🟥🟥🟥
6-iyun kuni boʻlib oʻtgan OʻzDJTU Kengashida ilmiy unvon olgan xodimlar taqdirlandi.
Universitet rektori Ilxomjon Madaminovich bugungi Kengashda Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Djurayev Dusmurod Uralovichni Professor unvonini olgani bilan tabrikladi.
Shuningdek, Ingliz tili funksional leksika kafedrasi mudiri Kushiyeva Nodira Xabibjonovnani ham Dotsent ilmiy unvonini olganligi munosabati bilan muborakbod etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
4-iyun kuni Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Oʻzbek adiblarining ijodlari talabalarimiz nigohida” nomidagi tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda OʻzDJTUning Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Sitora Norboeva hamda DAAD-Lektori Johanna Mayer va 3-kurs nemis tili yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalari ishtirok etdi.
Johanna Mayer Professor Karl Reyxlning "Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining shoh asari – “Alpomish” dostonining nemis tilidagi tarjimalari haqidagi oʻz fikrlari bilan boʻlishdi.
Tadbir davomida adiblar ijodiga bagʻishlangan qiziqarli va interfaol metodlarga asoslangan bahslashuvlar tashkil etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Moskva Davlat lingvistika universiteti va O'zJDTU hamkorligida ochilgan Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limida, 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalarining yakuniy bitiruv malakaviy ishlar himoyasi 5-6-iyun kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Shuningdek, Himoya jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zDTJU rahbariyat xodimlari oflayn tarzda hamda MDLU professor ustozlari ZOOM platformasi orqali bevosita onlayn kuzatishmoqda.
Bitiruv malakaviy ishi himoyasida talabalar tomonidan tanlangan mavzular bo‘yicha qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘luvchi taklif va mulohazalar keltirildi. Komissiya a’zolari tomonidan talabalar bitiruv malakaviy ishi obyektiv baholanmoqda.
Hozirda bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan talabalarlariga davlat namunasidagi ikki Diplomlarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Mazkur o‘quv yilida QTDni jami 38 nafar talabalar bitirilishi kutilmoqda.
🟨🟨🟨🟨🟨
🏆🏆🏆
🇺🇿 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Young University Rankings – 2024” xalqaro reytingida “REPORTER” maqomida qayd etildi.
“Times Higher Education” agentligi tomonidan tuziladigan “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 yoshdan kichik bo‘lgan eng yaxshi universitetlari reyting natijalarini e’lon qildi.
Quvonarlisi, mazkur reytingda bu yil respublikamizning 24 ta oliy ta’lim muassasasi “Reporter” maqomida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p, ya’ni o‘tgan yilgi 12 tadan 24 taga yetdi.
“THE Young University Rankings - 2024” THE, WUR kabi xalqaro reytinglar bilan bir xil 13 ta samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalanadi, biroq ular OTMlarda mavjud bo‘lgan eng keng qamrovli va muvozanatli taqqoslashni ta’minlash uchun barcha asosiy missiyalari – o‘qitish, tadqiqot, bilimlarni uzatish va xalqarolashtirish bo‘yicha baholanadi.
🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatga kiruvchi va Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining sivosiy muammolari ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatga kiriuvchi talabgorlarning NATIJALARI
✍️✍️✍️
13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatga kiruvchi talabgorlarning NATIJALARI
✍️✍️✍️
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatga kiriuvchi talabgorlarning NATIJALARI
✍️✍️✍️
10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatga kiriuvchi talabgorlarning NATIJALARI
✍️✍️✍️
10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatga kiriuvchi talabgorlarning NATIJALARI
✍️✍️✍️
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatga kiriuvchi talabgorlarning NATIJALARI
✍️✍️✍️
10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatga kiriuvchi talabgorlarning NATIJALARI
✍️✍️✍️
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟦🟦🟦
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Odam savdosi” va “Kiberxavfsizlik” mavzularida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Dastur Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti tyutorlari S.Mirzayeva, M. Kenjayeva N.Qodirov hamda universitet Profilaktika katta inspektori Sh.Bekmetov tomonidan 1-2-3 bosqich talabalari ishtirokida tashkil etildi.
Talabalarni ogohlikka targʻib qilish maqsadida o'tkazilgan tadbir davomida bugungi raqamli texnologiyalar davrida gadjetlardan toʻgʻri, samarali va ehtiyotkorona foydalanish davr talabiga aylanib ulgurganligi borasida fikrlar almashildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi xodimlari Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi maktablarda uchrashuvlar tashkil etishda davom etmoqda.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi xodimlari Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi maktablarda uchrashuvlar tashkil etishda davom etmoqda.
4-iyun kuni “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi tomonidan tumandagi 195-IDUMda maktab oʻquvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda boʻlim boshligʻi B.Odilov soʻzga chiqib, universitet faoliyati va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻzlab oʻtdi. Shundan soʻng maktab direktori Sabitova Gulbahor universitetda tahsil olayotgan talabalarni mazkur maktabda amaliyot oʻtashlari uchun taklif qildi.
👨🏫👩🏫
Joriy yilning 1-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda tadqiqotchi Rejapov Izzatbek Olimbayevichning 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Olamning lisoniy manzarasida sonlarning ramziy ahamiyati (ingliz va o‘zbek tillari materialida)” (“Cимволическая значимость числительных в языковой картине мира (на материале английского и узбекского языков”)) dissertatsiya ishi muhokama etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Jurnalistlarning 20 yillik diydor uchrashuvi
muxbir: Nozima Mamatova
#Toshkent shahri
@hududtv
3️⃣3️⃣3️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining qabul komissiyasi abituriyentlarning barcha savollariga quyidagi telefon raqamlari(Call center) orqali javob berishmoqda.
+998955104144
+998955094144
+998955034144
OʻzDJTU rasmiy telegram kanali
/channel/UzSWLU
Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
3- may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan 90-sonli maktabda uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi boshligʻi B.Odilov soʻzga maktab oʻquvchilariga OʻzDJTU va uning faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi.
Universitetda tahsil jarayonlari haqida soʻzlab, mazkur maktabda universitet talabalarning amaliyot oʻtashlari borasida taklif berdi. Shuningdek, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti amaliyotchi talabalarning amaliyot dasturlari, dresskod hamda baholash mezonlari haqida suhbat uyushtirildi. Maktab direksiyasi amaliyot jarayonini takomillashtirish boʻyicha oʻz taklif-mulohazalarni bildirishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣📣📣📣📣 | 🟩🟩🟩
📣 Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon merosini targʻib qilish maqsadida “Hayotning har lahzasi goʻzal!” nomli ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilamiz!
⚡️ Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi, Adabiyotshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston xalq shoiri, Anvar Obidjon ijodiy merosini targʻib qiluvchi videoroliklar, ijodiy sheʼrlar va qisqa hikoyalar tanlovi tashkil etilmoqda.
▶️ Tanlovda ishtirok etuvchilar Anvar Obidjon qalamiga mansub "Hayotning har lahzasi goʻzal!” sheʼri ifodali oʻqilgan va unga bagʻishlangan qisqa videoroliklar;
▶️ Ishtirokchilar oʻzlarining “Universitetdagi bir kunim”, yoki “Mening universitetim” mavzularida qisqa videoroliklari;
▶️ Ijodiy sheʼrlar bilan ishtirok etishlari mumkin.
☄️ Eng sara videoroliklar va ijodiy ishlanmalar sovrinlar bilan taqdirlanadi.
📌 Deadline: 08.06.2024
❔ Murojaat uchun: /channel/+E3LnK57eLHYwZDky
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O'zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti bitiruvchilarining 20 yillik nishona kuni bo'lib o'tdi. Tadbirda ustozlar va sobiq bitiruvchilar o'rtasida iliq xotiralar yodga olindi.
Sobiq bitiruvchilar o‘zlarining muvaffaqiyatli ish faoliyati haqida so‘zlab, bugungi kundagi tajribalari bilan bo‘lishdilar. Ustozlar o‘z shogirdlarini ko‘rib, ular bilan faxrlanishlarini bildirdilar. Shu bilan birga, talabalik davridan qiziqarli va kulgili voqealar eslab, iliq xotiralar yodga olindi.
🟥🟥🟥
2024-yil III-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul bo’yicha ixtisosliklar kesimida suhbat o‘tkazish grafigi tasdiqlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩 ▶️🟨🟨🟨
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil may oyidagi faoliyati infografikasi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
6-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Dastur avvalida Kengash raisi, rektor Ilxomjon Madaminovich soʻzga chiqib, universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy targʻibot ishlari, fakultetlardagi taʼlim sifati toʻgʻrisida hisobot berdi.
Anʼanaga muvofiq, Kengash davomida Ingliz tili 1-fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi Muattar Miliyeva, Ingliz tili Nº1 fakulteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Muxayyoxon Fayzullayeva hamda Filologiya fakulteti Nazariy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Sayyora Israilova PhD ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan muborakbod etildi va noutbuk bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan kitob taqdimoti “Dunyo bo’ylab” telekanalining «Специальный репортаж» dasturida yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
5-iyun kuni Oʻzbekiston davlat tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich Rus filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida rektor o'qituvchilarga o'z malakalarini oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish bo'yicha qator tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, xalqaro almashinuv dasturlarida faol ishtirok etish, xalqaro grantlar uchun ariza topshirish va ilmiy maqolalar chop etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, rektor hukumat qarorlari, yangi 2024-2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish, 2023-2024 oʻquv yilini sifatli yakunlash, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro hamkorlik aloqalarida faol ishtirok etish, moddiy texnik bazadan unumli foydalanish va ichki tartib qoidalarni hurmat qilishga chaqirish haqida soʻzlab, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik va uni oldini olish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalarini berib oʻtdi. O’zDJTU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i B.Hoshimov ham ishtirok etib, o’z fikrlarini o’qituvchilarga yetkazdi.
Moskva Davlat lingvistika universiteti va O'zJDTU hamkorligida ochilgan Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limida, 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalarining yakuniy bitiruv malakaviy ishlar himoyasi 5-6-iyun kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Shuningdek, Himoya jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zDTJU rahbariyat xodimlari oflayn tarzda hamda MDLU professor ustozlari ZOOM platformasi orqali bevosita onlayn kuzatishmoqda.
Bitiruv malakaviy ishi himoyasida talabalar tomonidan tanlangan mavzular bo‘yicha qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘luvchi taklif va mulohazalar keltirildi. Komissiya a’zolari tomonidan tinglovchilar bitiruv malakaviy ishi obyektiv baholanmoqda.
Hozirda bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan talabalarlariga davlat namunasidagi ikki Diplomlarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Mazkur o‘quv yilida QTDni jami 38 nafar talabalar bitirilishi kutilmoqda.
💻💻💻
4-iyun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 10.00.04-Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.09-Jurnalistika, 10.00.11- Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi, 13.00.02- Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, 23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar va 23.00.04- Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosliklari boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun suhbat asosida imtihonlar tashkil etildi.
Shaffof tarzda olib borilgan imtihonlarda universitet rektori Ilxomjon Madaminovich ham ishtirok etib, jarayonlarga guvoh bo'ldi va talabgorlarga omad tiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Joriy yilning 3-may kuni O’zDJTU Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova, boʻlim mudirlari Sh.Ismailova, S.To‘xtayev Abdulla Qodiriy uy-muzeyida boʻldi.
OʻzDJTUning bir qator olimlari I.M.Tuxtasinov, U.R.Yo‘ldoshev, A.A.Hamidov tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, “Oʻtkan kunlar” romanlaridan besh nusxadan muzeyga hadya qilindi.
Universitet rahbariyati tomonidan taqdim etilgan kitoblarni muzey direktori Xondamir Qodiriy qabul qildi va minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, asarlar tarjimasi haqida suhbatlashildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat
📆 2024-yil 4-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🟨🟨🟨🟨🟨
Oʻsh davlat universitetining 85 yilligiga bagʻishlangan “Biznes, taʼlim, fan va davlat hakoriyatlari: hududlarning imkoniyatlari va rivojlanish yoʻllari” xalqaro forumida ishtirok etgan delegatsiya aʼzolari safari yakunlandi.
OʻzDJTU nomidan forumga tashrif buyurgan delegatsiya aʼzosi, Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov bugun OʻzDJTU rektori bilan uchrashib, tashrif tafsilotlari va hamkorlik haqida soʻzlab berdi va Oʻsh Davlat universiteti rektori, professor Xudoyberdi Kojobekov tomonidan rektor Ilxomjon Madaminovich uchun berilgan maxsus diplomni topshirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Ўзбекистон Давлат жаҳон тиллари университетида “Уч авлод учрашуви” ўтказилди.
@yangidavr_rasmiy
📺📺 🟨🟨🟨
Uzbekistan 24 EFIR 03.05.2024 13:26
OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich “Oʻzbekiston 24” telekanalida Qabul-24 “Taʼlim:Kecha va bugun” mavzusida boʻlib oʻtgan “Xalqaro press klub” dasturida ishtirok etdi va bugungi jarayonlar haqida toʻliq maʼlumot berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Konferensiya
🎆2024-yil 24-may kuni "Global ekologik muammolar, cho'llanish va oziq-ovqat xavfsizligi" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Telegram | science_innovation">YouTube | Instagram | Facebook
Dilorom Bobojonova - O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori
#1june #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
1-iyun kuni O‘zDJTU “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 101-,162-,184-,178-maktablarida bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i B.Odilov universitetimiz haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.Jumladan, universitetimiz haqida,unda 22415 nafar talaba tahsil olayotgani, 1000 dan ortiq professor o‘qituvchilar dars berishini qayd etib o‘tdi.
3️⃣3️⃣3️⃣
OʻzDJTUda oʻquv yilini yakunlash bilan birga qabul jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish ham boshlab yuborildi.
1-iyun kuni universitetda oliy taʼlim muassasasiga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha yigʻilish tashkil etildi.
Universitet rektori Ilxomjon Madaminovich boshchiligida tashkil etilgan mazkur yigʻilishda universitet rahbariyatining barcha vakillari ishtirok etdi.
Kutilayotgan qabul jarayonlarini tashkil etish masalasida barcha takliflar oʻrtaga tashlanib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan eʼtirozli holatlarning oldini olish boʻyicha takliflar tinglandi. Shuningdek, rektor abituriyentlar yoshlar uchun qulay sharoitlarni yaratish, ular tomondan kelib tushadigan har qanday savollarga oʻz vaqtida javob berish boʻyicha tavsiyalar berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Xabaringiz bor, ayni kunlarda rektor maslahatchisi P.Jo’rayev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda dekan muovini A.Xalillayevlardan iborat delegatsiyamiz Ispaniyada bo’lib turibdi.
Delegatsiya a'zolari qator universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda rivojlantirish bo’yicha bir qator shartnomalar imzolab, universitetimiz talabalari hamda professor-o’qituvchilari uchun manfaatli bo’lgan kelishuvlarga erishdi.
Bugun 1-iyun sanasida ham ushbu delegtasiyamiz o’z ishlarini davom ettirgan holda Ispaniyaning Kadiz universiteti Xerez kampusi rektor delegati janob Antonio Rafael Pena Sanchez, ijtimoiy, madaniy va xalqaro loyihalar kordinatori Xavier de Koz Ruiz hamda turizm fakulteti rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazdi. Muzokaralar natijasida yangi o’quv yilidan boshlab universitet vakillari tomonidan bir oyda ikki marta onlayn seminarlar o’tkazib borish va Kadiz univeristetining eng katta xalqaro kutubxonasining onlayn fondidan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba hamda professor-o’qituvchilarining bepul foydalanish imkoniyatini yaratib berish bo’yicha kelishuvga erishildi.