🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha barcha yo‘nalishlarga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!!!
Joriy yilning 27.08.2024 yil soat 9:00 da Universitet bosh binosida (Rektorat) joylashgan Ma’ruzalar xonalariga Xalqaro jurnalistika, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar, Siyosatshunoslik hamda Xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida SUHBAT shaklida va qolgan yo‘nalishlarda TEST SINOVLARIGA kelishingizni so‘raymiz.
O‘zingiz bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishingiz SHART:
1. Fuqarolik pasporti yoki ID (asl va nusxasi);
2. Talabgorning onlayn hujjat topshirganligi haqidagi ariza nusxasi.
🟦🟦🟦
22-avgust kuni O‘zDJTU Kuzatuv kengashi a'zolari, oliygoh rahbariyati vakillari bilan birgalikda universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ular ARM, universitetning madaniyat markazida bo‘lib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga qulayliklar yaratish, yangi 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, O‘zDJTU tarixi, bugunga qadar faoliyati haqida ma’lumotlar va esdalik buyumlar jamlangan, yaqin kunlarda ochilishli kutilayotgan O‘zDJTU muzeyi, talabalar uchun yaratilayotgan kulolchilik markazi, universitetda faoliyat olib borayotgan “Fledu uz” saytining ish jarayonlari bilan tanishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
21-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi dissertatsiyasi himoyasiga oid Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda Mamatkulova Saidaxon Shukurjonovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi boʻyicha “Ingliz tilida so‘z va gaplarni qo‘llashda grammatik normadan chetga chiqishlar lingvistik muammo sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi.
Majlis offline va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, majlis aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔊 Внимание, студентам первого курса очной, вечерней и заочной форм обучения!
Просим вас прийти в университет следующими документами🔽
Список документов, которые необходимо принести в университет:
1 Папка для бумаг с завязочками
2 Скоросшиватель папка
3. Конверт (2 шт).
4. Лист записи заявителя. (5 экземпляров выбранных курсов высшего образования)
5. Рекомендательное письмо на обучение.
6. Аттестат о среднем образовании, лицее или колледжа (оригинал) (оригинал необходим для окончивших школу в 2023-2024 году).
7. Фотография (6 штук) формата 3х4 или 3,5х4,5.
8. Копии льготных документов (требуется оригинал)
9. Копия паспорта (2 шт.)
🟦🟦🟦
20-avgust kuni O‘zDJTUda tashkil etilgan “AVIATSIYA – ORZULAR RO‘YOBI” nomli seminardan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📢📢📢📢📢
Birinchi kurs talabalari diqqatiga!
Sizdan universitetga quyidagi hujjatlar bilan kelishingiz so‘raladi.
Universitetga olib kelinishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
1. Ipli papka (1 dona).
2. Skrashivatel papka (1 dona).
3. Konvert (2 dona).
4. Abituriyent qayd varaqasi. (5 dona tanlangan Oliy ta’lim yo‘nalishlari nusxasi)
5. O‘qishga tavsiya etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.
6. Maktab, litsey yoki kollej diplom yoki attestati (asl nusxasi) (2023-2024 yillari maktabni tugatganlarga asl nusxasi shart).
7. Foto (6 dona) 3x4 yoki 3,5x4,5 shaklda.
8. Imtiyoz bilan kirganlarning imtiyoz hujjatlari nusxasi. (asli nusxasi shart)
9. Pasport nusxasi (2 dona)
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Olima ayollar Ispaniyada tajriba almashishdi
Joriy yilning 3-17 avgust kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professorlari Laylo Ahmedova, Dilfuza Teshaboyeva va Mahfuza Ortiqova (PhD), tadqiqotchilar Gulnoz Tolibova, Shahnoza Parpiyeva hamda Navroʻza Uktamova “Butunjahon olima ayollarini qoʻllab-quvvatlash” dasturi asosida Ispaniyada malaka oshirib qaytdilar.
Til va madaniyat kursi mobaynida universitetimiz olima ayollari Alikante, Valensiya, Sevilya shaharlarida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar, tilshunos olimlar bilan tajriba almashishdi. Shuningdek, Oʻzbekistonning boy tarixi, madaniyati, mamlakatimizda zamonaviy fanlarning oʻqitilishi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyati haqida xorijlik hamkasblarga ma’lumot taqdim etishdi.
🟦🟦🟦🟦
📣 "Huquq bilimdoni" onlayn viktorinasi g'olib va sovrindorlari aniqlandi!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidagi barcha fakultet talabalari viktorinada faol ishtirok etdi.
📌 Talabalarning huquqiy savodxonligini aniqlash, O'zbekiston Respublikasidagi saylov tizimi va jarayonlari borasidagi bilimlarini sinash va ularni mustahkamlashga qaratilgan turli xil qiyinlik darajasiga ega bo'lgan savollarga eng yuqori ko'rsatkichlar bilan javob bergan quyidagi ishtirokchilar g'olib va sovrindorlarga aylanishdi:
📢📢📢📢📢
Birinchi kurs talabalari diqqatiga!
Sizdan universitetga quyidagi hujjatlar bilan kelishingiz so‘raladi.
Universitetga olib kelinishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
1. Ipli papka (1 dona).
2. Skrashivatel papka (1 dona).
3. Konvert (2 dona).
4. Abituriyent qayd varaqasi. (5 dona tanlangan Oliy ta’lim yo‘nalishlari nusxasi)
5. O‘qishga tavsiya etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.
6. Maktab, litsey yoki kollej diplom yoki attestati (asl nusxasi) (2023-2024 yillari maktabni tugatganlarga asl nusxasi shart).
7. Foto (6 dona) 3x4 yoki 3,5x4,5 shaklda.
8. Imtiyoz bilan kirganlarning imtiyoz hujjatlari nusxasi. (asli nusxasi shart)
9. Pasport nusxasi (2 dona)
🟦🟦🟦 🟦🟦
20-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Ilmiy seminarda tadqiqotchi Radjabova Gulnoza Giyosiddinovnaning 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi boʻyicha “Korpus texnologiyalari (COCA) talabalarning yozma kompetensiyasini takomillashtirishda autentik materiallar manbai sifatida (ingliz tili misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi oʻtkazildi.
Zoom onlayn dasturi orqali boʻlib oʻtgan ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🆕 🟦🟦🟦 🟦🟦
💬 Viktorina
Oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda talabalar oʻrtasida huquqiy savodxonlik darajasini aniqlash va munosib taqdirlash maqsadida Oliy ta‘lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi onlayn viktorina shaklida oʻtkazilmoqda.
🏆 Olimpiadada ishtirok etib, 1,2,3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarni munosib taqdirlash koʻzda tutilgan.
☄️ Oʻz bilimingizni sinab koʻring va gʻolib boʻling!
🖥 Viktorinada ishtirok etish
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O'zaro hamkorlikdan universitetlar manfaatdor.
🔵 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich Japan Digital University bilan yo'lga qo'yib kelinayotgan hamkorlik aloqalari xususida so'zlab o'tdi. Aytib o'tish kerakki, universitetlar 4 yildan buyon ta'limda birgalikda hamkorlik qilib kelmoqda.🤝
✍️ Japan Digital Universityda hozirda quyidagi yo'nalishlarga qabul davom etmoqda :
IT yo'nalishlari :
Muhandis dasturchi
Grafik dizayn
Sun'iy intellekt
Kiberxavfsizlik
Ijtimoiy yo'nalishlar :
Turizm va mehmondo'stlik
Filologiya va tillarni o'qitish (yapon tili)
📩 BMBA (DTM) balli bilan hujjat topshirish
📥 JDU ichki imtihonlariga hujjat topshirish uchun
📞 71-200-05-95
📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 JapanDigitalUniversity">YouTube
🌐 Web site
📣📣📣📣📣
Hurmatli talabalar!
Ijara masalalari bilan bogʻliq savollaringiz boʻlsa, @ijara_uzdjtu_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
So‘nggi yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan universitetning nufuzini yanada oshirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirib borish, talabalarga, jumladan xorijiy mamlakatlar fuqarolariga chuqur bilim berish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
Shu o‘rinda professor-o‘qituvchilarimizning samarali mehnatini e’tirof etishimiz lozim.
Joriy yilda bir qator xorijlik talabalarimiz o‘qishlarini muvaffaqiyatli tamomlab, qizil diplomlar olganligi fikrimizning dalilidir.
Aminmizki, kelgusida bu kabi ishlar jadallashtirilib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolar soni yil sayin ortib boradi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga xush kelibsiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦
📣Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filali O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini Xorijiy til (Ingliz tili) magistratura mutaxassisligini tamomlagan, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zbek va rus guruhlarida erkin muloqat asosida tashkil eta oladigan bitiruvchi kurs magistrlarni ishga taklif qilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✅Bitta joyda o'qib ikki diplom egasiga aylaning, bunday imkoniyatni sizga qo'shma ta'lim dasturi taqdim etadi.
2024/2025 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim "Rus tili xorijiy til sifatida" yoʻnalishda oʻqish uchun qabul amalga oshirilmoqda...
Qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar mazkur link orqali ro'yhatdan o'tishi lozim: https://forms.gle/tDcv3n7wRtKMGaQs8
Shoshiling joylar soni cheklangan.
Qulayliklar:
❇️3+1 ya'ni 3 yil offline, 1 yil online o'qish,
❇️ 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyatlari mavjud.
✅Kontrakt narxi – 130 000 рубль, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bilan.
☎️Murojaat uchun:
📞+998955034144
📞+998955104144
📞+998955094144
📞+998977341595
📌Ushbu telegram guruhimizda savollaringizni yo'llashingiz mumkin: /channel/qoshmatalimmdasturi
©reklama
22-avgust kuni O‘zDJTU Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Muxtorovich Mahkamov universitet Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlanganligi haqida ma’lumot berildi.
Kuzatuv kengashini kengash raisi olib bordi. Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida kun tartibiga kiritilgan bir qator masalalar o‘rganildi.
Shuningdek, yig‘ilishda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi 311-son buyrug‘I to‘g‘risida, 2024-2025 o‘quv yilida universitet ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlari to‘g‘risida, O‘zDJTU 2030 yilgacha strategik rivojlantirish dasturiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida axborot berildi.
#e’lon
⚡️Ariza yubormaganlar shoshiling! Bugundan 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679
Bizni kuzating
📢📢📢📢📢
Birinchi bosqich kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim talabalari diqqatiga!
Sizdan universitetga quyidagi hujjatlar bilan kelishingiz so‘raladi.
Universitetga olib kelinishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
1. Ipli papka (1 dona).
2. Skrashivatel papka (1 dona).
3. Konvert (2 dona).
4. Abituriyent qayd varaqasi. (5 dona tanlangan Oliy ta’lim yo‘nalishlari nusxasi)
5. O‘qishga tavsiya etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.
6. Maktab, litsey yoki kollej diplom yoki attestati (asl nusxasi) (2023-2024 yillari maktabni tugatganlarga asl nusxasi shart).
7. Foto (6 dona) 3x4 yoki 3,5x4,5 shaklda.
8. Imtiyoz bilan kirganlarning imtiyoz hujjatlari nusxasi. (asli nusxasi shart)
9. Pasport nusxasi (2 dona)
🟦🟦🟦
20-avgust kuni O‘zDJTUda “AVIATSIYA – ORZULAR RO‘YOBI” nomli seminar tashkil etildi.
Seminarni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi.
O‘zbekiston va Yevropa aviakompaniyalarida bort kuzatuvchisi bo‘lib ishlagan va Birlashgan arab amirligining eng mashhur milliy aviakompaniyasiga ishga taklif qilingan tajribali styuardessa, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi Iroda Mamadaliyeva tomonidan tashkil etilgan seminarda tajribali styuardessa o‘z kasbining sir-sinoatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, seminarda tashkilotchi Iroda Mamadaliyeva bort kuzatuvchilarining faoliyati, nima uchun styuardessalikni orzu qilganlarning kamdan kami bu kasbning egasiga aylana olishi, bu ishga qanday qabul qilinish mumkinligi haqidagi qiziqarli savollarga batafsil javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
24-25 avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Yurtimizni obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 👨💻👩💻🧠 🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda 2024-yil 21-24 avgust kunlari “Umumta’lim maktablari uchun chet tillari bo‘yicha malakali pedagog kadrlarni tayyorlash” va “Bilimni baholash” mavzularida trening tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Oxirgi 14 yil davomida Britaniya Kengashi Oʻzbekistondagi 18 ta universitet bilan boʻlajak ingliz tili
oʻqituvchilari uchun taʼlim tizimini isloh qilish boʻyicha hamkorlik qilib keldi. Mazkur islohot PRESETT dasturining mazmuni va yetkazib berilishini yaxshilashga hamda tilni bilish va oʻqitish metodikasi boʻyicha aniq chiqish standartlarini belgilashga qaratilgan.
2024-2025 yillarda pilotga jalb qilinadigan oliy ta’lim muassasalari qatorida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ham mavjud
boʻlib, bugungi treningda mazkur loyihaning dastlabki maqsad va tamoyillari, ingliz tili oʻqituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi va reflektiv amaliyot muhimligi, ularga oʻz oʻquv dasturlari, modullari va darslari orqali reflektiv amaliyotni amalga oshirishni rejalashtirish imkonini berish, loyiha rejalari va muddatlari, ta’lim muassasalari tarmogʻini mustahkamlash va yanada kuchli amaliyot hamjamiyatlarini yaratish borasida ma’lumot berildi. Xususan, dastur ishtirokchilariga 2024-2025 yillar uchun rejalashtirilgan ish yoʻnalishlari tushuntirildi.
👨🏫👩🏫
21-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi
ilmiy darajalar beruvchi
DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 18-son majlisi oʻtkazildi.
Mazkur ilmiy majlisda O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Ilmish kengash davomida Narbayeva Gulnoza Xusanovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan «Роль концептуальных метафор во фразеологической картине мира (на материале испанского и русского языков)» mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦 🟦🟦
20-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Ilmiy seminarda tadqiqotchi Xasanova Vazira Xamidjanovnaning 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi boʻyicha “Rus tilini oʻqitishda nofilologik ta’lim muassasalari guruhlari talabalarida nutq kompetensiyasini shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi oʻtkazildi.
Zoom onlayn dasturi orqali boʻlib oʻtgan ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Joriy yilning 13-16 avgust kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari Turkiyaning Marmara universitetida boʻldi.
OʻzDJTU Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig'i N.S.Abdullayeva, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri J.R.Abduganiyeva va kafedra professor-o’qituvchilari Turkiyaning Marmara universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog‘ida oliygohlar o’rtasida imzolangan memorandum yangilandi, ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
OʻzDJTU delegatsiyasi a’zolari Marmara universitetining Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Nurin Tinaz boshchiligida Tarjimonlik, xorijiy til va adabiyoti madaniy markaziga sayohat uyishtirildi. Shuningdek, Qo’shma ta’lim dasturlari ko’rib chiqilib, Erasmus doirasida hamkorlik qilish masalalari borasida fikr almashildi.
✅Bitta joyda o'qib ikki diplom egasiga aylaning, bunday imkoniyatni sizga qo'shma ta'lim dasturi taqdim etadi.
2024/2025 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim "Rus tili xorijiy til sifatida" yoʻnalishda oʻqish uchun qabul amalga oshirilmoqda...
Qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar mazkur link orqali ro'yhatdan o'tishi lozim: https://forms.gle/tDcv3n7wRtKMGaQs8
Shoshiling joylar soni cheklangan.
Qulayliklar:
❇️3+1 ya'ni 3 yil offline, 1 yil online o'qish,
❇️ 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyatlari mavjud.
✅Kontrakt narxi – 130 000 рубль, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bilan.
☎️Murojaat uchun:
📞+998955034144
📞+998955104144
📞+998955094144
📞+998977341595
📌Ushbu telegram guruhimizda savollaringizni yo'llashingiz mumkin: /channel/qoshmatalimmdasturi
©reklama
🔜 🟦🟦 🟦🟦🟦
📣 Oyiga oʻrtacha $1500 daromad, tekin sayohat va hamma orzu qilgan kasb – bort kuzatuvchisi (styuard yoki styuardessa) boʻlishni siz ham istasangiz kerak?!
📌 Unday boʻlsa, sizlarni Oʻzbekiston va Yevropa aviakompaniyalarida bort kuzatuvchisi boʻlib ishlagan va Birlashgan arab amirligining eng mashhur milliy aviakompaniyasiga ishga taklif qilingan tajribali styuardessa, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi Iroda Mamadaliyeva tomonidan 20-avgust kuni OʻzDJTUda boʻlib oʻtadigan “AVIATSIYA – ORZULAR ROʻYOBI” nomli seminarga taklif qilamiz!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Norwich universiteti professori, International Colleagues School rahbari Richard Goodall tashrif buyurdi.
O'zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi o‘qituvchisi J.Turzunxodjaev tashabbusi bilan amalga oshirilgan dasturdan koʻzlangan asosiy maqsad professor-o‘qituvchilar va 1-bosqich talabalari uchun professional malakaviy amaliy mashg‘ulotlarni tashkillashtirishdan iborat.
Tashrifning birinchi haftasida mehmon ekspert tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini oʻtkazish tartibi kuzatilib, qator tavsiyalar (feedback) berildi. Ikkinchi hafta mobaynida esa ixtisoslashgan fanlar uchun amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Tashrifning soʻnggi uchinchi haftasida professor-o‘qituvchilar uchun tajriba almashish, dars jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuv va yangi metodlardan foydalanish uchun mahorat darslari o‘tkazildi.
OʻzDJTU, Qoʻshma taʼlim dasturi uchun 2024-2025 oʻquv yiliga qabul boshlandi
🎓Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) yoʻnalishda oʻqish uchun hujjatlarni ushbu havola orkali toʻldiring.
📌: https://forms.gle/tDcv3n7wRtKMGaQs8
Shoshiling joylar soni cheklangan.
✅ 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyati;
✅Kontrakt narxi – 130 000 рубль, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bilan.
#tanlov2024 #kollej #texnikum
⚡️Professional ta’lim muassasalariga tanlov 18-avgustdan boshlanadi
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.
❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Bizni kuzating