🏆 CHEMPIONLAR BILAN UCHRASHUV
📣📣📣📣📣
📣 “Temiryoʻlekspress” Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda vakansiya e’lon qiladi
🖥"Temiryo'lekspress" aksiyadorlik jamiyati yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari mijozlari: respublikamiz aholisi va xorijiy sayyohlarga qulay sharoit yaratish maqsadida, 25 yoshgacha bo'lgan 2024-yil universitetni tamomlagan, ingliz va rus tillarida ravon gapira oladigan, xushmuomala yoshlarni ishga taklif qiladi.
💬 Murojaat uchun: +99871-230-13-60
✉️ Telegram chat orqali bog’lanish: @Bakhodirovaezoza
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✈️ Tanishtiruv tadbirlari davom etmoqda
🎓 Universitetga endigina qabul qilingan birinchi bosqich talabalarini ijtimoiy faollikka jalb qilish va 🇺🇿Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilotining faoliyati, uning maqsadi, vazifalari haqida tushunchalar berish hamda universitet va fakultetlararo tuzilgan kengashlar haqida ma’lumot berish maqsadida fakultetimiz Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan talabalar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.
🤝 Tadbirlar davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
#tanishtiruv_tadbirlari #ittifoq
✅Bizni kuzatib boring:
📱@second_faculty_official
🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2024-yil 13-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishgan edi.
Tashrifdan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 1-apreldagi PQ–147- son qarorining 5-qism “a” bandida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-iyun 3/15-52-989-sonli xati ijrosini amalga oshirish hamda mazkur ijod maktabi bilan tuzilgan hamkorlikni yanada yaxshilash uchun olimpiada o‘tkazish bo‘ldi.
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺
16-sentyabr kuni OʻzDJTUda talaba-yoshlar uchun Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan Yangi kurslar haftaligi doirasida stipendiantlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov va prorektorlar ishtirok etib, 1-boshqichga qabul qilgan talabalarni tabriklab, oʻqish va ishlarida omadlar tiladi. Dastlab seminarni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Otabek Yusupov ochib berdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
16-sentyabr kuni OʻzDJTU rahbariyati va Ispaniyaning Kadis universiteti Erasmus+ loyihasi mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Dasturda Kadis universiteti Erasmus+ loyihasi koordinatori Migel Gonsales, Kadis universiteti Erasmus+ loyihasi ishtirokchisi Alberto Karlos Oliva Vilches, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani oʻrinbosari A.Xalillayev ishtirok etdi.
Dastur yakunida:
0️⃣0️⃣0️⃣
Yaxshi kitoblarni o‘qish – dunyoning eng dono kishilarining suhbatida bo‘lish demak.
Rene Deskartes
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Joriy yilning 16-sentyabr kuni O'zDJTU Tarjimonlik fakultetida “Talabalar kino kunlari” doirasida ijodiy uchrashuvlar hamda “Bolalik sinovlari” kinofilmi namoyish etildi.
Dastur fakultet dekani U.Yo'ldoshev, Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha dekan muovinlari Sh.Nazarov, S.Ibragimov, fakultet tyutorlari hamda taniqli kino arbobi Alisher Otaboyev ishtirokida bo 'lib o'tdi.
🟦🟦🟦 #Zakovat
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qo‘shidagi akademik litseyining birinchi kurs talabalari uchun “ Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Ishtirokchilar juda katta bilimdonlik, jamoaviy ruh va g‘alabaga intilishlarini namoyon etishdi.
Atmosfera intellektual bahslar bilan to‘ldi, va har bir savol yangi bilimlar olamini ochdi.
Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin – 08-24 guruh o‘quvchilariga;
2-o‘rin – 01-24 guruh o‘quvchilariga;
3-o‘rin – 07-24 guruh o‘quvchilariga nasib etdi.
🟦🟦🟦 #Talabaga_qulaylik
13-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi, rektor maslahatchisi N. Djurayeva, psixolog Z.Xayrullayeva, birinchi ingliz tili fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Aripova, Ingliz tili 2-fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. Ashurova bilan birgalikda talabalar turar joylaridagi bo‘sh hamda mavjud o‘rinlar va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar.
1-sonli TTJ pedagogi Afzalhonova Dilfuza Nabieyvna bilan birgalikda talaba -qizlar holidan xabar olindi.
Tadbirda shaxsiy gigiyena, ozodalikka e’tibor, tartib-intizomga rioya qilish, mavjud sharoitlardan unumli foydalanish to‘g‘risida maslahatlar berildi. Talaba qizlarning xonalari tekshirildi, ularga yotoqxona qonun-qoidalari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🧒 Salom, Yoshlar!
🇺🇿 Birinchi kurs maktabi loyihasi doirasi “Tanishtiruv haftaligi” sizda qanaqa taassurot qoldirdi?
Albatta barchangiz uchun pozitiv kayfiyat ulashildi!
🇺🇿 Endi navbat Yoshlar Ittifoqi tomonidan 16-22-sentabr kunlari tashkil etiladigan “Yangi kurslar haftaligi”ga! 🚀
✅Demak, sizni nimalar kutmoqda?!
🗓
Ushbu haftalik doirasida boʻlib oʻtadigan loyihalar qachon, qayerda boʻlib oʻtishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Yoshlar Ittifoqining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bilib olishingiz mumkin.
📱
@yoshlarittifoqi_uzdjtu
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan yaqindan tanishish va psixologning ijtimoiy-psixologik faoliyati hamda psixologik xizmat turlari haqida toʻliq maʼlumotlar berish maqsadida
✈️ Tanishtiruv dasturlari davom etmoqda
🇷🇺 Rus filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari, tyutorlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Rus filologiyasi fakulteti koordinatori bilan hamkorlikda universitetimizga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan suhbat olib borildi.
🇺🇿 Fakultet Yoshlar Ittifoqi jamoasi tomonidan ittifoq faoliyati, uning maqsadi va vazifalari haqida tushuncha berildi.
Shuningdek, ularga nomdor stipendiyalar haqida ham kerakli ma’lumotlar berildi. Soʻng talabalar oʻzlarining qiziqqan yoʻnalishi boʻyicha turli toʻgaraklarga yoʻnaltirildi.
Suhbat davomida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
#tanishtiruv_haftaligi
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | Instagram📱
✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
13-sentabr kuni O‘zDJTUda tashkil etilgan Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasining ikkinchi – suhbat bosqichi NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺💻
9-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni kutib olish uchun tashkil etilgan bayram tadbiri “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Kitob – eng odil do'st beminnat muallim, bebaho xazina.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
17-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Dasturda universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdi.
Uchrashuvni tashkil qilishdan maqsad, oliygohga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan tanishish hamda psixologik xizmat, shuningdek, adaptatsiya bilan bogʻliq vaziyatlar toʻgʻrisida psixologik maʼlumotlar yetkazishdan iborat.
✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi” 247-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektorining 2024-yil 2-avgustdagi 306-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar o‘rtasida iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda tarjimonlik sohasida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash borasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Olimpiadaning universitet bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ushbu olimpiada tanlovi ham iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimi va qo‘shimcha imkoniyatlari desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta.
Universitet bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi hamda yo‘llanma oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
16-sentabr kuni Rus filologiyasi fakulteti tyutori D. Izzatullayeva 1-bosqich talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ekskursiya tashkil etdi.
Ekskursiya davomida talabalar Toshkent shahri Amir Temur xiyoboni va Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
Ushbu tadbir talabalarga shahrimizning tarixiy joylari va Temuriylar davri va ularning merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Talabalar O‘zbekiston tarixining bir bo‘lagi bilan yaqindan tanishganidan mamnun bo‘lishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTU miqyosida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
0️⃣0️⃣0️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoriga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kitoblar taqdim etildi.
Joriy yilning 16-sentyabrida rektor Ilxomjon Tuxtasinovga 24 turdagi 50 dan ortiq kitoblar hadya qilindi.
Rektor Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga taqdim qilingan sovgʻalar uchun oʻz minnatdorchiligini bildiradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
14-sentyabr kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti tyutorlari I.Sa’diyeva va D.Izzatullayeva talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o‘tkazish maqsadida Mustaqillik va Xotira maydonlariga tashrif buyurdi.
Mustaqillik maydonida talabalar O‘zbekistonning mustaqilligi va mamlakatimizning yutuqlari, shuningdek, tarixiy yodgorliklar va mustaqillik ramzlari bilan yaqindan tanishdi. Xotira maydonida esa talabalar yurtimiz uchun jonini fido qilgan qahramonlarni yod etdilar.
#xon_atlas
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-talabalar turar joyida Rus filologiyasi fakulteti tyutorlari I. Sadiyava, D. Izzatullayeva, N. Tanatarova hamda pedagog M. Saburova tomonidan "xon atlas" haftaligi doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan talaba qizlar milliy o‘zbek liboslarida, milliy cholg‘ularimiz bilan birga yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi namunalarini namoyish etdi.
Yosh avlodlarni milliy san’at va an’analarni e’zozlab, yangi avlodga yetkazishni maqsad qilgan mazkur tadbir vatanparvarlikni yanada chuqurroq anglashlari uchun muhim qadamdir.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#xon_atlas
#chellenj
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qo‘shidagi akademik litseyda o‘tkazilgan “xon atlas” haftaligi yuqori darajada tashkil etildi.
litsey xotin- qizlariga atlas-u, adras matolaridan tikilgan bejirim liboslar o‘zgacha latofat baxsh etdi.
Mazkur haftalikda 01-24-guruh qizlari faol ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Demak, biz boshladik🚀
🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” doirasidagi 1-loyihamiz:
Stipendiantlar va yoshlar uchrashuvi”
🧒 Ijodkor,izlanuvchan, stipendiantlikka qiziqayotgan va stipendiantlar kabi moddiy va ma'naviy yutuqlarga erishishni istagan talabalarimizni stipendiant talabalarimiz bilan bilan boʻlib oʻtadigan seminar treningga taklif etamiz.
🇺🇿 OʻzDJTU da talaba-yoshlar uchun mavjud boʻlgan stipendiyalar:
0️⃣0️⃣0️⃣
14-sentyabr kuni O’zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti birinchi bosqich talabalari universitet psixologi xonasi joylashuvi hamda talabalarga yaratilgan psixologik mashgʻulotlar uchun tashkil etilgan xonalar bilan tanishdi.
Dastur davomida talabalar nafaqat tanishishdi, balki psixolog bilan suhbatlashib, talabalik davriga moslashish usullari haqida zarur bilimlarga ega boʻlishdi.
📍 Sharq filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Ta’lim sifatini oshirish yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona toʻgʻri yoʻlidir.
Shavkat Mirziyoyev
2️⃣2️⃣2️⃣
13-sentyabr kuni O‘zDJTU Kechki ta'lim yo'nalishi talabalari uchun profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda kapitan Bekmetov Sherzod Nurmahamadovich, podpolkovnik Abdurahmonov Dilshod Abdumalikovich ishtirok etishdi.
✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
13-sentabr kuni O‘zDJTUda tashkil etilgan Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasining birinchi – matnni chet tiliga tarjima qilish bosqichi natijalari NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
13-avgust kuni O‘zDJTUda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 247-son buyrug‘i asosida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, arab, xitoy, koreys, yapon) fan olimpiada tanlovining Respublika bosqichini o‘tkazishga tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning 1-yig‘ilishi Zoom orqali bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda olimpiada uchun mas’ul bo‘lgan barcha oliy ta’lim muassasalari tashkiliy qo‘mita a’zolari hamda hakamlar komissiyasi a’zolari qatnashdi.
Olimpiadani yuqori saviyada o‘tkazish, hakamlar tarkibi, o‘tkazish vaqti, o‘tkazilish tartibi, chora-tadbirlari hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt