe to a channel