#mandat #magistratura #qabul2024
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
23.00.03 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседований соискателей-независимых исследователей по специальности 23.00.03 – Политические институты, процессы и технологии: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 23.00.03 – Political institutions, processes and technologies: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей самостоятельных исследовательских работ по специальности 10.00.09 – Журналистика: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 10.00.09 – Journalism: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari adabiyoti ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей независимых исследовательских работ по специальности 10.00.04 – Литература народов Европы, Америки и Австралии: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty 10.00.04 – Literature of the peoples of Europe, America and Australia: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Saytp
🟦🟦🟦🟦🟦
28-avgust kuni OʻzDJTU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash 20-son majlisi oʻtkazildi.
Mazkur ilmiy majlisda O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Ilmiy kengashda Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarga badiiy tarjimani o‘qitishning lingvistik va metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦 🟦🟦
27-avgust O‘zDJTUda navbatdagi dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Unda Alimardonova Malika Botir qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining yozuv malakalarini takomillashtirishda baholash xususiyatlari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy seminar muhokamasi onlayn va oflayn tarzida bo‘lib o‘tdi va mas’ul xodimlar, ilmiy rahbar va taqrizchilar ishtirok etdi.
Tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📢📢📢📢📢
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat budjeti mablag‘lari hisobiga stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha 2025-yil uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 319-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qish uchun qabul quyidagi ixtisosliklar kesimida kvotalari tasdiqlandi.
Tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka hujjatlar 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha http://www.phd.mininnovation.uz (daraja.ilmiy.uz) yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
ℹ️ Batafsil
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
Birinchi bosqich talabalariga shartnoma berish 26-avgust (dushanba) kunidan boshlanadi.
Talaba kontrakt.edu.uz orqali oʻz toʻlov-kontrakti shartnomasini olishi hamda to'lovni amalga oshirishi mumkin.
Toʻlov-kontrakti shartnomasini olish hamda to'lovni amalga oshirish bo’yicha video qo’llanma bilan tanishing.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5️⃣5️⃣5️⃣
2024-yil 26-avgust kuni joriy o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zDJTUda tahsil olish istagini bildirgan 96 nafar xorijiy fuqaro bilan onlayn suhbat tashkil etildi.
Tadbirni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ochib berdi. shuningdek suhbat jarayonida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov ham ishtirok etib, talabgorlarni suhbatdan o‘tkazdi.
Suhbat jarayonida abituriyentlar rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Ular Maxsus komissiya a’zolariga qobiliyatli va layoqatli ekanliklarini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#bilasizmi #eslatma
⚡️Shoshiling, ikki kun qoldi! 56.7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi
Xabaringiz bor ayni kunlarda oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlamoqda. Tanlov 27-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej/texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.
Shunday ekan, sizlarda 2 kun vaqt qolmoqda.
❗️Ma’lumot uchun joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻysa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024/2025 o'quv yillarida bakalavr/magistratura mutaxassisliklari bo'yicha bir nafar talabani to'lov-kontrakt shaklidagi bir yillik o'qitish qiymati: birinchi bosqich talabalari uchun
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📸🟦🟦🟦
24–25-avgust kunlari "Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan umumxalq xayriya hasharida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Bugun, 24-avgust kuni universitetning barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari , tyutor va boshqa xodimlardan iborat jamoa O‘zDJTUga biriktirilgan mahallalarda bo‘lishdi.
Mahalladagi yoshi ulug‘, yolg‘iz qariyalar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar oldi. Xonadonini obodonlashtirish ishlariga ko‘maklashdi.
Shuningdek, mahalla tevaragida bo‘layotgan hashar jarayonlarida ishtirok etib, mahalla obodligiga hissa qo‘shishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
24-25 avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
⚡️Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi
Bizni kuzating
🟦🟦🟦 🟦🟦
23-avgust kuni OʻzDJTU da dissertatsiya ishlarining ilmiy seminar muhokamasi oʻtkazildi.
Unda Atashikova Nilufar Anarmatovnaning 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Iqtisodchi-talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda janr yondashuvi (ingliz tili materiallari asosida)” маvzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning muhokamasi boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседований соискателей независимых исследовательских работ по специальности 23.00.04 - Политические проблемы международных отношений, мирового и регионального развития: ПОДРОБНЕЕ
———
23.00.04-interview results of applicants for independent research in the specialty of International relations, political problems of world and regional development: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей самостоятельной исследовательской работы по специальности 13.00.02 – Теория и методика обучения и воспитания: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 13.00.02 – Theory and methodology of education and training: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей самостоятельных исследовательских работ по специальности 10.00.06 – Cравнительное литературоведение, сравнительное языкознание и переводоведение: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 10.00.06 – Comparative Literary Studies, Comparative Linguistics and Translation Studies: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
“Men oʻqishga kirsam qayerda turaman?”
https://youtu.be/TQKmFguwXDk?si=IJlYkQKQmJOMv8EQ
🟦🟦🟦🟦
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar hamda bu borada O‘zDJTUda amalga oshilayotgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sadiyev Valijon Alijonovich ma’lumot berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦 🟦🟦
27-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi o‘lib o‘tdi.
Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi kun tartibidan Bakirova Xilolaxon Botiraliyevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tili darslarida bo‘lajak muhandislarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish (energetika sohasi terminlari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi o‘rin oldi.
Zoom onlayn dasturi orqali bo‘lib o‘tgan ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻💻💻
27- avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.
Imtihon jarayonlarida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, barcha talabgorlarga omad tiladi. Imtihonlar universitet mas’ullaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiyasi tomonidan olib borildi va nazorat qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 606-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, O‘zDJTUda 2024-2025 o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislik ta’limiga talabgorlar topshirgan yo‘nalishidan kelib chiqqan holda suhbat yoki test sinovlari shaklida imtihon topshirishdi.
O‘zDJTUda ta’lim olish istagini bildirgan talabgorlar 2024/2025 o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislik ta’limiga bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirganlar. Xususan,
✅ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (kunduzgi, kechki);
✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili (kunduzgi);
✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili (kechki);
✅ Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar (kunduzgi, sirtqi);
✅ Xalqaro jurnalistika (kunduzgi, sirtqi);
✅ Siyosatshunoslik (kunduzgi, sirtqi);
✅ Xalqaro munosabatlar (kunduzgi, sirtqi);
✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili, turk tili;
✅ Tarjima nazariyasi va amaliyoti: arab tili, turk tili;
✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili; (kunduzgi, kechki);
✅Filologiya va tillarni o‘qitish: Nemis, ispan, koreys, yapon, xitoy tillari;
✅Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili.
0️⃣0️⃣0️⃣
26-avgust kuni O‘zDJTUda oliygoh rahbariyati vakillari ishtirokida ishlab chiqarish yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
Universitet rektori, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari ishtirok etgan yig‘ilishda 2024-2025 yilgi o‘yuv yilining 9-sentyabrdan boshlanishi va talabalarni munosib kutib olish, 1-kurslar uchun uchun tanishuv jarayonlarini tashkil etish, universitet hududida selfi zonalar tashkil etish, talabalarni turar joylarga joylashtirish kabi qator masallar muhokama etildi.
Universitet rektori tomonidan olib borilgan tadbirda Kuzatuv kengashi hisobotlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 321-sonli buyrug‘i hamda texnik vazifalar va qabul jarayonlari tahlil etildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida talabalar va professor o‘qituvchilarga qulay sharoit yaratish bo‘yicha takliflar tinglandi va amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024/2025 o'quv yillarida bakalavr/magistratura mutaxassisliklari bo'yicha bir nafar talabani to'lov-kontrakt shaklidagi bir yillik o'qitish qiymati: yuqori va bitiruvchi kurs talabalari uchun
ℹ️ Batafsil
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✅Bitta joyda o'qib ikki diplom egasiga aylaning, bunday imkoniyatni sizga qo'shma ta'lim dasturi taqdim etadi.
2024/2025 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim "Rus tili xorijiy til sifatida" yoʻnalishda oʻqish uchun qabul amalga oshirilmoqda...
Qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar mazkur link orqali ro'yhatdan o'tishi lozim: https://forms.gle/tDcv3n7wRtKMGaQs8
Shoshiling joylar soni cheklangan.
Qulayliklar:
❇️3+1 ya'ni 3 yil offline, 1 yil online o'qish,
❇️ 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyatlari mavjud.
✅Kontrakt narxi – 130 000 рубль, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bilan.
☎️Murojaat uchun:
📞+998955034144
📞+998955104144
📞+998955094144
📞+998977341595
📌Ushbu telegram guruhimizda savollaringizni yo'llashingiz mumkin: /channel/qoshmatalimmdasturi
©reklama
📸🟦🟦🟦
24-avgust kuni universitet xodimlarining O‘zDJTUga biriktirilgan mahallalarda "Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etayotgan jarayonlardan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📸🟦🟦🟦
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida oʻtkazilayotgan hashardan fotoreportaj
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Yaponiyaning Nagoya shahri Toshkent shahri bilan birodar shahar hisoblanadi. Hozirgi kunda “Yaponiya va O‘zbekistondagi bir avlod vakillari almashinuvi” nomli xalqaro almashinuv loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan 21-26 avgust kunlari Nagoya shahridan yigirma nafar maktab o‘quvchilari, bir nafar Nagoya hokimiyati vakili va ikki nafar o’qituvchi O’zbekistonda bo’lishadi.
🟦🟦🟦 🟦🟦
23-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi dissertatsiya muhokamasi oʻtkazildi.
Ilmiy seminarda Raximova Shahnoza Pulatovnaning 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarning diskurs kompetensiyasini takomillashtirishning multimadaniy aspentlari. (Ingliz tili yoʻnalishi)” маvzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyaning muhokamasi boʻlib oʻtdi.
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣
Внимание! Абитуриенты, подавшие документы на все направления второй специальности Узбекского государственного университета мировых языков!
Просим вас прибыть 27 августа 2024 года в 9:00 в лекционные залы, расположенные в главном здании университета (ректорат), в форме бесед по направлениям Международной журналистики, Информационной службы и связей с общественностью, Политологии и международных отношений, а также на тестирование по остальным направлениям.
Вы должны иметь при себе следующие документы:
1. Гражданский паспорт или удостоверение личности (оригинал и копия);
2. Копия заявления о том, что заявитель подал онлайн.