uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨

1-aprel kuni O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov Ramazon oyi munosabati bilan universitetning faxriy ustozlari holidan xabar oldi.


Dastur davomida rektor O’zbek tili kafedrasi katta o’qituvchisi Sharipov Zikiryo Maxsumovich, shuningdek, Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida uzoq yillar mobaynida faoliyat yuritgan, talabalarga ingliz tili, amaliy tarjima, yozma tarjima, terminologik tarjima fanlaridan dars berib, yurtimizga malakali tarjimonlarni yetishtirishda katta hissa qo’shgan faxriy ustoz Dilorom Alimova xonadonida bo’ldi.

Tashrif davomida rektor faxriy ustozlarga samimiy tilaklarini bildirib, Ramazon hadyalarini topshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#qushlarni_asraylik

1-aprel — Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich Tashkiloti Kengashi a'zolari tomonidan "Qushlar bizning do'stlarimiz" mavzusida tashkil etilgan tadbirdan videolavha.

📍@YI_FILOLOGIYA

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

1-aprel kuni O’zDJTU da Singapurning “Six Clouds” kompaniyasi asoschisi va ijrochi direktori Vun Xvi Kiat Richard hamda kompaniya trenerlari Galina Choy xonim va Benson Lek janoblari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.


O’zDJTU vakili А.Аbidjanov universitet faoliyati hamda chet tillari oʼqituvchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, gid-tarjimonlar, bort kuzatuvchilar va sayyohlar xavfsizligi (Tourist Police) yoʼnalishlari boʼyicha kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.


Malaka oshirish yoʼnalishida Аngliyaning Kembrij universiteti va Coursera dasturi bilan oʼquv reja va dasturlarni takomillashtirish borasida ish olib borilayotganligini aytib o'tdi.

Oʼz navbatida, Vun Richard “Six Clouds” kompaniyasi hamda Oʼzbekistondagi koʼp yillik faoliyati haqida gapirib berdi. Ushbu kompaniya elektron taʼlim platformasini yaratgan boʼlib, ushbu ilovadan koʼplab hamkor oliygohlarda foydalanilmoqda, xususan, Аxborot texnologiyalari boʼyicha magistratura dasturlarini amalga oshirishda bu platforma oʼz samarasini bermoqda.

Uchrashuv davomida “Six Clouds” kompaniyasi oʼz platformasini malaka oshirish tizimini yoʼlga qoʼyishda qoʼllash, taʼlim muassasalarini rivojlantirish va boshqarish strategiyasi, talaba va oʼquvchilarning ijodiy fikrlashga oʼrgatish bloklarini malaka oshirish kurslari oʼquv rejaga kiritish taklifini berdi.

Tomonlar oʼz takliflarini ishlab chiqish va kelgusidagi hamkorlik yoʼnalishlarini belgilash borasida kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨
🟩🟩🟩🟩

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil mart oyidagi faoliyati infografikasi bilan tanishing.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#ecology_club #noplasticeph #oureph

Ingliz filologiyasi fakultеtida chiqindisiz kun har kun, har daqiqa, har soniya!!!!

Atrof-muhitni muhofaza qilish, ona tabiatni asrash, turli ekologik muammolarni bartaraf etish har bir insonning vazifasidir. Shu munosabat bilan O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida navbatdagi chiqindilardan tozalash aksiyasi bo'lib o'tdi.

Unda ko'ngilli talabalari ishtirok etib, hududlarda yig'ilgan plastik, qog'oz, polietilen kabi chiqindilar maxsus konteynerlarga joylandi.


Ma'lumot uchun: Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva tashabbusi bilan tashkil etilgan Ecology_club ko'ngillilar jamoasi tomonidan ushbu aksiya har kuni kechki dars mashg'ulotlari tugagandan so'ng doimiy ravishda o'tkazilib kelinadi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

OʻzDJTU “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari talabalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida doimgidek o’z vazifasida.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalardan tashkil topgan ʼQALQONʼʼ jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan REYD tadbirlari hamda navbatchilik jarayonlari


Jamoaning navbatchilik roʻyxati shakllantirilgan boʻlib, ularga topshirilgan hududlar yoʻnalishida xizmat olib bormoqda. QALQON jamoatchilik guruhi talabalarga universitet hududida, talabalar turar joylarida jamoat tartibini saqlash, yotoqxonaga kechikib kelgan talabalarga tushuntirish ishlari olib borib kerakli chora tadbirlarni qo’llamoqda.

🇺🇿🇺🇿 OʻzDJTU Yoshlari
@yoshlarittifoqi_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU Rus filologiyasi fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili ta'lim yo'nalishi kechki ta'lim shakli 2-bosqich talabalari va tyutori N.Tanatarova obodonlashtirish ishlarida qatnashdi.

O’zDJTU vakillari ishtirokida Toshkent shahar Chilonzor tumani Obodonlashtirish bo‘limi boshlig'i hamkorligida tumanning Muqimiy ko‘chasida plogging tadbiri o‘tkazildi.

Loyiha davomida obodonlashtirish xodimlarining mehnati e'tirof etilib, ulardan ko'plab maslahatlar olindi.

📍 Rus filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

30-mart kuni yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari N.O'roqboyeva, Sh.Bo'stonova, M.Abdullayeva tomonidan Uchtepa tumani 81-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.


Tadbir davomida tyutorlar tomonidan bitiruvchi o'quvchilarga universitet faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, Axborot-resurs markazi hamda o'quv xonalari bilan yaqindan tanishtirildi.

Mazkur uchrashuv hamda ekskursiya maktab o'quvchilarida katta qiziqish va ajoyib taassurot qoldirdi.

📍 Ingliz filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

6⃣🌊 O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili yo’nalishi talabalarining suv resurslarini saqlash va ulardan foydalanishning ahamiyati haqidagi fikrlari ifodalangan videorolik

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Toshkent shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan 30 mart — chiqindisiz kun deb belgilangani munosabati bilan yo'l yoqasida to'plangan chiqindilarni tozalash aksiyasi o'tkazildi.


Ushbu aksiyada O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori Dilfuza Berdibekova o'ziga biriktirilgan fakultet talabalari bilan birga faol ishtirok etdi.

Talabalar bu aksiyadagi ishtiroki orqali ekologiyaning yaxshilanishiga oz bo’lsa-da hissa qo’shganidan mamnun!

📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦💻

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-mart kuni Fargʻona shahrida oʻtkazilgan kengaytirilgan sayyor yigʻilishi 24-son bayonining 4-bandiga muvofiq Oliy taʼlim muassasalari rektorlari rahbarligida Ishchi guruhlar tuzilib, normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilib, ikki hafta muddatda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kiritish hamda oliy taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitish tizimini takomillashtirish boʻyicha Ishchi guruh tuzish toʻgʻrisidagi topshirigʻi berilgan edi.


Mazkur topshiriqqa binoan, 30-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ZOOM platformasi orqali yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov va kun tartibiga aloqador masʼullar ishtirok etdi.

Oliy taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishdagi mavjud muammo va takliflar, kadrlar taʼminoti, ilmiy salohiyat, oʻqituvchilar sertifikati, oʻquv reja, oʻquv dasturi va darsliklar, adabiyotlar bilan bogʻliq jarayonlar, talabalarning oʻrganayotgan chet tillarini oʻzlashtirish holati va undagi muammolar, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishi, xorijda malaka oshirish faoliyati, uzluksiz taʼlim tizimida chet tillarining oʻqitilishi, OTM va maktablar oʻrtasidagi hamkorlik, oʻquv jarayonidagi uzviylik va boshqa hamkorliklar, chet tillari yoʻnalishida qoʻshma taʼlim dasturlarining natijadorligi, yangi tajribalar, chet tillari boʻyicha kadrlar tayyorlash borasida xorijiy tajribalar, Respublikada chet tillarini oʻqitish, sifatli kadrlar tayyorlash masalalarini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq takliflar kabi masalalar yigʻilish kun tartibidan oʻrin egalladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

30-mart kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida fakultet dekani X.Xakimov ishtirokida barcha kafedra professor-oʻqituvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Dastur davomida fakultet dekani tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar, universitetimizning oʻquv, ilmiy hamda maʼnaviy hayotiga oid yangiliklar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtildi.


Shuningdek, bugungi kunda jahon siyosiy maydonida boʻlayotgan turli voqealar har bir fuqaroni ogohlikka chaqirishi, ushbu voqealardan toʻgʻri xulosa chiqargan holda ish olib borish, ayniqsa, talaba yoshlar ishtirokida tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish lozimligi alohida taʼkidlandi.

Ochiq muloqotlar yakunida professor-oʻqituvchilarning takliflari tinglandi, fakultetning kelgusidagi rejalari, tadbirlar, aprel oyida oʻtkazilishi kutilayotgan talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi tartibi haqida kelishib olindi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

30-mart kuni O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Sharq filologiyasi fakultetida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.


Mashg’ulotlar fakultet tyutorlari N.Abduraxmatova va B.Mirzayevaga biriktirilgan 1-bosqich talabalari o‘rtasida o’tkazildi.


Psixologik tadbir davomida talabalarning muayyan sharoitga moslashishiga ko’mak berish, nevrotik holatlarni bartaraf etish bo’yicha tarbiyasi qiyin talabalar bilan ishlashga qaratilgan “Guruhda psixologik iqlimni aniqlash metodikasi” hamda boshqa shu kabi trening mashg‘ulotlari tashkil qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

25-30-mart kunlari O'zDJTU professor-o'qituvchisi tomonidan Urganch davlat universitetida master klass tashkil etildi.

Roman-german filologiyasi fakulteti
Fransuz tili nazariy fanlar kafedra mudiri, dotsent G.A.Rahimova tomonidan UrDU Roman-german filologiyasi kafedrasi 3-kurs bakalavr bosqichi talabalariga "Tili o'rganilayotgan mamlakat adabiyoti" fanidan ma'ruza o'tildi.

Shu jumladan,universitetlar o'rtasida 2021-yilda tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida chekka viloyatlarda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ma'ruza va master klass va seminarlar tashkil etish kabi tadbirlarni o'tkazish davom etmoqda.


Shuningdek,1-bosqich talabalariga "Og'zaki nutq amaliyoti" fanidan master klass va magistr talabalarga ilmiy ish yozish ko'nikmalari bo'yicha ko'rsatmalar berildi.Tashrifning so'ngida mehmonlar bilan azim Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

29-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan navbatdagi trening tashkil etildi.


Trening Ingliz tili 3-fakulteti tyutori K.Asqarova hamda 1-bosqich 2321-2322 guruh talabalari ishtirokida o’tkazildi.


Psixologik mashg’ulotlar davomida talabaning muayyan sharoitga moslashish qobiliyatiga oid ishlarni olib borildi, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin talabalar bilan ishlashga qaratilgan “Guruhda psixologik iqlimni aniqlash metodikasi” hamda boshqa qiziqarli mashqlar bajarildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍👩‍👧‍👦 XAYR-U SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

1-aprel kuni O'ZDJTU Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo'ldashev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovinlari Sh.Nazarov, S.Ibragimov hamda Ingliz tili Tarjima nazariyasi kafedrasi bilan hamkorlikda Uchtepa tumanida joylashgan "Bog'obod" MFY ma'sullari bilan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.

Ehtiyojmand oilalarni moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlash, ko'ngillarini shod etish maqsadida ularga Ramazon tuhfalari tarqatildi.

📍 Tarjimonlik fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

1-aprel kuni O‘zDJTU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Chutpulatov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Davra suhbati shaklida tashkil etilgan yig’ilishda O‘quv-uslubiy boshqarma mas’ullari, dekan muovinlari va Hemis axborot tizimiga mas’ul yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Unda talabalar davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi hamda dars jadvallariga oid muammolar tahlil etildi va tegishli tartibda takliflar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#qushlarni_asraylik

🕊1-aprel “Xalqaro qushlar kuni” munosabati bilan OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari J.Ramazonov hamda B.Mirzayeva talabalar bilan birgalikda “Qushlarni asraylik” tadbiri doirasida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Uchtepa tumani “Zakovat” koʻchasida joylashgan yangi oʻquv-binosi hududida qushlar uchun uyalar yasab o’rnatdilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

OʻzDJTU “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati bilan yaqindan tanishamiz

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat koʻchasi 4-uy hududida ʼQALQONʼʼ jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan REYD tadbirlari hamda navbatchilik jarayonlari


Jamoaning navbatchilik roʻyxati shakllantirilgan boʻlib, ularga topshirilgan hududlar yoʻnalishida xizmat olib bormoqda. QALQON jamoatchilik guruhi talabalar turar joylarida jamoat tartibini saqlash, yotoqxonaga kechikib kelgan talabalarga tushuntirish ishlari olib borib kerakli chora tadbirlarni qo’llamoqda.

🇺🇿🇺🇿 OʻzDJTU Yoshlari
@yoshlarittifoqi_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#firibgarlik

Kiberxavfsizlik markazi ogohlantiradi: Telegram messenjerida firibgarlar tomonidan yuborilgan noma’lum ilovalarni yuklab olmang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

30-mart kuni OʻzDJTUda Toshkent shahridagi Profi universiteti rektori, olim, psixologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi aʼzosi, akademik —Shoumarov Gʻayrat Baxromovich bilan davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Rektor tadbirni ochib berdi. Shundan soʻng tadbir mehmoni Shoumarov Gʻayrat Baxromovich “Taʼlim, ilmiy-tadqiqot, tajriba va istiqbolli kelajak sari” mavzusida maʼruza qilib, oʻzining ilmiy va hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Davra suhbati qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: Shoumarov Gʻayrat Baxromovich 2002-2008-yillari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, 2008-yildan 2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri lavozimlarida ishlagan. Uzoq yillar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va oʻrta maxsus taʼlim vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan. Gʻayrat Baxromovichning tashabbusi bilan 2000-yili Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi tashkil etilgan va koʻp yillar mazkur assotsiatsiyaga rahbarlik qilgan. 2003-2010-yillari “Oʻzbekiston-Turkmaniston” doʻstlik jamiyati raisi boʻlgan. Gʻayrat Shoumarov 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʻlib, 40 dan ortiq fan nomzodlariga ilmiy rahbarlik, 10 nafar fan doktoriga ilmiy maslahatchilik qilgan. 2023-yil 23-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi” Farmoniga muvofiq Shoumarov Gʻayrat Baxromovich Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi va akademik unvoni bilan taqdirlandi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat klubi tomonidan 29-mart kuni bahorgi mavsum Rektor kubogining 1-tur o'yinlari o’tkazildi.

1-turda jami 32ta jamoa qatnashdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu turnir o'yinlari 5 hafta davomida, haftaning har juma kuni bo'lib o'tadi va final o'yinida g'olib jamoalar belgilangan mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Zakovat o'yinlariga doir o'zgarish va yangiliklarni kuzatib borish uchun @zakovatuzswlu ga a'zo bo'lishni unutmang.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

30-mart kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining  3-sonli talabalar turar joyida "Pozitiv kayfiyat" nomli trening o'tkazildi.


Trening O’zDJTU psixologi Zebiniso Хayrullayeva va pedagog tarbiyachi F.Gazibayeva tomonidan tashkil etildi.

Mashg'ulotlar qiziqarli o’tdi va talaba-qizlarga birdek manfaatli bo’ldi. Ayniqsa, yuqori pozitiv kayfiyat beruvchi o’yinlar va psixologik mashg’ulotlar talabalarda o’zgacha ajoyib taassurot qoldirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Toshkent shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan 30 mart — chiqindisiz kun deb belgilangani munosabati bilan yo'l yoqasida to'plangan chiqindilarni tozalash aksiyasi o'tkazildi.


Shu munosabat bilan OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari J.Ramazonov va B.Mirzayeva tashabbusi bilan universitet hududida plogging aksiyasi tashkil qilindi.

Aksiya doirasida fakultetning faol va ko‘ngilli talabalari universitet hovlisini, oʻquv binolari yonini va ariqlarini chiqindilardan tozalab, eko-aksiyasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

📍 Sharq filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari Zangiota ziyorotgohida bo’ldi.


Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish hamda ularni yurtimiz tarixini yana-da chuqurroq o’rganishga chorlash maqsadida 27-mart kuni Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari Zangiota ziyoratgohini ziyorat qildi.


Fakultet tyurotlari tashabbusi bilan tashkil etilgan sayohat tadbiri davomida talabalar Zangiota hamda Anbar ona kabi tarixiy shaxslar hayoti, yodgorlikdagi o’ziga xosliklar va o’chmas tarix haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

25-martdan 30-martgacha O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "Milliy liboslar haftaligi" bo’lib o’tishi rejalashtirilgan edi.


Bugun fakultetning Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi Xotin-qizlar kengashi, professor-o’qituvchilari va talaba-qizlar tomonidan milliy liboslarimiz, an'analarimizni targʻib qilish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Dastur davomida qizg’in suhbat olib borildi va o'zbek milliy liboslarida xalqimizning boy madaniy an'analari, turmush tarzi, ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odatlari, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari aks etgani ta’kidlandi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

30-mart kuni Roman-german filologiyasi fakultetida 2-bosqich kechki va kunduzgi taʼlimda tahsil oluvchi talabalarning tanishuv amaliyoti yakuniga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi.

Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan konferensiyani fakultet dekani X.Xakimov ochib berdi va barcha talabalarni tanishuv amaliyoti yakuni bilan tabrikladi. Shuningdek, amaliyot davomida talabalarga rahbarlik qilgan katta oʻqituvchi Z.Davronova va kechki taʼlim guruhlari amaliyot rahbari D.Otamurodovaga alohida minnatdorchilik bildirib oʻtdi.


Ma’lumot uchun, talabalar amaliyot davrida 1,2,3,4-sinflar fransuz tili darsligi asosida darslar oʻtishdi va bir-birlarining darslarini kuzatishdi, tahlil va muhokama qilishdi.

Konferensiya davomida talabalar o’z darslari uchun tayyorlagan turli koʻrgazmali qurollar, tarqatma materiallar, amaliyot taassurotlari haqida soʻzlab berishdi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨

30-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Uchinchi renesans poydevorini qo’yishda filologik tadqiqotlarning mazariy va amaliy ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.


Mazkur 1-Xalqaro konferensiyada O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ilmiy-amaliy anjumanda hozirgi o‘zbek adabiy tilining dolrazb masalalari va uni o‘qitishning yangi metodlari, o’zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari, XX asr o‘zbek adabiyoti, hozirgi adabiy jarayonlar, tarjima va adabiy aloqa masalalari, til va adabiyot fanini o‘qitishni yo‘lga qo‘yishda muammo va yechimlar, til va adabiyot fanlarini o‘qitish jarayonini informatsion texnologiyalar asosida tashkil etish, xorijiy til va adabiyot fanlarini tadqiq qilishda mavzu va muammolar kabi yo’nalishlardagi ma’ruzalar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

29-mart kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida "Koreya san'ati va madaniyati" talabalar workshopi bo'lib o'tdi.


Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Namangan davlat chet tillar universiteti talabalari va
Koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Shinsede Koreys yoshlar markazi faollari rang-barang va qiziqarli chiqishlari bilan ishtirok etishdi.


Natijalarga ko'ra:
1-o'rinni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
2-o'rinni Koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Shinsede koreys yoshlar markazi faollari;
3-o'rinni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Namangan davlat chet tillar instituti talabalari egallashdi.

Ma’lumot uchun: "Koreya san'ati va madaniyati" talabalar workshopi Koreyashunoslik Akademiyasi va O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda koreys tili va adabiyotini o‘qitishning lingvomadaniy jihatlari” loyihasi doirasidagi dastur hisoblanadi.

📍 Sharq filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

28-mart kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan ilmiy seminar tashkil etildi.


"Yuqori impact faktorlarga ega Yevropa jurnallarida maqola chop ettirish elementlari" mavzusida bo’lib o’tgan seminarda Sloveniyaning Lyublyana universiteti dotsentlari Jana Kenda va Kaja Breceljlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Dasturda Tarjimonlik fakulteti professor-o'qituvchilari va tadqiqotchilari ham qatnashishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel