🌳 #yashil_makon
Yoshlar yashil kelajak sari!
9-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Yashil kelajak” umumrespublika marafonida O‘zDJTU jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Loyiha doirasida universitetning Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilidagi hududiga 120 tup manzarali va butasimon daraxtlar ekildi.
Ushbu jarayonda universitet rahbariyati vakillari, pedagog xodimlari, talabalar hamda universitet bog‘bon va obodonlashtirish xodimlari ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
9-noyabr kuni O‘zDJTUda Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan Qozog‘istonning akademik A. Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universitetining Xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘limi boshlig‘i Guljamal Maxmudova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi katta o‘qituvchisi Nishonbekova Saida Urinboy qizi ham ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida Xalqlar do‘stligi universiteti bilan imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, stajirovka dasturlari va ma’ruzalar o‘qishlarini tashkillashtirish, akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish, xalqaro anjumanlarda hamkor universitet vakillarining ishtirokini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishuvga erishdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦
8-noyabr kuni Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Unda Mamaraimova Dildora Bahtiyarovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tilini o‘qitishda turizm sohasidagi bo‘lajak mutaxassislar - talabalarning leksik kompetensiyasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Oflayn va onlayn tarzida tashkil etilgan seminarda Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshqa OTM rahbarlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab safari chog‘ida Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyiga ham tashrif buyurdi.
Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida bo‘lgan oliygoh rektorlari u yerdagi bebaho eksponatlar bilan tanishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tadbir
8-noyabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan "Raqamli Dunyoda Xavfsizlik: Kiberhujumlarga Qarshi Himoya" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirga O‘zDJTU profilaktika inspektorlari kapitan M.X.Nurmuxamedova, kapitan Sh.N.Bekmetov, Uchtepa tumani IIO FMB ATSJ OOB xodimlari katta leytenant J.P.To‘rayev, leytenant B.X.Karimov taklif etildi.
Shuningdek, 4-sonli talabalar turar joyida Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi o‘qituvchilari S.Abdalimov, N.Karimova, N.Yakubova, D.Fayzullayeva, D.Raxmonovalar tomonidan "Raqamli Dunyoda Xavfsizlik: Kiberhujumlarga Qarshi Himoya" mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
8-noyabr kuni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov rahbarligida O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi direktor o‘rinbosari J. Gulyamova va Britaniyalik ekspert, Xalqaro rivojlanish guruhi dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha katta maslahatchi Sam Thompson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida Britaniyalik ekspertga O‘zbekistonda, xususan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro loyihalar hamda hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Britaniyaning Portsmut va Lankaster universitetlari bilan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha kordinatorlari S. Agzamxodjaeva va G. Muxamedovalar o‘z reja va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.
Sam Thompson ingliz tili mutaxassislarini tayyorlash borasida olib borilayotgan samarali islohotlar tahsinga sazovorligi, kelgusida ushbu yo‘nalish bo‘yicha turli loyihalar va tadbirlarni tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.
Tarjimonlik fakulteti tyutorlari S.Tuxtasinova, E.Vohidova va A.Abdurahmonovlar o‘zlarining bir guruh talabalari bilan birgalikda Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashriflar davomida talabalar Adiblar xiyobonida adiblarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi,hamda Aleksander Faynberg hayoti va ijodini o‘rganish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.
Besh muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha sportning turli xil o‘yinlarini o‘ynashdi va musiqa va san’atga doir kuy-qo‘shiqlar ijro etishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
8-noyabr kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshqa OTM rahbarlari bilan Nukus pedagogika institutiga xam tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Nukus pedagogika institutidagi shart sharoitlar, oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Talabalarga yaratilgan sharoitlar va qulayliklarni ko‘zdan kechirib, tajriba almashish maqsadida oliygoh rektorlari fikr almashishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasidagi “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish maqsad qilingan.
Mazkur tadbirda bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etishga o‘z hissasini qo‘shishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan bugun O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshqa OTM rahbarlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov O‘zDJTUga biriktirilgan Xo‘jayli ko‘p tarmoqli texnikumiga tashrif buyurib, mazkur Texnikumdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, taklif va muammolarni o‘rganishdi.
O‘zDJTU rahbarining yana boshqa hududlarga tashrif buyurishi kutilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣 Odamlar-u odamlar! Eshitmadim demanglar!
⚡️ "Registon" o'quv markazi butun O'zbekiston bo'ylab "Registon IELTS granti" tanlovining 4-mavsumiga start berdi!
⚡️ Tanlov doirasida Respublika bo'ylab 1000 nafar yoshlarga IELTS'ni bepul o'rgatish imkoniyatini taqdim etilmoqda!
📹 Batafsil videoda ma'lumot oling!
📌 Grantda ishtirok etib, bepul IELTS o'qish imkonini qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting:
👉 @Rgn_IELTS_Shirin_uchtepa_bot
0️⃣0️⃣0️⃣
🎥 “101” filmi namoyish qilindi
Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Uchtepa rltuman boʻlimi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan faollar zalida Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar tomonidan otib tashlangan 101 oʻzbek oʻgʻlonining qahramonligiga bagʻishlangan “101” filmi talaba-yoshlarga namoyish qilindi.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida Gollandiyadagi fashistlarning lagerlaridan birida Samarqand polkidan 101 askar boʻlgan. Gitlerchilar ular bilan gʻayriinsoniy tajriba oʻtkazishga kirishganlar. Maʼlumotlarga qaraganda, 1941-yilning sentyabrida 101 sovet askari Amersfortga olib kelingan, ularning barchasi oʻzbek millatiga mansub boʻlib, Samarqand eshelonidan boʻlgan. Boshqa mahbuslarning xotiralariga koʻra, ularga nisbatan hayvonlardek muomala qilishgan. Qahraton qishda ular tikanli sim bilan oʻralgan ochiq maydonda saqlanishadi. Deyarli ovqat berilmaydi. Kunlarning birida bir guruh kinematograflar lagerga kelishadi. Ularning maqsadi fashist armiyasi uchun askarlarining ruhini koʻtaradigan filmi tayyorlash edi. Natsistlarning rejasi boʻyicha charchagan va och oʻzbek mahbuslari oldilariga tashlangan bir boʻlak non uchun bir-birlarini urib oʻldirishlari kerak edi. Lekin natija aksincha boʻlib chiqqan, askarlardan biri nonni olib, yoshi kattasiga topshirgan, u esa nonni hammaga boʻlib bergan. Reja chippakka chiqqanidan gʻazablangan fashistlar mahbuslarning aksariyatini otib tashlashadi, qolganlari esa ochlikdan vafot etadi…
6-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ch.Chutpulatov, PKQTMO tarmoq markazi direktori J.R.Abduganiyeva, bo‘lim boshliqlari A.A.Kayumov, K.T.Alimova va ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
6-noyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan fotosuratlar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Ko’rgazmada Jazoirning tarixi, taraqqiyotiga oid suratlar namoyish etildi. Dastur doirasida tadbir tashkil etilib, unda Jazoir elchisi Mogamned Irki, elchi yordamchisi va ma’sul xodimlari, shuningdek, O'zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi oliygoh rahbariyati vakillari ishtirok etdi.
Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida MTRK tomonidan Yangi O'zbekistonning yangi avlod tele va radio ijodkorlarini kashf etish maqsadida tanlov (kasting) bo'lib o'tdi.
Kasting oliy toifali diktor, jurnalist Jamshid Umrzoqov tomonidan amalga oshirilib saralanganlar Milliy teleradiokompaniya tizimida diktor va boshlovchi bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida 4-bosqich talabalarining malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha himoya jarayonlari boshlandi.
6-noyabr kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (italyan tili) hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) kafedralarida 4-bosqich talabalarining malakaviy amaliyoti himoyasi o‘tkazildi.
#Hay’at_yig‘ilishi
#live
Yig‘ilishda hududlarni rivojlantirish va drayver nuqtalarini belgilash, tarmoq va sohalarda mavjud bo‘lgan muammolarga yechim topish, mahallalar, kerak bo‘lsa har bir oilaning turmush tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan ilmiy asoslantirilgan yondashuvni joriy qilishda aynan oliygohlar va texnikumlar jamoasining ilmiy salohiyati va amaliy tajribasini keng joriy qilish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Mana shunday tizimli yondashuv va ilmiy-amaliy tajribaning Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanishi ham bejiz emas. Mazkur yig‘ilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha hududlardagi oliygohlar va texnikumlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’lim va innovatsiyalar orqali kuchaytirish uchun muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26978
Bizni kuzating
🟦🟦
8-noyabr kuni Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining bu sonida Eshonkulova Gulrux Yunusovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Filologik yo‘nalishdagi talabalarga ingliz tili antroposentrik maqollarni o‘rgatishning lingvodidaktik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama etildi.
Oflayn va onlayn tarzida tashkil etilgan seminarda Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Joriy yilning 8-noyabr kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari tyutorlar bilan birgalikda ijarada yashovchi talaba-qizlar holidan xabar oldi.
Ularning yashash sharoitlari bilan tanishishdi. Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqildi, kuz mavsumidagi baxtsiz hodisalar haqida, ya’ni is gazidan zaharlanish hamda uning ayanchli oqibatlari, elektr energiyasi va xavfsizlik qoidalariga amal qilish kabi masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, talabalarni qiynayotgan har qanday muammolarni yechishda yordamga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
8-noyabr kuni O‘zbekiston jahon tillari universitetida O‘zbekistondagi nemis tili o‘qituvchilarining 17-anjumani o‘z ishini davom ettirdi.
Anjumanning ikkinchi kunida mamlakatimizda nemis tilini o‘qitish, yoshlar orasida o‘rganishni ommalashtirish, yangi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni joriy qilish, nemis tili o‘qituvchilarining ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimida nemis tilini o‘qitishni keng joriy qilish, nemis tiliga ixtisoslashgan maktablar sonini ko‘paytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari anjumanning ikkinchi kunida nemis tili o‘qituvchilari uchun turli mavzularda seminar va mahorat darslari o‘tkazildi. Ushbu seminarlarda germaniyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislarning nemis tilini o‘rgatish va o‘rganish bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi. Ishtirokchilar nemis tilini o‘qitish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashib, fanni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishda bevosita ishtirok etishdi. Anjuman yakunida barcha ishtirokchilar sertifikat, o‘quv materiallari va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshqa OTM rahbarlarining Qoraqalpog‘iston respublikasi hududlari bo‘ylab safari davom etmoqda.
Ular Nukus pedagogika institutidan so‘ng Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lishdi. Tashrif doirasida universitetning shart sharoitlar, oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Talabalarga yaratilgan sharoitlar va qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. O‘zaro tajriba almashishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
7-noyabr kuni O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va Sankt-Peterburg davlat universitetiga stajirovka o‘tash va ma’ruzalar o‘qish uchun jo‘nab ketayotgan Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri va professor-o‘qituvchilarini qabul qildi.
Yig‘ilishda Rossiyaning ko‘rsatilgan universitetlarida ta’lim muassasamiz haqida taqdimotlar o‘tkazish, kelgusidagi hamkorlik masalalarini, jumladan talaba va professor-o‘qituvichalar almashinuvi, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish kabi masalalar bo‘yicha hamkasblar bilan gaplashish, shuningdek safardan unumli foydalanish haqida ko‘rsatmalar berildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari berilgan imkoniyatdan samarali foydalanishi va aloqalarni yanada rivojlantirishga o‘z hissalarlarini qo‘shishlarini ma’lum qildilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
7-noyabr sanasida mashhur rus yozuvchisi Aleksandr Faynbergning tavalludiga 85 yil to'lishi munosabati bilan Axborot-resurs markazi kutubxonachisi Sh. Artikova, rus filologiyasi tyutori D. Izzatullayeva va 24-04-guruh talabalari bilan birgalikda shoirning hayoti va ijodiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi. Suhbatda yozuvchining "Olis ko'priklar", "Ibodat", "Soniya", "Qisqa to'lqin" kabi she'rlarida o'tmish bilan hozirgi kun namoyon etilganligi, Faynberg ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etishi haqida gapirildi. O'zbek she'riyatini mukammal bilgan shoir A. Navoiy g'azallari, E. Vohidov, A. Oripov, O. Matjon va boshqa o'zbek shoirlarining she'r va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan. Suhbatda talabalar uning "Ishq" she'rini o'zbek, rus va ingliz tillarida yod olishdi.
Читать полностью…7-noyabr kuni O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov universitetning profilaktika inspektori lavozimiga tayinlangan xodim bilan tanishdi.
Yaqinda o‘z vazifasiga kirishgan O‘zDJTU profilaktika inspektori kapitan Nurmuxamedova Madina Xasanovnaga universitet rahbari I. Tuxtasinov kelgusi ishlarida omad tiladi hamda faoliyatini olib borishda doim hamkorlikka tayyor ekanligini bildi.
Uchrashuvda shuningdek, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev hamda universitet profilaktika inspektori Sh.Bekmetov ham ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
😊 "Registon IELTS granti"ga ro'yxatdan o'tganlar uchun maxsus video!
✅ Ushbu videoni tomosha qilish orqali
— IELTS granti o'zi qanday tanlov?
— Tanlovdan maqsad nima?
— Tanlov qay tartibda o'tkazilishi;
— G'oliblarni qanday imkoniyatlar kutayotgani haqida muhim ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin.
📌 Tanlovga ro'yxatdan o'tishning oxirgi sanasi: 30-noyabr 00:00!
🏆 Grantda qatnashib, IELTS'ni mutlaqo bepul o'rganmoqchi bo'lsangiz, @Rgn_IELTS_Shirin_uchtepa_bot orqali ro'yxatdan o'ting.
📞 +998935362700
4️⃣4️⃣4️⃣
Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi ko‘zda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing:
✔️https://lex.uz/docs/7162473
✔️https://lex.uz/pdfs/7182193
6-noyabr kuni OʻzDJTU Axborot-resurs markazida "Besh tashabbus"ning 4-tashabbusi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirgan holda, bu kabi tashabbuslarning ularning hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar va mazkur sohada yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratishni taklif etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Navoiy shahrida yangi tashkil topgan "Farovon" mahallasidagi 22-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabning faol o‘quvchilaridan, o‘z maqsadini, kelajak uchun tuzgan aniq rejalari haqida so‘zlab bergan Mardonava Marjona Jasur qiziga maktabni tamomlagandan so‘ng O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining davlat granti asosida qabul qilinishiga tavsiya berganligi haqida ma’lumot bergan edik.
🟦🟦🟦
7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilarining an’anaviy 17-anjumani o‘z ishini boshladi.
Bu yilgi anjumanda Respublika umumta’lim maktablari, litsey, texnikum hamda OTM o‘qituvchilaridan tashqari Markaziy Osiyo davlatlarining Pasch hamkor maktablari direktorlari ishtirok etishmoqda.
Anjumanni tashkil qilishda Germaniya va Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixona vakillari, Toshkentdagi Gyote institutning filliali, ZdFa, Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD), Saksoniya federal o‘lka ta’lim vazirligi, shuningdek, Ernst Klett, Hueber va Cornelsen nashriyoti vakillari hamkorlik qilmoqda.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston bo‘ylab 250 dan ortiq nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.
Anjumanni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. O‘zDJTU rektori bugungi anjumanda mahalliy va qo‘shni Respublikalardan ham nemis tili o‘qituvchilarining ishtirok etishi bir qator vazifalarni muhokama qilish imkonini berishini, ushbu tadbirni o‘tkazishga O‘zDJTU hissa ham qo‘shayotganligini ta’kidladi va anjuman ishtirokchilariga omad tilab qoldi.
Anjuman ishi 8-noyabr kuni ham davom ettiradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
6-noyabr kuni O‘zDJTU universiteti rahbariyati vakillari bilan Eronning Alloma Tabotabai universiteti rahbarlari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Eronning Alloma Tabotabai universiteti prezidenti Dr. Shaja Axmadvand hamda Eronning O‘zbekiston bilan ilmiy sohada hamkorlik bo‘yicha kuratori Dr. Ilyasi hamda universitet vakillari O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, 2-chet tili kafedrasi mudiri A. Yuldashev va boshqalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama etildi:
✅Talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
✅ Fors tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
✅ O‘zDJTUga til sohiblari – fors tili o‘qituvchilarini taklif qilish;
✅ Fors tili bo‘yicha darslik va o‘quv adabiyotlari olish, hammualliflikda yangi darsliklar yaratish;
✅Jurnalistika va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✅ Ilmiy sohada hamkorlik qilish, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini tashkil qilish;
✅ Alloma Tabotabai universiteti rus tili guruhi talabalarining Rus filologiyasi fakultetida stajirovka va amaliyotini tashkil qilish;
✅ Yozgi maktablar tashkil qilish;
✅Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar.
🟦🟦
6-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 35 - son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Sheraliyeva Shaxnoza Irkinovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ingliz va fransuz tillarida avtomobil terminlarining strukturaviy-semantik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt