uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

28-fevral kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan Siyosiy fanlari doktori, professor Jo‘rayev Narzulla Qosimovichning “O‘zbekiston-Pokiston: strategik sheriklik va mintaqaviy integratsiya istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi tashkil etildi.

Unda Toshkent shahri va boshqa viloyat oliy ta’lim muassasalari, tegishli ta’lim yo‘nalishi talabalari, o‘qituvchi va professorlari ishtirok etdilar. Jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosatshunoslik, Sotsiologiya va Xalqaro munosabatlar ta’lim yo‘nalishlari talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, texnika fanlari doktori, professor, fan arbobi Oqil Salimov ochib berdi. O‘z nutqida u Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan chegaradosh davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik tamoyili asosida pragmatik ruhda jadal islohotlar olib borilayotgani haqida so‘z yuritdi. Jumladan, Pokiston Islom Respublikasi bilan so‘nggi yillarda o‘rnatilgan yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitish har ikki mamlakat uchun nechog‘lik manfaatli ekanligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Siyosiy fanlari doktori, professor Narzulla Jo‘rayev joriy yilning 25-26 fevral kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning mamlakatimizga uyushtirgan rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar, ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikning kelgusidagi ulkan natijalari haqida nutq so‘zladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan imzolangan hujjatlarning ahamiyati hamda mazkur rasmiy tashrif doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda ko‘rib chiqilgan masalalarni sharhlab berdi. Bu ikki xalqning madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy-siyosiy sohalardagi do‘stona aloqalari uzoq tarixga borib taqalishini va mazkur tashrifdan so‘ng ikki qardosh xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar yanada mustahkamlanishini ta’kidladi.

Ma’ruza so‘ngida talaba yoshlar va professor o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar.

@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xalqaro Hamkorlik: Qozog‘istonlik siyosatshunos mutaxassislar bilan uchrashuv

28-fevral kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti “Siyosiy fanlar” kafedrasida Qozog‘istonlik siyosatshunos, A+Analytics tadqiqot markazi rahbari Farhad Xasenov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Markaziy Osiyo uchun muhim bo‘lgan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalar, ilmiy dasturlar va turli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari olimlari va siyosatshunoslari birlashib maxsus platforma yaratish masalalarini kelishib oldilar.

Muhokamalar davomida Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlar, mintaqaviy integratsiya, xalqaro hamkorlik va geosiyosiy vaziyat tahlil qilindi. Siyosiy barqarorlikni mustahkamlash, davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va zamonaviy tahliliy yondashuvlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tashabbuslar mintaqaviy siyosiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida “Siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent S. Saidov mehmonga o‘zining “Markaziy Osiyo: fuqarolik jamiyati va integratsiya muammolari” nomli monografiyasini sovg‘a qildi.

📍Xalqaro jurnalistika fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-167-sonli qarorining 11 (3)-bandida
o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalarni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida volontyorlik guruhlari tomonidan ularning holidan xabar olish va ma’naviy-ruhiy hamda psixologik yordam ko‘rsatish belgilangan.

Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda fakultet jamoasi Uchtepa tumanidagi “A. Qodiriy” mahallasida istiqomat qilayotgan parvarishga muhtoj, yolg‘iz yashovchi keksa fuqaro bilan uchrashdi.

Shuningdek, X. Xakimov “A. Qodiriy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla raisi hamda faollari bilan uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Tashrif davomida parvarishga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksa fuqaro uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari yordam tariqasida taqdim etildi.

Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari joriy yilning fevral oyida Toshkent shahridagi bir qator maktablarga tashrif buyurdi.

Ushbu tashriflar talabalarning malakaviy pedagogik amaliyoti jarayonini amaliyot obyektlarida o‘rganish grafigi asosida amalga oshirildi.

Maktablarda talabalar amaliyotining borishi tahlil qilinib, pedagogik amaliyotni samarali tashkil etish yuzasidan maktablar bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Amaliyot jarayonida talabalar universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash mahoratini oshirish, kasbiy va malakaviy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🖥 🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2025-yil fevral oyidagi faoliyati hisoboti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

28-fevral kuni bo’lib o’tgan malakaviy imtihon natijalari bilan tanishing!


28-fevral kuni soat 10:00 da fransuz tili bo‘yicha malakaviy imtihon natijalari

28-fevral kuni soat 10:00 da nemis tili bo‘yicha malakaviy imtihon natijalari

28-fevral kuni soat 10:00 da ingliz tili bo‘yicha malakaviy imtihon natijalari

28-fevral kuni soat 10:00 da "Jurnalistika" mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon natijalari


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Qozog‘istondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

2025-yil 27-28 fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Sherxan Murtaza nomidagi Xalqaro Taraz universitetida “Айтыс жанрының трансформациясы” nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili – 1 fakultetining quyidagi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi:
N.J. Isakulova – “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professori
M. Jumaniyozova – “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti
X. Paluanova – “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi 1” kafedrasi professori

Ular xalqaro anjumanda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etib, ilmiy tajriba almashishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣🟦🟦🟦

Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari jamoalari oʻrtasida MDHga a’zo davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari oʻrtasida ingliz tili fanidan oʻtkazilgan Xalqaro fan olimpiadasining final bosqichini sifatli tashkil etish, shaffof baholash, nomzodlarni saralash jarayonlarida faol ishtirok etgani uchun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oʻqituvchilari Mudofaa vazirining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi:

Murodkasimova Kamola Shuxratovna – Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi
Ismatova Shaxnoza Miraxmatovna – Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi
Abdullayeva Feruza Suyunovna – Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi
Shomuhammadov Xolidddin Abdulvoxobzoda – Ingliz tili 1-fakulteti, “Ingliz tili integrallashgan kursi №1” kafedrasi oʻqituvchisi
Subhonqulov Jahongir Rustam oʻgʻli – “Ingliz tili amaliy aspektlari” kafedrasi oʻqituvchisi
Hakimova Zamira Xurram qizi – 1-kurs dokto­ranti
Ernazarova Nargiza Xidirovna – “Ingliz tili amaliy tarjima nazariyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi
Samandarova Sojida Furqat qizi – 2-kurs dokto­ranti
Toshboeva Laylo Juraevna – 3-kurs dokto­ranti
Ibragimova Iroda Bobur qizi – 3-kurs dokto­ranti


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣🟦🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashi 7-son yigʻilishining ikkinchi qismida, odatga koʻra, ilmiy daraja olganlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.


Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan quyidagi professor-oʻqituvchilar e’tirof etildi:

Muhammedova Xulkar Eliboevna – Ingliz tili 2-fakulteti, “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi;
Bayjanova Oqila Iskandarovna – Tarjimonlik fakulteti, “Ingliz tili tarjima nazariyasi” kafedrasi oʻqituvchisi;
Abdullayeva Munojot Muxtorovna – Ingliz filologiyasi fakulteti, “Ingliz tili nazariy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi;
Shamsutdinova Lyusiya Rafailovna – Ingliz tili 3-fakulteti, “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi;
Kambarova Marjon Adil qizi – Ingliz tili 3-fakulteti, “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi;
Radjabova Gulnoza Gʻiyosiddinovna – Ingliz tili 3-fakulteti, “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi;
Xazratova Zuxra Mamaraimovna – Xalqaro jurnalistika fakulteti, “Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti” kafedrasi oʻqituvchisi;
Cherginskaya Irina Aleksandrovna – Rus filologiyasi fakulteti, “Rus tili va oʻqitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi;
Yunusova Sоhibaxon Abdusattorovna – Tarjimonlik fakulteti, “Roman-german tillari tarjimashunosligi” kafedrasi oʻqituvchisi;
Xazratqulov Sherzod Abror oʻgʻli – Xalqaro jurnalistika fakulteti, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi;


Universitet rahbariyati ilmiy daraja sohiblarini qutlab, ularni noutbuk bilan taqdirladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣🟦🟦🟦

🏆 OʻzDJTU jamoasi – Respublika final bosqichida!

27-fevral kuni Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning qoʻl toʻpi turi boʻyicha oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada OʻzDJTU terma jamoasi qizlari faxrli 2-oʻrinni egallab, Respublika final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi!

Bu yutuq universitetimiz talabalari uchun nafaqat sportdagi muvaffaqiyat, balki jamoaviy harakat va fidoyilik namunasi hamdir.

Final bosqichida ham jamoamizga omad tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#talabaga_qulaylik

O‘zDJTU rektori 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi


Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Tashrif davomida rektor yotoqxona hovlisida talabalar bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Shuningdek, sport maydonchasida voleybol o‘ynayotgan talabalar bilan birga maydonga tushib, ularga katta motivatsiya bag‘ishladi hamda sportning inson salomatligi uchun foydali jihatlarini ta’kidladi.

Talabalar turar joyidagi ijodiy muhit ham e’tibordan chetda qolmadi. Iqtidorli talabalar tomonidan gitara chalib, qo‘shiqlar ijro etildi, bu esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, rektor "Besh tashabbus" xonalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, talabalar bilan tennis o‘ynadi.

Tashrif davomida mohir, qo‘li gul talabalar tomonidan tayyorlangan naqshli bezaklar namoyish etildi. Rektor ularning ijodiy ishlari bilan tanishib, bu san’atni boshqa tengdoshlariga o‘rgatish muhimligini ta’kidladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#talabaga_qulaylik

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov va rahbariyat vakillari, Chilonzor tumanida ijarada yashayotgan Ingliz tili ikkinchi fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.


Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, elektr va gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, mavjud muammolarni bayon etdilar. Ularning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi. Universitet rahbariyati talabalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga qat’iy ahd berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Xalqaro jurnalistika fakultetida doktorantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅Bugun Xalqaro jurnalistika fakultetida doktorantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ilmiy izlanishlar, dolzarb jurnalistik yo‘nalishlar va media sohasidagi zamonaviy tendensiyalar muhokama qilindi.

⚡️Uchrashuvda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda doktorantlar ishtirok etib, ilmiy tadqiqotlarning amaliy jurnalistikaga ta’siri, media savodxonlik va yangi texnologiyalar mavzularida fikr almashishdi. Shuningdek, doktorantlar o‘z tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazishdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlik va ilmiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha fikr bildirishdi. Mazkur uchrashuv jurnalistika sohasida tadqiqot olib borayotgan yosh olimlar uchun muhim maydon bo‘ldi.



@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Yapon milliy choy marosimi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 26-fevral kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Yapon filologiyasi yoʻnalishi 2-bosqich amaliyot o'tayotgan talabalariga Yaponiyaning anʼanaviy choy marosimi – “Chanoyu” (茶の湯) yoki “Sado” (茶道) namoyish etildi.

Ushbu tadbir Tsukuba universiteti vakillari Matsumoto Ryo, Yoshida Kaito, shuningdek, JICA Xalqaro hamkorlik agentligi mutaxassislari Sembongi Emiko va Ooʻxori Manami hamda Yapon filologiyasi kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan tashkil etildi.

🍵 Choy marosimi – bu sanʼat va falsafa. U shunchaki choy tayyorlash va ichish jarayoni emas, balki falsafiy, estetik va madaniy jihatlarga boy anʼanadir. Bu marosim “wa, kei, sei, jaku” (和敬清寂) – tinchlik, hurmat, tozalik, osoyishtalik tamoyillariga asoslanadi. Ushbu qadriyatlar insonni ichki osoyishtalik, tabiat va goʻzallikka mehr qoʻyishga undaydi.


Bugungi kunda choy marosimi Yaponiyada keng tarqalgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlarida ham madaniy almashinuv va tinchlik timsoli sifatida qadrlanadi. OʻzDJTU talabalari uchun bu nafaqat til va madaniyatni oʻrganish tajribasi, balki Yapon an’analarini chuqur his qilish imkoniyati boʻldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📸 📺📺

O’zDJTU Ingliz tilini o’qitish metodikasi 3-kafedrasi tomonidan tashkil qilingan ma’naviy-madaniy tadbirdan fotoreportaj

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Maxsus reportaj | Milliy qadriyatlar - millat ko'zgusi
#1mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿1-mart kuni Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev tomonidan ijarada yashayotgan talabalar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi, mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Shuningdek, talabalar uchun muhim bo‘lgan qator tavsiyalar berildi.

📌Suhbat davomida talabalar quyidagi masalalar bo‘yicha tavsiyalar oldilar:
✔️Ijara xonadonlarida belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish;
✔️Xonalarni doimo ozoda va toza saqlash;
✔️Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish;
✔️O‘zaro hurmat, muomala madaniyatiga e’tibor qaratish;
✔️Do‘stona va ahil muhitni saqlash.

Mazkur uchrashuv talabalar uchun foydali bo‘lib, ularning yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

28-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan atoqli shoiramiz, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik jarchisi, xalqaro va davlat mukofotlari sohibasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Zebi zamona - Zulfiyaxonim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbiridan Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi Shaxzoda Matlabxonovna tomonidan tayyorlangan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📢📢📢📢📢

“Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” tanloviga start berildi!

🇺🇿Qadrli talabalar! O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” nomli bilimlar tanlovi o‘tkazilmoqda.

🗓Tanlov 25-fevraldan boshlandi
📌Ishtirok etish uchun: https://olimpiada.edu.uz/

✔️Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish kuni” doirasida tashkil etilgan bo‘lib, iste’molchilar huquqlari bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan.

💡Tanlovda ishtirok etib, iste’mol huquqlari bo‘yicha bilimlaringizni sinab ko‘ring va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiriting!

📞Batafsil ma’lumot:
🔗https://raqobat.gov.uz
📞71/207-47-00 (ichki raqam: 321)

❗️Ishtirok etish uchun o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida Nazariy fanlar kafedrasi 3-bosqich talabalarining malakaviy amaliyot yakuniga bagʻishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirni fakultet dekani H. Hakimov ochib berib, talabalarni malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabrikladi hamda ularga kelgusi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

🎬Tadbir davomida:
📌Talabalar amaliyot o‘tagan muassasalar va amaliyotdan olgan taassurotlarini aks ettiruvchi videoroliklar namoyish etildi.
📌Gyote instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan DLL loyihasi doirasida talabalar PEP taqdimotlarini namoyish qilishdi.
📌Eng faol ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

2025-yil 28-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida atoqli shoiramiz, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik jarchisi, xalqaro va Davlat mukofotlari sohibasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Zebi zamona - Zulfiyaxonim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N. Djurayeva, Ingliz tili 1-2-3-fakultetlari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari M. Aripova, F. Ashurova, X. Nishonova tashabbusi bilan hamda “Qizlarjon” klubi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir mehmonlari:
Gulinigor Avazova – Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti bitiruvchisi
Nodira Ibrohimova – O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, tarjimon


Tadbir davomida iqtidorli talabalar Zulfiyaxonimning hayoti, ijodi va insoniy fazilatlarini aks ettiruvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari, raqs va qo‘shiqlar orqali ijodiy chiqishlar namoyish etishdi.

Mehmonlar shoiraning ijodidan namunalar o‘qib, talabalar bilan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi va talabalar Zulfiyaxonimning bebaho adabiy merosi haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣🟦🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashi 7-son yigʻilishi
doirasida Yapon tili Xalqaro notiqlik san’ati 33-tanlovining Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan talabalar va ularning ilmiy rahbarlari ham taqdirlandi.

Yapon tili Xalqaro notiqlik san’ati 33-tanlovi Respublika bosqichi natijalari:

🏆 1-oʻrinSharq filologiyasi fakulteti, Yapon filologiyasi 2205-guruh talabasi Shavkatova Mubina Ulugʻbekovna

🏅 Grand-pri – maxsus oʻrinSharq filologiyasi fakulteti, Yapon filologiyasi 2308-guruh talabasi Suyunova Maftuna Abdunor qizi

Shuningdek, tanlov gʻoliblarining ilmiy rahbarlari – Yapon filologiyasi kafedrasi oʻqituvchilari Ujiie Yuta va Noda Kayo ham taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣🟦🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 7-son yigʻilishida bir qator professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalar erishgan yutuqlari bilan tabriklandi.

Erkayev Akrom Normuxammadovich dotsent ilmiy unvonini olganligi e’tirof etilib, tabriklandi.

2024/2025 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti grantiga sazovor boʻlgan quyidagi talabalar Prezident granti sohibi guvohnomasini olishdi:

Azzamatova Muxlisa Ilyos qizi – Ingliz filologiyasi fakulteti, 2-bosqich talabasi
Ismoilova Sabina Oʻtkir qizi – Ingliz filologiyasi fakulteti, 2-bosqich talabasi
Bahritdinova Shahlo Kamoliddin qizi – Ingliz tili 2-fakulteti, 2-bosqich talabasi
Baxtiyorova Lola Otabekovna – Ingliz tili 2-fakulteti, 2-bosqich talabasi
Turgʻunova Hilolaxon Anvarjon qizi – Ingliz tili 2-fakulteti, 2-bosqich talabasi

Prezident grantida faol ishtiroki uchun quyidagi talaba sertifikat bilan taqdirlandi:
Qozieva Ruxshona Ulugʻbek qizi – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yoʻnalishi, 2-bosqich talabasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

28-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 7-son yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishga universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov raislik qildi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hayʼat qarorlari, apparat kengashi yigʻilishi bayonnomalari, buyruqlari, universitet tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatlari kabi masalalar muhokama qilindi.


Shuningdek, yigʻilishda universitet rahbariyati vakillari tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan axborotlar taqdim etildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar;
Universitet Xotin-qizlar maslahatchi Kengashining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi vazifalari;
Xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimining 2024/2025 oʻquv yilida amalga oshirgan ishlari;
OʻzDJTU professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlari kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2024-yilda qilgan ishlari;
Universitet oshxonalarining sanitariya-gigiyena holati va taomlar sifatining nazorati;
“Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasida taʼlim sifati va olib borilayotgan oʻquv, ilmiy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar.

Yigʻilish davomida koʻtarilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#talabaga_qulaylik

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning 1-talabalar turar joyiga tashrifidan fotolavha


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va “O‘zmilliybank” AJ o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Prezidentimizning PQ-61-son (14.02.2025 y.) qarori asosida yaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi – yoshlar bandligini ta’minlash, mehnat bozoriga integratsiyani kuchaytirish va xususiy sektor hamda tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan muhim tashabbusdir.


Bugun ushbu tashabbus doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyatining “Kelajakka qadam” markazi bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Kelishuvning asosiy maqsadi talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va mehnat bozoriga yo‘naltirishga ko‘maklashishdir.

Hamkorlik kelishuvi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Talabalarni o‘z biznes g‘oyalarini loyihalashtirish va moliyalashtirishda qo‘llab-quvvatlash;
Bitiruvchilarni sohaga oid ochiq tanlovlarda ishtirok etishga rag‘batlantirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
Ish beruvchi tashkilotlarning malakali kadrlar ehtiyojini aniqlash va shu asosda maxsus dasturlar ishlab chiqish;
Talabalarni xalqaro tajriba almashinuvi va qisqa muddatli o‘quv kurslariga yo‘naltirish.

Bugun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshligʻi –
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich,
“Kelajakka qadam” markazi direktori –
Xoshimov Elmurod Abdusatrovich,
“Kelajakka qadam” markazi direktori o‘rinbosari –
Atamuratov Ulug‘bek Baxtiyarovich,
O’zDJTU rektori
Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kelajagini mustahkamlash bo‘yicha rejalarni belgilab oldilar.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Tez orada O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” markazining filiali tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#talabaga_qulaylik

O‘zDJTU rahbariyati talabalar yashash sharoitlarini o‘rgandi


Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari Chilonzor tumanida xususiy tadbirkor tomonidan tashkil etilgan ijara uylarda yashovchi Ingliz tili birinchi va Tarjimonlik fakulteti talabalarining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari, duch kelayotgan muammolari hamda xavfsizlik choralari, xususan, elektr va gazdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Talabalarning yashash muammolari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.

Universitet rahbariyati kelgusida ham talabalar turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Imtihon natijalari

26- fevral kuni soat 10:00 da 13.00.02 - "Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" mutaxassisligi bo'yicha malakaviy imtihon natijalari

26- fevral kuni soat 10:00 da 10:00:06 - "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" mutaxassisligi bo'yicha malakaviy imtihon natijalari

26-fevral kuni soat 10:00 da 10.00.04 - "Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti" mutaxassisligi bo'yicha malakaviy imtihon natijalari

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📸 📺📺

O’zDJTU Ingliz tilini o’qitish metodikasi 3-kafedrasi tomonidan tashkil qilingan ma’naviy-madaniy tadbirdan fotoreportaj

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 2️⃣2️⃣2️⃣

26-fevral kuni O’zDJTU Ingliz tilini o’qitish metodikasi 3-kafedrasi tomonidan “Katta Qani” toʻyxonasida ma’naviy-madaniy tadbir tashkil etildi.


Tumandagi 150 nafardan ortiq aholi manfaatlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan tadbir davomida bayram dasturxoni yozildi, sovg’a-salomlar ulashildi hamda koʻngilochar konsertlar namoyish etildi.

Dastur davomida tadbir tashkilotchilari boʻlgan Uchtepa tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Uchtepa tumani bo‘linmasi, tuman “Qizil yarim oy” jamiyati, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o'qituvchi va talabalari tomonidan yurtimizda yashayotgan turli millat va elatlar vakillarining milliy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini keng targ’ib qilindi.

Ma’naviy-madaniy tadbir yuqori kayfiyatda, qiziqarli va hayajonli lahzalarga boy oʻtdi. Yakunda tashkilotchilarga dastur ishtirokchilari tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel