uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi tomonidan Braziliyaning Kampinas universitetida tashkil etilgan "O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi" mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirdan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#uchrashuv #gender_tenglik

25-noyabr — "Butunjahon xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakultetida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” loyihasi doirasida "Oila va gender tenglik" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Ergasheva Guli Ismoilovna tomonidan gender tengligi va ushbu tushuncha jamiyat munosabatlari talqinida yoritib berildi.

Dastur davomida G.Ergasheva o‘zining fikr-mulohazalari, maslahatlari va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, bu esa o‘z navbatida ishtirokchilarga katta motivatsiya berdi.

Shuningdek, psixolog — Shahzoda Boʻstonova hamda fakultet talabalari tomonidan maxsus tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida safarni davom ettirmoqda.


Xususan, delegatsiya a‘zolari 2024-yil 29-noyabr kuni Braziliyaning Kampinas universitetida bo‘lib, ushbu oliy ta‘lim muassasasi rahbariyati vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda qatnashdi.

Uchrashuvda Braziliyaning Kampinas universiteti rektori Antonio Meirelles, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, professor Osvaldir Pereira Taranto, Chet tillari instituti direktori, professor Petrilson Alan Pinheiro da Silva va XLaaro hamkorlik bo‘limi mas‘ul xodimi Mayara Pereira Morais hamda O‘zDJTU rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Braziliyaning jahon universitetlari xalqaro reytingda 232-o‘rinni egallab turgan oliygoh bilan turli sohalarda hamkorlik masalalari bo‘yicha muhim muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zDJTU rektori, professor I. Tuxtasinov hamkasblarga O‘zbekiston oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Hukumat tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan e’tibor haqida batafsil ma’lumot berdi.


Ishtirokchilarga mustaqil respublikamiz boy tarixi va madaniy merosi hamda O‘zDJTU faoliyati haqidagi videoroliklar namoyish etildi. Kampinas universiteti rahbariyati o‘zlari uchun yangi dunyo, ishonchli hamkor va istiqbol uchun muhim tayanch topganliklarini alohida ta‘kidlab o‘tdilar.

Muzokaralar davomida o‘qituvchi, talaba va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta‘lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilmiy stajirovkalar hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilish va o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishildi.

Asosiy masalalardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida portugal tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, Kampinas universitetidan til sohiblarini, mahalliy mutaxassislarni jalb qilish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zDJTU va Kampinas universiteti rahbarlari hamkorlik shartnomasini imzoladilar va erishilgan kelishuvlar asosida "Yo‘l xaritasi"ni tayyorlash hamda imzolashga kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Braziliyaning jahon reytinglarida yuqori o‘rin egallagan Sao Paulo universitetiga tashrifi haqida ma’lumot bergan edik.

Tashrif doirasida rasmiy uchrashuvlar hamda badiiy tadbirlar tashkil etilib, o‘zbek xalqining boy ma’daniy merosi namunalari ko‘rsatib o‘tildi.

Tashrif so‘ngida ikki universitet rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida, odatga ko‘ra, ikki universitet faoliyati va o‘qitish tizimi haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi va videolavha namoyish qilindi.

Rasmiy tadbirda ishtirok etgan har ikkala oliygoh rektorlari kelgusida ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlar, xususan, ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini tashkil qilish, shuningdek, almashinuv dasturlari ishtirokchilari uchun munosib sharoitlarni yaratib berish, O‘zDJTUda portugal tili o‘rgatilishini yo‘lga qo‘yish, bu borada Sao Paulo universiteti bilan hamkorlik qilish borasida kelishib olindi.


Kelishuvlar asosida ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan Memorandum imzolandi.

Uchrashuv so‘ngida ikki tomon hamkorlari esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

29-noyabr OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi FFRA 2201-02-03-guruh talabalari

TO'MA fanidan fan o'qituvchisi dotsent G.Raximova tomonidan taqsimlab berilgan hamda 2024-2025 o'quv yili 1-semestri uchun rejalashtirilgan

mustaqil ishlarini sahna ko'rinishlari, monolog, dialog, va taqdimot shaklida namoyish etishdi.

Talabalar mustaqil ishlarida fransuz yozuvchilari V.Gyugoning she'rlaridan parchalar, La Fontenning masallari, Sh.Perroning ertaklari va boshqa fransuz adiblari asarlaridan sahna ko'rinishlari orqali namoyish etishdi.

Mazkur darsda Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova va kafedra o'qituvchilari ham ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, talabalar tomonidan TO'MA fanidan yillik mavzularni qamrab olgan video va audio, PPT va mashqlar, test va quizlardan iborat mobil ilovani ham mustaqil ravishda yaratilgan bo'lib, u ham mustaqil ish sifatida taqdim etildi. Bundan tashqari, fransuzcha kuy-qo'shiqlar ijrosi darsni ko'tarinki kayfiyatda o'tishiga xizmat qildi.


Mustaqil darsda Fransizyaning Shimoliy Sorbonna Universiteti doktoranti Catherine Ayme ham ishtirok etdi.

U darsda talabalar faol qatnashganini, sahna ko'rinishlarini esa mahorat bilan ijro etganini, ularning fransuz tiliga bo'lgan qiziqishlari va til bilish darajalari yuqori ekanligini a'lohida ta'kidlab o'tdi hamda dars uchun minnatdorchilik bildirdi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" va yoshlarni yot g‘oyalarning ta'siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida "Jaholatga qarshi marifat bilan kurashish - davr talabi" mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Davra suhbatida Uchtepa tumani IIOFMB TQKB tezkor vakili S. Boljonov, katta leytenant D. Oʻrozqulova, universitet profilaktika inspektori M. Nurmuhamedova, dekan muovinlari, fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Achilova, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.


♻️Suhbat davomida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash, zoʻravonlikni oldini olish masalalari yuzasidan xodimlar tomonidan tushuntirishlar berib oʻtildi. Talabalar o‘z fikrlarini bildirib, dolzarb mavzular bo‘yicha savollar berdilar.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

25-noyabr kuni Tabiiy fanlar kafedrasi professori X. Xushvaktova va Ingliz tili birinchi fakulteti 3-kurs talabalari bilan ekologik muammolarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni zamonaviy ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va yechimlari haqida xabardor qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishda shaxsiy mas’uliyatni oshirishdan iborat edi.

Tadbir interaktiv savol-javoblar va jamoaviy muhokamalar shaklida o‘tdi, bu esa talabalarning ekologik savodxonligi va faolligini oshirishga hissa qo‘shdi. Tadbir yakunida talabalar o‘z ekologik madaniyatini yanada yuksaltirishga intilishini bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili o'qitish metodikasi №3 kafedrasida "Lingua Spectrum" jurnali tashkil qilindi.


Mazkur jurnalda darajaga ega boʻlgan professor-o'qituvchilar hech qanday to'lovsiz maqola nashr etish imkoniyatiga ega.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Jurnal yanvar oyidan OAK tasarrufiga kiritilishi rejalashtirilmoqda.

🔗 Jurnal havolasi: https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/issue/view/2

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 29-noyabr sanasida Xalqaro jurnalistika fakulteti huzuridagi 10.00.09-Jurnalistika ixtisosligi bo'yicha navbatdagi Ixtisoslik kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Kun tartibida 2 nafar tayanch doktorant va 15 nafar mustaqil izlanuvchilarning mavzulari muhokama qilindi.


⚡️Majlisni f.f.d (DSc), professor A.Karimov ochib berdi. Shuningdek, Ixtisoslik kengash kotibi f.f.d (DSc) D.Aminova, f.f.d (DSc) K.Ismailova, f.f.d (DSc) B.Alimov va f.f.d., professor F.Mo'minovlar taqdim etilgan mavzular yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirib, tanlangan mavzular ahamiyati va dolzarbligi yuzasidan fikr almashdilar.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida  “Eng yaxshi rasmlar”  tanlovidan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

29 noyabr kuni Yaponiyaning raqamli universiteti (JDU) vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.


Delegatsiya vakillari: Yaponiyaning raqamli universiteti (JDU) ta’sischisi va vasiylik kengashi raisi Xaga Xiroaki, Vasiylik kengashi a’zosi Kondo Toshiko, Toshkentdagi JDU rektori Mamajonov Ravshanbek, Toshkentdagi JDUning Ta’limni loyihalashtirish masalalari bo‘yicha prorektor Munojot Umarovalar tashrif buyurdi.

Mehmonlar, O‘zDJTU tomondan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nosirov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M.Xamroyev, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Abidjanov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi V.Amanov va Huquqshunos F.Mirzayevlar  tomonidan kutib olindi. 

Uchrashuvda, JDU bilan O‘zDJTU o‘rtasida 2020-yilda imzolangan shartnoma bandlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, 2024-yildagi 5 nafar JDU bitiruvchilariga diplomlar topshirish tadbirini o‘tkazish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

29-noyabr kuni Fransiyaning Shimoliy Sorbonna Universiteti va O‘zDJTU o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga binoan Sorbonna Universiteti doktoranti Catherine Ayme O‘zDJTUga tashrif buyurdi.


Tashrif Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor A.Nosirov va Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximovalar bilan uchrashuv bilan boshlanib, Shimoliy Sorbonna Universiteti va O‘zDJTU o‘rtasida Erasmus+ dasturi bo‘yicha o‘qituvchi, doktorant va talabalar almashinuvi loyihasini yakuniga yetkazish, Sorbonna universitetidan malakali professor-o‘qituvchilarning O‘zDJTUga kelib dars va master-klasslar o‘tishi, ushbu universitet talabalarini ham O‘zDJTUga kelib bir semestr davomida tahsil olishlarini tashkil etish imkoniyatlari haqida har ikki tomon muzokaralar olib borishdi hamda har ikki tomonning rahbariyati va mas’ullari tomonidan ma’qullangach yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishildi.

Shundan so‘ng Catherine Ayme Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦
29-noyabr kuni O‘zDJTUda “To‘maris izdoshlari” nomli milliy tanlovining fakultetlararo universitet bosqichi o‘tkazildi.


Unda talaba-qizlar 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. “Tanishtiruv”, “Vatanparvarlikni madh etuvchi sahna ko‘rinishi yoki videorolik”, 100 metrga yugurish bo‘yicha “Sport bilan hamnafasmiz”, “Erkin mavzu” shular jumlasidandir.

Tanlov shartlari bo‘yicha talaba-qizlarning chiqishlari Uchtepa tuman Ichki ishlar xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim mas’ullari tomonidan baholab borildi.

Tanlov yakunida ishtirokchilar 3 ta faxrli o‘rin hamda nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.
1-o‘ringa Tarjimonlik fakulteti;
2-o‘ringa Ingliz tili 3-fakulteti,
3-o‘ringa Rus filologiyasi fakulteti;
talaba qizlari sazovor bo‘ldi.


Tanlov talaba-qizlarning ongida tariximiz, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizga chuqur hurmat va ehtiromini yuksaltirish, doimo yurt uchun qayg‘urish, sadoqat, vafodorlik, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, hayotda doimo g‘alabaga intilish va yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, qat’iyat, iroda va shukronalik hamda o‘z Vataniga va ilm-fanga bo‘lgan mehr-sadoqat hissini oshirishga xizmat qildi. Bu esa talaba-qizlar tomonidan taqdim etilgan sahna ko‘rinishlar hamda videoroliklarda o‘z ifodasini topdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida “Siyosatchilar va diplomatlar bilan video intervyu tashkil etish” mavzusida Webster universiteti professori Abbas Muzaffar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

✨ Dars davomida talabalarga muvaffaqiyatli intervyu olish sirlari, suhbatga tayyorlanish shartlari, to’g’ri savol berish mahorati bo’yicha nazariy ma’lumotlar berildi. Intervyu jarayonida kamera va chiroqlarni to’g’ri o’rnatish, tasvir maydonchasini to’g’ri tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar ko’rsatilib talabalar bevosita ishtirok etdi.

Mahorat darslari Siyosiy fanlar kafedrasi professorlari Sanjar Saidov hamda Nivedita Das Kundu tashabbusi bilan o’tkazildi.


#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Joriy yilning 23-27 noyabr kunlari OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L.Xoliyarov, kafedra katta o’qituvchisi N.Ro’ziboyeva va o’qituvchi I.Xoliqulovdan iborat delegatsiya Hindistonning Banasthali universitetiga tashrifi davomida ikki oliy o’quv yurtlari o’rtasida memorandum imzolanishi va xalqaro ilmiy anjumanda ishtirokidan tashqari universitet kutubxonalari, o’quv zallariga ham tashrif buyurildi.


💬 Tashrif mobaynida universitet Til va adabiyot fakulteti uchinchi bosqich talabalariga Nazira Ro’ziboyeva tomonidan “Fransuz komikslari” mavzusida dars o‘tib berildi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaning nufuzli OTMlaridan biri bo‘lgan Kampinas universitetidagi rasmiy uchrashuvlaridan so‘ng Kampinas universiteti Falsafa, chet tillar va adabiyoti fakulteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi.


Tashrif doirasida 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan UNESCO Bosh Assambleyasining 43-yig‘ilishi oldidan "O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi" mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Faollar zalida o‘tkazilgan ushbu tadbirda o‘zbek xalqining milliy liboslari, hunarmandchilik namunalari, shirinlik va milliy taomlar, shuningdek, milliy musiqa, qo‘shiq hamda raqslari namoyish etildi.

Tadbirdan O‘zbekiston madaniyati va urf-odatlariga oid ko‘rgazma materiallari namoyishi, O‘zbekiston bayrog‘i, milliy liboslar, so‘zana, hunarmandchilik namunalari (paxta gulli choynak-piyola, lagan, teriga chizilgan sur’at va boshqalar) namoyishi o‘rin oldi. Ishtirokchilarga patir, shirinliklar, quruq mevalar taklif qilindi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan mazkur tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirish bilan birga, O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qiziqishini orttirdi. 

Ayni paytda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi a’zolarining Braziliyaga safari davom etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida safarni davom ettirmoqda.


Xususan, delegatsiya a‘zolari 2024-yil 29-noyabr kuni Braziliyaning Kampinas universitetida bo‘lib, ushbu oliy ta‘lim muassasasi rahbariyati vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda qatnashdi.

Uchrashuvda Braziliyaning Kampinas universiteti rektori Antonio Meirelles, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, professor Osvaldir Pereira Taranto, Chet tillari instituti direktori, professor Petrilson Alan Pinheiro da Silva, Xalqaro hamkorlik bo‘limi mas‘ul xodim Mayara Pereira Morais hamda O‘zDJTU rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Braziliyaning Jahon universitetlari xalqaro reytingida 232-o‘rinni egallab turgan oliygohi bilan turli sohalarda hamkorlik masalalari bo‘yicha muhim muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zDJTU rektori, professor I.Tuxtasinov hamkasblarga O‘zbekiston oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Hukumat tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan e’tibor haqida batafsil ma’lumot berdi.


Ishtirokchilarga mustaqil respublikamizning boy tarixi va madaniy merosi hamda O‘zDJTU faoliyati haqidagi videoroliklar namoyish etildi.

Kampinas universiteti rahbariyati o‘zlari uchun yangi dunyo, ishonchli hamkor va istiqbol uchun muhim tayanch topganliklarini alohida ta‘kidlab o‘tdilar.

Muzokaralar davomida o‘qituvchi, talaba va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta‘lim dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilmiy stajirovkalar hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilish va o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishildi.

Asosiy masalalardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida portugal tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, Kampinas universitetidan til sohiblarini, mahalliy mutaxassislarni jalb qilish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zDJTU va Kampinas universiteti rahbarlari hamkorlik shartnomasini imzoladilar, erishilgan kelishuvlar asosida "Yo‘l xaritasi"ni tayyorlash hamda imzolashga kelishib olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

29-noyabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakultetida "IT sohasiga yoʻl: Hackathon" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda fakultetning TITA-2316 guruh talabasi Sevinch Xolmirzayeva va TNEM-2312 guruh talabasi Asem Rustamova hamda Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo’yicha dekan muovini tomonidan IT sohasi bo'yicha keng qamrovli ma'lumot taqdim etildi.

Spikerlar IT sohasining bugungi kundagi ahamiyati, bu sohani oʻrganishda mavjud ta’lim muassasalari va ish topish imkoniyatlari haqida nutq soʻzladi.

Tadbir davomida sayt yaratish jarayonlari va start-up loyihalari haqida ham to'liq ma'lumot berilib, mutaxassislar o'z tajribalari bilan bo'lishdilar. Ular talabalar uchun start-up tashkil qilishda duch kelinishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar va ularni yengish yo'llarini ham tushuntirishdi.


Yakunda Tarjimonlik fakultetining rasmiy saytini ishlab chiqish uchun “Hackathon” jamoasini tashkil etish boʻyicha e’lon berildi.

Ushbu “Hackathon” fakultet talabalari va mutaxassislarining kreativ fikrlarini birlashtirish maqsadida yangi va innovatsion yondashuvlarni ilgari surishga imkon yaratadi.

📍 Tarjimonlik fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

19-noyabr kuni 2-TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olib, “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusi doirasida davra suhbati olib borildi.


OʻzDJTU Ingliz tili amaliy fanlar № 3 kafedrasi ustozlari hamda 2-TTJ pedagoglari D.Afzalxonova , F.Gazibayeva bilan birgalikda olib borilgan dastur davomida taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashning kompleks yondashuvini, jumladan, qonunlarni hayotga tatbiq etish, taʼlim muassasalari faoliyatining shaffofligini oshirish, talabalar va taʼlim xodimlarini korrupsiya oqibatlari haqida oʻqitish va taʼlim muassasalari faoliyatini monitoring qilishga har bir shaxs mas’ul ekanligi tushuntirish kabi masalalar muhokama qilindi.


Shuningdek, oraliq nazorati haftaligi davomida talabalar bilimini baholashda shaffoflik ustun ekanligi va har qanday vujudga kelishi mumkin bo’lgan qiyinchlik, muammolar haqida ma’sullarni xabardor qilish lozimligi tushuntirildi.

Talabalar ham mavzu doirasida o'z fikrlarini bildirishdi va qiziqqan savollariga asosli javoblar olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

27-noyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti  xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Achilova boshchilida “Kitobxon ona - kitobxon bola” deb nomlangan  uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet tyutorlari va talaba qizlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad talaba qizlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishdan iborat.


📍Roman-german filologiyasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tabiiy fanlar  kafedrasi, Universitet mehnat muhofazasi bo‘limi, Uchtepa tuman FVB bilan hamkorlikda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha yong‘in xavfsizlik oyiligi doirasida Ingliz tili 2-fakultetida talabalar bilan profilaktik uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

Bunda talabalar Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va yong‘in xavfsizligi xodimlaridan yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanishga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. Shuningdek, yong‘inga qarshi choralar ko‘rish hamda uning xavfsizlik normalari tasvirlangan videorolik namoyish etildi. Bundan tashqari yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan talabalarga xavfsizlik choralarini qanday ko‘rish mumkinligi amaliy ko‘rinishda ham ko‘rsatildi.

Ushbu uchrashuv talabalar xavfsizligi manfaati uchun foydali davra suhbati bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida

28-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakultetida Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri q/x.f.d. professor D.Yormatova tashabbusi bilan “Bu mening yashil sayyoram” nomli eko-insholar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlovda Ingliz tili 1-fakultetining 300 dan ortiq talabalari ishtirok etishdi. Dastur yakunida saralab olingan 20 nafar talabalarning yozgan eko-insholari g‘olib deb topildi.

Talabalar o‘z ishlarida global isish, tabiatni asrash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda shaxsiy fikrlarini ko‘rsatib o‘tdilar. Insholar aniqlik, mazmundorlik va ijodiy yondashuv bo‘yicha baholandi.

Tanlov yakunida g‘oliblar va faol qatnashchilar maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi tanlovlar talabalarning ijodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#korrupsiyaga_qarshimiz

🔷 Sharq filologiyasi fakultetida "Biz Korrupsiyaga qarshimiz" nomli rasmlar tanlovining fakultet bosqichi boʻlib oʻtdi

👉 Batafsil...

🌐 Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida  tadbir tashkil etildi.


Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusi doirasida tashkil etilgan tadbirda universitet rahbariyati vakillari hamda  Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat  tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.

Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat  tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov tadbirni ochib berib, talabalarga har qanday korrupsion holatlarga qarshi turish va ularning oldini olish borasida fikr mulohazalarini bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Talabalar am mazkur mavzuda o‘z fikrlarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida  “Eng yaxshi rasmlar”  tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektor V.Sadiyev, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yusupov hamda Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat  tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov ochib berib, mahorat bilan tasvirlangan rasmlarni baholadi va  o‘z fikrlarini bildirdi.

Mazkur tanlovda 50 dan ortiq talabalar fakultet bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, universitet bosqichida ishtirok etishdi. Har bir talaba o‘zining  korrupsiyaga qarshi tasvirlangan rasmini tariflar bilan izohladi.

Ma’lumot uchun:  G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin — 3 million so‘m;

 2-o‘rin — 2 million so‘m;

 3-o‘rin — 1 million so‘m.

Natijalar tez orada e’lon qilinadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣

В Москве пройдёт 1ый Евразийский конгресс лингвистов


9-13 декабря 2024 года в Москве планируется крупное международное научное событие – Первый Евразийский конгресс лингвистов с участием более 500 ученых из 40 стран мира, включая участников, представляющих УзГУМЯ.


В рамках конгресса будут рассмотрены ключевые направления развития современной лингвистики, имеющие первостепенное значение в подготовке педагогических кадров, специалистов в области лингвистического образования, межъязыкового общения и межкультурной коммуникации.

🔗 К прямой трансляции конгресса можно подключиться, пройдя по ссылке: https://eacling.org/

🌐 Мы в социальных сетях:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, Xorijiy filologiya kafedrasi dotsenti, Ruzmetova Dildora Adilbekovna tomonidan doktorant va izlanuvchilar uchun “Chet tili o‘qitish metodikasi ixtisosligida ilmiy tadqiqotlar olib borish tartibi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda hozirgi kunda metodika sohasida mavjud dolzarb masalalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun e’tiborga olish zarur bo‘lgan jihatlar va muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Seminar so‘ngida tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachidan foydali taklif va tavsiyalar olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💟💟💟

🇺🇿 Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti

🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti

🇺🇿 "25-noyabr jahon hamjamiyatining xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurshish kuni " munosabati bilan

🇺🇿 Psixolog - Shahzoda Boʻstonova hamda fakultet talabalari:

🔻Zikriyoxonposhsha Sobirova
Ruhshona Nuriddinova
Bexruzbek Rasuljonov
Azamat Joʻraxonov
Bobur Farmonov


tomonidan tayyorlangan video rolik.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

27-noyabrda OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi oʻqituvchisi M.F.Polvonova tomonidan ilmiy seminar oʻtkazildi.


Dastur davomida “Pul birliklarini ifodalovchi komponentli frazeologizmlarning semantik va pragmatik xususiyatlari” mavzusida muhokama tashkil etildi.

Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi mudiri M.O.Abduvahobova soʻzga chiqib, frazeologiya ingliz tilida keng tarqalgan lingvistik hodisa ekani, uni har tomonlama chuqur egallashning ham nazariy, ham amaliy ahamiyati kattaligi, chunki bu hodisani yaxshi egallash frazeologik iboralarni toʻgʻri va joyida ishlatish koʻnikmalarini shakllantirishi toʻgʻrisida ma’lumot berdi.


Ilmiy seminar uchun tanlangan mazkur mavzu dolzarb, qiziqarli va ingliz tili amaliyoti bilan yaqindan bogʻliq boʻlib, ishtirokchilar ushbu dastur orqali zarur va qimmatli bilim-koʻnikmaga ega boʻlganini ta’kidlashdi.

Yakunda M.F.Polvonova tomonidan oʻtkazilgan ilmiy seminar ijobiy deb baholandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

22-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi Madina Shakirova tomonidan “Ingliz va oʻzbek idiomatik birliklarida rang konseptining ifodasi” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.


Talaba yoshlar va kafedra professor-oʻqituvchilari uchun oʻtkazilgan ilmiy seminarda mavzu yuzasidan kerakli tushunchalar berildi.

Dastur davomida talabalar uchun maxsus vazifalar tayyorlanib, ular a’lo darajada bajarildi. Shuningdek, seminar mohiyati doirasida ilmiy ish mavzusi va dolzarbligi yuzasidan ilmiy faoliyati yuqori va tajribaga ega ustozlar o’z fikrlarini bildirib o’tishdi.


Tadbirni tashkil etishda mavzuga oid boʻlgan oʻquv metodlari qoʻllanildi va matnlarni tarjima qilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni oson yoʻl bilan hal qilish texnikalarini tajribada sinab koʻrishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel