Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasida yakuniy imtihonlar yuqori darajada tashkillashtirilib o'tkazilmoqda.
Imtihonlar jarayoni talabalar bilimlarini to'liq baholash va ularning ingliz tilidagi malakalarini aniqlashga qaratilgan.
Har bir talaba imtihonlarni topshirishda qat'iy qoidalarga rioya qilishi, belgilangan vaqtda topshirish zarur. Kafedra o'qituvchilari imtihonlarning adolatli va shaffof o'tishini ta'minlash uchun barcha zaruriy choralarni ko'rmoqda.
Talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va sinovlar saviyasining yuqori darajada tashkil etilgani ularning o'z imkoniyatlarini to'liq namoyon etishiga yordam beradi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
10-iyun kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi o’qituvchilari va talabalari tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida ekskursiya va seminar -trening o’tkazildi.
Talabalar professor-o’qituvchilar bilan birga kutubxonada saqlanayotgan o'zbek va jahon adabiyotining nodir va qimmatbaho kitob va qo'lyozmalari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari talabalarda katta qiziqish uyg'otdi. Tadbir davomida talabalar o'zlari o'qigan va yaqindan bilgan asarlar to'g'risida o'zaro fikr almashishdi.
Ushbu tadbir kafedra o’qituvchilari Sultonov Temurbek va Abdumajidov Xurshid tashabbusi bilan tashkil etildi.
#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
8-iyun kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakultetida “Hayotning har lahzasi go‘zal!” nomli ijodiy ishlar tanlovi tashkil qilindi.
Fakultetning Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi katta o’qituvchisi O’rinboyeva Xayotxon hamda Adabiyotshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon ijodiy merosini targ‘ib qilish maqsadida o’tkazilgan tanlovda talabalar o’zlari tayyorlagan videoroliklari, she’rlari va boshqa ijodiy ishlari hamda shoir she’rlarini ifodali o’qish orqali ishtirok etdi.
Tanlovda 2134-guruh talabasi Ergashboyeva Shoxsanam va 2125-guruh talabasi Shermetova Oybibi g’olib deb topildi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
📍 Ingliz tili birinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#imtihon
✅ Jarayonda talabalar oʻzlari taʼlim olgan yoʻnalishlari boʻyicha bilim va ko'nikmalarini namoyish etishdi.
Bizni kuzating
🤝🌏👨🏫👩🏫 2️⃣2️⃣2️⃣
8-iyun kuni jahon reytingida ilk ikki yuztalik o’rinni egallab turgan AQShning Arizona universitetidan “Rus/O’zbek tili va Evroosiyo tadqiqotlari” loyihasi doirasidagi yozgi lager dasturining yakuniy tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda so’zga chiqqan O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov Arizona unversiteti talabalariga ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, dastur ularga boy madaniyatimiz va tariximiz, an’ana va urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishish hamda Samarqand, Buxoro va Farg’ona shaharlariga tashrifi davomida bebaho merosimiz namunalarini o’z ko’zlari bilan ko’rish va bahramand bo’lishganligiga amin ekanligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, 3 hafta davomida malakali o’qituvchilarimiz tomonidan rus va o’zbek tillari hamda madaniyati bo’yicha saboq olish imkoni yaratib beriganligini e’tirof etdi. Ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar va transkriptlar taqdim etildi. Guruh rahbari, Arizona universiteti Evroosiyo tadqiqotlari markazi direktori Luidmila Klimanova dasturning yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun O’zDJTU rahbariyati, tashkilotchilar hamda volontyor talabalarga chuqur minnatdorchilik bildirdi va kelgusida bu kabi dasturlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
#tavsiya #abituriyent2024
Oliy ta’lim muassasalarining Telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha oliy ta’lim muassasalari Telegram messenjerida o‘z sahifalarini yuritishmoqda. Unda OTM faoliyati, jumladan qabulga doir abituriyent va ularning ota-onalari uchun foydali ma’lumotlar berib boriladi.
Quyida OTMlarining rasmiy kanallari bilan tanishing.
🟥🟥🟥
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-yoshlariga yana bir yuksak eʼtirof muborak boʻlsin!
6-iyun kuni yoshlarimiz yana bir sohada oʻzlarining mahoratlarini koʻrsatib, mamlakatimiz oliygohlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Quvnoqlar va Zukkolar” koʻrik-tanlovi “Premyer Liga” bellashuvlarida ishtirok etdi. Talabalarimiz shijoati va tinimsiz mehnatlari natijasida tanlovning final bosqichida faxrli 2-oʻrinni egallashdi.
Avvalo, ushbu yutuq bilan oʻz nomimdan, qolaversa, oliygoh jamoasi nomidan “Yangi Bolalar” jamoasining har bir aʼzosini samimiy muborakbod etaman. Bu yoʻlda mehnat qilib, gʻoliblikka erishishda oʻz hissasini qoʻshgan yoshlarga va murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman. Uzoq vaqt davomida qilgan mehnatlaringiz bugun oʻz hosilini koʻrsatdi.
Aziz va qadrli talabalar!
Ushbu yuksak eʼtirof bilan Sizlarni yana bir bora tabriklayman! Universitet nufuzini koʻtarganingiz uchun minnatdorman! O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti siz bilan faxrlanadi!
Muvaffaqiyatingiz bardavom boʻlsin! Ijod olamidagi parvozingizga kuch-gʻayrat va shijoat tilayman. Barakalla!
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
7-iyun kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari 1-kafedrasi tomonidan Adabiyotshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida navbatdagi ilmiy seminar bo'lib o'tdi.
"Mustaqil ta’lim asosida bo’lajak ingliz tili o’qituvchilarining til kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida tashkil etilgan ilmiy seminarni Xayotxon O'rinboyeva olib bordi.
Seminar davomida ilmiy izlanuvchilarga ular bilishi zarur bo’lgan to'liq ma'lumotlar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
📍 Ingliz tili birinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida rektor va prorektorlar ishtirokida professor-o’qituvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Rektor Ilxomjon Madaminovich universitet moddiy texnik bazasidan unumli foydalanish, o’qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish, ularni nufuzli xalqaro konferensiyalarda qatnashib, o’z tajribasini oshirishga undash, talabalar bilan nafaqat ilmiy, balki tarbiyaviy ishlarni ham doimiy olib borish masalalari yuzasidan nutq so’zladi.
Bugun OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi talabalari “Adiblar hiyoboni” da bo’ldi.
Talabalar professor-o’qituvchilar bilan birga G’azal mulkining sultoni — Alisher Navoiyning “Kelmadi”, “Bo’ldim sanga”, “O’n sakkiz yoshindadur”, “Qilg’il” radifli g’azallari, bir qator ruboiylari, oʻzbek qalbli rus shoiri — Aleksandr Faynberg she’rlarini yodga oldi. Talaba qizlar Aleksandr Faynbergning ijod namunalaridan qilgan tarjimalarini o’zaro tahlil qildi. Talabalar tomonidan hiyobonda joylashgan muzey, adiblar hayoti o’rganildi.
Ushbu ekskursiya kafedra o’qituvchilari Mastura Xo’janova va Umida Madaminova tashabbusi bilan tashkil etildi.
#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🟨🟨🟨🟨🟨
6-iyun kuni Quvnoqlar va zukkolar koʻrik-tanlovining “Premyer Liga” bellashuvlari boʻlib oʻtdi.
Unda OʻzDJTU nomidan ʼʼYangi Bolalar” jamoasi ishtirok etdi. Tanlov yakunida universitet jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritib, 30 million soʻm miqdorida pul mukofoti sovrindori boʻldi. Mazkur tanlovda koʻplab jamoalar hajviy maʼnoda kuch sinashishdi.
“Yangi Bolalar” jamoasi oʻzining ijodiy va hazil-mutoyibaga boy chiqishlari bilan tomoshabinlar va hakamlar eʼtiborini tortdi.
Tanlov yakunida, jamoa aʼzolari esdalik sovgʻalari va sertifikatlar topshirildi. Jamoa kelgusi musobaqalarda ham shunday yuqori natijalarni koʻrsatishga qatʼiy bel bogʻlagan. Gʻoliblarni qutlagan holda kelgusi oʻyinlarda ham omad yor boʻlishini tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨🟨🟨
OʻzDJTUning bugungi Kengashida universitetda tahsil olib, qator yutuqlarga erishayotgan talabalar ham taqdirlandi.
😎O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasida ishtirok etgan O’zDJTU talabalari;
😎Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Media loyihalar” tanlovi g’olibi bo’lgan O’zDJTU talabasi;
😎“StudUb” loyihasi sovrindori bo’lgan O’zDJTU talabasi;
😎Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Eng yaxshi maqolalar tanlovi”ning Toshkent shahar Oliy taʼlim muassasalari (shahar) bosqichida gʻolib topilgan O’zDJTU talabasi;
😎Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi volontyorlik loyihalari” tanlovida faol ishtirok etgan O’zDJTU talabasi;
😎“Xitoy tili koʻprigi-23” Butunjahon xalqaro talabalar musobaqasining Respublika bosqichida Gran-prini qoʻlga kiritgan O’zDJTU talabasi;
▶️ Shuningdek, boshqa tanlovlarda faol ishtirok etib, gʻolib topilgan universitetimiz talabalari rektor Ilxomjon Madaminovich tomonidan eʼtirof etildi.
Faol talabalarga minnatdorchilik bildirilib, pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
6-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Dastur avvalida Kengash raisi, rektor Ilxomjon Madaminovich soʻzga chiqib, universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy targʻibot ishlari, fakultetlardagi taʼlim sifati toʻgʻrisida hisobot berdi.
Anʼanaga muvofiq, Kengash davomida Ingliz tili 1-fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi Muattar Miliyeva, Ingliz tili Nº1 fakulteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Muxayyoxon Fayzullayeva hamda Filologiya fakulteti Nazariy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Sayyora Israilova PhD ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan muborakbod etildi va noutbuk bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan kitob taqdimoti “Dunyo bo’ylab” telekanalining «Специальный репортаж» dasturida yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
5-iyun kuni Oʻzbekiston davlat tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich Rus filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida rektor o'qituvchilarga o'z malakalarini oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish bo'yicha qator tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, xalqaro almashinuv dasturlarida faol ishtirok etish, xalqaro grantlar uchun ariza topshirish va ilmiy maqolalar chop etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, rektor hukumat qarorlari, yangi 2024-2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish, 2023-2024 oʻquv yilini sifatli yakunlash, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro hamkorlik aloqalarida faol ishtirok etish, moddiy texnik bazadan unumli foydalanish va ichki tartib qoidalarni hurmat qilishga chaqirish haqida soʻzlab, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik va uni oldini olish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalarini berib oʻtdi. O’zDJTU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i B.Hoshimov ham ishtirok etib, o’z fikrlarini o’qituvchilarga yetkazdi.
Яқин Шарқ нега тинчимаяпти? (+видео)
Бугунги кунда Яқин Шарқ сиёсий, иқтисодий ва хавфсизлик муаммолари кесишадиган динамик ва мураккаб минтақа бўлиб қолмоқда.
🎥 https://youtu.be/svRICQaKqHg
Батафсил: https://uza.uz/posts/605869
Тelegram | Facebook | Instagram
📺📺 0️⃣0️⃣0️⃣
O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov “Zo’r” telekanalining “Bu kun” dasturida oliy ta’lim muassasalariga qabul haqida ma’lumot berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨🏫👩🏫
2024-yil 9-iyun kuni O’zDJTU va Attanal Al-Arabi Milliy ta’lim tarmog’i o’rtasida imzolangan shartnoma asosida universitetda arab tili bo’yicha online testlar tashkil etildi.
Testlarda O’zDJTU va respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan talabgorlar ishtirok etdi.
Tadbirni Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i X. Yuldashev va
Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo’ldoshevlar ochib berdi hamda talabgorlarga testlarda ishtirok etish tartibi va talablari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Jarayon Attanal tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimi va Arab tili tarjimashunoslik kafedrasi mudiri va o’qituvchilari tomonidan qat’iy nazorat qilindi.
Ma’lumot uchun: Attanal Al-Arabi test sertifikatlari Bilim va ko’nikmalarni baholash agentli ro’yhatiga kitirilgan bo’lib, abituriyentlar uchun arab tili bo’yicha testlardan ozod qilish va maksimal ball berish, arab tili o’qituvchilari uchun ustama olish hamda arab davlatlari oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
8-iyun kuni O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakultetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida talabalar bilan sayyor dars mashgʻulotlari tashkil etildi.
Ushbu dars mashgʻulotlarida pedagogika fanlari doktori, professor v.b. Murtozаyeva Mahfuza Murtozayevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent Jumaniyozova Muhayyo Tojiyevna, psixologiya fanlari doktori, dotsent Shamshetova Anjim Karamaddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovnalar O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining talabalariga ma'ruza qilishdi.
🟦🟦🟦
7-iyun kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasida “Yoshlarga oid davlat siyosati. Ta’lim sohasidagi islohotlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Unda O’zDJTU Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi M.Aripova hamda O’zbekiston tarixi kafedrasi dotsentlari N.Djurayeva, N.Babadjanova va M.Bazarova o’z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi.
Davra suhbati ko’rinishida o’tgan dastur mazmunli, qiziqarli va kerakli bilimlarga boy bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
7-iyun kuni kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich universitetning Zakovat koʻchasi 4-uy manzilidagi hududida bo’ldi.
Tashrif davomida rektor oʻquv binosidagi yangi qoʻyilgan sovitish tizimlarini koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, hududdagi foydalanishga topshirilishi kutilayotgan oshxona bilan ham tanishdi. Xususan, barcha zarur vositalar bilan jihozlangan mazkur oshxona ochilishidan avval amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar xususida oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
YANGI O’QUV YILIGA TAYYORGARLIK
#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi
📆 Ayni paytda Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da ovozli chat o‘tkazilmoqada.
✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etyapti.
❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti dekani T.S.Ismailov hamda fakultet Yoshlar ittifoqi koordinatori S.R.Saidrizayev tashabbusi bilan 2023-2024 o'quv yili mobaynida o'zining na'munali xulqi, a'lo baholari, fakultet ijtimoiy hayotidagi faolligi, jumladan, “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovlarida, “Teatr studiyalari” ko'rik tanlovlarida hamda ilmiy-akademik izlanishlari asnosida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda o'z chiqishlari bilan tengqurlariga chinakam o'rnak bo'lib, universitet professor o'qituvchilari, talabalari hamda tyutorlarining e'tirofiga sazovor bo'lgan faol talabalar taqdirlandi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
6-iyun kuni “Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi” rahbari B.Odilov va O.Qaramanov, B.Utekov, U.Ramazovlar Uchtepa tumanida joylashgan 238- 283-62-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashrif buyurishdi.
Uchrashuv mobaynida targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirildi. Maktablarning bitiruvchi oʻquvchilari ishtirok etgan tadbirda OʻzDJTU haqida batafsil maʼlumot va qabul jarayonlari haqida savollariga javoblar berildi.
Tashkil etilgan uchrashuvlar davomida maktab rahbariyati bilan universitet bitiruvchi talabalarining bandligini taʼminlash va amaliyot oʻtashlari borasida kelishuvlarga erishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
6-iyun kuni Italiya davlatining Venetsiya shahri Ka-Foskari universitetining bitiruvchi talabasi Simone Alessandrini Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektor A.Nasirov, Italyan tili oʻquvchisi Sh.Abdug'aniyevlar ishtirok etishdi. Muloqot chogʻida Simone Alessandrini 7 maydan 6 iyungacha Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida bir oy davomida talabalarga italyan tili grammatikasidan dars berganligini taʼkidlab oʻtdi.
🟥🟥🟥
6-iyun kuni boʻlib oʻtgan OʻzDJTU Kengashida ilmiy unvon olgan xodimlar taqdirlandi.
Universitet rektori Ilxomjon Madaminovich bugungi Kengashda Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Djurayev Dusmurod Uralovichni Professor unvonini olgani bilan tabrikladi.
Shuningdek, Ingliz tili funksional leksika kafedrasi mudiri Kushiyeva Nodira Xabibjonovnani ham Dotsent ilmiy unvonini olganligi munosabati bilan muborakbod etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
4-iyun kuni Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Oʻzbek adiblarining ijodlari talabalarimiz nigohida” nomidagi tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda OʻzDJTUning Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Sitora Norboeva hamda DAAD-Lektori Johanna Mayer va 3-kurs nemis tili yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalari ishtirok etdi.
Johanna Mayer Professor Karl Reyxlning "Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining shoh asari – “Alpomish” dostonining nemis tilidagi tarjimalari haqidagi oʻz fikrlari bilan boʻlishdi.
Tadbir davomida adiblar ijodiga bagʻishlangan qiziqarli va interfaol metodlarga asoslangan bahslashuvlar tashkil etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Moskva Davlat lingvistika universiteti va O'zJDTU hamkorligida ochilgan Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limida, 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalarining yakuniy bitiruv malakaviy ishlar himoyasi 5-6-iyun kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Shuningdek, Himoya jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zDTJU rahbariyat xodimlari oflayn tarzda hamda MDLU professor ustozlari ZOOM platformasi orqali bevosita onlayn kuzatishmoqda.
Bitiruv malakaviy ishi himoyasida talabalar tomonidan tanlangan mavzular bo‘yicha qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘luvchi taklif va mulohazalar keltirildi. Komissiya a’zolari tomonidan talabalar bitiruv malakaviy ishi obyektiv baholanmoqda.
Hozirda bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan talabalarlariga davlat namunasidagi ikki Diplomlarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Mazkur o‘quv yilida QTDni jami 38 nafar talabalar bitirilishi kutilmoqda.
🟨🟨🟨🟨🟨
🏆🏆🏆
🇺🇿 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Young University Rankings – 2024” xalqaro reytingida “REPORTER” maqomida qayd etildi.
“Times Higher Education” agentligi tomonidan tuziladigan “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 yoshdan kichik bo‘lgan eng yaxshi universitetlari reyting natijalarini e’lon qildi.
Quvonarlisi, mazkur reytingda bu yil respublikamizning 24 ta oliy ta’lim muassasasi “Reporter” maqomida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p, ya’ni o‘tgan yilgi 12 tadan 24 taga yetdi.
“THE Young University Rankings - 2024” THE, WUR kabi xalqaro reytinglar bilan bir xil 13 ta samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalanadi, biroq ular OTMlarda mavjud bo‘lgan eng keng qamrovli va muvozanatli taqqoslashni ta’minlash uchun barcha asosiy missiyalari – o‘qitish, tadqiqot, bilimlarni uzatish va xalqarolashtirish bo‘yicha baholanadi.